14.01.2013 yildagi 17-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyati Qoʻshtepa tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hududidagi barcha davlat tasarrufidagi va shaxsiy avtomototransportlar, tirkamalar va yarim tirkamalar, traktorlar, ularning tirkamalarini 2013-yilgi majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 54-sonli qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2003-yil 19-fevraldagi 56-sonli buyrugʻi va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2004-yil 17-dekabrdagi 1432-sonli roʻyxatdan oʻtkazilgan traktorlar, oʻzi yurar shassilar, meliorativ yoʻl qurilish mashinalari va traktor tirkamalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi nizomi talablari, hamda tuman hududida yuz berishi mumkin boʻlgan koʻngilsiz hodisalarni oldini olish, barcha turdagi mavjud transport vositalarini texnik jihatdan sozligini yaxshilash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tuman hududidagi barcha davlat tasarrufidagi va shaxsiy avtomototransportlar, tirkamalar va yarim tirkamalar, traktorlari va ularning tirkamalari 2013-yilda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuman IIB YHX guruhi (A. Yunusov) va tuman davlat texnika nazorati boʻlimi (A. Dovulov)ga majburiy texnika koʻrigini tashkil etish vazifasi topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Majburiy texnik koʻrik 1-jadvali 1-ilovaga* muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu tadbirni sifatli oʻtkazish uchun tuman hududidagi yetakchi korxona, tashkilot va muqobil MTP mutaxassislaridan iborat yillik majburiy texnik koʻrikni oʻtkazuvchi komissiya tarkibi 2-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik koʻrikdan oʻtkazish 2-jadvali 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*1 — 3-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Komissiya tarkibiga kiritilgan mutaxassislarni asosiy ish joyidan oylik ish haqi va lavozimi saqlangan holda Ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi guruhi ixtiyoriga 2013-yilning 1-yanvaridan 1-noyabrigacha yuborish tegishli tashkilot, korxona va xoʻjalik rahbarlari zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Barcha muqobil MTPlar, korxona, muassasa, fermer xoʻjaliklari rahbarlari va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, tasarrufida transport vositasi, oʻzi yurar mexanizmlari bor tadbirkorlarga 2013-yilgi majburiy texnika koʻrigiga mavjud transport vositalarini puxta tayyorlash, texnik holatini talablar darajasiga keltirish, taʼmirlash hamda kerakli hujjatlarini viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasining texnikalarni roʻyxatga olish boʻlinmasidan solishtirish, belgilangan toʻlovlarni toʻlaganligi (dalolatnoma, axborot va haydovchilar roʻyxati) haqidagi hujjatlar bilan majburiy texnik koʻrik komissiyasi jadvalida koʻrsatilgan sanada taqdim etish vazifasi topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman avtomotohavaskorlar jamiyati (V. Zokirov)ga texnik koʻrik davrida 30 soatlik dastur asosida yoʻl harakati xavfsizligining yangi qoidalari boʻyicha haydovchilar mahoratini oshirish yuzasidan oʻqish tashkil etish, hamda tuman hududidagi fuqarolarning barcha shaxsiy avtomototransportlarini 2013-yilgi majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazishlarini, fuqarolarni yashab turgan joylaridagi avtosaroylarda texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali boʻyicha koʻrsatilgan sanada oʻtkazishlarini taʼminlash vazifasi topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoʻshtepa tumani IIB YHXG roʻyxatida turuvchi yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi avtobus va kichik avtobuslarni texnik koʻrigini oʻtkazish belgilangan jadval asosida “Qishloqxoʻjalikkimyo” Margʻilon shuʼba korxonasi avtosaroyida avtomobillarning texnik qarovi va taʼmir ishlarini bajarish uchun qulayliklar mavjudligini hisobga olgan holda oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tuman “Istiqbol yoʻli” roʻznomasi (X. Karimova)ga tumanda 2013-yilda majburiy texnik koʻrik oʻtkazish tadbirini matbuotda keng yoritib borish vazifasi topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari v.b. I. Shokirov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim B. JUMANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Langar q.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 14-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-son