Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-sonli “Tovar xomashyo birjalari faoliyatiga ilgʻor axborot texnologiyalarini keng joriy etish va elektron tijorat faoliyatini izchil rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Mahsulotlarni sotishning bozor prinsiplari va mexanizmlarini keng joriy etish, markazlashtirilgan taqsimlash tizimini tugatish, mulkchilik shakllaridan qatʼiy nazar, barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moddiy-texnika resurslari olishi uchun teng shart-sharoitlar yaratish, bozor narxlari shakllantirilishi mexanizmini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
respublika isteʼmolchilari oʻrtasida limitlarni taqsimlash tugatiladigan mahsulotlar turlari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
maxsus belgilanadigan tartib boʻyicha sotiladigan moddiy-texnika resurslarining strategik turlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
Moddiy-texnika resurslarining strategik turlarini sotishning maxsus tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Mahsulotlarni sotishning bozor mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 4-ilova berilmaydi.
Paxta tolasini bozor talablaridan kelib chiqib sotish tartibi Vazirlar Mahkamasining “Ishlab chiqarilgan va sotiladigan paxta tolasi uchun hisob-kitob qilish mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 3-iyundagi 240-son qarori bilan belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
1 va 2-ilovalarga muvofiq roʻyxat boʻyicha mahsulotlarni birja va kimoshdi savdolariga qoʻyish belgilangan tartibda tasdiqlanadigan korxonalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan jadvallarga muvofiq tegishli moddiy balanslarda ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan hajmlarga muvofiq yil davomida teng ravishda amalga oshiriladi;
(2-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
monopolist korxonalarning 1 va 2-ilovaga kiritilgan mahsulotlari ichki bozorda toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha, shuningdek birja (kimoshdi) savdolarida sotilishi mumkin. Bunda mahsulotlar (davlat ehtiyojlari, davlat strategik zaxiralarini toʻldirish va yangilash, davlat buyurtmasi boʻyicha mahsulot ishlab chiqarish, ishlab chiqaruvchilarning ichki tarmoq ehtiyojlari uchun, limitlar boʻyicha isteʼmolchilarning alohida toifalariga sotiladigan mahsulotlar, elektr energiyasi, tabiiy gaz va aviakerosin bundan mustasno) toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha oxirgi sanada eʼlon qilingan birja (kimoshdi) savdolari kotirovkalarining oʻrtacha narxlari boʻyicha sotiladi;
moddiy balanslarga muvofiq birja (kimoshdi) savdolarida sotishga moʻljallangan mahsulotlar toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha faqat birja (kimoshdi) savdolariga qoʻyilgan vaqtdan boshlab bir oy mobaynida sotilmagan hajmlarda oldingi haftadagi birja savdolarida vujudga kelgan birja savdolari oʻrtacha narxlari boʻyicha sotilishi mumkin;
(2-bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 25-noyabrdagi 244-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 48-50-son, 481-modda)
monopolist korxonalar tomonidan monopol mahsulotlar birja savdolari va kimoshdi savdolari orqali, shuningdek birja (kimoshdi savdolari) kotirovkalarining oʻrtacha narxlari boʻyicha toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha sotilgan taqdirda eʼlon qilingan cheklangan narxni oshirib yuborganliklari uchun ularga monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan jazolar qoʻllanilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Mahsulotlarning yuqori likvidli va monopol turlarini birja savdolariga qoʻyish muddatlari va hajmlari boʻyicha jadvallar buzilgan taqdirda quyidagilar olib qoʻyiladi:
toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha, shu jumladan eksportga moʻljallangan mahsulotlarning birja savdolariga qoʻyilmagan hajmini sotishda boshlangʻich narxdan ortiqcha olingan mablagʻlar;
mahsulotlarni birja savdolariga qoʻymaslik sababli birja narxlarining oshishi hisobiga olingan mablagʻlar.
Koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlarni olib qoʻyish narxlar (tariflar)ni shakllantirish va qoʻllashning belgilangan tartibi buzilgan taqdirda monopolist korxonalar uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
(2-bandga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-sonli qaroriga muvofiq yettinchi — oʻninchi xatboshilar qoʻshilgan — OʻR QHT, 2010-y., 42-43-son, 364-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Birja savdolarida (kimoshdi savdolarida) va toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha sotib olingan 1 va 2-ilovalarga muvofiq mahsulotlarga (elektr energiyasi va tabiiy gaz bundan mustasno) shartnomalar haqini oldindan toʻliq toʻlash yoki tovarlarning yetkazib beriladigan har bir turkumi uchun chaqirib olinmaydigan akkreditiv qoʻyish shartlarida tuziladi. Bunda birja bitishuvlari sotuvchi va xaridor tomonidan tegishli ravishda birja savdosiga qoʻyilgan tovar umumiy qiymatining va moʻljallanayotgan bitishuv hajmining10 foizigacha miqdorda garov taʼminoti toʻlangan holda, hisob-kitoblarni hisob-kitob-kliring palatasi orqali oʻtkazib amalga oshiriladi.
(2-bandining yettinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 23-oktabrdagi 222-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 43-son, 429-modda)
3. 2004-yil 1-apreldan boshlab quyidagicha tartib joriy etilsin, unga koʻra:
Oldingi tahrirga qarang.
tabiiy gaz isteʼmolchilari (aholi, budjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlar, va 5-ilovaga muvofiq korxonalardan tashqari) tuzilgan shartnomalarga muvofiq berilgan tabiiy gaz haqini toʻliq toʻlagan holda, navbatdagi kalendar oy boshlangunga qadar shartnomalarda nazarda tutilgan resurslar hajmining kamida 30 foizi uchun avans tariqasida haq toʻlaydilar;
budjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlar, va 5-ilovaga muvofiq korxonalar tuzilgan shartnomalarga muvofiq olingan resurslar haqini toʻliq toʻlagan holda, navbatdagi kalendar oy boshlangunga qadar shartnomalarda nazarda tutilgan resurslar hajmining kamida 15 foizi uchun avans tariqasida haq toʻlaydilar;
( 3-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-oktabrdagi 213-sonli qarori tahririda— Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 41-son, 414-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
aholi isteʼmol qilingan tabiiy gaz uchun oy tugagandan keyin 10 kun mobaynida, hisobga olish priborlari koʻrsatkichlari boʻyicha yoki belgilangan normativlar boʻyicha haq toʻlaydi.
Belgilab qoʻyilsinki, 5-ilovaga muvofiq korxonalarga haqi toʻlanmaganligi uchun tabiiy gaz berishni qisqartirish belgilangan tartibda energiya bilan taʼminlashning texnologik va avariya broni darajasigacha, tabiiy gaz berishni toʻliq uzib qoʻyish esa — faqat sud qaroriga binoan amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Belgilab qoʻyilsinki, isteʼmolchilar tomonidan 2-ilovaga kiritilgan, belgilanadigan narxlar boʻyicha sotib olingan mahsulotdan faqat ishlab chiqarish maqsadlarida foydalaniladi va ular qayta sotilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilanadigan narxlar boʻyicha sotib olingan resurslar isteʼmolchilar tomonidan qayta sotilishi hollari aniqlangan taqdirda qayta sotishdan olingan daromad budjetga olib qoʻyiladi va olingan daromad summasining 50 foizi miqdorida jarima solinadi, jarimalar summasi budjetga oʻtkaziladi.
(4-bandning ikkinchi xat boshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Resurslarni qayta sotish hollariga yoʻl qoʻygan korxonalar rahbarlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jinoiy javobgarlikkacha boʻlgan javobgarlikka tortiladilar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi, “Oʻzdavneftgazinspeksiya”, “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasi, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, “Oʻzmetkombinat” aksiyadorlik ishlab chiqarish birlashmasi, “Oʻzikkilamchiranglimetall” ochiq aksiyadorlik jamiyati, “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzeltexsanoat” va “Oʻzpaxtasanoat” uyushmalari, ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan birgalikda bir oy muddatda 1 va 2-ilovalarga kiritilgan mahsulotlarning har qaysi turi boʻyicha mahsulotni birja va kimoshdi savdolariga qoʻyish va sotishning puxtalashtirilgan tartibini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar. Bunda tartibda shartnoma majburiyatlari bajarilishi, oʻz vaqtida haq toʻlanishi va shartnoma intizomini buzganlik uchun jarima belgilanishi ustidan qatʼiy nazorat qilish mexanizmi nazarda tutilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi litsenziya bitimlariga muvofiq birja kotirovkalari va kimoshdi savdolari narxlari har haftada ommaviy axborot vositalarida oʻz vaqtida eʼlon qilinishi va ularning ishonchliligi ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 5-fevral,
57-son
Respublika isteʼmolchilari oʻrtasida limitlarni taqsimlash tugatiladigan mahsulotlar turlari roʻyxati
1. Ikkilamchi alyuminiy
2. Tozalangan mis
3. Metall rux
4. Kabel-sim mahsulotlari
5. Chigit shulxasi
6. Shrot (kunjara)
7. Em boʻladigan don
8. Oqishoq
9. Qand-shakar
10. Un (2004-yil II yarim yilligidan boshlab)
11. Oʻsimlik moyi
Maxsus belgilanadigan tartib boʻyicha sotiladigan moddiy-texnika resurslarining strategik turlari roʻyxati
1. Elektr energiyasi
2. Tabiiy gaz
3. Avtomobil benzini
4. Dizel yoqilgʻisi
5. Yoqilgʻi mazuti
6. Aviatsiya kerosini
7. Koʻmir
8. Paxta momigʻi
9. Mineral oʻgʻitlar
10. Qora metallar prokati
Oldingi tahrirga qarang.
11. Polietilen
12. Suyultirilgan gaz
13. Sement
Keyingi tahrirga qarang.
14. Shifer.
(11—14-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 25-noyabrdagi 244-son qarori bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 48—50-son, 481-modda)
Moddiy-texnika resurslari strategik turlarini sotishning maxsus tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom roʻyxati qarorga 2-ilovada keltirilgan moddiy-texnika resurslari strategik turlarini sotishning maxsus tartibini nazarda tutadi.
2. Moddiy-texnika resurslarining strategik turlaridan foydalanishning asosiy yoʻnalishlari belgilangan tartibga muvofiq tasdiqlanadigan moddiy balanslarda belgilanadi va ular quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
eksportga yetkazib berish;
davlat ehtiyojlari uchun, shu jumladan maxsus isteʼmolchilarga yetkazib berish;
davlat strategik zaxirasini toʻldirish va yangilash uchun yetkazib berish;
belgilangan tartibda tasdiqlangan davlat buyurtmasi hajmlariga muvofiq mahsulotlar ishlab chiqarish uchun yetkazib berish;
ishlab chiqaruvchilarning tarmoq ichidagi ehtiyojlari uchun hajmlar;
isteʼmolchilarning alohida toifalariga limitlar;
mahsulotlarni birja va kim oshdi savdolarida sotish hajmlari;
isteʼmolchilarga toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha yetkazib berish.
3. Davlat ehtiyojlari tarkibida, moddiy-texnika resurslari spetsifikasiga koʻra, budjet tashkilotlarining ularga ajratilgan budjet mablagʻlari doirasidagi ehtiyojlari, belgilangan normativlar va ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida davlat strategik zaxirasini toʻldirish va yangilash, belgilangan tartibda tasdiqlangan davlat buyurtmasi hajmlariga muvofiq mahsulotlar ishlab chiqarish hisobga olinadi.
4. Mahsulotlar davlat ehtiyojlari, davlat strategik zaxirasi resurslarini toʻldirish va yangilash, davlat buyurtmasiga muvofiq mahsulotlar ishlab chiqarish, ishlab chiqaruvchilarning tarmoq ichidagi ehtiyojlari uchun, isteʼmolchilarning ayrim toifalariga limitlar boʻyicha, elektr energiyasi, tabiiy gaz va aviakerosin esa – shuningdek isteʼmolchilar bilan tuziladigan toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha sotish qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan (eʼlon qilingan yoki belgilanadigan) narxlar boʻyicha sotiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Amaldagi qonun hujjatlarida monopol mahsulot sifatida belgilangan mahsulotlarni birja (kimoshdi) savdolariga qoʻyish qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan belgilangan narx darajasidagi boshlangʻich narx bilan amalga oshiriladi.
Mahsulotlar birja va kimoshdi savdolarida talab va taklifning bozor narxlari boʻyicha sotiladi. Birjalar har haftada ochiq matbuotda va Internet tarmoqlaridagi oʻz sahifalarida sotilgan mahsulotning oʻrtacha birja narxi kotirovkalarini (kimoshdi savdosi narxlarini) eʼlon qilishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Mahsulotlarni birja va kimoshdi savdolari orqali sotishda boshlangʻich narxdan ortiqcha olingan pul mablagʻlari ishlab chiqaruvchi korxonalar (sotuvchilar) tasarrufiga oʻtadi.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 21-iyundagi 185-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 25-son, 262-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Monopolist korxonalarning mahsulotlari toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha, shuningdek birja (kimoshdi) savdolarida sotiladi. Bunda mahsulotlar toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha oxirgi sanada eʼlon qilingan birja (kimoshdi) savdolari kotirovkalarining oʻrtacha narxlari boʻyicha sotiladi, mazkur Nizomning 4-bandiga muvofiq sotiladigan mahsulotlar bundan mustasno.
Moddiy balanslarga muvofiq birja (kimoshdi) savdolarida sotishga moʻljallangan mahsulotlar toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha faqat birja (kimoshdi) savdolariga qoʻyilgan vaqtdan boshlab bir oy mobaynida sotilmagan hajmlarda oldingi haftadagi birja savdolarida vujudga kelgan birja savdolari oʻrtacha narxlari boʻyicha sotilishi mumkin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 25-noyabrdagi 244-son qarori bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 48—50-son, 481-modda)
7. Monopol mahsulotni birja va kimoshdi savdolari orqali, shuningdek birja (kimoshdi savdolari) kotirovkalarining oʻrtacha narxlari boʻyicha toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha sotadigan monopolist korxonalarga monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan eʼlon qilingan yoki belgilangan cheklangan narxlarni oshirib yuborganliklari uchun jazolar qoʻllanmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Mahsulotlarning yuqori likvidli va monopol turlarini birja savdolariga qoʻyish muddatlari va hajmlari boʻyicha jadvallar buzilgan taqdirda quyidagilar olib qoʻyiladi:
toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha, shu jumladan eksportga moʻljallangan mahsulotlarning birja savdolariga qoʻyilmagan hajmini sotishda boshlangʻich narxdan ortiqcha olingan mablagʻlar;
mahsulotlarni birja savdolariga qoʻymaslik sababli birja narxlarining oshishi hisobiga olingan mablagʻlar.
Koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlarni olib qoʻyish narxlar (tariflar)ni shakllantirish va qoʻllashning belgilangan tartibi buzilgan taqdirda monopolist korxonalar uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
(7-bandga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-sonli qaroriga muvofiq ikkinchi—beshinchi xatboshilar qoʻshilgan — OʻR QHT, 2010-y., 42-43-son, 364-modda)
8. Birja savdolarida (kim oshdi savdolarida) va toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha sotib olingan mahsulotlar (elektr energiyasi va tabiiy gaz bundan mustasno) yuzasidan shartnomalar haqini oldindan toʻliq toʻlash yoki yetkazib beriladigan tovarlarning har bir turkumi uchun chaqirib olinmaydigan akkreditiv qoʻyish shartlari bilan tuziladi.
9. Qarorda belgilangan shartlarda haqini toʻlashni yoki akkreditiv qoʻyishni rad etish “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq xaridor tomonidan sotuvchi foydasiga toʻlanadigan jarima jazolari qoʻllanishiga olib keladi.
II. Elektr energiyasini sotish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
10. Elektr energiyasi (quvvati)ni isteʼmolchilarga yetkazib berish tuzilgan elektr taʼminoti shartnomalari asosida, elektr energiyasi uchun tegishli tariflar boʻyicha, budjetdan moliyalashtiriladigan isteʼmolchilar uchun esa — ajratilgan budjet mablagʻlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 7-apreldagi 66-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 14-15-son, 108-modda)
11. Elektr energiyasini isteʼmolchilarning barcha toifalariga yetkazib berish belgilangan tariflarga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Elektr energiyasini isteʼmolchilarning barcha toifalariga (aholidan tashqari) navbatdagi oy uchun yetkazib berish tegishli oy uchun shartnomada nazarda tutilgan resurslar hajmining kamida 30 foizi uchun haq avans tariqasida toʻlangandan keyin amalga oshiriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 27-yanvardagi 32-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 3-4-son, 26-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Isteʼmolchining elektr energiyasi uchun qarzi mavjud boʻlgan taqdirda uning avans toʻlovlari hisobiga oʻtkazgan mablagʻlari qarzni toʻlashga yoʻnaltiriladi va avans toʻlovi sifatida hisobga olinmaydi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 7-apreldagi 66-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 14-15-son, 108-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Elektr energiyasi uchun toʻlov maishiy isteʼmolchi tomonidan har oyning 10 sanasigacha, aholidan toʻlovlarni qabul qiluvchi punktlar va tashkilotlar orqali amalga oshiriladi.
Elektr energiyasi uchun oldindan haq toʻlash qurilmalari mavjud boʻlgan, hisobga olish hisob-kitob priborlari oʻrnatilgan maishiy isteʼmolchilar elektr energiyasi uchun toʻlovni oldindan haq toʻlash tartibi boʻyicha amalga oshiradilar.
Elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulangan isteʼmolchilarga elektr energiyasi yetkazib berish oldindan toʻlangan haq doirasida amalga oshiriladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 7-apreldagi 66-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 14-15-son, 108-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Isteʼmolchining aybi bilan elektr energiyasi elektr taʼminoti shartnomasida koʻrsatilgan hajmdan kam isteʼmol qilingan taqdirda avans sifatida toʻlangan mablagʻlar qaytarib berilmaydi va elektr energiyasi uchun keyingi hisob-kitoblarda hisobga olinadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 7-apreldagi 66-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 14-15-son, 108-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Elektr taʼminoti shartnomalarida (maishiy isteʼmolchilardan tashqari) hisob-kitob davrida elektr taʼminoti shartnomasida koʻrsatilganidan 5 foizdan ortiq miqdorda isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonalari foydasiga hisob-kitob davri uchun elektr taʼminoti shartnomasida koʻrsatilgan miqdordan ortiqcha jami hajm uchun elektr energiyasi uchun belgilangan tarifning 50 foizi miqdorida jarima sanksiyalari toʻlash nazarda tutiladi.
Agar isteʼmolchining amaldagi yuklamasi yagona elektr energetikasi tizimining eng yuqori yuklamali soatlarida elektr taʼminoti shartnomasida nazarda tutilganidan 5 foizdan ortiq oshib ketsa hisob-kitob davri oxirida amaldagi yuklamaning ortib ketgan jami qismi uchun qayta hisob-kitob qilinadi va belgilangan tarifning 50 foizi miqdorida qoʻshimcha toʻlov undiriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 7-apreldagi 66-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 14-15-son, 108-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 7-apreldagi 66-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 14-15-son, 108-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Elektr taʼminoti shartnomasida koʻrsatilgan elektr energiyasining tegishli hajmi uchun oldindan haq toʻlangan taqdirda nazarda tutilayotgan oʻzgarishlargacha (joriy oy tugagungacha) 10 kundan kech boʻlmagan muddatda isteʼmolchining taklifiga koʻra elektr energiyasining shartnomadagi hajmlariga oʻzgartirishlar kiritilgan taqdirda elektr energiyasi kam yoki ortiqcha olingan deb hisoblanmaydi.
Elektr energiyasining shartnomadagi hajmlarini kamayish tomonga oʻzgartirishlar, oldindan haq toʻlanishidan qatʼi nazar, amalga oshiriladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 7-apreldagi 66-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 14-15-son, 108-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Elektr energiyasi yetkazib berishni toʻxtatib turish shartlari qonunda belgilanadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-fevraldagi 23-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 6-7-son, 53-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Alohida xavfli hamda elektr energiyasining uzib qoʻyilishi texnogen va avariyali oqibatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan uzluksiz texnologik jarayonga ega boʻlgan sanoat korxonalarida qarzdorlik vujudga kelgan taqdirda haq toʻlanmaganligi uchun elektr energiyasi yetkazib berilishini cheklash belgilangan tartibda elektr taʼminotining avariya bronigacha, toʻliq uzib qoʻyish esa — faqat sud qaroriga koʻra amalga oshirilishi mumkin
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 7-apreldagi 66-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 14-15-son, 108-modda)
III. Tabiiy gazni sotish tartibi
20. Isteʼmolchilarning barcha toifalariga tabiiy gaz yetkazib berish gaz bilan taʼminlovchi tashkilotlar bilan tuzilgan toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha isteʼmol qilish limitlarini belgilamasdan isteʼmolchilarning buyurtmanomalari asosida, budjetdan moliyalashtiriladigan isteʼmolchilar uchun esa — ajratiladigan budjet mablagʻlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Tabiiy gazni isteʼmolchilarning barcha toifalariga yetkazib berish belgilangan narxlarga muvofiq amalga oshiriladi.
22. Isteʼmol qilingan tabiiy gaz hajmi haqini oʻz vaqtida toʻlaydigan aholiga tabiiy gaz yetkazib berish cheklashlarsiz amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Tabiiy gaz isteʼmolchilari (aholi, budjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlar, va qarorga 5-ilovada koʻrsatilgan korxonalardan tashqari) berilgan tabiiy gaz haqini tuzilgan shartnomalarga muvofiq toʻliq toʻlagan holda shartnomalarda nazarda tutilgan resurslar hajmining kamida 30 foizining haqini navbatdagi kalendar oy boshlangungacha avans tariqasida toʻlaydilar.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-oktabrdagi 213-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 41-son, 414-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
24. Budjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlar, va qarorga 5-ilovada koʻrsatilgan korxonalar olingan resurslar haqini tuzilgan shartnomalarga muvofiq toʻliq toʻlagan holda shartnomalarda nazarda tutilgan resurslar, aholiga sotiladigan gaz hajmidan tashqari, hajmining kamida 15 foizining haqini navbatdagi kalendar oy boshlangungacha avans tariqasida toʻlaydilar.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-oktabrdagi 213-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 41-son, 414-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
25. Aholi isteʼmol qilingan tabiiy gaz hajmi haqini oy tugagandan keyin 10 kun mobaynida hisobga olish priborlari koʻrsatkichlari va belgilangan normativlar boʻyicha toʻlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Tabiiy gaz isteʼmolchi aybi bilan shartnomada koʻrsatilgan miqdordan kam isteʼmol qilingan taqdirda avans tariqasida toʻlangan mablagʻlar qaytarib berilmaydi, ular keyingi isteʼmol qilishda hisobga olinadi.
27. Gaz isteʼmolchilar tomonidan yetkazib beruvchi bilan kelishib olmasdan shartnomadagi hajmlardan ortiqcha olinishi yetkazib beruvchiga ortiqcha olingan gaz uchun qonun hujjatlarida belgilangan va shartnomalarda koʻrsatib oʻtilgan miqdorlarda oshirilgan haq toʻlanishiga olib keladi.
28. Isteʼmolchining taklifiga koʻra moʻljallanayotgan oʻzgartirishlargacha 10 kundan kech boʻlmagan muddatda kiritilgan tabiiy gazning navbatdagi oy (chorak) uchun hajmlari oʻzgartirilishi tabiiy gazning koʻrsatilgan hajmlari boʻyicha ortiqcha olish deb hisoblanmaydi.
29. Tabiiy gaz shartnomadagi miqdordan kam berilgan taqdirda isteʼmolchilar va gaz bilan taʼminlovchi tashkilotlar oʻrtasida shartnomalarda “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq jarima jazolari nazarda tutiladi.
30. Isteʼmol qilishning hisoblangan davri boshlangungacha oldindan haq toʻlashni taʼminlamagan yoki yakuniy hisob-kitob qilishni shartnomalarda belgilangan muddatlarda oʻz vaqtida amalga oshirmagan ulgurji isteʼmolchilarga tabiiy gaz berish toʻxtatiladi.
Tabiiy gazni, shu jumladan aholiga berishni toʻxtatish shartlari shartnomalar tuzishda nazarda tutiladi.
IV. Avtomobil benzini va dizel yonilgʻisi sotish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
31. Isteʼmolchilar bilan neft bazalari oʻrtasidagi shartnomalarga binoan tartibga solinadigan belgilangan narxlar boʻyicha:
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
davlat budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlarga avtomobil benzini va dizel yonilgʻisi budjet mablagʻlari hisobiga ajratilgan limitlarga muvofiq, shuningdek davlat strategik zaxirasini toʻldirish va yangilash uchun haqi oldindan 100 foiz toʻlangan holda;
(31-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 21-iyundagi 185-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 25-son, 262-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
davlat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi uchun qishloq xoʻjaligi isteʼmolchilariga dizel yonilgʻisi, yetkazib berilgan resurslar haqi 60 kun mobaynida toʻliq toʻlangan holda, 60 foizining haqini oldindan toʻlash sharti bilan sotiladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13martdagi 42-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 10-11-son, 63-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda budjet tashkilotlari avtomobil benzini va dizel yonilgʻisini birja savdolari orqali budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga sotib olishlari mumkin.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 21-iyundagi 185-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 25-son, 262-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
32. Avtomobil benzini va dizel yonilgʻisini Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi, shahar yoʻlovchi tashish korxonalariga (avtobuslarda yoʻlovchi tashish uchun) “Oʻzbekneftgaz” milliy-xolding kompaniyasi tomonidan sotish haqini 100 foiz oldindan toʻlagan holda yoki chaqirib olinmaydigan akkredetiv ostida buyurtma berilgan ehtiyojga muvofiq neft bazalari bilan toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bunda avtomobil benzinini sotish belgilangan narxlar boʻyicha, dizel yonilgʻisini esa neftni qayta ishlash zavodining neft bazalarigacha yetkazib berish uchun tashish toʻlovlari va neft bazalarining ustama narxlari ulgurji-sotish narxlari yigʻindisi sifatida hosil boʻladigan narxlar boʻyicha amalga oshiriladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 21-iyundagi 185-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 25-son, 262-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
33. Neft mahsulotlari eksportga, qoidaga koʻra, ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan balanslarda tasdiqlangan hajmlar doirasida sotiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
34. Keyinchalik aholiga sotish uchun moʻljallangan avtomobil benzini va dizel yonilgʻisining bozor fondini sotish tegishli litsenziyaga ega boʻlgan avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalari orqali amalga oshiriladi.
Avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalari tomonidan avtomobil benzini va dizel yonilgʻisini sotib olish neft bazalari bilan toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha neftni qayta ishlash zavodining neft bazalarigacha yetkazib berish uchun tashish toʻlovlari va neft bazalarining ustama narxlari ulgurji-sotish narxlari, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda va holatlarda narxga kiritiladigan summalar yigʻindisi sifatida hosil boʻladigan narxlar boʻyicha amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalari avtomobil benzini va dizel yonilgʻisini aholiga belgilangan narxlar boʻyicha sotadilar.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 21-iyundagi 185-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 25-son, 262-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
35. Avtomobil benzini va dizel yonilgʻisi, mazkur Nizomning 31 — 34-bandlarida koʻrsatilgan hajmlardan tashqari, ochiq birja savdolari orqali sotiladi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 21-iyundagi 185-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 25-son, 262-modda)
36. Avtomobil benzini va dizel yonilgʻisi resurslari tovar-xomashyo birjalarining ochiq birja savdolariga “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining neft bazalari tomonidan ularning oʻzlarining brokerlik oʻrinlari orqali qoʻyiladi. Ochiq birja savdolarida avtomobil benzini va dizel yonilgʻisini xarid qilish respublika isteʼmolchilarining barcha toifalari tomonidan tegishli brokerlar orqali amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ochiq birja savdolarida boshlangʻich narxi:
Keyingi tahrirga qarang.
avtomobil benziniga — belgilangan narxlar boʻyicha;
Keyingi tahrirga qarang.
dizel yonilgʻisiga — neftni qayta ishlash zavodining neft bazalarigacha yetkazib berish uchun tashish toʻlovlari va neft bazalarining ustama narxlari ulgurji-sotish narxlari yigʻindisi sifatida hosil boʻladigan narxlar boʻyicha belgilanadi.
(36-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 21-iyundagi 185-sonli qaroriga asosan ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar bilan almashtirilgan— OʻR QHT, 2011-y., 25-son, 262-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ochiq birja savdolari natijalari boʻyicha shartnomalar neft bazalari va bevosita isteʼmolchilar oʻrtasida haqi 100% oldindan toʻlanishi shartlari bilan tuziladi hamda yetkazib berish va isteʼmolchilarga xizmat koʻrsatish shartlarini oʻz ichiga oladi.
Ochiq birja savdolarida sotib olingan avtomobil benzini va dizel yonilgʻisi qayta sotilishi mumkin emas.
V. Yoqilgʻi mazutini sotish tartibi
37. Yoqilgʻi mazuti davlat budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlarga, “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga, “Issiqlik manbai” mintaqaviy ishlab chiqarish birlashmalariga, “Toshissiqlikmarkaz” birlashmasiga toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha yetkazib berilgan resurslar uchun 60 kun mobaynida toʻliq haq toʻlangan holda 30 foizi oldindan toʻlanadigan belgilanadigan narxlar boʻyicha sotiladi.
38. Respublika isteʼmolchilari uchun balansda nazarda tutilgan hajmlarda yoqilgʻi mazuti, mazkur Nizomning 37-bandida nazarda tutilgan hajmlardan tashqari, isteʼmolchilarga birja savdolari orqali sotiladi. “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining neft bazalari savdolardagi sotuvchilar hisoblanadi. Birja savdolarida yoqiladigan mazut respublika isteʼmolchilarining barcha toifalari tomonidan tegishli brokerlar orqali sotib olinadi.
Birja savdolariga qoʻyiladigan yoqilgʻi mazutining boshlangʻich narxi eʼlon qilinadigan narx darajasida belgilanadi.
Birja savdolarida sotib olingan yoqilgʻi mazuti qayta sotilishi mumkin emas.
VI. Koʻmir sotish tartibi
39. Balansdagi tasdiqlangan hajmlarga muvofiq koʻmir sotish budjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlarga, “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga yetkazib berilgan koʻmir uchun 60 kun mobaynida toʻliq haq toʻlangan holda haqi 30% oldindan toʻlanishi sharti bilan boshqariladigan narxlar boʻyicha koʻmir sotadigan tashkilotlar bilan tuziladigan toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalarga koʻra amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
40. Koʻmir, mazkur Nizomning 39-bandida nazarda tutilgan hajmlardan tashqari, tuzilgan shartnomaga muvofiq haqi 100% oldindan toʻlangan holda birja savdolari orqali sotiladi. Birja savdolarida koʻmir qazib oluvchi korxonalar sotuvchilar, viloyat koʻmir sotish tashkilotlari (aholiga sotish uchun) va respublikaning boshqa isteʼmolchilari xaridorlar hisoblanadi.
Koʻmirni birja savdolariga qoʻyishda uning boshlangʻich narxi belgilangan narx darajasida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
VII. Paxta lintini sotish tartibi
41. Paxta linti eksportga tashqi savdo kompaniyalari tomonidan balanslarda nazarda tutilgan hajmlarda sotiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 2-martdagi 79-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 8-9-son, 69-modda)
43. Paxta linti Koʻrlar jamiyati korxonalariga, Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish bosh boshqarmasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasiga balanslarda nazarda tutilgan hajmlarga muvofiq, haqi kamida 30% miqdorida oldindan toʻlangan va yetkazib berilgandan keyin 60 kun mobaynida toʻliq toʻlangan holda preyskurant narxlardan 5% ortiq boʻlgan narxlar boʻyicha sotiladi.
44. Paxta linti respublika isteʼmolchilariga Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi orqali kimoshdi savdolari orqali milliy valyutaga sotiladi. Kimoshdi savdolarida paxta lintining boshlangʻich narxi preyskurant narxdan past boʻlmagan darajada belgilanadi.
45. Paxta linti respublika korxonalariga ham toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar, ham kimoshdi savdosi natijalari boʻyicha kamida 30 foizi miqdorida oldindan haqini toʻlash va yetkazib berilgandan keyin 60 kun mobaynida toʻliq haq toʻlash sharti bilan sotiladi.
VIII. Mineral oʻgʻitlarni sotish tartibi
46. Mineral oʻgʻitlar:
qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarning balanslarda nazarda tutilgan hajmlarda davlat ehtiyojlari uchun shartnoma majburiyatlarini bajarishi uchun — “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari orqali:
Keyingi tahrirga qarang.
davlat ehtiyojlari uchun shartnoma majburiyatlari bilan qamrab olinmagan mahsulotlar yetishtirish uchun qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga — “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari orqali bevosita birja savdolarida birja narxlari boʻyicha va mineral oʻgʻitlarni birja savdolarida sotib oluvchi ixtisoslashtirilgan ulgurji korxonalarga haqi 100% oldindan toʻlangan holda sotiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Mineral oʻgʻitlarni sotishning mazkur tartibi davlat ehtiyojlari uchun mahsulot yetkazib berish boʻyicha shartnoma majburiyatlari bilan qamrab olinmagan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilariga ammiakli selitra sotishga tatbiq etilmaydi.
(46-bandga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 30-apreldagi 204-son qarori bilan toʻrtinchi xatboshi kiritilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 17-son, 200-modda)
47. Davlat ehtiyojlari uchun shartnoma majburiyatlarini bajarish uchun qishloq xoʻjaligi korxonalariga mineral oʻgʻitlar sotish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari oʻzlarining tumanlararo va tuman filiallari orqali hudud boʻyicha real talabni oʻrganadilar, buyurtmanomalar toʻplaydilar va mineral oʻgʻitlarning aniq turlarini yetkazib berish uchun pirovard isteʼmolchilar — qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari bilan shartnomalar tuzadilar;
Keyingi tahrirga qarang.
b) “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarining buyurtmanomalarini umumlashtirish asosida har yili, 1-oktabrdan kechikmay respublika viloyatlari boʻyicha mineral oʻgʻitlarga boʻlgan ehtiyoj prognozini tuzadilar va uni mamlakatimizning ishlab chiqaruvchi korxonalarida mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish boʻyicha kelgusi yilga dasturni oʻz vaqtida tayyorlash uchun “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga taqdim etadilar;
Keyingi tahrirga qarang.
v) ishlab chiqaruvchi korxonalardan mineral oʻgʻitlarni xarid qilish “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan har yili oʻtkaziladigan yarmarka savdolarida ishlab chiqaruvchi korxonalarning eʼlon qilingan narxlari boʻyicha amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
g) mineral oʻgʻitlar yetkazib berish toʻgʻrisidagi shartnomaga mahsulot uchun yetkazib berilgandan keyin 60 kun mobaynida uzil-kesil hisob-kitob qilgan holda mahsulotning yetkazib beriladigan har bir turkumi uchun oldindan 30% haq toʻlash shartlarida yetkazib berishning oyma-oy jadvali ilova qilinadi;
d) “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari mineral oʻgʻitlarni pirovard isteʼmolchilarga — qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga yetkazib berishni shartnomalarning ajralmas qismi hisoblangan yetkazib berishning oylik jadvallari asosida amalga oshiradilar. Etkazib berish mahsulot uchun yetkazib berilgandan keyin 60 kun mobaynida uzil-kesil hisob-kitob qilgan holda yetkazib beriladigan mahsulotning har bir turkumi uchun oldindan 30 foiz haqini toʻlash shartlarida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Avans toʻlovi va (yoki) yetkazib berilgan mineral oʻgʻitlar uchun uzil-kesil hisob-kitob qilish kechikishining barcha hollarida mineral oʻgʻitlarni keyingi yetkazib berish qarz toʻliq toʻlangungacha toʻxtatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ehtiyojlari uchun mahsulot yetkazib berish boʻyicha shartnoma majburiyatlari bilan qamrab olingan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilariga ammiakli selitra sotish “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan, yarmarka savdolari oʻtkazilmasdan amalga oshiriladi.
(47-bandga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 30-apreldagi 204-son qarori bilan xatboshi kiritilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 17-son, 200-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
48. Mineral oʻgʻitlar eksportga, qoidaga koʻra, ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan tasdiqlangan balanslardagi hajmlar doirasida sotiladi.
49. Texnologiya ehtiyojlariga moʻljallangan mineral oʻgʻitlar balanslarda nazarda tutilgan hajmlarda ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan tuzilgan toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha, 100% miqdorida oldindan haq toʻlangan holda qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan belgilangan narxlar boʻyicha sotiladi.
50. Mazkur Nizomning 47, 48, 49-bandlarida sanab oʻtilganlardan tashqari mineral oʻgʻitlar hajmi birja savdolarida 100% oldindan haq toʻlangan holda sotiladi.
Mineral oʻgʻitlarni ishlab chiqaruvchi zavodlar birja savdolarida sotuvchilar sifatida ish koʻradi. “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari xoʻjaliklarning barcha toifalariga kiruvchi qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari va mamlakatimiz qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari uchun mineral oʻgʻitlar sotuvchi ixtisoslashtirilgan ulgurji korxonalar birja savdolarida xaridorlar sifatida ish koʻradi. Mineral oʻgʻitlarni birja savdolariga qoʻyishdagi boshlangʻich narx belgilangan (eʼlon qilinadigan) narx darajasida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
51. Belgilangan narxlar boʻyicha toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalarga koʻra xarid qilingan mineral oʻgʻitlar resurslari qayta sotilishi mumkin emas.
Birja savdolarida sotib olingan mineral oʻgʻitlar resurslaridan faqat respublika hududida foydalaniladi va ular eksportga yetkazib berilishi mumkin emas.
IX. Qora metallar prokatini sotish tartibi
52. Balansda ajratilgan limitlar boʻyicha qora metallar prokatini sotish tasdiqlangan budjetdan ajratiladigan mablagʻlar doirasida budjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlar uchun, shu jumladan kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar qurish uchun saqlab qolinadi.
Isteʼmolchilarning ushbu toifalariga qora metallar prokati 100% oldindan haq toʻlagan holda qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan belgilangan narxlar boʻyicha toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalarga koʻra sotiladi.
Belgilangan narxlar boʻyicha toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalarga koʻra xarid qilingan qora metallar prokati qayta sotilishi mumkin emas.
53. Qora metallar prokati respublikaning boshqa isteʼmolchilariga birja savdolari (kimoshdi savdolari) orqali balanslarda nazarda tutilgan hajmlarda, shuningdek 100% haqi oldindan toʻlangan holda birja kotirovkalari (kimoshdi savdolari)ning oʻrtacha narxlari boʻyicha toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalarga koʻra sotiladi. Qora metallar prokatini birja va kimoshdi savdolariga qoʻyishda boshlangʻich narx belgilangan (eʼlon qilingan yoki qayd etilgan) narx darajasida belgilanadi.
Birja savdolarida sotib olingan qora metallar prokatidan faqat respublika hududida foydalaniladi va ular eksportga yetkazib berilishi mumkin emas.
54. Qora metallar prokati eksportga, qoidaga koʻra, ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan balanslarda tasdiqlanadigan hajmlarda sotiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga
5-ILOVA
5-ILOVA
Olingan tabiiy gaz uchun hisob-kitob qilishning alohida tartibi belgilanadigan strategik korxonalar
ROʻYXATI
|
I. “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boʻyicha | |
| 1. | Navoiy GRESi |
| 2. | Sirdaryo GRESi |
| 3. | Toshkent GRESi |
| 4. | Yangi Angren GRESi |
| 5. | Toshkent IEMi |
| 6. | “Toshissiqlikmarkaz” ishlab chiqarish birlashmasi |
| 7. | Fargʻona IEMi |
| 8. | Talimarjon GRESi |
| 9. | Muborak IEMi |
| 10. | Taxiatosh GRESi |
|
II. “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boʻyicha | |
| 1. | “Navoiyazot” ishlab chiqarish birlashmasi |
| 2. | Chirchiq “Elektrkimyosanoat” ishlab chiqarish birlashmasi |
| 3. | Fargʻona “Azot” ishlab chiqarish birlashmasi |
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 5-son, 57-modda, 17-son, 200-modda; 2005-y., 3-4-son, 26-modda, 8-9-son, 69-modda, 21-son, 151-modda; 2006-y., 41-son, 414-modda, 46-47-son, 458-modda, 48-50-son, 481-modda; 2007-y., 43-son, 429-modda; 2008-y., 10-11-son, 63-modda; 2009-y., 52-son, 560-modda; 2010-y., 6-7-son, 53-modda, 14-15-son, 108-modda; 2010-y., 17-son, 130-modda, 42-43-son, 364-modda; 2011-y., 25-son, 262-modda; 2012-y., 21-son, 232-modda; 2013-y., 11-son, 141-modda, 23-son, 302-modda, 37-son, 485-modda, 45-son, 589-modda, 52-son, 690-modda; 2014-y., 41-son, 505-modda; 2015-y., 26-son, 341-modda, 52-son, 647-modda; 2017-y., 1-son, 15-modda, 11-son, 161-modda, 33-son, 863-modda, 33-son, 864-modda; 28.09.2017-y., 09/17/770/0023-son; 30.09.2017-y., 09/17/773/0035-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)