21.01.2013 yildagi 63-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyati Bagʻdod tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumandagi barcha avtomototransport va tirkamalarni 2013-yilda majburiy yillik texnik koʻrigini tashkil etish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirligining 2003-yil 19-fevraldagi 56-sonli buyrugʻi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 22-iyuldagi 5945-sonli, “Harbiy transport majburiyati haqida”gi qarorlariga asosan tumanda avtomototransportlarni texnik jihatdan soz holatda shay turishi va harbiy safarbarlik uchun texnika vositalarini texnik tayyorgarligini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tumandagi majburiy yillik davlat texnika koʻrigidan oʻtkazish uchun texnika koʻrigi hayʼati tuzilsin va birinchi ilovaga* asosan tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuman Ichki ishlar boʻlimining boshligʻi (F. Kamolov) tumandagi barcha transportlarni yillik majburiy texnik koʻrigidan 1-yanvardan 31-avgustgacha (shaxsiy tasarrufidagi), 1-martdan 30-iyungacha (davlat tasarrufidagi) tashkil qilish yuklatilsin hamda yoʻlovchi va xavfli yuklarni tashish bilan shugʻullanuvchi avtomobillarni texnik koʻrigining 1-bosqichi 1-martdan 30-maygacha va 2-bosqichi 1-sentabrdan 1-noyabrgacha oʻtkazilsin va tuman hududida harakat xavfsizligini taʼminlash, yoʻl transport hodisalarini oldini olish uchun haydovchilarni malakasini oshirish maqsadida texminimum oʻqitilishi tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman Mudofaa ishlar boʻlimining boshligʻi (D. Abdullayev)ga Ichki ishlar boʻlimining YHXG boʻlinma vakillari bilan hamkorlikda harbiy safarbarlik uchun ajratilgan texnika vositalarini texnik sozligi va zaxiradagi ehtiyot qismlari toʻliqligini aniq koʻrib chiqish yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat avtomototransport va tirkamalarini majburiy yillik texnika koʻrigidan oʻtkazish jadvali ikkinchi va uchinchi ilovalarga* muvofiq bajarilishi taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Majburiy yillik texnika koʻrigini oʻtkazish davrida hayʼat aʼzolarini oʻrtacha ish haqlari saqlangan holda 1-martdan 1-iyungacha va 1-sentabrdan 1-noyabrgacha ish joyidan ozod etilishi taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qaror bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari K. Djurayev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim S. ROʻZIBOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bogʻdod sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 21-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63-son