Surxondaryo viloyati Termiz shahar hokimining
Qarori
TERMIZ ShAHAR “SANITAR TOZALIK” AVTOKORXONASINING ChIQINDI ChIQARISh VA ChIQINDI SAQLASh TAʼRIFLARINI TASDIQLASh HAQIDA
Mazkur qaror Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat kengashining 2021-yil 6-iyuldagi VI-29-26-8-0-K/21-sonli “Surxondaryo viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ-huquqiy hujjatlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 8-iyuldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 11-fevraldagi “Kommunal xizmatlar taʼriflarining asossiz ravishda oʻsib ketishiga yoʻl qoʻymaslik hamda ular uchun oʻz vaqtida toʻliq hisob-kitob qilinishi uchun isteʼmolchilarning masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 5-sonli qarori va Termiz shahar “Sanitar tozalik” avtokorxonasining 2012-yil 6-yanvardagi 02-sonli xati, viloyat Moliya boshqarmasining 2012-yil 5-yanvardagi 10-03/11-sonli xati ijrosini taʼminlash hamda Termiz shahar “Sanitar tozalik” avtokorxonasi tomonidan chiqindilarni chiqarish va chiqindi saqlash taʼriflarining haqiqiy xarajatidan kelib chiqib hisoblangan miqdorlarni tasdiqlash maqsadida qaror qilaman:
1. 2012-yil 15-yanvardan boshlab chiqindilarni chiqarish va chiqindini saqlash taʼrif miqdori 1-ilovaga* asosan tasdiqlansin.
*1-ilova berilmaydi.
2. Termiz shahar “Sanitar tozalik” avtokorxonasi (M. Salimov)ga chiqindilarni chiqarish va saqlashning tasdiqlangan taʼriflarini shahardagi barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar va mahalla fuqarolar yigʻinlariga yetkazish:
shahar hududida joylashgan barcha korxona, tashkilot, idora, muassasa, oʻquv yurtlari va tadbirkorlik subyektlari savdo va umumiy ovqatlanish maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari va boshqalar bilan chiqindi chiqarish va chiqindi saqlash normativlariga muvofiq tasdiqlangan yangi taʼrif boʻyicha shartnomalar tuzish;
aholi tomonidan chiqarilayotgan chiqindilarga yangi taʼrifga muvofiq toʻlovlarni amalga oshirilishini taʼminlash;
chiqindixonalardagi chiqindilarning oʻz vaqtida kunlik olib chiqilishini taʼminlash vazifasi yuklatilsin.
3. Shahar Moliya boʻlimi (Sh. Baratov) budjet tashkilotlarining chiqindi chiqarish va chiqindi saqlash uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlanishini nazoratga olsin.
4. Shahar hokimining birinchi oʻrinbosari (R. Ishboyev) shahardagi barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar korxona, tashkilot, idora, muassasa, oʻquv yurtlari va tadbirkorlik subyektlari savdo va umumiy ovqatlanish maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalarining “Sanitar tozalik” avtokorxonasi bilan chiqindi chiqarish va chiqindi saqlash borasida shartnomalar tuzishga amaliy yordam qilish hamda ular tomonidan toʻlovlarni amalga oshirilishini nazoratga olsin.
5. Shahar Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi (N. Yoʻldoshev), shahar Tabiatni muhofaza qilish inspeksiyasi (M. Xaitova)larga:
Oʻzbekiston Respublikasining “Chiqindi toʻgʻrisida”gi Qonuni talablarini buzgan, chiqindilar toʻplanib qolishiga sababchi boʻlgan mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlari rahbarlariga, mahalla fuqarolar yigʻinlari raislariga nisbatan qonunda belgilangan tartibda choralar koʻrsin.
6. Termiz shahar hokimining 2010-yil 11-dekabrdagi 1411-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotganligi belgilab qoʻyilsin.
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish shahar hokimining birinchi oʻrinbosari R. Ishboyev zimmasiga yuklatilsin.
Hokim N. SOATOV
Termiz sh.,
2012-yil 12-yanvar,
25-son