OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
BUYRUGʻI
BUDJET TAShKILOTLARI DAROMADLARI VA XARAJATLARINING BUXGALTERIYA HISOBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 8-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1828-1]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2012-yil 5-oktabrdagi 75-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining “Budjet tashkilotlari daromadlari va xarajatlarining buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻini, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1828-2, 13.11.2012-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-noyabrdagi PQ-1005-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining insonparvarlik yordami hamda texnik koʻmaklashish vositalaridan maqsadli foydalanishni muvofiqlashtirish, hisobga olish va nazorat qilish Departamentini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 48-son, 472-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi 102-sonli “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 15-son, 186-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2008-yil 6-maydagi 48-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1828, 2008-yil 18-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 24-25-son, 242-modda) bilan tasdiqlangan “Budjet tashkilotlari daromadlari va xarajatlarining buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 24-sentabr,
93-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2009-yil 24-sentabrdagi 93-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Budjet tashkilotlari daromadlari va xarajatlarining buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 6-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“budjet tashkiloti balansida boʻlgan davlat mulkini ijaraga berishdan qonun hujjatlariga muvofiq olingan mablagʻlarning bir qismi”;
2. 29-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“29. Budjet tashkilotlari tomonidan vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni va davlatning boshqa mol-mulklarini boshqa tashkilotlarga ijaraga berish qonunchilikka muvofiq tartibga solinadi”.
3. 30-bandning birinchi xatboshisidagi “ijara shartnomasida belgilangan summaning” soʻzlaridan keyin “(budjet tashkilotining ulushiga)” soʻzlari qoʻshilsin.
4. 31 va 32-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“31. Ijara toʻlovi kelib tushganda:
114 “Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamgʻarmasining budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻi” subhisobvaraq debeti boʻyicha;
178 “Turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar” subhisobvaraq krediti boʻyicha.
32. Bir vaqtning oʻzida tushgan ijara toʻlovi summasiga:
401 “Hisoblangan, lekin hisob raqamga tushmagan daromadlar” subhisobvaraq debeti boʻyicha;
400 “Budjetdan tashqari daromadlar va tushumlar” subhisobvaraq krediti boʻyicha.”.
5. 34-bandning birinchi xatboshidagi “homiylik (begʻaraz) yordam” soʻzlaridan keyin “shuningdek, olingan insonparvarlik yordami, texnik koʻmaklashish vositalari hamda grant koʻrinishidagi mablagʻlar” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
6. 77-banddagi “2010-yilning 1-yanvariga qadar” soʻzlari “yuqorida koʻrsatilgan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorida belgilangan muddatga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
2009-yil 24-sentabr
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
2009-yil 24-sentabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 41-son, 445-modda)