Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
HUKUMATLARARO BITIMNI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2001-yil 17-avgustda Toshkent shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati oʻrtasida havo qatnovi toʻgʻrisida Bitim tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Isayev, tashqi ishlar vaziri A.X. Komilov hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu Bitimda nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 28-sentabr,
394-son