Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.10.2019 20.12.2012 yildagi 358-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.10.2019
Hujjat 07.03.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-oktabrdagi 869-sonli “Radiatsiyaviy avariyalarni progonoz qilish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Radiatsiyaviy xavfsizlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining “Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tizimini tashkil etish qoidalarini tasdiqlash haqida” 2009-yil 3-apreldagi 98-son hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2011-yil 24-avgustdagi 242-son qarorlarining talablari bajarilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimining tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ionlashtiruvchi nurlanishning sanksiyalanmagan (egasiz) manbalari aniqlanganda nazorat qiluvchi organlar va mudofaa tuzilmalarining oʻzaro hamkorlik qilish tartibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda joylarda Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimi kuchlari va vositalarining oʻzaro hamkorlik qilishi masalalarini ishlab chiqish boʻyicha har yilgi mavzuli taktik-maxsus mashqlarni oʻtkazsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirliklar va idoralar uch oy muddatda Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimining hududiy hamda funksional yordamchi tizimlari toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻz idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I.Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 20-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
358-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-dekabrdagi 358-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimining asosiy vazifalari, tarkibi va uni tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimi oʻzida tabiiy, texnogen va boshqa xususiyatga ega boʻlgan, joyning radioaktiv ifloslanishi bilan birga kechadigan (radiatsiyaviy avariyalar) favqulodda vaziyatlardan aholi va hududlarni himoya qilish masalalarini hal etish vakolatiga kiradigan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari, korxonalar va muassasalarning kuchlari va vositalarini birlashtiradigan tashkiliy-texnik tizimni ifodalaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimi Oʻzbekiston Respublikasida favqulodda vaziyatlardan xabardor qilish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining ajralmas qismi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimi organlari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimining asosiy vazifalari va maqsadlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy, texnogen va boshqa tarzda kelib chiqadigan radiatsiyaviy avariyalardan xabardor qilish va ularning oqibatlarini tugatishda radiatsiya xavfsizlikni taʼminlash sohasida davlat siyosatini (konsepsiyasini) ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariyalarni, shuningdek ularga olib keladigan tashqi va ichki tahdidlarni prognozlashtirish, ularning oldini olish, ularni barvaqt aniqlash, ularning kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va tugatish chora-tadbirlarini rejalashtirish va ular amalga oshirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimining kichik tizimlari faoliyat koʻrsatishini tashkil etish va ularning normativ-huquqiy bazasini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy xavfli obyektlar va uchastkalarda radiatsiyaviy vaziyatini muntazam kuzatish va nazorat qilishni tashkil etish va amalga oshirish (radiatsiya monitoringi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariyalar tahdidi yoki yuzaga kelish xavfi boʻlgan taqdirda xabardor qilish va harakat qilish uchun moʻljallangan Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimining kuch va vositalari doimiy tayyorgarligini tashkil etish va holatini nazorat qilish chora-tadbirlarini rejalashtirish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylarda radiatsiyaviy avariyalardan xabardor qilish, ularning kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va oqibatlarini tugatish uchun moʻljallangan moddiy va moliyaviy resurslar zaxirasini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariyalardan xabardor qilish va ularning oqibatlarini tugatish, radiatsiyaviy avariyalarning kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va tugatish ishlariga jalb etiladigan yuridik va jismoniy shaxslarning majburiy sugʻurta qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariyalarning oldini olish, ularning kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va oqibatlarini tugatish ishlarida qatnashgan hamda cheklangan yoʻl qoʻyiladigan miqdordan ortiqcha nurlangan shaxslarning ijtimoiy muhofazasini taʼminlash, shuningdek amaldagi qonun hujjatlari doirasida ularga imtiyozlar va tibbiy-psixologik reabilitatsiyani taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy xavfsizlik va radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish sohasida ilgʻor xalqaro tajribani joriy etish masalalari boʻyicha xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimining maqsadlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi va hududlarni radiatsiyaviy himoya qilish tadbirlarini oldindan oʻtkazish, radiatsiyaviy avariyalarning oldini olish, ularning oqibatlarini minimallashtirish va tugatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
real radiatsiyaviy vaziyat toʻgʻrisida maʼlumotlar toʻplash, ularni tahlil qilish, qayta ishlash va axborot almashish, shuningdek axborot-tahlil kichik tizimlarini tashkil etish va ularning faoliyat koʻrsatishini taʼminlash uchun ushbu axborotni Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimi boshqaruvi organlariga taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimini tashkil etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Radiatsiyaviy avariyalarini prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimi respublika hududida radiatsiyaviy vaziyatning holati, radiatsiyaviy vaziyatning barqarorligiga xavf soluvchi manbalar va jarayonlarni barvaqt aniqlash va tahlil qilish ustidan doimiy nazorat (monitoring)ni taʼminlash va radiatsiyaviy vaziyatni baholash natijalari asosida barqaror radiatsiyaviy vaziyatni saqlab qolish boʻyicha shoshilinch chora-tadbirlar koʻrish vakolatiga kiradigan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari, korxonalar va muassasalarning kuchlari va vositalarini birlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimi hududiy, funksional va axborot-tahlil kichik tizimlaridan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy tizimlari oʻz hududlari doirasida radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, ulardan xabardor qilish, ularning kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va oqibatlarini tugatish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat boshqaruvi organlari hududiy boʻlinmalari, xoʻjalik birlashmalari, korxonalar va muassasalarning kuchlari va vositalarini birlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Funksional kichik tizimlar ushbu Nizomning 15—21-bandlarida koʻrsatilgan radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash, ularning kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va tugatish boʻyicha muayyan funksiyalarni amalga oshirish vakolatiga kiradigan davlat boshqaruvi respublika organlarining hamda ularning joylardagi boʻlinmalarining kuchlari va vositalarini birlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimi respublika, mahalliy va obyektlar darajalariga boʻlinadi. Har bir daraja:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rahbarlik qiluvchi organ;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kundalik boshqarish organi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash, ulardan xabardor qilish, ularning kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va tugatishning kuch va vositalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy-texnika zaxiralari va moliyaviy resurslardan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Rahbarlik qiluvchi organlar — bu aholi va hududlarni radiatsiyaviy xususiyatli tahdidlardan himoya qilish masalalarini hal etish vakolatiga kiradigan organlar. Ular:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika darajasida — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy darajada — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektlar darajasida — radiatsiyaviy xavfli obyekt/ionlashtiruvchi nurlanish manbalari mavjud boʻlgan obyekt rahbariyati (maʼmuriyati) bilan ifodalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Kundalik boshqarish organlari — bu radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash, ularning kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va tugatish boʻyicha kuchlar va vositalarni bevosita boshqarish vakolatiga kiradigan davlat boshqaruvi organlari va ularning joylardagi boʻlinmalari, xoʻjalik birlashmalari, korxonalar va muassasalar:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika darajasida — Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi (“Oʻzgidromet” markazi), Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy darajada — Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, “Oʻzgidromet” markazining hududiy boʻlinmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektlar darajasida — radiatsiyaviy-xavfli obyektlar/ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchilarning favqulodda vaziyatlar boʻyicha boʻlimlari (mutaxassislar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Atrof muhitning holati ustidan radiatsiyaviy nazoratni hamda aholi va hududlarni radiatsiyaviy avariyalar oqibatlarining salbiy taʼsiridan himoya qilish tadbirlarini amalga oshirish vazifasiga kiradigan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari, korxonalar va muassasalarning ixtisoslashtirilgan tuzilmalari radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash, ulardan xabardor qilish, ularning kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va ularni tugatish kuchlari va vositalari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan tuzilmalar (boʻlinmalar) tarkibiga koʻra idoraviy, hududiy va obyektlar tuzilmalariga boʻlinadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning radiatsiyaviy nazoratni amalga oshirish hamda radiatsiyaviy razvedka va himoya qilish tadbirlarini amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan tuzilmalari idoraviy ixtisoslashtirilgan tuzilmalarga tegishli boʻladi. Idoraviy ixtisoslashtirilgan tuzilmalarning asosini Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi, “Oʻzgidromet” markazining tuzilmalari tashkil etadi;
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy ixtisoslashtirilgan tuzilmalar davlat boshqaruvi tegishli organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalarining hududiy boʻlinmalari, korxonalar va muassasalarning tuzilmalari, shuningdek ular negizida tashkil etiladigan yuqori tayyorgarlik fuqaro muhofazasi tuzilmalari hisoblanadigan maxsus himoyaning yigʻma mobil otryadlari viloyat boʻlinmalari bilan ifodalanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektli ixtisoslashtirilgan tuzilmalar avariya-texnik komandalari (guruhlar), radiatsiyaviy razvedka, maxsus ishlov berish guruhlari va radiatsiyaviy-xavfli obyektlarda tashkil etiladigan boshqa tuzilmalar bilan ifodalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi va hududlarni radiatsiyaviy himoya qilish, radiatsiyaviy avariyalardan xabardor qilish, ularning oqibatlarini minimallashtirish va tugatish tadbirlarini oldindan oʻtkazish maqsadida Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimi darajalarining har birida ularning boshqaruv organlari xatti-harakatlari va kuch va vositalarining oʻzaro hamkorligi rejalari ishlab chiqiladi. Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimining har bir darajasida saʼy-harakatlar rejasi oʻz vaqtida ishlab chiqilishi uchun kundalik boshqaruv organlari javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Radiatsiyaviy avariyalardan xabardor qilish, ularning kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va oqibatlarini tugatish boʻyicha tadbirlarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining qoʻshilmalari, qismlari va muassasalari jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek avariya-qutqaruv va qidiruv-qutqaruv tuzilmalari belgilangan tartibda jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimining amal qilishini taʼminlash boʻyicha davlat organlarining funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish tizimini tashkil etish va uning faoliyati ustidan umumiy rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlash sohasida davlat siyosati ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof muhitning radiatsiyaviy ifloslanishidan xabardor qilish va oqibatlarini tugatish boʻyicha maxsus organ – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizlik boʻyicha komissiya orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar hamda ularning joylardagi boʻlinmalarining faoliyatini muvofiqlashtiradi va samarali oʻzaro hamkorligini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimining kuch va vositalarini moliyaviy va resurslar bilan taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Favqulodda vaziyatlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kundalik boshqaruv organlari faoliyatini, Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimining kuch va vositalarini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika boʻyicha radiatsiyaviy vaziyat ustidan monitoring natijalari boʻyicha maʼlumotlar toʻplaydi, ularni tahlil qiladi va almashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzaro hamkorlik qiluvchi tuzilmalarni radiatsiyaviy avariya xavfi yoki u yuz berganligidan xabardor qiladi va ularga birinchi boʻlib munosabat bildirish tashabbusi bilan chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioatsiyaviy avariya (radiologik terrorizm) kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va oqibatlarini tugatish tadbirlarini tashkil etadi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi barcha qatlamlarini radiatsiyaviy avariyalar (radiologik terrorizm harakatlari) sharoitlarida harakat qilishga oʻqitishni tashkil etadi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy ixtisoslashtirilgan tuzilmalarning radiatsiyaviy-xavfli zonani razvedka qilishga, ionlashtirvchi nurlanish manbaini identifikatsiya qilishga, shaxsiy tarkib (xodimlar) va joyga maxsus ishlov berishga doimiy tayyorgarligini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaxiraga qoʻyiladigan moddiy-texnika resurslarining miqdori va tarkibi boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha darajalarda radiatsiyaviy avariyalardan xabardor qilish va ularning oqibatlarini tugatish boʻyicha tadbirlarni rejalashtirish yuzasidan tashkiliy-metodik rahbarlikni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariyalarda birinchi boʻlib harakat qilish kuch va vositalari tayyorlanishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joyning radioaktiv ifloslanishi bilan bogʻliq jarayonlarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va ularni tugatish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va metodik hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariyalarni barvaqt aniqlash va harakat qilish, shu jumladan radiologik terrorizm harakatlari sohasida xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasini oʻrganadi va amaliyotga joriy etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oziq-ovqat mahsulotlari, qurilish materiallari, suv (ochiq va yopiq manbalari)ning radionuklidlar bilan ifloslanishi holatini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariyalar (radiologik terrorizm harakatlari)ning kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va oqibatlarini tugatish tadbirlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ionlashtiruvchi nurlanish, radiatsiyaviy-xavfli materiallar (ular koʻmilguniga qadar) manbalarini vaqtincha saqlash tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariyalar kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va ularning oqibatlarini tugatish ishlariga jalb etiladigan xodimlar (shaxsiy tarkib) uchun radiatsiyaviy xavfsizlik rejimini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy-xavfli obyektlar va hududlar yaqinida hamda bevosita oʻsha joylarda radiatsiyaviy fonni doimiy asosda oʻlchaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlar vazirligining Krizis vaziyatlarni boshqarish markazini va hududiy boshqarmalarning axborot-tahlil xizmatlarini (tezkor navbatchilar guruhlarini) joriy va tezkor maʼlumotlar bilan taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy ixtisoslashtirilgan tuzilmalarning radiaktiv ifloslanish zonalari chegaralarini, joyning radiometriyasini aniqlash hamda ionlashtiruvchi nurlanish manbaini birlamchi identifikatsiyalash boʻyicha ishlarni bajarishga doimiy tayyorgarligini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariyalar (radiologik terrorizm harakatlari)ning kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va oqibatlarini tugatish ishlarini bajarishga jalb etilgan xodimlar (shaxsiy tarkib)ning yakka tartibdagi va jamoaviy dozimetrik nazoratini, shuningdek ularning tibbiy himoya qilinishini tashkil etadi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariyalarning oldini olish, ularning kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va oqibatlarini tugatish boʻyicha ishlarni olib borgan hamda cheklangan yoʻl qoʻyiladigan miqdorlardan ortiqcha nurlangan shaxslarni ijtimoiy muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishda qatnashadi, shuningdek ularga imtiyozlar berilishini va ular tibbiy-psixologik reabilitatsiya qilinishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joyning radioaktiv ifloslanishi bilan bogʻliq jarayonlarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va tugatish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va metodik hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar va idoralarning ixtisoslashtirilgan tuzilmalari xodimlarini (birinchi boʻlib harakat qilish guruhlarini) radiaktiv ifloslanish oʻchogʻida harakat qilishga oʻqitadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish sohasida xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasini oʻrganadi va amaliyotga joriy etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joyning radioaktiv ifloslanishi bilan bogʻliq jarayonlarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va tugatish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va metodik hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimlikchilik va chorvachilik mahsulotlari, ozuqa, oʻtloqlar va yaylovlar tuprogʻi va oʻsimliklari radionuklidlar bilan ifloslanishi holatini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi yerlari, ekinzorlari va mahsulotlari radionuklidlar bilan ifloslanishidan xabardor qilish hamda radiatsiyaviy fon belgilangan normalardan ortiqcha ekanligi aniqlangan taqdirda radionuklidlar bilan ifloslanish darajasini pasaytirish chora-tadbirlarini tashkil etadi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy ixtisoslashtirilgan tuzilmalarning radiatsiyaviy avariyalar yuzaga kelishi xavfi boʻlgan taqdirda ularni barvaqt aniqlash va ularga munosabat bildirish, dezaktivizatsiya qilish ishlarini oʻtkazish boʻyicha xatti-harakatlarga doimiy tayyorligini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, ozuqa va qishloq xoʻjaligi ekinzorlari tuprogʻi va ekinzorlar radionuklidlar bilan belgilangan normalardan ortiqcha ifloslanishi holatlaridan xabardor qilish, barvaqt aniqlash va harakat qilish sohasida xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasini oʻrganadi va amaliyotga joriy etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Davlat bojxona qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioaktiv materiallar respublika hududiga/undan/u orqali olib kirilishi/olib chiqilishi/tranziti ustidan radiatsiyaviy nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimi boshqaruvi organlarini belgilangan normalardan ortiqcha radionuklidlar mavjud boʻlgan materiallar respublika hududidan/ga olib chiqilishi/olib kirilishining ruxsat berilmagan urinishlari aniqlanishi holatlari toʻgʻrisida xabardor qiladi, va belgilangan tartibda ularning olib kirilishi/olib chiqilishiga yoʻl qoʻymaslik, shuningdek ularni joʻnatuvchiga qaytarish tartib-taomillari tashabbusi bilan chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ionlashtiruvchi nurlanish manbalari aylanishi ustidan bojxona nazorati, shuningdek radiatsiyaviy avariyalarni barvaqt aniqlash va harakat qilish sohasida xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasini oʻrganadi va amaliyotga joriy etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof muhitning radioaktiv ifloslanishini pasaytirishga va/yoki ular haqida xabardor qilishga yoʻnaltirilgan ishlab chiqilgan tadbirlar sanoat obyektlari tomonidan bajarilishini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
antropogen manbalar atrof muhiti, shuningdek ularning taʼsiri zonasiga kiradigan obyektlar atrofi va yaqini radionuklidlar bilan ifloslanishi holati ustidan kuzatish va nazorat qilishni tashkil etadi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof muhit (havo, suv va tuproq) radionulidlar bilan ifloslanishi holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplaydi, tahlil qiladi va umumlashtiradi, ularning Favqulodda vaziyatlar vazirligining Krizis vaziyatlarni boshqarish markaziga va uning hududiy boshqarmalarining axborot-tahlil xizmatlariga (tezkor navbatchilar guruhlariga), shuningdek manfaatdor vazirliklar va idoralarga yetkazilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy ixtisoslashtirilgan tuzilmalarning radiatsiyaviy avariyalar (radiologik terrorizm harakatlari) oʻchoqlarida suv, havo va tuproq namunalarida radionuklidlar mavjudligi boʻyicha ishlarni bajarishga doimiy tayyorgarligini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish sohasida xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasini oʻrganadi va amaliyotga joriy etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi:
(20-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariyalarni, shuningdek ularga olib kelgan ichki va tashqi tahdidlarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash, ularning kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va oqibatlarini bartaraf etish tadbirlarini rejalashtirishda va ularning amalga oshirilishini taʼminlashda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimining normativ-huquqiy bazasini ishlab chiqish, kengaytirish va takomillashtirishni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimining kuch va vositalarini radiatsiyaviy avariyalar va radiologik terrorizm harakatlari yuzaga kelish xavfi boʻlgan taqdirda tezkor harakat qilishga tayyorlashda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy xavfsizlik va radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish sohasida ilgʻor xalqaro tajribani joriy etish masalalari boʻyicha xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. “Oʻzgidromet” markazi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monitoringning mavjud postlari bilan bogʻliqlikda aholi punktlari hududida atmosferaning yerga yaqin qatlamining radioaktiv ifloslanishini nazorat qiluvchi idoraviy tizimning faoliyatini tashkil etadi va taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy ixtisoslashtirilgan tuzilmalarni (radiatsiyaviy vaziyatni aniqlash va prognoz qilish boʻyicha guruhlarni) tashkil etadi va ularning radiatsiyaviy avariyalar (radiologik terrorizm) oʻchoqlari va oʻchoqlari yaqinida harakat qilishga doimiy tayyorgarligini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joyning radioaktiv ifloslanishi bilan bogʻliq jarayonlarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va tugatish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va metodik hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atmosferaning yerga yaqin qatlami radioaktiv ifloslanishi holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplaydi, tahlil qiladi va umumlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi punktlari hududidagi radiatsiyaviy vaziyatning holati toʻgʻrisidagi joriy va tezkor maʼlumotlarni Favqulodda vaziyatlar vazirligining Krizis vaziyatlarni boshqarish markaziga va hududiy boshqarmalarning axborot-tahlil xizmatlariga (tezkor navbatchilar guruhlariga) yetkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atmosfera havosi, tuproq va suv radionuklidlar bilan belgilangan normalardan ortiqcha ifloslanishi holatlarini prognozlashtirish va barvaqt aniqlash sohasida xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasini oʻrganadi va amaliyotga joriy etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariyalardan xabardor qilish, ularning kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va oqibatlarini tugatish boʻyicha qarorlar qabul qilishda Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimining rahbar organlarini va kundalik boshqaruv organlarini ekspert qoʻllab-quvvatlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish va ular paydo boʻlishi xavfini barvaqt aniqlashning zamonaviy usullarini, shuningdek birinchi boʻlib munosabat bildirish boʻlinmalari xodimlarini himoya qilish usullarini ishlab chiqadi va joriy etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioaktiv materiallarning turlari, tartibi va quvvatini uzil-kesil identifikatsiyalash boʻyicha ishlarni tashkil etadi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini zararsizlantirish (koʻmib tashlash) ishlarini bajaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojxona qoʻmitasining portal monitoring tizimi zarur tarzda ishlashini qoʻllab-quvvatlash uchun ilmiy va texnik koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlar vazirligining Krizis vaziyatlarni boshqarish markazini va hududiy boshqarmalarning axborot-tahlil xizmatlarini (tezkor navbatchilar guruhlarini) joriy va tezkor axborot bilan taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzining ixtisoslashtirilgan tuzilmalarining radiatsiyaviy avariyalar (radiologik terrorizm harakatlari)dan xabardor qilishga va ularning oqibatlarini tugatishga doimiy tayyorgarligini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariyalar oqibatlarini tugatish ishlarini bajarishda idoraviy xodimlar ustidan yakka tartibda va jamoaviy radiatsiyaviy nazoratni tashkil etadi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joyning radioaktiv ifloslanishi bilan bogʻliq jarayonlarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va tugatish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va metodik hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar va idoralarning ixtisoslashtirilgan tuzilmalari (birinchi boʻlib harakat qilish guruhlari) xodimlarini radiaktiv ifloslanish oʻchogʻida harakat qilishga oʻqitadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish sohasida xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasini oʻrganadi va amaliyotga joriy etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzlari huzurida yangidan tashkil etiladigan hududiy idoralararo komissiyalar orqali mahalliy darajadagi Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimiga rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli maʼmuriy-hududiy birlik doirasida barqaror radiatsiyaviy vaziyatni saqlash va mustahkamlash boʻyicha davlat siyosatini taʼminlashga doir tadbirlar amalga oshirilishi ustidan nazoratni tashkil etadi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barqaror radiatsiyaviy vaziyatni saqlash va mustahkamlashga yoʻnaltirilgan kompleks tadbirlar (tashkiliy, profilaktik, muhandis-texnik va boshqalar) samaradorligini oshirishga doir takliflarni ishlab chiqadi va koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi va hududlarni radiatsiyaviy avariyalardan (radiologik terrorizm harakatlaridan) va ularning oqibatlaridan himoya qilish masalalarini hal etish vakolatiga kiradigan davlat boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari, korxonalar va muassasalar faoliyatini va ularning oʻzaro hamkorlik qilishini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy mansub hududda tashkil etilgan va (yoki) joylashtirilgan hududiy, idoraviy va obyektlar ixtisoslashtirilgan tuzilmalari kuch va vositalarining tayyorgarligini va ularni doimiy tayyor holatda saqlashni nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ionlashtiruvchi nurlanish manbalari aylanishi ustidan davlat hisobi va nazorati tizimi faoliyatini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimi boshqaruvining respublika va hududiy organlari oʻrtasida maʼlumotlar toʻplanishi, tahlil qilinishi va almashinishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariyalardan xabardor qilish, ularning kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va oqibatlarini tugatish uchun moʻljallangan moddiy va moliyaviy resurslar zaxirasini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Axborot-tahlil kichik tizimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimining axborot-tahlil kichik tizimi oʻzida tabiiy, texnogen va boshqa xususiyatga ega boʻlgan, joyning radioaktiv ifloslanishi bilan birga kechadigan (radiatsiyaviy avariyalar) favqulodda vaziyatlardan aholi va hududlarni himoya qilish masalalarini hal etish vakolatiga kiradigan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari, korxonalar va muassasalarning navbatchi-dispetcherlik (dispetcherlik) xizmatlarini birlashtiradigan tashkiliy-texnik tuzilmani ifodalaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Axborot-tahlil tizimining asosiy vazifasi — radiatsiyaviy xavfsizlikning belgilangan normalari ortiqcha boʻlishi holatlari toʻgʻrisida boshqaruv organlariga va Radiatsiyaviy avariyalarini prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimining kuch va vositalariga tezkor xabar berilishini taʼminlash hamda yuzaga kelishi tahdidini bartaraf etish, shuningdek radiatsiyaviy avariyalarning kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va oqibatlarini tugatish maqsadida harakat qilish mexanizmlari tashabbusi bilan chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimining axborot-tahlil kichik tizimi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika darajasida — Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Krizis vaziyatlarni boshqarish markazi, shuningdek vakolatli vazirliklar va idoralarning navbatchi-dispetcherlik xizmatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy darajada — favqulodda vaziyatlar boʻyicha hududiy boshqarmalarning axborot-tahlil xizmati hamda vakolatli vazirliklar va idoralarning hududiy boʻlinmalari navbatchi-dispetcherlik xizmatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektlar darajasida — radiatsiyaviy-xavfli obyektlar/ionlashtiruvchi nurlanish manbalari mavjud boʻlgan obyektlarning navbatchi-dispetcherlik xizmati bilan ifodalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Axborot-tahlil tizimi faoliyatiga amaliy rahbarlik qiladigan Favqulodda vaziyatlar vazirligining Krizis vaziyatlarni boshqarish markazi axborot-tahlil kichik tizimining muvofiqlashtiruvchisi va bosh organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Axborot-tahlil kichik tizimi hamda umuman butun tizim faoliyatiga Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi instituti metodik rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Axborot-tahlil kichik tizimida maʼlumotlar ayirboshlash umumiy foydalaniladigan aloqaning global tarmogʻi (Internet) negizida tashkil etiladigan himoyalangan kompyuter tarmogʻi boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimi amal qilishi tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimi ham umuman respublika hududida, ham joylarda yuzaga keladigan radiatsiyaviy vaziyatga bogʻliq ravishda quyidagi uch rejimdan birida faoliyat koʻrsatadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) kundalik rejim qulay radiatsiyaviy vaziyatda, yaʼni aholining radioaktiv nurlanishi va hududlarning radionuklidlar bilan belgilangan normalardan ortiqcha ifloslanishi xavfi yuzaga kelishi tahdidi mavjud boʻlmaganda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu rejimda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimi boshqaruv organlari, kuch va vositalarining belgilangan vazifalarni bajarishga tayyorgarligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-tahlil kichik tizimini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy-texnika va moliyaviy resurslar zaxirasini toʻldirish va yangilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy xavfli obyektlar faoliyat koʻrsatishi barqarorligini oshirish va radiatsiyaviy jihatdan nobop hududlarda ekologik vaziyatni sogʻlomlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimining barcha elementlari faoliyatini har tomonlama (normativ-huquqiy, tashkiliy, moddiy-texnik, moliyaviy) taʼminlash tadbirlari bajariladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) yuqori tayyorlik rejimi joy (hududlar) radionuklidlar bilan ifloslanishi bilan birga kechadigan va aholining belgilangan normalardan ortiqcha radioaktiv nurlanishiga olib keluvchi turlicha xususiyatga ega boʻlgan favqulodda vaziyat yuzaga kelishi xavfi boʻlgan taqdirda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu rejimda radiatsiyaviy xavfli obyektlar va hududlarda favqulodda vaziyatlardan (radiatsiyaviy avariyalardan) xabardor qilish va ularni tugatish boʻyicha rejalar amalga kiritiladi. Ularga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rahbarlik qiluvchi organlar va boshqaruv organlarining ular doimiy joylashgan joylarda kecha-kunduz navbatchilik qilishi tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
potensial xavfli obyektlar va uchastkalarda (hududlarda) radiatsiyaviy vaziyat ustidan monitoring olib borish kuchaytiriladi, ularda radiatsiyaviy fonni oʻlchash karraligi koʻpayadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan tuzilmalar (boʻlinmalar) hamda moddiy-texnika va moliyaviy resurslar zaxirasi harakatga tayyorlik va ulardan belgilangan vazifa boʻyicha foydalanish holatiga keltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariyalarning ehtimoli boʻlgan yoki yuzaga kelgan oʻchoqlari tumanlariga radiatsiyaviy nazorat va kuzatishni kuchaytirish maqsadida radiatsiyaviy nazoratning mobil guruhlari yuboriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ehtimoli boʻlgan radiatsiyaviy avariyalarning koʻlamlari va oqibatlarini prognozlashtirish asosida aholi va hududlarni himoya qilish, shuningdek ularni taʼminlash boʻyicha tadbirlar usullari boʻyicha zarur tuzatishlar kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) favqulodda rejim joyning radionuklidlar bilan ifloslanishiga va aholining belgilangan normalardan ortiqcha radioaktiv nurlanishiga olib kelgan turlicha xususiyatga ega boʻlgan favqulodda vaziyat yuzaga kelganda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu rejim undan oldingi yuqori tayyorlik rejimini chetlab oʻtgan holda joriy etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda rejimda radiatsiyaviy avariyalar kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va ularni tugatish boʻyicha rejalar amalga kiritiladi. Ularga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rahbarlik qiluvchi organlar va boshqaruv organlarining ular doimiy joylashgan joylarda kecha-kunduz navbatchilik qilishi tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaziyatni baholash va qaror qabul qilish uchun radioaktiv ifloslanish oʻchoqlariga birinchi boʻlib harakat qilish guruhlari yuboriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy-texnika resurslari zaxirasi joriy taʼminlashga va belgilangan vazifasiga koʻra foydalanishga oʻtkazilgan holda toʻliq tayyor holatga keltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy nazorat va kuzatishni kuchaytirish maqsadida radiatsiyaviy avariyalar oʻchoqlari yuzaga kelgan tumanlarga va ular bilan chegaradosh hududlarga radiatsiyaviy nazoratning mobil guruhlari yuboriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuzaga kelgan radiatsiyaviy avariyaning koʻlamlari va oqibatlaridan kelib chiqib aholi va hududlarni himoya qilish, shuningdek ularni har tomonlama taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar tashkil etiladi va amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioaktiv ifloslanish oʻchoqlari kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va ularni tugatish chora-tadbirlari toʻgʻrisida rahbar organlarni va boshqaruv organlarni doimiy xabardor qilish tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi radiatsiyaviy avariyalar tahdidi va yuzaga kelishida saʼy-harakatlarni rejalashtirish yuzasidan tashkiliy-metodik rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimi amal qilishiga qoʻyiladigan alohida talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Moddiy-texnika va moliyaviy resurslar zaxirasi radiatsiyaviy avariyalarning oldini olish, ularning kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va ularni tugatish boʻyicha chora-tadbirlarni taʼminlash uchun moʻljallangan hamda zarur yetarlilik tamoyili boʻyicha va mahalliy xususiyatlarni hisobga olgan holda mahalliy va obyektlar darajalarida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Zaxiraga qoʻyiladigan hududiy moddiy-texnika resurslari miqdori va tarkibini favqulodda vaziyatlar va sogʻliqni saqlash boshqarmalarining tavsiyalari asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari belgilaydi (radiatsiyaviy-xavfli obyektlarda – obyekt tasarrufida boʻlgan tashkilot maʼmuriyati).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Moliyaviy va moddiy-texnika resurslari zaxiralarini hisobga olish, saqlash, jamlash va yangilash, shuningdek ularni hisobdan chiqarishni taʼminlash Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Radiatsiyaviy avariyalar tahdidlari va oqibatlarini tugatish chora-tadbirlarini moliyalashtirish radiatsiyaviy ifloslanish zonalaridagi obyektlar mablagʻlari, tegishli vazirliklar va idoralarning, sugʻurta jamgʻarmalari va boshqa manbalarning mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Radiatsiyaviy avariya tahdidini yoki uning oqibatlarini tugatish uchun resurslar yetarli boʻlmagan taqdirda, ular Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan ajratilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-dekabrdagi 358-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkiliy tuzilmasi

Foydalanilgan qisqartmalar: DBQ — Davlat bojxona qoʻmitasi; FVV — Favqulodda vaziyatlar vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻzR FA — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FVV KVBM — Krizis vaziyatlarni boshqarish markazi; INM — ionlashtiruvchi nurlanish manbai.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-dekabrdagi 358-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ionlashtiruvchi nurlanishning sanksiyalanmagan (egasiz) manbalari aniqlanganda nazorat qiluvchi organlar va mudofaa tuzilmalarning oʻzaro hamkorlik qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Tartib ionlashtiruvchi nurlanishning sanksiyalanmagan (egasiz) manbalari topilganda oʻtkaziladigan tadbirlarning navbatliligini va ularni bajaruvchilarni, shuningdek aholi va hududlarning radiatsiyaviy xavfsizligini taʼminlash sohasidagi harakat qilish boʻlinmalariga yuklanadigan asosiy vazifalarni hamda nazorat qiluvchi organlar va mudofaa tuzilmalarning oʻzaro hamkorlik qilishini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I . Asosiy tushunchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ionlashtiruvchi nurlanishning sanksiyalanmagan (egasiz) manbai (INSM) — faol harakatlar bilan topilgan yoki aniqlangan va ionlashtiruvchi nurlanish manbalari (INM) milliy reyestriga kiritilmagan radioaktiv modda yoki yadroviy material.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harakat qilish boʻlinmalari — joyning radiatsiyaviy ifloslantirish oʻchogʻi yuzaga kelishidan xabardor qilish va (yoki) aniqlash (radiatsiyaviy razvedka), ularning kengayishiga yoʻl qoʻymaslik (belgilash va cheklash) hamda tugatish (INMni zararsizlantirish, dezaktivlashtirish) boʻyicha ishlarni oʻtkazish uchun moʻljallab maxsus tayyorlangan va jihozlangan tuzilmalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Sanksiyalanmagan (egasiz) INM topilganda tadbirlarni oʻtkazish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Radioaktiv moddalar (RM) va radioaktiv chiqindilar (RACh) aylanishi subyektlarida ularning, shuningdek topilgan yoki RM va RACh yoʻqolishi aniqlangan hollarda ular bir soat mobaynida bu toʻgʻrida yuqori tashkilotni (mavjud boʻlsa), Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligini, Davlat xavfsizlik xizmatini va Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasini xabardor qiladi. Topilgan va hisobga olinmagan RM va RACh hisobga qoʻyiladi (Vazirlar Mahkamasining “Radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar, shuningdek yadroviy materiallar aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2009-yil 13-avgustdagi 231-son qarori).
(II boʻlimning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RM va RACh aylanishi subyektlarining javobgarligi doirasidan tashqarida INSM topilgan yoki aniqlangan taqdirda oʻzaro xabardor qilish ushbu Tartibga ilovaga muvofiq INSM topilganda nazorat qiluvchi organlar va mudofaa tuzilmalarining oʻzaro hamkorlik qilish sxemasi boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
INSM topilgan taqdirda oʻtkaziladigan ishlarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida hodisa roʻy bergan joyda Favqulodda vaziyatlar vazirligi va (yoki) Sogʻliqni saqlash vazirligi harakat qilish boʻlinmalari kuchlari bilan radiatsiyaviy razvedka amalga oshiriladi. Radiatsiyaviy razvedka yakunlari boʻyicha joyning radiatsiyaviy ifloslanish zonasi (oʻchogʻi) aniqlanadi va belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy (idoraviy) Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi (DSENM) radiatsiyaviy xavfsizlik boʻlimi (RXB) mutaxassislari tomonidan radiatsiyaviy rejim belgilangandan keyingina harakat qilish boʻlinmalari radiatsiyaviy zaharlanish oʻchogʻining kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va tugatish ishlariga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
INSM topilgan (aniqlangan) joyda oʻtkaziladigan barcha tadbirlar ishlar rahbari (qaror qabul qiluvchi shaxs)ning nazorat qiluvchi organlar va mudofaa tuzilmalarining yetib kelgan mutaxassislari (ekspertlari) taqdim etgan takliflar asosida qabul qilgan qaroriga muvofiq amalga oshirilishi kerak. INSM topilgan joyda ishlarni oʻtkazish yuzasidan qaror hududiy (idoraviy) DSEMMning radiatsiyaviy xavfsizlik boʻlimi eksperti (mutaxassisi) taklifisiz qabul qilinishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harakat qilish boʻlinmalarining shaxsiy tarkibi radiatsiyaviy ifloslanish oʻchogʻida ishlash uchun nafas olish organlari va terini himoyalash, shuningdek yakka tartibda va guruhli radiometrik nazorat vositalari (dozimetrlar) bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yadroviyaviy avariyalar va (yoki) yadroviy qoʻporuvchilik hodisalari roʻy berganda harakat qilish boʻlinmalarining shaxsiy tarkibiga radiatsiyaviy ifloslanish oʻchogʻidagi ishlardan oldin spetsifik yodli profilaktika qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Radiatsiyaviy ifloslanish oʻchogʻidan chiqish chogʻida barcha xodimlar va shaxsiy tarkib yakuniy maxsus va sanitariya ishlovidan oʻtishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. INSM topilgan (aniqlangan) hollarda nazorat qiluvchi organlar va mudofaa tuzilmalarining funksional vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
INSM topilganligi (aniqlanganligi) toʻgʻrisida axborot olingach nazorat qiluvchi organlar va tegishli mudofaa tuzilmalari oʻzlariga yuklangan funksiyalarga muvofiq tadbirlarni bajarishga kirishadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etiladigan maxsus organ (komissiya) orqali INSMni identifikatsiyalash va zararsizlantirish boʻyicha tadbirlarga jalb etiladigan nazorat qiluvchi organlar va mudofaa tuzilmalarining, boshqa vazirliklar va idoralarning faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarurat boʻlganda radiatsiyaviy avariyalarning oldini olish, kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va oqibatlarini tugatish boʻyicha tadbirlarga Mudofaa vazirligi qoʻshilmalari, qismlari va muassasalarini jalb etish toʻgʻrisidagi qarorni ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlashga kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
INSM topilganligi holati toʻgʻrisida vazirliklar va idoralarni, shuningdek mudofaa tuzilmalarini xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hodisa (topilgan) joyiga tezkorlik bilan yetib kelish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy razvedkani tashkil etish va oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy ifloslanish oʻchogʻi (RIOʻ) kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va tugatish ishlarini oʻtkazish yuzasidan qaror qabul qilish uchun takliflarni ishlab chiqish va taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
INSMni zararsizlantirish va koʻmib tashlash ishlarini amalga oshirishni tashkil etish va ularda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy ifloslanish oʻchogʻi (RIOʻ)dagi ishlarga jalb etiladigan shaxsiy tarkibni yakka tartibda dozimetrik nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RIOʻdagi dezaktivatsiya ishlarining hamda maxsus ishlov berish punkti (MIBP)da shaxsiy tarkibni va texnikani maxsus koʻrikdan oʻtkazishning sifatini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori va oʻzaro harakat qiluvchi boshqaruv organlarini INSMni zararsizlantirish va koʻmib tashlash ishlarining natijalari toʻgʻrisida xabardor qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hodisa (topilgan) joyiga yetib kelish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy razvedkani va materialni identifikatsiyalashni tashkil etish va oʻtkazishda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaziyatni (xavflilikni) baholash va radiatsiyaviy xavfsizlik rejimini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RIOʻning kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va tugatish ishlarini oʻtkazish yuzasidan qaror qabul qilish uchun takliflarni ishlab chiqish va taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
INSMni zararsizlantirish va koʻmib tashlash ishlarini tashkil qilish va oʻtkazishda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RIOʻdagi ishlarga jalb etiladigan xodimlarni va shaxsiy tarkibni yakka tartibda dozimetrik nazorat qilishni tashkil etish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RIOʻdagi dezaktivatsiya ishlarining hamda maxsus ishlov berish punkti (MIBP)da shaxsiy tarkibni va texnikani maxsus koʻrikdan oʻtkazishning sifatini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
topilgan (aniqlangan) INSMni identifikatsiya qilish natijalarini hujjatlashtirish, shuningdek ular boʻyicha yuqori va oʻzaro harakat qiluvchi boshqaruv organlarini xabardor qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
begona shaxslarni va avtotransport vositalarini kiritmaslik maqsadida xavfli zona hududini oʻrab olish va qoʻriqlashni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
topilgan (aniqlangan) INSMning kelib chiqishini aniqlash boʻyicha tergov-tezkor tadbirlarini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
odamlarni va begona avtotransportni xavfli zona hududidan evakuatsiya qilishda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
topilgan (aniqlangan) INSMni olib chiqib ketish yoʻnalishi boʻyicha kuzatib borishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqaruv organlarini, oʻzaro harakat qiluvchi va nazorat qiluvchi vazirliklar va idoralarni oʻtkazilgan maxsus ishlarning natijalari toʻgʻrisida xabardor qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojxona qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzaro harakat qiluvchi va nazorat qiluvchi vazirliklar va idoralarni respublika hududi orqali (unga va undan) tranzit boʻyicha olib kirish (olib chiqib ketish) yuzasidan radiatsiyaviy nazoratni amalga oshirish chogʻida INSM topilishi (aniqlanishi) holatlari toʻgʻrisida xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
topilgan (aniqlangan) INSMni dastlabki radiometriyalash va identifikatsiyalashni oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarni va aholini INSMning zararli taʼsiridan himoya qilish tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
topilgan (aniqlangan) INSMlarni olib kirishga yoki tranzit boʻyicha (joʻnatuvchiga) qaytarishga, shuningdek ularning sanksiyasiz olib chiqib ketilishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha tartibotlar yuzasidan belgilangan tartibda tashabbus koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
topilgan (aniqlangan) INSMni identifikatsiyalash va olib chiqib ketish ishlari tugagungacha INSMning daxlsizligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
topilgan (aniqlangan) INSMni identifikatsiyalash va zararsizlantirish tadbirlarini har tomonlama taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xavfsizlik xizmati:
(III-boʻlimning oʻttiz oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻporuvchilikka qarshi kurashish boʻyicha tezkor-qidiruv ishlari natijasida aniqlangan INSM topilgandagi harakatlarga umumiy rahbarlik qilish, oʻzaro harakat qiluvchi boshqaruv organlarini hamda nazorat qiluvchi vazirliklar va idoralarni INSM aniqlanganligi hollari toʻgʻrisida xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat qiluvchi organlar va mudofaa tuzilmalarining, jalb etiladigan boshqa vazirliklar va idoralarning oʻzaro harakat qiluvchi boʻlinmalari ishlari natijalari toʻgʻrisida axborot almashish tartibi va doiralarini kelishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan INSMning kelib chiqishini aniqlash boʻyicha tergov-tezkor tadbirlarini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
topilgan (aniqlangan) INSMni olib chiqib ketish yoʻnalishi boʻyicha kuzatib borishni tashkil etish (zarurat boʻlganda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RIOʻdagi ishlarga jalb etiladigan shaxsiy tarkibni yakka tartibda dozimetrik nazorat qilishni tashkil etish va amalga oshirish, keyinchalik xodimlar tomonidan olingan ionlashtiruvchi nurlanish dozalarini yakka tartibda hisobga olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi:
(III boʻlimning qirq ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Respublika radioaktiv chiqindilarni koʻmib tashlash punkti RRChKP uchun topilgan (aniqlangan) INSMni koʻmib tashlash boʻyicha tadbirlar kompleksini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tegishli xulosa berish va ruxsatnoma tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
topilgan (aniqlangan) INSMni identifikatsiyalashda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
topilgan (aniqlangan) INSMning hisobga olinishini/hisobdan chiqarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori, muvofiqlashtiruvchi va oʻzaro harakat qiluvchi organlarni INSMni zararsizlantirish va koʻmib tashlash ishlarining natijalari toʻgʻrisida belgilangan tartibda xabardor qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi instituti (Oʻzbekiston Respublikasi FA YaFI):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertlarning yetib kelishini va ularning topilgan radioaktiv materialni joyida (imkoniyatga koʻra) identifikatsiyalashda qatnashishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiq kameradagi ishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarurat boʻlganda topilgan (aniqlangan) INSMning vaqtincha saqlanishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Respublika radioaktiv chiqindilarni koʻmib tashlash punkti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus avtotransportning INSM topilgan (aniqlangan) joyga yetib kelishini taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining maxsus ruxsatnomasi olingandan keyin aniqlangan INSMni yuklash va doimiy RRChKP yoki vaqtinchalik (Oʻzbekiston Respublikasi FA YaFI) saqlash joyiga yetkazib berish;
(III boʻlimning ellik uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
topilgan (aniqlangan) INSMni koʻmib tashlash (uzoq vaqt saqlash).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
INSM aniqlanganda nazorat qiluvchi organlar va mudofaa tuzilmalarining oʻzaro hamkorlik qilish tartibiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
INSM topilganda nazorat qiluvchi organlar va mudofaa tuzilmalarining oʻzaro hamkorlik qilish sxemasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 51-son, 579-modda; 2017-y., 34-son, 889-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son; 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)