03.04.2009 yildagi 98-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IONLASHTIRUVCHI NURLANISH MANBALARI AYLANISHINI DAVLAT TOMONIDAN HISOBGA OLISH VA NAZORAT QILISH TIZIMINI TASHKIL ETISH QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Radiatsiyaviy xavfsizlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasini, “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tizimini tashkil etish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi uch oy muddatda radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar aylanishi, shuningdek yadroviy materiallar aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, bunda ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini davlat hisobi va nazoratiga qoʻyish mezonlarini, ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini ularning potensial radiatsiyaviy xavfliligi boʻyicha toifalarini aniqlashni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qaror talablariga muvofiqlashtirsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar, shu jumladan idoraviy mansub tashkilotlar va jismoniy shaxslarning ushbu Qoidalar talablariga rioya qilishi boʻyicha zarur chora-tadbirlarni koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.R.Shaismatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 3-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
98-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 3-apreldagi 98-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tizimini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Davlat sanitariya nazorati”, “Radiatsiyaviy xavfsizlik toʻgʻrisida”, “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ushbu Qoidalar ionlashtiruvchi nurlanish manbalari – yadroviy materiallar, radioaktiv moddalar, ularning tarkibidagi radioaktiv manbalar va radioaktiv chiqindilar aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tizimini (keyingi oʻrinlarda INMni hisobga olish va nazorat qilish tizimi deb ataladi) tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoidalar INM qazib olish, ishlab chiqarish, hosil qilish, qayta ishlash, ulardan foydalanish, ularni saqlash, ularga xizmat koʻrsatish, ularni tashish, shu jumladan ularning Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtilishi, utillashtirilishi, zararsizlantirilishi va koʻmib tashlanishi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi INM aylanishi subyektlari, shuningdek INMni hisobga olish va nazorat qilish tizimining vakolatli davlat organlari uchun majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Asosiy tushunchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ionlashtiruvchi nurlanish — radioaktiv parchalanishda, yadroviy evrilishlarda, moddadagi zaryadlangan zarralar harakatining sekinlashuvida hosil boʻladigan hamda muhit bilan oʻzaro taʼsir etish chogʻida har xil qutbli ionlarni hosil qiladigan nurlanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ionlashtiruvchi nurlanish manbai (INM) — oʻzidan ionlashtiruvchi nurlanish chiqaruvchi yoki chiqarishga qodir boʻlgan qurilma va (yoki) radioaktiv modda, yadroviy materiallar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
INM aylanishi subyektlari — Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonunchilikda belgilangan tartibda ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini qazib olish, ishlab chiqarish, hosil qilish, qayta ishlash, ulardan foydalanish, ularni saqlash, ularga xizmat koʻrsatish, ularni tashish, shu jumladan ularning Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtilishi, zararsizlantirilishi va koʻmib tashlanishi boʻyicha INM aylanishi sohasidagi faoliyatni amalga oshiradigan yuridik shaxslar;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yadroviy materiallar — tarkibida yadro moddalari mavjud boʻlgan yoki boʻlinadigan (parchalanadigan) yadro moddalari ishlab chiqarishga qodir boʻlgan, shuningdek tarkibida yadro materiallari boʻlmagan yoki yadro materiallari ishlab chiqarishga qodir boʻlmagan, biroq yadro ichidagi energiyasi portlab ajralib chiqilishiga (yadro portlashi) moʻljallangan qurilmalarda foydalanilishi mumkin boʻlgan materiallar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioaktiv manba — tarkibida yadroviy materiallar yoki radioaktiv moddalar boʻlgan ionlashtiruvchi nurlanish manbai;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioaktiv moddalar — tarkibida belgilangan radiatsiyaviy xavfsizlik normalari va qoidalarining eng kam qiymatidan ortiq aktivlikdagi radionuklidlar boʻlgan har qanday agregat holatidagi yadroviy materiallarga tegishli boʻlmagan moddalar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioaktiv chiqindilar — keyinchalik foydalanish uchun moʻljallanmagan, tarkibidagi radionuklidlarning aktivlik darajasi qonunchilikda belgilangan koʻrsatkichlardan yuqori boʻlgan har qanday agregat holatidagi moddalar.
(3-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. INMni hisobga olish va nazorat qilish tizimining maqsadlari va vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar INMni hisobga olish va nazorat qilish tizimining maqsadlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
INMning mavjud miqdorini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
INM nobudgarchiligi, ulardan ruxsat berilmagan foydalanish va ularni talon-toroj qilishning oldini olishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
INMning mavjudligi va joyi oʻzgarishi toʻgʻrisida belgilangan tartibda xolisona va ishonchli axborot taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar barcha darajalarda INMni hisobga olish va nazorat qilish tizimining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
INMning milliy reyestrini shakllantirish uchun maʼlumotlarni rasmiylashtirgan holda INMni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilishni yuritishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
INM nobudgarchiligi, ulardan ruxsat berilmagan foydalanish va ularning oʻgʻirlanishini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
INMni hisobga olish va nazorat qilish tizimi faoliyat koʻrsatishini taʼminlaydigan normativ va metodik hujjatlarni, shu jumladan INMning miqdori, aktivligi va radionuklid tarkibini aniqlash metodikasini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy kompyuter texnologiyalari negizida INMni hisobga olish va nazorat qilish tizimini yagona dasturiy va axborot bilan taʼminlashni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy vaziyatni nazorat qilishning yagona davlat avtomatlashtirilgan tizimi, atrof muhit radiatsiyaviy monitoringining davlat tizimi, favqulodda vaziyatlar davlat tizimi bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari doirasida axborot ayirboshlashni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. INM hisobga olish va nazorat qilish tizimini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. INMni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish mezonlariga javob beradigan INM davlat tomonidan hisobga olinishi va nazorat qilinishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. INMni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish mezonlari, shartlari va tartibi, shuningdek potensial radioatsiyaviy xavfsizlik asosida kategoriyalar boʻyicha INMni tasniflash qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. INM kategoriyalari hisobga olish va nazorat qilish tartib-qoidalari va usullarini aniqlashga tabaqalashtirib yondashishni taʼminlash maqsadida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. INMni hisobga olish va nazorat qilish tizimi vakolatli davlat organlarini, muhandislik-texnik vositalarini va INM aylanishi sohasidagi faoliyatni tartibga soladigan normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz ichiga oladigan respublika, idoraviy va mintaqaviy darajalarga boʻlinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika darajasida — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy darajada — INM aylanishi subyektlari hisoblangan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqaviy darajada — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari INMni hisobga olish va nazorat qilish tizimining vakolatli davlat organlari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. INMni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish sohasida vakolatli davlat organlari va INM aylanishi subyektlarining funksiyalari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi oʻz vakolatlari doirasida:
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika darajasida INMni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
INMning milliy reyestri yuritilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
INMni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilishni taʼminlash masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilishi va belgilangan tartibda tasdiqlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tomonidan hisobga olinadigan va nazorat qilinadigan INM roʻyxati belgilangan tartibda ishlab chiqilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda INM davlat tomonidan hisobga olinishi va nazoratga qoʻyilishi mezonlari, shartlari va tartiblari ishlab chiqilishini, shuningdek INMning potensial radiatsiyaviy xavfsizligi asosida ularning kategoriyalari aniqlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
INMni hisobga olish va nazorat qilish tizimini yaratish, uning faoliyat koʻrsatishi, uni metodik taʼminlash va takomillashtirish bilan bogʻliq tadbirlar amalga oshirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika darajasida INM davlat tomonidan hisobga olinishi va nazorat qilinishi uchun maʼlumotlar toʻplanishini, uning tizimlashtirilishi va tahlil qilinishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor davlat organlari bilan birgalikda INMni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish normalari va qoidalari ishlab chiqilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
INMni hisobga olish va nazorat qilish shakllari ishlab chiqilishi va belgilangan tartibda tasdiqlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
INM mavjudligi va uning joyi oʻzgarishi toʻgʻrisidagi axborot belgilangan tartibda taqdim etilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. INM aylanishi subyektlari hisoblangan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi oʻz vakolatlari doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy darajada INM davlat tomonidan hisobga olinishi va nazorat qilinishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
INM davlat tomonidan hisobga olinishi va nazorat qilinishi masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
INM davlat tomonidan hisobga olinishi va nazorat qilinishi uchun idoraviy mansub tashkilotlar boʻyicha axborot toʻplanishi, tahlil qilinishi, tizimlashtirilishi va qayta ishlanishini;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
INMni hisobga olish va nazorat qilish toʻgʻrisidagi axborot Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasiga taqdim etilishini;
(12-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
INMni hisobga olish va nazorat qilish tizimini yaratish, uning faoliyat koʻrsatishi va takomillashtirilishi sohasida ilmiy, metodik va texnik ishlanmalarni oʻtkazishda qatnashishni taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari oʻz vakolatlari doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qoidalarning 12-bandida nazarda tutilmagan INM aylanishini mintaqaviy darajada davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilishni;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
INM aylanishini hisobga olish va nazorat qilish toʻgʻrisidagi axborot Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasiga taqdim etilishini;
(13-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha tadbirlar samaradorligi tahlil qilinishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
INM aylanishi subyektlari tomonidan belgilanadigan radiatsiyaviy obyektlar uchun kuzatish zonalarini, uning oʻlchami va chegaralarini kelishishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarni va atrof muhitni radiatsiya avariyasi va uning oqibatlaridan himoya qilish tadbirlari rejasi kelishilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
INMni hisobga olish va nazorat qilish tizimini shakllantirishda, uning faoliyat koʻrsatishini qoʻllab-quvvatlash va takomillashtirishda qatnashishni taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. INM aylanishi subyektlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
INM bilan bogʻliq ishlarning xavfsizligi va ularning saqlanishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
INM ichki hisobga olinishini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
INM fizik himoya qilinishini taʼminlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
INMni hisobga olish va nazorat qilish toʻgʻrisidagi axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasiga taqdim etadi;
(14-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keyinchalik qoʻllash nazarda tutilmagan INM bunday INMni utillashtirish, zararsizlantirish yoki koʻmib tashlash boʻyicha faoliyatni amalga oshirish vakolatiga ega boʻlgan ixtisoslashtirilgan tashkilotga oʻz vaqtida berilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqitilgan, malaka talablariga javob beradigan va tibbiy nuqtai nazardan nuqsonlari boʻlmagan shaxslarni bevosita INM bilan ishlashga qoʻyadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda axborotning maxfiyligini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
INM aylanishi bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshiradigan shaxslarni zarur himoya vositalari va radiatsiya nazorati bilan taʼminlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
INM bilan bogʻliq rejalashtirilayotgan bitimlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasini oʻz vaqtida xabardor qiladi;
(14-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
INMning noqonuniy aylanishi holatlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda Sanepidqoʻm deb yuritiladi) tegishli hududiy organiga va huquqni muhofaza qilish organlariga maʼlum qiladi.
(14-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. INMni hisobga olish va nazorat qilish tizimini tashkil etishga qoʻyiladigan asosiy talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. INMni hisobga olish va nazorat qilish tizimini tashkil etishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
INM aylanishi subyektlarining ishlab chiqarish xususiyatlari hisobga olinadi, hisobga olish va nazorat qilishning mavjud mexanizmlaridan, shuningdek INM tavsiflarini oʻlchash uchun usullar va texnik vositalardan foydalaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika, idoraviy va mintaqaviy darajalarda INMni hisobga olish va nazorat qilish boʻyicha axborot manbalaridan foydalanishning cheklangan tartibi nazarda tutiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
INM tavsifini aniqlash uchun zamonaviy ilmiy-texnik usullar ishlab chiqilishi va ulardan foydalanish taʼminlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
INMni hisobga olish va nazorat qilish tizimining vakolatli davlat organlarini zamonaviy dasturiy taʼminlash va zarur texnik vositalar bilan jihozlash chora-tadbirlari amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
INMning har bir birligi ustidan nazorat qilishning boshlangʻich va oxirgi vaqtini aniqlash boʻyicha talablar belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilayotgan axborotning birxillashtirilgan formati va hajmi qoʻllaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobga olish hujjatlarini yuritish, davriy hisobot va hisobot maʼlumotlari tahlili, yangi hisobot hujjatlari taqdim etish asosida hisobga olish maʼlumotlariga faqat hisobga olish hujjatlariga yangi yozuv kiritish yoʻli bilan tuzatish kiritish imkoniyati taʼminlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
INM tarkibi va miqdorini (aktivligini) oʻlchash natijalari asosida (ularning parametrlarini aniqlashning hisoblab chiqish usullarini qoʻllash yoʻl qoʻyilgan hollar bundan mustasno), shuningdek INMni hisobga olish va nazorat qilishda oʻlchash vositalariga qoʻyiladigan talablar asosida INMni hisobga olish va nazorat qilish nazarda tutiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
INM qazib olish, ishlab chiqarish, hosil qilish qayta ishlash, ulardan foydalanish, ularni saqlash, ularga xizmat koʻrsatish, ularni tashish, shu jumladan ularning Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtilishi, utillashtirilishi, zararsizlantirilishi va koʻmib tashlanishi shartlari toʻgʻrisida xabardor qilish taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
INMni hisobga olish va nazorat qilishni tashkil etishga va yuritishga qoʻyiladigan talablar belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
INM aylanishi subyekti tomonidan INM olingan taqdirda u toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tekshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
INM yoʻqotilgan, ulardan ruxsatsiz foydalanilgan yoki u oʻgʻirlangan hollarda INMni hisobga olish va nazorat qilish tizimi vakolatli davlat organlarini hamda huquqni muhofaza qilish organlarini xabardor qilish tartibi tartibga solinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
INM mavjudligi va aktivligi tavsifini aniqlash maqsadida INM aylanishi subyektlarida dastlabki xatlov oʻtkazilishi taʼminlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro shartnomalar doirasida hamkorlikni amalga oshirish imkoni nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Hisobga olish va nazorat qilish tizimi INMning eng radiatsiyaviy xavfli kategoriyasidan boshlab bosqichma-bosqich amalga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻz faoliyatida INMdan foydalanadigan INM aylanishi subyektlari moliyaviy-moddiy va maʼmuriy resurslarga, shuningdek INM aylanishida xavfsizlikni taʼminlash uchun zarur boʻlgan texnik vositalarga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. INMni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilishga qoʻyiladigan alohida talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. INM Oʻzbekiston Respublikasining davlat chegarasi orqali olib oʻtilganda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi qonunchilikka muvofiq INMni hisobga oladi va nazorat qiladi va 15 kun muddatda INM toʻgʻrisidagi axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasiga taqdim etadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi oʻz vakolatlari doirasida har chorakda hisobot davri tamom boʻlgandan keyin 20-kunda belgilangan tartibda hisobga olish va nazorat qilishning tasdiqlangan shakli boʻyicha yadroviy material eksporti va importi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasiga axborot taqdim etadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Sanepidqoʻm tegishli hududiy organining INM aylanishi bilan bogʻliq boʻlgan tashkilotlar obyektlarining sanitariya-gigiyena xavfi toʻgʻrisidagi xulosasi mavjud boʻlgan taqdirda INM aylanishi subyektlari tomonidan INM olinishi va berilishiga belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi tomonidan ruxsat beriladi.
(20-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
INM aylanishi subyektlari INM olinishi va berilishi toʻgʻrisida hisobga olish va nazorat qilishning tasdiqlangan shakllari boʻyicha 10 kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasini va Sanepidqoʻmning tegishli hududiy organini xabardor qiladi.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. INMni hisobga olish va nazorat qilish tizimida hisobga olish birliklari axboroti hajmi, hisobot maʼlumotlari INM tipiga, ularning kategoriyasiga qarab aniqlanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan shakllarda aks ettiriladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Noqonuniy aylanishdan olib qoʻyilgan INM qonunchilikka muvofiq ularning qonuniy egasiga qaytarilishi yoki utilizatsiya qilinishi (koʻmib tashlanishi) kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
INMni noqonuniy aylanishdan olib qoʻyishda ularni vaqtincha saqlash, hisobga qoʻyish, fizik himoya qilish, shuningdek qonuniy egasini xabardor qilish yoki qonunchilikda belgilangan tartibda utillashtirish (koʻmib tashlash) taʼminlanadi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. INM aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish sohasida davlat organlarining oʻzaro hamkorligi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi quyidagi masalalar:
(23-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yadroviy material, radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar aholiga va atrof muhitga taʼsir koʻrsatishining oldini olish boʻyicha - Favqulodda vaziyatlar vazirligi va hokimliklar bilan birgalikda qoʻshma tadbirlarni ishlab chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati bilan birgalikda - yoʻqotilgan radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilarni izlashni yoki topilgan radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilarning kelib chiqishini aniqlashni tashkil etish;
(23-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi va hokimliklar bilan birgalikda — radiatsiyaviy vaziyatini nazorat qilishning yagona davlat avtomatlashtirilgan tizimini, atrof muhit, INMni saqlash va koʻmish punktlari, ifloslangan radionuklidli hududlarning radiatsiyaviy monitoringi davlat tizimini amalga oshirish;
(23-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda — INM aylanishida sodir boʻlgan avariyalar bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va tugatish yagona tizimini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek boshqa tashkilotlar bilan axborot ayirboshlash boʻyicha — oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimlar vositasida amalga oshiriladigan INMni hisobga olish va nazorat qilish davlat tizimini yaratish va uning faoliyat koʻrsatishida boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikdagi faoliyatni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligi oʻz vakolatlari doirasida INMni hisobga olish va nazorat qilish tizimi faoliyat koʻrsatishida tabiatni muhofaza qilish, radiatsiya, yadro, texnik va yongʻin xavfsizligi sohasida davlat tomonidan tartibga solishni taʼminlaydi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati noqonuniy xatti-harakatlarni aniqlash, oldini olish, INM yashirin sotilishi, tarqatilishi va foydalanilishiga barham berish boʻyicha tegishli tadbirlarni amalga oshiradilar.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. INMni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish sohasida javobgarlik
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ushbu Qoidalar buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 98-moddasi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 15-son, 183-modda; 2010-y., 51-son, 486 -modda; 2011-y., 20-21-son, 208-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son; 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son; 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)