XORAZM VILOYaTI Gurlan tumani hokimining
Qarori
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Xorazm viloyati Gurlan tumani hokimining 2013-yil 27-sentabrdagi 711-sonli “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 7, 17-moddasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomiga hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6, 25-moddalariga asoslanib qaror qilaman.
1. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj ish topishda qiynalayotgan shaxslarni 2013-yilda ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlari band qilib qoʻyiladigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar roʻyxati 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1-ilova berilmaydi.
2. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda xodimlarning oʻrtacha sonidan kelib chiqqan holda 220 kishini tashkil qiladigan.
shu jumladan:
yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va 14 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalari bor koʻp bolali ota-onalar uchun 34 foiz (75 kishi);
taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun 44 foiz (96 kishi);
muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun 8 foiz (17 kishi);
nogironlar uchun 8 foiz (18 kishi);
bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun 3 foiz (7 kishi);
jazoni oʻtash muassasalaridan boʻshatilgan jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun 3 foiz (7 kishi) miqdorida ish oʻrinlari zaxirasini belgilaydi.
3. Ushbu toifa shaxslar uchun ish oʻrinlari xodimlar tomonidan oʻzlarining mehnat majburiyatlarini toʻsiqlarsiz bajarishini taʼminlaydigan sanitariya-gigiyena normalari va mehnat sharoitlariga muvofiq boʻlishi taʼminlansin.
shu jumladan:
yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va 14 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalari bor koʻp bolali ota-onalar uchun bolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyatlari boʻyicha vazifalarni uygʻunlashtirish imkonini beradigan oʻzgaruvchan ish jadvaliga ega boʻlgan ish oʻrinlari:
taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari:
muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari:
nogironlar uchun — mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazilgan hamda xodimga ish jarayonlari toʻsqinliksiz bajarish imkonini (sogʻligʻining ahvoli va mehnat faoliyatiga nisbatan belgilangan zid koʻrsatkichlar hisobga olingan xolda) beradigan ish oʻrinlari:
bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun — maxsus malakani talab qilmaydigan ish oʻrinlari:
jazoni oʻtash muassasalaridan boʻshatilgan jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun —ularning kasb boʻyicha tayyorgarligi hisobga olingan xoldagi ish oʻrinlari muayyan kasb-hunarga ega boʻlmagan shaxslar uchun esa — maxsus malakani talab qilmaydigan ish oʻrinlari tashkil qilinsin.
4. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda ijtimoiy muhofazaga muhtoj ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun band qilib qoʻyiladigan kasb va lavozimlar 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 2-ilova berilmaydi.
5. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun koʻrsatilgan ish oʻrinlari tashkil etilishini taʼminlasin.
6. Ushbu qarorni bajarmagan korxona va tashkilotlarning mansabdor shaxslariga “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 15-bandiga muvofiq jarima solinadi.
7. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlarini tashkil etishga sarflangan mablagʻlarning bir qismini Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi bilan tuzilgan shartnoma asosida Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplash huquqiga ega ekanligi koʻrsatib oʻtilsin.
8. Ushbu qaror qabul qilinishi bilan tuman hokimining 2011-yil 28-sentabrdagi 1042-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. “Gurlan hayoti” gazetasi muharriri (R.Gulmanov)ga ushbu qarorni gazetada eʼlon qilish tavsiya qilinsin.
10. Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga (Y.Erimmetov) bir hafta muddatda mazkur qarorni 1-bandda koʻrsatilgan tashkilot rahbarlari eʼtiboriga yetkazsin va ushbu qarorning bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
11. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimi oʻrinbosari S.Yusupov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim Q.E. MADRAHIMOV
Gurlan t.,
2012-yil 5-oktabr,
761-son