Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani hokimining
Qarori
IJTIMOIY MUHOFAZAGA MUHTOJ VA ISh TOPIShDA QIYNALAYOTGAN ShAXSLARNI IShGA JOYLAShTIRISh UChUN ISh OʻRINLARINI BAND QILIB QOʻYISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat kengashining 2021-yil 6-iyuldagi VI-29-26-8-0-K/21-sonli “Surxondaryo viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ-huquqiy hujjatlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 8-iyuldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasi va Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga asosan hamda tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazining 2011-yil 19-sentabrdagi 301-sonli xatini inobatga olib qaror qilaman:
1. “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun tashkilotlar, korxonalar, muassasalar va fermer xoʻjaliklarida oldin ishga qabul qilingan nogironlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni hisobga olgan holda 2012-yilgi ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish rejasi kasb va lavozimlar boʻyicha ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. 2012-yil uchun minimal ish joylari yaratish, band qilib qoʻyish rejasi 383 nafar etib belgilansin.
Shu jumladan:
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning boshqa toifalari uchun (352 kishi)
Shundan:
oʻn toʻrt yoshgacha bolalari va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va koʻp bolali ota-onalar uchun (148 kishi);
taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun (136 kishi);
muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun (12 kishi);
jazoni oʻtash muassasalaridan ozod qilingan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun (11 kishi);
pensiya yoshiga yaqinlashib qolganlar uchun (4 kishi);
ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarning boshqa toifalari uchun (10 kishi);
nogironlar uchun (31 kishi).
3. Ushbu toifa shaxslar uchun ish oʻrinlari xodimlar tomonidan oʻzlarining mehnat majburiyatlarini toʻsiqlarsiz bajarishini taʼminlaydigan sanitariya-gigiyena normalari va mehnat sharoitlariga muvofiq boʻlishi taʼminlansin.
4. Tashkilot rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga muvofiq ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun koʻrsatilgan ish oʻrinlari tashkil etilishini taʼminlasinlar.
5. Ushbu qaror bajarilmagan taqdirda tashkilotning mansabdor shaxslariga “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 15-bandiga muvofiq jarima solinadi.
6. Mazkur qarorda belgilangan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish sonidan ortiqcha ish oʻrinlari tashkil etilganda tashkilot uchun qonunda belgilangan imtiyozlar belgilansin.
7. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi bir hafta muddatda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun belgilangan rejani ushbu qarorni 1-bandida koʻrsatilgan tashkilot, korxona, muassasa va fermer xoʻjaliklari rahbarlari eʼtiboriga yetkazsin.
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi Sh. Jumayev zimmasiga yuklatilsin.
Hokim O. ALIMARDONOV
Sariq sh.,
2011-yil 30-sentabr,
624-son
Qiziriq tuman hokimining 2011-yil 30-sentabrdagi 624-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Qiziriq tumani boʻyicha 2012-yilda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida
| T/r |
Ishlovchilar soni 20 dan ortiq boʻlgan korxona va tashkilotlar nomi |
Oʻrtacha ishlovchilar soni | Yaratiladigan yoki band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlari soni | Shundan: | Band qilib qoʻyish majburiy boʻlgan kasb va lavozimlar | ||||||
| Nogironlar |
14 yoshgacha bolalari va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va koʻp bolali ota-onalar |
Taʼlim muassasalarini tamomlagan yoshlar uchun. Tamomlagandan keyin 1 yil davomida | muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan fuqarolar | Bandlikka koʻmaklashish markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolganlar uchun | jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qarori bilan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralariga tortilgan shaxslar uchun | ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarning boshqa toifalari uchun | |||||
|
Sanoat (10000-20000) | |||||||||||
| 1. | Qiziriq PAXTA | 411 | 17 | 2 | 4 | 6 | 2 | 1 | 1 | 1 | ishchi |
| | jami: | 411 | 17 | 2 | 4 | 6 | 2 | 1 | 1 | 1 | ishchi |
| Qishloq va oʻrmon xoʻjaligi (20000-50000) | |||||||||||
| 2. | Qiziriqqishloqxoʻjalik kimyo | 105 | 3 | 1 | 1 | 1 | | | | | ishchi |
| 3. | “Qiziriqdavsusmaxsuspudrat”DUK | 63 | 2 | 1 | | 1 | | | | | ishchi |
| 4. | Qiziriq oʻrmon xoʻjaligi | 41 | 1 | | 1 | | | | | | ishchi |
| 5. | Shreder nomidagi Bandixon unitar korxonasi | 71 | 2 | | 1 | | 1 | | | | ishchi |
| 6. | Mashina-traktor parki | 94 | 1 | | | 1 | | | | | ishchi, chilangar |
| 7. | Qiziriq tuman Oʻsimliklarni himoya qilish otryadi | 32 | 1 | | | 1 | | | | | agronom |
| 8. | Ximmat-Bakir | 58 | 2 | | 1 | | | | 1 | | ishchi |
| 9. | Olim | 28 | 1 | | 1 | | | | | | ishchi |
| 10. | Sherzod Shuxratovich | 25 | 1 | | 1 | | | | | | ish yurituvchi |
| 11. | Qiziriq oltin tolasi | 137 | 6 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | | 1 | ishchi, kuzatuvchi |
| 12. | Irgash | 61 | 2 | | 1 | 1 | | | | | yordamchi hisobchi |
| 13. | Qiygʻochli lochini | 63 | 2 | | 1 | 1 | | | | | ishchi |
| 14. | Rajabov Oʻroqboy | 62 | 2 | | 1 | 1 | | | | | ishchi |
| 15. | Abdulaxat | 60 | 1 | | 1 | | | | | | ishchi, kuzatuvchi |
| 16. | Shoyimov Bexruz | 29 | 1 | | | 1 | | | | | |
| 17. | Iskandar | 24 | 1 | | 1 | | | | | | ishchi |
| 18. | Nazir bobo Sadatov | 72 | 2 | 1 | 1 | | | | | | ishchi |
| 19. | Bekzod Rahmonov | 34 | 1 | | 1 | | | | | | ishchi, kuzatuvchi |
| 20. | Elmurod Maxatov | 32 | 1 | | 1 | | | | | | ishchi |
| 21. | Zamon | 31 | 1 | | 1 | | | | | | ishchi |
| 22. | Amir | 32 | 1 | | 1 | | | | | | ishchi |
| 23. | Usan bobo | 71 | 2 | 1 | 1 | | | | | | kuzatuvchi |
| 24. | Asadbek Xidirov | 27 | 1 | | 1 | | | | | | ishchi |
| 25. | Namunali mirishkor | 35 | 1 | | | | 1 | | | | ishchi |
| 26. | Asliddin Usmonov | 26 | 1 | | | 1 | | | | | ishchi |
| 27. | Anvar Mirzo | 24 | 1 | | | 1 | | | | | ishchi |
| 28. | Azamat Sattorov | 21 | 1 | | 1 | | | | | | ishchi |
| 29. | Barakat | 32 | 1 | | 1 | | | | | | ishchi |
| 30. | Asadbek Eshquvvat oʻgʻli | 29 | 1 | | 1 | | | | | | ishchi |
| 31. | Nurman bobo | 73 | 2 | 1 | | 1 | | | | | ishchi |
| 32. | Ochildi polvon | 69 | 2 | | 1 | 1 | | | | | ishchi |
| 33. | Surxon lochini | 192 | 2 | | | 1 | | | 1 | | ishchi |
| 34. | Roʻzimurod bobo | 34 | 1 | | 1 | | | | | | ishchi |
| 35. | Suxrob Sanjar | 27 | 1 | | | 1 | | | | | ishchi |
| 36. | Shodmon Ashurov | 47 | 1 | | | | | | 1 | | ishchi |
| 37. | A. Ochildiyev | 38 | 1 | | | | | | | 1 | ishchi |
| 38. | Mehnatobod hosildori | 36 | 1 | | | | | | | 1 | ishchi |
| 39. | Oʻtagan hoji | 24 | 1 | | | 1 | | | | | ishchi |
| 40. | Kiyik | 22 | 1 | | | 1 | | | | | ishchi, kuzatuvchi |