Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.03.2020 05.02.2004 yildagi 57-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.03.2020
Hujjat 05.02.2004 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-sonli “Tovar xomashyo birjalari faoliyatiga ilgʻor axborot texnologiyalarini keng joriy etish va elektron tijorat faoliyatini izchil rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulotlarni sotishning bozor prinsiplari va mexanizmlarini keng joriy etish, markazlashtirilgan taqsimlash tizimini tugatish, mulkchilik shakllaridan qatʼiy nazar, barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moddiy-texnika resurslari olishi uchun teng shart-sharoitlar yaratish, bozor narxlari shakllantirilishi mexanizmini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika isteʼmolchilari oʻrtasida limitlarni taqsimlash tugatiladigan mahsulotlar turlari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus belgilanadigan tartib boʻyicha sotiladigan moddiy-texnika resurslarining strategik turlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moddiy-texnika resurslarining strategik turlarini sotishning maxsus tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulotlarni sotishning bozor mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 4-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta tolasini bozor talablaridan kelib chiqib sotish tartibi Vazirlar Mahkamasining “Ishlab chiqarilgan va sotiladigan paxta tolasi uchun hisob-kitob qilish mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 3-iyundagi 240-son qarori bilan belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 va 2-ilovalarga muvofiq roʻyxat boʻyicha mahsulotlarni birja va kimoshdi savdolariga qoʻyish belgilangan tartibda tasdiqlanadigan tegishli moddiy balanslarda ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan hajmlarga muvofiq yil davomida teng ravishda amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birjalar 1 va 2-ilovalarga muvofiq sotilgan mahsulotlarning oʻrtacha birja narxi kotirovkalarini, kimoshdi savdolarida shakllangan narxlarni esa — savdo yakunlariga koʻra har haftada ochiq matbuotda va Internet tarmoqlaridagi oʻz sahifalarida eʼlon qilishlari shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monopolist korxonalarning 1 va 2-ilovalarga kiritilgan mahsulotlari ichki bozorda toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha oxirgi sanada eʼlon qilingan birja (kimoshdi savdolari) kotirovkalarining oʻrtacha narxlari boʻyicha sotilishi mumkin;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monopolist korxonalar tomonidan monopol mahsulotlar birja savdolari va kimoshdi savdolari orqali, shuningdek birja (kimoshdi savdolari) kotirovkalarining oʻrtacha narxlari boʻyicha toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha sotilgan taqdirda eʼlon qilingan cheklangan narxni oshirib yuborganliklari uchun ularga monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan jazolar qoʻllanilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birja savdolarida (kimoshdi savdolarida) va toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha sotib olingan 1 va 2-ilovalarga muvofiq mahsulotlarga (elektr energiyasi va tabiiy gaz bundan mustasno) shartnomalar haqini oldindan toʻliq toʻlash yoki tovarlarning yetkazib beriladigan har bir turkumi uchun chaqirib olinmaydigan akkreditiv qoʻyish shartlarida tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2004-yil 1-apreldan boshlab quyidagicha tartib joriy etilsin, unga koʻra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy gaz isteʼmolchilari (aholi, budjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlar, “Oʻzkommunxizmat” agentligi va 5-ilovaga muvofiq korxonalardan tashqari) tuzilgan shartnomalarga muvofiq berilgan tabiiy gaz haqini toʻliq toʻlagan holda, navbatdagi kalendar oy boshlangunga qadar shartnomalarda nazarda tutilgan resurslar hajmining kamida 30 foizi uchun avans tariqasida haq toʻlaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlar, “Oʻzkommunxizmat” agentligi va 5-ilovaga muvofiq korxonalar tuzilgan shartnomalarga muvofiq olingan resurslar haqini toʻliq toʻlagan holda, navbatdagi kalendar oy boshlangunga qadar shartnomalarda nazarda tutilgan resurslar hajmining kamida 15 foizi uchun avans tariqasida haq toʻlaydilar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi isteʼmol qilingan tabiiy gaz uchun oy tugagandan keyin 10 kun mobaynida, hisobga olish priborlari koʻrsatkichlari boʻyicha yoki belgilangan normativlar boʻyicha haq toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, 5-ilovaga muvofiq korxonalarga haqi toʻlanmaganligi uchun tabiiy gaz berishni qisqartirish belgilangan tartibda energiya bilan taʼminlashning texnologik va avariya broni darajasigacha, tabiiy gaz berishni toʻliq uzib qoʻyish esa — faqat sud qaroriga binoan amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki, isteʼmolchilar tomonidan 2-ilovaga kiritilgan, belgilanadigan narxlar boʻyicha sotib olingan mahsulotdan faqat ishlab chiqarish maqsadlarida foydalaniladi va ular qayta sotilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilanadigan narxlar boʻyicha sotib olingan resurslar isteʼmolchilar tomonidan qayta sotilishi hollari aniqlangan taqdirda qayta sotishdan olingan daromad budjetga olib qoʻyiladi va olingan daromad summasining 100 foizi miqdorida jarima solinadi, jarimalar summasi budjetga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Resurslarni qayta sotish hollariga yoʻl qoʻygan korxonalar rahbarlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jinoiy javobgarlikkacha boʻlgan javobgarlikka tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi, “Oʻzdavneftgazinspeksiya”, “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasi, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, “Oʻzmetkombinat” aksiyadorlik ishlab chiqarish birlashmasi, “Oʻzikkilamchiranglimetall” ochiq aksiyadorlik jamiyati, “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzeltexsanoat” va “Oʻzpaxtasanoat” uyushmalari, ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan birgalikda bir oy muddatda 1 va 2-ilovalarga kiritilgan mahsulotlarning har qaysi turi boʻyicha mahsulotni birja va kimoshdi savdolariga qoʻyish va sotishning puxtalashtirilgan tartibini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar. Bunda tartibda shartnoma majburiyatlari bajarilishi, oʻz vaqtida haq toʻlanishi va shartnoma intizomini buzganlik uchun jarima belgilanishi ustidan qatʼiy nazorat qilish mexanizmi nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi litsenziya bitimlariga muvofiq birja kotirovkalari va kimoshdi savdolari narxlari har haftada ommaviy axborot vositalarida oʻz vaqtida eʼlon qilinishi va ularning ishonchliligi ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 5-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika isteʼmolchilari oʻrtasida limitlarni taqsimlash tugatiladigan mahsulotlar turlari roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ikkilamchi alyuminiy
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tozalangan mis
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Metall rux
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kabel-sim mahsulotlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Chigit shulxasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Shrot (kunjara)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Em boʻladigan don
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oqishoq
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qand-shakar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Un (2004-yil II yarim yilligidan boshlab)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻsimlik moyi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus belgilanadigan tartib boʻyicha sotiladigan moddiy-texnika resurslarining strategik turlari roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Elektr energiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tabiiy gaz
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Avtomobil benzini
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Dizel yoqilgʻisi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yoqilgʻi mazuti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Aviatsiya kerosini
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Koʻmir
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Paxta momigʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mineral oʻgʻitlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qora metallar prokati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga
3 -ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moddiy-texnika resurslari strategik turlarini sotishning maxsus tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom roʻyxati qarorga 2-ilovada keltirilgan moddiy-texnika resurslari strategik turlarini sotishning maxsus tartibini nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Moddiy-texnika resurslarining strategik turlaridan foydalanishning asosiy yoʻnalishlari belgilangan tartibga muvofiq tasdiqlanadigan moddiy balanslarda belgilanadi va ular quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksportga yetkazib berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ehtiyojlari uchun, shu jumladan maxsus isteʼmolchilarga yetkazib berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat strategik zaxirasini toʻldirish va yangilash uchun yetkazib berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda tasdiqlangan davlat buyurtmasi hajmlariga muvofiq mahsulotlar ishlab chiqarish uchun yetkazib berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqaruvchilarning tarmoq ichidagi ehtiyojlari uchun hajmlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilarning alohida toifalariga limitlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlarni birja va kim oshdi savdolarida sotish hajmlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilarga toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha yetkazib berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat ehtiyojlari tarkibida, moddiy-texnika resurslari spetsifikasiga koʻra, budjet tashkilotlarining ularga ajratilgan budjet mablagʻlari doirasidagi ehtiyojlari, belgilangan normativlar va ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida davlat strategik zaxirasini toʻldirish va yangilash, belgilangan tartibda tasdiqlangan davlat buyurtmasi hajmlariga muvofiq mahsulotlar ishlab chiqarish hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mahsulotlar davlat ehtiyojlari, davlat strategik zaxirasi resurslarini toʻldirish va yangilash, davlat buyurtmasiga muvofiq mahsulotlar ishlab chiqarish, ishlab chiqaruvchilarning tarmoq ichidagi ehtiyojlari uchun, isteʼmolchilarning ayrim toifalariga limitlar boʻyicha, elektr energiyasi, tabiiy gaz va aviakerosin esa – shuningdek isteʼmolchilar bilan tuziladigan toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha sotish qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan (eʼlon qilingan yoki belgilanadigan) narxlar boʻyicha sotiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Amaldagi qonun hujjatlarida monopol mahsulot sifatida belgilangan mahsulotlarni birja (kimoshdi) savdolariga qoʻyish qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan belgilangan narx darajasidagi boshlangʻich narx bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulotlar birja va kimoshdi savdolarida talab va taklifning bozor narxlari boʻyicha sotiladi. Birjalar har haftada ochiq matbuotda va Internet tarmoqlaridagi oʻz sahifalarida sotilgan mahsulotning oʻrtacha birja narxi kotirovkalarini (kimoshdi savdosi narxlarini) eʼlon qilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulotlarni birja va kimoshdi savdolari orqali sotishda boshlangʻich narxdan ortiqcha olingan pul mablagʻlari ishlab chiqaruvchi korxonalar tasarrufiga oʻtadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Monopolist korxonalarning mahsuloti toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha, oxirgi sanada eʼlon qilingan birja (kimoshdi savdolari) kotirovkalarining oʻrtacha narxlari boʻyicha sotiladi (elektr energiyasi va tabiiy gazdan tashqari).
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Monopol mahsulotni birja va kimoshdi savdolari orqali, shuningdek birja (kimoshdi savdolari) kotirovkalarining oʻrtacha narxlari boʻyicha toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha sotadigan monopolist korxonalarga monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan eʼlon qilingan yoki belgilangan cheklangan narxlarni oshirib yuborganliklari uchun jazolar qoʻllanmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Birja savdolarida (kim oshdi savdolarida) va toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha sotib olingan mahsulotlar (elektr energiyasi va tabiiy gaz bundan mustasno) yuzasidan shartnomalar haqini oldindan toʻliq toʻlash yoki yetkazib beriladigan tovarlarning har bir turkumi uchun chaqirib olinmaydigan akkreditiv qoʻyish shartlari bilan tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qarorda belgilangan shartlarda haqini toʻlashni yoki akkreditiv qoʻyishni rad etish “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq xaridor tomonidan sotuvchi foydasiga toʻlanadigan jarima jazolari qoʻllanishiga olib keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Elektr energiyasini sotish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Isteʼmolchilarga elektr energiyasi yetkazib berish isteʼmolchilar va energiya sotuvchi tashkilotlar oʻrtasida kalendar yil uchun tuzilgan toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha, isteʼmolchilarning buyurtmanomalariga muvofiq choraklar boʻyicha taqsimlagan holda, budjetdan moliyalashtiriladigan isteʼmolchilar uchun esa — ajratiladigan budjet mablagʻlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Elektr energiyasini isteʼmolchilarning barcha toifalariga yetkazib berish belgilangan tariflarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Elektr energiyasini isteʼmolchilarning barcha toifalariga (aholidan tashqari) navbatdagi oy uchun yetkazib berish tegishli oy uchun shartnomada nazarda tutilgan resurslar hajmining kamida 30 foizi uchun haq avans tariqasida toʻlangandan keyin, oʻtgan davrda isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun 60 kun mobaynida toʻliq hisob-kitob qilish sharti bilan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Aholi isteʼmol qilingan elektr energiyasi hajmi haqini oy tugagandan keyin 10 kun mobaynida hisobga olish priborlari koʻrsatkichlari boʻyicha toʻlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Elektr energiyasi isteʼmolchi aybi bilan shartnomada koʻrsatilgan miqdordan kam isteʼmol qilingan taqdirda avans tariqasida toʻlangan mablagʻlar qaytarib berilmaydi, ular keyingi isteʼmolda hisobga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Isteʼmolchilar (aholidan tashqari) bilan energiyani sotuvchi tashkilotlar oʻrtasida tuzilgan shartnomalarda shartnomada koʻrsatilganidan 5 foizdan 10 foizgacha ortiqcha isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun belgilangan tarifning 50 foizi miqdorida energiyani sotuvchi tashkilotlar foydasiga jarima jazolari toʻlash hamda shartnomada koʻrsatilganidan 10 foizdan ortiq miqdorda isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun belgilangan tarifning 100 foizi miqdorida jarima jazolari toʻlash nazarda tutiladi, ushbu Nizomning 17-bandida koʻrsatilgan holatlar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Isteʼmolchilar bilan energiya sotish tashkilotlari oʻrtasidagi shartnomalarda bir chorakda elektr energiyasi shartnomadagi miqdordan 5 foizdan koʻp miqdorda olinmaganda (davlat budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar va aholidan tashqari) va toʻliq berilmagan taqdirda “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq jarima jazolari nazarda tutiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Isteʼmolchining taklifiga koʻra moʻljallanayotgan oʻzgartirishlargacha 10 kundan kech boʻlmagan muddatda kiritilgan elektr energiyasining shartnomadagi hajmlarining oʻzgartirilishi elektr energiyasini kam olish yoki ortiqcha olish deb hisoblanmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Elektr energiyasi berishni toʻxtatish shartlari shartnomalar tuzishda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda nazarda tutiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Elektr energiyasini haqini toʻlamaganlik uchun sanoat korxonalariga berishni toʻxtatib qoʻyish belgilangan tartibda energiya bilan taʼminlashning texnologik va avariya bronigacha, toʻliq uzib qoʻyish esa faqat sud qarori boʻyicha amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Tabiiy gazni sotish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Isteʼmolchilarning barcha toifalariga tabiiy gaz yetkazib berish gaz bilan taʼminlovchi tashkilotlar bilan tuzilgan toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha isteʼmol qilish limitlarini belgilamasdan isteʼmolchilarning buyurtmanomalari asosida, budjetdan moliyalashtiriladigan isteʼmolchilar uchun esa — ajratiladigan budjet mablagʻlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tabiiy gazni isteʼmolchilarning barcha toifalariga yetkazib berish belgilangan narxlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Isteʼmol qilingan tabiiy gaz hajmi haqini oʻz vaqtida toʻlaydigan aholiga tabiiy gaz yetkazib berish cheklashlarsiz amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Tabiiy gaz isteʼmolchilari (aholi, budjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlar, “Oʻzkommunxizmat” agentligi va qarorga 5-ilovada koʻrsatilgan korxonalardan tashqari) berilgan tabiiy gaz haqini tuzilgan shartnomalarga muvofiq toʻliq toʻlagan holda shartnomalarda nazarda tutilgan resurslar hajmining kamida 30 foizining haqini navbatdagi kalendar oy boshlangungacha avans tariqasida toʻlaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Budjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlar, “Oʻzkommunxizmat” agentligi va qarorga 5-ilovada koʻrsatilgan korxonalar olingan resurslar haqini tuzilgan shartnomalarga muvofiq toʻliq toʻlagan holda shartnomalarda nazarda tutilgan resurslar hajmining kamida 15 foizining haqini navbatdagi kalendar oy boshlangungacha avans tariqasida toʻlaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Aholi isteʼmol qilingan tabiiy gaz hajmi haqini oy tugagandan keyin 10 kun mobaynida hisobga olish priborlari koʻrsatkichlari va belgilangan normativlar boʻyicha toʻlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Tabiiy gaz isteʼmolchi aybi bilan shartnomada koʻrsatilgan miqdordan kam isteʼmol qilingan taqdirda avans tariqasida toʻlangan mablagʻlar qaytarib berilmaydi, ular keyingi isteʼmol qilishda hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Gaz isteʼmolchilar tomonidan yetkazib beruvchi bilan kelishib olmasdan shartnomadagi hajmlardan ortiqcha olinishi yetkazib beruvchiga ortiqcha olingan gaz uchun qonun hujjatlarida belgilangan va shartnomalarda koʻrsatib oʻtilgan miqdorlarda oshirilgan haq toʻlanishiga olib keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Isteʼmolchining taklifiga koʻra moʻljallanayotgan oʻzgartirishlargacha 10 kundan kech boʻlmagan muddatda kiritilgan tabiiy gazning navbatdagi oy (chorak) uchun hajmlari oʻzgartirilishi tabiiy gazning koʻrsatilgan hajmlari boʻyicha ortiqcha olish deb hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Tabiiy gaz shartnomadagi miqdordan kam berilgan taqdirda isteʼmolchilar va gaz bilan taʼminlovchi tashkilotlar oʻrtasida shartnomalarda “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq jarima jazolari nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Isteʼmol qilishning hisoblangan davri boshlangungacha oldindan haq toʻlashni taʼminlamagan yoki yakuniy hisob-kitob qilishni shartnomalarda belgilangan muddatlarda oʻz vaqtida amalga oshirmagan ulgurji isteʼmolchilarga tabiiy gaz berish toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tabiiy gazni, shu jumladan aholiga berishni toʻxtatish shartlari shartnomalar tuzishda nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Avtomobil benzini va dizel yonilgʻisi sotish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Avtomobil benzinini ajratilgan limitlar boʻyicha davlat budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlarga, davlat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish hajmlari uchun qishloq xoʻjaligi isteʼmolchilariga, strategik davlat zaxirasini toʻldirish va yangilash uchun sotish isteʼmolchilar va neft bazalari oʻrtasidagi shartnomalar boʻyicha belgilangan narxlarga binoan haqini 100 foiz oldindan toʻlagan holda, dizel yonilgʻisini esa — haqining 30 foizini oldindan toʻlab, yetkazib berilgan resurslar uchun toʻliq haqni 60 kun mobaynida toʻlagan holda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Avtomobil benzini va dizel yonilgʻisini Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi, “Toshaharyoʻlovchitrans” uyushmasiga “Oʻzbekneftgaz” milliy-xolding kompaniyasi tomonidan sotish haqini 100 foiz oldindan toʻlagan holda yoki chaqirib olinmaydigan akkredetiv ostida belgilangan narxlar boʻyicha buyurtma berilgan ehtiyojga muvofiq neft bazalari bilan toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Neft mahsulotlari eksportga, qoidaga koʻra, ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan balanslarda tasdiqlangan hajmlar doirasida sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Avtomobil benzini va dizel yonilgʻisi, mazkur Nizomning 31—33-bandlarida nazarda tutilgan hajmlardan tashqari, yopiq (bozor fondi) va ochiq birja savdolari orqali sotiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Avtomobil benzini va dizel yonilgʻisiga yopiq birja savdolari Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasida tashkil etiladi. Bozor fondi resurslari “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining neft bazalari tomonidan ularning oʻzlarining brokerlik oʻrinlari orqali savdoga qoʻyiladi. Tegishli litsenziyalarga ega boʻlgan avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalari xaridorlar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yopiq birja savdolarida boshlangʻich narx neft bazalarining eʼlon qilinadigan cheklangan ustamalari qoʻshilgan holda neftni qayta ishlash zavodlarining eʼlon qilingan cheklangan narxlari darajasida belgilanadi. Savdo natijalari boʻyicha shartnomalar neft bazalari va avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalari oʻrtasida haqi 100% oldindan toʻlanishi shartlari bilan tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalari avtomobil benzini va dizel yonilgʻisini aholiga belgilangan narxlar boʻyicha naqd pulga sotadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Avtomobil benzini va dizel yonilgʻisi resurslari tovar-xomashyo birjalarining ochiq birja savdolariga “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining neft bazalari tomonidan ularning oʻzlarining brokerlik oʻrinlari orqali qoʻyiladi. Ochiq birja savdolarida avtomobil benzini va dizel yonilgʻisini xarid qilish respublika isteʼmolchilarining barcha toifalari tomonidan tegishli brokerlar orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ochiq birja savdolaridagi boshlangʻich narx neft bazalarining cheklangan ustamalari hisobga olingan holda neftni qayta ishlash zavodlarining eʼlon qilinadigan cheklangan narxlari darajasida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ochiq birja savdolari natijalari boʻyicha shartnomalar neft bazalari va bevosita isteʼmolchilar oʻrtasida haqi 100% oldindan toʻlanishi shartlari bilan tuziladi hamda yetkazib berish va isteʼmolchilarga xizmat koʻrsatish shartlarini oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ochiq birja savdolarida sotib olingan avtomobil benzini va dizel yonilgʻisi qayta sotilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Yoqilgʻi mazutini sotish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Yoqilgʻi mazuti davlat budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlarga, “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga, “Issiqlik manbai” mintaqaviy ishlab chiqarish birlashmalariga, “Toshissiqlikmarkaz” birlashmasiga toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha yetkazib berilgan resurslar uchun 60 kun mobaynida toʻliq haq toʻlangan holda 30 foizi oldindan toʻlanadigan belgilanadigan narxlar boʻyicha sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Respublika isteʼmolchilari uchun balansda nazarda tutilgan hajmlarda yoqilgʻi mazuti, mazkur Nizomning 37-bandida nazarda tutilgan hajmlardan tashqari, isteʼmolchilarga birja savdolari orqali sotiladi. “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining neft bazalari savdolardagi sotuvchilar hisoblanadi. Birja savdolarida yoqiladigan mazut respublika isteʼmolchilarining barcha toifalari tomonidan tegishli brokerlar orqali sotib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birja savdolariga qoʻyiladigan yoqilgʻi mazutining boshlangʻich narxi eʼlon qilinadigan narx darajasida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birja savdolarida sotib olingan yoqilgʻi mazuti qayta sotilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Koʻmir sotish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Balansdagi tasdiqlangan hajmlarga muvofiq koʻmir sotish budjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlarga, “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga yetkazib berilgan koʻmir uchun 60 kun mobaynida toʻliq haq toʻlangan holda haqi 30% oldindan toʻlanishi sharti bilan boshqariladigan narxlar boʻyicha koʻmir sotadigan tashkilotlar bilan tuziladigan toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalarga koʻra amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Koʻmir, mazkur Nizomning 39-bandida nazarda tutilgan hajmlardan tashqari, tuzilgan shartnomaga muvofiq haqi 100% oldindan toʻlangan holda birja savdolari orqali sotiladi. Birja savdolarida koʻmir qazib oluvchi korxonalar sotuvchilar, viloyat koʻmir sotish tashkilotlari (aholiga sotish uchun) va respublikaning boshqa isteʼmolchilari xaridorlar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻmirni birja savdolariga qoʻyishda uning boshlangʻich narxi belgilangan narx darajasida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Paxta lintini sotish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Paxta linti eksportga tashqi savdo kompaniyalari tomonidan balanslarda nazarda tutilgan hajmlarda sotiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Paxta linti respublikaning norezidentlariga erkin muomaladagi valyutaga, shu jumladan eksportga “Oʻzauksionsavdo”ning kimoshdi savdolarida balanslarda tasdiqlangan hajmlar doirasida sotiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Paxta linti Koʻrlar jamiyati korxonalariga, Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish bosh boshqarmasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasiga balanslarda nazarda tutilgan hajmlarga muvofiq, haqi kamida 30% miqdorida oldindan toʻlangan va yetkazib berilgandan keyin 60 kun mobaynida toʻliq toʻlangan holda preyskurant narxlardan 5% ortiq boʻlgan narxlar boʻyicha sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Paxta linti respublika isteʼmolchilariga Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi orqali kimoshdi savdolari orqali milliy valyutaga sotiladi. Kimoshdi savdolarida paxta lintining boshlangʻich narxi preyskurant narxdan past boʻlmagan darajada belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Paxta linti respublika korxonalariga ham toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar, ham kimoshdi savdosi natijalari boʻyicha kamida 30 foizi miqdorida oldindan haqini toʻlash va yetkazib berilgandan keyin 60 kun mobaynida toʻliq haq toʻlash sharti bilan sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Mineral oʻgʻitlarni sotish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Mineral oʻgʻitlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarning balanslarda nazarda tutilgan hajmlarda davlat ehtiyojlari uchun shartnoma majburiyatlarini bajarishi uchun — “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari orqali:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ehtiyojlari uchun shartnoma majburiyatlari bilan qamrab olinmagan mahsulotlar yetishtirish uchun qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga — “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari orqali bevosita birja savdolarida birja narxlari boʻyicha va mineral oʻgʻitlarni birja savdolarida sotib oluvchi ixtisoslashtirilgan ulgurji korxonalarga haqi 100% oldindan toʻlangan holda sotiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Davlat ehtiyojlari uchun shartnoma majburiyatlarini bajarish uchun qishloq xoʻjaligi korxonalariga mineral oʻgʻitlar sotish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari oʻzlarining tumanlararo va tuman filiallari orqali hudud boʻyicha real talabni oʻrganadilar, buyurtmanomalar toʻplaydilar va mineral oʻgʻitlarning aniq turlarini yetkazib berish uchun pirovard isteʼmolchilar — qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari bilan shartnomalar tuzadilar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarining buyurtmanomalarini umumlashtirish asosida har yili, 1-oktabrdan kechikmay respublika viloyatlari boʻyicha mineral oʻgʻitlarga boʻlgan ehtiyoj prognozini tuzadilar va uni mamlakatimizning ishlab chiqaruvchi korxonalarida mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish boʻyicha kelgusi yilga dasturni oʻz vaqtida tayyorlash uchun “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga taqdim etadilar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ishlab chiqaruvchi korxonalardan mineral oʻgʻitlarni xarid qilish “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan har yili oʻtkaziladigan yarmarka savdolarida ishlab chiqaruvchi korxonalarning eʼlon qilingan narxlari boʻyicha amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) mineral oʻgʻitlar yetkazib berish toʻgʻrisidagi shartnomaga mahsulot uchun yetkazib berilgandan keyin 60 kun mobaynida uzil-kesil hisob-kitob qilgan holda mahsulotning yetkazib beriladigan har bir turkumi uchun oldindan 30% haq toʻlash shartlarida yetkazib berishning oyma-oy jadvali ilova qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari mineral oʻgʻitlarni pirovard isteʼmolchilarga — qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga yetkazib berishni shartnomalarning ajralmas qismi hisoblangan yetkazib berishning oylik jadvallari asosida amalga oshiradilar. Etkazib berish mahsulot uchun yetkazib berilgandan keyin 60 kun mobaynida uzil-kesil hisob-kitob qilgan holda yetkazib beriladigan mahsulotning har bir turkumi uchun oldindan 30 foiz haqini toʻlash shartlarida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avans toʻlovi va (yoki) yetkazib berilgan mineral oʻgʻitlar uchun uzil-kesil hisob-kitob qilish kechikishining barcha hollarida mineral oʻgʻitlarni keyingi yetkazib berish qarz toʻliq toʻlangungacha toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Mineral oʻgʻitlar eksportga, qoidaga koʻra, ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan tasdiqlangan balanslardagi hajmlar doirasida sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Texnologiya ehtiyojlariga moʻljallangan mineral oʻgʻitlar balanslarda nazarda tutilgan hajmlarda ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan tuzilgan toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha, 100% miqdorida oldindan haq toʻlangan holda qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan belgilangan narxlar boʻyicha sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Mazkur Nizomning 47, 48, 49-bandlarida sanab oʻtilganlardan tashqari mineral oʻgʻitlar hajmi birja savdolarida 100% oldindan haq toʻlangan holda sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mineral oʻgʻitlarni ishlab chiqaruvchi zavodlar birja savdolarida sotuvchilar sifatida ish koʻradi. “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari xoʻjaliklarning barcha toifalariga kiruvchi qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari va mamlakatimiz qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari uchun mineral oʻgʻitlar sotuvchi ixtisoslashtirilgan ulgurji korxonalar birja savdolarida xaridorlar sifatida ish koʻradi. Mineral oʻgʻitlarni birja savdolariga qoʻyishdagi boshlangʻich narx belgilangan (eʼlon qilinadigan) narx darajasida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Belgilangan narxlar boʻyicha toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalarga koʻra xarid qilingan mineral oʻgʻitlar resurslari qayta sotilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birja savdolarida sotib olingan mineral oʻgʻitlar resurslaridan faqat respublika hududida foydalaniladi va ular eksportga yetkazib berilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. Qora metallar prokatini sotish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Balansda ajratilgan limitlar boʻyicha qora metallar prokatini sotish tasdiqlangan budjetdan ajratiladigan mablagʻlar doirasida budjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlar uchun, shu jumladan kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar qurish uchun saqlab qolinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isteʼmolchilarning ushbu toifalariga qora metallar prokati 100% oldindan haq toʻlagan holda qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan belgilangan narxlar boʻyicha toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalarga koʻra sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan narxlar boʻyicha toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalarga koʻra xarid qilingan qora metallar prokati qayta sotilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Qora metallar prokati respublikaning boshqa isteʼmolchilariga birja savdolari (kimoshdi savdolari) orqali balanslarda nazarda tutilgan hajmlarda, shuningdek 100% haqi oldindan toʻlangan holda birja kotirovkalari (kimoshdi savdolari)ning oʻrtacha narxlari boʻyicha toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalarga koʻra sotiladi. Qora metallar prokatini birja va kimoshdi savdolariga qoʻyishda boshlangʻich narx belgilangan (eʼlon qilingan yoki qayd etilgan) narx darajasida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birja savdolarida sotib olingan qora metallar prokatidan faqat respublika hududida foydalaniladi va ular eksportga yetkazib berilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Qora metallar prokati eksportga, qoidaga koʻra, ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan balanslarda tasdiqlanadigan hajmlarda sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olingan tabiiy gaz uchun hisob-kitob qilishning alohida tartibi belgilanadigan strategik korxonalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

I. “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boʻyicha

1.‎ Navoiy GRESi
2.‎ Sirdaryo GRESi
3.‎ Toshkent GRESi
4.‎ Yangi Angren GRESi
5.‎ Toshkent IEMi
6.‎ “Toshissiqlikmarkaz” ishlab chiqarish birlashmasi
7.‎ Fargʻona IEMi
8.‎ Talimarjon GRESi
9.‎ Muborak IEMi
10.‎ Taxiatosh GRESi

II. “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boʻyicha

1.‎ “Navoiyazot” ishlab chiqarish birlashmasi
2.‎ Chirchiq “Elektrkimyosanoat” ishlab chiqarish birlashmasi
3.‎ Fargʻona “Azot” ishlab chiqarish birlashmasi
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 5-son, 57-modda, 17-son, 200-modda; 2005-y., 3-4-son, 26-modda, 8-9-son, 69-modda, 21-son, 151-modda; 2006-y., 41-son, 414-modda, 46-47-son, 458-modda, 48-50-son, 481-modda; 2007-y., 43-son, 429-modda; 2008-y., 10-11-son, 63-modda; 2009-y., 52-son, 560-modda; 2010-y., 6-7-son, 53-modda, 14-15-son, 108-modda; 2010-y., 17-son, 130-modda, 42-43-son, 364-modda; 2011-y., 25-son, 262-modda; 2012-y., 21-son, 232-modda; 2013-y., 11-son, 141-modda, 23-son, 302-modda, 37-son, 485-modda, 45-son, 589-modda, 52-son, 690-modda; 2014-y., 41-son, 505-modda; 2015-y., 26-son, 341-modda, 52-son, 647-modda; 2017-y., 1-son, 15-modda, 11-son, 161-modda, 33-son, 863-modda, 33-son, 864-modda; 28.09.2017-y., 09/17/770/0023-son; 30.09.2017-y., 09/17/773/0035-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)