08.05.2013 yildagi 124-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.08.2021
 LexUZ sharhi
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-sonli qaroriga asosan 2020-yilning 1-sentabridan o‘z kuchini yo‘qotadi — O‘R QHT, 2017-y., 14-son, 230-modda)

Ta’lim bosqichi

Bitiruvchilar

Umumyevropa xalqaro standarti darajalari

Daraja nomlanishi

Umumiy o‘rta ta’lim

Boshlang‘ich sinf (4-sinf) bitiruvchilari

A 1

Chet tilini o‘rganishning boshlang‘ich darajasi

9-sinf bitiruvchilari

A 2

Chet tilini o‘rganishning tayanch darajasi

Chet tillar chuqurlashtirib o‘qitiladigan ixtisoslashtirilgan maktablarning 9-sinf bitiruvchilari

A 2+

Chet tilini o‘rganishning kuchaytirilgan tayanch darajasi

O‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi

Chet tillarga ixtisoslashmagan akademik litseylar bitiruvchilari

V 1

Chet tilini o‘rganishning mustaqil boshlang‘ich darajasi

Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari

Chet tillarga ixtisoslashgan akademik litseylar bitiruvchilari (ikkinchi chet tili)

Chet tillarga ixtisoslashgan akademik litseylar bitiruvchilari

V 1+

Chet tilini o‘rganishning kuchaytirilgan mustaqil boshlang‘ich darajasi

Oliy ta’lim

Oliy ta’lim muassasalarining ixtisosligi chet tili bo‘lmagan fakultetlari bakalavriat bosqichi bitiruvchilari

V 2

Chet tilini o‘rganishning mustaqil muloqot darajasi

Oliy ta’lim muassasalarining ixtisosligi chet tili bo‘lmagan fakultetlari magistratura bosqichi bitiruvchilari

Oliy ta’lim muassasalarining ixtisosligi chet tili bo‘lgan fakultetlari bakalavriat bosqichi bitiruvchilari (ikkinchi chet tili)

Oliy ta’lim muassasalarining ixtisosligi chet tili bo‘lgan fakultetlari bakalavriat bosqichi bitiruvchilari

S1

Chet tilini o‘rganishning erkin muloqot darajasi

Oliy ta’lim muassasalarining ixtisosligi chet tili bo‘lgan fakultetlari magistratura bosqichi bitiruvchilari

Kompetensiyalar

Ta’lim mazmuni

Mavzular

Kundalik hayotga oid mavzular (shaxsiy ma’lumot, oila haqida ma’lumot, bo‘sh vaqtni o‘tkazish va hokazolar).
Ijtimoiy hayotga oid mavzular (atrof-muhit bilan ijtimoiy aloqalar).
Ta’limga oid mavzular (maktab, o‘qish va o‘qitish, maktabdagi fanlar va hokazolar).
Ijtimoiy-madaniy mavzular (O‘zbekiston va tili o‘rganilayotgan mamlakatlar madaniyatlarini qiyoslash va taqqoslash).

Lingvistik kompetensiya

Nutqiy kompetensiya

Tinglab tushunishTinglash uchun mo‘ljallangan matnlar.
Darsga oid ko‘rsatmalar va o‘qituvchi nutqi.
Ertaklar va hikoyalar.
O‘rganilayotgan til sohibining tasmaga yozilgan nutqi (qo‘shiqlar, she’rlar, dialoglar va boshqalar).
GapirishDialogik nutq.
Salomlashish.
O‘zini tanishtirish.
Minnatdorchilik bildirish.
Iltimos qilish.
Ma’lumot olish va berish.
Uzr so‘rash.
Tabriklash.
Taklif etish va taklifni qabul qilish/rad etish.

Monologik nutq.
Voqea-hodisa yoki tajribani sodda bayon qilish.
Qisqa hikoyalarni gapirib berish.
Yoshiga mos mavzuda sodda va kichik taqdimotlar qilish.
O‘qishFaqat o‘zlashtirilgan til materialidan tashkil topgan qisqa matnlar.
Tarkibida ma’nosini taxmin qila olish mumkin bo‘lgan ba’zi yangi so‘zlardan iborat sodda matnlar.
Muayyan ma’lumotni qidirib topish.
Bo‘sh vaqtda sodda hikoyalar va she’rlar o‘qish.
YozishHusnixat, orfografiya.
Sodda xabarnomalar yozish (tabriklar, eslatmalar, xatlar va boshqalar).
Sodda anketalarni shaxsiy ma’lumot bilan to‘ldirish.
Til kompetensiyasi

Grafika va orfografiya

Alifboning barcha harflari, harflarning asosiy kombinatsiyalari, tovush va harflar mutanosibligi; harflarni o‘qish va yozishning asosiy qoidalari.

Fonetik kompetensiyaTovushlarni gapda va yakka holda eshitganda farqlay olish.
Asosiy kommunikativ gap turlariga (darak, so‘roq, buyruq gap) mos ravishda ritm va intonatsiyadan to‘g‘ri foydalana olish.
Tilning asosiy barcha tovushlarini, gapirish ko‘nikmasini rivojlantirish bilan birga nutqda ishlata olish.
Leksik kompetensiyaMavzuga oid so‘zlarni sodda matnlarda to‘g‘ri ishlata olish.
So‘zning yasalishi (affiksatsiya usuli va so‘zlarning qo‘shilishi), boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlar (baynalminal so‘zlar) haqida dastlabki tushunchaga ega bo‘lish.
Grammatik kompetensiyaSo‘z turkumlari.
Sintaksisning asosiy qoidalari.
Hozirgi va o‘tgan zamon fe’l shakllari va hokazo.

Sotsiolingvistik
kompetensiya

Sinf diskursi hamda kundalik hayotdagi vaziyatlardagi sodda muloqot modellarini o‘rganish.
O‘zbekiston va tili o‘rganilayotgan mamlakatlar madaniyati haqida asosiy madaniyatlararo ma’lumotlarga ega bo‘lish (masalan, festivallar va an’analar haqida).

Pragmatik kompetensiya

Ma’lum bir narsani tushunmagan holatlarda qayta so‘ray olish.

Kompetensiyalar

Bilish va qo‘llay olish

Lingvistik kompetensiya

Nutqiy kompetensiya

Tinglab tushunish

Sodda yo‘riqnomalarni tushuna oladi va ularga amal qila oladi.
Sodda savollar va gaplarni tushuna oladi.
Sodda she’rlar, hikoyalar, qo‘shiqlarni tushuna oladi.
Tanish kontekstlarda sodda autentik nutqni tushuna oladi.
GapirishDialog.
Ma’lumot so‘ray va ma’lumot bera oladi.
Yordam so‘rab murojaat qila oladi.
Sodda savol-javob qila oladi.
Monolog.
Yashash joyi, oila, do‘stlari va tanishlari haqida gapira oladi.
O‘zini tanishtira oladi, yoqtirgan va yoqtirmagan narsalari haqida gapira oladi.
Tanish mavzuda juda qisqa taqdimotlar qila oladi.
O‘qishTanish mavzularda ma’lumot beruvchi matnlarning asosiy mazmunini tushuna oladi.
Joy yoki insonlar tasvirlangan qisqacha matnni (zarur hollarda ko‘rgazmalardan foydalangan holda) tushuna oladi.
Sodda xabarlarni, masalan oddiy xatlar, elektron xatlarni tushuna oladi.
Sodda yozma yo‘riqnoma yoki ko‘rsatmalarni tushuna oladi va ularga amal qila oladi.
YozishShaxsiy sodda xabarlarni (tabriklar, qaydlar, elektron xatlar) yoza oladi.
Shaxsiy ma’lumotlar (ism-sharif, yashash manzili va hokazo) bilan sodda anketani to‘ldira oladi.
Sodda she’r va hikoyalar yoza oladi.
Til kompetensiyasi

Fonetik kompetensiya

Chet tilining barcha tovushlarini aniq talaffuz eta oladi.
So‘z va gap urg‘usini to‘g‘ri qo‘ya oladi.
Kommunikativ vaziyatlarda intonatsiya modellarini farqlay biladi va ulardan foydalana oladi.
Leksik kompetensiyaO‘zlashtirilgan leksik vositalarni kontekst (matn)da qo‘llay oladi.
Mavzuga oid sodda so‘zlarni kommunikativ vaziyatlarda qo‘llay oladi.
Ba’zi baynalminal so‘zlar va turdosh so‘zlarni farqlay oladi hamda ularni qo‘llay oladi.
Grammatik kompetensiyaKommunikativ vaziyatlarda sodda grammatik va sintaktik tuzilmalarni qo‘llay oladi.
So‘z va so‘z birikmalarini “va” bog‘lovchisi bilan bog‘lay oladi.
Fe’l shakllari va sodda payt ravishdoshlaridan foydalangan holda gaplarni to‘g‘ri bayon qiladi va hikoyalar hamda voqealarni to‘g‘ri ketma-ketlikda ta’riflay oladi.

Kompetensiyalar

Ta’lim mazmuni
Mavzular

Kundalik hayotga oid mavzular (shaxsiy ma’lumot, oila haqida ma’lumot, bo‘sh vaqtni o‘tkazish va hokazo).
Ijtimoiy hayotga oid mavzular (atrof-muhit bilan ijtimoiy aloqalar).
Ta’limga oid mavzular (maktab, o‘qish va o‘qitish, maktabdagi fanlar va hokazo).
Madaniyatga oid mavzular (O‘zbekiston va tili o‘rganilayotgan mamlakatlar tarixi, madaniyati va geografiyasi).

Lingvistik kompetensiyaNutqiy kompetensiyaTinglab tushunishTinglab tushunish.
Darsga oid ko‘rsatmalar va o‘qituvchi nutqi.
Hikoyalar, ob-havo ma’lumotlari, e’lonlar, TV va radio dasturlar.
O‘rganilayotgan til sohibining tasmaga yozilgan nutqi (qo‘shiqlar, she’rlar, dialoglar va boshqalar).
Rivojlantiriladigan bilim, ko‘nikma va malakalar: asosiy mazmunini tushunish uchun tinglash; to‘liq batafsil tushunish uchun tinglash; muayyan masalalar yoki ma’lumotlar uchun tinglash.
GapirishDialogik nutq.
Rasmiy va norasmiy salomlashish.
O‘zini tanishtirish.
Rozi bo‘lish va rad etish.
Gapni takrorlash va aniqlashtirishni iltimos qilish.
Ma’lumot olish va berish.
Tabriklash.
Taklif etish va taklifni qabul qilish/rad etish.

Monolog nutq.
Voqea yoki tajribani sodda bayon qilish.
Qisqa hikoyani gapirib berish.
Yoshiga mos mavzuda sodda va qisqa taqdimot qilish.
O‘rganilayotgan chet tili materiali asosida qisqa hisobot berish.
O‘qishO‘rganilgan va o‘rganilayotgan til materialidan tashkil topgan qisqa matnlarni o‘qish.
Tarkibida ma’nosini taxmin qila olish mumkin bo‘lgan ba’zi yangi so‘zlardan iborat badiiy va media matnlarni o‘qish.
Qisqa xabarlardan iborat sodda xatlarni o‘qish.
Darsdan bo‘sh vaqtlarida sodda hikoyalar va she’rlarni o‘qish.
Rivojlantiriladigan bilim, ko‘nikma va malakalar: chet tilidagi materiallarning umumiy mazmunini tushunish, ayrim ma’lumotlarni olish, tafsilotlarni tushunish va yo‘nalishni aniqlash uchun o‘qish (belgilar, yorliqlar va hokazo).
YozishShaxsiy xatlar (qisqa xabarlar, tabriklar, eslatmalar, xatlar va hokazolar)ni yozish.
Sodda anketalarni shaxsiy ma’lumot bilan to‘ldirish.
Til kompetensiyasiGrafika va orfografiyaPunktuatsiya va orfografiya qoidalarini o‘rganishni takomillashtirish.
Fonetik kompetensiyaTovushlarni gapda va yakka holda tinglaganda farqlay olish.
Kommunikativ vaziyatlarda gapning kommunikativ turlari (darak, so‘roq, buyruq gap)ga mos ravishda ritm va intonatsiyadan to‘g‘ri foydalanish.
Til tovushlarini, gapirish ko‘nikmasini rivojlantirish bilan birga nutqda ishlatishni mashq qilish.
Leksik kompetensiyaMavzuga oid so‘zlarni oddiy matnda to‘g‘ri ishlata olish.
So‘z tuzilishi (qo‘shma so‘zlar va affiksatsiya), boshqa tillardan kirib kelgan so‘zlar (baynalminal so‘zlar) haqida ilk tushunchalarni shakllantirish.
Grammatik kompetensiyaSo‘z turkumlari.
Sintaksisning asosiy qoidalari.
Fe’lning hozirgi, o‘tgan va kelasi zamon shakllari.
Aniq va majhul nisbat.
Boshqalar.
Sotsiolingvistik kompetensiya

O‘zbekiston va tili o‘rganilayotgan mamlakatlar xalqlari madaniyati haqida aniq tasavvurga ega bo‘lish hamda ba’zi masalalarning tilga bog‘liqligini anglash, masalan, salomlashish odati, murojaat shakllari, xushmuomalalikning asosiy me’yorlari va hokazo.
Ijtimoiy vaziyatlarda imo-ishoraning ahamiyati.

Pragmatik kompetensiya

Tanish vaziyatlarda kerakli til vositalarini tanlash.
Oddiy vaziyatlarda og‘zaki va yozma nutqda fikrlarni uzviy ifoda eta olish.

KompetensiyaBilish va qo‘llay olish
Lingvistik kompetensiyaNutqiy kompetensiyaTinglab tushunishA2
O‘z ehtiyojlari va qiziqishlariga bevosita bog‘liq bo‘lgan gap va iboralarni tushuna oladi.
Biror yerga borish bo‘yicha sodda yo‘riqnomalarni tushuna oladi.
Sodda xabarlar va e’lonlardagi asosiy ma’nolarni tushuna oladi.
A2+
Kundalik mavzulardagi tasmaga yozilgan parchalardan muhim ma’lumotlarni tushuna oladi.
Muhokama etilayotgan masalaning asosiy mavzusini aniqlay oladi.
Gapirish

Dialog.
A2

To‘g‘ri ma’lumot ola biladi va bera oladi.
Salomlasha oladi va murojaat qila oladi.
Taklif, tavsiya qila oladi va taklifga javob bera oladi, uzr so‘rashning sodda kundalik shakllarini ishlata oladi.
Qisqa muloqotda ishtirok eta oladi.
Sodda iboralardan foydalanib tanish mavzuda o‘z fikrini ifoda eta oladi.
Sodda yumushlar (masalan chiptalar sotib olish, xarid qilish, oshxonada taom buyura olish)ni amalga oshira oladi.
Tushunmaganligini bildira oladi.
A2+
Ommaviy vaziyatlarda odamlar bilan muloqotga kirisha oladi.
Qisqa suhbatlarda o‘z rejalari haqida muammosiz ishtirok eta oladi (masalan, kechqurun yoki dam olish kunlari rejalari bo‘yicha).
Kundalik hayotga oid o‘zi qiziqqan yoki o‘ziga bevosita aloqador mavzularda qisqa suhbatlarda ishtirok eta oladi.
Oldindan rejalashtirilgan kundalik suhbatlarda ma’lum tanish mavzularda savol-javob qila oladi, fikr va ma’lumot almasha oladi.
Boshqalar fikriga qo‘shilish yoki qo‘shilmaslikni ifodalay oladi.
Chet tilida ma’lumot, yo‘riqnomalar va boshqalar yuzasidan tegishli javoblarni qaytara oladi (masalan ko‘chada o‘rganilayotgan til sohibi bo‘lgan so‘zlashuvchi murojaat qilganda).

Monolog.
A2
Odamlar, yashash yoki ish joyi sharoitlari, kundalik ishlar, yoqtirgan/yoqtirmagan narsalar va boshqalarni sodda qilib tasvirlay oladi yoki taqdimot qila oladi.
Sodda iboralar bilan odamlar, joylar va buyumlarni tasvirlay oladi.
A2+
Tanish mavzuda qisqa taqdimot qila oladi.
Nimani yoqtirishi yoki yoqtirmasligini tushuntira oladi.
Tadbir yoki voqea-hodisa haqida qisqa ma’lumot bera oladi.
Rejalar, tadbirlar, odatlar va tajribalarni tasvirlay oladi.
Sodda iboralar bilan predmetlar va o‘ziga tegishli narsalarni qiyoslay oladi.

O‘qish

A2
Juda qisqa sodda autentik va yarim-autentik matnlarni tushuna oladi.
Qisqa shaxsiy sodda xabarlar va xatlarni tushuna oladi.
Jamoat joylaridagi umumiy belgilar va e’lonlarni tushuna oladi.
Sodda yozma ko‘rsatmalarni tushuna oladi.
Ro‘yxatlar, veb saytlar, qo‘llanmalar va boshqalardagi maxsus ma’lumotlarni qidirib topa oladi.
A2+
Standart xatlarning asosiy turlarini tushuna oladi (masalan, tasdiqlash xati kabi).
Ommaviy axborot vositalarida chop etilgan qisqa xabar va kichik maqolalarni tushuna oladi.
Tovarlar va asbob-uskunalarni ishlatish bo‘yicha yo‘riqnomalarni tushuna oladi va ularga amal qila oladi.
Faktlarga asoslangan matnlarda, masalan broshyuralar, reklamalar, gazeta e’lonlaridan maxsus ma’lumotlarni topa oladi.
Ba’zi notanish so‘zlarning ma’nosini kontekstga qarab aniqlay oladi.

Yozish

A2
Sodda qisqa xat va xabarlar yoza oladi (masalan, minnatdorchilik bildirish, uzr so‘rash xatlari).
Anketani turli shaxsiy ma’lumotlar bilan to‘ldira oladi (ism-sharifi, manzili, telefon raqami, millati, ota-onasi bilan ulanish haqida ma’lumotlar va hokazo).
Kundalik turmush haqida yoza oladi.
Sodda biografiya yoza oladi.
Sodda she’rlar yoza oladi.
A2+
Tadbirlar va shaxsiy tajribalarni tasvirlab yoza oladi.
Og‘zaki xabarni tushunarli qilib yoza oladi.

Til kompetensiyasiFonetik kompetensiya

Chet tilining barcha tovushlarini aniq talaffuz qila oladi.
So‘z va gap urg‘usidan to‘g‘ri foydalana oladi.
Kommunikativ vaziyatlarda intonatsiya modellaridan to‘g‘ri foydalana oladi va ularni farqlay oladi.

Leksik kompetensiya

O‘zlashtirilgan leksik birliklarni kontekstda qo‘llay oladi.
Mavzuga oid sodda so‘zlarni kommunikativ vaziyatlarda qo‘llay oladi.
Ba’zi baynalminal va o‘zlashgan so‘zlarni taniy oladi va ularni qo‘llay oladi.
So‘z yasashning turli yo‘llarini farqlay oladi (qo‘shma so‘zlar, prefikslar va suffikslar).

Grammatik kompetensiya

Kommunikativ vaziyatlarda asosiy grammatik va sintaktik tuzilmalarni qo‘llay oladi.
So‘z birikmalari va qo‘shma gaplarni “ammo”, “va”, “chunki” kabi sodda bog‘lovchilar bilan bog‘lay oladi.
Fe’l shakllari va sodda payt ravishlaridan foydalangan holda bayon qilish va hikoyalarni gapirib berishda voqealarni to‘g‘ri ketma-ketlikda ifodalay oladi.

Kompetensiyalar

Ta’lim mazmuni

Mavzular

Kundalik hayotga oid mavzular (shaxsiy ma’lumot, oila haqida ma’lumot, bo‘sh vaqtni o‘tkazish va hokazo).
Ijtimoiy hayotga doir mavzular.
Ta’limga oid mavzular (kollejda o‘qitiladigan fanlarga oid mavzular).
Kasbga yo‘naltirilgan mavzular.
Ijtimoiy-madaniy mavzular (O‘zbekiston va tili o‘rganilayotgan mamlakatlarning kasbga doir sohalardagi madaniyatning o‘xshash va farqli tomonlari haqida tasavvur).

Lingvistik kompetensiyaNutqiy kompetensiyaTinglab tushunishKasbga oid ixtisoslashgan autentik va yarim autentik diskurslar.
O‘rganilayotgan chet tilining turli variantlari (aksentlar).
Dolzarb mavzulardagi sodda radio va teledasturlar.
Shaxsiy qiziqish va kasb-hunarga oid sodda dasturlar.
Rivojlantiriladigan ko‘nikmalar: chet tilidagi materiallarning asosiy mazmunini tushunish, to‘liq batafsil tushunish va muayyan ma’lumotlar olish uchun tinglash.
Gapirish

Dialog.
Uchrashuv va salomlashish.
O‘zini tanishtirish.
Iltimos bilan murojaat etish.
Ma’lumot olish va berish.
Muammolarni hal qilish.
Norasmiy muhokamalarda ishtirok etish.
Taklif etish va taklifni qabul qilish/rad etish.
Qiziqarli mavzularni muhokama qilishda o‘zining shaxsiy qarashlari va fikrlarini bildirish.
Ishonch, fikr, rozilik va rad qilishni xushmuomalalik bilan ifodalash.
O‘zgalar fikrini qisqacha sharhlash.
His-tuyg‘ularni ifodalash va ularga javob qaytarish.

Monolog.
Ijtimoiy va kasb-hunarga oid sohalardagi tadbir, tajriba va rejani tasvirlash.
Ixtisoslik mavzusida taqdimot qilish.

O‘qish

Faol til materialidan tashkil topgan kasb-hunarga oid sodda matnlarni o‘qib tushunish.
Xat, elektron xat, broshyura, qo‘llanma hamda qisqa rasmiy hujjatlarni o‘qish.
Kasb-hunarga oid autentik matnlarni jadal (intensiv) o‘qib, to‘liq tushunish.
Ommabop materiallarni o‘qish (gazeta, qisqa hikoya, shaxsiy va elektron xatlar).
Rivojlantiriladigan ko‘nikmalar: chet tilidagi materiallarning umumiy mazmunini tushunish, ayrim ma’lumotlarni olish, tafsilotlarni tushunish va yo‘nalishni aniqlash uchun o‘qish (belgilar, ko‘rsatkichlar va hokazo).

Yozish

Sodda ish hujjatlari (xatlar va elektron xatlar, hisobotlar, rejalar, xizmat ko‘rsatishni taklif etish xatlari, rezyume, yo‘llanma xatlar, anketa shakllari va hokazolar).
Shaxsiy yozishmalar (xat, elektron xat va qisqa xabarlar).

Til kompetensiyasiFonetik kompetensiya

So‘z, yakka ibora va diskursni aniq talaffuz qilish ustida ishlash.
Ritm va intonatsiyadan foydalanish (darak, so‘roq, bo‘lishsiz, buyruq gaplar); gapni ma’noli bo‘laklarga ajratish.
Chet tilining asosiy variantlarini farqlash.

Leksik kompetensiya

Kasb-hunarga yo‘naltirilgan lug‘at boyligini oshirish.
Leksikani kasb-hunarga oid kontekstda to‘g‘ri qo‘llash.

Grammatik kompetensiya

Avvalgi darajalarda o‘zlashtirilgan grammatik materialni ommaviy va kasb-hunarga oid kontekstlarda yetarli darajada to‘g‘ri qo‘llash (fe’l zamonlari, modal so‘zlar, sifat va ravishning qiyosiy darajalari, determinantiv so‘zlar, predloglar va hokazo).

Sotsiolingvistik kompetensiya

O‘zbekiston va tili o‘rganilayotgan mamlakatlar xalqlari madaniyatlari haqida asosiy tasavvurga ega bo‘lish hamda ba’zi masalalarning tilga bog‘liqligini anglash (masalan, salomlashish odobi, murojaat shakllari, xushmuomalalikning asosiy nutqiy me’yorlari va hokazo).
Turli madaniyatlarda muloqotning noverbal elementlari ustida ishlashni davom ettirish: imo-ishoralar, noverbal signallar va hokazo.
Ona tili va chet tilida xat va xabarlar yozish qoidalarining xususiyatlari.

Pragmatik kompetensiya

Taqdimot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Og‘zaki va yozma diskursda fikrlarni bir-biriga to‘g‘ri bog‘lash.
Turli ijtimoiy va kasb-hunarga oid vaziyatlarda zarur bo‘ladigan ba’zi til vositalari, rasmiyatchilik darajalari haqida dastlabki tasavvurga ega bo‘lish.
So‘zlovchini gapini bo‘lish, aniqlik kiritish, nutqni sekinlashtirishga undash va boshqa strategiyalar.

Kompetensiyalar

Bilish va qo‘llay olish

Lingvistik kompetensiya

Nutqiy kompetensiya

Tinglab tushunish

Ommabop tanish mavzulardagi aniq normativ nutqning asosiy ma’nolarini tushuna oladi.
Kasb-hunarga oid mavzulardagi aniq normativ nutqning asosiy ma’nolarini tushuna oladi.
Shaxsiy qiziqish yoki kasbga oid kundalik voqealar va dasturlar haqidagi teleradio yangiliklar sekin, biroq ravon gapirilganda ularning asosiy mazmuni va g‘oyasini tushuna oladi.
Batafsil yozishga yo‘riqnomalar yoki ko‘rsatmalarni tushuna oladi va ularga amal qila oladi.
Tanish mavzudagi muhokamaga kirisha oladi.
GapirishDialog.
Sayohat mobaynida yoki kasbiy sohada vujudga kelishi mumkin bo‘lgan aksariyat vaziyatlarda muloqot qila oladi.
Tanish, shaxsiy qiziqishlarga oid yoki kundalik mavzularda tayyorgarliksiz suhbatga kirisha oladi.
Ham ommabop, ham kasb-hunarga oid masalalar bo‘yicha ma’lumot oladi va bera oladi hamda fikr almasha oladi.
Keng miqyosdagi his-tuyg‘ular va hissiyotlar, masalan g‘amginlik, baxtiyorlik, dilxiralik, mamnuniyat, hayratlanishni ifoda qila oladi va ularga javob qaytara oladi.
Mavzu bo‘yicha suhbat yoki muhokamada qatnasha oladi.
Sayohat, xarid, bank va boshqa umumiy kundalik yoki mehnat faoliyatiga oid vaziyatlardagi yumushlarni samarali uddalay oladi.
Yo‘riqnomalar yoki ko‘rsatmalarni tushunib, ularga amal qila oladi.
Rasmiy suhbatda, masalan ishga joylashish yoki stependiya olish uchun bo‘ladigan suhbatda oldindan kutsa bo‘ladigan savollarga javob bera oladi.
Yuzma-yuz muloqotda yoki telefon orqali uchrashuv yoki tadbir vaqti va joyini rejalashtira oladi.
Kasb-hunarga oid mavzudagi savollar bera oladi va ularga ja�ob qaytara oladi.
Monolog.
Ixtisoslikka oid yoki boshqa tanish mavzularda qisqa, mantiqiy fikrlar bilan bog‘langan taqdimot qila oladi.
Tanish vaziyatlar va mavzularni sodda tasvirlab, ular haqida bevosita axborot bera oladi.
Voqea-hodisalar va tadbirlar tafsilotlarini bog‘lay oladi.
Orzu-umidlar, xohish-istak va rejalarni tasvirlay oladi.
Ommaga e’lon yoki taqdim qilish jarayonida rejalar yoki chora-tadbirlarni tasvirlay oladi.
Sodda iboralar yordamida masala yoki dalil va sabablarni keltira oladi.
O‘qish

Ixtisoslik sohalarida faktlarga asoslangan murakkab bo‘lmagan matnlarni to‘liq tushuna oladi.
Kundalik va asosiy kasb-hunarga oid hujjatlardagi, masalan, xabarlar, qisqa rasmiy hujjatlardagi tegishli ma’lumotlarni topa oladi va tushuna oladi.
Gazeta va internet matnlari va boshqa manbalardagi tegishli fikrlarni tushuna oladi.
Asbob-uskunalar va qurilmalarni ishlatish va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha yozma yo‘riqnomalarni tushunib, ularga amal qila oladi.
Ommaviy matnlarni muhokama qilishni nazarda tutgan holda asosiy fikrlarini tushuna oladi.

YozishShaxsiy va kasbiy kontekstlarda qaydlar va xabarlar yozib, ularning shoshilinchligi, muhimligi yoki zarurligini ifodalay oladi.
Standart formatga asoslangan qisqa kasbga oid hisobotlar yoza oladi.
Mehnat amaliyoti tajribasiga oid oddiy hisobotlarni yoza oladi.
Ish joyi bilan bog‘liq masalalar va vujudga keladigan vaziyatlar bo‘yicha oddiy hisobotlar yoza oladi.
Rezyume va tavsiya xatlarini yoza oladi.
Til kompetensiyasi

Fonetik kompetensiya

Taqdimotlar va muhokamalarda ta’kidlash maqsadida urg‘u va intonatsiyadan to‘g‘ri foydalana oladi.
Leksik kompetensiyaKasb-hunarga oid lug‘at boyligidan faol foydalana oladi.
O‘z sohalarida keng tarqalgan xalqaro va turdosh so‘zlarni taniydi va ishlata oladi.
O‘z ixtisosligi doirasi va undan tashqarida so‘z tuzilishi elementlari (qo‘shma so‘zlar, prefikslar, suffikslar, so‘z o‘zagi)ni taniydi va tushuna oladi.
Grammatik kompetensiyaKommunikativ maqsadlarda zarur bo‘ladigan chet tili grammatikasining barcha asosiy elementlarini taniy oladi va ulardan to‘g‘ri foydalana oladi.

Kompetensiyalar

Ta’lim mazmuni

MavzularKundalik hayotga oid mavzular (shaxsiy ma’lumot, oila haqida ma’lumot, bo‘sh vaqtni o‘tkazish va hokazo).
Ijtimoiy mavzular (atrof-muhit bilan kundalik turmush va kasbga oid qiziqishlar bo‘yicha ijtimoiy aloqalar).
Ta’limga oid mavzular (ta’lim muassasalari, turli davlatlar ta’lim tizimini qiyoslash).
Ijtimoiy-madaniy mavzular (O‘zbekiston va tili o‘rganilayotgan mamlakatlar, masalan Buyuk Britaniya, AQSh, Germaniya va Avstriya madaniyatlarining asosiy o‘xshash va farqli tomonlarini aniqlash).
Kasbga oid mavzular: iqtisodiyot, biznes, turizm va ta’lim olish maqsadlari uchun maxsus chet tili (mavzuga oid til ko‘nikmalarini shakllantirish, taqdimot qila olish va hokazo).
Lingvistik kompetensiya

Nutqiy kompetensiya

Tinglab tushunish

Shaxsiy va kasbiy qiziqishlarga doir dolzarb mavzulardagi radio va teledasturlarni tushunish.
Hujjatli va badiiy filmlarni tushunish.
Autentik ixtisoslashgan yoki kasbga yo‘naltirilgan diskurslarni tushunish.
Ixtisoslik va ommabop mavzulardagi ma’ruzalar va taqdimotlarni tushunish.
O‘rganilayotgan chet tili variantlarini tushunish.
O‘rganilayotgan chet tilida suhbatlar va muhokamalarni tushunish.
Rivojlantiriladigan ko‘nikmalar: chet tili materiallarining asosiy mazmunini tushunish, to‘liq batafsil tushunish, muayyan fikrlar yoki ma’lumotlar olish uchun tinglash.
GapirishDialog.
Tayyorlangan mavzuda suhbatda ishtirok etish (intervyu, ma’lumotni to‘g‘riligini tekshirish va ta�diqlash).
Tayyorlanmagan mavzuda suhbatda ishtirok etish (o‘rganilayotgan chet tilida so‘zlashadigan mamlakatlarga sayohat qilganda).
Kutilmagan vaziyatdagi muloqotda ishtirok etish.
Tanish mavzularda o‘z fikrini bildirish (kitoblar, filmlar, musiqa xususida).
Tanish va kamroq tanish bo‘lgan mavzularda ma’lumot almashish.
Debatlarda ishtirok etish.
Narxini kelishish va hokazo.

Monolog.
Taassurotlar, orzu-umidlar va niyatlarini ifoda qilish.
Ixtisoslik mavzularida taqdimot qilish.
Ijtimoiy va kasbga doir sohalarda fikrlari va rejalari sabablarini keltirish va tushuntirib bera olish.
Kitob va film mazmuni bo‘yicha o‘z taassurotlarini tasvirlash va hikoya qilish.
Hikoya yoki muhokama mazmunini sodda iboralar bilan qisqacha gapirib berish.
O‘qishGazetalar, jurnallar, davriy matbuot nashrlarini.
Yo‘riqnomalar, ko‘rsatmalar, buklet, broshyuralarni.
Tarkibida ma’nosi taxmin qilinadigan kasbga oid ba’zi terminlar bo‘lgan matnlarni.
Rivojlantiriladigan ko‘nikmalar: umumiy mazmunni tushunish uchun o‘qish, ayrim ma’lumotlarni olish uchun o‘qish, tafsilotlarni tushunish uchun o‘qish va yo‘nalishni aniqlash uchun o‘qish (belgilar, ko‘rsatkichlar va hokazo).
YozishIsh yuritishga oid xatlar.
Ish yuritish hujjatlari (ariza, shartnoma, rezyume va hokazo).
Hisobotlar.
Taqrizlar.
Esse va boshqa yozma topshiriq shakllari.
Loyiha ishi haqida hisobot.
Til kompetensiyasi

Fonetik kompetensiya

Kasbga oid vaziyatlarda gapning kommunikativ turlariga (darak, so‘roq, bo‘lishsiz, buyruq gap) mos ravishda ritm va intonatsiyani qo‘llash.
Leksik kompetensiyaSo‘z yasalishi.
Polisemiya.
Sinonimlar, antonimlar va omonimlar.
Kasbga oid turg‘un birikmalar.
Grammatik kompetensiyaAvvalgi daraja�a o‘zlashtirilgan grammatik materialni ommaviy va kasb-hunarga oid kontekstlarda to‘g‘ri ishlatish (fe’l zamonlari, modal so‘zlar, sifat va ravishning qiyosiy darajalari, determinantiv so‘zlar, predloglar va hokazo).
Sotsiolingvistik kompetensiyaO‘zbekiston va tili o‘rganilayotgan mamlakatlar xalqlari madaniyatlari haqida tasavvurga ega bo‘lish hamda ba’zi masalalarning tilga bog‘liqligini anglash, masalan, salomlashish odobi, murojaat shakllari, asosiy xushmuomalalik normalari va hokazo.
Turli madaniyatlarda muloqotning noverbal elementlari ustida ishlashni davom ettirish: imo-ishora tili, noverbal signallar va hokazo.
Ona tili bilan solishtirilganda chet tilida xatlar va xabarlar yozish qoidalarining xususiyatlari.
Pragmatik kompetensiyaTaqdimot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Og‘zaki va yozma diskursda fikrlarni to‘g‘ri bog‘lash.
Turli ijtimoiy va kasb-hunarga oid vaziyatlarda zarur bo‘ladigan ba’zi til vositalari, rasmiyatchilik darajalari haqida dastlabki tasavvurga ega bo‘lish.
So‘zlovchini gapiga aralashish, aniqlik kiritish sekin gapirishga undash, ularni boshqacha ifodalash va to‘ldirish.

Kompetensiyalar

Bilish va bajara olish

Lingvistik kompetensiya

Nutqiy kompetensiya

Tinglab tushunish

O‘z mutaxassisligi doirasidagi yaxshi tuzilgan ma’ruza yoki suhbatni tushuna oladi.
O‘z qiziqishlari doirasidagi tele yoki radio dasturlar va boshqa manbalarni tinglab, asosiy ma’lumotlarni tushuna oladi.
Shaxsiy qiziqish, o‘qish yoki kasbga oid sohadagi og‘zaki manbalarni tinglab, ham asosiy mazmuni, ham maxsus ma’lumotlarni anglay oladi.
Til egasi bilan tanish va maxsus mavzuda muloqotga kirishganda uning aksariyat jihatlarini tushuna oladi.

Gapirish

Dialog.
Tanish kundalik va boshqa umumiy mavzularda ma’lum darajada o‘zida ishonch bilan ma’lumot almasha oladi, tekshira oladi va tasdiqlay oladi.
Muammoni tushuntirib bera oladi va uni hal qilish yo‘llarini taklif qila oladi.
Kutilmagan muloqot vaziyatlarida ishtirok eta oladi: tayyorgarliksiz suhbat va muhokamalarni olib bora oladi.
Tanish mavzularda debatlar va muhokamalarda ishtirok eta oladi.
Muhokamalar jarayonida mavhum mavzular va masalalarda o‘z fikrini ifoda qila oladi.
Muhokama yoki suhbat mobaynida o‘zgalar fikrini sharhlay oladi.
Batafsil ko‘rsatmalarga oid savollarga javob bera oladi.
Savollar berib, tegishli sharhlar keltirib, intervyu olib bora oladi.
Intervyu yoki maslahat berish mobaynida kerakli ma’lumotlarni bera oladi.

Monolog.
Ommabop yoki ixtisoslikka oid mavzuda yaxshi tuzilgan taqdimot qila oladi.
Qisqa hikoya, maqola yoki muhokama mazmunini qisqacha bayon qila oladi.
O‘z qarashlarini tushunarli va aniq ifodalay oladi.
O‘qishKattaro� matnlarni o‘qiy oladi, matnning turli qismlaridan tegishli ma’lumot yig‘a oladi.
Munozarali matnning xulosasini aniqlay oladi.
Matn mazmunining asosiy g‘oyasini ajrata oladi.
Maxsus ma’lumot olish uchun nisbatan katta hajmdagi matnlarni o‘qiy oladi.
Maxsus ma’lumot olish, to‘liq tushunish uchun qisqa gazeta maqolalarini, internet matnlari va boshqalarni o‘qiy oladi.
YozishMa’ruza paytida o‘zi foydalanishi uchun yetarli darajada aniq bo‘lgan qaydlar qila oladi.
O‘z qiziqishlariga taalluqli mavzuda qisqa, sodda esse yoza oladi.
Rasmiy xat, ish yuritish qog‘ozlarini (ariza, rozilik xatlari, rezyume) yoza oladi.
Tajriba, faoliyat va tadbirlar haqida talabga javob bera oladigan hisobotlarni yoza oladi.
Loyiha ishi haqida qisqacha hisobot yoza oladi.
Hikoya yoza oladi.
Til kompetensiyasiFonetik kompetensiyaDarak, so‘roq, bo‘lishsiz, buyruq gaplarda ritm va intonatsiyadan foydalana oladi, gapni ma’no bo‘laklariga ajrata oladi.
Taqdimotlar va muhokamalarda ta’kid maqsadida urg‘u va intonatsiyadan foydalana oladi.
Chet tilining asosiy variantlarini ajrata oladi.
Leksik kompetensiya

O‘z mutaxassisligiga oid leksikani ajrata oladi va qo‘llay oladi.
O‘z ixtisosligi doirasi va boshqa sohalarda so‘z tuzilishi unsurlarini (qo‘shma so‘zlar, prefikslar, suffikslar, so‘z o‘zagi) taniy oladi va tushuna oladi.

Grammatik kompetensiya

Kommunikativ maqsadlarda zarur bo‘lgan chet tili grammatikasining barcha asosiy elementlarini ajrata oladi va ulardan to‘g‘ri foydalana oladi.

Kompetensiyalar

Ta’lim mazmuni

Mavzular

Internet va axborot texnologiyalariga oid mavzular.
Ijtimoiy-madaniy mavzular
O‘zbekiston va tili o‘rganilayotgan mamlakatlar madaniyatlarini qiyoslash va taqqoslash.
Mutaxassislik sohasiga oid mavzular (mutaxassislik sohasi tarixi, soha yo‘nalishlari).
Ijtimoiy mavzular (atrof-muhit bilan ijtimoiy aloqalar).

Lingvistik kompetensiyaNutqiy kompetensiyaTinglab tushunishMa’ruzalar, taqdimotlar, munozaralarni.
Radio va telereportajlar, yangiliklar, intervyular, hujjatli filmlar va hokazolarni.
E’lonlarni.
O‘rganilayotgan til egasining tasmaga yozilgan ovozini (filmlar, hujjatlar, nutqlar va hokazo).
O‘rganilayotgan til egalari o‘rtasidagi ijtimoiy muloqotni.
Rivojlantiriladigan ko‘nikmalar: umumiy mazmunni tushunish uchun tinglash, tafsilotlarni tushunish uchun tinglash va ayrim ma’lumotlarni olish uchun tinglash.
Gapirish

Dialogik.
Ma’lum vazifa yoki maqsad bo‘yicha muloqotga kirishish.
Ijtimoiy muloqot va norasmiy suhbatga kirishish.
O‘z mutaxassislik sohasiga oid bo‘lgan va bo‘lmagan rasmiy va norasmiy muhokamalarda qatnashish.
Muhokamaga raislik qilish va olib borish.
Intervyular.
Muzokaralar.
Telefon qo‘ng‘iroqlari.

Monolog.
Ma’ruza tayyorlash.
Sohaga oid fikrlarni rivojlantirish (masalan, soha mavzusi bo‘yicha).
Fikr bildirish va asoslash.
E’lonlar.
Ma’lum mavzu bo‘yicha taqdimot qilish.
Maqolani umumlashtirish va xulosa qilish.

O‘qishYozishmalar, xabar, xatlar va elektron xatlar.
Sohaga oid materialni jamlagan autentik matnlar.
Ixtisoslik leksikasi va atamalarni o‘z ichiga olgan matnlar: masalan, matn parchalari, ma’ruzalar, hisobotlar va darsliklardan olingan parchalar.
Ilmiy va mutaxassislik adabiyotlari (davriy, elektron adabiyotlar).
Rivojlantiriladigan ko‘nikmalar: chet tilidagi materiallarning umumiy mazmunini tushunish, ayrim ma’lumotlarni olish, tafsilotlarni tushunish va yo‘nalishni aniqlash uchun o‘qish (belgilar, ko‘rsatkichlar va hokazo).
YozishYozishmalar (xatlar va xabarlar).
Maxsus ma’lumotlar (xotiralar, qaydlar, taqrizlar, rezyumelar va hokazo).
Esse (bayon va insholar), xulosalar.
Tadqiqot ishlari (maqolalar, bitiruv malakaviy ishi va hokazolar).
Leksik kompetensiyaKasbiy leksika va atamalarini, umumiy qisqartmalarni kengaytirish.
So‘z yasalishi (qo‘shma so‘zlar va affiksatsiya), o‘zlashma so‘zlar (baynalminal so‘zlar) va o‘zakdosh so‘zlar.
Antonimlar, sinonimlar va boshqa umumleksik munosabatlar.
Grammatik kompetensiyaO‘tilgan grammatik material (fe’l zamonlari, modal fe’llar, sifat va ravishlarning qiyosiy darajalari, determinantiv so‘zlar, predloglar va hokazo)ni kundalik va sohadagi kontekstlarda to‘g‘ri qo‘llay olish.
Sotsiolingvistik kompetensiya

O‘zbekiston va tili o‘rganilayotgan mamlakatlar madaniyatlari misolida (ijtimoiy va ta’lim doiralarida) madaniyatlararo muloqotni chuqurroq tushunib yetish va uning muloqot bilan bog‘liq xususiyatlari, jumladan, salomlashish, murojaat shakllari, xushmuomalalik va hokazo.
Turli madaniyatlardagi kommunikatsiyaning noverbal elementlari: xatti-harakatlar, imo-ishoralar ustida ishlashni davom ettirish.
Elektron muloqotlarning chet tilida yozish xususiyatlari.

Pragmatik kompetensiya

Taqdimot qilish m�horatini yanada takomillashtirish.
Fikrlarni mos tarzda og‘zaki va yozma nutqda mantiqan bog‘lash.
Turli ijtimoiy, ta’lim va mutaxassislik doiralarida mos ravishda tilni tegishli rasmiylik darajada qo‘llashni anglash.
Muloqot jarayonida nutqni bo‘lish, aniqlik kiritish, boshqacha talqin etish, jumlalarni tuzatish, to‘ldirish va boshqa strategiyalari.

Kompetensiyalar

Bilish va bajara olish

Lingvistik kompetensiyaNutqiy kompetensiya

Tinglab tushunish

Keng ko‘lamli nutq yoki qator murakkab fikrlar bayonini tushunib kuzata oladi.
Ma’ruza, nutq, bayonot, tafsilotli yo‘riqnomalar, ilmiy va ixtisoslik taqdimotlar, so‘rov va fikrlarning mohiyatini tushuna oladi.
E’lon va xabarlarni tushuna oladi.
Tanish va notanish kontekstdagi murakkab autentik nutqni tushuna oladi.
O‘rganilayotgan til egasi bo‘lgan so‘zlashuvchilarning suhbat yoki munozarasining aksariyat qismini tushuna oladi.
Radio, internet va televideniye dasturlari, intervyularning aksariyat qismini tushuna oladi.
Gapirish

Dialog.
O‘z hamkorlari bilan muzokara qila oladi.
Ma’lum masala yuzasidan iltimos qila oladi.
O‘rganilayotgan tilda so‘zlashuvchilar bilan muloqotga kirisha oladi, zarur bo‘lganda boshqara oladi.
Oldindan tayyorgarlik ko‘rilmagan jonli muhokama va munozaralarda qatnasha oladi.
O‘z sohalariga oid intervyuda qatnasha oladi.
Rasmiy muhokama doirasida o‘z fikr va mulohazalarini aniq ifodalay oladi.
Muhokamalarda o‘z fikrlarini oydinlashtira oladi, o‘zgartirib talqin eta oladi va tuzata oladi.
Bitimga kelishuv yoki muammo yechimini topishda rasmiylik va xushmuomalalikning maqbul darajalaridan foydalana oladi.
Rasmiy doiralarda (masalan, seminar va hokazolar) xos ravishda savollar beradi va javoblar bera oladi.

Monolog.
Ma’lum mavzu bo‘yicha yaxshi taqdimot qila oladi.
O‘z sohalariga oid bir qator narsalarni aniq va batafsil tasvirlay oladi.
Ma’lum mavzu bo‘yicha og‘zaki ma’ruza qila oladi.
Maqola, ma’ruza yoki muhokama yuzasidan aniq umum�ashgan xulosa qila oladi.
Tanish mavzuga oid qarash yoki fikrni rivojlantirish, dalillar, misollar keltirish orqali asoslay oladi.

O‘qish

Tanish va notanish mavzulardagi matnlarning asosiy/ayrim jihatlarini tushuna oladi.
O‘z sohalari va qiziqishlariga mos yozishmalarni tushuna oladi.
Jadval, grafiklarning qisqa izohini tushuna oladi.
Murakkab nomalarni tushuna oladi.
Maxsus va murakkab yozma yo‘riqnoma va yo‘nalishlarni tushunib amal qila oladi.
Kasbiy sohalariga oid kattaroq hajmdagi maqola va ma’ruzalardan tegishli ma’lumotni ajrata oladi.
Tezis, konferensiya dasturlari, mundarija va shu kabi matnlarning ayrim qismlari yoki barcha qismlarini batafsil o‘qish kerakligini aniqlay oladi.
Rivojlantiriladigan ko‘nikmalar: chet tilidagi materiallarning umumiy mazmunini tushunish, ayrim ma’lumotlarni olish, tafsilotlarni tushunish va yo‘nalishni aniqlash uchun o‘qish (belgilar, ko‘rsatkichlar va hokazolar).

Til kompetensiyasiYozishMaxsus nomalar yoza olish (biznes xatlari, elektron xatlar).
Sohaga oid yaxshi tuzilgan insho va ma’ruzalar yoza oladi.
Etarli darajada grammatik, mazmun jihatdan to‘g‘ri tuzilgan va mos uslubdagi ilmiy va tadqiqot maqolalarini yoza oladi.
Takliflar, xulosalar va tezislar yoza olish.
Zarur holda o‘z sohalari bo‘yicha bitiruv malakaviy ish yoza oladi.
Leksik kompetensiya

Maxsus leksika va atamalarni kontekstda qo‘llay oladi.
Kommunikativ doiralarda mavzuga oid leksikani ishlata oladi.
Keng ko‘lamdagi baynalminal so‘zlarni farqlay oladi va ulardan foydalana oladi.

Grammatik kompetensiya

Kommunikativ vaziyatlarda murakkab grammatik va sintaktik strukturalarni ishlata oladi.
Mos bog‘lovchi so‘zlarni qo‘llay oladi.
O‘z sohalariga oid diskurs modellarining grammatik, leksik va mazmun jihatdan qanday tuzilganini tushunish maqsadida tahlil qila oladi.

Kompetensiyalar

Ta’lim mazmuni

Mavzular

Kundalik hayotga oid mavzular (masalan, parhez saqlash, farzandlar tarbiyasi va hokazo).
Keng ijtimoiy mavzular (masalan, tibbiyot, ilm-fan va texnologiyalardagi etika masalalari, ijtimoiy masalalar, yoshlarning jinoyat sodir etishi, umumijtimoiy majburiyatlar va hokazo).
Ijtimoiy-madaniy mavzular (masalan, madaniy muhitga moslashishdagi o‘zga madaniyatni to‘g‘ri talqin etishdagi ehtiyotkorlik, madaniy shok, ijtimoiy tafovutlar, madaniy o‘zlikni saqlab qolish, turli doiralarda o‘zini madaniy muhitga mos tarzda tutish, o‘quv materiallarini yaratish jarayonida madaniyatni talqin etish masalalariga alohida e’tibor qaratish va hokazo).
Kasbiy yo‘naltirilgan mavzular: lingvistika va sotsiolingvistika muammolari, tilni o‘rgatish va tilni o‘rganish va hokazo.

Lingvistik kompetensiya

Nutqiy kompetensiya

TinglashKeng qamrovli mavhum va murakkab mavzudagi matnlarni tushunish.
Keng ko‘lamdagi idioma va iboralari og‘zaki nutq namunalariga boy audio tasmalar, axborot va ommaviy e’lonlar (masalan, temir yo‘l vokzali, sport maydonchasidagi e’lonlar va hokazo).
Guruh muhokamasidagi asosiy va boshqa ishtirokchilar o‘rtasidagi murakkab muloqot.
Teledastur va filmlar.
O‘rganilayotgan til sohibi bo‘lgan va bo‘lmagan so‘zlashuvchilarning turli rasmiy va norasmiy joylardagi yoki ta’lim muassasalaridagi autentik og‘zaki nutq namunalari.
Sohaga oid ma’ruzalar, muhokamalar va munozaralar.
O‘rganilayotgan til vositasida auditoriyadagi muloqot.
GapirishOg‘zaki muloqot (dialogik nutq).
Shaxslararo muloqot va suhbatlar.
Ommaviy munozaralar va rasmi� muhokama.
O‘z mutaxassislik sohasiga oid bo‘lgan yoki bo‘lmagan mavhum va murakkab mavzulardagi nutqlar va muloqotlar.
Ishga qabul qiluvchi yoki ishga kiruvchi sifatida suhbatda qatnashish.
Auditoriyada qo‘llaniladigan iboralar.

Og‘zaki monologik nutq
.
Ko‘rsatmalar.
Taqdimotlar.
Konkret yoki mavhum mavzular bo‘yicha o‘z mulohazasini bildirish va ularni asoslash.
O‘z fikrini asoslangan tarzda bildirish.
Fikrlar, muhokama yoki sohaga oid maqola yuzasidan umumlashgan xulosa chiqarish.

O‘qish

Ijtimoiy, mutaxassislik yoki ta’lim sohalarida uchrashi mumkin bo‘lgan uzun va murakkab matnlar.
Badiiy va ilmiy-ommabop kitoblar, shuningdek adabiy jurnallar.
Davriy nashrlar.
Yo‘riqnomalar (qo‘llanmalar, taomnomalar va hokazo).
Reklama materiallari.
Turli ma’lumotnoma shakllari, o‘qituvchi kundaligi, so‘rovnomalar.
Norasmiy xatlar, elektron xatlar va hokazo.
Memorandumlar, ma’ruzalar, tanqidiy tahlillar, ish qog‘ozlari.

Yozish

Maqolalar.
Ta’lim materiallari uchun ko‘rsatmalar.
Ma’lumotnoma shakllari va so‘rovnomalar.
Biznes va mutaxassislikka doir xatlar.
Insholar, ma’ruzalar, tahlillar, taqrizlar.
Bitiruv malakaviy ishi.
Rezyume, yo‘llanmalar.

Til kompetensiyasi

Leksik kompetensiKeng ko‘lamdagi so‘z boyligi, idiomatik va og‘zaki nutq iboralari.
Mutaxassislikka oid (chet tili o‘qitish va amaliy tilshunoslik) atamalarini o‘zbek, rus va o‘rganilayotgan til vositasida qiyoslash va taqqoslash.
Grammatik kompetensiyaKommunikativ kompetensiyaning asosiy qismi bo‘lgan mazmunini yoritib beruvchi murakkab gaplar.
Grammatik elementlar, kategoriyalar, strukturalar va jarayonlarni o‘z ichiga olgan grammatik semantika.
Diskurs darajasidagi grammatika.

Sotsiolingvistik kompetensiya

O‘zbekiston va tili o‘rganilayotgan mamlakatlar madaniyatla�i misolida madaniyatlararo muloqotni chuqurroq tushunib yetish va uning til bilan bog‘liq masalalari, jumladan, salomlashish, murojaat shakllari, xushmuomalalik jihatlari va hokazo.
Turli madaniyatdagi kommunikatsiyaning noverbal elementlari: xatti-harakatlar, imo-ishoralar ustida ishlashni davom ettirish.

Pragmatik kompetensiya

Taqdimotlar qilish mahoratini yanada takomillashtirish.
Fikrlarni mos tarzda og‘zaki va yozma nutqda bog‘lash.
Turli ijtimoiy, ta’lim va mutaxassislik doiralarida mos ravishda tilni maqbul rasmiylik darajasida qo‘llashni anglab yetish.
Muloqot jarayonidagi nutqni bo‘lish, aniqlik kiritish, boshqacha talqin etish, jumlalarni tiklash, to‘ldirish strategiyalari va hokazo.

Kompetensiyalar

Bilish va bajara olish

Lingvistik kompetensiyaNutqiy kompetensiyaTinglab tushunishO‘z mutaxassislik sohalariga oid bo‘lmagan mavhum va murakkab mavzulardagi keng ko‘lamli nutq namunalarini ayrim noaniq jihatlarini oydinlashtirib olish zarurati tug‘ilsa, so‘zlovchining talaffuzi noaniq yoki til shevasi notanish bo‘lgan hollarda ham tushuna olish.
Keng ko‘lamdagi idiomatik va og‘zaki nutq iboralarini farqlay olish va ijtimoiy muhitga mos tarzda tilda berilgan diskurs xususiyatini tushuna olish.
Keng ko‘lamli nutqlarni aniq tuzilmagan hollarda ham tushunish va ulardagi ochiq-oydin va yashirin fikrlarni ham yetarli darajada anglay olish.
Muhokama va debatlardagi boshlovchi va boshqa ishtirokchilar o‘rtasidagi murakkab muloqot jarayonida, mavzular mavhum yoki notanish bo‘lsa ham, osonlik bilan tushunish va kuzata olish.
Keng qamrovli, tilning ayrim nostandart ishlatilish hollarini ham o‘z ichiga olgan audio tasma va axborot materiallarini tushuna olish va so‘zlovchilar o‘rtasidagi nozik tafsilotlar va munosabatlarning muhim jihatlarini aniqlay olish.
Filmlardagi sleng va idiomatik iboralarning ishlatilishini aksariyat qismini tushuna olish.
Shovqinda ham ommaviy e’lonlar (masalan, temir yo‘l vokzali, sport maydonchasidagi e’lonlar)ni o‘qib tegishli ma’lumot ola bilish.
GapirishOg‘zaki muloqot (dialog).
O‘z fikrini deyarli qiyinchiliksiz, ravon, erkin va spontan ravishda bildira olish. Keng ko‘lamli leksik boylikka ega bo‘lgan holda so‘zamollik bilan muloqotdagi bo‘shliqlarni to‘ldira olish.
O‘z mutaxassislik sohalariga oid bo‘lmagan mavhum va murakkab mavzulardagi keng ko‘lamli nutqlarni yetarli darajada oydinlashtirib olish zarurati tug‘ilgan holda so‘zlovchining talaffuzi noaniq yoki til shevasi notanish bo‘lgan hollarda ham batafsil tushuna olish.
Ishga qabul qiluvchi yoki ishga kiruvchi sifatida suhbatda qatnashish jarayonida hech qanday ko‘maksiz fikrini kengaytirib, ravon tarzda ifodalay olish, tegishli til vositalaridan unumli foydalana olish.
Mavhum, murakkab va notanish mavzulardagi munozaralarda ham qatnasha olish.
O‘z rasmiy nuqtai nazarini ishonch bilan ilgari surgan holda, qarshi tomonning bir qator murakkab savol va sharhlariga mos ravishda ravon va spontan tarzda javob bera olish.

Og‘zaki monologik nutq.
Turli mavzularni uyg‘unlashtirgan holda to‘liq tasviriy yoki hikoyaviy tarzda fikrlarni alohida jihatlarga urg‘u bergan holda bayon etish va mos ravishda yakunlab, xulosa qila olish.
O‘qishO‘z mutaxassislik sohalariga oid yoki oid bo‘lmagan birmuncha uzun va murakkab matnlarni qiyin joylarini qayta o‘qish imkoniyati berilgan holatda batafsil tushuna olish.
Lug‘atdan foydalanib har qanday turdagi xatlarni tushuna olish.
Ijtimoiy, mutaxassislik yoki ta’lim sohalarida uchrash ehtimoli bo‘lgan keng ko‘lamdagi uzun va murakkab matnlar (masalan, sohaga oid maqolalar, kitob boblari, sharhlar)ni batafsil tushuna olish va ulardagi kichik detallarning ham muhim jihatlari, qarashlar, ochiq-oydin va yashirin fikrlarni aniqlay olish.
Vebsayt yoki jurnallardan o‘z mutaxassislik sohalariga oid tegishli tafsilotlarni ola bilish.
YozishMurakkab mavzulardagi matnlarni birlamchi masalalarga urg‘u bergan va ikkilamchi masalalarni yetarli tarzda kengaytirgan holda yorita olish, asosli va o‘rinli misollar keltira olish, hamda mos ravishda yakunlab, xulosa yoza olish.
Aniq, batafsil, yaxshi tuzilgan tasviriy hamda ijodiy tarafdan mukammal, tabiiy va o‘z uslubiga ega, ma’lum o‘quvchiga ko‘zlangan matnlar yoza olish.
Aniq, yaxshi tuzilgan, asosiy masalalarga urg‘u bergan holda (masalan, bitiruv malakaviy ishida) murakkab tushunchalarning talqinini yoza olish.
O‘z fikrini kengaytirib, qo‘shimcha fikrlar, dalillar va maqbul misollar bilan yorita olish.
Shaxsiy mazmundagi turli matnlar (kundaliklar, o‘tgan h�disalar tahlili)ni o‘ziga xos uslubda yoza olish.
Ma’ruza, maqola va muhokamalar xulosalarini yoza olish.
Mutaxassislik va ta’limga oid tahlillar yoza olish.
Til kompetensiyasiFonetik kompetensiyaIntonatsiyani o‘zgartirish va gap urg‘usini to‘g‘ri qo‘yish orqali mazmunning turlicha talqinini ifodalay olish.
Leksik kompetensiyaKeng ko‘lamli so‘z boyligiga ega bo‘lgan holda muloqotdagi bo‘shliqlarni to‘ldira olish (kam hollarda zarur iboralarni topa olmaslik yoki o‘zini muloqotdan olib qochish strategiyalarini qo‘llash).
Idiomatik va og‘zaki nutq iboralarini qo‘llay olish.
Ayrim kichik xatolardan istisno tarzda jiddiy leksik xatolarga yo‘l qo‘ymaslik.
Mutaxassislikka oid (chet tili o‘qitish va amaliy tilshunoslik) o‘rganilayotgan chet tilidagi atamalarni yaxshi tushunib, qo‘llay olish.
Grammatik kompetensiyaMuntazam ravishda grammatik jihatdan to‘g‘ri va xatolardan birmuncha holi fikrlarni qo‘llay olish.

Kompetensiyalar

Ta’lim mazmuni

Mavzular

Global muammolarga oid mavzular (masalan, zamonaviy texnologiyalar va ularning insoniyatga ta’siri, globallashuv, migratsiya, ekologiya, terrorizm, ishsizlik va hokazo).
Ijtimoiy mavzular (masalan, tevarak-atrof bilan ijtimoiy munosabatlar, jins masalalari, ijtimoiy tenglik, madaniy qadriyatlar, tolerantlik va hokazo).
Kasbga oid mavzular (masalan, kasbiy faoliyat turlari (tarjimon yoki o‘qituvchining kundalik faoliyati va hokazo), malaka oshirish, kasb etikasi va hokazo).
Ta’limga oid mavzular (uzluksiz ta’lim, kadrlar tayyorlash milliy dasturi, magistratura bo‘limida o‘qish va hokazo).
Ilmiy tadqiqotga oid mavzular (xalqaro loyihalar, ilmiy tadqiqot etikasi, intellektual boylik, rahbarlik va boshqaruv, mualliflik huquqi)

Lingvistik kompetensiya

Nutqiy kompetensiya

Tinglab tushunish

Keng qamrovli mavhum va murakkab mavzulardagi matnlar.
Keng ko‘lamdagi idiomatik iboralar va og‘zaki nutq namunalariga boy audio tasmalar, axborot va ommaviy e’lonlar (masalan, temir yo‘l vokzali, sport maydonchasidagi e’lonlar).
Guruh muhokamasidagi asosiy va boshqa ishtirokchilar o‘rtasidagi murakkab muloqot.
Teledastur va filmlar.
O‘rganilayotgan til sohibi bo‘lgan va bo‘lmagan so‘zlashuvchilarning turli rasmiy va norasmiy doiralardagi yoki ta’lim muassasalaridagi autentik og‘zaki nutq namunalari.
Sohaga oid ma’ruzalar, bahs-munozaralar.

Gapirish

Og‘zaki muloqot (dialogik nutq).
Shaxslararo muloqot va suhbatlar.
Ommaviy munozaralar va rasmiy muhokama.
O‘z mutaxassislik sohasiga oid bo‘lmagan mavhum va murakkab mavzulardagi ma’ruzalar va muloqotlar.
Ishga qabul qiluvchi yoki ishga kiruvchi sifatida intervyuda qatnashish.
Auditoriyada qo‘llaniladigan iboralar.

Og‘zaki monologik nutq.
Ko‘rsatmalar.
Taqdimotlar.
Konkret yoki mavhum mavzular bo‘yicha o‘z mulohazasini bildirish va uni asoslay olish.
O‘z fikrini asoslangan tarzda ifoda etish.
Fikrlar, muhokama yoki sohaga oid maqola yuzasidan umumlashgan xulosa chiqarish.

O‘qish

Ijtimoiy, mutaxassislik yoki ta’lim sohalarida uchrash ehtimoli bo‘lgan birmuncha uzun va murakkab matnlar.
Badiiy va ilmiy-ommabop kitoblar, shuningdek adabiy jurnallar.
Gazeta va jurnallar.
Yo‘riqnomalar (qo‘llanmalar, taomnoma kitoblari va hokazo).
Reklama materiallari.
Turli ma’lumotnoma shakllari, o‘qituvchi kundaligi, so‘rovnomalar.
Rasmiy xatlar, elektron xatlar va hokazo.
Memorandumlar, ma’ruzalar, tanqidiy bayonotlar/maqolalar, ilmiy ishlar.

Yozish

Ma’lumotnoma shakllari va so‘rovnomalar.
Ish va mutaxassislikka doir xatlar.
Mavzu tanlash bayonoti.
Rezyume.
Tezis.
Mini-dissertatsiya.
Tahlillar.
Ma’ruzalar.
Insholar.
Grant va stipendiyalar uchun taklif va mulohazalar.
Rasmiy hujjatlar (shartnomalar, bitimlar).

Leksik kompetensiya

Yuqorida qayd etilgan mavzularga oid leksika.
Ta’lim va mutaxassislikka oid leksika.
So‘z yasash modellari.
Qisqartmalar.
Nuqtai nazar va qarashlarni ifodalovchi so‘z va iboralar.

Grammatik kompetensiya

Ixtisoslashgan matnlardagi grammatik strukturalar (masalan, ilmiy inshoda majhul nisbatning qo‘llanilishi).
Diskurs namunalari (masalan, grammatik, leksik yoki mazmun jihatdan bog‘lanish).
Bog‘lovchilar.
Artikl va belgilovchilar (determinantlar).

Sotsiolingvistik kompetensiya

Tilning madaniyat jihatlari (masalan, idiomalar, maqollar va hokazo).
Xulq-atvor, o‘zini tutish va etiket qoidalari.
Noverbal kommunikatsiya vositalari.
Ijtimoiy va ilmiy doiraga xos tarzda tilni moslashtirish.
Madaniyatlararo muloqotni chuqurroq tushunib yetish.
O‘zga millat vakillariga nisbatan hurmat va tolerantlik.
O‘zga madaniyat va turli vaziyatlarga moslashish.

Pragmatik kompetensiya

Nutqni tushunish, talqin etish va so‘zlashdagi tegishli strategiya va uslublar.
Turli diskurslar tarkibi va mazmunini bilish.
Muloqotdagi bo‘shliqlarning oldini olish maqsadida til kamchiliklarini bartaraf etish.
Rasmiy va norasmiy doiralarda nutqni bo‘lish, aniqlik kiritish, boshqacha talqin etish, jumlalarni tuzatish, to‘ldirish va hokazo strategiyalar.

Kompetensiyalar

Bilish va bajara olish

Lingvistik kompetensiyaNutqiy kompetensiyaTinglab tushunishO‘z mutaxassislik sohalariga oid bo‘lmagan abstrakt va murakkab mavzulardagi keng ko‘lamli nutqlarni ayrim jihatlarini oydinlashtirib olish zarurati tug‘ilsa, ayniqsa so‘zlovchining talaffuzi noaniq yoki til dialekti notanish bo‘lgan hollarda ham tushuna olish.
Keng ko‘lamdagi idiomatik va og‘zaki nutq iboralarini farqlay olish va ijtimoiy muhitga mos tarzda tilning o‘zgarish xususiyatini tushuna olish.
Keng ko‘lamli nutqlarni aniq tuzilmagan hollarida ham tushunish va ulardagi ochiq oydin va yashirin fikrlarni ham yetarli darajada anglay olish.
Muhokama va debatlardagi asosiy va boshqa ishtirokchilar o‘rtasidagi murakkab muloqotni, mavzular birmuncha mavhum yoki notanish bo‘lgan hollarda ham, osonlik bilan tushungan ravishda kuzata olish.
Keng qamrovli, tilning ayrim nostandart ishlatilish hollarini ham o‘z ichiga olgan audio tasma va axborot materiallarini tushuna olish va so‘zlovchilar o‘rtasidagi birmuncha yashirin qarashlar va munosabatlar, kichik detallarning ham muhim jihatlarini aniqlay olish.
Filmlarni sleng va idiomatik iboralarning ishlatilish hollarining aksar qismini tushungan holda kuzata olish.
Sifat jihatdan birmuncha yomon, ovoz eshitilishi noaniqroq bo‘lgan ommaviy e’lonlardan (masalan, temir yo‘l vokzali, sport maydonchasidagi e’lonlar) tegishli ma’lumot ola bilish.
O‘qish

Og‘zaki muloqot (dialogik nutq).
Ilmiy va sohaga oid konferensiya, davra suhbatlari, munozara (jonli yoki vositali)larda muloqotni boshlash, olib borish va yakunlay bilish.
Fikrlarni aniq ifodalagan holda muhokamalarda faol qatnasha olish.
Vaziyatga mos tarzda tilni moslashtira olish.
O‘z rasmiy nuqtai nazarini ishonch bilan ilgari surgan holda qarshi tomonning bir qator murakkab savol va sharhlariga mos ravishda ravon va spontan tarzda javob bera olish.
Seminar va muhokamalarda so‘rash, oydinlik kiritish, nutqni bo‘lish va to‘ldirish strategiyalarini mos ravishda qo‘llay olish.
Og‘zaki monologik nutq.
Sohaga oid mavzular bo‘yicha prezentatsiya va ma’ruzalar qila olish.
Obyekt, subyekt, vaziyat va hodisalarni batafsil tasvirlay olish.
Ma’ruza, muhokama yoki maqolaga to‘g‘ri va ravon tarzda xulosa qila olish.
Ilmiy nuqtayi nazar yoki fikrni rivojlantirish, dalillar keltirish orqali asoslay olish.

O‘qish

O‘z mutaxassislik sohalariga oid yoki oid bo‘lmagan keng ko‘lamli birmuncha uzun va murakkab matnlarni uslubiy jihatlari, ochiq oydin yoki birmuncha yashirin bayon etilgan fikrlarni aniqlagan holda tushuna olish.
Kichik detallarning ham muhim jihatlari, qarashlar, ochiq oydin yoki birmuncha yashirin bayon etilgan fikrlarni ham aniqlay olish.
O‘z mutaxassislik sohalariga oid vebsayt yoki jurnallardan tegishli tafsilotlarni ola bilish

Yozish

Barcha turdagi xatlarni yoza bilish.
Barcha turdagi insholarni yoza olish.
Tanlagan mavzulari bo‘yicha magistrlik ilmiy ishini yoza olish.
Sohaga oid maqolalar yoza bilish.
Sohaga oid va oid bo‘lmagan adabiyotlar (maqolalar, kitoblar, malakaviy ish) tahlillarini yoza olish.
Sohaga oid va oid bo‘lmagan adabiyotlar (birlamchi va ikkilamchi manbalar)ga annotatsiyalar yoza olish.
Turli ilmiy materiallarga xulosa yoza olish.
Tezis va konferensiyada qatnashish uchun taklif va mushohadalarini yoza olish.
Grant va stipendiyalar uchun taklif va arizalar yoza olish.

Til kompetensiyasiLeksik kompetensiya

Mavzularga oid leksikani va sohaga oid atamalarni ilmiy darajada rivojlantira olish.
So‘z yasash modellari asosi�a so‘zlar hosil qila olish.

Grammatik kompetensiya

Ixtisoslashgan matnlardagi (masalan, tilshunoslik yoki tarjimaga oid) grammatik strukturalarni qo‘llay bilish.
Artiklni ilmiy uslubda to‘g‘ri qo‘llay bilish.
Turli matnlarning lingvistik yoki diskurs tahlilini qila olish.

Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-sonli qaroriga asosan 2020-yilning 1-sentabridan o‘z kuchini yo‘qotadi — O‘R QHT, 2017-y., 14-son, 230-modda)