Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGINING OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MARKAZI
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGINING OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MARKAZI
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining
Qarori
“Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaror va unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 4-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1845-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-avgustdagi 181-son “Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 34-son, 291-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi qaror qiladilar:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2008-yil 25-avgustdagi 39, 36/QQ va 01-275-son “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1845, 2008-yil 29-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 35-36-son, 350-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2008-yil 5-noyabrdagi 62, 46Q/Q va 01-383Q/Q-son “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari boʻyicha yoʻriqnoma ilovasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1845-1, 2008-yil 13-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 51-son, 505-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2010-yil 18-yanvardagi 89Q/Q, 01 Q/Q va 01 Q/Q-son “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari boʻyicha yoʻriqnoma ilovasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1845-2, 2010-yil 3-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 5-son, 44-modda).
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
Toshkent sh.,
2012-yil 26-noyabr,
69/1-q/q-son
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktori J. ISMAILOV
Toshkent sh.,
2012-yil 26-noyabr,
63-q/q-son
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori B. ISMAILOV
Toshkent sh.,
2012-yil 26-noyabr,
33-q/q-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 48-49-son, 553-modda)