Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2013 05.05.2012 yildagi 382-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2013
Hujjat 05.05.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyati Shovot tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumandagi transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Xorazm viloyati Shovot tumani hokimining 2013-yil 5-apreldagi 303-sonli “Tumandagi transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Yoʻl harakat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 13-moddasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga muvofiq transport vositalarining 2012-yildagi majburiy texnik koʻrigini tashkil qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 25-moddasiga asosan qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tumandagi yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan avtomototransport vositalarining 2012-yildagi texnik koʻrigi 1 yilda 1 marotaba, (1 maydan 1-iyungacha) shuningdek, tijorat asosida yoʻlovchilar tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar va oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar 1 yilda 2 marotaba (1-martdan 1-iyungacha va 3-sentabrdan 31-oktabrgacha), jismoniy shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-martdan 31-avgustgacha oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarilganligiga besh yildan koʻp boʻlmagan transport vositalari ikki yilda bir marta texnik koʻrikdan oʻtkazilsin, ushbu bandning birinchi xatboshida qayd etilgan, 1 yilda 2-marta texnik koʻrikdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan transport vositalari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tumanda texnik koʻrikni oʻtkazish uchun tuzilgan komissiya tarkibi 1-ilovaga* muvofiq yuridik shaxslarga qarashli avtomototransport vositalari, tirkamalar va yarim tirkamalarning 2012-yilgi majburiy texnik koʻrigini oʻtkazish grafigi 2-ilovaga* muvofiq, tijorat asosida yoʻlovchilar tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar va oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillarining 2012-yilgi majburiy texnik koʻrigini oʻtkazish grafigi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1, 2, 3-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tumandagi sugʻurta tashkilotlariga Oʻzbekiston Respublikasining “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash borasidagi ishlarni tashkillashtirish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman tibbiyot birlashmasi (B.Xudayberganov)ga texnik koʻrik davrida haydovchilarning tibbiy holatini tekshirishda, tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tuman inspektori (X.Matkarimov)ga transport vositalarining atmosferaga chiqarayotgan zaharli gazlarni oʻlchashda komissiya aʼzolariga amaliy yordam koʻrsatsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qaror tuman hokimligining rasmiy nashri boʻlgan “Shovot istiqboli” gazetasi orqali eʼlon qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Transport vositalarini texnik koʻrikka jalb qilishda Yoʻl harakati xavfsizligi guruhiga tuman Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, qishloq fuqarolar yigʻinlari raislari, tuman Ichki ishlar boʻlimi xodimlari va jamoatchilik amaliy yordam koʻrsatsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2012-yil 14-fevraldagi 119-sonli va 121-sonli qarorlari bekor qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tuman Ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi guruhiga avtomototransport vositalarining texnik koʻrigi natijalari boʻyicha tuman hokimligiga 2012-yil 10-noyabrgacha yozma axborot berish vazifasi topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari B. Rajabov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim K.R. KURYAZOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shovot t.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 5-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
382-son