OʻZBEKISTON MATBUOT VA AXBOROT AGENTLIGI BOSh DIREKTORINING
buyrugʻi
Noshirlik va matbaa korxonalari tomonidan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi “Ijod” fondiga ajratmalar toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 4-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2139]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 10-maydagi 11-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3366, 10.05.2022-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-fevraldagi “Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzurida “Ijod” fondini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-1292-sonli qaroriga asoslanib buyuraman:
1. Noshirlik va matbaa korxonalari tomonidan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi “Ijod” fondiga ajratmalar toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Bosh direktor B.Sh. ALIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 26-avgust,
7-yu/b-son
Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktorining 2010-yil 26-avgustdagi 7-yu/b-sonli buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Noshirlik va matbaa korxonalari tomonidan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi “Ijod” fondiga ajratmalarni toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-fevraldagi “Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzurida “Ijod” fondini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-1292-son qaroriga muvofiq noshirlik va matbaa korxonalari tomonidan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi “Ijod” fondiga bosma mahsulotlarini realizatsiya qilishdan, shuningdek, bosma mahsulotlarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan bogʻliq tahrir, matbaa va noshirlik xizmatlari koʻrsatishdan tushgan tushumlardan 1 foizli ajratmalar (keyingi oʻrinlarda majburiy ajratmalar deb ataladi) toʻlash tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktorining 2012-yil 30-iyundagi 10-m/h-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2139-2, 18.07.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 29-son, 344-modda)
I. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-fevraldagi “Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzurida “Ijod” fondini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-1292-son qaroriga muvofiq noshirlik va matbaa korxonalarining (keyingi oʻrinlarda ajratma toʻlovchilar deb ataladi) bosma mahsulotlarini realizatsiya qilishdan, shuningdek, bosma mahsulotlarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan bogʻliq tahrir, matbaa va noshirlik xizmatlari koʻrsatishdan tushgan tushumning 1 foizi miqdoridagi majburiy ajratmalar Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi “Ijod” fondi (keyingi oʻrinlarda Fond deb ataladi) mablagʻlarini shakllantirish manbalaridan biri etib belgilangan.
(1-band Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktorining 2012-yil 30-iyundagi 10-m/h-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2139-2, 18.07.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 29-son, 344-modda)
2. Noshirlik korxonasi deganda qonunchiilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan va noshirlik faoliyati uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar tushuniladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
3. Matbaa korxonalari deb qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtib, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligidan guvohnoma olgan va Ichki ishlar vazirligining hududiy organlarida hisobga qoʻyilgan yuridik shaxslar tushuniladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
4. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi yangi yoki qayta tashkil etilgan noshirlik va matbaa korxonalariga tegishligicha litsenziya va guvohnoma berilgan (yoki bekor qilingan) vaqtdan boshlab bir hafta muddatda ushbu korxonalar yuzasidan maʼlumotlarni Fondga va tegishli davlat soliq xizmati organlariga taqdim etadi.
(4-band Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktorining 2011-yil 16-martdagi 9-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2139-1, 28.03.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 12-13-son, 127-modda)
II. Majburiy ajratmalarni hisoblab chiqarish, hisob-kitoblarni taqdim etish va toʻlash
5. Majburiy ajratmalar summasi ajratma toʻlovchilar tomonidan mustaqil ravishda, buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq, bosma mahsulotlarini realizatsiya qilishdan, shuningdek, bosma mahsulotlarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan bogʻliq tahrir, matbaa va noshirlik xizmatlari koʻrsatishdan tushgan tushumning 1 foizi miqdorida hisoblab chiqariladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
6. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi, yagona soliq toʻlovi hamda davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalarni hisoblab chiqarishda soliq solinadigan baza Fondga oʻtkaziladigan majburiy ajratmalar summasiga kamaytiriladi (shartli misol 1-ilovada keltirilgan).
(6-band Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktorining 2014-yil 1-apreldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2139-4, 07.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 15-son, 172-modda)
7. Ajratma toʻlovchilar Fondga yilning har choragida, hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda hisoblangan majburiy ajratmalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq oʻsib boruvchi yakun bilan korxona muhri, rahbari va bosh hisobchisi imzolari bilan tasdiqlangan holda, shaxsan yoki pochta (elektron pochta) yoxud faks orqali taqdim etib boradi.
(7-band Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktorining 2013-yil 14-fevraldagi 12-m/h-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2139-3, 25.02.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 9-son, 119-modda)
8. Fondga majburiy ajratmalarni toʻlash har oyda hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
(8-band Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktorining 2011-yil 16-martdagi 9-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2139-1, 28.03.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 12-13-son, 127-modda)
9. Majburiy ajratmalarni toʻlash muddati buzilishi toʻlovning belgilangan muddatidan keyingi kundan eʼtiboran muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun (toʻlov kuni ham shunga kiradi) Fond hisobiga 0,05 foiz miqdorda penya hisoblanishiga sabab boʻladi. Hisoblangan penya miqdori umumiy qarz summasining 10 foizidan oshmasligi lozim.
(9-band Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktorining 2011-yil 16-martdagi 9-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2139-1, 28.03.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 12-13-son, 127-modda)
10. Fondga ortiqcha toʻlangan majburiy ajratmalar summasi mazkur majburiy ajratmalar boʻyicha kelgusi toʻlovlar hisobiga hisobga olinadi yoki Fond mablagʻlaridan ajratma toʻlovchining yozma arizasi asosida, Fond tomonidan ariza berilgan sanadan eʼtiboran 30 ish kuni ichida ajratma toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga pul mablagʻlarini oʻtkazish orqali qaytariladi.
Ortiqcha toʻlangan majburiy ajratmalar summasi boshqa ajratma toʻlovchilarning qarzini uzish hisobiga hisobga olinishi mumkin emas.
III. Yakuniy qoidalar
11. Fond hisob raqamiga mablagʻlarning toʻliq tushishi ustidan nazorat Fondning ijro etuvchi direksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
12. Fondga kelib tushgan majburiy ajratmalarning hisobi va hisoboti yuritilishi hamda maqsadli ishlatilishi uchun Fondning ijro etuvchi direksiyasi amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
121. Majburiy ajratmalarning toʻgʻri hisoblanishi va belgilangan muddatda toʻlanishi uchun ajratma toʻlovchilar rahbarlari va bosh hisobchilari qonunchilikda belgilangan tartibda javobgardir.
(121-band Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktorining 2011-yil 16-martdagi 9-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2139-1, 28.03.2011-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2011-y., 12-13-son, 127-modda)
13. Majburiy ajratmalarning toʻgʻri hisoblanishi va ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari toʻgʻri qoʻllanilishi ustidan nazorat davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
14. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi va Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi “Ijod” fondi ijro etuvchi direksiyasi bilan kelishilgan.
Moliya vaziri R. AZIMOV
2010-yil 23-avgust
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
2010-yil 23-avgust
Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV
2010-yil 23-avgust
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi “Ijod” fondi ijro etuvchi direktori Oʻ. JOʻRAYEV
2010-yil 23-avgust
Noshirlik va matbaa korxonalari tomonidan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi “Ijod” fondiga ajratmalarni toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
Soliq solinadigan bazani Fondga oʻtkaziladigan ajratmalar summasiga kamaytirilishiga doir
ShARTLI MISOL
Yagona soliq toʻlovchi yuridik shaxsning matbaa faoliyatidan tushumi:
yanvar oyida 10 000 ming soʻmni;
fevral oyida 8 000 ming soʻmni;
mart oyida 6 000 ming soʻmni tashkil etgan.
Jami birinchi chorakda ushbu faoliyat turidan tushgan tushum 24 000 ming soʻm hisoblangan.
Yuqoridagi tushumdan Fondga quyidagicha ajratmalar hisoblanadi:
Yanvar oyida — 100 ming soʻmni;
(1-ilovaning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktorining 2012-yil 30-iyundagi 10-m/h-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2139-2, 18.07.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 29-son, 344-modda)
Fevral oyida — 80 ming soʻmni;
(1-ilovaning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktorining 2012-yil 30-iyundagi 10-m/h-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2139-2, 18.07.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 29-son, 344-modda)
Mart oyida — 60 ming soʻmni tashkil etgan.
(1-ilovaning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktorining 2012-yil 30-iyundagi 10-m/h-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2139-2, 18.07.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 29-son, 344-modda)
Jami birinchi chorak uchun Fondga 240 ming soʻm ajratmalar hisoblanadi.
(1-ilovaning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktorining 2012-yil 30-iyundagi 10-m/h-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2139-2, 18.07.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 29-son, 344-modda)
Yagona soliq toʻlovi toʻlovchisi boʻlgan yuridik shaxs davlat soliq xizmati organlariga hisob-kitoblarni taqdim etishda soliq solinadigan baza 240 ming soʻmga kamaytiriladi, yaʼni yagona soliq toʻlovi hisob-kitobining “soliq solinadigan yalpi tushumni kamaytirish” 0502-satrida hisobga olinadi.
(1-ilovaning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktorining 2012-yil 30-iyundagi 10-m/h-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2139-2, 18.07.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 29-son, 344-modda)
Xuddi shunday tartib umumbelgilangan tartibda soliq (foyda soligʻi) toʻlovchi yuridik shaxslarga ham qoʻllaniladi. Ular (yagona soliq toʻlovi toʻlovchilardan farqli ravishda) soliq hisoboti shakllarini toʻldirishda:
davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalarni hisoblab chiqarishda sof tushum summasini kamaytirib hisoblaydi;
(1-ilovaning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktorining 2014-yil 1-apreldagi 16-m/h-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2139-4, 07.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 15-son, 172-modda)
foyda soligʻini hisoblab chiqarishda “Ijod” fondiga oʻtkazilgan ajratmalar summasi chegiriladigan xarajatlarga olib boradi.
Noshirlik va matbaa korxonalari tomonidan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi “Ijod” fondiga ajratmalarni toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
(2-ilova Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktorining 2013-yil 14-fevraldagi 12-m/h-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2139-3, 25.02.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 9-son, 119-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 35-36-son, 309-modda; 2011-y., 12-13-son, 127-modda; 2012-y., 29-son, 344-modda; 2013-y., 9-son, 119-modda; 2014-y., 15-son, 172-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)