O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Sertifikatlashtirish bo‘yicha akkreditatsiya qilingan organlar va sinov laboratoriyalari tomonidan amalga oshiriladigan ishlar va xizmatlarni narx yuzasidan boshqarishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. “O‘zstandart” agentligi Vazirlar Mahkamasining “Sertifikatlashtirish tartibotlarini va sifat menejmenti tizimlarini joriy etishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2011-yil 28-apreldagi 122-son qarori talablariga muvofiq Moliya vazirligi bilan kelishgan holda bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Milliy sertifikatlashtirish tizimida ishlar va xizmatlarga haq to‘lash qoidalarini belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari U.U. Rozuqulov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 19-aprel,
108-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-apreldagi 108-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. 3-bandning to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
2. 4-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomda (1-ilova):
a) 29-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“29. Laboratoriya sinovlarini o‘tkazganlik, muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirganlik va berganlik uchun to‘lov tartibi, ariza beruvchiga muvofiqlik belgisini qo‘llash huquqi berilganligi uchun bir yo‘la to‘lanadigan bir martalik yig‘imlar miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda “O‘zstandart” agentligi tomonidan belgilanadi”;
b) 34-banddan “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan” so‘zlari chiqarib tashlansin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 17-son, 225-modda)