Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining
buyrugʻi
Poyabzal ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 25-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2406]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʻplami, 2000-y., 7-son, 39-modda) va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Poyabzal ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir A. XAITOV
Toshkent sh.,
2012-yil 29-noyabr,
75-B-son
Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2012-yil 29-noyabrdagi 75-B-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Poyabzal ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalar poyabzal ishlab chiqarishda mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
I bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalar poyabzal ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir.
2. Mazkur Qoidalar ishlab chiqarish binolarini va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish va ishlab chiqarish boʻyicha xavfsizlikka oid normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
II bob. Xavfsizlikka qoʻyiladigan umumiy talablar
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
5. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
6. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqiladi (tasdiqlanadi) va yuritiladi:
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari boʻyicha boʻlimni oʻz ichiga olgan jamoaviy shartnoma;
tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish oʻrinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish oʻrinlarini attestatsiya qilish kartalari;
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
xodimlar va muhandis-texnik xodimlarni oʻqitish, yoʻl-yoʻriq berish va bilimlarini sinovdan oʻtkazish dasturlari;
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha maʼmuriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
xodimlarga yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq berish va yongʻin-texnikaviy minimum mashgʻulotlarini oʻtkazish dasturi;
har bir kasb va ish turlari boʻyicha mehnatni muhofaza qilish yoʻriqnomalari.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud boʻlgan tashkilotda yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarning soni ellik nafardan kam boʻlgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy boʻlinmalari boʻlib, ular bevosita tashkilot rahbariga boʻysunadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
9. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yoʻriqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb etilishlari mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
2-§. Xodimlarni oʻqitish, ularning bilimlarini sinovdan oʻtkazish va ularga yoʻl-yoʻriq berishni tashkil etish
11. Tashkilot xodimlari oʻz kasblari va ish turlari boʻyicha belgilangan tartibda oʻqishlari, ularning bilimlari sinovdan oʻtkazilishi va ularga yoʻl-yoʻriqlar berilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bilimlarini tekshirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazish, oʻqitish va bilimlarni tekshirish, malaka oshirish hamda qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Ishlarni texnologik reglament boʻyicha xavfsiz yuritish yoʻriqnomalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
3-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari
14. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02 boʻyicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga taʼsir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari toʻgʻrisida toʻliq maʼlumotga ega boʻlishi lozim.
15. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda mehnat jarayonining xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim oʻlchovi natijalari, shuningdek mehnatning ogʻir sharoitlarini attestatsiya qilish orqali belgilanishi lozim.
16. Yangi zararli moddalar paydo boʻlishiga yoki xavfli va zararli ishlab chiqarish omillar yoʻqolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar oʻzgarishlarida yoki yangi ishlab chiqarish uskunalarini joriy qilishda xavfli va zararli omillar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi lozim.
4-§. Oʻta xavfli kasblar va ishlar roʻyxati
17. Tashkilot oʻta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar roʻyxatiga ega boʻlishi lozim. Roʻyxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bugʻ va suv isitish qozonlari, yuk koʻtarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sigʻimlar, elektr uskunalarga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq ishlar va amaldagi tarmoq roʻyxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.
18. Barcha xodimlar oʻta xavfli ishlarni bajarish topshirigʻini olishdan oldin, mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻl-yoʻriq olishi va ishlarni bajarish usullarini oʻzlashtirib olishi shart.
19. Oʻta xavfli ishlarni bajarish faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan naryad-ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
20. Tashkilot rahbariyati oʻta xavfli ishlarni rejalashtirish, tashkillashtirish va xavfsiz bajarish belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishiga toʻla javobgardir.
5-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qoʻllash
21. Xodimlarni xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan himoya qilish jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanish orqali taʼminlanishi lozim.
22. Jamoaviy himoya qilish vositalariga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini meʼyorlashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil meʼyorda saqlash va boshqalar);
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorugʻligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorugʻlikdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda uskunalar yuzasini yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
mexanik va kimyoviy omillarning taʼsiridan himoya qilish vositalari.
23. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari boʻlgan xonadagi barcha xodimlarga taʼsir qilganda qoʻllanishi shart va tashkilotni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
24. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda yakka tartibdagi himoya vositalari qoʻllanilishi lozim. Bunday hollarda yakka tartibdagi himoya vositalarisiz xodimlarning ishga jalb qilinishi taqiqlanadi.
25. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularni qoʻllashi, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻlishi lozim.
26. Tashkilotda quyidagilar taʼminlanishi shart:
yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;
himoya vositalarini qoʻllash va toʻgʻri foydalanish ustidan doimiy nazorat amalga oshirilishi;
himoya vositalarining samaradorligi va sozligi tekshirilishi;
yakka tartibdagi himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularni dezinfeksiya qilinishi (bir marta qoʻllaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
27. Turli agressiv moddalar bilan ishlayotganda teri kasalliklarini oldini olish uchun profilaktik pasta va mazlardan foydalanish lozim.
28. Xodimlar maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalari bilan belgilangan tartibda bepul taʼminlanishi lozim.
6-§. Kasbiy tanlov
29. Tashkilotlarda tanlov oʻtkazilishi lozim boʻlgan kasblar va mutaxassisliklar roʻyxati boʻlishi lozim.
30. Xodimlar, ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli maʼlumotga va ish tajribasiga ega boʻlishi kerak.
31. Bosim ostida ishlovchi asbob-uskunalar va xavfi yuqori boʻlgan ishlarda xizmat koʻrsatuvchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan oʻtgan va tegishli guvohnomaga ega boʻlishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
32. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan ogʻir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning roʻyxatiga muvofiq oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar ogʻir ishlarga hamda zararli va xavfli mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
7-§. Xodimlarning salomatligini nazorat qilish
34. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 35-son, 407-modda) asosida amalga oshirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
35. Tashkilot rahbariyati kasaba uyushmasi qoʻmitasi va sogʻliqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy koʻrikdan oʻtishini taʼminlashi lozim.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
36. Tibbiy koʻriklar tashkilotning tibbiy muassasalarida, ular mavjud boʻlmagan hollarda davolash-profilaktika muassasalarida oʻtkazilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
37. Ish beruvchi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud majburiy tibbiy koʻrik natijalariga koʻra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan boʻyin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
38. Davriy majburiy tibbiy koʻriklar oʻz vaqtida, sifatli oʻtkazilishi va ularning natijalariga koʻra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklanadi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
39. Xodimlarni sogʻligʻi tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
8-§. Sanitariya va gigiyenaga qoʻyiladigan talablar
40. Tashkilot xonalari ish hududidagi harorat, nisbiy namlik, havoning harakatlanish tezligi va boshqalar GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq boʻlishi kerak.
41. Tashkilotning ishlab chiqarish xonalari quyidagi sanitariya qoidalariga muvofiq saqlanishi lozim:
xonalarda ruxsat etilgan harorat, nisbiy namlik va havoning harakatlanish tezligi, ish joylaridagi ortiqcha issiqlik, bajarilayotgan ishning ogʻirlik darajasiga koʻra toifasi, yil mavsumi hisobga olingan holda belgilanishi;
ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy xonalarning, xom ashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarining yorugʻligi QMQ 3.01.05-98 “Tabiiy va sunʼiy yoritish. Loyihalashtirish meʼyorlari”ga muvofiq boʻlishi hamda mehnat sharoitlarini yaratish uchun yetarli yorugʻlik kuchini taʼminlashi;
xonalarda yoritish asboblari chang toʻplanishiga imkoniyat bermaydigan konstruksiyaga ega boʻlishi, shuningdek singan taqdirda uning parchalari sochilib ketmasligi uchun yopiq boʻlishi.
42. Noqulay omillar taʼsiriga qarshi himoya tadbirlarini tuzishda samarali havo almashinuvi tizimini QMQ 2.04.05-97 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” talabiga muvofiq tashkil qilish lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
43. Ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy xonalarni, xom ashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarini gigiyenik jihatdan toza saqlash va xodimlarning shaxsiy gigiyenasiga qoʻyiladigan talablar qonunchilik hujjatlarida belgilangan qoidalarga muvofiq boʻlishi lozim.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
9-§. Tashkilot maydonlariga boʻlgan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
44. Tashkilot maydonlari va binolarining joylashuvi SHNQ 2.09.17-21 “Sanoat korxonalarining bosh rejalarini loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos boʻlishi kerak.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
45. Tashkilotda transport vositalarining va piyodalarning tashkilot hududida harakatlanishi chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan boʻlishi kerak.
46. Transport vositalari va tashkilot hududida piyodalarning harakati chizmasi tashkilotga kirish va chiqish hamda ish uchastkalari va sexlarning koʻrinarli joylariga osib qoʻyilishi kerak.
47. Tashkilot maydonlari koʻkalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
48. Tashkilot maydonidagi oʻtish joylari mustahkam yopqichlar, suvlar oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
49. Yilning yoz vaqtida yoʻlaklar va oʻtish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum sepilgan boʻlishi lozim.
50. Yoʻlovchilar uchun yoʻlak va tashkilotga kirish joyi tekis, kengligi kamida 1,5 m. yon tomonlarida devorcha va toʻsiqlar boʻlishi lozim.
51. Binolarning tomlarini qishki mavsumda qordan, karnizlarni qotgan muzlardan tozalab turish zarur.
52. Tashkilot hududida har kuni tozalab va dezinfeksiya qilib turiladigan axlat tashlanadigan idishlar boʻlishi shart.
53. Hovlidagi hojatxonalarni ozoda saqlash, muntazam dezinfeksiya qilish, sutkaning qorongʻi paytida esa yoritilishi kerak.
54. Tashkilot joylashgan maydon butun chegara boʻylab toʻsilgan boʻlishi, uning hududiga begonalarning kirishi cheklangan va nazorat ostiga olingan boʻlishi lozim.
10-§. Bino va inshootlarga boʻlgan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
55. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(55-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
56. Yordamchi binolar va xonalar QMQ 2.09.04-98 “Tashkilotlarning maʼmuriy va maishiy binolari” talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
57. Ishlab chiqarish va yordamchi xonalarning (harorati, nisbiy namligi, havoni harakatlanish tezligi va boshqalar) mikroiqlimi GOST 12.1.005-88 talablariga javob berishi kerak.
58. Nam xonalarda hamda issiq oʻtkazuvchi pollarda (betonli, gʻishtli, plitali va boshqalar) muntazam ishlashga moʻljallangan ish joylarida yogʻoch toʻshamalar va panjaralar yotqizilgan boʻlishi kerak.
59. Pol toʻshamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi kirlar va changlardan yengil tozalanadigan boʻlishi kerak.
60. Binoga transport vositalarining kirish joylari darvozalar va signal asbob-uskunalari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
61. Darvoza tavaqalari yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar mustahkam oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
62. Transport vositalarining binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan transport vositalari eni miqdoridan oshiq boʻlishi kerak.
63. Darvozalarning balandligi transport vositasining balandligidan kamida 0,2 m. dan oshiq boʻlishi kerak.
64. Tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan boʻlishi kerak.
65. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda ikki martadan (bahor va kuzda) kam boʻlmagan holda tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan komissiya tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkazilishi lozim. Texnik koʻrik xulosalari ularda topilgan nuqsonlarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlar va muddati koʻrsatilgan dalolatnomalar orqali rasmiylashtirilishi kerak.
66. Xodimlar uchun xavf tugʻdiruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Xavfli hududlarda ishlab chiqarish jarayonlari halokat bartaraf etilgunga qadar toʻxtatib turilishi lozim, shuningdek xizmat koʻrsatuvchi xodimlar xavfsiz joyga koʻchirilishi kerak.
67. Kirish va chiqish yoʻllari, koridor, tambur, narvonlar turli jismlar va asbob-uskunalar bilan toʻsib qoʻyilmasligi lozim. Evakuatsiya chiqish yoʻllarining barcha eshiklari binodan chiqish yoʻnalishi boʻyicha ochilishi lozim.
68. Tashkilotning ishlab chiqarish xonalari va omborxonalar avtomatik yongʻindan xabar beruvchi va yongʻinlarni bartaraf etuvchi qurilmalari bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
11-§. Shamollatish va isitish tizimiga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
69. Shamollatish va isitish tizimi SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(69-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
70. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m. balandlikda bajarilishi lozim.
71. Oʻtish joylarida joylashgan isitish jihozlari ruxsat etilgan oʻtish yoʻlaklarining enini kamaytirmasligi lozim.
72. Ish joylarida havo harorati yengil jismoniy ishda 21°S, oʻrtacha ogʻir ishda 17°S va ogʻir ishda 16°S dan past boʻlmasligi kerak.
73. Xodimlarning isinishi uchun xonalarda harorat 22°S dan kam boʻlmasligi kerak.
74. Isinish xonalarigacha boʻlgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 m. dan, bino tashqarisidagi ish joylaridan esa 150 m. dan koʻp boʻlmasligi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
12-§. Suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga qoʻyiladigan talablar
(12-paragrafning nomi Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
75. Suv bilan taʼminlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” talabiga mos kelishi kerak.
(75-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
76. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar boʻlishi kerak. Suv quvurlari yoʻq boʻlganda baklarda qaynatilgan suv boʻlishi lozim.
77. Ichimlik suvining harorati 8°S dan 20°S gacha boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
78. Tashkilot hududidagi hojatxonalar issiq suv va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga ulangan boʻlishi lozim.
(78-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
79. Tashkilotda oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi yoʻq boʻlganda davlat sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda tashkilotda yer qatlamini ifloslantirmagan holda dushxonalardan va yuz-qoʻl yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat oʻralarining mavjud boʻlishiga ruxsat etiladi.
(79-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
13-§. Yoritishga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
80. Ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sunʼiy yoritish SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos boʻlishi lozim.
(80-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
81. Yoritish vositalari toza va soz holatda boʻlishi kerak. Yorugʻlik tushuvchi oynalarni yilida kamida ikki marotaba tozalash lozim.
82. Yorugʻlik tushadigan deraza va eshiklarni turli predmetlar (uskuna, tayyor mahsulot va boshqalar) bilan toʻsib qoʻyishga ruxsat etilmaydi.
83. Sunʼiy yoritish umumiy va birlashgan (umumiy mahalliy bilan birgalikda) tizim orqali amalga oshiriladi. Birgina mahalliy yoritishni qoʻllash taqiqlanadi.
84. Uchastka va xonalarda portlash boʻyicha xavfli gaz va changlar konsentratsiyasi yigʻilib qolishi ehtimoli boʻlsa, elektr yoritish tizimi portlashdan alohida bajarilishi kerak.
85. Xavflilik darajasi yuqori boʻlgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori boʻlmagan koʻchma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Uskunalar va inshootlar (bunkerlar, quduqlar, bugʻlantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ning ichki sirtini yoritish uchun ishlatiladigan koʻchma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak.
86. Koʻchirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qopqoqlari va metall toʻr bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa koʻchirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan kabel va elektr oʻtkazgichlar qoʻllanishi lozim.
87. Evakuatsiya yoʻlaklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari boʻlishi lozim.
88. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, oʻlchamlari va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalanib turilishi lozim.
89. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya isteʼmolchilarining ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritilishlarining sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi lozim.
14-§. Maishiy imoratlarga qoʻyiladigan talablar
90. Tashkilot maishiy xonalar, ovqatlanish xonalari, tibbiy punktlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
91. Kiyim almashtirish xonalari, dushxonalarning oʻlchamlari, dush setkalari, oyoq vannalari, bet-qoʻl yuvgichlari, isteʼmol suv taʼminoti qurilmalari, hojatxonalar va shu kabi qurilmalarning soni, smenadagi eng koʻp xodimlar soni hisobga olingan holda belgilanishi lozim.
92. Dushxonalar va hojatxonalardagi tarnovlar, kanallar, traplar, pissuarlar va unitazlar muntazam ravishda tozalanishi, yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi lozim.
15-§. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishga boʻlgan talablar
93. Tashkilot atrof muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli normalardan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi lozim.
94. Tashkilotlarda ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda atrof muhitni chiqindilar (oqova suvlar, shamollatish tizimi chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar taʼminlanishi lozim.
95. Tashkilotlarda chiqindilarni yigʻish uchun atrofi oʻralgan maxsus joy ajratilishi va konteynerlar bilan taʼminlanishi, konteynerlar chiqindilardan boʻshatilgandan soʻng xlorli ohak eritmasi bilan dezinfeksiya qilinishi va yuvilishi kerak.
16-§. Mehnat va dam olishga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
96. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti tashkilotlar tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(96-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
III bob. Ishlab chiqarish (texnologik) jarayonlariga qoʻyiladigan talablar
1-§. Umumiy talablar
97. Poyabzal ishlab chiqarish texnologik jarayonlari GOST 12.3.002-75 “Ishlab chiqarish jarayonlari. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq boʻlishi lozim.
98. Ishlab chiqarish jarayonlarining xavfsizligi quyidagi talablarni amalga oshirish orqali taʼminlanadi:
ishlab chiqarish uskunalariga xizmat koʻrsatish tartibidagi texnologik jarayonlarni (ish turlarini), ish usullari va rejimlarini qoʻllash;
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining tarqalishini cheklovchi vositalarni qoʻllash;
Ishlab chiqarish jarayonlari atrof muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarining tegishli meʼyorlaridan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi shart.
99. Texnologik jarayonlarni amalga oshirishda ish bajaradigan dastgoh va mexanizmlar ketma-ketligi blokirovka tizimi bilan taʼminlangan boʻlishi zarur. Avariya holatida biror bir mexanizm toʻxtab qolsa, barcha dastgoh va mexanizmlarni toʻxtashi nazarda tutilgan boʻlishi kerak.
100. Uskuna va avtomatlashtirilgan tarmoqlarda ular ishga tushirilganligini bildiruvchi ovozli va yorugʻlik signallari boʻlishi kerak. Signal elementlari (elektr qoʻngʻiroq, oʻchib-yonuvchi lampa) mexanik buzilishlardan himoyalangan boʻlib, xizmat koʻrsatuvchi xodimlar eshitadigan darajada boʻlishi kerak.
Liniyani toʻxtatgandan soʻng ovozli va yorugʻlik signali bermasdan, uni ishga tushirish taqiqlanadi.
101. Ishlab chiqarish texnologik jarayonlari soz asbob-uskunalar va nazorat-oʻlchash asboblari, himoya toʻsiqlari, blokirovkalar hamda ishga tushiruvchi apparatlari mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshirilishi lozim.
2-§. Yongʻin va portlashga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
102. Ishlab chiqarish jarayonlari yongʻin va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda GOST 12.1.004-91 “Yongʻin xavfsizligi. Umumiy talablari” va GOST 12.1.010-90 “Portlash xavfi. Umumiy talablari”ga va ushbu Qoidalarga muvofiq taʼminlanishi lozim.
103. Ishlab chiqarishda sinalmagan yongʻin va portlash xavfi mavjud hamda toksik xususiyatlarga ega boʻlgan moddalar va materiallarni qoʻllash taqiqlanadi.
104. Ishlab chiqarish binolari va xonalarining portlash jihatdan xavflilik toifalari loyiha tashkiloti tomonidan TLTM 24-86 “Texnologik loyihalashtirish tarmoq meʼyorlari”ga muvofiq har holat uchun alohida aniqlanishi lozim.
105. Ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda yongʻinlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir boʻlishi hamda atrof muhit uning chiqindilari (oqova suvlari, shamollatish chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar taʼminlanishi lozim.
106. Ishlab chiqarish binolari va xonalari dastlabki yongʻinni oʻchirish vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi shart.
107. Shamollatish tizimi yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan boʻlishi kerak.
108. Bino va yongʻin suv manbai yoʻlaklari hamda yongʻinni oʻchirish vositalariga boradigan yoʻlaklar doimo boʻsh boʻlishi kerak.
109. Portlashning oldini olish uchun mashina va agregatlarining ishqalanuvchi qismlarini qizib ketishiga yoʻl qoʻymaslik lozim.
110. Aralashganda portlovchi modda hosil qilishi lozim boʻlgan gazlarni umumiy kollektorga chiqarish taqiqlanadi.
111. Ishlab chiqarish binolari va xonalari uchun hududiy yongʻin xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan yongʻin xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnoma ishlab chiqilishi va koʻrinadigan joyga osib qoʻyilishi lozim.
112. Xodimlar bilan yongʻin xavfsizligi boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazilishi va yongʻinning oldini olish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar berilishi kerak.
113. Ishlab chiqarish binolarining barcha xonalari, ishlab chiqarish, omborxona va yordamchi binolarning koʻrinarli joylarida yongʻin xavfsizligi xizmatining telefon raqamlari yozilgan eslatma yozuvlari boʻlishi kerak.
114. Arxiv, omborxona va havo almashtirish uskunalari oʻrnatilgan xonalarining eshiklari yongʻinga chidamli qilib ishlangan boʻlishi kerak.
115. Tashkilot binolarining har bir qavatida yongʻin sodir boʻlganida xodimlarni va moddiy boyliklarni qutqarish chizmasi oʻrnatilishi shart. Chizmada xonalar, yoʻlaklar, birlamchi yongʻin oʻchirish vositalari, telefon joylashuvi, xodimlarning favqulodda holatda zaxira chiqish yoʻllaridan harakat qilish yoʻnalishlari koʻrsatilishi lozim.
116. Bino va inshootlarda kuyidagilar taqiqlanadi:
yertoʻlada yonuvchi suyuqliklar, gaz sigʻimlari, portlash xavfi boʻlgan mollarni saqlash;
chordoqlarda, texnik qavatlarda, ventkameralar va boshqa texnik xonalarda asbob-uskunalarni saqlash;
zaxira chiqish yoʻllari devorlariga, shift va pollariga yengil yonuvchi materiallar bilan ishlov berish, boʻyash, shuningdek zinapoyalar va ular oldidagi xonalarga yonuvchi qurilish materiallaridan ishlov berish, yogʻoch panellar bilan bezash, turli qoʻshimcha xizmat xonalarini qurish;
xonalardagi elektr isitkich asboblar, kompyuter va yordamchi asbob-uskunalarni elektr tarmogʻiga ulangan holda qoldirish;
elektr asbob-uskunalar va jihozlardan foydalanishdan avval ularni ishlab chiqargan tashkilot tomonidan berilgan tavsiya va yoʻriqnomada keltirilgan foydalanish qoidalari bilan tanishib chiqmasdan ishlatish;
117. Yongʻin oʻchirish vositalaridan xoʻjalik ishlarini bajarish maqsadlarida foydalanish taqiqlanadi.
118. Tashkilot bino va inshootlarida oʻrnatilgan ichki yongʻin oʻchirish joʻmraklari suv tarmogʻiga ulangan boʻlib, ular yongʻin oʻchirish yeng va dastaklar maxsus yongʻin qutilari ichida joylashtirilishi kerak. Yeng va dastaklar yongʻin oʻchirish ichki joʻmragiga ulab qoʻyilgan boʻlishi kerak
119. Yongʻinga qarshi suv havzalari doimo soz holatda boʻlishi, ichidagi suv hajmi yongʻinni oʻchirish uchun yetarli boʻlishi kerak. Suv havzalarining ishga yaroqliligi yiliga kamida ikki marotaba, bahor va kuz mavsumlarida tekshirilishi lozim.
3-§. Elektr qurilmalariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
120. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini oʻrnatish va ulardan foydalanishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga rioya qilinishi kerak.
(120-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
121. Elektr energiyasidan foydalanishda tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan muhandis-texnik xodimlardan elektr xoʻjaligi uchun javobgar xodim tayinlangan boʻlishi va bu xodim elektr xavfsizligi boʻyicha tegishli malaka guruhiga ega boʻlishi shart.
122. Kuchlanishi 1000 V va undan yuqori boʻlgan elektr uskunalarga xizmat koʻrsatishda elektr xoʻjaligi uchun masʼul xodim elektr xavfsizligi boʻyicha V malaka guruhiga va kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan elektr uskunalarga xizmat koʻrsatishda IV malaka guruhiga ega boʻlish talab etiladi. Masʼul xodim davriy ravishda va oʻrnatilgan tartibda elektr xavfsizligi boʻyicha tashkilotda tuzilgan komissiyada bilim sinovidan oʻtishi shart.
123. Elektr tok oʻtkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va oʻlchash asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi apparatlar va moslamalar faqat yonmaydigan asoslarda montaj qilinishi lozim.
124. Yuqori namlik va issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritqichlar namlikdan, elektr dvigatellari esa suyuqlik sachrashidan himoyalangan boʻlishi shart.
125. Taqsimlovchi qurilmalar izolyatsiyasining qarshiligi va chidamliligi tekshirib turilishi lozim.
126. Ishlab chiqarish binolari va maishiy xonalarda qoʻllanuvchi lyuminessent yoritqichlar yopiq holda, namlik va chang oʻtkazmaydigan maxsus armaturada bajarilishi lozim.
127. Koʻchirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qalpoqlari va metall toʻr bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa koʻchirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan kabel va elektr oʻtkazgichlar qoʻllanilishi lozim.
128. Kabellar va elektr oʻtkazgichlarning izolyatsiyasi, tashqi birikmalar, elektr tokdan himoyalovchi yerga ulangan simlar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi koʻrikdan oʻtkazilishi va asboblar bilan oʻlchash orqali tekshirilib turilishi lozim.
129. Tok uzatilmagani sababli uskuna toʻxtatilgan hollarda elektr dvigatellar oʻchirilishi kerak.
130. Elektr apparatlari va agregatlarining nolga va yerga ulash simlarining butunligi kamida 6 oyda bir marta tekshirilishi lozim. Tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
131. Kam quvvatli elektr lampalari va asboblarini kattaroq quvvatlilariga almashtirish tarmoq uchun yoʻl qoʻyiluvchi yuklanishni hisobga olgan holda elektr xoʻjaligi uchun masʼul xodimning ruxsati bilan amalga oshirilishi lozim.
132. Bitta elektr shtepseliga bir nechta isteʼmolchilarni ulash taqiqlanadi.
133. Changlarning statik elektr razryadlaridan alangalanib ketmasligi uchun mashinalarning gʻiloflari, uning asosiy vallari va havo quvurlari yerga ulangan boʻlishi lozim.
134. Havo quvurlarining filtrlari mayda katakli metall toʻrlar bilan oʻralgan va toʻr yerga ulangan boʻlishi lozim.
135. Tashkilotning barcha turdagi bino va inshootlari yashin qaytargichlar oʻrnatilgan holda toʻgʻridan-toʻgʻri yashin urishidan himoyalangan boʻlishi lozim. Yashin qaytargichlar har yili bahorda tekshirilib turilishi va nosozliklari bartaraf etilishi lozim.
136. Momaqaldiroq vaqtida elektr oʻlchashlarni amalga oshirish taqiqlanadi.
4-§. Yelim tayyorlash uchastkasiga qoʻyiladigan xavfsizlik talablar
137. Yelim tayyorlash uchastkasi umumiy havo tarqatuvchi hamda ish joyidan havoni tortib oluvchi alohida shamollatish tizimiga ega boʻlgan alohida yopiq binoda joylashgan boʻlishi lozim.
138. Yelim ishlab chiqarishda zaharli hom ashyo va moddalar ishlatilishi sababli yelim ishlab chiqarish jarayonlari alohida binoda bajarilishi lozim.
139. Yelim tayyorlash uchastkasi devorlarining yuzasi poldan 2,5 m. balandlikda va keramika plitalar bilan qoplangan boʻlishi lozim.
140. Yelim tayyorlash uchastkasining pollari suv oʻtkazmaydigan, sirgʻanmaydigan, yuvilishi oson va suv oqishi uchun qiya boʻlishi lozim.
141. Barcha yelim tayyorlash jarayonlarida havoga zararli gaz va bugʻlar chiqarilishi sababli, joyidan havo tortib oluvchi shamollatish tizimi bilan jihozlangan boʻlishi yoki qopqogʻi mahkam yopiladigan maxsus idishlarda (chanlarda) yelim tayyorlanishi lozim.
142. Hajmi 25 l. dan yuqori boʻlgan qozon va baklar mexanik aralashuv moslamasi bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
143. Yelim tayyorlash qozonining mahsulot solishga moʻljallangan lyuklari zich yopiluvchi tirkagichli qopqoqda boʻlishi lozim.
144. Yelim qaynatiladigan idish toza saqlanishi hamda bir yilda kamida ikki marta dezinfeksiya qilinishi lozim.
145. Sulfit-spirtli qorishma konsentratsiyadan va shunga oʻxshashlardan tayyorlanadigan teri osti yogʻ qatlamidan tayyorlangan yelimlar (mezdro), duradgorlik yelimlari maxsus qozonlarda ishlab chiqarilishi lozim.
146. Yelim tayyorlash qozonlari termometrida uning eng katta bosimining cheklangan miqdorini koʻrsatuvchi qizil chiziq boʻlishi hamda suvni oʻlchaydigan shkalali oynalar oʻrnatilishi lozim.
147. Qozonning suv sathi suvli maxsus shkala oynasining 1/3 qismida boʻlishi lozim.
148. Tayyorlangan yelimlarni saqlash va transportirovka qilish maxsus zich yopilgan idishlarda amalga oshirilishi lozim.
5-§. Bichish-kesish sexlariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
149. Bichish-kesish sexi binosi mexanik usulda boshqariluvchi umumiy almashuvchi tortuv va tarqatuv shamollatish tizimiga ulangan boʻlishi lozim.
150. Tabiiy, sunʼiy charmlarni va plyonka mahsulotlarini, karton va qogʻoz mahsulotlarini qoʻl bilan bichish uchun yopiq binolar ajratilishi lozim.
151. Kesish presslariga mahsulot qismlarini yetkazish hamda ulardan qiyqim va chiqitlarni olib ketish mexanizatsiyalashtirilgan boʻlishi lozim.
152. Qator qilib joylashtirilgan presslar hamda qoʻlda bichish uchun qoʻyilgan stollar orasidagi masofa 1 m. dan kam boʻlmasligi, bichilgan detallarga ishlov berish uchun stolga oʻrnatilgan mashinalar orasidagi masofa 0,7 m. dan kam boʻlmasligi lozim.
153. Bichuvchilarning ish joylari (press yoki qoʻlda) kesuvchi rezak va lekalolarni saqlash uchun hamda xodimning boʻyiga mos boʻlgan taxtadan qilingan oyoqning tagiga qoʻyiladigan moslama bilan jihozlanadi.
154. Ish stollarining yuzasi silliqlab polirovka qilingan yoki plastik bilan qoplangan boʻlishi lozim.
155. Konveyer usulidagi sexlarda bichuvchining ish joyida detallarning sifatini, sonini aniqlash, taxlash uchun maxsus stol oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
156. Charm va boshqa materiallar bichilishidan hosil boʻlgan chiqindilar ish joyidan konveyerlar (transportyorlar) bilan olib ketilishi yoki bichuvchi tomonidan maxsus yashiklarga yigʻilishi, toʻlgandan soʻng hamda smenaning soʻngida chiqitlar uchun moʻljallangan maxsus joyga olib ketilishi lozim.
157. Har bir kesish pichoqlari (rezaklari) bir xil balandlikda boʻlishi hamda keskichning kesish qirrasi tekis, yaxshi va toʻgʻri oʻtkirlangan boʻlishi lozim.
158. Ishlab chiqariluvchi barcha assortimentlarni bichish uchun keskich jamlanmalari alohida xonada maxsus stellajlarda saqlanishi lozim.
159. Turli xil buyumlarni bichish uchun lekalolar jamlanmasi maxsus ajratilgan joylarda saqlanishi lozim.
160. Keskich va lekalolar jamlanmalarini tartibli saqlash tashkil etilishi lozim. Zarur hollarda ularni qidirib topishda hech qanday qiyinchilik boʻlmasligi kerak.
161. Ish joyiga keskich va lekalolar jamlanmasini yetkazib berish bitta javobgar shaxs tomonidan amalga oshirilishi lozim.
162. Keskich va lekalolar jamlanmalari soz holda saqlanishi lozim.
163. Keskichlarni va bichuvchi pichoqlarni oʻtkirlash va jilvirlash ishlari umumiy havo tortuvchi va toza havoni xonaga tarqatuvchi shamollatish tizimiga ulangan alohida oʻralgan xonada amalga oshirilishi lozim.
164. Oʻtkirlash dastgohlari joyidan tortuvchi shamollatish tizimi bilan jihozlangan, oʻtkirlash toshining ishlamaydigan qismi toʻsiq bilan taʼminlangan hamda ish joyida himoya koʻzoynaklari boʻlishi lozim.
165. Keskich va lekalolar jamlanmalarini tekshirish jadval boʻyicha amalga oshirilishi lozim.
166. Bichilgan detallarni saqlash uchun xona javonlar bilan jihozlangan va ularning orasi xodimlarning erkin oʻtishi uchun qulay boʻlishi lozim.
167. Sunʼiy charm va polivinilxlorid plyonkalarining qirqilgan detallari saqlanuvchi javonlar tortuvchi shamollatish tizimi bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
6-§.Tabiiy va sunʼiy charmlarni qoʻlda bichishga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
168. Charmni qoʻlda bichish uchun yogʻochdan tayyorlangan, yuzasi tekis, oʻyiq va yoriqlari boʻlmagan bichish taxtasi boʻlishi lozim.
169. Qoʻlda bichish uchun moʻljallangan stollarda xodim turadigan tomonida chuqurcha boʻlib, charmni ilish uchun kronshteynlar, materiallarni saqlash va chiqitlarni yigʻish uchun maxsus joy va pichoqlarni saqlash uchun tortmali yashiklar bilan jihozlanishi lozim.
170. Pichoqlar qalin materialdan tayyorlangan qinda saqlanishi lozim.
171. Charm va boshqa materiallar bichilishidan hosil boʻlgan chiqindilar ish joyidan konveyerlar (transportyorlar) bilan olib ketilishi yoki bichuvchi tomonidan maxsus yashiklarga yigʻilishi, toʻlgandan soʻng hamda smenaning soʻngida chiqitlar uchun moʻljallangan maxsus joyga olib ketilishi lozim.
172. Metalldan va yumshoq metall tunukadan tayyorlangan lekalolarning qirrasi silliq boʻlishi lozim. Lekalolarning qalinligi 2,5 mm. dan kam boʻlmasligi lozim.
173. Ish stolida faqat ishlatilishi lozim boʻlgan lekalolar boʻlishi lozim.
7-§. Shoyigrafika va buyumlarga rang berish maydonlariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
174. Buyumlarga va buyumlar detallariga rang berish binosi yongʻinga chidamli, yopiq umumiy tortuv va tarqatuvchi shamollatish tizimiga ulangan boʻlishi lozim.
175. Buyumlarga rang berish bilan qoplash amalga oshiriladigan binoda yoritqich asboblari va elektroʻtkazgichlar portlash xavfsizligi talablariga javob berishi lozim.
176. Buyumlarga yoki detallarga rang berish qoʻl usulida pulverizator yordamida faqat tortuvchi shamollatish tizimidan foydalangan holda amalga oshirilishi lozim. Tortuvchi shamollatish tizimi javonga yoki devorga oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
177. Kompressor qurilmasi toʻsiq ichida oʻrnatilgan boʻlib, yuqori bosimining cheklangan miqdorini koʻrsatuvchi qizil chiziqqa ega boʻlishi lozim.
178. Boʻyoq va laklar bilan ishlayotganda qoʻlning muhofazasi uchun biologik surtmalardan foydalanish lozim.
179. Buyum va detallar boʻyogʻini quritish uchun maxsus tortuvchi shamollatish tizimi bilan jihozlangan quritish javonlari boʻlishi lozim.
180. Boʻyoq va nitrolak qorishmalari sexning ichida, yopiq idishlarda, yongʻindan xavfsizlantirilgan tortuvchi shamollatish tizimi boʻlgan maxsus javonlarda saqlanishi lozim.
181. Erituvchilar, boʻyoq va nitrolaklarni rang berish joyida isteʼmolning bir sutkali miqdoridan oshmagan miqdorda saqlashga ruxsat beriladi.
182. Shamollatish tizimi kameralari havo oʻtkazgichlarining soʻrish teshiklariga qoʻyilgan reshyotkalar boʻyoq qoplamidan tozalanib turilishi lozim.
8-§. Tikuv-yigʻuv sexiga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
183. Tikuv-yigʻuv sexi binosi umumiy tortuv va tarqatuvchi shamollatish tizimi bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
184. Tikuv-yigʻuv sexlarida yarim tayyor mahsulotlar bilan keyingi texnologik jarayonlarni bajarish uchun konveyer yoki transportyorlardan foydalanish lozim.
185. Konveyer yoki transportyorning uzunligi 45 m. dan oshmasligi lozim. Katta uzunlikdagi agregatlar boʻlgan taqdirda, agregatni oʻzaro teng boʻlgan uzunligi 35 m. gacha boʻlgan qismlarga boʻlgan holda kengligi 1,2–1,4 m. va balandligi 1,15–1,2 m. boʻlgan oʻtish koʻpriklari qoʻllanilishi lozim.
186. Konveyerlashtirilmagan uchastkalarda ish joylari texnologik jarayon yoʻlanishi boʻyicha joylashtirilmogʻi lozim.
187. Qator qoʻyilgan mashina va stanoklarning orasidagi masofa 1 m. dan kam boʻlmasligi, stolga oʻrnatilgan mashina va qurilmalarning orasi 0,7 m. dan kam boʻlmasligi lozim.
188. Ish joyidagi barcha yuzalar hamda konveyer tutqichlari silliq va jilvirlangan boʻlishi lozim.
189. Tikuv-yigʻuv sexlarida bichiqni, yarim tayyor mahsulotni va tayyor mahsulotni saqlash uchun moʻljallangan joylar boʻlishi lozim.
190. Ish joylari va oʻtish joylari yarim tayyor mahsulotlar va tayyor mahsulotlar bilan toʻldirib tashlanmasligi lozim.
191. Sexda saqlanayotgan tayyor mahsulotning miqdori bir kunda ishlab chiqariladigan mahsulot miqdoridan oshmasligi lozim.
192. Ish joylari oldida yerda tikuv mashinalarining ehtiyot qismlarini saqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
193. Tikuv mashina tuzatuvchi ustaning ish joyida slesarlik asboblari jamlanmasi boʻlishi lozim.
194. Tarkibida organik erituvchilari (benzin, spirt va boshqalar) boʻlgan yarim tayyor mahsulotlarga yelim surkash ish joylari xodimni zararli gazlardan himoya qilish uchun tortish shamollatish tizimi yoki boshqa qurilmalarga ega boʻlishi lozim.
195. Detallarga tarkibida organik erituvchilari boʻlgan yelimlar surtish uchun moʻljallangan ish stollari yongʻinga chidamli yuzaga ega boʻlishi lozim.
196. Tarkibida organik erituvchilari boʻlgan yelimlar uchun idishlar mahkam yopilgan hamda yongʻin xavfsizligi talablariga javob berishi lozim.
197. Stollar yuzasini va idishlarni tarkibida organik erituvchilari boʻlgan yelim plyonkalaridan tozalash uchun uchqun chiqmaydigan yogʻoch, plastmassa va boshqa asboblardan foydalanish lozim.
198. Tarkibida organik erituvchilar boʻlgan yelimlarni tikuv-yigʻuv sexlarida saqlash miqdori bir kunlik isteʼmol meʼyoridan oshmagan holda ruxsat etiladi. Ishlash vaqtida doimo isitishni talab etuvchi yelimlar uchun maxsus elektrisitgichli idishlardan (yelim idish) foydalanish lozim.
199. Elektrisitgichli idishlar ish joylariga ularni toʻkib yuborish imkoniyatisiz oʻrnatilishi lozim.
200. Elektrisitgichli idishlar va elektrplitalar elektr xavfsizligi talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
201. Ishlab chiqarishda foydalaniladigan elektrplitalarning spirallari yopiq boʻlishi lozim.
202. Barcha stollarga elektr asboblari issiq oʻtkazmaydigan tagliklar yordamida oʻrnatilishi lozim.
203. Tarkibida organik erituvchilari boʻlgan yelim surtilgan detallarni quritish turli xil quritish jihozlarida tortuvchi shamollatish tizimidan foydalangan holda amalga oshirilishi lozim.
204. Yelim surtilgan detallarning quritilishi transportyor va tortuvchi shamollatish tizimi bilan jihozlangan quritgichlarda amalga oshirilishi lozim. Tabiiy holda detallarni bogʻlamlarda, ularni stellajlarga qoʻyish yoʻli bilan quritiladi.
205. Qaychilar bilan ishlaydigan xodimlarning qaychi halqasi xodim qoʻl barmoqlarining oʻlchamiga toʻgʻri keladigan qaychi bilan taʼminlanishi lozim.
206. Detallarni kesish va detallarda teshik ochish amalga oshiriladigan ish joylarida kesmalarni yigʻish uchun asbob boʻlishi lozim.
207. Qoʻl asboblari (pichoqlar, bolgʻalar, bigizlar, perforatorlar, tishlagichlar, qisqichlar, qulflar uchun ochqichlar va boshqalar) soz boʻlishi lozim. Belgilangan vaqtlarda qoʻl asboblarining holati koʻrikdan oʻtkazib turilishi lozim.
208. Buyum detallarini kesish va oʻlchov lekalolarining qalinligi 2,5 mm. dan kam boʻlmasligi va tekis boʻlishi lozim.
209. Bolgʻaga oval kesimdagi qattiq va yopishqoq daraxtlardan tayyorlangan sop oʻrnatilishi lozim. Bolgʻaning sopi chiqib ketmasligi uchun metall tiqin bilan mahkamlanishi lozim.
210. Qoʻlga oʻzining qaytish kuchi bilan taʼsir qiladigan asboblarning (perforatorlar, metchiklar) uzunligi 100 mm. dan kam boʻlmasligi lozim.
211. Ish joyini yigʻishtirish uchun har bir xodim kerakli asboblar (choʻtkalar, lattalar va boshqalar) bilan taʼminlanishi lozim.
9-§. Sunʼiy charm va plyonka mahsulotlarini termik payvandlashga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
212. Sunʼiy charm va plyonka mahsulotlarini issiqlik bilan (elektrpayalnik bilan, qizdirilgan plastinalar va boshqalar bilan) payvandlash ishlarini bajarish uchun ish joylari tortuvchi shamollatish tizimi javonlar bilan jihozlangan yongʻinga chidamli va elektrga xavfsiz qoplamali stollar bilan jihozlanishi lozim.
213. Termik payvandlash ish joylarining poli tokdan himoyalovchi qoplamalar bilan qoplanishi lozim.
214. Payvandlash asboblarining qizish darajasi texnologik jarayonda belgilangan meʼyordan oshmaydigan haroratda amalga oshirilishi lozim.
215. Metall plastinalarini qizdirish uchun yopiq spiralli elektrplitalar yoki maxsus elektr oʻchoqlardan foydalanish lozim.
216. Payvandlash asboblari issiqlik va elektr toki oʻtkazmaydigan ushlagich bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
217. Qizdiruvchi asboblar (elektrplitalar, elektrpayalniklar) issiqga chidamli boʻlgan tagliklarga, jumladan asbestli temir reshyotkaga, marmar plitaga, keramik taglikka va boshqalarga oʻrnatilishi lozim.
218. Isituvchi asboblar xodimlar uchun xavfsiz va elektr toki oʻtkazuvchi kontaktlari maxsus toʻsiqlarga ega boʻlishi lozim.
219. Sunʼiy charm va plyonkalarni termik payvand qilish ishlarini bajarayotganda qoʻl barmoqlarini kuydirib olmaslik uchun maxsus barmoq qoʻlqoplaridan foydalanish lozim.
10-§. Konveyer va transportyorlarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
220. Konveyerlar konstruksiyasi uning barcha uzunligi boʻyicha xavfsiz xizmat koʻrsatishni taʼminlashi va konveyerning harakatlanayotgan qismiga qoʻl yoki kiyimning tushib qolish ehtimolini istisno etishi lozim.
221. Transportyorlar yon toʻsiqlar bilan toʻliq yopilgan boʻlishi lozim. Transportyor stolida joylashgan dvigatel va oʻtkazgichlar umumiy toʻsiqqa ega boʻlishi kerak.
222. Konveyer va transportyorlarning ishga tushishini boshqarish stansiyasi bir joyga jamlangan boʻlishi lozim.
223. Konveyer va transportyor boʻylab har bir ish joyida tugmachali oʻchirgichlar oʻrnatilishi lozim. Har bir ish joyida ajratuvchi qurilmalar boʻlishi va konveyer harakatini oʻz-oʻzidan tiklanish imkoniyati cheklangan boʻlishi lozim.
224. Konveyerning ishga tushishi toʻgʻrisida xodimlarni ogohlantiruvchi signalizatsiya koʻzda tutilishi lozim.
11-§. Quritgich qurilmalariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
225. Quritgich qurilmalarining tortish moslamalari (zanjirlar, itargichlar) mustahkam boʻlishi va u quritgichning eng koʻp yuklanishining 1,5 baravaridan koʻp miqdordagi yukka chidashi lozim.
226. Oʻqli shamollatgichlarning elektrdvigatellari, uzatma mexanizmlari, shkivlar va parraklari toʻsilgan boʻlishi kerak.
227. Yuqorida joylashgan bogʻlam va mexanizmlarga xizmat koʻrsatish uchun zinalar (bir joyda turadigan yoki qoʻzgʻatiladigan) boʻlishi lozim.
228. Quritgich qurilmalariga detallarni joylashtirish va ularni olishda ish joyida begona narsalar boʻlmasligi lozim.
229. Quritish uchun mayda detallar qoʻyiladigan yogʻoch yoki metall varaqlari tekis, silliq boʻlishi va boʻrtmalari boʻlmasligi lozim.
230. Quritgich qurilmalaridan binoga issiq havo chiqishining oldini olish uchun ularga toʻsiq qoʻyilishi lozim.
231. Koʻzgʻatiluvchi zinalar tepa qismi ilmoqlarga ega boʻlishi va pastki qismi (mustahkam turishini taʼminlash uchun) tishli boʻlishi lozim.
12-§. Yuk ortish va tushirish ishlarida xavfsizlik talablari
232. Yuk ortish va tushirish ishlari va yuklarni joylashtirish Yuk ortish va tushirish ishlaridagi yukchilar uchun ishlarning xavfsizligi qoidalari (roʻyxat raqami 1582, 2006-yil 13-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 24-son, 221-modda) talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
233. Vazni 50 kg. dan ortiq boʻlgan yuklarni ortish va tushirish ishlari mexanizatsiyalashtirilgan boʻlishi lozim.
234. Ogʻir va yirik yuklarni tashish, ortish va tushirish ishlari maʼmuriy-texnik xodimlar tomonidan maxsus ajratilgan shaxs rahbarligi ostida amalga oshirilishi lozim.
235. Yuk ortish va tushirish ishlarini bajarishda xodimlar koʻtarilayotgan yoki tushirilayotgan yuk ostida turmasligi kerak.
236. Yuk saqlash uchun maydonchalar sathi tekis boʻlib, chuqurchalarsiz va 5º burchak ostidan oshmaydigan nishabi boʻlishi kerak. Yuk saqlash uchun maydonchalar qoplamasi unga keluvchi yoʻllar qoplamasiga teng boʻlishi lozim.
237. Ombor yoki yuk saqlash uchun maydonchalar hududiga kiraverishda harakat yoʻnalishi, yuklash-tushirish joyi yoki transport vositalarining toʻxtab turish joyini koʻrsatuvchi chizma osilgan boʻlishi kerak.
238. Avtoelektryuklagich qoʻllanishiga faqat qattiq qoplamaga ega boʻlgan tekis maydonchalarda ruxsat beriladi. Chuqurlar paydo boʻlganda uni toʻldiradigan shoshilinch taʼmir oʻtkazilishi kerak.
239. Sex ichki transporti sifatida elektroyuklagichlar, elektrokarlar va hokazolar qoʻllanilishi mumkin. Ichki yonuv dvigatelli avtoyuklagichlar va avtokarlarning ishlab chiqarish binolari va omborlarga kirishi taqiqlanadi.
240. Elektryuklagichlarning vilkali ushlagichlari bitta tekislikda turishi lozim.
241. Yuklagichga ruxsat etilgan yuk ogʻirligi uning texnik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
242. Odamlarni elektryuklagichlar va elektrokarlarda tashish, shuningdek koʻtarilayotgan va tashilayotgan yuk (konteynerlar va hokazolar) ustida turish taqiqlanadi.
IV bob. Ishlab chiqarish asbob-uskunalariga boʻlgan xavfsizlik talablari
1-§. Poyabzalning tag qism detallarini kesish uchun pressiga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
243. Pressning tasodifiy yoqilishining oldini olish uchun har bir press zarbidan soʻng oyoqni pedaldan olib turish kerak.
244. Trap va pedal ustigacha oraligʻidagi masofa 55–65 mm. boʻlishini nazorat qilish kerak.
245. Kesish uchun pichoq qoʻyilgandan soʻng pedal ustiga oyoq qoʻyilishi kerak.
246. Granitol, tekstil, maxsus karton va kartonni bir paytda kesilayotganda listlarning soni texnologik kartaga muvofiq boʻlishi kerak.
2-§. Poyabzalning tag detallarini ikkiga boʻlish dastgohiga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
247. Dastgoh valiklariga barmoqlarning kirib ketishini oldini olish uchun saqlovchi valik yoki stol yuzasidan 6–8 mm. dan oshmagan masofada taxtacha qoʻyish kerak.
248. Tiqilib qolgan detalni barmoq bilan bosib ichiga tiqish man etiladi, dastgohni toʻxtatib va maxovikni orqaga qaytarib yuborish kerak.
249. Detallarni qayta ishlagandan soʻng qolgan qoldiqlarni dastgoh ishlab turgan paytda chiqarish man etiladi.
3-§. Poyabzalning ostki va ustki detallarining chetini shilish dastgohiga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
250. Friksionni qoʻl bilan ushlash man etiladi.
251. Detallarni pichoqli yoriqdan oʻtkazayotganda, qoʻllarni pichoqdan va qisuvchi rolikdan uzoqroq saqlash kerak.
252. Dastgohni oʻchirgandan soʻng uni qoʻl bilan toʻxtatish man etiladi, uning oʻzi toʻliq toʻxtashini kutish kerak.
253. Havo soʻruvchi ventilyatsiyaning ishlashini doimo tekshirib turish kerak, oʻz vaqtida filtr qoplarini hamda ventilyatsiya kamerasini tozalab turish kerak.
4-§. Poyabzal detallariga tashkilot tovar belgisini tamgʻalash uskunasiga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
254. Tamgʻalash uchun detallarni qoʻyayotganda qoʻllarni tamgʻalash barabanidan uzoqroq ushlash kerak.
255. Uskuna ishlayotgan paytda tamgʻalash barabanidagi sonlarni oʻzgartirish man etiladi.
256. Ish jarayonida tamgʻalash barabaniga yaqin turish man etiladi.
5-§. Poyabzal usti detallarini kesish uchun pressga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
257. Detallarni kesish paytida chap qoʻl oʻchirib-yoqish dastagida oʻng qoʻl esa zarbdorning ushlagichida boʻlishini nazorat qilish kerak.
258. Yoqish dastagini faqatgina keskich toʻliq press zarbdori ustida joylashganda bosish kerak.
259. Ish paytida pichoqni press zarbdori ostidan olish man etiladi, har bir press zarbidan soʻng uni oʻng tomonga surish kerak.
260. Keskichni kesuvchi qismini pastga qaratib ushlash kerak, keskich tigʻiga tegish man etiladi.
261. Keskich tiqilib qolgan taqdirda dvigatelni oʻchirib va shundan soʻng pichoqni boʻshatish kerak.
6-§. Tekstil matodan boʻlgan poyabzal detallarini kesish dastgohiga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
262. Dastgohni ishga tushirib, poʻlat lentaning aylanishini tekshirish kerak.
263. Tasma pichogʻini egov va boshqa narsalar bilan charxlash man etiladi.
264. Ish jarayonida dastgoh ishlab turganda uning oʻtkirligini tekshirish man etiladi.
265. Lentalar uzilib ketganda elektromagnit ushlagichsiz ishlash man etiladi.
7-§. Tekstil matosini kesish uchun elektrobichish dastgohiga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
266. Tirgak asosda mustahkam qotirilganligini tekshirib turish kerak.
267. Pichoq va aylanadigan roliklar gʻilof ichida erkin aylanayotganini tekshirib turish kerak.
268. Elektr simi pichoq ustiga tushmasligini nazorat qilish kerak, elektr simi pichoq ustiga tushsa darhol elektrodvigatelni oʻchirish kerak.
269. Pichoqni charxlayotganda ehtiyot boʻlish kerak, qoʻllarni kesib olishdan saqlash lozim.
270. Kesish uchun moʻljallangan tekstil matosi qalinligi texnologik kartaga muvofiq boʻlishi kerak.
8-§. Poyabzal choklarini tekislash mashinasiga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
271. Mashinaning tekislovchi bolgʻachasi mustahkam qotirilganligini tekshirish kerak.
272. Mashinaning erkin aylanadigan roligini qoʻl bilan ushlash man etiladi.
9-§. Poyabzalning old (tumshuq) qismi va tovon qismiga issiq bilan shakl berish mashinasiga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
273. Manometr koʻrsatmalarini kuzatish kerak, agar bosim oʻrtacha meʼyordan oshib ketsa (3,5-5 atm) mashinani toʻxtatib, ustani chaqirish talab etiladi.
274. Bosimni yoqqandan soʻng poyabzalni qoʻl bilan ushlash man etiladi.
275. Matritsali stollarni burishni faqatgina tepa maxovik bilan oldindan pedalni bosib amalga oshirish kerak.
276. Poyabzalni matritsa ustiga oʻrnatganda, issiq matritsaga qoʻl tegishidan ehtiyot boʻlish kerak hamda buriluvchi stolning yopqichi qotirilganligiga ishonch hosil qilish kerak.
10-§. Poyabzalni tanavorni qolipga tortish mashinasiga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
277. Mashina ishlab turgan paytda barabanga mix solish man etiladi.
278. Baraban hamda teks kanalni doim yopiqligini tekshirib turish kerak.
279. Trubka yoki patronlarda tiqilib qolganda, elektrodvigatel oʻchirilib, mashina toʻliq toʻxtagandan soʻng tuzatish kerak.
280. Ombur qisqichlariga tanavorni qoʻyganda barmoqlarni ulardan uzoqroq tutish kerak.
11-§. Poyabzal old qismini qadoqlashda va qoʻlda yelim usuli bilan ishlovchi mashinaga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
281. Tanovarni siqish paytida qoʻl bilan tortilmaydi, buning uchun tortish omburlaridan foydalanish kerak.
282. Poyabzal old qismini tortishda simni qoʻl bilan tortish man etiladi.
283. Simni tortayotganda barmoqlarni ehtiyot qilish kerak.
12-§. Poyabzal uchini plastinalar bilan tortish mashinasiga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
284. Tanavorni siqayotganda siqish plastinalarini qoʻl bilan toʻgʻrilash man etiladi, buning uchun tortish omburlaridan foydalanish kerak.
285. Poyabzal old qismi tortish qirgʻogʻini sim bilan tortayotganda qoʻl bilan oʻrash man etiladi.
13-§. Poyabzal chetlarini skobkalar bilan tortish uchun mashinaga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
286. Ish jarayonida barmoqlar omburga tegib turmasligi kerak, barmoqlarni ombur siqib qolishidan saqlash kerak.
287. Skobkalarni shakllanishida qoʻllarni patronga yaqin tutish man etiladi.
288. Gʻaltakdan simning chetlari osilib turmasligini nazorat qilish kerak.
14-§. Tekstil patak yasash pressiga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
289. Qizitish qolipining haroratini tez-tez tekshirib turish kerak, agar manometr mumkin darajadagi bosimdan koʻp koʻrsatsa, ishni toʻxtatib yuqori lavozimdagi shaxsga xabar qilish kerak.
290. Qolip chegaralari boʻylab toʻgʻri va bir tekis tekstilni yoyish kerak.
15-§. Poyabzalga tagliklarni metall mixlar bilan biriktirish mashinasiga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
291. Bigiz ushlagichda bigizni qotirilganini tekshirish, bolgʻa shtangasiga bolgʻaning qotirilishini va birlashtirish barmoqni tekshirish kerak.
292. Qolibga urilishni yumshatish maqsadida shtanga golovkasining tagida amortizatsiya shaybasi borligini kuzatib turish kerak.
293. Mix qutisidan mixlarni yoʻnaltiruvchi kanalga chiqishini va undan patronga oʻtishini nazorat qilish kerak.
294. Mixlar uzatilayotganini tekshirayotganda qoʻllarni shoxcha va patron orasida ushlamaslik kerak.
295. Poyabzalni qayta ishlayotganda bolgʻa mexanizmiga yaqin turish man etiladi.
296. Birlashtiruvchi barmoq chiqib ketganda saqlovchi maxsus qoplamasiz ishlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
297. Mix barabani va yoʻnaltiruvchi kanali har doim yopiq holda boʻlishini nazorat qilish kerak.
298. Bigiz va bolgʻani almashtirish, barabanga mixlarni solish va mix tiqilib qolganda ularni olib tashlashda elektrodvigatelni oʻchirgan holda bajarish kerak.
299. Poyabzal transportirovkasi paytida barmoqlarni patronga yaqin ushlamaslik kerak.
16-§. Ariqcha ochish va tagliklarni kesish mashinasiga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
300. Kesuvchi pichoqlarning mustahkam qotirilganligini tekshirish kerak.
301. Pichoq va tushayotgan roliklardan uzoqroqda boʻlish kerak.
302. Tagcharm tushayotgan roliklarda tiqilib qolsa, ularni barmoqlar bilan olmaslik kerak, mashinani toʻxtatib soʻngra sekin chiqarib olish kerak.
17-§. Poyabzalga rezina va charmli poshna qoqish mashinasiga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
303. Poyabzal kiydirish moslamasini tekshirishganda, bolgʻachaning toʻgʻri qotirilganligi va sozligini tekshirish lozim.
304. Faqat muayyan fason va razmerga moʻljallangan ustun va mixlardan foydalanish kerak.
305. Poshnani presslash kuchini oʻzgartirish man etiladi.
306. Ustun oxirigacha chiqarilgandan soʻng poyabzalni yechish va kiygizish kerak.
307. Poshnani poyabzalga qoʻyayotganda barmoqlar poshna izida ushlanmaydi, poshnani yon tomonidan ushlash kerak.
18-§. Poyabzalga yogʻochli poshna qoqish mashinasiga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
308. Poshnani qoqish uchun ustunni toʻgʻri oʻrnatilganligini tekshirish kerak.
309. Prujinalarning tortish kuchini oʻzboshimchalik bilan tuzatmaslik lozim, tuzatish uchun ustani chaqirish kerak.
310. Muayyan fason va oʻlchamga moʻljallangan ustun va mixlardan foydalanish kerak.
311. Poshnani poyabzalga qoqish paytida barmoqlar siqgich va poshna orasiga tushib qolmasligini nazorat qilish kerak.
312. Poyabzalni kiydirib yechayotganda pressning urish mexanizmi bexosdan ishga tushib ketmasligini nazorat qilish lozim.
19-§. Baland va oʻrta poshnalarni biriktirish mashinasiga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
313. Mashina polga yoki tirsaklarga mustahkam qotirilganini tekshirish kerak.
314. Poshnani siqish paytida poshna tayanchiga barmoqlarni tiqish man etiladi.
315. Ustun ustiga qoʻllarni qoʻymaslik kerak (tutqich aylanganda qoʻllarni jarohatlashi mumkin).
20-§. Taglik va poshna ostlarini silliqlash mashinasiga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
316. Rezina silliqlash qalpoqchasining sozligini tekshirish kerak.
317. Yirtilgan qumqogʻoz bilan ishlamaslik kerak.
318. Poyabzal ostini silliqlayotganda qoʻllarni qumqogʻoz moslamasidan uzoqroqda ushlash kerak.
319. Mashinani oʻchirganda uni qoʻl bilan toʻxtatmaslik kerak, oʻzi toʻxtagunga qadar kutish lozim.
320. Tortish ventilyatsiyasining ishlashini doimiy nazorat qilish, filtrlash yoqalarini tez-tez tozalab turish kerak.
21-§. Poshnalarni frezerlash mashinasiga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
321. Pichoqlarni oʻrnatishdan avval pichoqlarda yoriqlar yoʻqligini tekshirish kerak.
322. Frezer pichoqlari doimo sozlanganligini nazorat qilib turilishi kerak.
323. Oʻtmas pichoqlarda ishlash man etiladi, oʻz vaqtida pichoqlar charxlab turilishi lozim.
324. Pichoqlarni charxlash paytida himoya koʻzoynaklaridan foydalanish kerak yoki maxsus himoya oyna yordamida amalga oshirish lozim.
325. Koʻzlarni himoyalash maqsadida mashinada ishlash paytida himoya koʻzoynaklaridan foydalanish kerak.
326. Mashinada ishlaganda unga yarim burilgan (qaragan) holda turish kerak, patronga qarama-qarshi qarab turmaslik kerak.
327. Poyabzalning yarim poyini aylantirib uni tayanchga qattiq bosib turish kerak.
328. Mashinada bogʻlangan barmoqlar bilan ishlash man etiladi.
329. Tortish ventilyatsiyasining ishlashini nazorat qilib borish, filtrlash yoqalarini tez-tez tozalab turish lozim.
330. Mashinada ishlash jarayonida materialning qisman yonishi va gazlar hamda tutun chiqmasligi uchun poshnani frezerga qattiq bosmaslik talab etiladi.
331. Elektrdvigatel oʻchgandan soʻng valni qoʻl bilan toʻxtatmaslik kerak.
22-§. Taglik va pataklarni qoliplash (quyish) uchun mexanik pressga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
332. Shakl berilayotgan detallarning qalinligi boʻyicha qoliplarni balandligini sozlash kerak.
333. Pressda ishlash jarayonida qoliplardagi poshnalarni faqat barmoqlar bilan qoʻyish va olish kerak.
334. Agar taglik qolipga notoʻgʻri qoʻyilgan boʻlsa, press harakatlanayotganda toʻgʻrilamaslik kerak.
335. Har bir matritsaga faqat bittadan detal qoʻyish kerak.
336. Har bir bosishdan soʻng pedaldan oyoqni olish talab etiladi.
23-§. Qadolat qotirish usuli bilan poyabzallarning tagliklarini kesish mashinasiga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
337. Kesuvchi pichoq hamda transportirovka uskunasining ishlashini tekshirayotganda ehtiyot boʻlish kerak.
338. Transportirovka uskunasida poyabzal tiqilib qolsa, ularni barmoqlar bilan siqib chiqarmaslik kerak.
24-§. Lablarni patakka qoplash va biriktirish mashinasiga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
339. Qolipni maxsus uskuna bilan joylashtirish kerak.
340. Patakni qayta ishlashda barmoqlarni transportirovka uskunasidan uzoqroqda ushlash kerak.
341. Tiqilib qolgan patakni qoʻl bilan tiqib yubormaslik kerak, mashina toʻxtagandan soʻng patakni boʻshatish lozim.
342. Tortish ventilyatsiyasining ishlashini tez-tez nazorat qilib turish lozim.
343. Yuqori nafas olish yoʻllarini va koʻzlarni achishtiruvchi yelimning qattiq hidi paydo boʻlganida, ishni toʻxtatib yuqori lavozimdagi shaxsga xabar qilish kerak.
25-§. Taglik va poshnaning chetki qismini sayqallash mashinasiga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
344. Mashina valida titrash paydo boʻlganda, darhol ishni toʻxtatish kerak va yuqori lavozimdagi shaxsga xabar qilish kerak.
345. Mashinaning oldi va yon tomonlari yopiqligini tekshirib turish kerak.
346. Mashinada bogʻlangan barmoqlar bilan ishlash man etiladi.
347. Mashinani qoʻl bilan toʻxtatish taqiqlanadi.
26-§. Poshna va tagliklarni yaltiratish mashinasiga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
348. Qumqogʻozni gʻaltakka kiydirish paytida tasma qoʻshimchasini gʻaltak chekkasida 1,5-2 sm. qoldirish kerak.
349. Qumqogʻoz gʻaltakka qattiq yopishib turishini nazorat qilish kerak.
350. Qulflash plastinkasi ilmoqqa mustahkam ilinishi kerak.
351. Gʻaltakning valga yaxshilab qotirilganini tekshirib turish kerak.
352. Yoriqlar va boʻrtishlari boʻlgan gʻaltaklar bilan ishlash man etiladi.
353. Tagliklarni silliqlash paytida bir nechta tagliklarni bir paytda qayta ishlash kerak.
354. Ishlash paytida silliqlash valiklariga yaqin turmaslik lozim.
355. Tortish ventilyatsiyasining ishlashini nazorat qilib borish, filtrlash yoqalarini tez-tez tozalab turish lozim.
356. Material qisman yonmasligi yoki gaz hamda tutun chiqmasligini oldini olish maqsadida ishlash jarayonida poshna yoki taglikni abraziv (namuna) matoga qattiq bosmaslik kerak.
357. Elektrdvigatel oʻchgandan soʻng valni qoʻl bilan toʻxtatmaslik kerak.
27-§. Poyabzalda savdo belgisini tamgʻalash mashinasiga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
358. Barmoqlar tamgʻalash mashinasiga yaqin boʻlmasligi kerak.
359. Tamgʻalash mashinasini yaxshilab qotirilganini tekshirish kerak.
360. Mashina ishlayotgan paytda tamgʻalash moslamasida sonlarni joyini almashtirmaslik kerak.
361. Kuydirish paytida qizigan tamgʻalash moslamasini barmoqlar bilan ushlamaslik kerak.
362. Tamgʻalash mashinasini qizitish haroratini nazorat qilib turish kerak.
28-§. Charm materiallarining yuzasiga rasmlarni tushirish mashinasiga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
363. Kuyish holatlarini oldini olish maqsadida qizigan valiklarni qoʻl bilan ushlamaslik kerak.
364. Ish jarayonida barmoqlarni valik ishlayotganda ushlamaslik kerak.
365. Bosma naqsh valiklari orasidan faqat bittadan detal oʻtkazish talab etiladi.
V bob. Taʼmirlash ishlarini amalga oshirishda xavfsizlik talablari
366. Tashkilotning taʼmirlash xizmati uskunalarning mehnat xavfsizligi standartlari, ularning texnik pasportlari, texnik yoʻriqnomalari va ishlab chiqaruvchi zavodning boshqa hujjatlarining talablariga mosligini taʼminlashi kerak.
367. Uskunalarni zarur texnik holatda tutib turish uchun tashkilotda unga xizmat koʻrsatishni yaxshilash, rejaviy-oldini oluvchi taʼmirlashni qatʼiy bajarilishi va taʼmirlash ishlarining sifatini yaxshilash boʻyicha choralar koʻrilishi kerak.
368. Asosiy uskunalarni kapital va joriy taʼmirlash ishlab chiqilgan va tasdiqlangan ishlarni tashkil etish loyihasiga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
369. Barcha hollarda taʼmirlash ishlarining bajarilish tartibi va usullari bosh muhandis yoki uning oʻrinbosari bilan kelishilishi kerak.
370. Taʼmirlash ishlari bajariladigan hudud toʻsilgan holatda boʻlishi va u yerda xavfsizlik plakati va belgilari oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
371. Taʼmirlash ishlari boshlanishidan avval taʼmirlashda band boʻlgan barcha xodimlar ishlarni tashkil etish loyihasi bilan tanishtirilishi va taʼmirlash ishlarini bajarish paytida xavfsizlik choralariga rioya qilish boʻyicha yoʻriqnomadan oʻtkazilishi kerak.
372. Ogʻir yuklarni joyidan koʻchirish ishlari yuk ortish va tushirish ishlari uchun javobgar shaxslarning ruxsati bilan bajarilishi kerak.
373. Nosoz yuk koʻtaruvchi mexanizm va moslamalarda, shuningdek shahodatlangan, muddati tugagan mexanizmlarda ishlashga yoʻl qoʻyilmasligi kerak.
374. Yechib olingan agregatlar, detallar va metall konstruksiyalar yigʻishtirib qoʻyilishi kerak.
375. Taʼmirlash paytida ish joylarini, yoʻllarni, yoʻlaklarni va zinapoyalarni turli narsalar bilan toʻsib qoʻyish taqiqlanadi.
376. Taʼmirlash ishlari bajarilayotgan hududdagi elektr oʻtkazgichlari yoki uskunalarning kuchlanish ostida boʻlgan ochiq qismlari oldindan elektr tokidan oʻchirib qoʻyilgan yoki maxsus izolyatsiyalovchi vositalar bilan ishonchli himoyalangan boʻlishi kerak.
377. Xodimlarning qizigan uskunaning ichiga kirgan holda taʼmirlash ishlarini olib borilishiga uskunani shamollatib, ichidagi gazlar butunlay chiqarib yuborilgandan va havoning harorati koʻpi bilan 40º S gacha pasaytirilgandan soʻng ruxsat etiladi.
378. Barcha taʼmirlash ishlari sex, tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan shaxslarning rahbarligi va nazorati ostida bajarilishi kerak.
379. Materiallarning uskunaning ish maydonchasiga uzatish mexanizatsiyalashgan boʻlishi va ular tushib ketmaydigan usulda bajarilishi kerak.
380. Taʼmirlash tugagach, barcha keraksiz konstruksiyalar, uskunalar, materiallar, asboblar va chiqindilar sexdan olib ketilishi, toʻsiqlar, saqlovchi moslamalar, blokirovkalar oʻz joyiga oʻrnatilishi kerak.
VI bob. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
381. Mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
382. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish Qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(382-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
VII bob. Yakuniy qoida
383. Poyabzal ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi, “Oʻzstandart” agentligi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, “Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi bilan kelishilgan.
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. ZAKIROV
2012-yil 10-noyabr
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
2012-yil 10-noyabr
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2012-yil 10-noyabr
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
2012-yil 10-noyabr
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻi A. NIMATULLAYEV
2012-yil 10-noyabr
“Oʻzstandart” agentligi bosh direktori A. KURBANOV
2012-yil 10-noyabr
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi B. GULYAMOV
2012-yil 10-noyabr
“Oʻzcharmpoyabzali” uyushmasi raisi I. ATAXANOV
2012-yil 10-noyabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 52-son, 595-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son; 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son; 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)