Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.04.2016 18.01.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2414
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.04.2016
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning hududiy boʻlinmalarida budjetdan mablagʻ oluvchilarning shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarini ochish, yopish va yuritish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 18-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2414]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 24-martdagi 21-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining axborot tizimida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarini yuritish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2772, 30.03.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat budjetining gʻazna ijrosi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-y., 9-son, 164-modda) va “Budjet tizimi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 6-modda) qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 28-fevraldagi PQ–594-sonli “Davlat budjetining gʻazna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 9-10-son, 82-modda) muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning hududiy boʻlinmalarida budjetdan mablagʻ oluvchilarning shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarini ochish, yopish va yuritish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2007-yil 17-oktabrdagi 93-sonli “Budjetdan mablagʻ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida va uning hududiy boʻlinmalarida yuritish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1746, 2007-yil 5-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 48-49-son, 495-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 4-noyabrdagi 94-sonli “Budjetdan mablagʻ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida va uning hududiy boʻlinmalarida yuritish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1746-1, 2010-yil 19-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 47-son, 437-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 17-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2012-yil 17-dekabrdagi 86-sonli buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning hududiy boʻlinmalarida budjetdan mablagʻ oluvchilarning shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarini ochish, yopish va yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOIDALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat budjetining gʻazna ijrosi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-y., 9-son, 164-modda) va “Budjet tizimi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 6-modda) qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 28-fevraldagi PQ–594-sonli “Davlat budjetining gʻazna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 9-10-son, 82-modda) muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning hududiy boʻlinmalarida budjetdan mablagʻ oluvchilarning shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarini ochish, yopish va yuritish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetdan mablagʻ oluvchilar — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan (keyingi oʻrinlarda Davlat budjeti deb yuritiladi) mablagʻ ajratilishi nazarda tutilgan yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek kapital qurilish buyurtmachilari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kapital qurilish buyurtmachilari — markazlashtirilgan manbalar hisobidan amalga oshirilayotgan qurilish obyektlarini boshqarish va texnik kuzatuv funksiyalarini amalga oshiruvchi vakolatli organlar, shuningdek vakolatli organ tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etilgan yagona buyurtmachi xizmati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markazlashtirilgan manbalar — Davlat budjeti va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari, shuningdek davlat maqsadli jamgʻarmalari va boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalarning mablagʻlari hamda Oʻzbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb qilingan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari — budjetni tuzishda hisobga olib boʻlmaydigan, yil mobaynida iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy va boshqa sohalardagi koʻzda tutilmagan qoʻshimcha xarajatlarni moliyalashtirish (toʻlash)ga yoʻnaltiriladigan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining zaxira jamgʻarmalari mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetdan mablagʻ oluvchilarning budjetdan tashqari mablagʻlari — budjetdan mablagʻ oluvchilar ixtiyoriga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda budjetdan tashqari manbalar hisobiga kelib tushayotgan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy gʻazna hisobvaraqlar — tegishli budjetdan mablagʻ oluvchilar, shu jumladan kapital qurilish buyurtmachilari uchun moliya organlari tomonidan ochiladigan budjet, shuningdek Zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari va budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha mablagʻlar harakati bilan bogʻliq operatsiyalarni aks ettirish uchun moʻljallangan analitik hisoblar registri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻaznachilik boʻlinmalari — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi, hududiy gʻaznachilik boshqarmalari, shuningdek tuman (shahar) gʻaznachilik boʻlinmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishning titul roʻyxati — qurilishning butun davri uchun kapital qoʻyilmalar hajmi va ularning xarajat yoʻnalishlari hamda texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari aks ettirilgan, har bir obyekt kesimida tuziladigan moliyaviy hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishning manzilli roʻyxati — kapital qurilish buyurtmachilari tomonidan har yili tuziladigan va belgilangan tartibda ajratilgan pul mablagʻlari limiti doirasida tasdiqlanadigan obyektlar roʻyxatini hamda ishlar hajmi va foydalanish yoʻnalishlari boʻyicha xarajatlarni oʻz ichiga oluvchi moliyaviy hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kapital qurilish obyektlari boʻyicha xarajatlarning oylik yoyilmasi — qurilishning budjet tasnifi koʻrsatkichlari asosida kapital qoʻyilmalar limitlari, ularni sarflash yoʻnalishlari koʻrsatilgan va ularning texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari aks ettirilgan holda hamda budjet xarajatlarining oylar yoyilmasida har bir quriladigan obyektlar kesimida buyurtmachi tomonidan tuziladigan, tasdiqlanadigan va tegishli moliya organi bilan oʻrnatilgan tartibda kelishiladigan moliyaviy hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarajatlar toʻlovi ruxsatnomasi (keyingi oʻrinlarda — XTR deb yuritiladi) — koʻrsatilgan vaqt davridan boshlab, uning doirasida budjetdan mablagʻ oluvchi yuridik majburiyatni qabul qilishi mumkin boʻlgan, gʻaznachilik boʻlinmasi tomonidan budjetdan mablagʻ oluvchiga beriladigan, budjetdan ajratilgan mablagʻlar summasini aks ettiruvchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik majburiyat — budjetdan mablagʻ oluvchilarning shartnomalar, kontraktlar, tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining qarorlari hamda boshqa hujjatlar asosida ikkinchi tomon oldida yuzaga keladigan majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy majburiyat — budjetdan mablagʻ oluvchilar zimmasiga tegishli mablagʻlarni oʻtkazib berish majburiyatini yuklovchi toʻlov hujjatlari, jumladan, sud hujjatlari asosida budjetdan mablagʻ oluvchilarning ikkinchi tomon oldida yuzaga keladigan majburiyatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Budjetdan mablagʻ oluvchilarga shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarini ochish va yopish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika budjeti boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli tarmoq boshqarmalari tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjetlar boʻyicha — tegishli viloyat va Toshkent shahar hokimliklari moliya boshqarmalari hamda tuman (shahar) hokimliklari moliya boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II bob. Shaxsiy gʻazna hisobvaraqlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarining tuzilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Moliya organlari tomonidan budjetdan mablagʻ oluvchilar uchun budjet va budjetdan tashqari mablagʻlarni sarflash boʻyicha operatsiyalar hisobini yuritish maqsadida Davlat budjeti budjet tasnifining tegishli kodlari boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlar ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Budjetdan mablagʻ oluvchilarning budjet shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarda quyidagilar hisobi yuritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetdan mablagʻ oluvchining xarajatlar smetasida nazarda tutilgan va uning faoliyatini yuritishni taʼminlash va markazlashgan tadbirlarini amalga oshirish uchun rejali budjet ajratmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs boʻlmagan quyi budjetdan mablagʻ oluvchilar uchun nazarda tutilgan rejali budjet ajratmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kapital qurilish obyektlari boʻyicha xarajatlarning oylik yoyilmasida nazarda tutilgan rejali budjet ajratmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari boʻyicha xarajatlar smetasida nazarda tutilgan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va moliyaviy majburiyatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XTR;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kassa xarajatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Budjetdan mablagʻ oluvchilarning budjetdan tashqari shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarda quyidagilar hisobi yuritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetdan mablagʻ oluvchilarning tegishli smetalarida nazarda tutilgan rejali budjetdan tashqari mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlarning tushumi va sarflanishining cheklanmagan turlari bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelib tushgan budjetdan tashqari tushumlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va moliyaviy majburiyatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kassa xarajatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Shaxsiy gʻazna hisobvaraqlar belgilangan maqsadiga koʻra mazkur Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarining turlari boʻyicha ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Shaxsiy gʻazna hisobvaraqlar mazkur Qoidalarning 2-ilovasiga muvofiq shaklda Budjetdan mablagʻ oluvchilarning shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarini roʻyxatga olish jurnalida qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Har bir shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga tegishli unikal raqam beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Budjetdan mablagʻ oluvchining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi yigirma yetti unikal raqamdan iborat boʻlib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 dan 6 gacha boʻlgan raqamlar — tasdiqlangan Mablagʻlar manbasi va budjetlar darajasi tasnifiga muvofiq mablagʻlar manbaasi kodi va budjet darajasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7 dan 9 gacha boʻlgan raqamlar — tasdiqlangan Valyutalar tasnifiga muvofiq valyuta kodi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 dan 14 gacha boʻlgan raqamlar — tasdiqlangan Hududiy tasnifga muvofiq hududiy tegishlilik kodi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15 dan 24 gacha boʻlgan raqamlar — budjetdan mablagʻ oluvchilar boʻyicha Budjet tasnifining tegishli koʻrsatkichlari kodi, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15 dan 21 gacha boʻlgan raqamlar — Xarajatlarning vazifa jihatdan tasnifining tegishli kodi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22 dan 24 gacha boʻlgan raqamlar — Tashkiliy tasnifning tegishli kodi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25 dan 27 gacha boʻlgan raqamlar — budjetdan mablagʻ oluvchilarning shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi unikal raqami.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Budjetdan mablagʻ oluvchilarning uchta raqamdan iborat shaxsiy gʻazna hisobvaragʻining unikal raqami avtomatik tarzda Davlat budjetining gʻazna ijrosi dasturiy majmuasi orqali beriladi va tegishli moliya organi tomonidan har bir budjet boʻyicha alohida 001 dan 999 gacha raqamlardan foydalangan holda Budjetdan mablagʻ oluvchilarning shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarini roʻyxatga olish jurnaliga qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarni ochish va yopish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Budjet mablagʻlari boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari quyidagi hujjatlarga asosan ochiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) budjetdan mablagʻ oluvchining mazkur Qoidalarning 3-ilovasiga muvofiq shaklda shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi ochish toʻgʻrisidagi arizasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar, budjetdan mablagʻ oluvchi bir vaqtning oʻzida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan, quyi budjetdan mablagʻ oluvchilar uchun budjet mablagʻlarini taqsimlovchisi boʻlsa, tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlar ochish uchun shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi ochish toʻgʻrisidagi arizaga mazkur Qoidalarning 4-ilovasiga muvofiq shaklda xizmat koʻrsatiladigan quyi budjetdan mablagʻ oluvchilarning roʻyxati ilova qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xarajatlar smetasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan va quyi budjetdan mablagʻ oluvchilarning xarajatlariga xizmat koʻrsatish va hisobini yuritishni amalga oshiradigan budjetdan mablagʻ oluvchilar uchun ularning shaxsiy xarajatlari (alohida xarajatlar smetasi asosida) hisobini yuritish uchun alohida shaxsiy gʻazna hisobvaraq ochiladi va xizmat koʻrsatiladigan quyi budjetdan mablagʻ oluvchilar uchun alohida (umumiy xarajatlar smetalari asosida) har bir budjet tasnifining kichik boʻlimlari boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlar ochiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) kapital qurilish buyurtmachilari uchun kapital qurilish obyektlari boʻyicha xarajatlarning oylik yoyilmasi, qurilishlarning manzilli roʻyxati, shu jumladan loyiha-tadqiqot ishlarining manzilli roʻyxati, qurilishlarning titul roʻyxati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari uchun shaxsiy gʻazna hisobvaraqlar ushbu jamgʻarmaning tegishli mablagʻlari boʻyicha har bir xarajatlar smetasi boʻyicha alohida ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari quyidagi hujjatlarga asosan ochiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) budjetdan mablagʻ oluvchining mazkur Qoidalarning 3-ilovasiga muvofiq shaklda shaxsiy gʻazna hisobvaragʻini ochish toʻgʻrisidagi arizasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar budjetdan mablagʻ oluvchi bir vaqtning oʻzida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan, quyi budjetdan mablagʻ oluvchilar uchun budjet mablagʻlarini taqsimlovchisi boʻlsa, tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlar ochish uchun shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi ochish toʻgʻrisidagi arizaga mazkur Qoidalarning 4-ilovasiga muvofiq shaklda xizmat koʻrsatiladigan quyi budjetdan mablagʻ oluvchilarning roʻyxati ilova qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) limitlangan budjetdan tashqari mablagʻlarning tushumi va xarajatlari boʻyicha (tushumi va xarajat yoʻnalishi limitlanmagan budjetdan tashqari mablagʻlar bundan mustasno) xarajatlar smetasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan va quyi budjetdan mablagʻ oluvchilarning xarajatlariga xizmat koʻrsatish va hisobini yuritishni amalga oshiradigan budjetdan mablagʻ oluvchilar uchun ularning shaxsiy xarajatlari (alohida xarajatlar smetasi asosida) hisobini yuritish uchun alohida shaxsiy gʻazna hisobvaraq ochiladi va xizmat koʻrsatiladigan quyi budjetdan mablagʻ oluvchilar uchun alohida (umumiy xarajatlar smetalari asosida) har bir budjet tasnifining kichik boʻlimlari boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlar ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Shaxsiy gʻazna hisobvaraqlar budjetdan mablagʻ oluvchilar tomonidan mazkur Qoidalarning 11 va 13-bandlarida nazarda tutilgan hujjatlar belgilangan tartibda taqdim etgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida moliya organlari tomonidan ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar taqdim etilgan hujjatlar mazkur Qoidalarda nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlmasa, ushbu hujjatlar shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarni ochmasdan qayta ishlash yoki kamchiliklarni bartaraf etish uchun budjetdan mablagʻ oluvchiga yuqorida belgilangan ikki ish kuni ichida qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarini ochish uchun asos boʻlgan taqdim etilgan hujjatlar qaytarib berilmaydi va belgilangan tartibda moliya organida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Moliya organlari shaxsiy gʻazna hisobvaraqlar ochilgandan keyingi kundan kechiktirmasdan budjetdan mablagʻ oluvchilarga shaxsiy gʻazna hisobvaraq ochilganligi toʻgʻrisida xabar beradilar. Oʻz navbatida budjetdan mablagʻ oluvchilar moliya organlari tomonidan xabardor etilgandan keyin ikki ish kuni ichida ular uchun ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlar rekvizitlarini tegishli davlat soliq organlari va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlariga yetkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Budjetdan mablagʻ oluvchining qayta tashkil etilishi va uning boʻysunishining oʻzgarishi yoki tashkiliy-huquqiy maqomining oʻzgarishi bilan bogʻliq boʻlmagan tarzda shaxsiy nomi oʻzgarganda, budjetdan mablagʻ oluvchi vakolatli davlat organidan yangi shaxsiy nom olganidan soʻng, bir ish kuni davomida bu haqda tegishli moliya organini yozma ravishda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yozma xabarnoma asosida moliya organi tomonidan budjetdan mablagʻ oluvchining nomi oʻzgarganligi munosabati bilan uning shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi unikal raqamini oʻzgartirmagan holda tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Budjetdan mablagʻ oluvchining birlashishi, boʻlinishi, ajralib chiqishi, oʻzgartirish shaklida qaytadan tashkil etilishida, yangidan vujudga kelgan budjetdan mablagʻ oluvchi uchun davlat roʻyxatidan oʻtgandan soʻng, qoʻshilish shaklida qaytadan tashkil etilganda esa, budjetdan mablagʻ oluvchining faoliyatini toʻxtatish toʻgʻrisidagi yozuv yagona davlat reyestriga kiritilgandan soʻng qayta tashkil etilganligi haqidagi hujjatlarning nusxalarini ilova qilgan holda moliya organiga shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarni yopish uchun ariza taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Budjetdan mablagʻ oluvchi tugatilganda, tugatilayotgan tashkilotning rahbari ushbu jarayon boshlangan kundan boshlab ikki ish kuni ichida moliya organiga yuqori turuvchi tashkilot yoki oʻrnatilgan tartibda notarial tasdiqlangan tugatish toʻgʻrisidagi va tugatish komissiyasining tayinlanishi toʻgʻrisidagi hujjatlarning nusxalarini tugatish komissiyasining faoliyat yuritish muddatlarini koʻrsatgan holda taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Budjetdan mablagʻ oluvchilarning shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarini ularning qayta tashkil etilishi, boʻysunuvdagi oʻzgarishlari, tugatish komissiyasi ish faoliyatining tugatilishi, budjetdan mablagʻ oluvchining boshqa gʻaznachilik boʻlinmasi tomonidan xizmat koʻrsatilishiga oʻtishi munosabati bilan yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda moliya organi tomonidan yopish mazkur Qoidalarning 5-ilovasiga muvofiq shakldagi shaxsiy gʻazna hisobvaraqni yopish toʻgʻrisidagi arizaga asosan amalga oshiriladi. Shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarning yopilishi Budjetdan mablagʻ oluvchilarning shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarini roʻyxatga olish jurnalida roʻyxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Moliya organlari tomonidan budjetdan mablagʻ oluvchilarga yangi shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarni ochish qayta tashkil etish jarayoni tugallangandan soʻng, shuningdek budjetdan mablagʻ oluvchining turgan budjet darajasi oʻzgarganda va bir gʻaznachilik boʻlinmasidan boshqa gʻaznachilik boʻlinmasiga xizmat koʻrsatilishiga oʻtganda, mazkur Qoidalarning 11, 12 va 13-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarni yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Moliya organining vakolatli xodimlari shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarining tegishli satrlarida quyidagilarni aks ettiradilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) budjet mablagʻlari boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetdan mablagʻ oluvchilarning xarajatlar smetalari, shuningdek vaqtinchalik xarajatlar smetalari hamda kapital qurilish boʻyicha xarajatlarning oylik yoyilmalari, Zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari boʻyicha xarajatlar smetalarida koʻrsatilgan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet mablagʻlari boʻyicha xarajatlar smetalariga, shuningdek kapital qurilish xarajatlarining oylik yoyilmalariga kiritilgan oʻzgarishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetdan mablagʻ oluvchilarning tegishli xarajatlar smetalarida koʻrsatilgan mablagʻlar, budjetdan tashqari tushumlar va ularning yoʻnalishi cheklanmaydigan xarajatlar turlari bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarajatlar smetalariga kiritilgan oʻzgartirishlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Gʻaznachilik boʻlinmasining vakolatli xodimlari shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarining tegishli satrlarida quyidagilarni aks ettiradilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) budjet mablagʻlari boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetdan mablagʻ oluvchilarga berilgan XTR;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻaznachilik boʻlinmalarida roʻyxatga olingan yuridik majburiyatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻaznachilik boʻlinmalariga taqdim etilgan moliyaviy majburiyatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan toʻlangan (oʻtkazilgan), shuningdek naqd pul shaklidagi toʻlangan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda kelib tushgan budjetdan tashqari mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻaznachilik boʻlinmalarida roʻyxatga olingan yuridik majburiyatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻaznachilik boʻlinmalariga taqdim etilgan moliyaviy majburiyatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan toʻlangan (oʻtkazilgan), shuningdek naqd pul shaklida toʻlangan mablagʻlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Gʻaznachilik boʻlinmalari budjetdan mablagʻ oluvchilarning murojaatiga koʻra ularning tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridan operatsiyalar amalga oshirilgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmagan holda, ularga ushbu shaxsiy gʻazna hisobvaraqlardan koʻchirmalarni mazkur Qoidalarning 6-ilovasiga muvofiq shaklda taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, budjetdan mablagʻ oluvchilar “Budjet tashkilotlarining avtomatlashtirilgan tizimi” dasturiy majmuasiga ulanganidan soʻng, shuningdek ushbu dasturiy majmua bilan “Davlat budjetining gʻazna ijrosi” dasturiy majmui oʻrtasida oʻzaro maʼlumot almashinuvi taʼminlanganidan soʻng budjetdan mablagʻ oluvchilar shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridan koʻchirmalarni elektron koʻrinishda “Budjet tashkilotlarining avtomatlashtirilgan tizimi” dasturiy majmuasidan oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Budjetdan mablagʻ oluvchilar tomonidan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlar ochish, qayta roʻyxatga olish va yopish boʻyicha taqdim etilgan hujjatlarning oʻz vaqtida taqdim etilganligi, haqqoniyligi va toʻliqligi uchun budjetdan mablagʻ oluvchilarning rahbarlari va bosh hisobchilari javobgardirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarning oʻz vaqtida ochilishi, qayta roʻyxatga olinishi, yopilishi va tegishli maʼlumotlarni oʻz vaqtida aks ettirilishi boʻyicha moliya organlarining tegishli xodimlari javobgardirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Budjetdan mablagʻ oluvchilarning shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida tegishli maʼlumotlarni oʻz vaqtida aks ettirilishi boʻyicha gʻaznachilik boʻlinmalarining tegishli xodimlari javobgardirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Budjetdan mablagʻ oluvchilarga ularning shaxsiy gʻazna hisobvaraqlardan koʻchirmalarni oʻz vaqtida taqdim etilishi boʻyicha gʻaznachilik boʻlinmalarining tegishli xodimlari javobgardirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning hududiy boʻlinmalarida budjetdan mablagʻ oluvchilarning shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarini ochish, yopish va yuritish qoidalariga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarining
TURLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r‎ Mablagʻlar manbasi Xarajatlar yoyilmasi‎ Vaqtinchalik xarajatlar smetasi‎ Doimiy xarajatlar smetasi‎ Yuridik majburiyatlar‎ Tushum‎ XTR‎ 100% XTR‎ I va II guruh xarajatlari boʻyicha soʻrovnoma‎ Toʻlov hujjatlari‎ Bir satrda xarajatlar‎ Maʼlumotnoma‎ Shaxsiy gʻazna hisob varagʻi turi‎
Davlat budjeti
1.‎ 1000‎ Davlat budjeti (budjet tashkilotlari uchun) +‎ +‎ +‎ + - +‎ +‎ +‎ +‎ -‎ -‎ 1‎
2.‎ 1000‎ Davlat budjeti (bir satrda moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari uchun) +‎ +‎ +‎ +‎ -‎ +‎ +‎ +‎ +‎ +‎ -‎ 13‎
3.‎ 1000‎ Maxfiy xarajatlarni bir satrda moliyalashtirish‎ +‎ +‎ +‎ -‎ -‎ -‎ +‎ -‎ +‎ +‎ -‎ 4‎
4.‎ 1000‎ Maxfiy boʻlmagan xarajatlarni moliyalashtirish (Davlat budjetining gʻazna ijrosiga oʻtmagan budjet tashkilotlari)‎ +‎ +‎ +‎ + -‎ -‎ +‎ -‎ +‎ -‎ -‎ 9‎
5.‎ 1000‎ Oʻzaro hisob-kitoblar uchun‎ +‎ +‎ +‎ -‎ -‎ -‎ +‎ -‎ +‎ -‎ +‎ 5‎
6.‎ 1000‎ Subvensiya‎ +‎ +‎ +‎ +‎ -‎ -‎ +‎ -‎ +‎ -‎ -‎ 9‎
7.‎ 1000‎ Dotatsiya‎ +‎ +‎ +‎ +‎ -‎ -‎ +‎ -‎ +‎ -‎ -‎ 9‎
8.‎ 1000‎ Oʻtkazib beriladigan daromadlar‎ +‎ +‎ +‎ +‎ -‎ -‎ +‎ -‎ +‎ - -‎ 9‎
9.‎ 1000‎ Rejali ssuda‎ +‎ +‎ +‎ +‎ -‎ -‎ -‎ -‎ +‎ -‎ -‎ 15‎
10.‎ 1000‎ Rejasiz ssuda‎ -‎ -‎ -‎ +‎ -‎ -‎ -‎ -‎ +‎ -‎ -‎ 12‎
11.‎ 1000‎ Erkin qoldiqlar hisobiga oʻtkazib beriladigan mablagʻlar‎ +‎ +‎ +‎ +‎ -‎ +‎ +‎ +‎ +‎ -‎ -‎ 20‎
12.‎ 1000‎ Daromadlarni oshirib baj�rilgan qismidan oʻtkazib beriladigan mablagʻlar‎ -‎ +‎ +‎ +‎ -‎ +‎ +‎ +‎ +‎ -‎ -‎ 21‎
13.‎ 1 000‎ Xususiylashtirish hisobiga oʻtkazib beriladigan mablagʻlar‎ -‎ +‎ +‎ +‎ -‎ +‎ +‎ +‎ +‎ -‎ -‎ 21‎
Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari
14.‎ 4 001‎ Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamgʻarmasi‎ -‎ -‎ -‎ +‎ +‎ -‎ -‎ +‎ +‎ -‎ -‎ 7‎
15.‎ 4 002‎ Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining ijtimoiy nafaqalarni toʻlash uchun mablagʻlari‎ -‎ -‎ -‎ -‎ +‎ -‎ - +‎ +‎ -‎ - 3‎
16.‎ 4 003‎ Tibbiyot muassasalarini moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi ‎ -‎ -‎ -‎ +‎ +‎ -‎ -‎ +‎ +‎ -‎ -‎ 7‎
17.‎ 4 004‎ Oʻtgan yillar debitorlik qarzlarining tushgan summasi‎ -‎ -‎ -‎ -‎ +‎ -‎ -‎ -‎ +‎ +‎ -‎ 14‎
18.‎ 4 005‎ Maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalardan tushumlar‎ -‎ +‎ +‎ +‎ +‎ -‎ -‎ -‎ +‎ +‎ -‎ 16‎
19.‎ 4 006‎ Maktabdan tashqari muassasalarda bolalar taʼminoti uchun ota-onalardan tushumlar (musiqa va sanʼat maktablari)‎ -‎ +‎ +‎ +‎ +‎ -‎ -‎ +‎ +‎ -‎ -‎ 24‎
20.‎ 4 007‎ Xodimlardan, ular ishlayotgan joyida ovqatlanganligi boʻyicha hisob-kitoblardan tushadigan tushumlar‎ -‎ -‎ -‎ +‎ +‎ -‎ -‎ -‎ +‎ +‎ -‎ 17‎
21.‎ 4 008‎ Maktab-internatlar va litseylarda bolalarning taʼminoti uchun ota-onalardan tushumlar‎ -‎ +‎ +‎ +‎ +‎ -‎ -‎ -‎ +‎ +‎ -‎ 16‎
22.‎ 4 009 Oʻquv muassasalarida oʻqishdan tushayotgan mablagʻlar‎ -‎ -‎ +‎ +‎ +‎ -‎ -‎ +‎ +‎ -‎ -‎ 2‎
23.‎ 4 010‎ Ajratmalar hisobiga shakllanadigan vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari‎ -‎ -‎ +‎ +‎ +‎ -‎ -‎ +‎ +‎ -‎ -‎ 2‎
24.‎ 4 011‎ Umumtaʼlim muassasalarida darsliklar ijarasi toʻlovidan tushgan mablagʻlar‎ -‎ -‎ -‎ -‎ +‎ -‎ -‎ -‎ +‎ +‎ -‎ 14‎
25.‎ 4 012‎ Kapital qoʻyilma mablagʻlari boʻyicha depozitlar‎ -‎ -‎ +‎ +‎ +‎ -‎ -‎ +‎ +‎ -‎ -‎ 2‎
26.‎ 4 013 Turgʻun davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotgan bemorlardan ovqatlanish uchun undiriladigan toʻlovlar ‎ -‎ -‎ -‎ +‎ +‎ -‎ -‎ - +‎ +‎ -‎ 17‎
27.‎ 4 014‎ Taqsimlanishi nazarda tutilgan tushumlar (tibbiyot muassasalari uchun) ‎ -‎ -‎ -‎ +‎ +‎ -‎ -‎ +‎ +‎ -‎ -‎ 7‎
28.‎ 4 014‎ Taqsimlanishi nazarda tutilgan tushumlar (tranzit)‎ -‎ -‎ -‎ -‎ +‎ -‎ -‎ -‎ +‎ -‎ -‎ 11‎
29.‎ 4 015 Boshqa taʼlim muassasalarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovi‎ -‎ -‎ +‎ +‎ +‎ -‎ -‎ +‎ +‎ -‎ -‎ 2‎
30.‎ 4 016 Boshqa mablagʻlar boʻyicha depozitlar‎ -‎ -‎ +‎ +‎ +‎ -‎ -‎ +‎ +‎ -‎ -‎ 2‎
31.‎ 4 028‎ Bojxona toʻlovlarini toʻlashdan tushgan tushumlar‎ -‎ -‎ -‎ -‎ +‎ -‎ -‎ -‎ +‎ -‎ -‎ 11‎
32.‎ 4 999‎ Budjet tashkilotlarining boshqa budjetdan tashqari mablagʻlari‎ -‎ -‎ +‎ +‎ +‎ - -‎ +‎ +‎ -‎ -‎ 2‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning hududiy boʻlinmalarida budjetdan mablagʻ oluvchilarning shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarini ochish, yopish va yuritish qoidalariga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjetdan mablagʻ oluvchilarning shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarini roʻyxatga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JURNALI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r‎ Shaxsiy gʻazna hisobvaraq ochilgan/yopilgan sana‎ Budjetdan mablagʻ oluvchining nomlanishi‎ Budjetdan mablagʻ oluvchining nomlanishi‎ Tashkiliy tasnif kodi‎ Shaxsiy gʻazna hisobvaraq raqami‎ Izoh‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning hududiy boʻlinmalarida budjetdan mablagʻ oluvchilarning shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarini ochish, yopish va yuritish qoidalariga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi(lar) ochish toʻgʻrisida‎‎

ARIZA‎

‎‎20____y “____” __________________

‎‎Budjet _______________________________________________________________________

‎Viloyat________________________________________________________________________

Tuman (shahar) __________________________________________________________________
‎‎Budjetdan mablagʻ
‎oluvchining nomi _______________________________________________________________
‎‎Xarajatlarning vazifa jihatidan tasnif kodi _______________________________________
Tashkiliy tasnif kodi___________________________________________________________ _________________________________________________________________da shaxsiy gʻazna ‎‎
‎‎ ‎‎(moliya organining nomi)
‎‎‎‎Ilova: 1. ____‎‎_‎‎______________________________________________________________
‎ ‎ ____‎‎_‎‎______________________________________________________________‎‎
‎ ‎ ____‎‎_‎‎______________________________________________________________‎‎‎‎
‎‎Rahbar

‎‎______________________

‎ ‎‎_______________________________
‎ ‎

‎‎(imzo)

‎

‎‎‎(F.I.O.)

M.Oʻ.‎‎‎

‎‎
‎‎Bosh hisobchi ‎____________________ ‎ ‎‎_____________________________
‎ ‎ ‎

‎‎‎‎(imzo)

‎

‎‎‎(F.I.O.) ‎‎

‎‎____________________________________________________________________

Moliya organining shaxsiy gʻazna hisobvaraq ochganligi haqidagi belgisi‎‎

‎‎Razryadlar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraq raqami

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

10‎

11‎

12‎

13‎

14‎

‎‎

‎‎Razryadlar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraq raqami

‎

15

16‎

17‎

18‎

19‎

20‎

21

22‎

23

24‎

25‎

26‎

27‎

‎‎Shaxsiy gʻazna hisobvaragʻini ochish uchun taqdim etilgan
‎‎hujjatlarni tekshirdi:

________________________‎‎

_________ _________‎‎‎
‎‎

‎‎(xodimning F.I.O.)

‎‎(imzo)

‎‎(sana)

‎‎_______________________ da shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi ochishga ruxsat etiladi

‎‎(moliya organining nomi)

‎‎
‎‎Rahbar ‎

‎‎_________________

‎‎___________________________

‎‎M.Oʻ.

‎‎(imzo)

‎‎(F.I.O.)

‎‎20___ y “___” ____________ shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi(lar) ochildi
‎‎Boshqa belgilar _________________________________________________________________
‎‎______________________________________________________________________________
‎‎______________________________________________________________________________


‎Izoh: ushbu ariza shakli, shuningdek yuqori turuvchi budjetdan mablagʻ oluvchilar tomonidan yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan quyi budjetdan mablagʻ oluvchilarning budjet mablagʻlari boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi ochish uchun ham toʻldiriladi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning hududiy boʻlinmalarida budjetdan mablagʻ oluvchilarning shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarini ochish, yopish va yuritish qoidalariga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

_____________________________________________________________________ning‎‎

‎‎‎‎(yuqori turuvchi budjetdan mablagʻ oluvchining nomi)

‎‎quyi budjetdan mablagʻ oluvchilari

ROʻYXATI

‎

Xarajatlarning vazifa jihatidan tasnif kodi‎

Tashkiliy tasnif kodi‎

Budjetdan mablagʻ oluvchilarning nomi ‎‎
1.‎ ‎ ‎
2.‎ ‎ ‎
3.‎ ‎ ‎
...‎ ‎ ‎
...‎ ‎ ‎
...‎ ‎ ‎

��Rahbar ‎


‎‎___________________‎

‎‎
‎__________________________
‎

(imzo) ‎‎

‎‎(F.I.O.)

Bosh hisobchi‎

___________________‎ ‎‎

‎‎__________________________‎‎
‎

‎‎(imzo) ‎‎

‎‎‎‎(F.I.O.)

‎‎‎‎M.Oʻ. 20___ y “___” ____________
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning hududiy boʻlinmalarida budjetdan mablagʻ oluvchilarning shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarini ochish, yopish va yuritish qoidalariga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Shaxsiy gʻazna hisobvaragʻini yopish toʻgʻrisida

ARIZA‎

‎‎20____y “____” __________________

Budjetdan mablagʻ oluvchining nomi ________________________________________________
Xarajatlarning vazifa jihatidan tasnif kodi _______________________________________
Tashkiliy tasnif kodi ___________________________________________________________
Moliya organining nomi __________________________________________________________
Shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi raqami __________________________________________________
____________________________________________________________________

‎‎(budjetdan mablagʻ oluvchining nomi)

‎‎______________________________________________________________________ sababli

‎‎(sababi koʻrsatiladi)

‎‎shaxsiy gʻazna hisobvaragʻini yopishingiz�i soʻraydi.

‎‎‎‎Ilova: 1. ____‎‎_‎‎______________________________________________________________
‎ ‎ ____‎‎_‎‎______________________________________________________________‎‎
‎ ‎ ____‎‎_‎‎______________________________________________________________‎‎‎‎
‎‎Rahbar

‎‎______________________

‎ ‎‎_______________________________
‎ ‎

‎‎(imzo)

‎

‎‎‎(F.I.O.)

‎‎Bosh hisobchi ‎____________________ ‎ ‎‎_____________________________
‎
‎M.P
‎ ‎

‎‎‎‎(imzo)

‎

‎‎‎(F.I.O.) ‎‎

Shaxsiy gʻazna hisobvaragʻini yopish toʻgʻrisida moliya organi belgisi
____________________________________________________________________
‎‎Masʼul xodim

_______________

______________

___________________

‎‎

(lavozim)

‎‎(imzo)

‎‎(F.I.O.)

Tegishli boʻlim (sektor) boshligʻi

______________

_______________________

‎‎

‎‎(imzo)

‎‎(F.I.O.)

‎‎Moliya organi boshligʻi ‎ ______________

_____________________ ‎

‎‎

‎‎(imzo) ‎‎

‎‎(F.I.O.) ‎‎

‎‎20___ y. “____” _______________
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning hududiy boʻlinmalarida budjetdan mablagʻ oluvchilarning shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarini ochish, yopish va yuritish qoidalariga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎Budjetdan mablagʻ oluvchining budjet mablagʻlari boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan

‎‎KOʻChIRMA

‎‎20____ y. “____” _____________ uchun

‎‎Gʻaznachilik boʻlinmasi nomi ______________________________________________________
‎‎Budjetdan mablagʻ oluvchining nomi ________________________________________________
‎‎Shakllangan sana 20___ y. “___” _________________________
‎‎Oldingi koʻchirma sanasi 20___ y. “___” __________________
‎‎Shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi ________________________________________________________
‎‎Masʼul xodim __________________________________________________________________

‎‎(F.I.O.)

T/r‎

Hisob raqam

MFO‎

Hujjat raqami

Debet aylanmasi‎

Kredit aylanmasi‎

Xarajat moddasi‎

1.‎

‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎

2.‎

‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎

‎‎Jami aylanmalar

‎ ‎ ‎

‎‎Shtamp oʻrni

‎‎
‎‎Gʻaznachilikning masʼul xodimi imzosi ____________________ 20___ y. “____”____________
‎‎______________________________________________________________________________
‎‎

‎‎Budjetdan mablagʻ oluvchining budjetdan tashqari mablagʻlari boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan

‎‎KOʻChIRMA

‎‎20____ y. “____” _____________ uchun

‎‎Gʻaznachilik boʻlinmasi nomi ______________________________________________________
‎‎Budjetdan mablagʻ oluvchining nomi ________________________________________________
‎‎Shakllangan sana 20___ y. “___” __________________________
‎‎Oldingi koʻchirma sanasi 20___y. “___” ____________________
‎‎Shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi ________________________________________________________
‎‎Masʼul xodim __________________________________________________________________

‎‎(F.I.O.)
‎

‎‎

Kun boshiga qoldiq‎

Kun boshiga qoldiq‎

Kredit aylanmasi‎

Kun oxiriga qoldiq‎

‎‎Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari ‎ ‎ ‎ ‎

T/r‎

Hisob raqam‎

MFO‎

Hujjat raqami‎

Debet aylanmasi‎

Kredit aylanmasi‎

Xarajat moddasi‎

1.‎

‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎

2.‎

‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎

Jami aylanmalar‎‎

‎ ‎ ‎
‎
‎‎Shtamp oʻrni ‎‎
‎‎Gʻaznachilikning masʼul xodimi imzosi ____________________ 20___y. “____”____________
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 3-son, 42-modda)