Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktorining
buyrugʻi
“Noshirlik va matbaa korxonalari tomonidan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi “Ijod” fondiga ajratmalar toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 25-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2139-3]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 10-maydagi 11-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3366, 10.05.2022-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-son “Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 29-son, 327-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktorining 2010-yil 26-avgustdagi 7-yu/b-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2139, 2010-yil 4-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 35-36-son, 309-modda) bilan tasdiqlangan Noshirlik va matbaa korxonalari tomonidan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi “Ijod” fondiga ajratmalar toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Bosh direktor A. YUNUSOV
Toshkent sh.,
2013-yil 14-fevral,
12-m/h-son
Oʻzbekiston Matbuot va axborot Agentligi bosh direktorining 2013-yil 14-fevraldagi 12-m/h-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Noshirlik va matbaa korxonalari tomonidan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi “Ijod” fondiga ajratmalar toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 7-bandidan “soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga va” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. 2-ilovasidan “nusxasi: ____________ viloyat, __________tuman davlat soliq inspeksiyasiga” soʻzlari chiqarib tashlansin.
3. Ushbu oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi va Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi “Ijod” fondi bilan kelishilgan.
Moliya vaziri R. AZIMOV
2013-yil 13-fevral
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
2013-yil 30-yanvar
Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV
2013-yil 25-yanvar
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi “Ijod” fondi ijro etuvchi direktori E. AXMEDOV
2013-yil 21-yanvar
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 9-son, 119-modda)