Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
Tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga amalda olib kelinishi paytigacha bojxona organlariga dastlabki bojxona deklaratsiyasini taqdim etish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 30-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2418]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 4-maydagi 01-02/13-19-sonli ““Tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga amalda olib kelinishi paytigacha bojxona organlariga dastlabki bojxona deklaratsiyasini taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2418-5, 04.05.2021-y.) asosan 2021-yil 5-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 2-son, 36-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 18-iyuldagi PF-4455-son “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-yil, 29-son, 328-modda) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi 379-son “Tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirish bilan bogʻliq tartibotlarni liberallashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-yil, 2-son, 24-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga amalda olib kelinishi paytigacha bojxona organlariga dastlabki bojxona deklaratsiyasini taqdim etish tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2013-yil 28-yanvar,
01-02/12-9-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 28-yanvardagi 01-02/12-9-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga amalda olib kelinishi paytigacha bojxona organlariga dastlabki bojxona deklaratsiyasini taqdim etish tartibi toʻgʻrisida
nizom
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 2-son, 36-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 18-iyuldagi PF–4455-son “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-yil, 29-son, 328-modda) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi 379-son “Tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirish bilan bogʻliq tartibotlarni liberallashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-yil, 2-son, 24-modda) muvofiq dastlabki bojxona deklaratsiyasini taqdim etgan holda “erkin muomalaga chiqarish” (keyingi oʻrinlarda — import deb yuritiladi) bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovarlarni deklaratsiyalash tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
I. Umumiy qoidalar
1. Dastlabki bojxona deklaratsiyasi (keyingi oʻrinlarda — DBD deb yuritiladi) chet el tovarlari Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga amalda olib kelinishi paytigacha taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Quyidagi tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida DBDning qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi:
a) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilinishi taqiqlangan;
b) litsenziyalar boʻyicha import qilinadigan;
v) vakolatli organlarning ruxsatnomasi talab qilinadigan (muvofiqlik, gigiyena, veterinariya sertifikatlari va import karantin ruxsatnomasi bundan mustasno).
Keyingi tahrirga qarang.
3. Tovarlarning dastlabki bojxona rasmiylashtiruvi bojxona postida ikki bosqichda amalga oshiriladi:
birinchi bosqichda DBD bojxona yuk deklaratsiyasi (keyingi oʻrinlarda — BYuD deb yuritiladi) blanklarida yoki elektron BYuD shaklida rasmiylashtiriladi hamda bojxona postining mansabdor shaxsi tomonidan “BOJXONA NAZORATIDAGI YUK” toʻrtburchak shtampi qoʻyilib, nazoratga olinadi. Bunda DBDda koʻrsatilgan tovarlarning toʻliq miqdori uchun bojxona toʻlovlari toʻlanadi;
ikkinchi bosqichda tovarlar import bojxona rejimi asosida tovarga nisbatan vakolatga ega boʻlgan shaxsning toʻla ixtiyoriga beriladi. Bunda bojxona postining mansabdor shaxsi tomonidan DBDga “YUK CNIQARISNGA RUXSAT BERILDI” toʻrtburchak shtampi qoʻyiladi.
II. DBDni rasmiylashtirishning birinchi bosqichi
4. Tovarlarni dastlabki bojxona deklaratsiyalashda bojxona organlariga tovarlarni rasmiylashtiruvi davomida taqdim qilinadigan hujjatlar roʻyxatiga asosan (muvofiqlik, gigiyena, veterinariya sertifikati va import karantin ruxsatnomalari bundan mustasno) bojxona postiga hujjatlarning deklarant tomonidan tasdiqlangan nusxalari hamda ushbu hujjatlardagi maʼlumotlarning elektron koʻrinishi taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatlar bojxona postiga “Tovarlarni elektron deklaratsiyalash” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali vakolatli organlar va bojxona rasmiylashtiruvi mutaxassisi tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda elektron koʻrinishda ham taqdim etilishi mumkin.
5. DBDda tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilishidan va (yoki) bojxona postiga taqdim etilishidan oldin deklarantga maʼlum boʻlmagan maʼlumotlar aks ettirilmasligi mumkin.
DBD import bojxona rejimiga asosan BYuDni toʻldirish tartibiga muvofiq toʻldiriladi. Bunda DBDning birinchi ustuni 1-qismida “PR” harfli belgi koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Agarda DBDni roʻyxatga olgan bojxona postiga DBD roʻyxatga olingan kundan boshlab 30 (oʻttiz) kalendar kuni davomida tovarlar taqdim etilmasa yoki ushbu muddat ichida tovarlarga nisbatan taqiq va cheklovlar kiritilsa, bunday hollarda DBD bekor qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
III. DBDni rasmiylashtirishning ikkinchi bosqichi
7. Tovarlar import bojxona rejimi asosida tovarga nisbatan vakolatga ega boʻlgan shaxsning toʻla ixtiyoriga berilishidan avval bojxona postiga qonun hujjatlariga muvofiq gigiyena, muvofiqlik, veterinariya sertifikatlari va import karantin ruxsatnomasi taqdim qilinadi va belgilangan tartibda bojxona koʻrigidan oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Tovarlar bojxona koʻrigiga taqdim qilinishidan oldin bojxona posti mansabdor shaxsi hujjatlar nusxalarida koʻrsatilgan maʼlumotlarni asl hamda elektron hujjatlardagi maʼlumotlar bilan solishtiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Agarda taqdim qilingan hujjatlar (shu jumladan elektron koʻrinishdagi) bilan asl hujjatlardagi maʼlumotlarda nomuvofiqliklar mavjud boʻlsa yoki DBDda kerakli maʼlumotlar yetishmasa, deklarant tomonidan DBDga tegishli oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritiladi.
DBDga tuzatish kiritish (qayta rasmiylashtirish) tovarlarni bojxona koʻrigi amalga oshirilgunga qadar bojxona posti tomonidan bir ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. DBDni bekor qilish Bojxona yuk deklaratsiyalariga tuzatish kiritish, qayta rasmiylashtirish va bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2143, 2010-yil 24-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-yil, 38-son, 339-modda) muvofiq amalga oshiriladi.
DBD bekor qilinganidan soʻng, yangi BYuD Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 92-moddasida belgilangan 15 kunlik muddat ichida taqdim etilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
11. DBDning elektron nusxasiga bojxona postining mansabdor shaxsi tomonidan bojxona koʻrigi dalolatnomasi (44-ustun), yukni yetkazib berish nazorat kitobchasi (53-ustun) raqamlari, sanalari va tovarlar keltirilgan sana (S ustun) haqidagi maʼlumotlar kiritiladi va DBDning birinchi kichik boʻlimi 1-ustunidagi “PR” belgisi “IM” belgisi bilan almashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Yakuniy qoidalar
12. Bojxona rasmiylashtiruvida taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning haqqoniyligi uchun deklarant javobgardir.
13. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 5-son, 63-modda, 26-son, 347-modda; 2014-y., 48-son, 573-modda; 2016-y., 15-son, 153-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2018-y., 10/18/2418-4/1365-son)