Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLAShTIRISh AGENTLIGI MARKAZIY APPARATI TUZILMASINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-dekabrdagi 355-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi hamda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining birinchi oʻrinbosari qoʻshimcha lavozimini kiritish toʻgʻrisida” 2010-yil 26-noyabrdagi 263-son qarorini bajarish yuzasidan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash va innovatsiyalar darajasi va sifatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Agentlik markaziy apparati tuzilmasida Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi boshqaruv xodimlarining umumiy soni doirasida taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va innovatsiya texnologiyalari boʻlimini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi markaziy apparatining yangilangan tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 215-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 5-son, 47-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi toʻgʻrisidagi nizomning 16-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Bosh direktorning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan toʻrt nafar oʻrinbosari, shu jumladan ikki nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi.
Maqomiga koʻra bosh direktor vazirga, bosh direktorning birinchi oʻrinbosarlari va oʻrinbosarlari — tegishli ravishda vazirning birinchi oʻrinbosarlariga va oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi”.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2004-yil 23-avgustdagi 404-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 8-son, 86-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 23-dekabr,
306-son
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-dekabrdagi 306-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining
TUZILMASI
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 51-son, 489-modda)