Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.12.2017 02.10.2012 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.12.2017
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013 - 2017-yillarga moʻljallangan iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma
2012-yil 2-oktabr, Ashxobod
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston, bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va kengaytirishga boʻlgan oʻzaro qiziqishni eʼtiborga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 16-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston oʻrtasida doʻstlik, hamkorlik va oʻzaro yordam toʻgʻrisidagi Shartnomaning, 2004-yil 19-noyabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston oʻrtasida doʻstlik, oʻzaro ishonchni mustahkamlash va hamkorlikni rivojlantirish toʻgʻrisidagi Shartnomaning, 2007-yil 18-oktabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston oʻrtasida doʻstona munosabatlarni va har tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash toʻgʻrisidagi Shartnomaning, shuningdek Tomonlar ishtirokchi boʻlgan boshqa xalqaro shartnomalarning qoidalariga amal qilgan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki mamlakat xalqlari oʻrtasida tarixiy shakllangan doʻstlik, oʻzaro hurmat va ishonch munosabatlariga asoslanib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy va gumanitar sohalarda ikki tomonlama aloqalarni va oʻzaro manfaatli sherikchilikni yanada kengaytirish maqsadlaridan kelib chiqqan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki davlat hududida amaldagi milliy qonunchilikka rioya qilib hamda xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan normalari va prinsiplarini hisobga olgan holda, quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning iqtisodiy hamkorligi davlatlarning suveren tengligi, teng huquqlilik, strategik sherikchilik va oʻzaro foydalilik prinsiplariga asoslangan hamda Tomonlarning milliy manfaatlarini inobatga olgan holda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mulk shaklidan qatʼi nazar, ular oʻrtasida bevosita aloqa qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar boshqa Tomonning manfaatlariga zarar yetkazuvchi xatti-harakatlardan oʻzlarini tiyadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar ikki tomonlama tovar almashinuvini amalga oshirish, oʻzaro tovarlar (xizmatlar) yetkazib berishning hajmi va assortimentini koʻpaytirish uchun qulay sharoitlar yaratish hamda Oʻzbekiston Respublikasi va Turkmaniston biznes tuzilmalari vakillari oʻrtasida bevosita amaliy aloqalarni oʻrnatish yoʻli bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarni yanada rivojlantirish boʻyicha hamkorlikni kuchaytiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar transport va transport kommunikatsiyalari sohasida hamkorlikni rivojlantirish har ikki davlat uchun strategik ahamiyat kasb etishini taʼkidladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu maqsadda Tomonlar tashqi bozorlarga chiqish uchun transport yoʻlaklari va magistrallarini diversifikatsiya qilish yuzasidan, shuningdek ikki mamlakat hududlari boʻylab oʻtuvchi tashqi savdo yuklarni tashish uchun qulay sharoitlar yaratish boʻyicha ishni davom ettiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar quyidagilar boʻyicha yordam koʻrsatadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanish sohasida hamkorlik qilish masalalari boʻyicha, shu jumladan Markaziy Osiyoning transchegaraviy daryolari havzalarining suv va energetika resurslarini boshqarish va ulardan foydalanish masalalari boʻyicha, shuningdek Orol dengizi havzasida ekologik inqirozni bartaraf etish va ijtimoiy-iqtisodiy holatni yaxshilash boʻyicha yagona pozitsiyani ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki davlat hududidagi suv xoʻjaligi va elektroenergetika obyektlarida ishlaydigan xodimlar, ishlatiladigan avtotransport va mexanizmlarning kirishi, chiqishi va turishi uchun oʻzaro manfaatli sharoitlarni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf qilish borasida, shuningdek taʼlim, ilmiy-tadqiqot ishlari, sogʻliqni saqlash, madaniyat, sport va turizm sohalarida hamkorlikni rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar mazkur Shartnomani amalga oshirish maqsadida uning ajralmas qismi boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston oʻrtasida 2013 — 2017-yillarga moʻljallangan iqtisodiy hamkorlik Dasturini (bundan keyin — Dastur) qabul qiladilar va uning amalga oshirilishida har tomonlama koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar Dasturda nazarda tutilgan, ikki davlatning iqtisodiy rivojlanishida muhim oʻrin tutuvchi sohalarda hamkorlikni jadallashtiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar koʻrsatib oʻtilgan iqtisodiyot sohalarida hamkorlik qilish uchun kulay investitsiyaviy muhit yaratishga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar Savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik boʻyicha oʻzbek-turkman Qoʻshma komissiyasiga Dasturning bajarilishini muvofiqlashtirishni va uni amalga oshirilishini nazorat qilishni topshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur bajarilishi yuqorida koʻrsatib oʻtilgan komissiyaning majlislarida yiliga kamida bir marotaba koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Shartnomaning qoidalarini talqin qilish va qoʻllashga doir bahs va kelishmovchiliklar maslahatlashuvlar va muzokaralar yoʻli bilan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning oʻzaro roziligi bilan mazkur Shartnomaga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin. Ular ushbu Shartnomaning 10-moddasida belgilangan tartibda kuchga kiradigan va kuchga kirish paytidan boshlab uning ajralmas qismi hisoblanadigan alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Shartnoma Tomonlar ishtirokchi boʻlgan boshqa xalqaro shartnomalardan kelib chiquvchi huquq va majburiyatlarga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Shartnoma Tomonlar uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarini bajarganliklarini tasdiqlovchi soʻnggi yozma xabarnoma diplomatik kanallar orqali olingan sanadan boshlab kuchga kiradi va 2017-yilning 31-dekabrigacha amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning har biri boshqa Tomonga ushbu Shartnomani tugatish toʻgʻrisida yozma xabarnoma yuborish yoʻli bilan uning amal qilishini tugatishi mumkin. Bu holda Shartnoma shunday xabarnoma olingan sanadan boshlab olti oy oʻtgach amal qilishi tugaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Tomonlar boshqacha kelishib olmasalar, mazkur Shartnoma amal qilishining tugatilishi uning doirasida boshlangan loyiha va dasturlarni amalga oshirilishiga ular toʻla yakunlanmaguniga qadar taʼsir qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ashxobod shahrida 2012-yil 2-oktabrda ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, turkman va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil yuridik kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Shartnoma qoidalarini talqin qilishda rus tilidagi matndan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston oʻrtasida 2013 — 2017-yillarga moʻljallangan iqtisodiy hamkorlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Yoʻnalishlar nomi (vazifalar)

Yoʻnalishlarni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar (vazifalar)

Bajarish muddati

Bajaruvchilar

Turkmaniston tomonidan

Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan

I. Savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari

1.1.

Oʻzaro mahsulotlar (xizmatlar) yetkazib berish hajmini va turlarini koʻpaytirish.

Oʻzbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston oʻrtasida oʻzaro eksport-import qilishning hajmini oshirish, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati oʻrtasida oʻzaro mahsulot yetkazib berish toʻgʻrisidagi Bitim doirasida.

2013 — 2017-yillar

Turkmaniston Savdo va tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi

TIAISV “Oʻzavtosanoat” AK, “Oʻzqurilishmateriallari� AK, "Oʻzbekyengilsanoat" DAK, “Oʻzeltexsanoat” Uyushmasi, “Oʻzkimyosanoat” DAK

1.2.

Ikki davlat xoʻjalik yurituvchi subyektlari va ishbilarmon doiralari oʻrtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni faollashtirish.

Tomonlar ishbilarmon doiralarining ikki davlat hududida oʻtkaziladigan xalqaro koʻrgazma, iqtisodiy yarmarka, biznes-forumlarda ishtirok etishi uchun tashriflarini tashkil etish.

2013 — 2017-yillar

Turkmaniston Savdo-

sanoat palatasi, Turkmaniston Ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar Uyushmasi

Savdo-sanoat palatasi, TIAISV, TIV, tegishli vazirlik va idoralar

Ikki davlat ishbilarmon doira vakillari oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻrialoqalar oʻrnatishga koʻmaklashish.

2013 — 2017-yillar

Turkmaniston Savdo-

sanoat palatasi, Turkmaniston Ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar Uyushmasi

Savdo-sanoat palatasi, TIAISV, TIV, tegishli vazirlik va idoralar

Ikki davlat savdo-sanoat palatalari oʻrtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish.

2013 — 2017-yillar

Turkmaniston Savdo- sanoat palatasi

Savdo-sanoat palatasi

Qoʻshma korxonalar, kompaniya va korxonalar vakolatxonalari va filiallarini tashkil etishga, ishlab chiqarish kooperatsiyasini kengaytirish va chuqurlashtirishga koʻmaklashish.

2013 — 2017-yillar

tegishli vazirlik va idoralar

Savdo-sanoat palatasi, TIAISV, TIV, tegishli vazirlik va idoralar

1.3.

Milliy va xalqaro koʻrgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlar oʻtkazish.

Oʻzbekiston Respublikasida Turkmaniston milliy koʻrgazmasini tashkil etish.

2013 — 2017-yillar

Turkmaniston Savdo-

sanoat palatasi, tegishli vazirlik va idoralar

Savdo-sanoat palatasi, TIAISV, TIV, tegishli vazirlik va idoralar

Turkmanistonda oʻzbek sohaviy koʻrgazmalarini tashkil etish.

2013 — 2017-yillar

Turkmaniston Savdo-sanoat palatasi

Savdo-sanoat palatasi, TIAISV, TIV, tegishli vazirlik va idoralar

II. Transport va transport kommunikatsiyalari sohasida hamkorlik

2.1.

Tomonlarning tranzit va transport salohiyatlaridan samarali foydalanish, ikki davlat hududidan yuklar oʻtishini taʼminlaydigan xalqaro transport yoʻlaklari va magistrallarini rivojlantirishga koʻmaklashish.

Oʻzbekiston va Turkmaniston hududi boʻylab temir yoʻl transporti bilan tashiladigan asosiy eksport yuklari (paxta tolasi, mineral oʻgʻitlar, qurilish materiallari, rangli metallar, tekstil mahsulotlari) tranzitiga qoʻshimcha tarif yengilliklari berish boʻyicha muzokaralar oʻtkazish.

2013 — 2017-yillar

Tegishli vazirlik va idoralar

TIAISV, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATK, TIV

Oʻzbek tashqi savdo yuklarini “Turkmenboshi” porti va Kaspiy dengizi orqali paromda oʻtkazish orqali tashishda xizmatlar vaqti va narxini kamaytirish masalalari boʻyicha muzokaralar olib borish.

2013 — 2017-yillar

Tegishli vazirlik va idoralar

TIAISV, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATK, TIV

2.2.

Transport sohasida koʻp tomonlama va ikkitomonlama normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va toʻla-toʻkis bajarish.

2000-yilning 21-sentabrida Ashxobod shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati oʻrtasida temir yoʻl transporti bilan tranzit yuklarni tashishni tartibga solish sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimga, ikki davlat hududi orqali eksport-import tranzit yuklarini tashishda qoʻshimcha hududlar kiritishni nazarda tutuvchi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish.

2013-yil

Tegishli vazirlik va idoralar

TIAISV, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATK, TIV

2.3.

2011-yil 25-aprelda Ashxobod shahrida imzolangan Eron Islom Respublikasi, Omon Sultonligi, Qatar Davlati, Turkmaniston va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatlari oʻrtasida xalqaro transport hamda tranzit yoʻlagini tashkil etish Bitimini amalga oshirish.

Bitim doirasida qoʻyidagi asosiy vazifalarni oldiga qoʻygan Ishchi qoʻmitani shakllantirish (Bitimning 10-moddasiga asosan):

— yoʻnalishlarni belgilash;

— xalqaro yuk tashishni tartibga solishni soddalashtirish va uygʻunlashtirish;

— yuk tranzitida xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq soliq, boj va boshqa toʻlovlarni hamda yigʻimlarni optimallashtirish;

— xavfli va taqiqlangan yuklar, hamda ikki maqsadli mahsulotlar roʻyxatini belgilab olish;

— Tranzit koridori boʻyicha transport infratuzilmasini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan loyihalarga investitsiyalar jalb etishga koʻmaklashish.

Bitim kuchga kirishi bilan

Tegishli vazirlik va idoralar

TIAISV, TIV, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATK, tegishli vazirlik va idoralar

2.4.

Ikki davlat oʻrtasida avtomobil tashuvi tizimini takomillashtirish.

1996-yil 16-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston Hukumati oʻrtasidagi xalqaro avtomobilda yoʻlovchi va yuk tashish aloqasi toʻgʻrisidagi Bitimga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish.

2013-yilning
I-choragi

Tegishli vazirlik va idoralar

Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi

III. Atrof-muhitni himoya qilish va tabiatdan oqilona foydalanish sohasida, shu jumladan
suv resurslarini boshqarish va ulardan foydalanishda hamkorlik

3.1.

Transchegaraviy qazilma-konlari boʻyicha hamkorlik.

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati oʻrtasida transchegaraviy qazilma konlari boʻyicha Bitimni tuzish.

2013-yil

Turkmaniston Neftgaz sanoati va mineral resurslar vazirligi, Turkmangeologiya davlat korporatsiyasi, tegishli vazirlik va idoralar

Geologiya va kartografiya davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekneftegaz” MXK, tegishli vazirlik va idoralar

3.2.

Ikki davlat hududida joylashgan, shu jumladan suv xoʻjaligi va elektr�nergiya obyektlaridan foydalanilayotganda ekspluatatsiya xodimlari, avtotransporti va mexanizmlarining obyektlarga kirish, chiqish va obyektda turish shartlarini tartibga soluvchi oʻzaro kelishilgan yondashuvga amal qilish.

Ikki davlat hududida joylashgan, shu jumladan suv xoʻjaligi va elektrenergiya obyektlaridan foydalanilayotganda ekspluatatsiya xodimlari, avtotransporti va mexanizmlarining obyektlarga kirish, chiqish va obyektda turish shartlarini tartibga solishga yoʻnaltirilgan qoʻshma chora-tadbirlar ishlab chiqish.

2013-2014
yillar

“Turkmenenergo” DEK, Turkmaniston Energetika vazirligi

Davlat bojxona qoʻmitasi, IIV, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi

Tomonlar chegara oldi hududida joylashgan Oʻzbekiston Respublikasi va Turkmaniston xoʻjalik obyektlaridan foydalanish va ularni taʼmirlash-qayta tiklash ishlarini oʻtkazish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida hukumatlararo Bitimni amalga oshirish.

2013 — 2017-yillar

Tegishli vazirlik va idoralar

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, TIV, Adliya vazirligi, MXX Davlat chegarasini himoya qilish qoʻmitasi, “Oʻzbekenergo” DAK, “Oʻzkommunxizmat” Agentligi

3.3.

Atrof-muhitni himoya qilish va suv xoʻjaligi sohasida hamkorlik.

Turkmaniston hududida toʻlov asosida foydalanilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi obyektlarining hududini aniqlashtirish boʻyicha qoʻshma ishlar olib borish va ulardan foydalanish masalalarini muhokama qilish.

2013-2014
yillar

Turkmaniston Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Turkmaniston Suv xoʻjaligi vazirligi

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Yergeodezkadastr davlat qoʻmitasi, TIV

Iqlimni global isishi sohasida tajriba almashish boʻyicha qoʻshma ishchi uchrashuvlar oʻtkazish va ushbu oqibatlarga moslashish boʻyicha qoʻshma chora-tadbirlarini muhokama qilish.

2013 — 2017-yillar

Turkmaniston Tabiatni himoya qilish vazirligi

Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi

IV. Favqulodda holatlarni oldini olish va bartaraf etish sohasida hamkorlik

4.1.

Tabiiy hodisalar, xavfli texnogen va ekologik jarayonlarning hamkorlikda monitoringini tashkil etish va amalga oshirish, shuningdek favqulodda hodisalarni oldindan aniqlash va ularning oqibatlarini baholash.

Favqulodda holatlarni monitoring qilish va oldindan aniqlash borasida tajriba almashish maqsadida ishchi uchrashuvlarni oʻtkazish.

2013 — 2017-yillar

Tegishli vazirlik va idoralar

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, TIV

Aholi va hududlarni himoya qilishga doir oʻtkaziladigan chora-tadbirlar haqidagi maʼlumotlarni almashish uchun ishchi uchrashuvlarni tashkil qilish.

2013-yil

Tegishli vazirlik va idoralar

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, TIV

Zararli chigirtkalarning chegara oldi hududlarda koʻpayishini yillik mavsumiy monitoring qilish va monitoring natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotni majburiy doimiy ravishda oʻzaro almashishni amalga oshirish.

Har yili

Tegishli vazirlik va idoralar

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi, TIV

4.2.

Favqulodda holatlarni bartaraf etishda oʻzaro yordam koʻrsatish.

Zaruriy yordam koʻrsatish maqsadida trans- chegaraviy favqulodda holatlarning tahdidi va paydo boʻlishi yuzasidan qoʻshma tadbirlarni muvofiqlashtirish boʻyicha ishchi guruhni tashkil etish.

Tomonlarning kelishuviga asosan

Tegishli vazirlik va idoralar

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, TIV

Transchegaraviy favqulodda holatlarni bartaraf etishda oʻzaro yordam koʻrsatish uchun texnik vositalar maxsus zaxirasini tashkil etish masalasini koʻrib chiqish.

Tomonlarning kelishuviga asosan

Tegishli vazirlik va idoralar

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

4.3.

Qoʻshma konferensiya, seminar, ishchi yigʻilishlar, oʻqishlar va mashgʻulotlar tashkil qilish.

Tajriba almashish boʻyicha quyidagi masalalarda qoʻshma seminar va konferensiyalarni tayyorlash va oʻtkazish:

— favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish sohasidagi chora-tadbirlarni tashkil qilish va amalga oshirish;

— favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish paytida mahalliy hokimiyatlarning favqulodda vaziyatlarga qarshi chora koʻrish xizmati harakatlarini muvofiqlashtirish.

2014 — 2017-yillar

Tegishli vazirlik va idoralar

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, TIV

Chegara oldi hududlarda zararli chigirtkalarga qarshi kurash boʻyicha qoʻshma maxsus-taktik mashgʻulotlar oʻtkazish.

2013 — 2017-yillar

Tegishli vazirlik va idoralar

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Fav�ulodda vaziyatlar vazirligi, TIV

V. Taʼlim, sogʻliqni saqlash va madaniyat sohasida hamkorlik

5.1.

Quyidagi yoʻnalishlarda oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish uchun tadbirlarni muvofiqlashtirish:

— oliy taʼlim sohasida tomonlar hamkorligi;

Oʻzbekiston Respublikasi va Turkmaniston oliy oʻquv yurtlari oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻrialoqalarni oʻrnatish va rivojlantirish.

2013 — 2017-yillar

Tegishli vazirlik va idoralar

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

Professor-oʻqituvchilar, amaliyotchilar, tadqiqotchilar, katta ilmiy xodim-tadqiqotchilar, magistrlar, talabalar va boshqalar ishtirokida akademik almashish.

2013 — 2017-yillar

Tegishli vazirlik va idoralar

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

Toshkent tibbiyot akademiyasida gigiyena yoʻnalishi boʻyicha mutaxassislar malakasini oshirish.

2013 — 2017-yillar

Turkmaniston Sogʻliqni saqlash va tibbiyot sanoati vazirligi

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Toshkent tibbiyot akademiyasi

— sogʻliqni saqlash sohasida va epidemiologiya masalalari boʻyicha tomonlarning oʻzaro saʼy-harakatlari;

Aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini koʻrsatishni tashkil etish sohasida hamkorlik.

2013 — 2017-yillar

Tegishli vazirlik va idoralar

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Maxsus tibbiy yordamni tashkil etish sohasida hamkorlik.

2013 — 2017-yillar

Tegishli vazirlik va idoralar

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Epidemiologiya sohasida maʼlumot va tajriba almashish boʻyicha tadbirlar tashkil etish va oʻtkazish.

2013 — 2017-yillar

Tegishli vazirlik va idoralar

Sogʻliqni saqlash vazirligi

— qoʻshma ilmiy-tadqiqot ishlari oʻtkazish, olim, aspirant va talabalar almashinuvi;

Fan va taʼlim sohalaridagi dolzarb mavzularga, ikki davlat tarixi, madaniyati va sanʼatining muhim ahamiyatga ega boʻlgan sanalariga bagʻishlangan ilmiy-amaliy kon�erensiya, simpozium, seminar va davra suhbatlarida qatnashish.

2013 — 2017-yillar

Turkmaniston Fanlar akademiyasi, tegishli vazirlik va idoralar

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

Sogʻliqni saqlash sohasida qoʻshma ilmiy loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

2013 — 2017-yillar

Turkmaniston Fanlar akademiyasi, tegishli vazirlik va idoralar

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Tibbiyotning dolzarb yoʻnalishlari boʻyicha yosh olimlar tajriba orttirishlari uchun amaliyotlarni tashkil qilish, qoʻshma konferensiya va seminarlar oʻtkazish.

2013 — 2017-yillar

Turkmaniston Fanlar akademiyasi, tegishli vazirlik va idoralar

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi va Turkmanistonda chop etiladigan ilmiy toʻplamlarda ilmiy maqolalar va qoʻshma tadqiqotlarning natijalarini chop etish.

2013 — 2017-yillar

Fanlar akademiyasi, tegishli vazirlik va idoralar

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

2011-yil 5-mayda imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati oʻrtasida ilmiy-texnologik hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim doirasida tadqiqot loyihalarini hissali moliyalashtirish orqali qoʻshma tanlovni tashkil qilish va oʻtkazish.

2013-2014
yillar

Turkmaniston Fanlar akademiyasi, tegishli vazirlik va idoralar

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi fan va texnologiyalarni rivojlantirishni m�vofiqlashtirish qoʻmitasi

— madaniyat va sanʼat, sport.

Turkman madaniyat va sanʼat arboblarining “Sharq taronalari” (“Melodii Vostoka”) Xalqaro musiqiy festivalida qatnashishi.

2013 — 2017-yillar

tegishli vazirlik va idoralar

Madaniyat va sport ishlari vazirligi

Ikki davlat hududlarida boʻlib oʻtadigan madaniyat va sanʼat sohasidagi xalqaro tadbirlar, hamda sport musobaqalari va turli bellashuvlarda ikki davlat vakillarining qatnashishlarini tashkillashtirish va ularga koʻmaklashish.

2013 — 2017-yillar

Turkmaniston Madaniyat vazirligi, Sport boʻyicha Turkmaniston davlat qoʻmitasi

Madaniyat va sport ishlari vazirligi

(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2012-y., 3-4-son,)