Qashqadaryo viloyati hokimining
Qarori
Viloyatdagi bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlarning yangi miqdorlarini belgilash toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining 2021-yil 22-maydagi VI-23-2-4-0-K/21-sonli “Qashqadaryo viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1326-sonli qarori ijrosini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2013-yil 16-yanvarda 2412-son raqam bilan roʻyxatdan oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasining “Bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlarini belgilash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan viloyatda 2013-yil uchun bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining aniq miqdorlarini belgilash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Viloyatdagi barcha bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyati tomonidan undiriladigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlarning yangi miqdorlari 1, 2 va 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. Bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyati tomonidan undiriladigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlarning yangi miqdorlari 2013-yil 1-fevraldan boshlab joriy etilsin.
3. Viloyat hokimining 2012-yil 17-martdagi “Viloyatdagi dehqon, buyum va ixtisoslashtirilgan bozorlarda savdo joyi, xizmat haqi va ijara toʻlovlarining yangi miqdorlarini belgilash toʻgʻrisida”gi X-107/03-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari Gʻ. Djavliyev zimmasiga yuklatilsin.
Xokim T. JOʻRAYEV
Qarshi sh.,
2013-yil 8-fevral,
X-61/02-son
Viloyat hokimining 2013-yil 8-fevraldagi X-61/02-sonli qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Qashqadaryo viloyatidagi bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlarning 2013-yildagi miqdorlari
| T/r | Mahsulot turi | Oʻlchov birligi | Qarshi shahridagi bozorlar va savdo komplekslari uchun |
Qolgan tumanlar va tumanlar markazida joylashgan bozorlar hamda savdo komplekslar uchun |
| 1. | Mahsulotlarini rastadagi savdo oʻrinlarida sotish: | | | |
| 1.1. | Mevalar: Hoʻl mevalar: olma, anor, nok, shaftoli, anjir, olxoʻri, gilos, koʻk va qizil sulton, oʻrik, uzum, olcha, qulupnay, malina h.k. |
1 oʻrin/kunga | 3 000 | 2 000 |
| | sitrus va tropik mevalar (apelsin, mandarin, limon,banan, ananas, kivi va h.k.) hamda chet eldan keltirilgan hoʻl mevalar) | 1 oʻrin/kunga | 5 200 | 4800 |
| | Quruq mevalar: turshak, bargak, mayiz, yongʻoq, yeryongʻoq, bodom, pistalar, shoʻr danak va h.k. |
1 oʻrin/kunga | 5 200 | 5000 |
| 1.2. | Sabzavotlar: kartoshka, piyoz, karam, sabzi, sarimsoq, lavlagi, sholgʻom, bulgʻor qalampiri, baqlajon, boyimjon, patisson, pomidor, bodring va |
1 oʻrin/kunga | 2 300 | 2100 |
| 1.3. | Poliz mahsulotlari: xandalak, qovun , tarvuz, qovoq (har 6 kv.m joy uchun)* |
1 oʻrin/kunga | 5 500 | 5000 |
| 1.4. | Don mahsulotlari: guruch.kungaboqar, yormalar (krupa),bugʻdoy, suli, arpa va h.k. |
1 oʻrin/kunga | 4 400 | 4000 |
| 1.5. | Dukkakli mahsulotlar: mosh, loviya, noʻxat va h. k.. |
1 oʻrin/kunga | 3 500 | 3500 |
| 1.6. | Sut mahsulotlari: sut, qatiq,qaymoq, smetana, uy pishlogʻi, suzma va h.k. |
1 oʻrin/kunga | 2 600 | 2400 |
| 1.7. | Tuzlamalar: karam, bodring, pomidor va h.k. |
1 oʻrin/kunga | 3 300 | 3000 |
| 1.8. | Ziravor va dorivorlar (zira, murch, qalampir va h.k) hamda asal | 1 oʻrin/kunga | 2 800 | 2400 |
| 1.9. | Koʻkatlar (shu jumladan issiqxonalarda yetishtirilganlar) | 1 oʻrin/kunga | 2 200 | 2000 |
| 1.10. | Tuxum | 1 oʻrin/kunga | 2 500 | 2300 |
| 1.11. | Gullar va koʻchatlar (har 6 kv.m joy uchun)* | 1 oʻrin/kunga | 2 400 | 2100 |
| 1.12. | Non mahsulotlari: (obi non, patir va h.k) | 1 oʻrin/kunga | 2 400 | 2100 |
| 1.13. | Uyda tayyorlangan konservalangan mahsulotlar, pazandalik mahsulotlari va uy sharoitida tayyorlangan qandolatchilik mahsulotlari | 1 oʻrin/kunga | 3 300 | 3100 |
| 1.14. | Sanoat yoʻli bilan chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari va salqin ichimliklar | 1 oʻrin/kunga | 5 000 | 4500 |
| 1.15. | Milliy taomlar | 1 oʻrin/kunga | 6 200 | 5800 |
| 1.16. | Polietilen va qogʻoz paketlar, savatlar va posilka qutilari | 1 oʻrin/kunga | 2 600 | 2400 |
| 1.17. | Supurgi | 1 oʻrin/kunga | 2 400 | 2200 |
| 1.18. | Tirik baliq | 1 oʻrin/kunga | 6 000 | 5800 |
| 1.19. | Xalq ijodkorligi, xalq hunarmandchiligi va kosibchilik tovarlari (6 kv.metrgacha) | 1 oʻrin/kunga | 2 200 | 2000 |
| 2. | Goʻsht mahsulotlari: mol, qoʻy, choʻchqa va parranda goʻshti, jigar va dumba va h.k |
1 oʻrin/kunga | 8 000 | 7500 |
| 3. | Mahsulotlarini avtomashinalardan va yerdan sotish: | |||
| | yengil avtomashinalaridan sotish | 1 mashina | 4 500 | 4000 |
| | yuk avtomashinalaridan sotish | 1 mashina | 9 000 | 8000 |
| | tirkamali, yarim tirkamali yuk avtomashinalari va avtopoyezdlardan | 1 mashina | 8 000 | 7000 |
| | mahsulotlarni yerdan sotish (savdo rastalaridan tashqarida, maxsus ajratilgan joylarda) (6 kv. metrgacha) | 1 oʻrin/kunga | 6 800 | 6200 |
| 4. | Uy hayvonlari uchun yem-ozuqalar (har bir tirkama yoki yuk avtomashinasi uchun): (shrot, sheluxa, kombikorma, pichan, somon, guruch poyasi, makkajoʻxori poyasi va h.k.) |
1 mashina | 5 500 | 5000 |
| 5. | Qurilish materiallarini sotish: | | | |
| 5.1. | Bozorlar va savdo komplekslari tomonidan maxsus ajratilgan joylarda ogʻir va katta oʻlchamdagi qurilish materiallarini sotish: | | | |
| | 6 kv.metrgacha maydonda | 1 oʻrin/kunga | 4 500 | 4000 |
| | 6 dan—15 kv.metrgacha | 1 oʻrin/kunga | 5 500 | 5000 |
| | 15 dan—30 kv.metrgacha | 1 oʻrin/kunga | 8 000 | 7 300 |
| 5.2. | Kichik oʻlchamdagi qurilish materiallarini (mayda oʻlchamli), santexnika, yoritish uskunalarini (lyustra, svetilniklar va h.k) sotish (6 kv.metrgacha) | 1 oʻrin/kunga | 3 300 | 2 700 |
| 6. | Ilgari foydalanishda boʻlgan buyumlar va ehtiyot qismlarni sotish | 1 oʻrin/kunga | | |
| | Avtomobillar uchun ehtiyot qismlar | 1 oʻrin/kunga | 4 500 | 4 000 |
| | Uy-jihoz buyumlari va kiyim-kechaklarni sotish | 1 oʻrin/kunga | 3 300 | 3 300 |
| 7. | Avtotransport vositalarini sotish: | | | |
| | yengil avtomashinalar va mikroavtobuslar | 1 dona | 15 000 | 11 000 |
| | yuk avtomashinalari,avtobuslari, traktorlar va boshqa yuk koʻtaruvchi transport vositalari | 1 dona | 16 000 | 11 000 |
| | mototsikl, motoreller i mopedlar | 1 dona | 8 000 | 6 500 |
| | velosiped | 1 dona | 3 200 | 2 700 |
| 8. | Mol bozorlariga olib kiriladigan har bir chorva mollari uchun: | | | |
| 8.1. | Ot, toy,tuya | 1 bosh | 11 000 | 10 000 |
| | boʻtaloq, eshak | 1 bosh | 5 500 | 3 300 |
| 8.2. | Yirik shohli qoramol | | | |
| yirik shohli qoramol (shu jumladan sigir buzogʻi bilan) | 1 bosh | 8 000 | 7 500 | |
| | buzoq | 1 bosh | 4 500 | 4 000 |
| 8.3. | Mayda shohli qoramol: | | | |
| | Qoʻy (qoʻy qoʻzisi bilan) | 1 bosh | 4 500 | 4 500 |
| | Echki (echki ulogʻi bilan) | 1 bosh | 2 500 | 2 500 |
| | Qoʻzi | 1 bosh | 3 700 | 3 200 |
| | Uloq | 1 bosh | 2 000 | 2 000 |
| 8.4. | Choʻchqalar,choʻchqa bolalari | 1 bosh | 4 300 | 3 700 |
| 9. | Uy parrandalari (har bir bosh uchun): kurka,tovuq, oʻrdak, gʻoz |
1 bosh | 1 200 | 1 100 |
| tovuq, kurka, oʻrdak, gʻoz joʻjalari | 10 bosh | 1 100 | 10 000 | |
| 10. | Itlar va mushuklar | 1 oʻrin/kunga | 3 000 | 2 700 |
| 11. | Manzarali qush va baliqlar | 1 oʻrin/kunga | 3 200 | 2 700 |
| 12. | Itlar, mushuklar, manzarali qushlar va baliqlar uchun ozuqalar hamda tegishli aksessuarlar va buyumlar | 1 oʻrin/kunga | 3 300 | 2 200 |
| 13. | Itlar, mushuklar, manzarali qushlar va baliqlar, shuningdek ularning ozuqalari va tegishli aksessuarlar va buyumlar, bir joyda | 1 oʻrin/kunga | 5 500 | 4 400 |
| 14. | Poyabzal taʼmirlash xizmati | 1 oʻrin/kunga | 2 200 | 2 200 |
Viloyat hokimining 2013-yil 8-fevraldagi X-61/02-sonli qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Qashqadaryo viloyatidagi bozorlar va savdo komplekslarida inventarlarni ijaraga berish va koʻrsatiladigan xizmatlar uchun undiriladigan toʻlovlarning 2013-yildagi miqdorlari
| T/r |
Koʻrsatiladigan xizmatlar turi |
Oʻlchov birligi | Qarshi shahridagi bozorlar va savdo komplekslari uchun |
Qolgan tumanlar va tumanlar markazida joylashgan bozorlar hamda savdo komplekslar uchun |
| 1. | Inventarlarni ijaraga berish: | | | |
| 1.1. | Tosh-tarozilar uchun | 1 kunga | 1100 | 1100 |
| 1.2. | Katta yuk tortish tarozilari uchun | | | |
| | 150 kg gacha tortadigan | 1 kunga | 1400 | 1300 |
| | 150 kg dan 1500 kg gacha tortadigan | 1 kunga | 6200 | 6000 |
| 1.3. | Savdo jihozlari uchun (bolta, taxtakach,pichoq, oʻrindiq, voronka, patnis, savat va h. k.) (butun toʻplam uchun) (toʻplam savdo faoliyati turi zaruratidan kelib chiqqan holda aniqlanadi) | 1 kunga | 1000 | 900 |
| 1.4. | Maxsus ust-bosh kiyimlar uchun (xalat,etak, yenglik) (butun toʻplam uchun) (toʻplam savdo faoliyati turi zaruratidan kelib chiqqan holda aniqlanadi) | | 500 | 500 |
| 1.5. | Mahsulotlar uchun brezent berish | 1 kunga | 1000 | 1000 |
| 1.6. | Aravachalar uchun | 1 kunga | 2400 | 2200 |
| 1.7. | Reklama joylashtirishga ajratilgan yer maydonidan foydalanganligi uchun (1 m2) | 1 kunga | 1100 | 900 |
| 2. | Koʻrsatiladigan xizmat turlari: | | | |
| 2.1. | Qishloq xoʻjalik va boshqa oziq -ovqat mahsulotlarini saqlash: | | | |
| | sovutgichlarda (har bir yashik, qop va h.k uchun) | 1 kunga | 1800 | 1800 |
| | omborxonalarda, saqlash kameralarida (har bir yashik, qop va h.k uchun) | 1 kunga | 1300 | 1300 |
| | ozor hududidagi rasatalarda va ochiq joylarda (savdo oʻrni hisobidan) | 1 kunga | 1300 | 1300 |
| 2.2 | Buyumlarni omborlarda saqlash (bir 50x50x100 oʻlchamdagi joy uchun) | 1 kunga | 1200 | 1100 |
| 2.3. | Mahsulotlarni tarozida tortish: | | | |
| | katta yuk tarozida | 1-marta tortish | 1000 | 900 |
| | yirik va mayda shohli qoramolni tortish | 1-marta tortish | 1300 | 1200 |
| 2.4. | Avtotarozilardan foydalanish: | | | |
| | yuk koʻtarish quvvati 5 tonnadan ortiq boʻlgan tirkamali, yarim tirkamali yuk avtomashinalari va avtopoyezdlardan: | | | |
| | yuk bilan | 1-marta oʻlchash | 2800 | 2300 |
| | yuksiz | 1-marta oʻlchash | 2000 | 1700 |
| | yuk koʻtarish quvvati 5 tonnagacha boʻlgan tirkamali, yarim tirkamali yuk avtomashinalaridan: | | | |
| | yuk bilan | 1-marta oʻlchash | 2200 | 1700 |
| | yuksiz | 1-marta oʻlchash | 1700 | 1500 |
| | yengil avtomashinalardan: | | | |
| | yuk bilan | 1-marta oʻlchash | 1700 | 1500 |
| | yuksiz | 1-marta oʻlchash | 1300 | 1100 |
| | tirkamali yengil avtomashinalardan: | | | |
| | yuk bilan | 1-marta oʻlchash | 1700 | 1500 |
| | yuksiz | 1-marta oʻlchash | 1300 | 1100 |
| 2.5. | Mehmonxona xizmatidan foydalanish (1 ta joy uchun) | 1 kunga | 5000 | 4500 |
| 2.6. | Avtotransport vositalarini vaqtinchalik saqlash uchun: | | | |
| | yengil avtomashinalar uchun | 1 soatga | 700 | 600 |
| | yuk avtomashinalari uchun | 1 soatga | 1000 | 800 |
| 2.7. | Hojatxona xizmatidan foydalanish | 1-marta | 500 | 400 |
| 2.8 | Telefondan foydalanish | 1-marta | 250 | 250 |
| 2.9. | Radiouzel orqali eʼlon berish | 3-marta takror | 600 | 500 |
Viloyat hokimining 2013-yil 8-fevraldagi X-61/02-sonli qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Qashqadaryo viloyatidagi bozorlar va savdo komplekslari hududidagi bino, inshoot va boshqa mol-mulkdan hamda infratuzilmadan foydalanganlik uchun ijara toʻlovlarining 2013-yildagi miqdorlari
| | | | |
(soʻm) |
| T/r |
Koʻrsatiladigan xizmatlar turi |
Oʻlchov birligi |
Qarshi shahridagi |
Qolgan tumanlar va tumanlar markazida joylashmagan bozorlar hamda savdo komplekslari uchun |
| 1. | Bozorlar va savdo komplekslari balansidagi bino, inshoot va boshqa mol-mulkdan foydalanganlik uchun ijara toʻlovi | | | |
| | Nooziq-ovqat mahsulotlari sotish | 1 kv.metr uchun | 13500 | 13000 |
| | Oziq-ovqat mahsulotlari sotish | 1 kv.metr uchun | 12500 | 11000 |
| | Umumiy ovqatlanish | 1 kv.metr uchun | 13000 | 11000 |
| | Maishiy xizmat koʻrsatish | 1 kv.metr uchun | 6000 | 4800 |
| | Boshqa turlar (ombor, ofis, dorixona, paynet va h.k) | 1 kv.metr uchun | 6500 | 5400 |
| 2. | Bozorlar va savdo komplekslari hududidagi bino, inshoot va qurilmalar egalaridan bozor infrotuzilmasidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovi: | | | |
| 2.1. | Molk-mulk huquqi asosida tegishli boʻlganda: | | | |
| | Nooziq-ovqat mahsulotlari sotish | 1 kv.metr uchun | 6000 | 5000 |
| | Oziq-ovqat mahsulotlari sotish | 1 kv.metr uchun | 6000 | 5000 |
| | Umumiy ovqatlanish | 1 kv.metr uchun | 6000 | 4700 |
| | Maishiy xizmat koʻrsatish | 1 kv.metr uchun | 5000 | 4000 |
| | Boshqa turlar (Ombor, ofis, dorixona, paynet va h.k) | 1 kv.metr uchun | 4300 | 3700 |
| 2.2. | Yer va molk-mulk huquqi asosida tegishli boʻlganda: | 1 kv.metr uchun | | |
| | Nooziq-ovqat mahsulotlari sotish | 1 kv.metr uchun | 2400 | 2200 |
| | Oziq-ovqat mahsulotlari sotish | 1 kv.metr uchun | 2400 | 2200 |
| | Umumiy ovqatlanish | 1 kv.metr uchun | 2400 | 2200 |
| | Maishiy xizmat koʻrsatish | 1 kv.metr uchun | 2200 | 2200 |
| | Boshqa turlar (Ombor, ofis, dorixona, paynet va h.k) | 1 kv.metr uchun | 2200 | 2200 |
Izoh:
1. Qishloq xoʻjalik mahsulotlari va xalq isteʼmoli mollari bilan savdo qilinganda, bir joy (savdo oʻrni) oʻlchami 1-1,2 pagon metr deb belgilanadi va shu oʻlchamdan ortiq oʻrin uchun qoʻshma ravishda har bir savdo oʻrni uchun belgilangan toʻlov miqdorida joy xaqi undirilsin.
2. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va xalq isteʼmoli mollari aralash holda sotilganda, toʻlov sotiladigan mahsulot turlari boʻyicha belgilangan eng yuqori stavka boʻyicha undiriladi.