OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining “Budjet tashkilotlari daromadlari va xarajatlarining buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻini, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 13-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1828-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 142-modda) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-noyabrdagi 553-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1992-y., 12-son, 37-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi haqidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2008-yil 6-maydagi 48-son “Budjet tashkilotlari daromadlari va xarajatlarining buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1828, 2008-yil 18-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 24-25-son, 242-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 24-sentabrdagi 93-son “Budjet tashkilotlari daromadlari va xarajatlarining buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1828-1, 2009-yil 8-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 41-son, 445-modda).
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 5-oktabr,
75-son
Kelishilgan:
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
2012-yil 5-oktabr
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
2012-yil 5-oktabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 46-47-son, 526-modda)