Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.05.2021 25.09.2012 yildagi X-698/9-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.05.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyati Nishon tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynaladigan shaxslarni ishga joylashtirish maqsadida 2013-yil uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat kengashining 2021-yil 22-maydagi VI-23-2-4-0-K/21-sonli “Qashqadaryo viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazining 2012-yil 20-sentabrdagi 201-sonli aloqa xati, shuningdek tuman hududidagi korxona tashkilot va muassasalarda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasi va “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tumanda band qilinishi kerak boʻlgan ish oʻrinlari sonini va ularga qoʻyiladigan talablarni belgilash maqsadida maxsus ishchi guruhi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynaladigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish (2-ilovaga muvofiq) xodimlarning roʻyxat boʻyicha oʻrtacha soni yigirma nafardan koʻpni tashkil etadigan korxonalar uchun jami 7 foiz (248 kishi), shundan nogironlar uchun ish oʻrinlarining eng kam soniga muvofiq 3 foiz (6 kishi) miqdorida va 4 foiz (242 kishi) uchun ish joylarini band qilib qoʻyish yoki barpo etish belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, umumiy band qilib qoʻyilgan yoki barpo etiladigan ish joylariga nisbatan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yolgʻiz ota, yolgʻiz ona hamda 14 yoshgacha va nogiron bolalari bor, koʻp bolali ota-onalar 22 foiz (57 kishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar 35 foiz (96 kishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar 11 foiz (21 kishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) nogironlar 3 foiz (6 kishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar 12 foiz (25 kishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) jazoni oʻtash muassasalaridan boʻshatilgan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar 5 foiz (8 kishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarning boshqa toifalari uchun 15 foiz (35 kishi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ish beruvchilar ushbu toifa shaxslar uchun ish oʻrinlari xodimlar tomonidan oʻzlarining mehnat majburiyatlarini toʻsiqlarsiz bajarishini taʼminlaydigan sanitariya-gigiyena normalariga va mehnat sharoitlariga muvofiq boʻlishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) nogironlar uchun – mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazilgan hamda xodimga ish jarayonlarini toʻsqinliksiz bajarish imkonini (sogʻligʻining ahvoli va mehnat faoliyatiga nisbatan belgilangan zid koʻrsatgichlarni hisobga olingan holda) beradigan ish oʻrinlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun – ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) muayyan kasb-hunarga , malakaga ega boʻlmagan shaxslar uchun esa –maxsus malakani talab qilmaydigan ish oʻrinlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va 14 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalari bor koʻp bolali ota-onalar uchun – bolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyatlari boʻyicha vazifalarni uygʻunlashtirish imkonini beradigan , oʻzgaruvchan ish jadvaliga ega boʻlgan ish oʻrinlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshatilgan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun ularning kasb boʻyicha tayyorgarligi hisobga olingan holdagi ish oʻrinlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tumandagi korxona, muassasa va tashkilotlar yil boshlangungacha 10 kundan kechikmay ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun band qilib qoʻyilgan ish oʻrinlari umumiy sonining kamida 25 (yigirma besh) foizi hajmida ish oʻrinlari band qilib qoʻyilishini, tayyor boʻlishini hamda bu toʻgʻrida tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga yil boshlangungacha yozma ravishda axborot berishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlarining qolgan qismini band qilib qoʻyish korxona, muassasa, tashkilot (ish beruvchi) tomonidan kalendar yilning birinchi choragi mobaynida amalga oshirib, bu toʻgʻrida tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga birinchi chorak tugagandan keyin 10 kundan kechikmay yozma ravishda axborot berish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qarorda belgilangan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish sonidan ortiqcha ish oʻrinlari tashkil etilganda korxona, muassasa va tashkilotlar uchun qoʻyidagi imtiyozlar belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlarini tuman hokimi tomonidan belgilangan miqdorda ortiqcha tashkil etgan tashkilotlar ushbu ish oʻrinlarini tashkil etishga sarflangan mablagʻlarning bir qismini tuman Bandlikka koʻmaklashish markazi bilan tuzilgan shartnoma asosida bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi hisobidan qoplash huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Korxona, muassasa va tashkilotlar har chorakda tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga 3-ilovaga muvofiq axborot berib borish yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori M. Azizovga bir hafta muddatda mazkur qarorni ilovalarda koʻrsatilgan korxona, muassasa va tashkilot rahbarlari eʼtiboriga quyidagilar yetkazilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona, muassasa va tashkilotlar tomonidan ish oʻrinlarining band qilib qoʻyilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu ish oʻrinlariga qarorning 2-bandida koʻrsatilgan shaxslarning ishga joylashtirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy davlat hokimiyati organlarining ish oʻrinlarni band qilib qoʻyish boʻyicha qarorini bajarmagan korxona, muassasa va tashkilotlarga jarimalar solish toʻgʻrisida yozma axborotni berib borish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari Z. Baratov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim M. XAYITMURODOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nishon.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 25-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X-698/9-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimining 2012-yil 25-sentabrdagi X-698/9-sonli qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nishon tumani boʻyicha 2013-yil uchun ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynaladigan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir boʻlmagan shaxslar uchun eng kam ish joylari belgilangan korxonalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r‎‏ Tashkilot va korxonalar nomi Korxonalarda roʻyxatda turgan xodimlar soni Belgilangan ish joylarining eng kam miqdori Jami Korxonada ishlayotgan ijtimoiy himoyaga muhtojlar soni Haqiqatda barpo etiladigan yoki ajratiladigan ish joylari soni Shundan:
nogironlar uchun 3 foiz‎ ‎‏ boshqa toifadagilar uchun 4 foiz‎‎ Nogironlar soni‎ boshqa toifadagilar soni‎ nogironlar soni‎ shundan yoshlar uchun (soni‎) boshqa toifadagilar soni‎ yolgʻiz ota-onalar hamda 14 yoshgacha va nogiron bolali onalar‎ taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar‎ muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar‎ pensiya yoshiga yaqinlashib qolganlar‎ jazoni oʻtash muassasalaridan boʻshatilganlar‎ ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarning boshqa toifalari uchun‎
1.‎ Nishon tuman yoʻl xoʻjaligi pudrat taʼmirlash foydalanish davlat korxonasi 46‎ 1 2

3

0 1 0 0 2‎ 1‎ 1‎ 0‎ 0‎ 0‎ 0‎
2.‎ AT Xalq banki Yangi Nishon filiali 54‎ 2‎ 2 4‎ 0‎ 4‎1 0‎ 0 3‎ 1‎ 1‎ 0‎ ‎1 ‎0 0
3.‎ Nishon qurilish kasb-hunar kolleji 58‎ ‎2 2‎ 4‎ ‎0 1‎ ‎0 0 3‎ 1‎ 1‎ 0‎ ‎0 0 0
4.‎ Nishon qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji 72‎ 2 3 5‎ 0 2 0 0 3 1‎ 1 0‎ 0‎ 1‎ 0
5.‎ Nishon tumangaz filiali 77‎ 2‎ 3 5 0 1‎‎ 0‎ 0 4 10‎ 0 1 1 0 1‎
6.‎ Nishon agro-iqtisodiyot kasb-hunar kolleji 122‎ 4 5 9‎ 1 3‎ 0‎ 0 5‎ 1 0 1 1 0 2‎
7.‎ Nishon maishiy-xizmat kasb-hunar kolleji 83‎ ‎2 3 5‎ ‎0 2‎ 0 0 3 1‎ 1‎ 1‎ 0 0‎
8.‎ Nishon Sanoat energetika kasb-hunar kolleji 125 ‎4 5 9‎ 1‎ 3 0‎ 0‎ 5‎ 1‎ 0 0 0 0 1‎
9.‎

“QIShLOQXOʻJALIKKIMYo” hududiy aksionerlik jamiyati Nishon tuman filiali

84 ‎3 3 6 0‎ 2 0‎ 0 4 1‎ 1 1 0‎ 1‎ 0‎
10.‎ Sanitariya epidemiologiya stansiyasi 108 3‎ 4‎ 7 ‎1 2 ‎0 0‎ 4 1‎ 0 1 0 0 ‎2
11.‎ Nishon “Agrotexservis” MChJ 47 ‎1 2 3 0‎ 1 0‎ 0 2 1 1‎ 0 0 0‎ 0‎
12.‎ “QARSNIENERGOTA′MIR” ochiq hissadorlik jamiyati 116 ‎3 5 8‎ ‎1 3 0‎ 0 4‎ 1 1 1 1‎ 0 0‎
13.‎ 2-markaziy shifoxona 143 ‎4 6 10 ‎1 5 0‎ 0 4 1 3 0 0 0 1‎
14.‎ “TALIMARJON IES QURILISh” shuʼba korxonasi 104 ‎3 4 7 1‎ 2 ‎0 0‎ 4‎ 1‎ 2 1 0‎ 0 0‎
15.‎ “Qarshi magistral kanali foydalanish boshqarmasi” tarkibidagi 97-maxsus mexanizatsiyalashgan koʻchma kolonna 262 ‎8 10 18 ��1 6 1‎ 0 10 3‎ 3 1 1‎ 1‎ ‎1
16.‎ “NIShON” qorakoʻlchilik, naslchilik qishloq xoʻjaligi kooperativi 227 7‎ 9 16 1‎ ‎0 0‎ 6‎ ‎3 ‎2 0‎ 0‎ 0 0‎
17.‎ “NIShON PAXTA TOZALASh” ochiq turdagi hissadorlik jamiyati 806 ‎24 32 5‎6 ‎5 22 ‎1 0 28 6 6 4 7 2 3
18.‎ Nishon tuman Markaziy shifoxonasi 610 ‎18 24 42 ‎4 12 ‎1 0 25 ‎6 10 6 ‎2 ‎1 0
19.‎ Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi 723 ‎22 29 51 ‎5 14 ‎1 1 31 9 19 1 1 0 ‎1
20.‎ Oʻzbekenergo” Davlat aksiyadorlik kompaniyasi “TALIMARJON ISSIQLIK ELEKTR STANSIYASI” unitar korxonasi‎ 1735 ‎52 ‎69 ‎121 ‎9 ‎31 ‎2 ‎1 ‎79 ‎13 ‎39 ‎3 ‎7 ‎1 ‎16
21.‎ Nuriston Poliklinikasi‎ ‎47 ‎1 ‎2 ‎3 0 1 0 ‎0 ‎2 1 1 0 ‎0 0 ‎0
22.‎ Nishon Suvoqova korxonasi‎ ‎45 ‎1 ‎2 ‎3 0 ‎1 0 0 2 1 1 ‎0 ‎0 0 0
23.‎ Nishon tuman Obodonlashtirish boshqarmasi‎ 102 ‎3 ‎4 ‎7 0 ‎2 0 0 5 ‎0 1 0 ‎1 ‎1 ‎2
24.‎ Hoʻjalik hisobidagi maxsus ishlab chiqarish taʼmirlash korxonasi‎ 50 ‎2 ‎2 ‎4 ‎0 2 ‎0 ‎0 2 0 ‎1 0 1 0 ‎0
25.‎ Talimarjon Obodonlashtirish boshqarmasi‎ ‎48 1 2 3 0 1 0 0 2 1 1 0 0 0 0
‎ ‎ Jami‎‎ 5897 175 234 409 31 130 6 2 242 57 96 21 25 8 35
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimining 2012-yil 25-sentabrdagi X-698/9-sonli qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilot nomi‎‎ ‎ ‎
_______________________________‎‎ ‎ ‎
________________________________ Bandlikka koʻmaklashuvchi tuman markaziga taqdim etiladi.‎
Yuridik manzili:‎‎ ‎ ‎
_________________________________ ‎ ‎
_________________________________ ‎ ‎
‎ ‎ ‎ ‎

‎‎201____ yilning______ choragida ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida

‎

‎‎AXBOROT

‎
‎‎1. Hisobot yilida mahalliy davlat hokimiyati organining qaroriga muvofiq nazarda tutilgan band qilib qoʻyilgan ish oʻrinlari soni_____ish oʻrni, shu jumladan nogironlarni ishga joylashtirish uchun______ish oʻrni.
‎‎2. Band qilib qoʻyilgan ish oʻrinlariga ishga joylashtirilganlar soni:

Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar toifalari‎‏

Hisobot davrining yakuniy holatiga koʻra ishlayotganlar (kishi)

‎‎Shundan ishga joylashtirilganlar

Hisobot chorakda‎

Yil boshidan‎

Jami:‎ ‎ ‎ ‎
Shu jumladan:‎ ‎ ‎ ‎
Oʻn toʻrt yoshgacha bolalari va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va koʻp bolali ota-onalar‎ ‎ ‎ ‎
Taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar‎ ‎ ‎ ‎
Muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar‎ ‎ ‎ ‎
Nogironlar‎ ‎ ‎ ‎
Bandlikka koʻmaklashuvchi tuman markazlarida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar ‎ ‎ ‎
Jazoni oʻtash muassasalaridan ozod qilingan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar‎ ‎ ‎ ‎
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarning boshqa toifalari‎ ‎ ‎ ‎