14.12.2011 yildagi 316-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan viloyat hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMANGAN VILOYaTI HUDUDIDA VA TRANSPORT VOSITALARIDA TAShQI REKLAMA VA REKLAMA MOSLAMALARINI JOYLAShTIRISh TARTIBI VA “TASVIRIY OYINA” IJODIY UYuShMASINING NAMANGAN VILOYaT BOʻLIMI FAOLIYATINI KOʻLLAB-QUVVATLASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 26-iyundagi “Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga asosan, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasining Namangan viloyat boʻlimi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, tashqi reklamani viloyat hududida va transport vositalarida joylashtirish va nazorat tizimini kuchaytirish maqsadida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan viloyati hokimligining reklama-axborot faoliyati boʻyicha komissiyasi tarkibi 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan viloyat hududida va transport vositalarida tashqi reklama va reklamani joylashtirish tartibi 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan viloyati va transport vositalarida reklama va reklamani oʻrnatish uchun tavsiyaviy yigʻimlar tarifi 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan viloyati hokimligining Reklama-axborot faoliyati boʻyicha komissiyasi huzurida ijtimoiy reklamani muvofiqlashtirish va takomillashtirish boʻyicha ekspert guruhi tarkibi 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 4-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, Namangan viloyati barcha reklamalarni tashkillash va nazorat qilish, reklama-axborot sohasini rivojlantirish Namangan viloyati hokimligining reklama-axborot faoliyati boʻyicha komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan viloyati hokimligining reklama-axborot faoliyati boʻyicha komissiyasining ijrochi organi “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasining Namangan viloyat boʻlimi hisoblanib, unga komissiya nomidan reklama beruvchi (reklama tarqatuvchi) bilan aloqa oʻrnatish, reklama beruvchilarning buyurtmalarini komissiyaga taqdim etish, tashqi reklama vositalarini hisobga olish, pasportlash, ruxsatnomalarni rasmiylashtirish, reklamalarni joylashtirish tartiblariga rioya etilishini monitoring qilib borish vazifalari yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat ramzlaridan oʻrinli foydalanish, maʼnaviyat va maʼrifatʼ aholini ijtimoiy himoya qilish, yoshlar hayoti va taʼlim-tarbiya, vatanparvarlik, huquqbuzarliklarni oldini olish. odam immunitet tanqisligi sindromi va narkomaniyaga qarshi kurash, xavfsizlikni taʼminlash, energiya resurslarini tejash, atrof-muhitni muhofaza qilish, sogʻliqni saqlash, sportni targʻib etish masalalariga oid reklama mahsulotlari (panno, plakat, postyerlar va h.k) faqat Namangan viloyati Reklama-axborot faoliyati boʻyicha komissiyasi huzuridagi ijtimoiy reklamani muvofiqlashtirish va takomillashtirish boʻyicha ekspert guruhi xulosasidan soʻng tayyorlanadi va joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Namangan viloyati hokimligining reklama-axborot faoliyati boʻyicha komissiyasining ijrochi organi “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasining Namangan viloyat boʻlimi faoliyatini koʻllab-quvvatlash va viloyatda ijtimoiy mazmundagi reklamalarni oʻrnatilishini taʼminlash maqsadida reklamalardan tushgan mablagʻlar “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasining Namangan viloyat boʻlimi tasarrufida qoldirilsin va ushbu mablagʻlar viloyat hududida ijtimoiy mazmundagi reklama infratuzilmasini va uyushmaning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga yoʻnaltirilsin. Ushbu mablagʻlarni toʻgʻri sarflanishiga “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasining Namangan viloyat boʻlimi raisi shaxsan javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi Namangan viloyat boʻlimi (D.Mamadjanov) shahar va tumanlar koʻchalarini umumxalq bayramlari respublika va xalqaro miqyosdagi tadbirlar hamda musobaqalar oldidan bezash ishlarini amalga oshirish uchun buyurtmachi sifatida viloyat hududida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarni tender asosida jalb etishni yoʻlga qoʻysin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Namangan shahrini markaziy koʻchalarini bezash va ijtimoiy reklama bilan boyitish maqsadida Namangan shahar hokimligi (T.Dadaboyev), “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi Namangan viloyat boʻlimi (D.Mamadjanov) shaharni markaziy koʻchalarida joylashgan tashkilotlar bilan birgalikda shartnoma va tasdiqlangan loyihalar asosida koʻchalarni bezash ishlarini amalga oshirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Namangan shahar va barcha tumanlar hokimlari mazkur qaror ijrosini taʼminlash maqsadida shahar va tuman hokimliklarining reklama-axborot faoliyati boʻyicha komissiyalarini va uning komissiyalar huzurida ijtimoiy reklamani muvofiqlashtirish va takomillashtirish ekspert guruhlari tarkiblarini tasdiqlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Viloyat monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish boshqarmasi (A.Bobamirzayev), “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasining Namangan viloyat boʻlimi (D.Mamadjanov) bilan birgalikda reklama faoliyatidagi qonunbuzilishlarni oldini olish chora-tadbirlarini koʻrib borsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qaror “Namangan haqiqati” va “Namanganskaya pravda” gazetalarida rasman eʼlon qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qaror qonuniy kuchga kirgan paytdan eʼtiboran viloyat hokimining 2002-yil 12-noyabrdagi 170-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari Sh.Shukurov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim B.T YUSUPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 14-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
316-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat hokimining 2011-yil 14-dekabrdagi 316-sonli qaroriga 2-ilova
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan viloyatida tashqi reklamani joylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur tartib Oʻzbekiston Respublikasining “Reklama toʻgʻrisida”gi va “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 26-iyundagi 243-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining “Reklama toʻgʻrisida”gi qonunining bajarilishini taʼminlashning chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori xamda Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qoʻmitasining 2001-yil 6-apreldagi 1024-sonli “Reklamani joylashtirish toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining boshqa amaldagi normativ hujjatlariga koʻra ishlab chiqilgan va Namangan viloyati hududida tashqi reklamani joylashtirish jarayonida yuzaga keladigan huquqiy munosabatlarni tartibga soladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.1. Namangan viloyatida tashqi reklama vositalarining joylashtirilishi ustidan rahbarlik va nazorat Namangan viloyat hokimligining reklama-axborot faoliyati boʻyicha Komissiyasi (keyingi matnda “Komissiya”) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.2. Reklama beruvchilar (reklama tarqatuvchilar) bilan Komissiya orasidagi aloqani amalga oshirish, reklama vositalarini hisobga olish, pasportlashtirish, reklama beruvchilarning arizalarini Komissiya muhokamasiga kiritish, tashqi reklama vositalarini va reklamani joylashtirish tartibiga rioya etilishi ustidan monitoringni tashkil etish Namangan viloyat hokimiyatining reklama-axborot faoliyati boʻyicha Komissiyasining ishchi organi — “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasining Namangan viloyat boʻlimi (keyingi matnda “Komissiyaning ishchi organi”) tomonidan uning vakolati doirasida va mazkur Tartib asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reklama beruvchilar (reklama tarqatuvchilar) mustaqil ravishda Komissiya nomiga xatlar bilan murojaat etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.3. Mazkur Tartib asosida Namangan viloyat hokimligining reklama- axborot faoliyati boʻyicha Komissiyasidan reklama joyining pasportini va reklamani joylashtirish huquqi berilganligi toʻgʻrisidagi Tasdiqnoma (keyingi matnda “Guvohnoma”) olgan har qanday yuridik va jismoniy shaxs (keyingi matnda “Tarqatuvchi”) Namangan viloyatida tashqi reklama vositalarini joylashtirishi va ulardan foydalanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.4. Tarqatuvchi imzolangan shartnoma asosida Namangan viloyatida oʻz reklamasini joylashtirishni istovchi har qanday, jumladan mahalliy va xorijiy korxonalar, kompaniyalarning hamda xususiy shaxslarning manfaatlarini ifodalashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.5. Tashqi reklamani joylashtirish “Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari talablariga qatʼiy rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.6. Yangi reklama joylariga tendyerlar oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar Komissiyaning maxsus qarorlariga muvofiq alohida Namangan viloyatidagi yangi reklama joylariga tendyerlarni tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida Nizom bilan tartibga solinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. ASOSIY TUShUNChALAR, ATAMALAR VA TAʼRIFLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1. Ushbu Tartibda “Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida koʻrsatilgan, shuningdek quyidagi tushunchalar va atamalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1.1. Tashki reklamani joylashtirish joyi — Namangan viloyati hududiga qaratilgan maxsus belgilangan joy, ajratilgan maydon (tuproq, yer, asfalt, koʻkalamzorlashtirilgan maydon va h.k), shuningdek Namangan viloyati hududida joylashgan bino, inshoot yoki ular majmuasining ustki va yon qismlarida joylashgan ayrim maydon;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1.2. Tashqi reklamani joylashtirish huquqi berilganligi toʻgʻrisidagi Tasdiqnoma — Komissiyaning reklama beruvchi yoki tarqatuvchiga maʼlum muddatga, maʼlum joyda tashqi reklamani joylashtirishi mumkinligi haqidagi qarori. Tasdiqnoma Komissiya raisi tomonidan reklama joyining tayyor texnik pasporti asosida tasdiqlanib, tarqatuvchiga Komissiyaning ishchi organi orqali beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1.3. Tashqi reklama joyining pasporti (keyingi matnlarda — “pasport”) — belgilangan shakldagi hujjat boʻlib, u tashqi reklama vositasi oʻrnatiladigan joyning texnik hujjati hisoblanadi. Reklama joyining pasporti reklama konstruksiyasini oʻrnatish uchun asos boʻlmaydi va tashqi reklamani joylashtirish huquqi berilganligi toʻgʻrisidagi Tasdiqnomasiz haqiqiy emas;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1.4. Montaj ishlarini bajarishga guvohnoma — Komissiya tomonidan bir marta beriladigan belgilangan muddatda tashki reklamaning texnik vositalarini oʻrnatish huquqini beruvchi belgilangan shakldagi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1.5. Tashqi reklama obyekti — Namangan viloyatida qoʻllash tavsiya etilgan tashqi reklamaning texnikaviy vositalari (reklama konstruksiyalari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi reklamaning texnikaviy vositalari bitta tomoni axborot yuzasining maydoni boʻyicha quyidagi formatlarga boʻlinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik format (5 kv. metrgacha);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta format (5 dan 10 kv. metrgacha);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
katta format (10 dan 18 kv. metrgacha);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻta katta format (18 kv. metrdan katta).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1.6. Tashqi reklama vositasini joylashtirish huquqini berish shartlari boʻyicha kontrakt (keyinchalik matnda “Kontrakt”) — Komissiya nomidan uning ishchi organi va reklama beruvchi yoki uning tarqatuvchisi oʻrtasida tuziladigan, reklama beruvchi yoki uning tarqatuvchisining muayyan muddat davomida maʼlum joyda tavsiya etilgan taʼriflarga muvofiq tashqi reklamani joylashtirish huquqini tasdiqlovchi kelishuv;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1.7. Shartnoma — Tashqi reklamaning texnikaviy vositalarini oʻrnatish uchun reklama joyining pasportini va boshqa hujjatlarni tayyorlab berish boʻyicha pullik xizmatlarga ishchi organi va reklama beruvchi yoki uning tarqatuvchisi oʻrtasida tuziladigan kelishuv:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1.8. Bosh kelishuv — mazkur Tartib shartlariga rioya etish toʻgʻrisida reklama tarqatuvchi va Komissiya nomidan uning ishchi organi oʻrtasida tuziladigan kelishuv.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. NAMANGAN VILOYaTI HUDUDIDA TAShQI REKLAMANI JOYLAShTIRIShGA OID TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1. Namangan viloyati hududida reklama va ijara axborotlarini tarqatish uchun oʻrnatilgan yerda, binolar, qurilmalar inshootlarning tashqi devorlari, tomlari va oʻzga konstruktiv elementlarida, shuningdek jamoat transportining harakatdan toʻxtash joylarida, taksofonlarning kabinalarida, yoʻlovchi ajratmalarida va shahar infratuzilmasining boshqa obyektlarida joylashtirilgan reklama lavhalari, stendlar, osma transparantlar xamda turgʻun hududiy joylashtirishning oʻzga vositalari (keyinchalik matnda “reklama konstruksiyalari”) tashqi reklama vositalarining obyektlari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1.1. Reklama joyini olish va reklama konstruksiyasini joylashtirish istagini bildirgan arizachi Komissiyasining ishchi organiga ariza bilan murojaat qilishi lozim. Arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizadan maqsad;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konstruksiya turi va uning oʻlchamlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizadagi reklama joyining mavjud obyektlarga bogʻlik holda aniq manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizachining imzosi va muhri.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizaga majburiy tartibda quyidagi hujjatlar majmuasi ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reklama joyining chizmasi ;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrnatilishi moʻljallanayotgan konstruksiyaning izometriyada old tomondan, yon tomondan, tepadan koʻrinishlari aks etgan hamda konstruksiya barcha elementlarining oʻlchamlari, turi, konstruksiyaning umumiy ogʻirligi koʻrsatilgan texnikaviy chizmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shamol bosimi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida masʼul shaxslar tomonidan bajarilib, imzolangan xamda tashkilotning muhri bilan tasdiqlangan kafolat majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur boʻlsa, reklama konstruksiyasining oʻrnatilishi moʻljallangan mulk egalari, shuningdek reklama konstruksiyasini oʻrnatish moʻljallanayotgan hudud egalari bilan kelishuv.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul qilingan ariza roʻyxatga olinadi: unda kirish raqami, qabul qilingan sanasi va vaqti koʻrsatiladi. Toʻliq boʻlmagan arizalar qabul qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1.2. Axborot koʻrsatkichini oʻrnatish istagini bildirgan arizachi Komissiyasining ishchi organiga ariza bilan murojaat qilishi lozim. Arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizadan maqsad;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot koʻrsatkichining oʻlchamlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot koʻrsatkichi oʻrnatiladigan manzili va moʻljali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatkichdagi matn va joylashtirish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizachining imzosi va muhri.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizaga majburiy tartibda quyidagi hujjatlar majmuasi ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot koʻrsatkichi oʻrnatiladigan joyining chizmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rahbar tomonidan tasdiqlangan va muhri bilan shaxodatlangan, konstruksiyaning aniq oʻlchamlari va rangli tasviri koʻrsatilgan axborot koʻrsatkichi konstruksiyasining eskizi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul qilingan ariza roʻyxatga olinadi: unda kirish raqami, qabul qilingan sanasi va vaqti koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻliq boʻlmagan arizalar qabul qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1.3. Komissiyasining ishchi organi 5 ish kuni ichida soʻralayotgan joyga boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning buyurtmasi bor yoki yoʻqligini oʻrganib chiqadi, shuningdek soʻralayotgan joy boʻyicha aniq axborot toʻplash uchun arizada koʻrsatilgan joyga chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar soʻralgan joy boʻsh boʻlib, reklama konstruksiyasini oʻrnatish uchun texnikaviy imkoniyatlar mavjud boʻlsa, reklama tarqatuvchiga reklama joyining texnik hujjati — pasportini tayyorlash va masʼul organlar bilan kelishish xizmati uchun toʻlov shartnomasi yozib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarqatuvchi 5 bank kuni davomida berilgan shartnoma boʻyicha toʻlovni amalga oshirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma boʻyicha belgilangan muddat ichida toʻlov amalga oshirilmasa ariza bekor qilinadi va reklama joyi yana boʻsh hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya ishchi organining hisob raqamiga toʻlov kelib tushgandan soʻng 30 kun ichida ishchi organi reklama joyining pasportini tayyorlaydi va uni kelishish jarayonini amalda kelishish jarayonini oshiradi, ushbu jarayondan soʻng navbatdagi Komissiya majlisi muhokamasiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1.4. Reklama joyining pasporti Namangan viloyatining tegishli idoralari (Meʼmorchilik bosh boshqarmasi tuman arxitektori, Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi, obodonlashtirish bosh boshqarmasi (shaharning bosh rassomi) va baʼzi sharoitlarda texnikaviy zarurat tugʻilganda boshqa xizmatlar (Namangan viloyat NUR, Namangan viloyat suvoqova, Maxsus aloqa va sh.k.)) bilan kelishilgan boʻlishi kerak. Bu xizmatlar reklama-axborot vositasini oʻrnatish uchun ruxsatnoma berishni rad etsa, ular majburiy tarzda asoslangan eʼtirozlarini reklama joyining texnik pasportida yoki alohida xat bilan koʻrsatishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer osti kommunikatsiyalarini oʻrganish har bir soʻralayotgan joy boʻyicha alohida, joyga chiqib hamda mutaxassislar, maxsus texnikani jalb etib amalga oshiriladi. Muhandislik tarmoqlari va boshqa kommunikatsiyalarga ulanish bilan bogʻliq tashqi reklama vositalarini oʻrnatish zarur boʻlsa, barcha zarur hujjatlar ilova qilingan holda pasportda tegishli belgi qayd qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr taʼminoti tarmoqlariga ulanish uchun keyinchalik elektr taʼminoti tarmoqlariga ulanishga shartnoma tuzish uchun yozma kelishuv mavjud boʻlishi hamda reklama qurilmasining boʻlajak egasida unga xizmat koʻrsatish uchun elektrotexnika va yorugʻlik texnikasi boʻyicha xodimlari mavjud boʻlishi shart. Bunday xodimlar mavjud boʻlmagan taqdirda elektrotexnika va yorugʻlik texnikasi uskunalariga xizmat koʻrsatish uchun reklama qurilmasining egasi va ixtisoslashgan tashkilot oʻrtasida keyinchalik shartnoma tuzish uchun yozma kelishuv ilova qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1.5. Reklama joyini pasportlashtirish jarayoni tugallanib, tashki reklamaning texnikaviy vositalarini oʻrnatishda barcha manfaatdor tashkilotlarning roziligi olinganidan soʻng Komissiyaning ishchi organi pasportga roʻyxat raqami beradi hamda oʻrnatish ishlarini bajarish uchun Guvohnoma berish xususida qaror qabul qilish uchun hujjatlarni Komissiyaning navbatdagi majlisiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1.6. Komissiyaning rad qarori olingan taqdirda ishchi organi besh kun muddatda arizachiga rad etishning konkret sabablarini koʻrsatgan holda rad etish toʻgʻrisida yozma bildirishnoma yuborishi shart. Rad etish sababi vaqtinchalik sabablarga bogʻliq boʻlgan taqdirda ushbu joy boʻyicha bir yil oʻtgandan soʻng takroriy ariza berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizachi ijobiy javob olgan taqdirda unga reklama joyining pasporti bilan birga oʻrnatish ishlarini bajarish huquqini beruvchi Guvohnoma berilib, unda tashqi reklama texnikaviy vositasini oʻrnatish muddatining boshlangʻich va oxirgi sanalari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1.7. Agar arizachi tashqi reklama texnikaviy vositalarini oʻrnatishga ulgurmasa, u Komissiyaning ishchi organi bilan reklama joylarini 1 oydan koʻp boʻlmagan muddatga band (bron) qilish boʻyicha Shartnoma tuzishga haqli. Tashqi reklama vositalari texnikaviy jihatdan murakkab tuzilishga ega boʻlsa, joyni band qilish muddati 2 oyga uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Berilgan guvohnomaning amal qilish muddati tugagan kundan boshlab, u oʻz kuchini yoʻqotgan hisoblanadi va mazkur reklama joyi umumiy asoslarda boʻsh reklama joylari pasportlari katalogiga berilishi va boshqa har qanday reklama beruvchi tomonidan olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1.8. Bitga reklama joyiga bir nechta ariza kelib tushsa, Komissiyaning ishchi organi ular kelib tushgan aniq sana va vaqtni koʻrsatgan holda arizalarni roʻyxatga oladi. Bunda Komissiyaning ishchi organi ikkinchi va keyingi arizachilarga birinchi arizachining kimligini koʻrsatgan holda birinchi ariza boʻyicha pasportlashtirish ishlari boshlangani toʻgʻrisida yozma javob yoʻllaydi. Pasportlashtirish boʻyicha ishlar birinchi arizadan boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ish jarayonida birinchi arizachi amaldagi meʼyoriy hujjatlarning biron-bir shartini yoki Komissiyaning ishchi organi bilan shartnomaviy munosabatlarni buzsa, ishchi organi sabablarini koʻrsatgan holda reklama joyini pasportlash ishlari toʻxtatilgani toʻgʻrisida birinchi arizachini yozma xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1.9. Agar kelishilayotgan reklama joylarida biron-bir qurilish yoki qayta qurish ishlari rejalashtirilayotgan yoki bajarilayotgan boʻlsa, shuningdek reklama joyining pasporti kelishilayotgan tegishli xizmatlar tomonidan texnikaviy vositalarni oʻrnatish imkoniyati boshqa sabab va holatlarga koʻra cheklansa, ular vaqtinchalik rad etishning muddatini yozma koʻrsatishlari lozim, reklama joyiga vaqtinchalik rad etish kuchga kiradi. Bu holda vaqtinchalik rad javobini olgan arizachining ushbu joyga huquqi vaqtinchalik rad javobi yoki cheklovning muddati tugagunga qadar saqlab qolinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1.10. Arizachi ushbu reklama joyini olishni rad etsa yoki texnikaviy vositalar oʻrnatish ishlari Guvohnomasida koʻrsatilgan muddatlarda oʻrnatilmasa, reklama joyi boʻsh hisoblanadi va umumiy asoslarda boʻsh reklama joylari pasportlari katalogiga berilishi boshqa reklama tarqatuvchilar tomonidan soʻralishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reklama joylarining pasportlari kelishiladigan tegishli xizmatlar yoki Komissiyaning asoslangan rad javobi berilgan soʻralgan reklama joylari rad etilgan joy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya ishchi organi roʻyxatga olish sanasi va bir yil muddatga rad etish toʻgʻrisida yozma xabarnoma sanasidan boshlab rad javobi olingan sanani roʻyxatga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1.11. Davlat hokimiyati organlari tomonidan biron-bir hudud, maydon, koʻchalar tashqi reklama joylashtirilishidan xolis zona deb belgilansa, shuningdek qurilmalarni balansida ushlovchi tomonidan oʻz hududi va binolarining tashqi tomonlarida reklama vositalarini joylashtirish cheklansa, mazkur joylarga tashqi reklama vositalarini joylashtirishga arizalar qabul qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tashqi reklama vositalarini joylashtirishdan xolis zonalarning chegaralari va cheklov shartlari yozma shaklda aniq-ravshan belgilanishi kerak. Taqiq va cheklovlar yozma tartibda bekor qilingunga qadar arizalar qabul qilinmaydi. Taqiq va cheklovlar bekor qilinishdan soʻng ushbu joylar boʻsh hisoblanadi va umumiy asosda barcha reklama beruvchilar tomonidan soʻralishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2. Tashqi reklama vositalarini joylashtirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2.1. Reklama konstruksiyasi kuyidagilar mavjud boʻlganda joylashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reklama joyining pasporti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan viloyat hokimiyatining reklama-axborot faoliyati boʻyicha Komissiyasi raisi tomonidan imzolangan oʻrnatish ishlariga Guvohnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reklama konstruksiyasining texnikaviy chizmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya ishchi organi vakilining majburiy ishtiroki;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlar transport vositalari harakati zonasida olib borilgan taqdirda Namangan viloyat IIBB IHXB bilan kelishilgan, yoʻl texnikasi va yoʻl belgilari va joylashtirilishi koʻrsatilgan ishlab chiqarish ishlarining sxemasi va ish olib borish vaqti muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlar Shahar obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan obodonlashtirilgan hududlarida oʻtkazilsa, yer ishlarini bajarish uchun ordyerlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reklamaning texnikaviy vositasi Komissiya ishchi organi vakilining ishtirokisiz oʻrnatilsa, Oʻzbekiston Respublikasining “Reklama toʻgʻrisida”gi qonuniga muvofiq choralar koʻrish uchun noqonuniy oʻrnatish ishlari bajarilgani toʻgʻrisida dalolatnoma tuziladi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reklama konstruksiyasining zonasi bevosita reklama maydoni boʻyicha aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2.2. Tashqi reklama vositalarini avtomobil yoʻllari va koʻchalarga ajratilgan hududlar chegarasida oʻrnatishga ruxsat beriladi, bunda yoʻl yoqasidan 1 m. masofada va ajratish zonalarida joylashgan reklama vositalari yoʻlovchilar va haydovchilar uchun koʻrinishni toʻsib qoʻymaydigan tayanchlarga ega boʻlishi kerak. Tashqi reklama va axborotlar yoʻl harakati belgilari bilan oʻxshash boʻlmasliklari. ularning koʻrinishiga xalaqit bermasligi, shuningdek yoʻlda transport vositasi. yoʻlovchi yoki biron-bir obyekt turganidek tasavvur tugʻdirmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi reklama tasviri elementlarining yorugʻligi ichki va tashqi yoritishda belgilangan DSTlar boʻyicha yoʻl belgilarining (fotomorik xarakteristikalaridan ortib ketmasligi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
katta va oʻta katta formatdagi reklama peshlavhalari koʻchalar va yoʻllarning ajratish qismida oʻrnatilib, ularning kengligi konstruksiya kengligidan kichik boʻlsa, yoʻlning qatnov qismidan reklama pannosining quyi qismigacha boʻlgan masofa 5 (besh) metrdan kam boʻlmasligi, shu bilan birga reklama qurilmasining konstruksiyasi transport vositalari haydovchilariga zarur koʻrinishni taʼminlashi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reklama konstruksiyalarini yoʻllarning ajratish qismida va koʻchalar boʻylab oʻrnatishga faqat oʻrnatilayotgan konstruksiyaning reklama pannosi yoʻlning harakat qismi ustidan ikki metrdan ortiq masofaga chiqmasagina ruxsat beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
trolleybuslarning kontakt tarmogʻi mavjud boʻlganda yoʻlning harakat qismida konstruksiyalarni yoʻl ustiga chiqib ketadigan tarzda oʻrnatish taqiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻlovchilarning oʻtishiga xalaqit bermagan taqdirda kichik va oʻrta formatdagi reklama konstruksiyalaridan tashqari yoʻlovchilar yoʻlagida reklama konstruksiyalarini oʻrnatish taqiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻlovchilar yoʻlagining oʻrtasida, jamoat transporti toʻxtash joyining oʻtirish maydonchalari ichida alohida reklama konstruksiyalarini oʻrnatish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2.3. Bir qatorda va bir yoʻnalishda ketma-ket joylashtirilayotgan bir xil turdagi katta va oʻta katta reklama konstruksiyalari oraligʻidagi masofa 150 metrdan kam boʻlmasligi kerak. Yoʻlning transport harakati yoʻnalishi qismidan koʻrinishni toʻsib qoʻymaydigan (shuningdek kichik va oʻr 1 a formatdagi) reklama konstruksiyalari bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar bir yoʻnalishda oʻrnatilayotgan (katta va oʻta katta formatdagi) konstruksiyalar orasini nomlangan koʻchalar yoki maydonlar ajratsa, konstruksiyalar oʻrtasidagi masofa 150 m. dan kam boʻlishi mumkin, lekin ikkinchi navbatda oʻrnatilayotgan konstruksiya yoʻlning transport harakati yoʻnalishi qismidan birinchi navbatda oʻrnatilgan konstruksiya koʻrinishini toʻsib qoʻymasligi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar reklama konstruksiyalari bir-biriga nisbatan parallel yoki perpendikulyar ravishda oʻrnatilgan, yaʼni, yoʻlning turli oʻqlari boʻylab joylashgan boʻlsa, oʻrnatilayotgan konstruksiyalar oʻrtasidagi masofa 150 m. dan kam boʻlishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchalar kesishmasida oʻrnatiladigan hamda yoʻl belgilari va svetoforlar bilan bir sathda joylashgan reklama vositalari chorrahalardan 25 m. dan kam boʻlmagan masofada oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar reklama vositalari yoʻl belgilari va svetoforlarni toʻsib qoʻymasa, ushbu qoida ularga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilar, svetoforlar va ular joylashgan tayanchlarda reklama, plakat, transparant va yoʻl harakatini tashkil etishga aloqador boʻlmagan boshqa qurilmalarni joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻlning yon tomonida 2 m. x 3 m. oʻlchamli reklama konstruksiyalarini reklama maydonidan yoʻlning harakat qismigacha kamida 1 m. masofada oʻrnatish lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2.4. Kichik formatdagi konstruksiyalarni bir qatorda va bir yoʻnalishda bir-biridan kamida 25 m., oʻrta formatdagi konstruksiyalarni esa kamida 50 m. masofada oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi. Agar bir yoʻnalishda oʻrnatilayotgan (kichik va oʻrta formatdagi) konstruksiyalar orasini nomlangan koʻchalar yoki maydonlar ajratsa, konstruksiyalar oʻrtasidagi masofa koʻrsatilganidan kam boʻlishi mumkin, lekin ikkinchi navbatda oʻrnatilayotgan konstruksiya yoʻlning transport harakati yoʻnalishi qismidan birinchi navbatda oʻrnatilgan konstruksiya koʻrinishini toʻsib qoʻymasligi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2.5. Tashqi reklama va axborot texnikaviy vositalari binolar, qurilmalar yoki ularning majmualari (tomlari, old tomoni, devorlari) yuzasida meʼmorchilik elementlariga shikast yetkazmasdan oʻrnatilishi, shuningdek aholining toʻlaqonli istiqomat hududi, tarixiy-madaniy meros va meʼmorchilik landshaftining saqlanishi va shakllanishiga, shuningdek meʼmorchilik va shahar qurilishi barcha subyektlarining, mazkur qurilmalar egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini muhofaza qilishga koʻmaklashishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi reklama va axborotning texnikaviy vositalarini binolar, qurilmalar yoki ularning majmualari (tomlari, old tomoni, devorlari) yuzasida joylashtirish uchun tarqatuvchi tomonidan mazkur obyektlarni balansida ushlovchi bilan kelishuvi boʻlishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozor va savdo maydonlarining ochiq hududida, shuningdek boshqa idoralarning ochiq hududida texnikaviy vositalarni oʻrnatish va tashqi reklamani joylashtirish uchun tarqatuvchi tomonidan mazkur obyektlarni balansida ushlovchi bilan mazkur Tartibda belgilangan tartibda kelishuvi boʻlishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2.6. Reklama konstruksiyasini oʻrnatish (montaj qilish), undan foydalanish va olib tashlash boʻyicha ishlar konstruksiya egasi tomonidan yer uchastkasi, bino va boshqa mulkning mulkdori (balansda ushlovchisi) yoxud ushbu mulk egasi tomonidan vakolatlangan shaxs bilan, elektr taʼminoti tarmoqlariga ulanganda esa qoʻriqlanadigan zona hududida elektr taʼminoti liniyalari va tashqi yoritish tarmoqlari uskunalaridan foydalanuvchi tashkilot bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar tashqi reklama va axborotning texnikaviy vositasini oʻrnatish uchun yerni kavlash yoki yer ishlariga bogʻliq boshqa ishlarni bajarish talab etilsa, tarqatuvchi ushbu harakatlarini hududning tegishli xizmatlari (meʼmorchilik bosh boshqarmasi, shahar obodonlashtirish bosh boshqarmasi) bilan kelishadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqorida sanab oʻtilgan kelishuvlar reklama joyining pasportiga kiritilishi yoki yozma shaklda kelishilayotgan tashkilotlarning blankalarida mavjud boʻlishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharning markaziy koʻchalarida oʻrnatilgan reklama qurilmalari yoritishga ulanganda reklama qurilmasining ishga tushish “Signali” (tashqi yoritish tarmoqlari) avtomatik tarzda ishga tushishi koʻrsatilishi shart, Ushbu talabning bajarilishi tashqi yoritish va reklama vositalarining yorituvchi qurilmalari bir paytda ishga tushishini taʼminlaydi, bu esa shahar koʻchalarining yagona meʼmoriy bezalishiga rioya etilishini ham taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2.7. Tashqi reklama vositalarini joylashtirish huquqi ruxsatnomalarini berish yoki kelishuvlarni amalga oshirish masalalarida nizo chiqqanda ular Komissiya majlislarida koʻrib chiqiladi yoki harakatdagi qonun doirasida sud organlari orqali hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy reklama, axborotlar va axborot koʻrsatkichlarini joylashtirish ham kelishiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan viloyat hokimligining maxsus qarorisiz tashqi reklamani joylashtirish bilan bogʻliq mazkur Tartibda nazarda tutilmagan kelishuvlarni amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2.8. Tashqi reklamani madaniy yodgorlik obyektlarida, yoʻl belgilari, svetoforlar va transport harakatini tartibga soluvchi konstruksiyalarda, shuningdek daraxtlar va yondosh hududga hamda shahar xizmatlarining kommunikatsiya tarmoqlariga zarar yetkazib joylashtirish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2.9. Firmalarning faoliyatiga aloqador boʻlmagan, bozorlar, yonilgʻi quyish shoxobchalari, savdo joylari va boshqa obyektlarda oʻrnatilgan va shahar muhitiga qaratilgan reklama bezaklari tashqi reklama hisoblanadi va mazkur Tartibga muvofiq rasmiylashtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2.10. Oʻlchami 500 kv. sm. dan kam boʻlgan tashqi reklama uchun haq undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.3. Koʻpriklar va yoʻl oʻtkazmalari panjaralarida reklamani joylashtirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.3.1. Koʻpriklar va yoʻl oʻtkazmalari panjaralarida reklama egasi bilan kelishuvga muvofiq amalga oshiriladi va quyidagi tarzda joylashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir necha qismga (ustun oraligʻi) ega koʻpriklarda qismlarning uzunligi 15 metrdan oshmasa, reklama bitta qism (ustun oraligʻi) — bitta reklama qoidasi boʻyicha joylashtiriladi, bunda reklama konstruksiyasining uzunligi koʻprik qismi uzunligining 2/3 boʻlimini tashkil qilishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustun oraligʻining uzunligi 15 metrdan ortiq boʻlgan koʻpriklarda ikkita reklama konstruksiyasi joylashtirilishi mumkin. bunda koʻprikning uzunligi 7 qismga boʻlinadi, koʻprik chetidan reklama konstruksiyasigacha boʻlgan va reklama konstruksiyalari oʻrtasidagi oraliq ustun oraligʻi uzunligining 1/7 qismiga teng boʻlishi, ikkita reklama qoplamasining uzunligi koʻprik uzunligidan 2/7 qismicha boʻlishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harakatning har ikki yoʻnalishida bitta ustun oraligʻi boʻlgan koʻpriklarda reklama konstruksiyasining uzunligi, har ikki harakat; yoʻnalishlari ustidagi masofadan foydalanishga ruxsat etilgan boʻlsa, koʻprik uzunligining yarmiga teng boʻlishi kerak, bunda reklama konstruksiyasining eni konstruksiyaning yuqori qismi koʻprik panjaralaridan baland boʻlmasligi va quyi qismi koʻprik konstruksiyasidan past boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.3.2. Agar transport harakati yoʻnalishi boʻyicha koʻprik panjarasida yoʻl koʻrsatkichlari oʻrnatilgan boʻlsa, reklama faqat qarama-qarshi harakat yoʻnalishi ustida joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar transport harakati yoʻnalishi boʻyicha koʻprik panjarasida yoʻl koʻrsatkichlari oʻrnatilmasa, unda reklama konstruksiyasi joylashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.3.3. Agar YHXB tomonidan reklama konstruksiyalari joylashtirilgan koʻpriklar va yoʻl oʻtkazmalari panjaralarida yoʻl koʻrsatkichlarini oʻrnatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinsa, mazkur joyda ilgari oʻrnatilgan reklama qurilmalari olib tashlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.3.4. Koʻpriklar va yoʻl oʻtkazmalari panjaralarida oʻrnatilgan reklama konstruksiyalarining metall qismi teskari tomonidan muhofazalangan va koʻprik konstruksiyasi rangiga mos boʻyalgan, shuningdek reklama qoplamasi birikkan joyni yopib turuvchi hoshiyaga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.4. Osma axborot va reklama vositalarini joylashtirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.4.1. Osma reklama vositalariga yoʻl, koʻcha va boshqa joylarning ustiga yoki ular yoqalab oʻrnatilgan, tijorat yoʻnalishidagi axborot tarqatuvchi barcha turdagi texnikaviy vositalar — osma transparantlar kiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.4.2. Osma axborot vositalariga yoʻl, koʻcha va boshqa joylarning ustiga yoki ular yoqalab oʻrnatilgan, davlat tadbirlari hamda, shuningdek ushbu tadbirning oʻtkazilish joyi va vaqti toʻgʻrisida axborotga ega barcha turdagi texnikaviy vositalar — osma transparantlar kiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.4.3. Osma vosita sim arqonli moslama va bevosita reklama maydonidan iborat. Sim arqonlar ustunlarga yoki osma vosita uchun maxsus oʻrnatilgan mahkamlashning texnikaviy imkoniyatiga ega bino va inshootlarga mahkamlanadi. Osma vositalar shahar yoritish tarmogʻi ustunlariga ulanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
osma vositalar yoritiladigan hamda yumshoq asosli materialdan tayyorlangan yoritilmaydigan turlarga boʻlinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoritiladigan osma vositalar konstruksiyasi elektr tarmoqlarida avariyaviy uzilish qurilmasiga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.4.4. Osma axborot va reklama vositalarini joylashtirish faqatgina Komissiyaning ruxsati olingandan soʻng amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat, ijtimoiy reklama va axborot vositalarini koʻchaning transport yuradigan qismi ustida oʻrnatish xavfsizlikning barcha meʼyorlarini hamda shamol kuchini hisobga olgan holda amalga oshirilishi, ular yoʻl harakati belgilarini va yoʻl harakatini tartibga solib turuvchi boshqa turdagi axborot vositalarini toʻsib qoʻymasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.4.5. Yoʻl ustiga oʻrnatiladigan osma transparantlar faqat yumshoq materiallardan tayyorlanib, ularning eni 1,7 metrdan oshmasligi zarur;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.4.6. Osma transparantlar koʻchaning transport yuradigan qismi ustida 5,5 metrdan kam boʻlmagan balandlikda joylashtirilishi lozim. Yoʻl ustiga joylashtirilgan osma transparantlar oraligʻidagi masofa 150 metrdan kam boʻlmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.4.7. Shahar elektr transporti harakati tashkil etilgan koʻchalarga osma transparantlarni joylashtirish elektr tarmoqlaridan foydalanish xavfsizligining barcha meʼyorlarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak. Ular elektr tarmoqlaridan foydalanish xavfsizligi toʻgʻrisidagi tartibda qayd etilgan balandlikda oʻrnatilishi zarur;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.4.8. Osma axborot sathining maydoni yoʻlning harakat qismida joylashganda ikkala tomonining yuzasi bilan, chorrahalarning burchagida joylashganda esa bir tomonining yuzasi bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.5. Koʻrsatkichlarni joylashtirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.5.1. Koʻrsatkichlar koʻrinishidagi reklama vositalari — faqat korxona haqida axborot berishi, yaʼni, ushbu korxonaning emblemasi yoki firma belgisini, nomini va mazkur tashkilot joylashgan manzilini aks ettirishi mumkin. Korxona, mahsulot yoki xizmatlar toʻgʻrisidagi boshqa maʼlumotlarning mavjudligi tashqi reklama hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.5.2. Reklama koʻrsatkichlarini oʻrnatish majburiy tartibda koʻrsatkichning texnikaviy pasporti rasmiylashtirilib, koʻrsatkichni oʻrnatish huquqiga Komissiyaning Guvohnomasi olingandan soʻng amalga oshiriladi. Bunda faqat texnik pasportni tayyorlash va Guvohnomani rasmiylashtirish uchun ketgan xarajatlar shartnoma asosida toʻlanadi. Mazkur Guvohnomaning amal qilish muddati koʻpi bilan bir yil. Agar koʻrsatkichdan foydalanish davrida uni oʻrnatish va foydalanish boʻyicha qoʻyilgan talablar buzilmasa, koʻrsatkichdan foydalanish huquqi egasining oʻz vaqtida bergan arizasi asosida yangi muddatga uzaytiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.5.3. Koʻrsatkichdan foydalanish muddatini uzaytirishga oʻz vaqtida ariza berilmasa yoki tasdiqlangan eskizlar, oʻlchamlar va parametrlardan farqli koʻrsatkichlar oʻrnatilsa hujjatlar boshidan qayta rasmiylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.5.4. Koʻrsatkichlar korxona, tashkilot va boshqa muassasalar joylashgan joyni aks ettirish uchun korxona, tashkilotdan koʻpi bilan 500 m. gacha masofada oʻrnatilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.5.5. Axborot koʻrsatkichlarining oʻlchami 3 kv. m dan ortiq boʻlmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.5.6. 3 metr kvadratgacha hajmdagi turli xildagi axborot koʻrsatkichlari va reklama uskunalari yoritish ustunlariga yoʻlning qatnov qismidan ichkariga qaratilgan holda 2,5 metrdan 5 metrgacha boʻlgan balandlikda oʻrnatilishi mumkin (bunday hollarda ustunlarni balans egasidan avvaldan yozma roziligi olinishi shart);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.5.7. 2 metr kvadratdan ortiq boʻlmagan hajmdagi turli xildagi axborot koʻrsatkichlari va reklama uskunalari yoritish ustunlariga koʻndalangiga yoʻlning qatnov qismidan ichkariga qaratilgan xolda 2,5 metrdan 5 metrgacha boʻlgan balandlikda oʻrnatilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.5.8. Yoʻlning qatnov qismidan koʻrsatkichning yoʻlning qatnov qismiga qaratilgan qirrasigacha boʻlgan masofa 1 m. dan kam boʻlmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatkichlar Komissiya tomonidan tasdiqlangan namunalarga muvofiq shakl va tuzilishga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.6. Aholiga xizmat koʻrsatuvchi korxona va tashkilotlarning axborot va reklama vositalarini joylashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.6.1. Aholiga xizmat koʻrsatuvchi korxona va tashkilotlarning axborot vositalariga korxonalar va boshqa tashkilotlardagi kronshteyn va peshlavhalar kirib, ularda korxonaning nomi va mulkchilik shakli, idoraviy boʻysunishi yoki faoliyat turi boʻyicha maʼlumotlar aks tiriladi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar yoki sotilayotgan tovarlar (koʻrsatilayotgan xizmatlar) roʻyxati, korxona va firmalarning emblema va tovar belgilari (sotilayotgan tovarlar, foydalanilayotgan uskunalar hamda xomashyo materiallarining emblemalari va tovar belgilari) reklama hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholiga xizmat koʻrsatuvchi korxona va tashkilotlarning axborot va reklama vositalari quyidagi turlarga ajratiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
peshlavhalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot vositalari (axborot konstruksiyalari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.6.2. Barcha turdagi peshlavha va kronshteynlar bevosita korxona joylashgan bino ustiga yoki unga tutashgan va tegishli hududlarda joylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Peshlavhalar yassi element, tom qurilmasi koʻrinishida (agar bino butunlay mazkur korxonaga tegishli boʻlsa) bajarilgan boʻlishi yoki kronshteyn koʻrinishida boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sutkaning qorongʻi vaqtida peshlavhalar yoritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Peshlavhaning oʻlchami binoning mazkur peshlavha oʻrnatiladigan tomoni maydonining 5% dan katta boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Binoning old tomoniga joylashtirilgan peshlavha va (yoki) kronshteynlarda korxonaning faoliyat sohasini ochib beruvchi matn va uning oʻz nomlanishi aks ettirilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa foto va matnli maʼlumotlar, oʻzga tovar belgilarining yoki logotiplarning mavjudligi reklama sifatida koʻriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.6.3. Axborot lavhachalari tayyorlovchi (bajaruvchi, sotuvchi) toʻgʻrisidagi axborotni isteʼmolchining eʼtiboriga yetkazish uchun moʻljallangan. Xizmat koʻrsatish sohasining har bir korxonasi aholi kirish joylarining soniga muvofiq bitta yoki bir nechta axborot lavhachasiga ega boʻlishi mumkin. Lavhachada faqat korxona toʻgʻrisida axborot koʻrsatilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonaning qayd etilgan (yuridik) nomlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonaning ish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot lavhachalari binoning devorida korxonaga kirish joyining yonida yoki kirish eshigida tashrif buyuruvchilarga yaxshi koʻrinadigan tarzda joylashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot lavhachasining hajmi 1,0 kv. m. dan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.6.4. Vitrinalarda joylashtiriladigan axborot — xizmat koʻrsatish sohasi korxonasining vitrinasida qayd etmasdan turib tovar mahsulotlarining namunalarini, shuningdek tarkibida boshqa firmalarning savdo markalari, nomlari, tovar belgilari va xizmat koʻrsatish belgilari boʻlmagan axborotni joylashtirishga ruxsat etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu korxona sotadigan tovarlar va koʻrsatadigan xizmatlar toʻgʻrisida maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonaning oʻziga xos yoki firmali nomlanishi (peshlavha mavjud boʻlsa), uning qayd etilgan tovar belgilari va xizmat koʻrsatish belgilari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona faoliyatining yoʻnalishini ochib beruvchi va uning firmali nomlanishiga mos keladigan tasviriy elementlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dekorativ bezak elementlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va shahar bayramlari munosabati bilan majburiy tartibda joylashtiriladigan bayram bezaklari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.6.5. Umumiy ovqatlanish korxonalarining axboroti — umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar bilan isteʼmolchini tanishtirishga moʻljallangan majburiy axborot: menyu narxnomalar, xizmat koʻrsatish shartlari binoning ichkarisida yoki old devorida joylashtiriladi, hajmi 2 kv.m dan oshmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.6.6. Korxonalar, tashkilotlar va xususiy tadbirkorlarning axborot vositalari — manba sifatida yuridik shaxslar va xususiy tadbirkorlarning oʻzlari tomonidan oʻzlariga tegishli axborot vositalarida tarqatadigan axborot. Bunda vositaning oʻlchami 2 kv.m dan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa foto va matnli maʼlumotlar, oʻzga tovar belgilarining yoki logotiplarning mavjudligi reklama sifatida koʻriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.6.7. Aholiga xizmat koʻrsatish boʻyicha korxona va tashkilotlarning axborot va reklama bezak vositalari reklama hisoblanmaydi va Komissiyadan ruxsatnoma hujjatlari olishni talab egmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatxona va distribyutorlar tomonidan oʻzlari joylashgan manzil boʻyicha tarqatiladigan oʻz faoliyati toʻgʻrisida maʼlumot (faqat umumiy maʼlumotlar: kim ekanligi, faoliyat yoʻnalishi, rekvizitlar reklama hisoblanmaydi va u mazkur Tartibga binoan rasmiylashtirishni talab etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.7. Reklama-axborot belgilarini joylashtirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl yaqinidagi tor yoʻnalishdagi obyektlar (yemakxonalar, shinalar, karbyuratorlar, amortizatorlarni taʼmirlash korxonalari, ehtiyot qism doʻkonlari)ning axborot taʼminoti maqsadida oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reklama - axborot belgisining axborot yuzasi maydoni uning tashqi gabarit oʻlchamlari boʻyicha, 1,0 kv. m dan oshmasdan aniqlanadi. Reklama - axborot belgilari yoʻl belgilariga oʻxshamasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.8. Hajmli-fazoviy konstruksiyalarni joylashtirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reklama axborotini tarqatish uchun konstruksiyaning ham hajmi, ham yuzasidan foydalaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi loyihalar boʻyicha bajariladi va har bir alohida holatda Komissiya tomonidan tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunday turdagi konstruksiyalar va ularni joylashtirish qoidalariga qalqonli qurilmalarga nisbatan qoʻyiladigan talablar ularga .doir qismida amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.9. Bayroqli kompozitsiya va soyabonlarni joylashtirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bayroqli kompozitsiya — asos va bir yoki bir nechta flagshtok (ustuncha) hamla yumshoq matodan iborat reklama konstruksiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bayroqning axborot yuzasi maydoni matoning ikkala tomoni yuzasi bilan belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soyabonning axborot yuzasi maydoni uning bitta tomoni yuzasi bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.10. Tom usti qurilmalarini joylashtirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino tomining karnizidan toʻliq yoki qisman balandda joylashtiriladigan ushbu (hajmiy yoki yassi) reklama konstruksiyalari mahkamlovchi elementlar (konstruksiyaning ishlab chiqilgan loyihasi Komissiya bilan kelishiladi) hamda konstruksiya va axborot qurilmasining koʻtarib turuvchi qismidan iborat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr taʼminoti tarmogʻidan avariyaviy uzilish tizimi bilan jihozlangan boʻlishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reklama konstruksiyasining egasi toʻgʻrisida maʼlumotlar aks etgan yerdan koʻrinuvchi tabloga ega boʻlishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
binolarda oʻrnatilgan tomusti qurilmalari axborot yuzasining maydoni toʻlov summasini hisoblashda butun konstruksiyaning tashqi gabarit oʻlchamlari boʻyicha aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konstruksiya oʻrnatilgan joyning ijarasi binoning balans egasi bilan alohida kelishuv boʻyicha amalga oshiriladi. Komissiya reklama tarqatuvchi bilan binoni balans egasi oʻrtasidagi munosabatlarga aralashishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.11. Binolar devorlarining yuzasida devoriy reklama konstruksiyalarini quyidagi koʻrinishda joylashtirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bevosita devor yuzasiga tushirilgan tasvir (axborot yuzasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
devorga mahkamlash elementlari, karkas va axborot yuzasidan iborat konstruksiya,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
devoriy pannolar yakka tartibdagi loyihalar boʻyicha bajariladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
devorga mahkamlanuvchi qismlarga ega devoriy pannolar uchun foydalanishda xavfsizlikni taʼminlash maqsadida majburiy tartibda konstruksiyani mahkamlash loyihasi ishlab chiqiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
devoriy panno axborot yuzasining maydoni axborot yuzasi karkasining kattaligi bilan belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
binolarning old devorlarida ularning katta qismini, vitrina va derazalarning oynalarini toʻsib qoʻyuvchi yirik oʻlchamli qalqonli reklama va bannerli reklama tashuvchilarni oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.12. Vitrajlarni joylashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vitrajlar — deraza yoki eshik boʻshliqlarida, binolarning toqida oʻrnatiladigan reklama konstruksiyalaridir. Konstruktiv jihatdan vitrajlar asos, karkas va shaffof yuzadan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reklama axboroti vitraj oynasining ichki tomonidan yoki oʻzi yelimlanadigan plyonka ishlatilsa tashqi tomonidan joylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat koʻrsatish sohasi korxonalarining vitrajlarida korxonaning faoliyat yoʻnalishiga mos boʻlmagan reklama bezaklarini joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda ushbu bezaklar vitraj maydonining koʻpi bilan 20 foizini egallashi mumkin; Reklama bezaklari 20 foizdan koʻp boʻlgan taqdirda bu reklama deb hisoblanadi va oʻrnatilgan tartibda pasportlashtirilishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vitraj axborot yuzasining maydoni vitrinaning shaffof yuzasiga tushirilgan tasvirlarning kattaligi, shuningdek vitrina ichida joylashtirilgan hajmli konstruksiyalarning kattaligi bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.13. Proyeksion qurilmalar — yer va devor yuzalarida, fazoda tasvirlarni namoyish qilishga moʻljallangan reklama konstruksiyalaridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
proyeksion qurilmalarning konstruksiyalari proyeksiyalovchi qurilma va axborot tasviri shakllanadigan yuza (ekran) yoki hajmdan iborat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yassi tasvirlar uchun axborot yuzasining maydoni proyeksiya tushayotgan yuzaning kattaligi, hajmiy tasvirlar uchun esa hisob-kitob yoʻli bilan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.14. Elektron ekranlar (elektron tablolar) — yorugʻlik diodlari, lampalar, yorugʻlikning boshqa manbalari yoki yorugʻlikni akslantiruvchi elementlarning nur tarqatishi hisobiga ekran yuzasida tasvir hosil qilishga moʻljallangan reklama konstruksiyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot yuzasining maydoni nur tarqatuvchi yuzaning kattaligi bilan belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunday turdagi konstruksiyalar va ularni joylashtirish qoidalariga alohida turgan qalqonli qurilmalarga nisbatan qoʻyiladigan talablar ularga doir qismida amal qiladi. Reklama-axborot — roliklarining mazmuni reklama tashuvchining egasi boʻlgan tashkilotning tahrir hayʼati tomonidan tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi reklama tasviri elementlarining yorugʻligi ichki va tashqi yoritishda yoʻl belgilarining belgilangan DSTlar boʻyicha fotometrik xarakteristikalaridan ortib ketmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reklama elementlari yorugʻligi, ilingan balandligi, oʻchib-yonish davriyligi boʻyicha belgilangan talablar yoki DSTlarga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.15. Markizlar — reklama axboroti tushirilgan boʻgʻot va soyabon koʻrinishida ishlangan va vitrinalar, bino va inshootlarga kirish joyi yoki teshiklari ustida oʻrnatilgan reklama konstruksiyalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markizlar binoga mahkamlash elementlari, karkas hamda yumshoq yoki qattiq asosda ishlangan axborot maydonidan iborat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markizning axborot maydoni yuzasi tasvir tushirilgan qismining kattaligi bilan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.16. Yoʻlovchi toʻsiqlaridagi reklama — yoʻlovchi toʻsiqlarining oynavand yoki oʻzga yuzalarida joylashtiriladigan reklamadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻlovchi toʻsigʻi konstruksiyasi axborot yuzasining maydoni uning har ikkala tomonining umumiy maydoni bilan belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunday turdagi konstruksiyalar va ularni joylashtirish qoidalariga alohida turgan qalqonli qurilmalarga nisbatan qoʻyiladigan talablar ularga doir qismida amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.17. Shahar mebeli obyektlari (toʻxtash majmualari, tumbalar, taksofonlar)da reklamani joylashtirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reklama tashuvchilar bilan birlashtirilgan koʻcha mebeli elementlari deb umumiy yuzasi 5 kv. m. dan katta boʻlmagan reklama panellari bilan jihozlangan shahar yoʻlovchi transportini kutish pavilonlari, shahar yoʻlovchi transporti toʻxtash joylarining koʻrsatkichlari, koʻcha oʻrindiqlari, axlat qutilari, koʻcha soatlari, taksofon kabinalari, yoʻlovchi harakatini toʻsuvchi elementlar tushuniladi, basharti reklama paneli konstruksiyaning oʻlchami koʻcha mebeli elementi umumiy oʻlchamining uchdan bir qismidan katta boʻlmasa hamda reklama maydoni (tomoni) yuzasi oʻlchami koʻcha mebeli elementi axborot maydoni (tomoni) umumiy oʻlchamining uchdan ikki qismidan katta boʻlmasa (koʻcha mebeli elementida reklama maydoni (tomoni) bilan bir paytda oʻzga turdagi axborotni joylashtirish uchun maydon (tomon) mavjud boʻlsa).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reklama panellari bilan jihozlangan shahar yoʻlovchi transportini kutish pavilonlari majburiy tartibda oʻrindiq va shahar axborot lavhalari bilan majmuada, oʻrnatish ishlari yakunlangandan soʻng arizachi tomonidan pavilonga tutashgan hududni obodonlashtirish boʻyicha talablarga rioya etilgan holda oʻrnatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reklama tashuvchilar bilan birlashtirilgan koʻcha mebeli elementlari, yoritish elementlari tashqi yoritish, elektr taʼminlash tarmogʻiga qoʻshilgan taqdirda elektr taʼminoti masalalari va foydalanilgan elektr quvvati uchun toʻlov masalalari tashqi yoritish tarmogʻining elektr taʼminoti liniyalari (VL va KL) muhofaza zonasiga qoʻyilgan barcha talablarga rioya etilganda, elektr taʼminoti korxonalari bilan kelishilsagina yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.18. Tashqi reklama va axborotning vaqtinchalik obyektlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.18.1. Tirkama konstruksiyalar (shtendyerlar) shaharda korxonalarning ish soatlarida joylashtiradigan tashqi reklama va axborotning vaqtinchalik obyektlari, jismoniy shaxslar tomonidan texnikaviy vositalarni ishlatmasdan koʻchiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shtendyerlar ikki tomonli boʻlishi va oʻz yoritgichiga ega boʻlmasligi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy yuzasi 2 kv. m., bunda shtenderning balandligi 1 m. dan oshmasligi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reklama qilinayotgan obyekt joylashgan binoning old devoridan 1,5 m. gacha masofada joylashtirilib, yoʻlovchilarga xalaqit bermasligi va oʻtish joylarini toʻsib qoʻymasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tendyerlarni yoʻlovchilar yoʻlagida, shuningdek yoʻlning harakat qismidan koʻrinishni toʻsadigan tarzda oʻrnatish taqiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shtendyerlar yoʻlning harakat qismidan kamida 3,0 m. uzoqlikda joylashishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.18.2. Havo sharlari, aerostat, dirijabllarda reklama — havo fazosida joylashtiriladigan tashqi reklamaning vaqtinchalik vositalari bayram va tematik tadbirlarni oʻtkazish davrida vaqtinchalik reklama bezagini tashkil etadi. Axborot yuzasining maydoni chizilgan tasvirning kattaligi bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.18.3. Lotoklar, aravachalar, kiosklar va soyabonlarda reklama - chakana savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining ishlash vaqtida lotoklar, aravachalar, kiosklar va soyabonlarda oʻrnatiladigan tashqi reklamaning vaqtinchalik vositalari, lotoklar, aravachalar, kiosklar va soyabonlarning ayrim qismlarini plyonkali yoki boʻyoq materiallari bilan qoplamasidan iborat. Axborot yuzasining maydoni chizilgan tasvirning kattaligi bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.18.4. Qurilish va chakana (koʻcha) savdosi (yozgi kafelar, koʻrgazma.tar. savdo maydonlari va qurilgan maydonchalarining toʻsiqlari) obyektlarining vaqtinchalik toʻsiqlaridagi, shuningdek boshqa vaqtinchalik toʻsiqlardagi reklama ushbu obyektlarning badiiy bezagini taʼminlashi lozim. Ushbu obyektlarni alohida qalqonlar, yumshoq bezak yoki uzluksiz lenta bilan bezash tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qalqonli konstruksiyalar qoʻllanganda ularning balandligi toʻsiqning tayanch elementlari balandligining 1/2 qismidan oshib ketmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish maydonchasida inshootlar (bino qayta taʼmirlanganda qurilish havozalari, maishiy xonalar, projektorlar uchun machtalar, kranlar va h.), shuningdek toʻsuvchi tur mavjud boʻlsa, mazkur Tartibda nazarda tutilgan tashqi reklamaning boshqa obyektlarini joylashtirish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.18.5. Qurilish toʻsiqlarining har qanday turidagi reklama — qurilish obyektlarini chegaralovchi turlar va toʻsiqlarning boshqa turlaridagi tasvir koʻrinishida tashqi reklama obyektlari. Bunday toʻsiqlarda reklama qurilish yoki taʼmirlash-tiklash ishlariga ruxsatnoma mavjud boʻlsa, uning amal qilish muddati davomida binoning tashqi tomoni (old tomoni)da qurilish va tiklash ishlari bajarilayotganda joylashtiriladi. Qurilish yoki taʼmirlash ishlarini olib borayotgan xoʻjalik yurituvchi subyekt bilan kelishilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish toʻsiqlarida tashqi reklamani joylashtirish uchun ruxsat beruvchi hujjatlar mazkur Tartibda belgilangan tarzda rasmiylashtiriladi, bunda Komissiyaning alohida qarori bilan obyekt tashqi reklamani joylashtirish toʻlovidan ozod qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reklama-axborot yuzasining maydoni chizilgan tasvirning kattaligi bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.19. Reklama atributlarini joylashtirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reklama atributlariga donasining oʻlchami 0,2 kv. m. dan katta boʻlmagan har xil turdagi reklama mahsulotlari (breloklar, soyabonlar (faqat vaqtincha oʻrnatiladiganlari), urnalar, oʻrindiqlar, kuldonlar, kanselyariya anjomlari, taqvimlar, maykalar, maxsus kiyimlar, nishonlar, idishlar, shuningdek suvenirlar va firmalar bayroqlari) kiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reklama atributlari savdo shoxobchalarini va idoralarni bezashda firma va tovarlar haqida axborot tashuvchi sifatida foydalaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reklama atributlari korxona egasi tomonidan mustaqil ravishda joylashtirilishi mumkin. Ulardan tashda reklama vositalarini joylashtirish taʼrifi boʻyicha haq olinmaydi va ular uchun Komissiyaning ruxsatnoma hujjatlarini olish talab etilmaydi. Bunda reklama egasi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligining tamaki va alkogolli mahsulotlarni reklama qilish boʻyicha oʻrnatilgan talablarining bajarilishiga javobgar boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat koʻrsatish shoxobchalarini tashqi bezatishning boshqa barcha turlari, jumladan, donasining oʻlchami 0,2 kv. m dan katga boʻlgan suvenirlar va firmalar bayroqlari, yorituvchi idishlar, boʻyash va firmali bezash tashqi reklama hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.20. Teatr va konsert afishalari, ommaviy madaniy, sport va yoʻnalishdagi tadbirlar eʼlonlarini joylashtirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Afisha — oʻtkaziladigan ommaviy madaniy, sport va boshqa yoʻnalishdagi tadbirlar, promo-aksiyalar toʻgʻrisidagi axborotni oʻzida mujassamlashtirgan yozuv reklamasining asosiy vositalaridan biridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eʼlon — boshqa yuridik va jismoniy shaxslar hamda jamoatchilik eʼtiborini jalb qilish maqsadida aniq yuridik va jismoniy shaxslarga yetkaziladigan qisqa maʼlumot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Teatr va konsert afishalari, ommaviy madaniy, sport va boshqa yoʻnalishdagi tadbirlar eʼlonlarini joylashtirish uchun moʻljallangan maxsus moslamalarni (keyinchalik maxsus moslamalar) joylashtirish mazkur Tartibga asosan Komissiyaning ishchi organi orqali rasmiylashtirilishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus moslamalar Komissiya tomonidan tasdiqlangan andozaviy namunalarga muvofiq shakl va tuzilishga ega boʻlishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus moslamalarda joylashtirilgan bir marta oʻtkaziladigan tadbirlar, yaʼni, teatr va konsert afishalari, ommaviy madaniy, sport va boshqa yoʻnalishdagi tadbirlar, turli promo-aksiyalar eʼlonlari tashqi reklama hisoblanadi. Ularni joylashtirish uchun Komissiyaning ruxsatini olish talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus moslamalar va ularda joylashtirilayotgan teatr va konsert afishalari, ommaviy madaniy, sport va boshqa yoʻnalishdagi tadbirlar, turli promo-aksiyalar eʼlonlarining tashqi koʻrinishi, estetik holati va mazmuniga qoʻyilgan talablarning bajarilishiga maxsus moslamaning egasi javobgardir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Tartibga asosan tegishlicha rasmiylashtirilmasdan oʻrnatilgan barcha maxsus moslamalar va ulardan tashqarida oʻrnatilgan barcha afisha va eʼlonlar beruxsat oʻrnatilgan hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan viloyatini beruxsat oʻrnatilgan afisha va eʼlonlardan tozalash Komissiya tomonidan belgilangan masʼul korxona yoki tashkilotlarga yuklatiladi. Tozalash boʻyicha qilingan barcha sarf-xarajatlar beruxsat afisha va eʼlonlarni joylashtirgan korxona va shaxslardan undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. NAMANGAN VILOYaTI HUDUDIDA OʻRNATILADIGAN TAShQI REKLAMA OBYEKTLARIGA QOʻYILADIGAN TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.1. Tashqi reklama vositalari reklama konstruksiyalarining texnikaviy holati va dizayniga nisbatan qoʻyiladigan talablarga muvofiq oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.2. Yer usti poydevorlari — 25 sm. dan baland boʻlmasligi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvoq qilinishi va joylashgan yerining asosiy elementlariga muvofiq rangda boʻyalishi lozim. Poydevor boʻyaladigan rang Komissiya tomonidan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.2.1. Poydevor yoʻlovchilar yoʻlagi, yoʻlovchilarning oʻtish joyiga chiqib ketsa yer usti poydevorlarini oʻrnatishga ruxsat berilmaydi, irrigatsiya quvurlari ustida poydevor oʻrnatish taqiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.2.2. Qisman yerga kirgan poydevorlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
poydevor 40 sm. dan ortiq yerga chuqur kirganida poydevorning yer usti qismi yer usti poydevorlariga qoʻyiladigan talablarga muvofiq ishlanishi lozim, egasi hududning yerosti kommunikatsiyalarining tahlili koʻrinishida vakolatli organlarning roziligini olishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.2.3. Toʻliq chuqurlashtirilgan poydevorlar — poydevor 40 sm. dan ortiq toʻliq chuqurga kirganda reklama joyini pasportlashtirishda uning yer usti qismi yer yuzasidan baland boʻlmasligi (yoʻl sathda boʻlishi), egasi hududning yerosti kommunikatsiyalarining tahlili koʻrinishida vakolatli organlarning roziligini olishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.3. Reklama konstruksiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik bosim xavfsizligining yuqori darajasini hamda shamol bosimi va foydalanishda yetarlicha turgʻunlikni taʼminlovchi materiallardan tayyorlanishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha hujjatlari va konstruksiyaning qurilish meʼyorlari va qoidalari hamda boshqa normativ hujjatlarga muvofiqligi tegishli litsenziyaga ega vakolatli tashkilotlarning xulosalari bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reklama konstruksiyasining ustuni “0” belgisidan reklama maydonigacha kamida 5,0 m. balandlikka ega boʻlishi lozim, bunda reklama qurilmasining tuzilishi transport vositalarining haydovchilariga zarur koʻrish sathini taʼminlashi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reklama konstruksiyasining ustunlari tirgovuch yoki choʻzmaga ega boʻlmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reklama konstruksiyasining ustuni tashqi koʻrinishini yomonlashtiruvchi elementlar (payvandlash choklari, zang, shikast)siz toʻgʻri tekis yuzaga ega boʻlishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reklama konstruksiyasini mahkamlashning tashqi elementlari himoya qoplamasi bilan yopilgan va poydevor rangiga mos boʻyalgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.4. Konstruksiyaning reklama maydoni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reklama maydoni oʻlchamlari reklama joyining pasportida koʻrsatilgan oʻlchamlarga qatʼiy muvofiq boʻlishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konstruksiyaning reklama maydoni tomonlari oʻrtasida tirqishsiz reklama qoplamasini mahkamlash elementlari koʻrinishini istisno qiluvchi hoshiya ramkasiga ega boʻlishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir tomonli konstruksiya estetik tashqi koʻrinishni taʼminlovchi konstruksiya ort qismining metall qoplamasiga ega boʻlishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bogʻichlarning ilmoqlari reklama maydonidan tashqariga chiqmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reklama konstruksiyasi egalarining logotipi, nomi va bogʻlanish telefonlari yozilgan lavhachaga ega boʻlishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reklama konstruksiyasi yoritmaga ega boʻlishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrnatiladigan yoritma uy-joylarning derazalariga bevosita yaqin joylashmasligi, istiqomat qiluvchilarning toʻlaqonli dam olishiga xalaqit bermasligi, yoʻl harakati ishtirokchilarini yorugʻlik, jumladan, akslangan yorugʻlik bilan qamashtirmasligi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi reklama obyektlarini yoritish uchun sanoatda ishlab chiqarilgan, elektr va yongʻin xavfsizligini taʼminlovchi yorugʻlik asboblari ishlatilishi lozim. Yorugʻlik asbobining birikmasi uni reklama konstruksiyasi bilan ishonchli ulanishini taʼminlab shamol, qor bosimini, tebranish va zarbali taʼsirlarni koʻtarishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi reklama obyektlarini joylashtirish yoʻlovchilarga, koʻcha va yoʻlovchi yoʻlaklarini tozalashga toʻsqinlik qilmasligi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shovqin, tebranish, kuchli yorugʻlik, elektromagnit va boshqa nurlanish va maydonlarning manbasi boʻlgan tashqi reklama obyektlarini uy-joylarga yaqin oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.5. Tashqi reklama obyektlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl harakati ishtirokchilari koʻzini qamashtirmasligi, tashqi reklama va axborot tasviri elementlarining yorugʻligi ichki va tashqi yoritishda yoʻl belgilarining fotometrik xarakteristikalaridan ortib ketmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhandislik inshootlarining gabaritlarini kichraytirmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi koʻrinishi, tasviri va ovozli taʼsiri boʻyicha yoʻl harakatini tashkil etishning texnikaviy vositalari va maxsus signallariga oʻxshamasligi, ularning koʻrinishini yomonlashtirmasligi, shuningdek yoʻlda (koʻchada) transport vositasi, yoʻlovchi, hayvonlar yoki biron-bir obyekt turganidek tasavvur tugʻdirmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi reklama vositalarini mahkamlashda inshootlarga shikast yetkazish. shuningdek ularning mustahkamligi va turgʻunligini pasaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
basharti barcha reklama axboroti bir paytda paydo boʻlmasa, reklama harakatlanuvchi elementlarga ega tasvir orqali axborotni chiqarmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.6. Tashqi reklama vositalarini:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bevosita tonnellarga kirish va tonnellardan chiqish joylari yonida, hamda ularga 1 0 m. dan yaqinroq joyda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl va koʻchalarning harakat qismi va chetlari ustida ikki metrdan ortiq chetga chiqib ketsa (osma transparantlarni istisno qilganda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl panjaralari va yoʻnaltiruvchi qurilmalarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil yoʻllari va koʻchalarning yuza qismiga chizish yoki qurilish materiallari, boʻyoqlar, yoʻl belgilaridan foydalanib oʻyib chizish usuli bilan joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.7. Tarkibida elektrotexnika va yorugʻlik texnikasi uskunasi mavjud har bir yer usti tashqi reklama vositasi elektr qurilmalari Qoidalari talablariga muvofiq bajarilgan zaminlashtirish qurilmasiga ega boʻlishi kerak. Mazkur zaminlashtirish qurilmalari, ularning davriy sinovlari alohida hujjatda qayd etilib, reklama vositasi egasida saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. TAShQI REKLAMA SOHASIDA MUALLIFLIK HUQUQLARINI MUHOFAZA QILISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.1. Reklamaga boʻlgan mualliflik huquqi va turdosh huquqlar Oʻzbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reklamada kuyidagilar taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mualliflik huquqi va qoʻshimcha huquqlarni muhofaza qilishning texnikaviy vositalari sohasidagi qonunchilikda oʻzgacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, boshqa bir reklama mahsulotida qoʻllanadigan umumiy yechimni, matn, tasvir, musiqali yoki ovozli usullarni imitatsiyalash (koʻchirma qilish yoki oʻxshatish).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.2. Mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni muhofaza qilishning texnikaviy vositalari deb asarlar yoki turdosh huquq obyektlariga kirishni nazorat qiluvchi, asarlar yoki turdosh huquq obyektlariga nisbatan muallif, qoʻshimcha huquq egasi yoki mutlaq huquqning boshqa egasi tomonidan ruxsat berilmagan harakatlarning oldini oluvchi yoki cheklovchi istalgan texnikaviy vositalar va ularning tarkibiy qismlari tan olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
istalgan qurilma yoki uning tarkibiy qismlarini tayyorlash, tarqatish, ijaraga berish, vaqtinchalik beminnat foydalanishga berish, import qilish, reklama qilish, ulardan daromad olish yoki xizmatlar koʻrsatish maqsadida foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi, basharti bunday harakatlarning oqibatida mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni muhofaza qilishning texnikaviy vositalaridan foydalanish imkoni yoʻqolsa yoxud ushbu texnikaviy vositalar koʻrsatilgan huquqlarni tegishlicha muhofazasini taʼminlay olmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. TAShQI REKLAMANI JOYLAShTIRIShGA RUXSAT OLISh TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.1. Tashqi reklamani joylashtirish istagini bildirgan reklama tarqatuvchi Komissiyasining ishchi organiga reklama joylashtirish boʻyicha ariza bilan murojaat etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizaga kuyidagilar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarqatilayotgan tashqi reklama eskizi va reklama matni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar mahsulot sertifikatlanishi majburiy boʻlsa, Oʻzdavlatstandarti yoki sertifikatlash huquqiga ega idora tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatining nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar reklama qilinayotgan faoliyat turini litsenziyalash zarur boʻlsa, tegishli litsenziyalar nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.2. Ariza topshirilganidan soʻng u Komissiya ishchi organi tomonidan roʻyxatga olinadi va Komissiyaga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.3. Tashqi reklama joylashtirilishining boshlanish kuni va tugatish muddati reklama joylashtirish huquqini berish toʻgʻrisidagi guvohnomada koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.4. Reklamani joylashtirish muddati uzaytirilgan taqdirda tarqatuvchi reklamani joylashtirish huquqi guvohnomasining amal qilish muddati tugamasdan turib joylashtirilayotgan reklama muddatini uzaytirishni soʻrab ishchi organi orqali Komissiyaga murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur reklama joyidan foydalanish muddati ichida tuzilgan kontrakt talablaridan chetga chiqilmagan boʻlsa, tarqatuvchi ushbu reklama joyidan foydalanishni uzaytirishga imtiyozli huquqqa ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarqatuvchining tashqi reklamani yangi muddatga joylashtirish shartnomasini tuzishdan voz kechsa tashqi reklama olib tashlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.5. Tashqi reklamaning texnikaviy vositasini tomonlarga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra (qayga qurish, qurilish yoki taʼmir ishlarining olib borilishi va h.k.) olib tashlash zarurati yuzaga kelsa, ishchi organi 10 kunlik muddat ichida reklama beruvchi yoki uni tarqatuvchisini ushbu tadbirlarning oʻtkazilishi toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qilishi, tarqatuvchiga tashqi reklamani joylashtirishga teng qiymatli joydan foydalanish huquqini berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. REKLAMA TARQATUVChINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.1. Reklama tarqatuvchi va reklama beruvchi Oʻzbekiston Respublikasining “Reklama toʻgʻrisida”gi qonuniga muvofiq huquqlarga, shuningdek:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reklama toʻgʻrisida shartnoma tuzish haqida ommaviy taklif (ommaviy oferta) berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reklama materiallarini taqdim etishning oʻlcham va shakllarini mustaqil aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda belgilangan tartibda reklama joylashtirishga ruxsat rad etilishi ustidan shikoyat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat reklamasini joylashtirishga buyurtma boʻlmagan taqdirda belgilangan tartibda ijtimoiy reklama joylashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.2. Tarqatuvchining majburiyatlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi reklama vositalarini joylashtirish bilan bogʻlik barcha harakatlarini qatʼiy ravishda Oʻzbekiston Respublikasining “Reklama toʻgʻrisida”gi qonuni va “Namangan viloyatida tashqi reklamani joylashtirish” Tartibiga muvofiq amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan viloyatida reklama vositalarini faqat reklamani joylashtirishga ruxsat berilgani toʻgʻrisidagi Guvohnoma asosida joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish zarur boʻlgan vaziyatlarda kechiktirmagan holda joylashtirish muddati tugaguncha muddatini uzaytirish boʻyicha ariza taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning reklamani joylashtirish muddatini uzaytirish boʻyicha rad qarori olingan taqdirda, oʻz hisobiga reklama vositasini olib tashlash yoki reklama vositasini olib tashlash boʻyicha qilingan haqiqiy xarajatlar qiymatini toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reklama konstruksiyasi yoki reklama qoplamalarining tashqi koʻrinishi yomonlashgan taqdirda xabar qilingandan soʻng 3 sutkadan kechiktirmagan holda tiklash ishlarini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reklama joylashtirishga buyurtmalar boʻlmagan davrda Tarqatuvchi 1- tarif zonasida Komissiya tomonidan tasdiqlanadigan ijtimoiy reklamani joylashtirishi shart, Komissiya tomonidan tasdiqlangan ijtimoiy reklamani joylashtirish uchun haq olinmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reklama vositalaridagi reklama qoplamalarining koʻrinishini oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan eskiz, joylashtirish sxemasi va reklama joyining pasportiga muvofiq qatʼiy ravishda ajratilgan reklama joyidan foydalanish va reklama vositasini oʻrnatish. Tasdiqlangan loyiha, joylashtirish sxemasi, reklama vositasining pasporti va koʻrinishidan chetga chiqilgani aniqlansa, Komissiyaning ishchi organi dalolatnoma tuzadi va tarqatuvchini yozma shaklda xabardor qiladi. Dalolatnomada koʻrsatilgan muddatdan boshlab 5 kun ichida reklama tarqatuvchi buzilishlarni oʻz hisobidan bartaraf qilishi shart. Mavjud buzilishlar koʻrsatilgan bartaraf egilmagan taqdirda komissiya yoki uning nomidan ishchi organi amaldagi qonunchilik boʻyicha chora koʻrish uchun hujjatlarni Monopoliyaga qarshi organga yuboradi. Monopoliyaga qarshi organ koʻrsatmalari bajarilmagan taqdirda Komissiya oʻz qarori bilan konstruksiya olib tashlanishini taʼminlashga haqli, reklama tarqatuvchining mazkur reklama joyiga huquqi bekor qilinadi va reklama joyining pasporti tender komissiyasiga beriladi. Konstruksiyani olib tashlash, tashish va saqlashga oid barcha xarajatlar reklama konstruksiyasining egasi boʻlgan reklama tarqatuvchi tomonidan toʻlanadi. Konstruksiyani olib tashlash, tashish va saqlashga doir qarzdorlik 30 kun muddat ichida toʻlanmagan taqdirda bunday konstruksiya amalga oshirilgan xarajatlarni qoplash uchun manfaatdor shaxslarga sotuvga chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reklama konstruksiyasi oʻrnatilgandan yoki olib tashlangandan soʻng shu joyda obodonlashtirish ishlarini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdoga koʻmaklashuvchi vositalar (merchandayzing)ga tegishli reklama vositalarining tashqi holati boʻyicha javobgar boʻlish, markiza, tent va boshqa turdagi reklama koʻrinishli qoplamlardan foydalanmaslik. Agar reklama maqsadida ushbu postyerlardan markiza, tentlar sifatida foydalanilsa, reklama beruvchi yoki uning tarqatuvchisi ularning mazkur Tartibga muvofiq joylashtirilishini rasmiylashtirishlari shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talab qilinganida ishlab chiqaruvchi yoki reklama tarqatuvchisining reklama axborotlarining haqqoniyligini tasdiqlovchi hujjatlarini taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reklama qilinayotgan tovar va xizmatlarga tegishli litsenziya (faoliyat litsenziyalanishi lozim boʻlsa) va sertifikatni (faoliyat majburiy tartibda sertifikatlanishi lozim boʻlsa) taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. KOMISSIYA IShChI ORGANINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.1. Komissiya ishchi organi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma tuzish va reklama beruvchi tomonidan asossiz ravishda shartnoma tuzishdan bosh tortishi natijasida yetkazilgan zararni qoplashga majbur qilish boʻyicha daʼvo bilan sud organlariga murojaat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda belgilangan holatlarda reklama tarqatuvchidan tegishli litsenziya va sertifikatlarni talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reklama-axborot faoliyati boʻyicha Komissiya bilan kelishgan xolda tashqi reklama pasportini va uni joylashtirishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi guvohnomani rasmiylashtirilganligi uchun ketadigan xarajatlarni qoplash uchun qoʻshimcha haq olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarqatuvchilarga belgilangan tartibda ishchi organning Nizomida koʻrsatilgan qoʻshimcha pullik xizmatlar koʻrsatishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.2. Komissiya ishchi organi majburiyatlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reklama tarqatuvchiga hech qanday toʻsiqsiz reklamani joylashtirish tartibi va reklama joylariga rasmiylashtirilgan boʻsh pasportlarning mavjudligi, shuningdek reklamani joylashtirish bilan bogʻliq va Komissiya faoliyatiga tegishli boʻlgan boshqa masalalar boʻyicha maʼlumotlarni berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reklama tarqatuvchini u tomonidan vaqtinchalik foydalanishga olingan reklama joyi atrofidagi hududlarda qayta taʼmirlash ishlari oʻtkazilishi haqida ogohlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reklamani joylashtirish muddatining tugagunga qadar tomonlarga bogʻliq boʻlmagan holda reklama (yoʻllar, maydonlarni qayta taʼmirlash, qurilish yoki yer bilan bogʻliq ishlarning oʻtkazilishi va boshqa sabablarga koʻra) olib tashlansa, tarqatuvchiga yangi reklama joyi berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. REKLAMA MATERIALLARINI SAQLASh MUDDATLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Reklama tarqatuvchilar reklama materiallari (guvohnomalar, pasportlar va reklama materiallarini joylashtirishga oid boshqa materiallar )ni reklamani joylashtirish muddati yakunlangan oxirgi kundan boshlab 1 yil davomida saqlashlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X. RUXSAT ETILMAGAN REKLAMALAR BILAN IShLASh TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10.1. Komissiyaning ruxsat guvohnomasi olinmasdan har xil turdagi reklama vositalarini oʻrnatish va ularga reklama joylashtirilishi oʻzboshimchalik bilan oʻrnatilgan hisoblanadi va ruxsat etilmagan reklama hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10.2. Ruxsat berilmagan reklama joylashtirgan yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan “Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga asosan choralar koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XI. NIZOLI HOLATLARNING HAL ETILIShI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Reklamani joylashtirish jarayonida yuzaga keladigan nizolar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XII. TAShQI REKLAMANI JOYLAShTIRISh TARTIBINI BUZGANLIK UChUN JAVOBGARLIK
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur tashqi reklamani joylashtirish tartibini buzgan yuridik va jismoniy shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat hokimining 2011-yil 14-dekabrdagi 316-sonli qaroriga
3-ilova
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan viloyati hududida va transport vositalarida reklama va reklamani oʻrnatish uchun tavsiyaviy yigʻimlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAʼRIFI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Reklama turlari

Oʻlchov birligi

Qoʻshma korxonalar va chet el korxonalari reklamasi (AQSh dol.*)

Mahalliy reklamasi (AQSh dol.)

Viloyat hududida joylashgan reklamalar uchun yigʻimlar

Tom qurilmalari, gazchiroqli va chiroqsiz reklama

m2

3.0

2.0

10 m2 gacha boʻlgan katta hajmli reklamalar

m2

3.0

2.0

10 m2 ortiq boʻlgan katta hajmli reklamalar

m2

3.0

2.0

Umumiy maydoni 6 m2oshmaydigan chiroqli qutilar va kronshteynlar

m2

3.5

2.0

Umumiy maydoni 6 m2 ortiq boʻlgan chiroqli kutilar va kronshteynlar

m2

3.5

2.0

Yoʻl yoqasida osiladigan reklamalar

m2

3.0

2.0

Yoʻl qatnovi qismining tepasida osiladigan tortib bogʻlovchi reklamalar

m2

3.0

2.0

Qurilish maydonning vaqtinchalik toʻsiqlariga oʻrnatilgan reklamalar

m2

1.5

1.0

Bekat majmuasida oʻrnatilgan reklamalar

M2

3.0

2.0

Doʻkonlarda oʻrnatilgan reklamalar

M2

3.0

2.0

Kafe.oshxona va restoranlarda ; oʻrnatilgan reklamalar

M2

3.0

2.0

Maydon. chorraha va xiyobonlarda oʻrnatilgan va alohida turuvchi : modullarda reklama

m2

3.0

2.0

Transport vositalarida joylashgan reklamalar uchun yigʻimlar

Yengil avtotransportda oʻrnatilgan reklamalar

m2

3.0

2.0

13 – ta gacha boʻlgan oʻrindiqli avtotransportda oʻrnatilgan reklamalar

m2

3.0

2.5

32-ta gacha boʻlgan oʻrindiqli va 3.5 tonnagacha yuk tashuvchi avtotransportda oʻrnatilgan reklamalar

m2

3.0

2.5

32-ta dan ortiq boʻlgan oʻrindiqli va 3.5 tonnagacha yuk tashuvchi avtotransportda oʻrnatilgan reklamalar

m2

4.0

3.0

Viloyat hududida va transport vositalarida oʻrnatiladigan afisha va eʼlonlar uchun yigʻimlar

Elektr ustunlarida oʻrnatilgan va ikkala tomonining hajmi 1.5 m2 oshmagan afisha va eʼlonlar

dona

0.4

0.2

Avtotransportda oʻrnatilgan afisha va eʼlonlar (A3 hajmdan katta boʻlmagan)

dona

0.5

0.25

Bekat majmuasida oʻrnatilgan afisha va eʼlonlar (A0 ajmdan katta boʻlmagan)

dona

1.0

0.5

Yoʻl yoqasida va chorrahalarda osiladigan tortib bogʻlovchi afisha va eʼlonlar

10.0

5.0

Yoʻl qatnovi qismining tepasida osiladigan tortib bogʻlovchi afisha va eʼlonlar (bir tomoni uchun)

15.0

7.0

Viloyat hududida oʻrnatilgan reklama moslamalari uchun yigʻimlar

Reklama maydoni 10 m2 gacha boʻlgan katta hajmli reklamamoslamasi

dona

35.0

20.0

Reklama maydoni 20 m2 gacha boʻlgan katta hajmli reklama moslamasi

dona

75.0

35.0

Reklama maydon i 50 m2 gacha boʻl gan katta hajmli reklama moslamasi

dona

90.0

45.0

Yoʻl yoqasida va chorrahalarda osma reklamalar uchun moslamalar

dona

45.0

20.0

Yoʻl qatnovi qismining tepasida oʻrnatiladigan osma reklamalar uchun moslamalar

dona

75.0

35.0

Maydon, chorraha va xiyobonlarda oʻrnatilgan va alohida turuvchi modulli reklama moslamalari

dona

140.0

70.0

Viloyat hududida “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasiga tegishli boʻlgan reklama moslamalarini oylik haqi

Reklama moslamasi turi

1 oydan 3 oygacha

3 oydan 6 oygacha

12 oyga

Reklama maydoni 10 m2 gacha boʻlgan moslama

6.0 (k/k)
2.5 (uzb/k)

4.0 2.0

2.5
1.0

Reklama maydoni 20 m2 gacha boʻlgan moslama

7.5
5.0 (uzb/k)

6.0 3.5

4.0
2.5

Reklama maydoni 50 m2 gacha boʻlgan moslama

10.0 (k/k)
6.0 (uzb/k)

7.5 5.0

6.0
3.0

Yoʻl yoqasi va chorrahalardagi osma reklama uchun moslamasi

6.0 (k/k)
30 (uzb/k)

4.0 2.0

2.0
1.0

Yoʻl qatnovi qismining tepasidagi osma reklama moslamasi

7.5 (k/k)
3.5 (uzb/k)

6.0 2.5

4.0
1.5

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Viloyat hududida reklama mahsulotlarini pasportlash va joylashtirish uchun kerakli boʻlgan ruxsatnomalarni rasmiylashtirish uchun olinadigan toʻlovlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pasport va ruxsatnoma uchun — 15.0 AQSh dollari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reklama mahsulotlarini pasport va ruxsatnomasini tayyorlash buyurtmachini talabiga koʻra Tartibda belgilangan muddatdan tez bajarilishi koʻzda tutilsa, pasport va ruxsatnoma uchun toʻlov ikki baravar miqdorida olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
K/k — chet mahsulotlari, vakolatxonalar va qoʻshma korxonalari uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzb/k - Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar va korxonalar uchun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eslatma: Viloyat tuman markazlarida joylashtirilgan tashqi reklama uchun toʻlovlar mazkur tarifning 50.0 foizi miqdorida, viloyat hududidagi mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar va xizmatlar reklamasi, shuningdek qishloq joylarida barcha turdagi reklamalar toʻlovlarsiz amalga oshiriladi (bilbord, panno va metallokonstruksiyalar ijarasi bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat hududida reklama mahsulotlarini pasportlash va joylashtirish uchun kerakli boʻlgan ruxsatnomalarni rasmiylashtirish uchun olinadigan toʻlovlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pasport va ruxsatnoma uchun — 15 AQSh dollari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reklama mahsulotlarini pasporti va ruxsatnomasini tayyorlash buyurtmachini talabiga kura belgilangan tarkibda muddatidan oldin bajarilishi koʻzda tutilsa, pasport va ruxsatnoma uchun toʻlov ikki baravar miqdorda undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reklama qurilmalari xizmati uchun bir yilga bir marotabalik toʻlov 100 AQSh dollari taʼrif toʻlovlari AQSh dollarining soʻmga nisbatan UzR Markaziy banki tomonidan belgilangan kursi asosida shartnoma tuzilgan kunga nisbatan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy ravishda reklama mahsulotlarini joylashtirilgan buyurtmachilar va reklama tarqatuvchilarga nisbatan vakil organ yuqorida qayd etilgan taraflarga nisbatan imtiyoz borishga haqli.