O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGINING O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT TEST MARKAZINING
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGINING O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT TEST MARKAZINING
Qarori
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MUASSASALARI XODIMLARI ASOSIY LAVOZIMLARINING MALAKA TAVSIFLARI BO‘YIChA YO‘RIQNOMA ILOVASIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 3-fevralda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1845-2]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2012-yil 26-noyabrdagi 69/1-q/q, 63-q/q, 33-q/q-sonli “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari bo‘yicha Yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qaror va unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 1845-3, 04.12.2012-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 165-son “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 31-32-son, 303-modda) asosan hamda ta’lim muassasalarida to‘plangan tajribalarni inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi qaror qiladilar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2008-yil 25-avgustdagi 39, 36/QQ va 01-275-son qarori (ro‘yxat raqami 1845, 2008-yil 29-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 35-36-son, 350-modda) bilan tasdiqlangan O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari bo‘yicha yo‘riqnoma ilovasining 1-paragraf “Malaka talablari” qismining “a” va “b” bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) oliy ma’lumot (madaniyat va sport hamda sog‘liqni saqlash sohasidagi ta’lim muassasalarida akademik litsey, kasb-hunar kollejining ta’lim yo‘nalishlaridan kamida bittasi yoki bilim sohasi bo‘yicha oliy ma’lumot);
b) ta’lim tizimidagi (pedagogik, o‘quv-tarbiyaviy, o‘quv-uslubiy, boshqaruv faoliyati) ish staji 3 yildan kam emas yoki akademik litsey, kasb-hunar kollejining soha yo‘nalishi bo‘yicha 5 yildan kam bo‘lmagan amaliy ish staji”.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. XAITOV
Toshkent sh.,
2010-yil 18-yanvar,
89 Q/Q-son
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi direktori Sh. JAVLONOV
Toshkent sh.,
2010-yil 18-yanvar,
01 Q/Q-son
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori B. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2010-yil 18-yanvar,
01 Q/Q-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 5-son, 44-modda)