Fargʻona viloyati Toshloq tumani hokimining
Qarori
2013-yil uchun mol-mulk va yer soligʻi toʻlovchi jismoniy shaxslarni hisobga olish, ularga soliqlarni hisoblash va imtiyozlarni qoʻllash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi hamda 1997-yil 29-avgustdagi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan tuman hududidagi jismoniy shaxslarga tasarrufida boʻlgan mol-mulk, yer soligʻi obyektlari va subyektlari, shuningdek yakka tartibda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni toʻliq roʻyxatga olish, soliqlarni hisoblash, tegishli imtiyozlarni toʻgʻri qoʻllash hamda belgilangan muddatlarda mahalliy budjetga tushumlar tushishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyat toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. 2013-yil uchun mol-mulk, yer soligʻi obyektlari va subyektlari hamda yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni toʻliq roʻyxatga olish, soliq hisoblash, tegishli imtiyozlarni toʻgʻri qoʻllashni toʻliq va sifatli oʻtkazish, ularga tegishli boʻlgan maʼlumotlarni vakolatli idoralar tomonidan tuman Davlat inspeksiyalariga toʻliq taqdim etilishini taminlash maqsadida 2013-yil 1-yanvardan 2013-yil 25-yanvarga qadar “Soliq toʻlovchi jismoniy shaxslarni hisobga olish” davri etib belgilansin.
2. Tuman Davlat soliq inspeksiyasi (U. Nisbatxonov)ga:
soliq toʻlovchilarni hisobga olish davrida tuman hududidagi mol-mulk, yer soligʻi obyektlari va subyektlari, shuningdek yakka tartibda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni toʻliq roʻyxatga olish, soliqlarni hisoblash va soliq qonunchiligida belgilangan imtiyozlarni qoʻllash;
barcha masalalarda soliqlarning ahamiyati, ayrim toifadagi jismoniy shaxslarga soliqlardan beriladigan imtiyozlar toʻgʻrisida, 2013-yil uchun toʻlanishi kerak boʻlgan soliqlarning muddatidan oldin toʻlanishi haqida keng tushuntirish ishlarini olib borish;
aholi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi soliq qonunchiligi boʻyicha amaldagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarning mohiyati yuzasidan qishloq (mahalla) fuqarolar yigʻini raisi va faollari ishtirokida muntazam ravishda seminar yigʻilishlar oʻtkazish yuklatilsin.
3. Tuman hududida faoliyat yuritayotgan qishloq fuqarolar yigʻini hamda mahalla fuqarolar yigʻini raislari, jamoat tashkilotlari, kommunal xoʻjalik boʻlimi, uy-joy mulkdorlar shirkatlari, korxona va tashkilotlarning rahbarlari jismoniy shaxslarni roʻyxatga olish, hisoblangan soliqlarni belgilangan muddatlarda mahalliy budjetga undirilishi yuzasidan tuman Davlat soliq inspeksiyasi uchastka soliq inspektorlariga doimiy ravishda yaqindan amaliy yordam berish vazifasi yuklatilsin.
4. “Soliq toʻlovchi jismoniy shaxslarni hisobga olish” davrini keng qamrovli va sifatli oʻtkazilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan Davlat soliq inspeksiyasi tomonidan mol-mulk, yer soligʻi obyektlari va subyektlari, shuningdek yakka tartibda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni toʻliq hisobga olish, soliqlarni hisoblash hamda tegishli imtiyozlarni toʻgʻri qoʻllanilishini taminlash maqsadida:
tuman “Yer resurslari va davlat kadastr” boʻlimi (F. Tursunov) va tuman “Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri” xizmati (Y. Imyaminov) 2013-yil 1-fevralga qadar 1-ilovaga muvofiq tuman hududida jismoniy shaxslarning egaligida boʻlgan mol-mulk obyektlari, yer maydoni miqdori va ularning 1-yanvar holatiga inventarizatsiya qiymatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
tuman bosh arxitektori (U. Toshmatov) 2013-yil 1-fevralga qadar 2-ilovaga muvofiq 2012-yilda fuqarolarga tuman hududida (tadbirkorlik, yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun dehqon xoʻjaligi va boshqalar) 1-yanvar holatiga ajratilgan yer maydonlari va ularning egalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Pensiya jamgʻarmasi tuman boʻlimi (D. Shokirov) 2013-yil 1-fevralga qadar 3-ilovaga muvofiq tumanda istiqomat qiluvchi I-II-guruh nogironlari, pensionerlar, yolgʻiz pensionerlar va boshqa nafaqa oluvchi sfatida roʻyxatga olingan fuqarolar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
tuman Mudofaa ishlari boʻlimi (A. Qodirov) 2013-yil 1-fevralga qadar 4-ilovaga muvofiq 1941 — 1945-yillardagi urish nogironlari va qatnashchilari, Afgʻonistonda harbiy xizmatni oʻtagan fuqarolar va boshqa mavjud maʼlumotlarni;
tuman Sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi (I. Toʻychiyev), “Veterinariya xizmati” (Y. Xoshimov) 7-ilovaga muvofiq belgilangan tartibda sanitariya ruxsatnomasini olgan jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
tuman “Gaztaʼminot” idorasi (M. Abduraxmonov) 8-ilovaga muvofiq hududda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar bilan gaz isteʼmoli uchun tuzilgan shartnomalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
tuman “Elektrtarmoqlari” idorasi (Oʻ. Raxmonov) 9-ilovaga muvofiq hududda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar bilan elektr isteʼmoli uchun tuzilgan shartnomalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
tuman Ichki ishlar boʻlimining yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimi (X. Karimov) 10-ilovaga muvofiq hududdagi shaxsiy yuk avtotransport vositalarini egalari toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumotlarni tuman Davlat soliq inspeksiyasiga qishloq (mahalla) fuqarolar yigʻinlar kesimida 2013-yil 1-fevralga qadar 1-yanvar holati boʻyicha taqdim etish vazifasi yuklatilsin;
5. Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimi (D. Qoʻziyeva) 2013-yil 1-fevralga qadar 5-ilovaga muvofiq tuman hududida 2011-2012-yillarda vafot etgan fuqarolar toʻgʻrisidagi, tuman Notarial idorasi (Z. Ergashev)ga 6-ilovaga muvofiq 2012-yil davomida jismoniy shaxslar tomonidan koʻchmas mulk ijara shartnomasi tasdiqlanganligi va ijara haqi miqdori, shuningdek meros qilib olish yoki hadya tarzida fuqarolarning mulkiga oʻtayotgan mol-mulk qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz vaqtida taqdim etib borishi tavsiya etilsin.
6. Tuman “Mahalla” xayriya jamoat fondi (Z. Xomidov), qishloq (mahalla) fuqarolar yigʻinlari raislari “Soliq toʻlovchi jismoniy shaxslarni hisobga olish” oyligi tadbirini oʻtkazishda faol qatnashishlari va joylarda uchastka soliq inspektorlari bilan jismoniy shaxslarni soliq organlarida roʻyxatga olish tadbirlarini hamkorlikda amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
7. Qishloq (mahalla) fuqarolar yigʻini raislari uchastka davlat soliq inspektori va “Yer resurslari va davlat kadastri” boʻlimi xodimlari bilan birgalikda hisobga olingan soliq toʻlovchi jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotni 11-ilovaga* muvofiq dalolatnoma asosida rasmiylashtirish topshirilsin.
*11-ilova berilmaydi.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari X. Yuldashev zimmasiga yuklatilsin.
9. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Hokim X. UMAROV
Toshloq sh.,
2013-yil 16-yanvar,
35-son
Tuman hokimining 2013-yil 16-yanvardagi 35-sonli qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Toshloq tuman hududida jismoniy shaxslarning egaligida boʻlgan mol-mulk obyektlari, yer maydoni miqdori va ularning 1-yanvar holatiga inventarizatsiya qiymati toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
| T/r | Pasport maʼlumotlari | Familiyasi, ismi, sharifi | Yashash manzili | Roʻyxatdan oʻtgan sana | Yer maydoni | Qurilish maydoni | Inventarizatsiya qiymati | Obyekt joylashgan manzili |
| | | | | | | | | |
| | | | | | | | | |
| | | | | | | | | |
| | | | | | | | | |
Tuman hokimining 2013-yil 16-yanvardagi 35-sonli qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Toshloq tuman hududida tadbirkorlik, yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun dehqon xoʻjaliklari va boshqalar toʻgʻrisida 1-yanvar holatiga ajratilgan yer maydonlari va ularning egalari toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
| T/r | Familiyasi, ismi, sharifi |
Pasport maʼlumotlari |
Yashash manzili |
Roʻyxatdan oʻtgan sana |
Yer maydoni |
Obyekt joylashgan manzil |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
Tuman hokimining 2013-yil 16-yanvardagi 35-sonli qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Toshloq tumanida istiqomat qilayotgan nafaqahoʻrlar, 1 va 2-guruh nogironlari, AES hamda Chernobil qatnashchilari roʻyxati toʻgʻrisida 1-yanvar holatiga
MAʼLUMOT
| T/r | Familiyasi, ismi sharifi | Pasport maʼlumotlari | Yashash manzili | Pensiyaga chiqqan sanasi | Pensiya guvohnoma raqami |
Guvohnoma berilgan sana |
Gruppa berilgan sana |
Gruppa raqami |
Izoh |
| | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | |
Tuman hokimining 2013-yil 16-yanvardagi 35-sonli qaroriga
4-ILOVA
4-ILOVA
Toshloq tumanida 1941 — 1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, Afgʻonistonda harbiy xizmatni oʻtagan fuqarolar va boshqa mavjud roʻyxatga olingan fuqarolar toʻgʻrisidagi 1-yanvar holatiga ajratilgan yer maydonlari va ularning egalari toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
|
T/r |
Familiyasi ismi, sharifi |
Pasport maʼlumotlari |
Yashash manzili |
Imtiyoz berilgan sana |
Imtiyoz tugagan sana |
Imtiyoz turi |
|
|
|
|
|
|
|
|
| | | | | | | |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
Tuman hokimining 2013-yil 16-yanvardagi 35-sonli qaroriga
5-ILOVA
5-ILOVA
Toshloq tumani hududida 2011-2012-yillarda vafot etgan fuqarolar toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
|
T/r |
Familiyasi Ismi Sharifi |
Pasport maʼlumotlari |
Yashash manzili |
Vafot etgan sana |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
| | | | | |
| | | | | |
Tuman hokimining 2013-yil 16-yanvardagi 35-sonli qaroriga
6-ILOVA
6-ILOVA
Toshloq tumanida 2012-yil davomida jismoniy shaxslar tomonidan koʻchmas mulk ijara sharnomasi tasdiqlanganligi va ijara haqi miqdori, shuningdek meros qilib olish yoki hadya tarzida fuqarolarning mulkiga oʻtayotgan mol-mulk qiymati toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
| T/r | Familiyasi ismi, sharifi | Pasport maʼlumotlari | Yashash manzili | Meros, hadya, oldi-sotdi shartnomasi № | Meros, hadya, oldi-sotdi asosida egalik huquqi oʻtgan fuqaroning F.I.O | Pasport maʼlumotlari | Yashash manzili | Ijara shartnomasi raqami | Ijara miqdori |
| | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | |
Tuman hokimining 2013-yil 16-yanvardagi 35-sonli qaroriga
7-ILOVA
7-ILOVA
Toshloq tumanida belgilangan tartibda sanitariya ruxsatnomasini olgan jismoniy shaxslar toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
| T/r | Familiyasi ismi, sharifi | Pasport maʼlumotlari | Yashash manzili | Faoliyat turi | Sanitariya ruxsatnomasi olgan sana va raqami |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |
Tuman hokimining 2013-yil 16-yanvardagi 35-sonli qaroriga
8-ILOVA
8-ILOVA
Toshloq tumanida 2013-yil 1-yanvar holatiga gaz resurslaridan foydalanib, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
| T/r | Familiyasi ismi, sharifi | Pasport maʼlumotlari | Yashash manzili | Faoliyat turi | Faoliyat koʻrsatayotgan yoki koʻrsatmayotganligi toʻgʻrisida |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |
Tuman hokimining 2013-yil 16-yanvardagi 35-sonli qaroriga
9-ILOVA
9-ILOVA
Toshloq tumanida 2013-yil 1-yanvar holatiga elektr energiyasidan foydalanib, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
| T/r | Familiyasi ismi, sharifi | Pasport maʼlumotlari | Yashash manzili | Faoliyat turi | Faoliyat koʻrsatayotgan yoki koʻrsatmayotganligi toʻgʻrisida |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |
Tuman hokimining 2013-yil 16-yanvardagi 35-sonli qaroriga
10-ILOVA
10-ILOVA
Toshloq tumanida shaxsiy yuk avtotransport vositalari egalari toʻgʻrisidagi qishloq (mahalla) fuqarolar yigʻinlari kesimida
MAʼLUMOT
| T/r | Familiyasi, ismi, sharifi | Pasport maʼlumotlari | Yashash manzili | Yuk avtomashinasining Davlat raqami | Davlat rusumi |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |