Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.01.2013 05.12.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1746
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.01.2013
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BUYRUG‘I
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BUDJETDAN MABLAG‘ OLUVChILARNING ShAXSIY HISOBVARAQLARINI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI G‘AZNAChILIGIDA VA UNING HUDUDIY BO‘LINMALARIDA YuRITISh QOIDALARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 5-dekabrda 1746-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2012-yil 17-dekabrdagi 86-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning hududiy bo‘linmalarida budjetdan mablag‘ oluvchilarning shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarini ochish, yopish va yuritish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2414, 18.01.2013-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat budjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risida”gi va “Budjet tizimi to‘g‘risida”gi qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18-dekabrdagi PQ-532-son “O‘zbekiston Respublikasining 2007-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qarorining (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 51-52-son, 507-modda) 26-bandiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 28-fevraldagi PQ-594-son “Davlat budjetining g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 9-10-son, 82-modda) asosan buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ilova qilingan Budjetdan mablag‘ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida va uning hududiy bo‘linmalarida yuritish Qoidalari tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2006-yil 27-iyundagi 59-son “Budjetdan mablag‘ taqsimlovchi (oluvchi)larning shaxsiy hisobvarag‘ini ochish haqida Vaqtinchalik qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi (2006-yil 24-iyul, ro‘yxat raqami 1600 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 30-son, 297-modda) buyrug‘i;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2006-yil 18-oktabrdagi 89-son “Budjetdan mablag‘ taqsimlovchi (oluvchi)larning shaxsiy hisobvarag‘ini ochish va yopish bo‘yicha Vaqtinchalik qoidalarini tasdiqlash haqidagi buyruqqa o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi (2006-yil 25-oktabr, ro‘yxat raqami 1600-1 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 43-44-son, 431-modda) buyrug‘i.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 17-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirining
2007-yil 17-oktabrdagi 93-son buyrug‘i bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjetdan mablag‘ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida va uning hududiy bo‘linmalarida yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOIDALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Davlat budjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risida”gi va “Budjet tizimi to‘g‘risida”gi qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18-dekabrdagi PQ-532-son “O‘zbekiston Respublikasining 2007-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qarorining (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 51-52-son, 507-modda) 26-bandiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 28-fevraldagi PQ-594-son “Davlat budjetining g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 9-10-son, 82-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda — g‘aznachilik bo‘linmalari deb yuritiladi) tomonidan budjetdan mablag‘ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini ochish, yopish va ularning budjet mablag‘lari (Zaxira jamg‘armasi mablag‘larini hisobga olgan holda) va budjetdan tashqari mablag‘lari (keyingi o‘rinlarda — budjetdan mablag‘ oluvchilar deb yuritiladi) bo‘yicha operatsiyalarni aks ettirish bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Budjetdan mablag‘ oluvchilarga shaxsiy hisobvaraqlarini ochish va yopish, shuningdek ulardagi operatsiyalarni aks ettirish g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, respublika va mahalliy g‘azna hisobvaraqlaridan foydalanish (keyingi o‘rinlarda — g‘aznachilik hisobvaraqlari deb yuritiladi) orqali budjetning g‘azna ijrosi bilan qamrab olinadigan budjetlar, xarajatlar guruhlari, budjetdan mablag‘ oluvchilar, shuningdek kapital qurilish buyurtmachilari ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Qoidalarda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetdan mablag‘ oluvchilar — Davlat budjetidan mablag‘ ajratilishi nazarda tutilgan yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek kapital ta’mirlash buyurtmachilari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kapital ta’mirlash buyurtmachilari — Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshirilayotgan qurilish obyektlarini boshqarish va texnik nazorat funksiyalarini amalga oshirish maqsadida vakolatli organ tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etilgan yagona buyurtmachi xizmati (keyingi o‘rinlarda — kapital ta’mirlash buyurtmachilari deb yuritiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zaxira jamg‘armasi mablag‘lari — budjet tuzilishida hisobga olinishining imkoni bo‘lmagan, yil mobaynida ko‘zda tutilmagan iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy va boshqa sohalardagi qo‘shimcha xarajatlarni moliyalashtirish (to‘lash)ga yo‘naltiriladigan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Zaxira jamg‘armasi mablag‘lari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining zaxira jamg‘armalari mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetdan mablag‘ oluvchilarning budjetdan tashqari mablag‘lari — ijtimoiy to‘lovlar uchun budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, ota-onalarning maktabgacha va maktabdan tashqari tashkilotlarda bolalarni saqlash uchun, jumladan musiqa maktablarida bolalarni o‘qitish uchun to‘lovlari, ishchilardan oziq-ovqat hisob-kitoblari uchun tushumlar (maktabgacha bolalar tashkilotlari, internatlar va boshqalar), ular tomonidan ish joyidan oladigan, keyinchalik joriy qonunchilikda belgilangan maqsadlarga yo‘naltirilishi bilan g‘azna hisobvaraqlariga o‘tkaziladigan mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetdan mablag‘ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlari — tegishli budjetdan mablag‘ oluvchilar, jumladan kapital qurilish buyurtmachilari uchun g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan ochiladigan, budjet, shu jumladan Zaxira jamg‘armalari va budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha, ushbu Qoidalarda belgilangan tartibda, mablag‘lar harakati bilan bog‘liq tahliliy hisoblar registri.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manzilli ro‘yxat (loyiha-tadqiqot ishlari manzilli ro‘yxati) — har yili buyurtmachilar tomonidan tuziladigan va o‘rnatilgan tartibda ajratilgan mablag‘lar limitlari doirasida tasdiqlanadigan, obyektlar ro‘yxatini hamda ulardan foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha ishlar va xarajatlar hajmini o‘z ichiga oluvchi moliyaviy hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishning titul ro‘yxati — qurilishning butun davriga kapital qo‘yilmalar hajmi va uni sarflash yo‘nalishlari ko‘rsatilgan, uning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari aks ettirilgan holda har bir obyekt bo‘yicha tuziladigan moliyaviy hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kapital qurilish obyektlari bo‘yicha xarajatlarning oylik yoyilmasi — qurilishning budjet tasnifi ko‘rsatkichlari asosida kapital qo‘yilmalar limitlari, ularni sarflash yo‘nalishlari ko‘rsatgan va ularning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari aks ettirilgan holda hamda budjet xarajatlarini oylar yoyilmasida har bir obyekt bo‘yicha buyurtmachi tomonidan tuziladigan, tasdiqlanadigan va tegishli moliya organi bilan o‘rnatilgan tartibda kelishiladigan moliyaviy hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarajatlar to‘lovi ruxsatnomasi (keyingi o‘rinlarda — XTR) — XTRda ko‘rsatilgan davr mobaynida tegishli g‘azna hisobvarag‘idan budjetdan mablag‘ oluvchi xarajatlar to‘lovlari uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan budjet mablag‘larini ko‘rsatuvchi, g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan tasdiqlangan budjet mablag‘lari asosida tuziladigan va budjetdan mablag‘ oluvchilarga taqdim qilinadigan hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik majburiyat — yuridik (jismoniy) shaxslarning ikkinchi tomon oldidagi tuzilgan shartnomalar, kelishuvlar va tegishli hokimiyat organlarining qarorlari bo‘yicha yuzaga kelgan majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy majburiyat — yuridik (jismoniy) shaxslarning ikkinchi tomon, tovar (ish va xizmat)lar yetkazib beruvchilar oldidagi yetkazib berilgan tovar (ish va xizmat)lar uchun haq to‘lashni tasdiqlovchi hujjatlar, jumladan hisob-to‘lov hujjatlarida hisoblangan, ishchilarga ish haqi, to‘lov hujjatlari, sud qarorlari, hamda budjetdan mablag‘ oluvchilarni mol yetkazib beruvchi yoki to‘lovni qabul qiluvchiga mablag‘larning o‘tkazilish majburiyatini yuklovchi hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Budjetdan mablag‘ oluvchilarning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha shaxsiy hisobvaraqlarini g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan yuritilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 1. Budjetdan mablag‘ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarining tuzilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Budjetdan mablag‘ oluvchilarning budjet mablag‘larining sarflanishi bo‘yicha operatsiyalarning hisobini yuritish maqsadida g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan Davlat budjetining budjet tasnifi bo‘limlari, boblari va paragraflari bo‘yicha quyidagilarning hisobini yuritish uchun shaxsiy hisobvaraqlar ochiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetdan mablag‘ oluvchilarning o‘zini saqlash va markazlashgan tadbirlarni amalga oshirish uchun xarajatlar smetasida ko‘zda tutilgan tasdiqlangan (aniqlangan) rejali budjet ajratmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan quyi tashkilotlar uchun ko‘zda tutilgan tasdiqlangan (aniqlangan) rejali budjet ajratmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kapital qurilish obyektlari bo‘yicha xarajatlarning oylik yoyilmasida ko‘zda tutilgan tasdiqlangan (aniqlangan) rejali budjet ajratmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zaxira jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar smetasida nazarda tutilgan mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ro‘yxatga olingan yuridik majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetdan mablag‘ oluvchilar tomonidan taqdim qilingan moliyaviy majburiyatlar summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarajatlar to‘lovi ruxsatnomalari (XTR);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetdan mablag‘ oluvchilar tomonidan amalga oshiriladigan kassa xarajatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Budjetdan mablag‘ oluvchilarning budjetdan tashqari mablag‘larining tushumi va xarajati bo‘yicha operatsiyalarning hisobini yuritish maqsadida g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan Davlat budjetining budjet tasnifi bo‘limlari, boblari va paragraflari bo‘yicha quyidagilarning hisobini yuritish uchun shaxsiy hisobvaraqlar ochiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetdan mablag‘ oluvchilarning tegishli smetalarida nazarda tutilgan tasdiqlangan (aniqlangan) rejali budjetdan tashqari ajratmalari (budjetdan tashqari mablag‘larning tushumi va sarflanishi cheklanmagan turlari bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelib tushadigan budjetdan tashqari mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetdan tashqari mablag‘lar tushumlari doirasida o‘rnatilgan tartibga muvofiq yo‘naltiriladigan tegishli xarajat turlari bo‘yicha ro‘yxatga olingan yuridik majburiyatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetdan mablag‘ oluvchilar tomonidan taqdim qilinadigan moliyaviy majburiyatlar summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetdan mablag‘ oluvchilarning budjetdan tashqari tushumlari doirasida, qonunchilikda ko‘zda tutilgan maqsadlarda amalga oshiriladigan kassa xarajatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Shaxsiy hisobvaraqlar budjetdan mablag‘ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini ro‘yxatga olish Jurnalida qayd qilinadi (Mazkur qoidalarga 1-ilova).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir shaxsiy hisobvaraqqa tegishli unikal raqam beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Budjetdan mablag‘ oluvchining shaxsiy hisobvarag‘ining unikal raqami yigirma yetti razryaddan iborat bo‘lib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎‎Razryad raqamlari

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6.‎

7‎

8‎

9‎

10‎

11‎

12‎

13‎

14‎

15‎

16‎

17‎

18‎

19

20‎

21‎

22‎

23‎

24‎

25‎

26‎

27‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shulardan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 — 6 gacha razryadlar — tasdiqlangan mablag‘larning manbalari va budjet darajasi Tasnifiga muvofiq mablag‘larning manbalar kodi va budjet darajasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7 — 9 gacha razryadlar — tasdiqlangan valyutalar klassifikatoriga muvofiq valyuta kodi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 — 14 gacha razryadlar — tasdiqlangan hududlar Tasnifiga muvofiq hududiy tegishlilik kodi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15 — 24 gacha razryadlar — Budjetdan mablag‘ oluvchilar bo‘yicha budjet tasnifining tegishli ko‘rsatkichlari kodlari, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15 — 21 gacha razryadlar — Xarajatlarning vazifa jihatdan tasnifining tegishli kodi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22 — 24 gacha razryadlar — Tashkiliy tasnifning tegishli kodi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25 — 27 gacha razryadlar — budjetdan mablag‘ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraq raqami kodi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjetdan mablag‘ oluvchilarning 3 razryaddan tashkil topgan shaxsiy hisobvarag‘ining shaxsiy raqami avtomatik tarzda Davlat budjeti g‘azna ijrosi bo‘yicha dasturiy majmuasi orqali beriladi va alohida har bir budjet bo‘yicha tegishli g‘aznachilik bo‘linmasi tomonidan 001 dan 999 gacha raqamlardan foydalangan holda, budjetdan mablag‘ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini ro‘yxatga olish Jurnalida qayd qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, budjetdan mablag‘ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini ro‘yxatga olish Jurnali g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan bir vaqtning o‘zida qog‘oz va elektron tarzda yuritiladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2010-yil 4-noyabrdagi 94-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1746-1, 19.11.2010-y.) tahririda —O‘R QHT, 2010-y., 47-son, 437-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 2. Budjetdan mablag‘ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini ochish, yopish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Budjetdan mablag‘ oluvchilarning budjet mablag‘lari bo‘yicha shaxsiy hisobvaraqlarining ochilishi g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mazkur Qoidalarning 2-ilovasi shakliga asosan, budjetdan mablag‘ oluvchining g‘aznachilik bo‘linmasi rahbarining yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning ruxsat beruvchi yozuvi qo‘yilgan shaxsiy hisobvaraq ochish to‘g‘risidagi arizasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar, budjetdan mablag‘ oluvchi bir vaqtning o‘zida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan, quyi budjetdan mablag‘ oluvchilar uchun budjet mablag‘larini taqsimlovchi bo‘lsa, tegishli shaxsiy hisobvaraqlar ochish uchun mazkur Qoidalarning 2-ilovasi shakli bo‘yicha bir nusxada ariza, unga ilova qilib mazkur Qoidalarning 3-ilovasi shakliga asosan xizmat ko‘rsatiladigan quyi budjetdan mablag‘ oluvchilarning ro‘yxati taqdim etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xarajatlar smetasi nusxasi, jumladan vaqtinchalik va aniqlangan hamda unga moliya organlarining mansabdor shaxslari tasdiqlagan va moliya organlarining muhri qo‘yilgan zarur hujjatlarning ilovalari bilan, Zaxira jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar smetalari nusxalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, o‘rnatilgan tartibda o‘zining tasarrufida bo‘lgan, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan, quyi budjetdan mablag‘ oluvchilarning xarajatlariga xizmat ko‘rsatish va hisobini yuritishni amalga oshiradigan budjetdan mablag‘ oluvchilar uchun ularning shaxsiy xarajatlarini (shaxsiy xarajatlar smetasi asosida) hisobini yuritish uchun alohida shaxsiy hisobvaraq ochiladi va xizmat ko‘rsatiladigan quyi budjetdan mablag‘ oluvchilar uchun (umumiy xarajatlar smetalari asosida) alohida har bir budjet tasnifining paragrafi bo‘yicha shaxsiy hisobvaraqlar ochiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) kapital qurilish obyektlari bo‘yicha xarajatlarning oylik yoyilmasi, qurilishlarning manzilli ro‘yxati (loyiha-tadqiqot ishlarining manzilli ro‘yxati) nusxasi, qurilishlarning titul ro‘yxati nusxasi (kapital qurilish buyurtmachilari uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) mazkur Qoidalarning 4-ilovasi shakliga asosan bir nusxada yuqori tashkilot tomonidan yoki notarial tasdiqlangan moliyaviy hujjatlarga imzo qo‘yish huquqiga ega bo‘lgan tashkilotning mansabdor shaxslarining imzo namunalari va shaxsiy hisobvaraqlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishdagi tashkilotning muhr izi tushirilgan kartochkasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, g‘aznachilik bo‘linmalarida budjetdan mablag‘ oluvchilarning oldin ochilgan hisobvaraqlari mavjud bo‘lganda, ushbu budjetdan mablag‘ oluvchilarga Zaxira jamg‘armasidan mablag‘larni xarajat qilish uchun hisobvaraqlar ochish uchun yuqorida ko‘rsatilgan imzo namunalari kartochkasini taqdim etmasdan hujjatlar topshirishiga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. G‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan budjetdan mablag‘ oluvchilarning budjetdan tashqari mablag‘lari uchun hisobvaraqlari quyidagi hujjatlar asosida ochiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mazkur Qoidalarning 2-ilovasi shakliga asosan g‘aznachilik bo‘linmasining rahbari yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning ruxsat beruvchi yozuvi qo‘yilgan budjetdan mablag‘ oluvchining arizasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar, budjetdan mablag‘ oluvchi bir vaqtning o‘zida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan, quyi budjetdan mablag‘ oluvchilar uchun budjet mablag‘larini taqsimlovchi bo‘lsa, tegishli shaxsiy hisobvaraqlar ochish uchun mazkur Qoidalarning 2-ilovasi shakli bo‘yicha bir nusxada ariza, unga ilova qilib mazkur Qoidalarning 3-ilovasi shakliga asosan xizmat ko‘rsatiladigan quyi budjetdan mablag‘ oluvchilarning ro‘yxati taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) budjetdan tashqari mablag‘larning tushumlari va xarajatlari limiti ko‘rsatilgan (tushumlari va mablag‘larning xarajat qilinish yo‘nalishlari limitlanmagan budjetdan tashqari mablag‘lari bundan mustasno) tegishli smeta xarajatlarining nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan, quyi budjetdan mablag‘ oluvchilar xarajatlarining o‘rnatilgan tartibda hisobini yurituvchi va xizmat ko‘rsatuvchi budjetdan mablag‘ oluvchilar uchun, xizmat ko‘rsatilayotgan quyi budjetdan mablag‘ oluvchilarning budjetdan tashqari xarajatlari hisobini yuritish uchun (budjet tasnifi xarajatlarining har bir paragrafi bo‘yicha tuzilgan umumiy xarajatlar smetasi asosida) hisobvaraqlar ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjetdan mablag‘ oluvchilarning budjetdan tashqari mablag‘lari uchun hisobvaraqlar ochish uchun ilgari budjet mablag‘lari bo‘yicha hisobvaraqlarni ochish uchun taqdim etilgan imzo namunalari kartochkalari ishlatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. G‘aznachilik bo‘linmalari budjetdan mablag‘ oluvchilar tomonidan mazkur Qoidalarning 7-8-bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlarni taqdim etgan kundan boshlab ikki ish kuni davomida ularning mazkur Qoidalar talablariga muvofiqligini tekshiradi va ular to‘g‘ri bo‘lgan holatda shaxsiy hisobvaraqlar ochadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar taqdim etilgan hujjatlar mazkur Qoidalarda ko‘zda tutilgan talablarga muvofiq kelmasa, mazkur hujjatlar g‘aznachilik bo‘linmasi tomonidan hisobvaraqlar ochmasdan budjetdan mablag‘ oluvchiga qayta ishlash yoki kamchiliklarni to‘g‘rilash uchun qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Hisobvaraqlar ochilishiga asos bo‘lgan budjetdan mablag‘ oluvchilar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar qaytarib berilmaydi va ular g‘aznachilik bo‘linmalarida o‘rnatilgan tartibda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. G‘aznachilik bo‘linmalari budjetdan mablag‘ oluvchilarning so‘roviga ko‘ra shaxsiy hisobvaraqlar ochilgan kunning keyingi kunidan kechiktirmasdan ular uchun ochilgan shaxsiy hisobvaraqlar to‘g‘risida ma’lumot beradi. O‘z navbatida budjetdan mablag‘ oluvchilar ikki kun muddat ichida g‘aznachilik bo‘linmalarida ular uchun ochilgan shaxsiy hisobvaraqlar rekvizitlarini tegishli soliq organlari, ijtimoiy ta’minot organlari va tovar (ish va xizmat)lar yetkazib beruvchilarga yetkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Budjetdan mablag‘ oluvchining qayta tashkil etilishi va uning bo‘ysunishining o‘zgarishi yoki tashkiliy-huquqiy maqomining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lmagan tarzda shaxsiy nomi o‘zgarganda, vakolatli davlat organidan yangi shaxsiy nom olgandan so‘ng, bir ish kuni davomida bu haqda tegishli g‘aznachilik bo‘linmasiga yozma ravishda xabar qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
G‘aznachilik bo‘linmalari yozma bildirishnoma asosida budjetdan mablag‘ oluvchining nomi o‘zgarishi bilan shaxsiy hisobvaraqqa shaxsiy hisobvaraqning unikal raqamini o‘zgartirmagan holda tegishli o‘zgartirishlar kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Budjetdan mablag‘ oluvchi qayta tashkil etilganda (birlashish, qo‘shilish, bo‘linish, ajralish, qayta tashkil etish), yangi vujudga kelgan budjetdan mablag‘ oluvchilar uchun o‘rnatilgan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgandan so‘ng, qo‘shilish shaklida qayta tashkil etilganda budjetdan mablag‘ oluvchi yuridik shaxslarning faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risidagi yozuv yagona davlat reyestriga kiritilgandan so‘ng, g‘aznachilik bo‘linmasiga shaxsiy hisobvaraqlarni yopish uchun budjetdan mablag‘ oluvchining qayta tashkil etilganligi haqidagi hujjatlarning nusxalari ilova qilingan ariza taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Budjetdan mablag‘ oluvchi tugatilganda, tugatilayotgan tashkilotning rahbari ushbu jarayon boshlangandan boshlab ikki kun ichida g‘aznachilik bo‘linmasiga yuqori turuvchi tashkilot yoki o‘rnatilgan tartibda notarial tasdiqlangan tugatish to‘g‘risidagi va tugatish komissiyasining tayinlanishi to‘g‘risidagi hujjatlarning nusxalarini tugatish komissiyasining faoliyat yuritish muddatlarini ko‘rsatgan holda taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Budjetdan mablag‘ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini ularning qayta tashkil etilishi, bo‘ysunuvdagi o‘zgarishlari, tugatish komissiyasining ish faoliyatining tugatilishi, budjetdan mablag‘ oluvchining boshqa g‘aznachilik bo‘limi tomonidan xizmat ko‘rsatilishiga o‘tishi munosabati bilan yoki qonun hujjatlarda ko‘zda tutilgan boshqa holatlarda yopish mazkur Qoidalarning 5-ilovasidagi shaxsiy hisobvaraqni yopish to‘g‘risidagi arizaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsiy hisobvaraqning yopilishi budjetdan mablag‘ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini ro‘yxatga olish Jurnalida qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. G‘aznachilik bo‘linmasi tomonidan budjetdan mablag‘ oluvchilarga yangi shaxsiy hisobvaraqlarni ochish qayta tashkil etish jarayoni tugatilgandan so‘ng, shuningdek budjetdan mablag‘ oluvchining turgan budjet darajasining o‘zgarishi va bir g‘aznachilik bo‘linmasidan boshqa g‘aznachilik bo‘linmasiga xizmat ko‘rsatilishiga o‘tganda, mazkur Qoidalarning 7-8-bandlariga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 3. Budjetdan mablag‘ oluvchilarning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha shaxsiy hisobvaraqlarda operatsiyalarning aks ettirilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. G‘aznachilik bo‘linmasining vakolatli xodimlari budjetdan mablag‘ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarining tegishli satrlarida quyidagi summalarni aks ettiradilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) budjet mablag‘lari bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetdan mablag‘ oluvchilarning tasdiqlangan xarajatlar smetalari, shuningdek vaqtinchalik xarajatlar smetalari hamda kapital qurilish bo‘yicha xarajatlarning oylik yoyilmalari, Zaxira jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar smetalari nusxalarida ko‘rsatilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar smetalari, shuningdek kapital qurilish xarajatlarining oylik yoyilmalariga kiritilgan o‘zgarishlarni hisobga olgan holda aniqlashtirilgan budjet mablag‘lari manbalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetdan mablag‘ oluvchilarga berilgan XTR;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g‘aznachilik bo‘linmalarida ro‘yxatga olingan yuridik majburiyatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetdan mablag‘ oluvchilar tomonidan g‘aznachilik bo‘linmalariga taqdim etilgan moliyaviy majburiyatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetdan mablag‘ oluvchilarning g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan to‘langan (o‘tkazilgan), shuningdek naqd pul shaklidagi to‘langan mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli va vaqtinchalik smetalarda ko‘rsatilgan xarajatlar (budjetdan tashqari tushumlar va ularning yo‘nalishi cheklanmaydigan xarajatlar turlari bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqorida ko‘rsatilgan xarajatlar smetalariga kiritilgan o‘zgartirishlarni hisobga olgan aniqlashtirilgan rejalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Qoidalarda belgilangan tarzda kelib tushgan Moliya vazirligining budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari va budjetdan tashqari mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g‘aznachilik bo‘linmalarida ro‘yxatga olingan yuridik majburiyatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g‘aznachilik bo‘linmalariga budjetdan mablag‘ oluvchilar tomonidan taqdim etilgan moliyaviy majburiyatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetdan mablag‘ oluvchilarning g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan to‘langan (o‘tkazilgan), shuningdek naqd pul shaklidagi to‘langan mablag‘lari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. G‘aznachilik bo‘linmalari budjetdan mablag‘ oluvchilarning so‘rovlariga ko‘ra ularning tegishli shaxsiy hisobvaraqlaridan operatsiyalar amalga oshirilgan kundan keyingi kundan kechikmagan holda, ularga ushbu shaxsiy hisobvaraqlardan ko‘chirmalar mazkur Qoidalarning 6, 7-ilovalari shakllari asosida taqdim etadi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2010-yil 4-noyabrdagi 94-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1746-1, 19.11.2010-y.) tahririda —O‘R QHT, 2010-y., 47-son, 437-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Budjetdan mablag‘ oluvchilar tomonidan shaxsiy hisobvaraqlar ochish, qayta ro‘yxatga olish va yopish uchun taqdim etilgan hujjatlarning o‘z vaqtidaligi, haqqoniyligi va to‘liqligi bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda budjetdan mablag‘ oluvchilarning rahbarlari va bosh hisobchilari javobgardirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Mazkur Qoidalarning talablariga muvofiq shaxsiy hisobvaraqlarning o‘z vaqtida ochilishi, qayta ro‘yxatga olinishi, yopilishi, ma’lumotlarni o‘z vaqtida aks ettirilishi va budjetdan mablag‘ oluvchilarga ularning shaxsiy hisobvaraqlaridan ko‘chirmalar taqdim etilishi yuzasidan g‘aznachilik bo‘linmalarining tegishli xodimlari qonunchilikda belgilangan tartibda javobgardirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjetdan mablag‘ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida va uning hududiy bo‘linmalarida yuritish qoidalariga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjetdan mablag‘ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini ro‘yxatga olish
JURNALI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r‎‎

Shaxsiy hisobvaraq ochilgan/ yopilgan sana‎‎

Budjetdan mablag‘ oluvchining nomlanishi‎‎

Xarajatlarning vazifa jihatdan tasnifi kodi‎‎

Tashkiliy tasnif kodi‎‎

Shaxsiy hisobvaraq raqami‎‎

Izoh‎‎

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2010-yil 4-noyabrdagi 94-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1746-1, 19.11.2010-y.) tahririda —O‘R QHT, 2010-y., 47-son, 437-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjetdan mablag‘ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida va uning hududiy bo‘linmalarida yuritish qoidalariga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsiy hisobvaraq(lar) ochishga
ARIZA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

20___ y. “___” ___________________ ‎

‎‎‎Budjet ____________________________________________________________
Viloyat _____________________________________________________________
Tuman (shahar) _______________________________________________________
Budjetdan mablag‘ oluvchining nomi ___________________________________
Xarajatlarning vazifa jihatdan tasnifi kodi __________________________
‎Tashkiliy tasnif kodi _______________________________________________
________________________________ da shaxsiy hisobvaraq ochishni so‘rayman.

(g‘aznachilik bo‘linmasi nomi)

‎‎Ilova:

1.___________________________________________________‎‎
_____________________________________________________‎‎

‎‎
‎_____________________________________________________‎‎

‎‎‎Rahbar

__________‎‎ _____________________________________‎‎

(imzo)

(F.I.Sh.)

M.O‘.
‎ ‎

‎‎Bosh hisobchi‎

__________‎‎ _____________________________________‎‎

(imzo)

(F.I.Sh.) ‎‎ ‎‎

‎‎___________________________________________________________________

‎‎‎
‎G‘aznachilik bo‘linmasining shaxsiy hisobvaraq ochganligi haqidagi belgisi

Razryadlar bo‘yicha shaxsiy hisobvaraq raqami

1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎ 9‎ 10‎ 11‎ 12‎ 13‎ 14‎ 15‎ 16‎ 17‎ 18‎ 19‎ 20‎ 21‎ 22‎ 23‎ 24‎ 25‎ 26‎ 27‎

Izoh*‎

‎‎
‎Hisobvaraq ochish hujjatlarini tekshirdi:‎


‎______________‎‎‎


‎________‎‎


‎__________‎‎

(xodimning F.I.Sh.)

‎‎(imzo)

‎‎(sana)

_______‎_________________________________da shaxsiy hisobvaraq ochishga ruxsat etiladi.
‎(g‘aznachilik bo‘linmasi nomi)
‎‎‎
‎‎M.O‘.‎ ‎‎Rahbar ‎‎__________

‎‎____________________________________

‎‎(imzo)

(F.I.Sh.) ‎‎ ‎‎

‎‎20___ y. “____” _________________ shaxsiy hisobvaraqlar ochildi.
‎‎‎
‎‎Boshqa belgilar _______________________________________________________________ ‎____________________________________________________________________________ ‎____________________________________________________________________________ ‎____________________________________________________________________________
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: 1. Ushbu ariza shakli, shuningdek, yuqori turuvchi budjetdan mablag‘ oluvchilar tomonidan yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan quyi budjetdan mablag‘ oluvchilarning budjet mablag‘lari bo‘yicha shaxsiy hisobvaraq ochish uchun to‘ldiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. * Tashkilotning (yuqori turuvchi yoki quyi budjetdan mablag‘ oluvchining) bo‘ysunish darajasining turi ko‘rsatiladi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2010-yil 4-noyabrdagi 94-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1746-1, 19.11.2010-y.) tahririda —O‘R QHT, 2010-y., 47-son, 437-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjetdan mablag‘ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida va uning hududiy bo‘linmalarida yuritish qoidalariga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Quyi budjetdan mablag‘ oluvchilarning ‎‎____________________________________________________
‎ ‎(yuqori turuvchi budjetdan mablag‘ oluvchining nomi)

‎‎RO‘YXATI

Xarajatlarning vazifa jihatdan tasnifi kodi‎

Tashkiliy tasnif kodi‎

Budjetdan mablag‘ oluvchilarning nomi

1.‎

2.‎

3.‎

4.‎

...‎

...‎

....‎

‎‎
‎‎Rahbar‎ ‎_________________________

‎_________________________________‎

(imzo)

‎(F.I.Sh.)


Bosh hisobchi‎____________________

‎_________________________________

(imzo)

‎(F.I.Sh.)

M.O‘.

‎ 20___ y. “____” ______________
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2010-yil 4-noyabrdagi 94-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1746-1, 19.11.2010-y.) tahririda —O‘R QHT, 2010-y., 47-son, 437-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjetdan mablag‘ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida va uning hududiy bo‘linmalarida yuritish qoidalariga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

IMZO NUSXASI VA MUHR O‘RNI
‎___________ SONLI KARTOCHKASI

200___ y. “___” ____________

Budjetdan mablag‘ oluvchining nomi ____________________________________________________________________________

(tashkil qilish hujjatiga muvofiq to‘liq yoki qisqa)

Yuridik manzil _______________________________________________________________ ____________________________________________________________________________
‎Telefon ____________________
‎G‘aznachilik bo‘linmasi nomi ____________________________________________________

‎‎
‎Shaxsiy hisobvaraq bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirishda moliyaviy hujjatlarga imzo qo‘yish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslarning imzo nusxasi va tashkilotning muhr o‘rni namunalari ‎

Imzo qo‘yish huquqi Mansab Familiyasi, ismi, sharifi Imzo namunasi Muhr namunasi Alohida belgilar
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎

Birinchi

‎‏

Ikkinchi

Yurist (shtatda mavjud bo‘lsa)


‎Rahbar


‎___________


‎_____________________

(imzo)

‎‎(F.I.Sh.)‎

Bosh hisobchi

‎‎___________ ‎

‎‎_____________________

(imzo)

‎‎‎‎(F.I.Sh.)‎ ‎


‎___‎‎_______________________________________________________________________

(Vakolat va imzolarni tasdiqlash bo‘yicha yuqori tashkilotning belgisi)

‎‎
‎Rahbar


‎___________ ‎


‎_____________________

(imzo)

‎‎‎‎‎‎(F.I.Sh.)‎

M.O‘.

‎‎
200_ y. “___” ____________

‎‎
‎‎____________________________________________________________________________

(Imzolarni haqiqiyligi haqida tasdiqlovchi yozuv)

____________________________________________________________________________

(budjetdan mablag‘ oluvchining joylashuvi yuridik manzili)‎

‎‎____________________________________________________________________________

(sana (yil, kun, oy) yozma holda)
‎‎


‎‎‎Bosh hisobchi


‎___________ ‎

‎‎
‎_____________________

(imzo)

‎‎‎‎‎‎‎‎(F.I.Sh.)‎ ‎

Ijrochi

‎‎___________ ‎

‎‎_____________________

(imzo)

‎‎‎‎‎‎‎‎‎‎(F.I.Sh.)‎ ‎ ‎

‎‎200_ y. “___” ____________
Alohida belgilar ____________________________________________________
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjetdan mablag‘ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida va uning hududiy bo‘linmalarida yuritish qoidalariga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎Shaxsiy hisobvaraqni yopish bo‘yicha ‎
‎A R I Z A ‎

‎‎20___ y. “___” _________________ ‎

‎‎Budjetdan mablag‘ oluvchining nomi __________________________________
‎‎Xarajatlarning vazifa jihatdan tasnifi kodi ________________________
‎‎‎Tashkiliy tasnif kodi ______________________________________________
‎‎‎G‘aznachilik bo‘linmasi nomi _________________________________________
‎‎‎Shaxsiy hisobvaraq raqami __________________________________________‎
‎‎‎‎ ‎_________________________ shaxsiy hisobvaraqni yopishingizni so‘rayman.‎
‎‎(budjetdan mablag‘ oluvchining)‎‎ ‎
‎‎‎__________________________________________________ munosabati bilan

‎‎‎(sababini ko‘rsating)

Ilova:‎

‎1. ______________________________________________ ‎‎‎‎
_________________________________________________‎‎
‎‎_________________________________________________

Rahbar‎‎

_______________‎ ‎‎________________________________

(imzo) ‎

‎‎‎(F.I.Sh.)

M.O‘.‎ ‎


‎‎Bosh hisobchi‎‎


‎_______________‎

‎________________________________‎

(imzo) ‎

‎‎‎‎(F.I.Sh.)

‎‎__________________________________________________________________
‎‎‎‎
‎Shaxsiy hisobvaraqni yopish haqida g‘aznachilik bo‘linmasi belgisi
‎‎__________________________________________________________________

‎Mas’ul xodim‎‎‎

_______________‎ _______________‎ _______________‎

(lavozim) ‎

(imzo) ‎

(F.I.Sh.) ‎

‎‎
‎Amaliyot boshqarmasi
‎(bo‘lim, ‎sektor) boshlig‘i‎‎


‎_______________‎


‎_______________‎

(imzo) ‎

(F.I.Sh.) ‎

‎‎G‘aznachilik bo‘linmasi rahbari‎ _______________‎ _______________‎

(imzo) ‎

(F.I.Sh.) ‎

‎‎‎‎20___ y. “___” _________________
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2010-yil 4-noyabrdagi 94-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1746-1, 19.11.2010-y.) tahririda —O‘R QHT, 2010-y., 47-son, 437-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjetdan mablag‘ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida va uning hududiy bo‘linmalarida yuritish qoidalariga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

20__ yil “___” ___________________ uchun


‎Budjetdan mablag‘ oluvchining mahalliy budjet mablag‘lari bo‘yicha shaxsiy hisobvarag‘idan
‎KO‘ChIRMA ‎

G‘aznachilik bo‘linmasining nomi _____________________________________
‎Budjetdan mablag‘ oluvchining nomi __________________________________
‎‎Shakllangan sana 20__y. ___.___.
‎‎Oldingi ko‘chirma sanasi 20__y. ___.___.
‎‎Shaxsiy hisobvaraq raqami __________________________________________
‎Mas’ul xodim _____________________________________________________

(F.I.Sh.)

‎‎
Hisob raqam‎

MFO

Hujjat raqami‎

Xarajat‎

Mablag‘lar qaytarish‎

Modda

1.‎
2.‎
3.‎
‎Jami aylanmalar
‎‎
‎‎Shtamp o‘rni
‎‎‎‎
‎Mas’ul xodim imzosi ______________‎‎‎‎‎‎‎20___ y. “____” ______________
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2010-yil 4-noyabrdagi 94-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1746-1, 19.11.2010-y.) tahririda —O‘R QHT, 2010-y., 47-son, 437-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjetdan mablag‘ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida va uning hududiy bo‘linmalarida yuritish qoidalariga
7-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

20__ yil “___” ___________________ uchun


‎‎‎Budjetdan mablag‘ oluvchining respublika budjetidan budjet mablag‘lari yoki budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha shaxsiy hisobvarag‘idan
‎ KO‘CHIRMA

G‘aznachilik bo‘linmasining nomi _____________________________________
Budjetdan mablag‘ oluvchining nomi __________________________________
Shakllangan sana 20__y. ___.___.
Oldingi ko‘chirma sanasi 20__y. ___.___.
‎‎Shaxsiy hisobvaraq raqami __________________________________________
Mas’ul xodim _____________________________________________________

(F.I.Sh.)

‎‎

Modda‎

Kun boshiga qoldiq‎

Tushum‎

Xarajat

Kun oxiriga qoldiq‎

‎Xarajatlarning 1-guruhi bo‘yicha
Xarajatlarning 2-guruhi bo‘yicha
‎‎Xarajatlarning 3-guruhi bo‘yicha
‎‎Xarajatlarning 4-guruhi bo‘yicha
‎‎JAMI

№‎

Hisob raqam‎

MFO‎

Hujjat raqami‎

Tushum‎

Xarajat

Modda

1.‎
2.‎
3.‎
‎Jami aylanmalar
‎‎
‎Shtamp o‘rni
Mas’ul xodim imzosi ______________ 20___ y. “____” ______________
(7-ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2010-yil 4-noyabrdagi 94-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1746-1, 19.11.2010-y.) tahririda —O‘R QHT, 2010-y., 47-son, 437-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2010-yil 4-noyabrdagi 94-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1746-1, 19.11.2010-y.) muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan —O‘R QHT, 2010-y., 47-son, 437-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2010-yil 4-noyabrdagi 94-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1746-1, 19.11.2010-y.) muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan —O‘R QHT, 2010-y., 47-son, 437-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2010-yil 4-noyabrdagi 94-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1746-1, 19.11.2010-y.) muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan —O‘R QHT, 2010-y., 47-son, 437-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 48-49-son, 495-modda; 2010-y., 47-son, 437-modda)