Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.06.2016 25.03.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2441
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining qarori , 25.03.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2441
Кучга кириш санаси
01.04.2013
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.06.2016
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi RAYoSATIning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fan doktori ilmiy darajasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 25-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2441]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2016-yil 28-apreldagi 224/6-son “Fan doktori ilmiy darajasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2795, 08.06.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 24-iyuldagi PF–4456-son “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 30-son, 346-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-dekabrdagi 365-son “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 1-son, 5-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Fan doktori ilmiy darajasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 1996-yil 25-yanvardagi 34/2-son qarori bilan tasdiqlangan Ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisida nizom (roʻyxat raqami 261, 1996-yil 10-iyul);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2003-yil 17-iyuldagi 96/4-son “Ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 261-1, 2003-yil 12-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2003-yil 13-noyabrdagi 98/4-son “Ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 261-2, 2004-yil 29-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 4-son, 47-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2009-yil 24-dekabrdagi 160/12-son “Ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 261-3, 2010-yil 23-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 3-4-son, 29-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais G. BAXADIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 31-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
195/2-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2013-yil 31-yanvardagi 195/2-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fan doktori ilmiy darajasini berish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 225-modda), “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 11-12-son, 295-modda) qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 2-noyabrdagi PQ–1426-son “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 44-45-son, 376-modda) va 2012-yil 24-iyuldagi PF–4456-son “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 30-son, 346-modda) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-dekabrdagi 365-son “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 1-son, 5-modda) muvofiq fan doktori ilmiy darajasini berish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor — fan doktori ilmiy darajasini olish uchun ilmiy izlanishlar olib borayotgan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiya — oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash jarayoni bosqichlarida tegishli chora-tadbirlarni oʻtkazish, jumladan malakaviy imtihonlarni qabul qilish, seminarlar va davra suhbatlarida dissertatsiyani aprobatsiyadan (muhokamadan) oʻtkazish, fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengashda (keyingi oʻrinlarda Kengash deb yuritiladi) dissertatsiya himoyasini oʻtkazish va dissertatsiyani Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasida (keyingi oʻrinlarda OAK deb yuritiladi) ekspertizadan oʻtkazish asosida talabgorlarning ilmiy saviyasini hamda dissertatsiya natijalarining yangiligi va sifatini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiya ishi — talabgorning attestatsiyaga oid hujjatlari toʻplami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dissertatsiya — talabgorning eʼlon qilingan ilmiy ishlari asosida tayyorlangan qoʻlyozma shaklidagi yuqori malakaviy ilmiy asar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dissertatsiya avtoreferati — dissertatsiyaning asosiy gʻoyasi, xulosalari, oʻtkazilgan tadqiqotlarga talabgorning qoʻshgan hissasi, tadqiqot natijalarining yangiligi, ilmiy va amaliy ahamiyati hamda tatbigʻi bayon qilingan qoʻlyozma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish bajarilgan tashkilot — talabgorning dissertatsiya tadqiqotlari oʻtkazilgan va ishlanmalari bajarilgan tashkilot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertiza — dissertatsiya ilmiy natijalarining qay darajada toʻgʻriligi, yangiligi, dissertatsiyaning nazariy va amaliy ahamiyati, uni dissertatsiyalarni baholash mezonlariga mos kelishini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki ekspertiza — dissertatsiyaning himoyadan oldin oʻtkaziladigan ekspertizasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fan doktori ilmiy darajasi — oliy taʼlimdan keyingi taʼlim negizida attestatsiya natijalari asosida beriladigan ilmiy daraja;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy maslahatchi — dissertatsiya mavzusini tanlashda talabgorga koʻmaklashgan, tadqiqot maqsadi va vazifalarini belgilab beradigan va tadqiqotni oʻtkazishda maslahat beradigan masʼul shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellyatsiya — fan doktori ilmiy darajasini berish yoki uni berishni rad qilish yoxud undan mahrum etish yoki uni tiklash toʻgʻrisidagi qarorlar yuzasidan berilgan shikoyat arizasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Fan doktori ilmiy darajasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
magistr darajasiga yoki magistr darajasi joriy etilgungacha olingan oliy maʼlumotga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy harbiy taʼlim diplomiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fan nomzodi, xorijiy davlatlarda berilgan falsafa doktori (Rh.D) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bakalavr darajasiga, oliy maʼlumotli harbiy mutaxassis diplomiga yoki oliy maʼlumotli mutaxassis diplomiga, besh yildan kam boʻlmagan amaliy ish stajiga, ilmiy izlanishlarga layoqatli va belgilangan talablarga mos keladigan maʼlum bir ilmiy yutuqlarga (ixtiro uchun patentlar, ilmiy maqolalar, ilmiy-texnologik ishlanmalarda ishtirok etish va boshqalar) ega, shuningdek ilmiy yoki ilmiy-pedagogik faoliyat olib borayotgan, fanning muayyan sohasida chuqur kasbiy bilimlarga va ilmiy yutuqlarga ega boʻlgan yuksak maʼnaviyatli shaxslarga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot fanlari boʻyicha dissertatsiya himoya qilish — tibbiyot sohasi boʻyicha oliy maʼlumotga, veterinariya fanlari boʻyicha dissertatsiya himoya qilish – veterinariya sohasi boʻyicha oliy maʼlumotga, yuridik fanlari boʻyicha dissertatsiya himoya qilish — yurisprudensiya sohasi boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslarga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Talabgor oʻz dissertatsiyasini ilmiy jamoatchilik oldida himoya qilgandan keyin Kengashning fan doktori ilmiy darajasini berish toʻgʻrisidagi qarori tegishli ekspert kengashining tavsiyasi inobatga olingan holda OAK tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Fan doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya talabgorning eʼlon qilingan ilmiy ishlari asosida tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dissertatsiyani rasmiylashtirish va uni himoya qilish talabgorning xohishiga koʻra oʻzbek, rus, qoraqalpoq va ingliz tillarida yoki OAK bilan kelishilgan holda boshqa tilda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy maslahatchi va talabgor tadqiqotning maqsad va vazifalarini aniq belgilash hamda dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatining sifati va mazmuni uchun masʼuldir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Fan doktori ilmiy darajasini olish uchun talabgor tomonidan tegishli malakaviy imtihonlar topshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Fan va texnologiyalarni rivojlantirishga hamda iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilishga ulkan hissa qoʻshgan eng yirik ixtiro muallifiga OAK Rayosati qarori bilan, istisno tariqasida, dissertatsiya himoyasisiz fan doktori ilmiy darajasi berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yopiq mavzular boʻyicha dissertatsiya himoyasini tashkil etish va fan doktori ilmiy darajasini berish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Fan doktori ilmiy darajasiga ega boʻlgan shaxslarga davlat namunasidagi fan doktori diplomi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II bob. Dissertatsiyaga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Fan doktori ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor oʻtkazgan tadqiqotlar va u yaratgan ishlanmalar asosida muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga molik dolzarb ilmiy yoki amaliy muammo hal qilingan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli fan sohasining istiqbolli yoʻnalishini rivojlantirishda maʼlum bir yutuq deb baholash mumkin boʻlgan yangi nazariy qoidalar majmui ishlab chiqilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy etilishi fan, texnikani rivojlantirishga hamda ijtimoiy-siyosiy sohani va iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilishga hissa qoʻshadigan ilmiy asoslangan yechimlar oʻz ifodasini topgan yuqori malakaviy ilmiy asar boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Dissertatsiya talabgor tomonidan shaxsan tayyorlangan, oshkora himoya uchun ilmiy jamoatchilik muhokamasiga taqdim etilayotgan yangi ilmiy holatlar va amaliy natijalarning majmuini oʻz ichiga olgan, mohiyati jihatidan ichki birlikka ega mazmunan yaxlit va tugallangan boʻlishi hamda talabgorning shaxsan fanga qoʻshgan hissasini aks ettirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Nazariy ahamiyatga molik dissertatsiyada olingan ilmiy xulosalardan fanda foydalanilganligi, amaliy ahamiyatga molik dissertatsiyada esa, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning dolzarb muammolarining yechimi va ilmiy natijalardan amaliyotda foydalanilganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar aks ettirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dissertatsiya natijalarini fanga, amaliyotga tatbiq etilganligi yoki tashkilotlar tomonidan joriy qilish uchun qabul qilinganligi yuzasidan asosli hujjatlar Kengashda muhokama etilib, attestatsiya ishiga ilova qilinadi. Ushbu hujjatlar tashkilotlarning ilmiy-texnikaviy kengashlari tomonidan koʻrib chiqilgan, maqullangan va uning rahbariyati tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ilmiy maʼruza shaklidagi dissertatsiya talabgor ilmiy ishini muntazam bajargan va uning asarlarida eʼlon qilingan, ushbu fan sohasining mutaxassislariga maʼlum boʻlgan fan va amaliyot uchun katta ahamiyatga molik natijalarning qisqacha umumlashtirilgan bayonidan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy ishning ahamiyati, ilmiy maʼruza shaklida dissertatsiya himoya qilishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosa talabgorning asosiy tadqiqotlari oʻtkazilgan tashkilot tomonidan beriladi. Ilmiy maʼruza shaklidagi dissertatsiyani himoya qilish uchun OAK Rayosatining ruxsati boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Dissertatsiya mavzusi dolzarb hamda respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining asosiy ustuvor yoʻnalishlari bilan bogʻliq boʻlishi lozim. Dissertatsiya mavzusi oliy taʼlim muassasasi kengashi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mavzu toʻgʻrisidagi maʼlumot dissertatsiya mavzusi tasdiqlangandan soʻng, “OAK Byulleteni” jurnalida eʼlon qilish uchun OAKga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dissertatsiya himoyaga qabul qilingunga qadar uning mavzusiga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Dissertatsiya kirish qismi, kamida toʻrtta bob, asosiy xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan iborat boʻlgan shaklda rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dissertatsiyaning matni 200 sahifadan oshmasligi kerak. Ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasidagi dissertatsiya hajmi koʻpi bilan 30 foizga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dissertatsiyaning titul varagʻi va dissertatsiya avtoreferati muqovasining orqa tomonida bitta ilmiy maslahatchi koʻrsatiladi. Zarur hollarda, OAK ruxsati bilan ikkinchi ilmiy maslahatchi ham koʻrsatilishi mumkin, ixtisosliklar tutashligida bajarilgan dissertatsiyalar uchun OAK ruxsati talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash tomonidan dissertatsiya himoyaga qabul qilinganidan soʻng, dissertatsiya va uning avtoreferatiga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Dissertatsiya mavzusi boʻyicha foydalanilgan adabiyotlar asosan oxirgi oʻn besh yil ichida eʼlon qilingan boʻlishi tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dissertatsiyada foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati talabgorning xohishiga koʻra alifbo, sistematik yoki matnda havola qilinishi ketma-ketligi tarzida keltiriladi. Foydalanilmagan va havola qilinmagan adabiyotlarni roʻyxatga kiritish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Talabgor oʻz dissertatsiyasida foydalangan materiallar manbaini, ularning muallifi va nomini toʻliq koʻrsatishi lozim. Talabgor dissertatsiyada ilmiy ish yozishda ishtirok etgan hammualliflarning gʻoya yoki ishlanmalaridan foydalangan taqdirda, buni dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatida qayd etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hammualliflikdagi ilmiy ish natijalari faqat birgina talabgorning dissertatsiyasiga toʻla-toʻkis kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzganing materialidan uning muallifi va manbaini koʻrsatmasdan foydalanilgan hollarda, dissertatsiya u qaysi bosqichda koʻrilayotgan boʻlishidan qatʼi nazar, muhokamadan olib tashlanadi va talabgor ushbu mavzu boʻyicha dissertatsiyani qayta himoya qilish huquqidan mahrum etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III bob. Dissertatsiya mavzusi boʻyicha eʼlon qilingan ilmiy ishlarga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Talabgor tomonidan eʼlon qilingan ilmiy ishlar dissertatsiyaning himoya qilinayotgan asosiy natijalarini aks ettirishi kerak. Dissertatsiya natijalari xalqaro va respublika doirasida oʻtkaziladigan ilmiy konferensiyalarda, seminarlarda, davra suhbatlarida aprobatsiyadan (muhokamadan) oʻtkazilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dissertatsiyaning asosiy ilmiy natijalari OAK roʻyxatidagi ilmiy jurnallarda va boshqa davriy ilmiy nashrlarda eʼlon qilinishi lozim. Dissertatsiya boʻyicha talabgorning eʼlon qilingan ilmiy ishlarining umumiy soni oʻn beshtadan kam boʻlmasligi va ulardan kamida oʻntasi OAK roʻyxatidagi ilmiy jurnallarda eʼlon qilingan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy-gumanitar va iqtisodiyot sohalari boʻyicha dissertatsiya natijalari yuzasidan monografiya eʼlon qilingan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Talabgorning dissertatsiya mavzusi boʻyicha kamida ikkita maqolasi OAK roʻyxatidagi tegishli fan sohasi rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli ixtisoslashgan ilmiy jurnallarida, shuningdek ikkita maqolasi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallarida, shundan bittasi xorijiy mamlakatlarda oʻtkazilgan konferensiya materiallarida eʼlon qilingan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Talabgor tomonidan eʼlon qilingan maqolalar mazkur Nizomning 16-17-bandlarida nazarda tutilgan talablarga javob bermagan, lekin dissertatsiya yuksak ilmiy yoki amaliy ahamiyatga ega boʻlgan hollarda, dissertatsiyaning himoyasi masalasi, istisno tariqasida, OAK Rayosati tomonidan hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan muhofaza (egalik) hujjatlari, preprintlar, ilmiy xaritalar, ilmiy anjuman, konferensiya, simpozium va seminarlarda qilingan maʼruzalarning eʼlon qilingan tezislari, korxonalar qurish, ularni kengaytirish, modernizatsiya qilish hamda texnik va texnologik qayta jihozlash loyihalarining texnologik qismlari ham dissertatsiyaning ilmiy natijalarini aks ettiruvchi eʼlon qilingan ishlar jumlasiga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dissertatsiya mavzusi boʻyicha intellektual mulk obyektlariga boʻlgan muhofaza (egalik) hujjatlari shu fan sohasi rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ixtisoslashgan ilmiy jurnallarida eʼlon qilingan maqolalar sifatida hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasasi kengashi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi ilmiy kengashi qarori bilan chop etilgan va kamida olti bosma taboq hajmdan iborat boʻlgan monografiya respublikada chop etiladigan ixtisoslashgan ilmiy jurnallarda eʼlon qilingan maqola sifatida hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari, uslubiy koʻrsatmalar va boshqa oʻquv-uslubiy ishlar dissertatsiyaning natijalarini aks ettiruvchi eʼlon qilingan ilmiy ishlar jumlasiga kirmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Dissertatsiya avtoreferatida ilmiy ishlar roʻyxati xronologik tarzda quyidagi tartibda keltiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi boʻlimda — monografiyalar va ilmiy jurnallarda eʼlon qilingan maqolalar roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi boʻlimda — intellektual mulk obyektlariga boʻlgan muhofaza (egalik) hujjatlarining roʻyxati (agar mavjud boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi boʻlimda — ilmiy toʻplamlarda eʼlon qilingan maqolalar, tezislar, preprintlar, ilmiy jurnallarda eʼlon qilingan referat, axborot va annotatsiyalarning roʻyxati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Dissertatsiya avtoreferatida keltirilgan barcha ilmiy ishlar dissertatsiya mavzusiga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatida koʻrsatilgan ilmiy ishlarning nashr qilinganligiga oid maʼlumotlar keltirilishi, jumladan barcha mualliflar toʻliq yozilishi va maqolalar eʼlon qilingan jurnal yoki toʻplamlarning betlari aniq koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dissertatsiya himoyasi talabgorning ilmiy natijalarini aks ettiruvchi ishlari eʼlon qilingandan ikki oy oʻtgach, oʻtkazilishi mumkin. Nashrga topshirilgan, lekin eʼlon qilinmagan ishlar dissertatsiyada va dissertatsiya avtoreferatida keltirilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Agar talabgorning maqolalari hammualliflikda yozilgan boʻlsa, u har bir hammuallifning hissasini xolis aks ettirishi lozim va maqolalardan oʻz dissertatsiyasida qisman yoki toʻla foydalanish uchun hammualliflarning yozma roziligini olishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. OAKga talabgorning asosiy ilmiy ishlari nusxalari yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV bob. Dissertatsiyani ish bajarilgan tashkilotda dastlabki ekspertizadan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Talabgor tayyorlagan dissertatsiyasini dastlabki ekspertizadan oʻtkazish uchun ish bajarilgan tashkilot rahbari nomiga ariza bilan murojaat qiladi. Tashkilot rahbari dissertatsiyani ushbu tashkilotning yoki dissertatsiya ixtisosligi boʻyicha ilmiy ishlar bajarilayotgan boshqa tashkilot(lar)ning tegishli kafedra, boʻlim, laboratoriya yoki kafedralararo, laboratoriyalararo birlashgan seminarlariga yoki muammoviy kengashga dastlabki ekspertizaga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ish bajarilgan tashkilot tomonidan dissertatsiyani dastlabki ekspertizasi yuzasidan xulosa beriladi. Xulosa seminar yoki muammoviy kengash bayonnomasidan kengaytirilgan batafsil koʻchirma shaklida rasmiylashtiriladi, seminar yoki muammoviy kengash raisi va ilmiy kotibi tomonidan imzolanadi hamda tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanib, tashkilotning gerbli muhri qoʻyiladi. Xulosada dissertatsiya natijalarini olishda talabgorning shaxsiy ishtiroki, oʻtkazilgan tadqiqot natijalarining qay darajada toʻgʻriligi, yangiligi va amaliy ahamiyati, dissertatsiya mavzusining ixtisoslikka mosligi, dissertatsiya materiallarining talabgor eʼlon qilgan ilmiy ishlarda nechogʻlik toʻliq bayon etilganligi oʻz ifodasini topishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Xulosa dissertatsiya dastlabki ekspertiza uchun topshirilgan kundan eʼtiboran ikki oy ichida talabgorga beriladi. Tashkilot rahbari xulosaning sifati, xolisligi va tayyorlash muddati uchun masʼuldir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Talabgor dissertatsiyasini oʻz xohishi bilan seminarlarga mustaqil ravishda murojaat qilgan holda dastlabki ekspertizadan oʻtkazishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Ish bajarilgan tashkilot rahbari dastlabki ekspertiza natijalaridan qoniqmagan taqdirda, dissertatsiyani qoʻshimcha ravishda ekspertizaga yuborishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Talabgor Oʻzbekiston Respublikasida bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlari asosida tayyorlangan dissertatsiyani xorijiy davlatda himoya qilmoqchi boʻlgan taqdirda, belgilangan tartibda OAK ruxsatnomasi va yoʻllanmasini olishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V bob. Dissertatsiyani himoyaga taqdim etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Dissertatsiya ish bajarilgan tashkilotda dastlabki ekspertizadan muvaffaqiyatli oʻtgandan soʻng, himoyaga qabul qilish uchun tashkilot rahbari tomonidan tegishli Kengashga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilot rahbari tegishli Kengash raisi boʻlsa, dissertatsiya Kengash qoshidagi ilmiy seminarga (keyingi oʻrinlarda Ilmiy seminar deb yuritiladi) yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dissertatsiya ixtisosligi yoki fan sohasi boʻyicha Kengash boʻlmasa, ish bajarilgan tashkilot Bir martalik kengash tuzishni soʻrab, dissertatsiya ixtisosligiga mos yoki yaqin keluvchi Kengashga murojaat qiladi. Dissertatsiya ixtisosligiga mos yoki yaqin keluvchi Kengash boʻlmagan taqdirda, OAKga murojaat qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Oliy taʼlim, ilmiy-tadqiqot muassasalarining rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari oʻzlari ishlayotgan joydagi Kengashlarda, vazirlik, idoralar va Fanlar akademiyasining rahbarlari oʻz tashkilotlariga qarashli muassasalardagi Kengashlarda dissertatsiya himoya qilishiga ruxsat berilmaydi. OAK xodimlari OAK rahbariyati ruxsati bilan dissertatsiyalarini himoya qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI bob. Dissertatsiyani Kengashda dastlabki ekspertizadan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Ish bajarilgan tashkilot tomonidan dissertatsiyani dastlabki ekspertizadan oʻtkazish natijalari boʻyicha ijobiy xulosa berilganda, talabgor tomonidan Kengashga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish bajarilgan tashkilotning dissertatsiyani himoyaga qabul qilish haqidagi murojaatnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor toʻgʻrisidagi obyektiv-maʼlumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasasini bitirganligi toʻgʻrisidagi diplomning nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorning ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqatini aniqlash boʻyicha test sinovlaridan oʻtganligi haqidagi guvohnoma yoki fan nomzodi yoki xorijiy davlatlarda berilgan falsafa doktori (Ph.D) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalari toʻgʻrisidagi diplomining nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malakaviy imtihonlarni topshirganligi haqidagi guvohnomalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish bajarilgan tashkilot xulosasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dissertatsiya mavzusi va ilmiy maslahatchi tasdiqlanganligi toʻgʻrisida oliy taʼlim muassasasi kengashi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining ilmiy kengashi va muvofiqlashtiruvchi kengash qarorlaridan koʻchirmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dissertatsiya muhokama qilingan tashkilotlarning xulosalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorning ilmiy ishlari roʻyxati, ish bajarilgan tashkilot tomonidan tasdiqlangan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorning ilmiy maslahatchisining taqrizi, ilmiy maslahatchisi ikkita boʻlgan taqdirda, ilmiy kengashning qaroridan koʻchirma va OAK ruxsatnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hammualliflikdagi ilmiy ishlarni dissertatsiyaga toʻla yoki qisman kiritish uchun talabgor hammualliflarining yozma roziligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorning asosiy ilmiy ishlari nusxalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash dastlabki ekspertizalar natijalaridan qoniqmagan taqdirda, dissertatsiyani qoʻshimcha ravishda ekspertizaga yuborishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash tomonidan dissertatsiya dastlabki ekspertizaga qabul qilib olinadi va yakuniy dastlabki ekspertizadan oʻtkazish uchun Ilmiy seminarga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Dissertatsiya talabgor tegishli hujjatlarni topshirgan kundan eʼtiboran ikki oy ichida Kengash tomonidan dastlabki ekspertizadan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Ilmiy seminar dissertatsiyaga mazkur Nizom talablari va dissertatsiyalarni baholash mezonlari asosida xolisona xulosa berish va Kengashga dissertatsiyani himoyaga qabul qilish yuzasidan asosli tavsiyalar berish uchun masʼuldir. Ilmiy seminar Kengash hamda OAKning tegishli boʻlimlari, ekspert kengashi nazorati ostida faoliyat yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Ilmiy seminar kamida oʻn besh kishidan, jumladan rais, rais oʻrinbosari va ilmiy kotibdan iborat tarkibda Kengash raisi tomonidan OAK bilan kelishilgan holda bir yilgacha muddatga tasdiqlanadi. Kengash raisi tomonidan OAK bilan kelishilgan holda Ilmiy seminarning tarkibiga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy seminar tarkibiga Kengash aʼzolari, OAK ekspert kengashlari aʼzolari, ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat koʻrsatayotgan mutaxassis-olimlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Dissertatsiya Ilmiy seminar rahbariyati tomonidan Kengash raisi (oʻrinbosari)ning yoʻllanmasi asosida Kengash ilmiy kotibidan qabul qilinadi va roʻyxatga olinadi hamda Ilmiy seminar aʼzolaridan yoki boshqa mutaxassis-olimlar orasidan ikki nafar taqrizchi tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqrizchilar dissertatsiya bilan tanishib chiqib, taqrizlarini oʻn besh kun ichida Ilmiy seminarning ilmiy kotibiga taqdim etadi. Talabgor taqrizlar bilan ilmiy kotib tomonidan Ilmiy seminar majlisidan kamida besh kun oldin tanishtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Ilmiy seminar ishi majlis shaklida tashkil etiladi. Majlis kun tartibi aʼzolarga majlis oʻtkazilishidan kamida besh kun oldin ilmiy kotib tomonidan tarqatiladi va jamoatchilikka eʼlon qilinadi. Majlisda aʼzo boʻlmagan mutaxassislar ham ishtirok etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy seminar majlisi unda aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi. Ilmiy seminar majlisi rais, u yoʻqligida, rais oʻrinbosari rahbarligida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy kotib yoʻqligida, uning vazifasini bajarish Ilmiy seminar raisi tomonidan Ilmiy seminar aʼzolaridan birining zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir vaqtning oʻzida rais, rais oʻrinbosari va ilmiy kotib boʻlmasa, Ilmiy seminar majlisi oʻtkazilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Ilmiy seminarga raislik qiluvchi majlisni ochish vaqtida qayd etish varaqasi asosida Ilmiy seminar aʼzolarini majlisning vakolatliligi haqida xabardor qilib, talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi hamda dissertatsiya nomini eʼlon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgor haqida Ilmiy seminar ilmiy kotibi tomonidan qisqacha maʼlumot beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dissertatsiyaning mohiyati va asosiy holatlarini bayon etish uchun soʻz talabgorga beriladi. Maʼruza tugagach, savol-javoblardan soʻng, soʻz taqrizchilarga beriladi. Taqrizchilardan biri uzrli sabablarga koʻra kelmagan taqdirda, uning taqrizi Ilmiy seminar majlisida ilmiy kotib tomonidan toʻliq oʻqib eshittiriladi. Taqrizchilarning ikkalasi ham boʻlmagan taqdirda, Ilmiy seminar majlisi boshqa kunga yoki boshqa vaqtga qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir taqrizchining maʼruzasidan soʻng, javob berish uchun talabgorga soʻz beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dissertatsiya boʻyicha muhokamada barcha ishtirok etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy seminar raisi mazkur dissertatsiya boʻyicha tushgan takliflarni navbatiga qarab ochiq ovozga qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy seminarning dissertatsiyani himoyaga qabul qilish toʻgʻrisidagi xulosasi majlisda ishtirok etayotgan Ilmiy seminar aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi tomonidan yoqlab ovoz berilgan taqdirda, qabul qilingan hisoblanadi. Mazkur xulosa shartli ravishda boʻlmasligi kerak. Ilmiy seminar xulosalari ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi va ovoz berish natijalari Ilmiy seminar bayonnomasida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Ilmiy seminar majlisining bayonnomasi raislik qiluvchi va ilmiy kotib tomonidan imzolanadi hamda Kengash faoliyat koʻrsatib turgan tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi va tashkilotning gerbli muhri qoʻyiladi. Ilmiy seminar bayonnomasiga majlisda ishtirok etgan aʼzolar va taklif etilgan shaxslarning qayd varaqasi nusxasi ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy seminar majlisi bayonnomasida dissertatsiya himoyasini oʻtkazish uchun asos boʻlgan ixtisoslikka uning muvofiqligi, dissertatsiyaning ilmiy saviyasi, uning ilmiy va amaliy ahamiyati, olingan natijalarning asoslanganligi, eʼlon qilingan ishlarda dissertatsiya natijalari qanchalik toʻliq bayon etilganligi, ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilganligi, talabgorlarga qoʻyiladigan talablarning bajarilganligi, dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qay darajada bajarilganligiga xulosa, shuningdek Kengashga dissertatsiyani himoyaga qabul qilish, rasmiy opponentlar va yetakchi tashkilotni tayinlash boʻyicha tavsiya aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy seminar bayonnomasi talabgorga va Kengash raisiga Ilmiy seminar raisi yoki ilmiy kotibi tomonidan beriladi. Ilmiy seminarda dissertatsiya muhokamasini oʻtkazish bir oy ichida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Ilmiy seminar majlisi mazkur Nizomning 36—39-bandlariga muvofiq oʻtkazilmagan yoki Ilmiy seminarda dissertatsiyaga obyektiv baho berilmagan taqdirda, Kengashga OAK tomonidan Ilmiy seminar faoliyatini toʻxtatish va uni qayta tashkil etish toʻgʻrisida taklif beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy seminar raisi yil oxirida Ilmiy seminar faoliyati haqidagi hisobotni Kengash raisiga taqdim etadi. Hisobot umumiy koʻrinishda yozilib, unda Ilmiy seminarga topshirilgan va koʻrib chiqilgan ishlar yuzasidan aniq maʼlumotlar keltirilishi kerak. Kengash Ilmiy seminar hisobotini oʻz majlisida muhokama qiladi va oʻzining yillik hisoboti bilan birga OAKga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII bob. Dissertatsiya himoyasini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Kengash tomonidan dissertatsiya boʻyicha Ilmiy seminarning ijobiy xulosasi taqdim etilgan kundan eʼtiboran bir oy ichida dissertatsiya himoyaga qabul qilib olinishi, bu haqda dissertatsiyani himoyaga qabul qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Qaror qabul qilingandan soʻng, Kengash dissertatsiya avtoreferati chop etilishidan oldin himoya haqida OAK veb-sayti va “OAK Byulleteni” jurnalida eʼlon berish uchun OAKga murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Dissertatsiya avtoreferati xalqaro ekspertizadan oʻtkazish va ilmiy yutuqlarni targʻib qilish maqsadida oʻzbek, rus va ingliz tillarida 4,5 bosma taboq, jumladan oʻzbek, rus va ingliz tillarida har biri bir yarim bosma taboq hajmda Kengash raisining ruxsati bilan chop etiladi. Tarjimaning aniqligi va toʻgʻriligi uchun talabgor, ilmiy maslahatchi, ish bajarilgan tashkilot va Kengash masʼuldir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gumanitar va ijtimoiy fanlar sohasidagi dissertatsiya avtoreferatining hajmi, koʻpi bilan 30 foizga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dissertatsiya avtoreferatida dissertatsiyaning asosiy gʻoyasi va xulosalari, yangi ilmiy yoʻnalish yoki iqtisodiyot tarmogʻi muammosi yechimi bayon qilingan, oʻtkazilgan tadqiqotga talabgor qoʻshgan hissa, tadqiqot natijalarining qay darajada yangiligi va amaliy ahamiyati koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dissertatsiya avtoreferati kamida 50 nusxada chop etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dissertatsiya avtoreferati dissertatsiya himoyasidan kamida bir oy oldin dissertatsiya avtoreferati yuborilishi shart boʻlgan tashkilotlarga hamda Kengash tomonidan tuzilgan qoʻshimcha roʻyxat boʻyicha yuboriladi. Kengash tomonidan tuzilgan qoʻshimcha roʻyxatga Kengash aʼzolari, fan sohalari boʻyicha ilmiy-muvofiqlashtiruvchi markazlar, manfaatdor tashkilotlar, dissertatsiya ixtisosligiga mos Kengashlar hamda yetakchi mutaxassis-olimlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Dissertatsiyaning bir nusxasi va dissertatsiya avtoreferatining ikki nusxasi Kengash tuzilgan tashkilotning Axborot-resurs markaziga dissertatsiya himoyasidan kamida bir oy oldin topshiriladi va bu yerda ular qoʻlyozma huquqida doim saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Kengash tomonidan dissertatsiya boʻyicha fanning shu sohasidan xabardor fan doktorlari yoki professorlari orasidan uchta rasmiy opponent tayinlanadi, bunda ularning ikkitasi himoya oʻtayotgan Kengash aʼzosi boʻlishi mumkin. Rasmiy opponentlar turli tashkilotlarning xodimlari boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Quyidagi shaxslar rasmiy opponent boʻla olmaydilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OAK Rayosati aʼzolari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OAK apparati xodimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OAK ekspert kengashlari aʼzolari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dissertatsiyani koʻrib chiqayotgan Kengash raisi, rais oʻrinbosari va ilmiy kotibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorning ilmiy maslahatchisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorning hammualliflari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dissertatsiya bajarilgan yoki huzurida Kengash faoliyat koʻrsatayotgan yoxud ilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha talabgor buyurtmachi yoki ijrochi (sherik ijrochi) boʻlgan oliy taʼlim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot muassasalarining rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor ishlayotgan kafedra, laboratoriya, sektor yoki boʻlim xodimlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Rasmiy opponent dissertatsiyani va dissertatsiya mavzusi boʻyicha eʼlon qilingan bosma ishlarni oʻrganib chiqib, Kengashga oʻz fikrini taqriz shaklida taqdim etadi. Taqrizda tanlangan mavzuning dolzarbligi, dissertatsiyada keltirilgan ilmiy tafsilot, asosiy natijalar, xulosa hamda amaliy va nazariy tavsiyalar qay darajada asoslanganligi va yangiligi, shuningdek dissertatsiyaning mazkur Nizom talablariga muvofiqligi aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rasmiy opponentlarning taqrizlari nusxalari Kengash tomonidan dissertatsiya himoyasidan kamida oʻn kun oldin talabgorga topshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rasmiy opponent oʻzi tayyorlagan taqrizning xolis va sifatli boʻlishi hamda Kengash belgilagan muddatda taqdim etilishi uchun masʼuldir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rasmiy opponentning taqrizi belgilangan talablarga javob bermagan taqdirda, Kengash taqrizni qayta ishlash uchun rasmiy opponentga qaytarib berishga yoki rasmiy opponentni almashtirishga haqli. Bunda dissertatsiya himoyasi boshqa kunga qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Kengash tomonidan dissertatsiya yuzasidan yetakchi tashkilot sifatida tegishli fan sohalari yoki iqtisodiyot tarmoqlarida oʻz yutuqlari bilan tanilgan tashkilot tayinlanadi. Etakchi tashkilotlar roʻyxati OAK tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Quyidagi tashkilotlar yetakchi tashkilot boʻlishi mumkin emas:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dissertatsiya bajarilgan tashkilot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor ilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha buyurtmachi, ijrochi (sherik ijrochi) boʻlgan tashkilotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor ishlayotgan tashkilot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rasmiy opponentlar va ilmiy maslahatchining asosiy ish joyi boʻlgan tashkilot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Etakchi tashkilotning taqrizida talabgor erishgan natijalarning fan va ishlab chiqarish uchun ahamiyati aks ettirilishi, shuningdek dissertatsiya natijalari va xulosalaridan foydalanilganligi va foydalanishga doir aniq tavsiyalar boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Etakchi tashkilot taqrizi seminar bayonnomasidan kengaytirilgan batafsil koʻchirma shaklida yozilib, seminar raisi va ilmiy kotibi tomonidan imzolanadi hamda shu tashkilot rahbari yoki rahbar oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi. Ular taqrizning sifati va xolisligi uchun shaxsan masʼuldir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Etakchi tashkilot taqrizining nusxasi Kengash tomonidan dissertatsiya himoyasidan kamida oʻn kun oldin talabgorga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Taqriz talabga javob bermagan taqdirda, Kengash uni yetakchi tashkilotga qaytarishga yoki yetakchi tashkilotni almashtirishga haqli. Bunda dissertatsiya himoyasi boshqa kunga qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Kengash tomonidan xorijiy mamlakatlarning tegishli oliy taʼlim, ilmiy va ilmiy-ishlab chiqarish muassasalari yetakchi tashkilot, taniqli mutaxassis-olimlari ularning roziligi bilan dissertatsiya himoyasi yuzasidan rasmiy opponent etib tayinlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Dissertatsiya ijobiy taqriz va xulosalar berilgan taqdirda, himoyaga qabul qilib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Dissertatsiya salbiy taqriz va xulosalar berilgan, lekin olingan salbiy taqriz va xulosalar Kengashning ekspert komissiyasi tomonidan asosli emas, deb topilgan taqdirdagina, Kengash tomonidan talabgorning xohishiga koʻra dissertatsiyani himoyaga qabul qilish masalasi koʻrib chiqilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Dissertatsiya himoyaga qabul qilingandan soʻng, unda aniqlangan noaniqliklar va xatolarni tuzatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII bob. Dissertatsiyani himoya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Dissertatsiyani ilmiy jamoatchilik oldida himoya qilish ilmiy bahs bilan oʻtishi, yuksak talabchanlik, qatʼiylik, ilmiy axloq-odobga rioya etilgan holda dissertatsiyadagi barcha ilmiy va amaliy xulosa hamda tavsiyalarning asoslanganligi tahlil qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Dissertatsiya himoyasiga dissertatsiyaga ijobiy taqriz bergan rasmiy opponentlardan faqat bittasi uzrli sabablarga koʻra ishtirok eta olmagan taqdirda, ruxsat beriladi. Bunda ushbu opponentning taqrizi ilmiy kotib tomonidan Kengash majlisida toʻliq oʻqib eshittiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Dissertatsiya himoyasi tugaganidan soʻng, fan doktori ilmiy darajasini berish toʻgʻrisidagi masala Kengash tomonidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Kengash tomonidan ovoz berish natijalari asosida fan doktori ilmiy darajasini berish yoki uni berishni rad qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX bob. Attestatsiya ishini OAKga taqdim etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Dissertatsiyaning birinchi nusxasi va talabgorning attestatsiya ishi hamda ularning elektron shakli dissertatsiya himoyasidan keyin bir oy ichida Kengash tomonidan OAKga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Talabgorning attestatsiya ishining ikkinchi nusxasi tashkilot arxivida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X bob. Dissertatsiyani qayta himoya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Talabgor dissertatsiyani koʻrib chiqish jarayonining har qanday bosqichida, Kengashda yashirin ovoz berishdan oldin, OAKda esa, Kengashning fan doktori ilmiy darajasini berish toʻgʻrisidagi qarori tasdiqlanishidan oldin dissertatsiyasini muhokamadan olishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash yoki OAKning dissertatsiyani muhokamadan olish toʻgʻrisidagi qarori talabgorning yozma arizasi asosida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Dissertatsiya talabgorning yozma arizasiga asosan muhokamadan olinganda hamda Kengash yoki OAK Rayosati tomonidan salbiy qaror qabul qilinganda, qayta ishlangan holda takroran himoyaga taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Talabgor oʻz dissertatsiyasini muhokama qilmaslikni soʻrab Kengashga yozma ariza bergan taqdirda, Kengash raisi ilmiy kotibga talabgor tomonidan topshirilgan hujjatlarni qaytarishga koʻrsatma beradi, uning arizasi hamda dissertatsiya bilan dissertatsiya avtoreferatining bir nusxasi Kengashda qoladi. Dissertatsiyani himoya qilish paytida tayyorlangan hujjatlar ham Kengashda qoladi va ular talabnoma asosida himoya qayta oʻtadigan joyga yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Dissertatsiya himoyasi natijalari boʻyicha Kengash salbiy qaror qabul qilgan taqdirda, oliy maʼlumot haqidagi diplom nusxasi, malakaviy imtihonlarni topshirganlik haqidagi guvohnomalar, ilmiy ishlarning nusxalari va dissertatsiya talabgorga qaytarib beriladi. Bunda dissertatsiya Axborot-resurs markazi fondidan olib qoʻyiladi va tashkilot arxivida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dissertatsiya boʻyicha berilgan taqrizlar, dissertatsiya avtoreferati, majlis stenogrammasi, obyektiv-maʼlumotnoma, dissertatsiya bajarilgan tashkilotning xulosasi hamda ovoz berish natijalari Kengashda qoladi va talabnoma asosida himoya qayta oʻtadigan joyga yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash oʻzining salbiy qarori haqida dissertatsiya himoya qilingan kundan eʼtiboran bir oy ichida OAKni yozma ravishda xabardor qiladi. Bunda OAKga dissertatsiya avtoreferati va Kengash majlisining stenogrammasi yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Dissertatsiya himoyasi natijalari yuzasidan Kengashning qarori salbiy boʻlganda yoki OAK Rayosati tomonidan salbiy qaror chiqarilganda qaror qabul qilingandan keyin kamida bir yil oʻtgach, dissertatsiya qayta ishlangan holda takroran himoyaga taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dissertatsiya qayta himoya qilish uchun taqdim etilganda, oldingi yetakchi tashkilot va rasmiy opponentlar almashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XI bob. OAKda dissertatsiyani koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Attestatsiya ishi va dissertatsiya OAKning tegishli boʻlimlari tomonidan qabul qilib olinadi va ekspertizadan oʻtkazish uchun tegishli ekspert kengashiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Kengash dissertatsiya himoyasini oʻtkazishda mazkur Nizom talablarini buzgan boʻlsa, OAK rahbariyati OAK Tartib-qoida komissiyasining qaroriga asosan attestatsiya ishi koʻrilishini toʻxtatadi va mazkur dissertatsiya himoyasi Kengash tomonidan qayta oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. OAKning ekspert kengashi attestatsiya ishi va dissertatsiyani ekspertizadan oʻtkazib, tegishli qaror qabul qiladi va ushbu qaror OAK Rayosatida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. OAK Rayosati attestatsiya ishi va dissertatsiya boʻyicha OAKning ekspert kengashi qarorini asosli deb topmasa, qayta koʻrib chiqish uchun ekspert kengashiga qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Attestatsiya ishi va dissertatsiyani OAKda koʻrib chiqish muddati, qoida tariqasida, uch oydan oshmasligi kerak. Ekspertizadan oʻtkazish batafsil oʻrganib chiqishni talab qiladigan hollarda, OAK Rayosatining qarori bilan attestatsiya ishi va dissertatsiyani koʻrib chiqish muddati ikki oygacha uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Attestatsiya ishi va dissertatsiyani OAKda koʻrib chiqish jarayonida unda aniqlangan xato va kamchiliklarni tuzatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. OAK Rayosati tegishli ekspert kengashining xulosasiga asosan, Kengashning fan doktori ilmiy darajasini berish toʻgʻrisidagi qarorini tasdiqlaydi yoki rad qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Fan doktori ilmiy darajasi berilgan shaxsning dissertatsiyasi, dissertatsiya avtoreferati va ularning elektron shakli Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markaziga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XII bob. Ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Xorijiy davlatlarning oliy attestatsiya organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashab va ishlab turgan chet el fuqarolariga berilgan ilmiy darajalar haqidagi hujjatlar OAK tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 25-iyuldagi 283-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq nostrifikatsiya (qayta attestatsiyadan oʻtkazish asosida tenglashtiriladi) qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Ilmiy darajalar haqidagi hujjatlar talabgor ishlab turgan tashkilotning murojaatnomasi yoki talabgorning arizasiga asosan OAK tomonidan nostrifikatsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XIII bob. Diplomlarni rasmiylashtirish va berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. OAK Rayosatining fan doktori ilmiy darajasini berish toʻgʻrisidagi Kengash qarorini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori, u qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi va yigirma kun ichida fan doktori diplomi rasmiylashtirib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Ilmiy darajani tasdiqlovchi diplom yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda, OAK tomonidan manfaatdor shaxslar arizasiga muvofiq, uning dublikati beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi oʻzgargan taqdirda, diplom yangisiga almashtirib berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XIV bob. Ilmiy darajadan mahrum etish yoki uni tiklash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Koʻchirmachilik, soxta hujjatlar taqdim etilganlik, dissertatsiyaning ekspertizasi noxolis oʻtkazilganlik kabi holatlar aniqlangan taqdirda, Kengash xulosasi va OAKning tegishli ekspert kengashi qaroriga asosan, ilmiy darajaga ega boʻlgan shaxslar OAK Rayosati tomonidan ilmiy darajadan mahrum etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy daraja berish toʻgʻrisidagi qaror oʻn yil oldin qabul qilingan boʻlsa, ilmiy darajadan mahrum etish masalasi koʻrib chiqilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy darajadan mahrum etilgan shaxslarning ilmiy darajasi OAK Rayosatining qaroriga asosan tiklanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Kengashning fan doktori ilmiy darajasidan mahrum etish yoki mahrum etmaslik yoxud uni tiklash boʻyicha xulosasi OAK ekspert kengashi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. OAK ekspert kengashining tegishli qarori OAK Rayosati tomonidan koʻrib chiqiladi va OAK Rayosati shaxsni fan doktori ilmiy darajasidan mahrum etish yoki mahrum etmaslik yoxud uni tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XV bob. Apellyatsiyani koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. Manfaatdor shaxslar Kengashning fan doktori ilmiy darajasini berish yoki berishni rad qilish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan Kengashga yoki OAKga apellyatsiya berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Manfaatdor shaxslar fan doktori ilmiy darajasini berish yoki berishni rad qilish, xorijiy davlatlar oliy attestatsiya organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashab va ishlab turgan xorijiy fuqarolarga berilgan ilmiy darajalar haqidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiya qilish (ekvivalentligini qayd etish) masalalarini OAKda koʻrib chiqilishi yuzasidan OAKga apellyatsiya berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya tegishli qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran ikki oy ichida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. Apellyatsiya “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida belgilangan tartibda va muddatlarda koʻrib chiqiladi.
(83-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2014-yil 26-dekabrdagi 211/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2441-1, 30.12.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 52(I)-son, 650-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84. Apellyatsiya quyidagi hollarda qabul qilinmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 82-bandida belgilangan muddat oʻtganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellyatsiya aynan bir masala boʻyicha takroran berilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85. Kengash tomonidan apellyatsiya Kengash faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlariga asosan belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86. OAK Rayosati qarori yuzasidan berilgan apellyatsiya, shuningdek Kengash qarori yuzasidan berilgan apellyatsiya boʻyicha Kengash xulosasi OAK Tartib-qoida komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi. OAK Tartib-qoida komissiyasi apellyatsiyani koʻrib chiqishni tegishli ekspert kengashiga topshirishi mumkin. Zarur hollarda, mazkur masalani koʻrib chiqishning avvalgi bosqichlarida ishtirok etmagan mutaxassis-olimlardan iborat Apellyatsiya komissiyasi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87. OAK Rayosati tomonidan Tartib-qoida komissiyasi, tegishli ekspert kengashi yoki Apellyatsiya komissiyasi xulosasi koʻrib chiqiladi va apellyatsiya boʻyicha yakuniy qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88. OAK Rayosatining apellyatsiya boʻyicha qabul qilingan yakuniy qarori besh ish kuni ichida apellyatsiya bergan shaxslarga, shuningdek Kengashga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XVI bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniyat va sport ishlari vaziri T. KUZIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 14-yanvar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri B. XODIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 28-yanvar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 17-yanvar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq taʼlimi vaziri T. ShIRINOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 18-yanvar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z. RUZIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 23-yanvar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi ishlar vaziri A. KOMILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 22-yanvar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi prezidenti Sh. SALIXOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 15-yanvar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi ijroiya apparati rahbari O. PARPIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 16-yanvar
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 13-son, 167-modda; 2014-y., 52(I)-son, 650-modda)