17.08.2001 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Eron Islom Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HAVO QATNOVI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqaddima
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Eron Islom Respublikasi Hukumati Bundan keyin “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataluvchilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi toʻgʻrisida 1944-yilning 7-dekabrida (16/09/1323) Chikago shahrida imzolash uchun ochilgan Konvensiyaning ishtirokchilari boʻlgan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzlarining tegishli hududlari oʻrtasida va hududlaridan tashqarida havo qatnovini yoʻlga qoʻyish maqsadida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Atamalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimning maqsadlarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Konvensiya” atamasi — Xalqaro fuqaro aviatsiyasi toʻgʻrisida 1944-yilning 7-dekabrida( 16/09/1323) Chikago shahrida imzolash uchun ochilgan Konvensiyani anglatadi va shu Konvensiyaning 90-moddasiga muvofiq qabul qilingan Ilovalarni va har ikki Ahdlashuvchi Tomon uchun qay darajada kuchda boʻlib, 90- va 94-moddalarga binoan Konvensiyaga yoki uning Ilovalariga kiritilgan har qanday tuzatishni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “aviatsiya maʼmurlari” atamasi — Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan — Fuqaro aviatsiyasi Bosh Direktorini va hozirgi vaqtda shu Bosh direktor tomonidan bajarilayotgan vazifalarni amalga oshirish vakolatiga ega boʻlgan shaxs yoki tashkilotni, Eron Islom Respublikasiga nisbatan — Fuqaro aviatsiyasi tashkilotini va hozirgi vaqtda aytib oʻtilgan Tashkilot tomonidan bajarilayotgan vazifalarni amalga oshirish vakolatiga ega boʻlgan shaxs yoki tashkilotni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) “tayinlangan aviakorxona” atamasi — ushbu Bitimning 3-moddacining qoidalariga muvofiq tayinlangan va vakolatga ega boʻlgan aviatsiya korxonasini yoki bir nechta aviakorxonalarini anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) “hajm” atamasi — havo kemasiga nisbatan havo kemasining butun yoʻnalish boʻylab yoki yoʻnalishning bir qismidagi yuk tashishni taʼminlaydigan tijoriy ish yuklashni anglatadi va “hajm” atamasi “kelishilgan qatnovga” nisbatan, shu qatnovlarda foydalanilayotgan havo kemasining hajmini maʼlum bir vaqt mobaynida belgilangan yoʻnalish boʻylab yoki uning bir qismi boʻyicha amalga oshiradigan parvozlarning takroriyligiga koʻpaytirish tufayli kelib chiqqan hajmni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) “hudud” atamasi — har bir Tomonga nisbatan oʻsha Tomonning suvereniteti ostida boʻlgan yer sathi va suvlarni, hamda ularning ustidagi havo boʻshligʻini anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) “havo qatnovi”, “xalqaro havo qatnovi”, “aviakorxona” va “notijoriy maqsadlarda toʻxtash” atamalari — Konvensiyaning 96-moddasida ularga tegishli ravishda koʻrsatib oʻtilgan maʼnolarni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) “tarif” atamasi — yoʻlovchilar, bagaj va yuklarni tashish uchun toʻlanadigan qiymatni hamda bu qiymatlarni qoʻllash shartlarini, jumladan, agentlik shartlarni va boshqa qoʻshimcha xizmatlar uchun toʻlanadigan haqlarni va shartlarni anglatadi. Pochta tashish haqi va shartlari bundan mustasnodir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
h) “kelishilgan qatnov”, “belgilangan yoʻnalishlar” atamalari — ushbu Bitimning ilovasida belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha muntazam havo qatnoviga tegishli ravishda anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) “toʻgʻri tranzit” atamasi Konvensiyaning 96-moddasida unga qaratilgan maʼnolarni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimning ilovasi mazkur Bitimning tarkibiy qismi hisoblanadi va boshqa maʼno koʻzda tutilmagan boʻlsa ushbu Bitimga murojaat etilgan barcha hollarda ilova ham nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Huquqlarning berilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Tomonga quyidagi huquqlarni boshqa Tomonning tayinlangan aviakorxonasi muntazam xalqaro havo qatnovini yoʻlga qoʻyishi uchun beradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlatining hududidan qoʻnmasdan uchib oʻtish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) aytib oʻtilgan hududda notijorat maqsadlarida qoʻnish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) xalqaro yoʻnalishdagi yoʻlovchilarni, yuklarni va pochtani olish va tushirish maqsadida ushbu Bitimga ilova qilingan yoʻnalishlar Jadvalida belgilangan manzillarda yuqorida qayd etilgan hududda qoʻnish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Bitimga ilova qilingan yoʻnalishlar Jadvalida koʻrsatilgan oraliqdagi va tashqaridagi manzillarda tijoriy huquqlardan foydalanish masalasi Tomonlarning tayinlangan aviakorxonalari oʻrtasida oʻtkaziladigan muzokaralar va ularning kelishuvi asosida hamda ularning vakolatli maʼmurlarining ruxsati bilan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Bitimning hech bir qoidasi bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga haq evaziga yoki yollanish yoʻli bilan boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlatining hududida bir manzildan ikkinchi bir manzilga olib borish uchun yoʻlovchilar, yuk va pochtani olish huquqini beradi degan sifatda koʻrilmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Harbiy harakatlar roʻy berayotgan va/yoki harbiylar tomonidan bosib olingan yoki ularning taʼsiri ostida boʻlgan hududlarda bunday qatnovni amalga oshirish uchun tegishli vakolatga ega boʻlgan maʼmurlarning ruxsati talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Tayinlash va ruxsatnoma berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha kelishilgan qatnovlarni amalga oshirish maqsadida boshqa Ahdlashuvchi Tomonni yozma ravishda xabardor qilgan holda bitta yoki bir nechta aviakorxonani tayinlash huquqiga, bunday tayinlashni bekor qilish yoki avvalgisining oʻrniga boshqasini tayinlash huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 1-bandda qayd etilgan tayinlash toʻgʻrisidagi xabarnomani olganlaridan soʻng boshqa Tomonning vakolatli maʼmurlari zarur boʻlgan ruxsatnomani ushbu Bitimning 3-va 4-moddalarining qoidalariga binoan tayinlangan aviakorxonaga kechiktirmasdan berishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bir Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari boshqa Ahdlashuvchi Tomon tarafidan tayinlangan aviakorxonasidan xalqaro havo qatnovlaridan foydalanish chogʻida Konvensiya qoidalariga muvofiq shunday maʼmurlar tomonidan odatda qoʻllaniladigan qonunlar va qoidalardan kelib chiqadigan shartlarni bajarishga qodir ekanligini isbotlovchi dalillarni talab qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ahdlashuvchi Tomonlardan har biri tayinlangan aviakorxonaga ustunlik qilish va uning ustidan haqiqiy nazorat oʻrnatish huquqi avikorxonani tayinlagan Ahdlashuvchi Tomonga yoki uning fuqarolariga qarashli ekanligini isbotlovchi dalillarga ega boʻlmagan har qanday holda yuqorida aytib oʻtilgan Ahdlashuvchi Tomon ushbu moddaning 2-bandida koʻrsatilgan parvozlar uchun ruxsatnomani berishni rad etishi yoki tayinlangan aviakorxonadan ushbu Bitimning 2-moddasida belgilangan huquqlardan foydalanishi chogʻida bajarilishi zarur deb hisoblangan shartlarni bajarishni talab qilish huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Bitimning 2-bandida esga olingan tegishli ruxsatni olgandan soʻng istalgan vaqtda tayinlangan aviakorxona ushbu Bitim 10-moddasining qoidalariga muvofiq belgilangan tariflar bunday xizmatlarga nisbatan kuchda qoladi degan shart bilan shartnoma xabaridan foydalana boshlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Toʻxtatib qoʻyish yoki bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomon tarafidan tayinlangan aviakorxonasi foydalanish ruxsatnomalarini bekor qilish yoki ushbu Bitimning 2-moddasida koʻrsatilgan huquqlardan foydalanishni toʻxtatib qoʻyish, yoxud bunday huquqlardan foydalanishda quyida keltirilgan, oʻzi zarur deb bilgan shartlarni bajarilishini talab qilish huquqiga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mazkur aviakorxonaga ustun darajada egalik qilish va uning ustidan haqiqiy nazorat oʻrnatish aviakorxonani tayinlagan Ahdlashuvchi Tomon yoki uning fuqarolariga qarashli ekanligiga komil ishonch boʻlmasa; yoxud,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bu aviakorxona huquqlarni beruvchi Ahdlashuvchi Tomonning qonun va/yoki qoidalariga rioya qilmayotgan holda; yoxud
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) aviakorxona biron bir boshqa tarzda ushbu Bitimning qoidalariga muvofiq harakat qilmagan holda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar, ruxsatnomalarni darhol bekor qilish, yoki toʻxtatib qoʻyish yoki ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan shartlarni bajarilishini talab qilish bundan buyon qonunlar va/yoki qoidalarni va yoki ushbu Bitim shartlarini buzishning oldini olish uchun zarur boʻlmasa, unda bunday huquqdan boshqa Ahdlashuvchi Tomon bilan maslahatlashishdan soʻnggina foydalaniladi. Bunday maslahatlashuvlar aviatsiya maʼmurlari oʻrtasida ularni oʻtkazish toʻgʻrisida talabnoma olingan kundan boshlab iloji boricha eng qisqa vaqt ichida oʻtkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Qonun va qoidalarning qoʻllanilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Tomon davlatining oʻz hududiga xalqaro parvozlarni bajaradigan havo kemalarining uchib kirishi yoki uchib ketishini hamda oʻz hududi ustida yoki uning doirasida bunday havo kemasidan foydalanishni va ularning navigatsiyasini tartibga soluvchi qonun va qoidalari boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasining havo kemasiga nisbatan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bir Ahdlashuvchi Tomon davlatning oʻz hududiga yoʻlovchilar, ekipaj aʼzolari, yuk yoki pochtaning uning hududiga kirishi, u yerda boʻlishini va u yerdan joʻnab ketishini tartibga soluvchi qonun va qoidalari, jumladan mamlakatga kirish-chiqish, emigratsiya va immigratsiya, bojxona, valyuta va sanitariya masalalariga taalluqli boʻlgan tartiblarini boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlagan aviakorxonasining havo kemasi tomonidan tashilayotgan yoʻlovchilar, ekipaj, yuk va pochtaga nisbatan yuqorida aytib oʻtilgan hudud doirasida boʻlishi chogʻida qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Har bir Tomon boshqa Tomonning iltimosiga binoan ushbu moddaga boʻlgan tegishli qonunlar va qoidalarning nusxasini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Har bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi tomonidan ishlab topilgan mablagʻlarni oʻtkazish boshqa Tomonning xorijiy valyutani tartibga soluvchi qoidalariga muvofiq xarajatlarni chiqarib tashlangandan soʻng amalga oshiriladi. Ushbu Bitimda koʻzda tutilgan qatnovlarni amalga oshirish orqali tayinlangan aviakorxona tomonidan ishlab topilgan mablagʻlarni oʻtkazishni soddalashtirish uchun har bir Tomonning aviatsiya maʼmurlari oʻz imkoniyatlari doirasida barcha choralarni koʻrishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Tijoriy faoliyat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi oʻzarolik asosida boshqa Tomonning hududida kelishilgan havo qatnovlarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan oʻzining texnik, tijoriy va maʼmuriy xodimlariga ega boʻlgan vakolatxona taʼsis etish huquqiga ega boʻladi. Bu xodimlar xohlagan Tomonning fuqarolaridan tayinlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bu xodimlarga boʻlgan ehtiyoj tayinlangan aviakorxonaning ixtiyoriga koʻra oʻz xodimlari bilan kifoyalanishi yoki boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududida amaliy faoliyatini olib borayotgan va shu boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududida shuning singari xizmatlarni amalga oshirish vakolatiga ega boʻlgan boshqa tashkilot, kompaniya yoki aviakorxonaning xizmatlaridan foydalanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vakillar va xodimlar ushbu hududda joriy etilgan qonun va qoidalarga amal qilishlari lozim va har bir Tomon oʻzarolik asosida ushbu moddaning 1-bandida aytib oʻtilgan vakillar va xodimlarga zarur boʻlgan ishlash uchun ruxsatnomalar, ish vizasi va barcha boshqa shu singari hujjatlarni eng kam muddat ichida taqdim etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Bojxona bojlari va boshqa soliqlarni toʻlashdan ozod qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xalqaro havo qatnovida foydalanilayotgan bir Ahdlashuvchi Tomon tayinlagan aviakorxonaning havo kemasi, shuningdek, ushbu Bitimda koʻzda tutilgan yoʻnalishlar boʻyicha qatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma olgan bir Ahdlashuvchi Tomonning aviakorxonasiga qarashli xalqaro havo kemasining sahnida saqlanayotgan yoqilgʻi zaxiralari, moylash ashyolari, boshqa texnik ehtiyojlari, ehtiyot qismlar, roʻyxat boʻyicha saqlanadigan jihozlar va oziq-ovqat bojxona bojlaridan, soliqlardan, nazorat soliqlaridan va boshqa shu singari davlat va milliy soliq va bojlardan boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududiga uchib kirish yoki yerdan uchib ketish chogʻida oʻzaro teng huquqlilik asosida ozod qilinadi, hatto bunday zaxiralar oʻsha hududning ustidan uchib oʻtish chogʻida ishlatilgan yoki isteʼmol qilingan taqdirda ham.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bir Ahdlashuvchi Tomon yoki uning fuqarolari tomonidan boshqa Tomonning hududiga faqatgina shu birinchi Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga qarashli havo kemasi tomonidan foydalanish uchun olib kirilgan yoqilgʻi, moylash ashyolari, texnik ehtiyojlari, ehtiyot qismlar, roʻyxat boʻyicha saqlanadigan jihozlar, va oziq- ovqat oʻzaro tenghuquqlik asosida bojxona bojlari, nazorat soliqlari va boshqa davlat va milliy soliq va bojlaridan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bir Tomon tayinlagan aviakorxonasining havo kemasi sahniga boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududida xalqaro havo qatnovida foydalanish uchun olingan yoqilgʻi, moylash ashyolari, boshqa texnik ehtiyojlar, ehtiyot qismlar, roʻyxatdagi mulk va oziq-ovqat bojxona bojlaridan, nazorat soliqlaridan va boshqa davlat va milliy soliqlar va bojlardan oʻzaro teng huquqlik asosida ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bir Tomon tayinlagan aviakorxonasining havo kemasi sahnida saqlanib turgan roʻyxatdagi jihozlar, hamda materiallar va boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududida faqatgina oʻsha boshqa Ahdlashuvchi Tomon bojxona maʼmurlarining roziligi bilan havo kemasidan tushirilishi mumkin. Bu holda, tushirilgan mollar ularni qaytarib olib chiqib ketilgunga yoki boshqa ularga nisbatan boshqa tayinlov boʻlmagunga qadar qayd etib oʻtilgan maʼmurlarning nazorati ostiga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududidan toʻgʻri tranzit orqali oʻtuvchi va tayyoragoh hududidan bu maqsad uchun ajratilgan joyni tark etmaydigan yoʻlovchilar, bagaj va yuklarga soddalashtirilgan nazorat qoʻllanadi. Toʻgʻri tranzit orqali oʻtayotgan bagaj va yuklar bojxona bojlari va boshqa soliqlardan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududiga boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi tomonidan foydalanish uchun olib kirilgan aviakompaniyaning belgisi tushirilgan rasmiy hujjatlar, bagaj yorliqlari, aviachiptalar, hisob-kitob qogʻozlari, chegara yorliqlari va jadvallar barcha bojxona bojlaridan va/yoki soliqlardan oʻzaro teng huquqlik asosida ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Aeroport vositalari va yigʻimlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz davlatining hududida boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi belgilangan yoʻnalishda foydalanishi uchun aeroport yoki aeroportlarni tayinlab berishi lozim va boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasini aloqa, aviatsiya va meteorologiya vositalari bilan taʼminlashi va kelishilgan qatnovlarni bajarishi uchun zarur boʻlgan boshqa xizmatlarni koʻrsatishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har bir Tomon boshqa Tomon tayinlagan aviakorxonasining havo kemasi aeroportlardan va havo kemalariga xizmat qiluvchi boshqa vositalardan foydalangani uchun haqqoniy va oqilona yigʻim undirishi mumkin va bunday yigʻimlar xumi shunday xalqaro qatnovda band boʻlgan oʻzining havo transporti tashuvchilari bunday aeroportlar va vositalardan foydalangani uchun toʻlaydigan toʻlovlardan yuqori boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Hajmlarni tartibga solish va jadvallarni tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning tayinlangan aviakorxonalariga belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha kelishilgan qatnovlarni amalga oshirishda teng imkoniyatga ega boʻlishlari uchun haqqoniy va teng sharoitlar yaratib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kelishilgan qatnovlarni amalga oshirishda har bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi ana shu yoʻnalishdan toʻla yoki uning bir qismidan foydalanayotgan boshqa Tomonning tayinlagan aviakorxonasining tashish ishlariga oʻrinsiz ziyon yetkazmaslik uchun uning manfaatlarini ham eʼtiborga olishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.Ahdlashuvchi Tomonlarning tayinlangan aviakorxonalari amalga oshirayotgan kelishilgan havo qatnovlari belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha tashishlarga boʻlgan ijtimoiy ehtiyojni qondirishi lozim va har bir tayinlangan aviakorxona oʻzining birinchi darajali vazifasi deb aviakorxonani tayinlagan Tomonning hududi va boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududi oʻrtasida yoʻlovchilar, yuk va pochtani tashishda, yuk bilan taʼminlashning mavjud va oqilona miqdor darajasi ehtiyojlariga javob beradigan hajmni taʼminlashni bilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kelishilgan qatnovlarda taʼminlanishi koʻzda tutilgan hajm, shuningdek parvozlar takroriyligi, hamda Ahdlashuvchi Tomonlarning tayinlangan aviakorxonasi tomonidan foydalaniladigan havo kemasining turi borasida tayinlangan aviakorxonalar oʻz takliflarini berishlari mumkin. Bunday takliflarni tayinlangan aviakorxonalar ushbu moddaning 1-, 2- va 3-bandlarida bayon etilgan tamoyillarni inobatga olgan holda tegishli maslahatlashuvlar va oʻzaro fikrlar bilan almashilgandan soʻng berishlari lozim. Yuqorida qayd etilgan hajm Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari tomonidan tasdiqlanganidan soʻng belgilanadi va kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agarda Ahdlashuvchi Tomonlarning tayinlangan aviakorxonalari oʻrtasida kelishmovchilik boʻlsa yuqoridagi 5-bandda koʻrsatilgan masalalar har ikki Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari oʻrtasida kelishuv orqali hal etiladi. Tomonlar bunday kelishuvga erishgunlariga qadar tayinlangan aviakorxonalar oʻrtasida kelishilgan hajm oʻzgarishsiz qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Har bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonalari belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha havo qatnovi boshlanishidan kamida 30 (oʻttiz) kun avval parvozlar jadvalini Tomonlarning aviatsiya maʼmurlariga tasdiqlash uchun taqdim etishlari lozim. Bunday talab keyingi boʻladigan oʻzgartirishlarga nisbatan ham qoʻllaniladi. Maxsus hollarda bu muddat yuqorida zikr etilgan maʼmurlarning roziligi bilan oʻzgartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Guvohnomalar va ruxsatnomalarni eʼtirof etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir Ahdlashuvchi Tomon bergan yoki haqiqiy deb tan olgan va kuchga ega boʻlgan uchishga yaroqlilik guvohnomalari, vakolatlari toʻgʻrisidagi guvohnomalar va ruxsatnomalarni ushbu Bitimda belgilangan yoʻnalishlar va qatnovlardan foydalanilishi maqsadlarida boshqa Ahdlashuvchi Tomon haqiqiy deb eʼtirof etadi, basharti bunday guvohnomalar va ruxsatnomalar berilishiga yoki haqiqiy deb eʼtirof etilishiga asos boʻlgan talablar Konvensiyaga muvofiq belgilangan eng kam talablar darajasiga teng yoki undan yuqori boʻlsa. Biroq har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz hududi ustidan parvoz qilish uchun uning fuqarolariga boshqa Ahdlashuvchi Tomon yoki biron-bir boshqa davlat bergan yoki haqiqiy deb topgan vakolatlari toʻgʻrisidagi guvohnomalar va ruxsatnomalarni eʼtirof etmaslik huquqini saqlab qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Aviatransport tariflari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning aviakorxonalari kelishilgan qatnovlar uchun qoʻllaydigan tariflar barcha tegishli omillarni — parvozni amalga oshirish xarajatlarini, foydaning oqilona miqdorini, tashish tavsifini va xuddi shu yoʻnalish yoki uning bir qismida muntazam qatnovlarni amalga oshirayotgan boshqa aviakorxonalarning tarif mezonlarini inobatga olib oqilona meʼyorda belgilanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu moddaning 1-bandida qayd etib oʻtilgan tariflar quyida keltirilgan qoidalarga muvofiq belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Agar Ahdlashuvchi Tomonlarning tayinlangan aviakorxonalari tariflarni belgilash mexanizmiga ega boʻlgan Xalqaro havo transporti uyushmasining aʼzosi boʻlsalar va kelishilgan qatnovlar uchun tarif belgilash toʻgʻrisida qaror mavjud boʻlsa, tariflar Ahdlashuvchi Tomonlarning tayinlangan aviakorxonalari tomonidan ana shunday qarorga muvofiq kelishib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Basharti, Ahdlashuvchi Tomonlar tayinlagan aviakorxonasidan biri yoki ikkovi (a)-bandida keltirib oʻtilgan Aviatransport uyushmasining aʼzosi boʻlmasa yoki tarif toʻgʻrisida qaror mavjud boʻlmasa, Ahdlashuvchi Tomonlar kelishilgan qatnovlarga nisbatan qoʻllaniladigan tariflar borasida oʻzaro ahdlashib oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) Yuqoridagi (a) va (b)-bandlariga muvofiq kelishilgan tariflar Tomonlar aviatsiya maʼmurlarining tasdigʻi uchun bu tariflarning amal qilishi yuzasidan taklif etilayotgan sanadan kamida 30 (oʻttiz) kun oldin taqdim etilishi lozim, biroq, mazkur maʼmurlar kelishuviga binoan bu muddat qisqartirilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Ahdlashuvchi Tomonlarning tayinlangan aviakorxonalari tarifni belgilash borasida kelisha olmasalar yoki Ahdlashuvchi Tomonlardan biri kelishilgan qatnovlarni amalga oshirish uchun aviakorxonani tayinlamagan boʻlsa yoxud ushbu bandning (s)-qismida koʻrsatilgan 30 (oʻttiz) kunlik muddatning birinchi 15-kuni davomida Tomonlardan birining aviatsiya maʼmurlari ushbu bandning (a) va (b)-qismlariga muvofiq tayinlangan aviakorxonalar oʻrtasida kelishilingan biron-bir tarif bilan rozi emasligi haqida boshqa Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlariga yozma ravishda xabar bersalar, Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari oʻzaro kelishuvga muvofiq tariflarni belgilashga harakat qiladilar. Umumiy qoida boʻyicha hech qaysi bir tarif Tomonlar aviatsiya maʼmurlarining ruxsatisiz qoʻllanilmaydi. Ammo, Ahdlashuvchi Tomonlardan birining aviatsiya maʼmurlari tayinlangan aviakorxonalar oʻrtasida kelishib olingan har qanday tarif borasida yuqorida qayd etilgan 15 kunlik muddat ichida oʻz noroziliklarini bildirmasalar tarif tasdiqlangan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu moddaning qoidalariga muvofiq belgilangan tariflar to yangi tariflar belgilanguniga qadar oʻz kuchini saqlab qolishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Aviatsiya xavfsizligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlar fuqaro aviatsiyasini gʻayriqonuniy aralashuvdan himoya qilish maqsadida xalqaro huquqlardan kelib chiqadigan oʻzlarining huquq va majburiyatlarini bir-birlariga tasdiqlaydilar. Ahdlashuvchi Tomonlar xalqaro huquqlar boʻyicha oʻz huquqlari va majburiyatlarining umumiy qoʻllanishini cheklamagan holda, Havo kemalarida sodir etiladigan jinoyatlar va boshqa harakatlar toʻgʻrisida 1963-yilning 14-sentabrida (23/06/1342) Tokioda imzolangan Konvensiya, Havo kemalarini noqonuniy ravishda tutqun qilib olishga qarshi kurashish toʻgʻrisida 1970-yilning 16-dekabrida (25/09/1349) Gaagada imzolangan Konvensiya, Fuqaro aviatsiyasi xavfsizligiga qarshi qaratilgan noqonuniy xatti-harakatlarga qarshi kurashish toʻgʻrisida 1971-yilning 23-sentabrida (01/07/1350) Monrealda imzolangan Konvensiya hamda Fuqaro aviatsiyasiga xizmat koʻrsatadigan xalqaro tayyoragoxlarda noqonuniy xatti-harakatlarga qarshi kurashish toʻgʻrisida 1988-yilning 24-fevralida (12/06/1366/) Monrealda imzolangan Bayonnoma qoidalariga muvofiq va kelgusida shu sohada ular tomonidan ratifikatsiya qilinishi mumkin boʻlgan barcha xalqaro hujjatlarning qoidalariga muvofiq harakat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonlar bir-birlarining iltimosiga koʻra havo kemalarini gʻayriqonuniy tutqun qilishning va havo kemalari, ularning yoʻlovchilari va ekipaj aʼzolariga, aeroportlar va qatnovni taʼminlash vositalariga xavf tugʻdiruvchi boshqa gʻayriqonuniy xatti- harakatlarning, shuningdek fuqaro aviatsiyasi xavfsizligiga tahdid solishning har qanday koʻrinishini bartaraf qilishda bir-birlariga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Tomonlarning oʻzaro munosabatlarida Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti tomonidan belgilangan va Xalqaro fuqaro aviatsiyasi toʻgʻrisida 1994-yilning 7-dekabrida (16/09/1323) imzolash uchun ochilgan Konvensiyaning ilovalari etib tavsiflangan Ahdlashuvchi Tomonlar aviatsiya xavfsizligi talablariga muvofiq ish koʻradilar. Har bir Ahdlashuvchi Tomon asosiy faoliyat joyi yoki doimiy turar joyi oʻz davlatlarining hududlarida joylashgan havo kemalarining foydalanuvchilaridan va oʻz hududlarida joylashgan xalqaro aeroportlarning foydalanuvchilaridan aviatsiya xavfsizligining qoidalariga muvofiq ish koʻrishlarini talab qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Har bir Ahdlashuvchi Tomon havo kemalaridan foydalanuvchilarga nisbatan boshqa Ahdlashuvchi Tomon havo kemasi uning davlati hududining chegaralariga kirib kelayotganida, undan chiqib ketayotganida yoki unda boʻlib turgan vaqtida ushbu moddaning 3-bandida koʻrsatilgan aviatsiya xavfsizligiga doir qoidalarga rioya etilishi maqsadida zarur talablarni qoʻyishi mumkin va havo kemalarini himoya qilish hamda yoʻlovchilarni, ekipajni, qoʻl yuklarini, bagajni, yuklarni, havo kemasidagi zaxiralarni yuk ortish va odamlarni oʻtkazish vaqtida yoki undan oldin tekshirish uchun oʻz hududi doirasida samarali chora-tadbirlar koʻrilishini taʼminlaydi. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Tomonning muayyan tahdidga qarshi maxsus xavfsizlik chora -tadbirlarini koʻrishga doir iltimoslarini ham xayrixohlik bilan koʻrib chiqishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qachonki, fuqaro havo kemasi tutqun qilib olinsa va/yoki uni tutqin qilish tahdidi mavjud boʻlsa yoxud havo kemasi, undagi yoʻlovchilar va ekipajga, aeroportlar va/yoki qatnovni taʼminlash vositalariga boshqa gʻayriqonuniy xatti-harakatlar orqali qilinsa, Ahdlashuvchi Tomonlar aloqani yengillatish orqali bir-birlariga turlicha koʻmak beradilar va bunday koʻngilsizlik yoki tahdidga jadal hamda beshikast barham berish uchun barcha zarur chora-tadbirlarni koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Statistik maʼlumotlarni taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari boshqa Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlarini ularning talablariga binoan oʻzining tayinlangan aviakorxonasi tomonidan boshqa Tomonning hududiga va hududidan kelishilgan qatnovlar orqali amalga oshirilayotgan tashuvlariga oid axborot va statistik maʼlumotlar bilan tayinlangan aviakorxona oʻzining milliy aviatsiya maʼmurlariga odatda tayyorlab etadigan usulda taʼminlashi lozim. Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari boshqa Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlaridan talab qilishi mumkin boʻlgan tashuvlarga oid har qanday qoʻshimcha statistik maʼlumotlarni etish masalasi ikki Ahdlashuvchi Tomon oʻrtasida oʻzaro muhokama qilinishi va kelishib olinishi lozim boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Maslahatlashuvlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitim qoidalarini kerakli darajada bajarish uchun Ahdlashuvchi Tomonlar bir-birlari bilan oʻzlarining aviatsiya maʼmurlari orqali hamkorlik qilishlari lozim va shu maqsadda har bir Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari istalgan vaqtda boshqa Tomonning aviatsiya maʼmurlari bilan maslahatlashuvlar oʻtkazilishini talab qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Maslahatlashuvlar har bir Aldashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlaridan maslahatlashuvlar oʻtkazish toʻgʻrisida talabnoma olgan kundan boshlab 60 (oltmish) kunlik muddat ichida boshlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Tomonlardan har biri ushbu Bitimning biron-bir qoidasiga oʻzgartirish yoki qoʻshimcha kiritishni oʻzi zarur deb bilgan maslahatlashuvlarni istagan vaqtida talab qilishi mumkin va bu holda Ahdlashuvchi Tomonlar bu borada talab tushgan kundan boshlab 60 (oltmish) kun ichida oʻtkazishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15- modda
Oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlar tomonidan kelishib olingan ushbu Bitimga kiritiladigan har bir oʻzgartish ushbu Bitimning 14-moddasiga muvofiq oʻtkazilgan maslahatlashuvlardan soʻng ushbu Bitim 20-moddasining 1-bandiga muvofiq kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Bitimning ilovasiga kiritiladigan har bir oʻzgartish va qoʻshimcha Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari oʻrtasida bevosita kelishib olinishi mumkin va Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzaro belgilab olgan sanadan eʼtiboran kuchga kiradi va diplomatik notalar bilan almashish yoʻli orqali tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Tomonlar ishtirokida havo transportiga oid biron-bir koʻp Tomonlama Konvensiya tuzilgan holda ushbu Bitim ana shu Konvensiyaga muvofiq boʻlishi maqsadida oʻzgartiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16- modda
Bahslarni hal qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitim yoki uning ilovalarini qoʻllash yoki talqin qilishda Tomonlar oʻrtasida kelib chiqadigan har qanday bahsni Ahdlashuvchi Tomonlar birinchi navbatda muzokaralar orqali hal qilishga intilishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agarda Ahdlashuvchi Tomonlar muzokaralar yoʻli bilan bir murosaga kela olmasalar, u holda ular bu bahsni hal etishni bir shaxsga yoki tashkilotga maslahat uchun topshirishga rozilik berishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agarda Ahdlashuvchi Tomonlar yuqorida keltirilgan 1 va 2-bandlarning qoidalariga muvofiq ravishda kelisha olmasalar, bu bahs Ahdlashuvchi Tomonlardan istalgan birining talabiga binoan har bir Ahdlashuvchi Tomon bittadan tayinlaydigan ikki hakam va uchinchi hakamdan iborat hakamlar sudiga oʻzining tegishli qonunlari va qoidalariga muvofiq topshirilishi mumkin. Bahs arbitraj sudida koʻrib chiqish uchun topshirilgan boʻlsa, Ahdlashuvchi Tomonlardan har biri bahsni hakamlikda hal qilish toʻgʻrisidagi talabni olgan kundan eʼtiboran 60 (oltmish) kun ichida oʻz hakamini tayinlashi lozim va uchinchi hakam esa har ikki hakamdan oxirgisi tayinlangan kundan eʼtiboran keyingi 60 (oltmish) kun ichida tayinlanadi. Basharti, Tomonlardan biri belgilangan muddat ichida oʻz hakamini tayinlay olmasa yoki tayinlangan hakamlar uchinchi hakamni yuqorida koʻrsatilgan muddat ichida tayinlay olmasalar, Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti Kengashining Prezidenti Tomonlardan istalgan birining iltimosiga koʻra zaruriyatga qarab hakamni yoki hakamlarni tayinlashi mumkin. Bunday holda uchinchi hakam har ikkala Tomon bilan aynan oʻsha tayinlash vaqtida diplomatik aloqalarga ega boʻlgan davlatning fuqarosi boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Basharti, Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti Kengashining Prezidenti mazkur hakamni tayinlash vazifasini bajarish vakolatiga ega boʻlmasa, agarda, Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti Kengashining Prezidenti Tomonlardan birining fuqarosi boʻlsa, u holda hakamlarni tayinlash vazifasi Vitse-prezidentga yuklanadi, lekin Vitse-prezident ham bunday vazifani bajarish vakolatiga ega boʻlmasa yoki Tomonlardan birining fuqarosi boʻlsa, hakamlarni tayinlash Kengashning katta aʼzosi tomonidan bajariladi, basharti u Tomonlardan hech qaysi birining fuqarosi boʻlmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida kelishib olingan qoidalarga koʻra hakamlar sudi oʻz ish protseduralarini va hakamlik qilish joyini oʻzi belgilab oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ahdlashuvchi Tomonlar hakamlar sudini chiqargan har qanday qarorlarini bajarish majburiyatini oʻz zimmalariga oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Hakamlar sudining xarajatlari, shuningdek hakamlarga sarflanadigan mablagʻlar va xarajatlar Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida teng boʻlinadi. Kengash tomonidan uchinchi hakamni tayinlash va/yoki ushbu moddaning 3-bandiga muvofiq hakamni tayinlay olmagan Tomonning hakamini tayinlab berish bilan bogʻliq boʻlgan barcha chiqimlar hakamlar sudi xarajatlarining bir qismi boʻlib hisoblanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17- modda
Roʻyxatga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim hamda uning ilova(lari)si va ularga kiritiladigan barcha oʻzgartirishlar Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotida roʻyxatga olinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18- modda
Koʻp tomonlama bitimlar va konvensiyalar bilan muvofiqligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har ikki Tomonga ishtirokida havo transporti toʻgʻrisida koʻptomonlama Bitim yoki Konvensiya kuchga kirgan boʻlsa ushbu Bitim va uning ilova(lari) 15-moddaga koʻra maslahatlashishlar orqali ushbu Bitim va uning ilova (lari) bunday Bitim yoki Konvensiya qoidalariga muvofiq boʻlishi maqsadida oʻzgartiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19- modda
Amal qilishni toʻxtatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomon istalgan vaqtda boshqa Ahdlashuvchi Tomonga ushbu Bitimning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi oʻz qarorini yozma xabarnoma orqali yuborishi mumkin. shunday xabarnoma bir vaqtning oʻzida Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotiga ham yuborilishi lozim. Bu holda boshqa Ahdlashuvchi Tomon bunday xabarnomani olgan sanadan boshlab oʻn ikki (12) oy oʻtganidan soʻng, agar Bitimning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi xabarnoma bu muddat tugaguniga qadar oʻzaro rozilik boʻyicha qaytarib olinmasa, Bitimning amal qilishi toʻxtatiladi. Basharti, boshqa Ahdlashuvchi Tomon xabarnoma olganining tasdigʻi boʻlmasa, Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti xabarnoma olganidan soʻng oʻn toʻrt (14) kun oʻtgach boshqa Tomonning tasdigʻi olingan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda
Kuchga kirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim cheklanmagan muddatga amal qilish uchun tuziladi va har bir Tomonning oʻz qonun hamda qoidalariga muvofiq ushbu Bitimning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki talablarini bajarganliklari toʻgʻrisida diplomatik kanallar orqali kelgan oxirgi xabarnoma olingan sanadan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbuni tasdiqlab, oʻzlarining tegishli hukumatlari tarafidan tegishlicha vakolatlangan quyida imzo chekuvchilar bitta muqaddima, yigirmata (20) modda va bir ilovadan iborat boʻlgan ushbu Bitimni imzoladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida 2001-yil 17-avgustda, hijriy 26 moʻrdod 1380da ikki nusxada, oʻzbek, fors va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Matnda tafovutlar boʻlgan hollarda ingliz tilidagi matn ustuvor kuchga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Ilova‎‎

YOʻNALIShLAR JADVALI

‎‎1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining tayinlangan aviakorxonasi tomonidan havo qatnovlarini amalga oshirish uchun belgilangan yoʻnalishlar:

Joʻnab ketish
‎manzillari

Oraliqdagi
‎manzillari‎

Moʻljallangan
‎manzillari‎

Tashqaridagi
‎manzillari‎

Toshkent‎

keyinchalik
‎belgilanadi‎

Tehron‎

Bahrayn va
‎keyinchalik
‎ belgilanadigan
‎ikkita qoʻshimcha
‎manzil‎

‎‎2. Eron Islom Respublikasining tayinlangan aviakorxonasi tomonidan havo qatnovlarini amalga oshirish uchun belgilangan yoʻnalishlar:

Joʻnab ketish‎
‎‎manzillari‎

Oraliqdagi
‎‎manzillari‎ ‎

Moʻljallangan ‎
‎manzillar�‎ ‎

Tashqaridagi ‎
‎manzillari‎ ‎

‎Tehron‎

Ashxobod‎

Toshkent‎

Olma-Ota,
‎Seul,
‎Shanxay ‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eslatmalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir tayinlangan aviakorxona oraliqdagi manzillardan va ushbu Bitimning ilovasida belgilangan tashqaridagi manzillardan foydalanishi mumkin, faqat shu shart bilanki, bu manzillar va boshqa Ahdlashuvchi Tomonning davlati hududi oʻrtasida havo erkinligining beshinchi tijorat huquqlaridan foydalanmasa, agarda bu borada ikki Ahdlashuvchi Tomon tayinlangan aviakorxonalarning tavsiyalariga asoslanib tuzilgan kelishuvi kuchga kirmagan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tayinlangan aviakorxonalar oʻz ixtiyoriga koʻra har qanday belgilangan yoʻnalishdagi oraliq manzillarini va tashqaridagi manzillarni bir yoki barcha parvozlari chogʻida tushirib qoldirishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Parvozlar takroriyligi va tayinlangan aviakorxonalarning havo kemalari turlari borasidagi tayinlangan aviakorxonalarning oʻzaro kelishuvi Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlariga tasdiqlash uchun taqdim etilishi lozim.