01.11.2002 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATI BILAN BELGIYA QIROLLIGI HUKUMATI OʻRTASIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim

BOJXONA IShLARIDA OʻZARO MAʼMURIY KOʻMAKLAShUV TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Belgiya Qirolligi Hukumati, bundan keyin “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona qonunlarining buzilishi ular mamlakatlarining iqtisodiy va tijorat manfaatlariga ziyon keltirishini eʼtiborga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona bojlari va boshqa soliqlarning aniq belgilanishi hamda cheklash, taqiqlash va nazorat qilishga oid chora-tadbirlarning toʻgʻri qoʻllanishini taʼminlash muhimligini hisobga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ularning bojxona qonunlarini qoʻllanishini taʼminlashga oid ishlarda xalqaro hamkorlik oʻrnatish zarurligini tan olgan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona qonunlarini buzilishini oldini olishga qaratilgan saʼyi-harakatlar ularning bojxona organlari yaqindan hamkorlik olib borgan taqdirda yanada samaraliroq boʻlishi mumkinligiga qatʼiy ishonib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona Hamkorligi Kengashining tegishli hujjatlari, jumladan 1953-yil 5-dekabrdagi Oʻzaro maʼmuriy koʻmaklashuv boʻyicha tavsiyanomasini eʼtiborga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shuningdek ayrim tovarlarga nisbatan qoʻllaniladigan taqiqlash, cheklash va qisman nazorat qilishga oid chora-tadbirlar boʻyicha tuzilgan xalqaro konvensiyalarni eʼtiborga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼriflar
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim maqsadlari uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “bojxona organi” atamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi uchun: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgiya Qirolligi uchun: Moliya vazirligining Bojxona va aksiz maʼmuriyatini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “bojxona qonunlari” atamasi — mollarning import, eksport va tranziti, shuningdek bojxona bojlari yoki boshqa yigʻim va soliqlar, shu bilan birga taqiq, cheklov, nazorat qilish boʻyicha chora-tadbirlarga oid bojxona organlari tomonidan qoʻllaniladigan qonun va qoidalarni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “bojxona qonunbuzarligi” atamasi — bojxona qonunlarining har qanday buzilishi yoki buzishga urinishni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “shaxs” atamasi — jismoniy yoki yuridik shaxsni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “shaxsiy maʼlumotlar” atamasi — aniqlangan yoki aniqlanayotgan jismoniy shaxsga tegishli maʼlumotlarni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “axborot” atamasi — har qanday maʼlumotlar, hujjatlar, hisobotlar yoki ularning tasdiqlangan yoki asliga toʻgʻri nusxalari yoxud boshqa xabarlarni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “maʼlumotlar” atamasi — bojxona qonunbuzarligi alomatlarini aniqlash uchun ishlab chiqilgan va/yoki tahlil qilingan axborotlarni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “soʻrayotgan maʼmuriyat” atamasi — yordam soʻrayotgan bojxona organini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “soʻralayotgan maʼmuriyat” atamasi — yordam soʻralayotgan bojxona organini anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “bojxona bojlari va soliqlari” atamasi bojxona bojlarini va tovarlarni import yoki eksport qilishda yoxud ular bilan bogʻliq undiriladigan boshqa bojlar, soliqlar yoki yigʻimlarni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻllaniladigan sohalar
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzlarining bojxona organlari orqali, bojxona qonunlarining har qanday buzilishlarini oldini olish, tekshirish va jazolash maqsadida bir-birlariga yordam koʻrsatadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Bitim doirasidagi barcha koʻmaklashuvlar, shuningdek bojxona organining soʻroviga binoan, bojxona organi tomonidan bojxona bojlari va boshqa soliqlar aniq hisoblanishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan axborotni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Har bir Ahdlashuvchi Tomon, koʻmaklashuvni oʻz huquqiy va maʼmuriy qoidalariga muvofiq, shuningdek oʻz bojxona organining vakolati doirasida va mavjud mablagʻlariga muvofiq amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Soʻralayotgan organ soʻrov boʻyicha, ushbu Ahdlashuvchi Tomonda qoʻllaniladigan bojxona qonun va tartiblari haqidagi hamda bojxona qonunlarining buzilishi bilan bogʻliq boʻlgan soʻrovlarga tegishli barcha axborotlarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har bir bojxona organi oʻz tashabbusi bilan yoki soʻrov boʻyicha, quyidagi masalalarga oid barcha foydalansa boʻladigan axborotlarni yetkazadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) samaradorligi tasdiqlangan, bojxona qonunlari buzilishiga qarshi kurashning yangi usullari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bojxona qonunbuzarligi sodir etilishining yangi yoʻnalishlari, vositalari yoki uslublari haqida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻmaklashuvning alohida holatlari
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻralayotgan organ soʻrov boʻyicha, soʻrayotgan organga quyidagi axborotni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) maʼlumot soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon davlatining hududiga maʼlumot soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon davlati hududidan olib kirilayotgan tovar haqiqatan qonuniy eksport qilinganmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) maʼlumot soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon davlat hududidan maʼlumot soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon davlati hududiga olib chiqilayotgan tovar haqiqatan qonuniy import qilinganmi, shuningdek bu mollarga qoʻllaniladigan bojxona tartibi haqida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻralayotgan organ soʻrov boʻyicha, axborot va maʼlumotlarni taqdim etadi hamda quyidagilarni alohida kuzatuv ostiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonga, bojxona qonunlarini buzgan yoki ushbu qonunbuzarlikni sodir etishda shubha qilinayotganligi maʼlum boʻlgan shaxslarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonning bildiruviga koʻra, uning bojxona hududida va tashqarida noqonuniy aylanuvda yoki shubha ostida boʻlgan tovarlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) soʻrayotgan Tomon davlatining hududida, bojxona qonunlarini buzish uchun foydalanishda shubha qilinayotgan transport vositalarini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bojxona organlari soʻrov boʻyicha yoki oʻz tashabbusi bilan, bojxona qonunlarini buzgan holda amalga oshirilgan yoki amalga oshirilganlikda gumon qilinayotgan, tugallangan yoki rejalashtirilayotgan til biriktiruvlar haqidagi axborot va maʼlumotlarni bir-birlariga taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlardan birining iqtisodiga, jamiyat sogʻligʻi, jamiyat xavfsizligi yoki boshqa oʻta muhim hayotiy manfaatlarga katta zarar yetkazilishi mumkin boʻlgan jiddiy hollarda boshqa Tomonning bojxona organi oʻz tashabbusi hamda zudlik bilan axborot va maʼlumotlarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot va maʼlumotlar
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Basharti xat-hujjatlar toʻplami, hujjatlar va boshqa ish qogʻozlarining nusxalari yetarli boʻlmasa — ularning asl nusxalari soʻrab olinadi. Agar yuqoridagi hujjatlarning asl nusxalarini yuborish mumkin boʻlmasa — soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonga ularning tasdiqlangan va asliga toʻgʻri nusxalari taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xat-hujjatlar toʻplami, hujjatlar va boshqa ish qogʻozlarining asl nusxalari, soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon yoki istalgan boshqa uchinchi tomonning ushbu hujjatlarga boʻlgan huquqini buzmagan holda topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shunday yoʻl bilan yuborilgan xat-hujjatlar toʻplami, hujjatlar va boshqa ish qogʻozlari iloji boricha tezlik bilan qaytarib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Bitim doirasida ayirboshlanadigan har qaysi axborot va maʼlumotlarga ularni izohlash va foydalanish boʻyicha tegishli maʼlumotlar ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertlar va guvohlar
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir Ahdlashuvchi Tomonning bojxona organlari soʻrov boʻyicha, oʻz mansabdor shaxslarini sudda yoki maʼmuriy idoralar oldida, boshqa Tomon hududida guvoh sifatida chiqishlari uchun vakolat berishlari hamda ish yuritish uchun muhim hisoblangan xat - hujjatlar toʻplami, hujjatlar va boshqa ish qogʻozlarini yoki ularning tasdiqlangan, asliga toʻgʻri nusxalarini etishlari mumkin. Bunday mansabdor shaxslar oʻz vakolatlari doirasida xizmat vazifalarini bajarish davomida aniqlangan dalillar yuzasidan guvohlik maʼlumotlarini beradilar. Sudga kelish uchun yuborilgan rasmiy soʻrovda, inter alia, ushbu mansabdor shaxs qaysi ish yuzasidan va kim sifatida chaqirilayotgani aniq koʻrsatilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrovlarning bajarilishi
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar soʻralayotgan organ talab qilinayotgan axborotga ega boʻlmasa — bu organ oʻzining milliy huquqiy va maʼmuriy qoidalariga muvofiq quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) shunday axborot olish uchun soʻrovlar yuboradi yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) soʻrovni zudlik bilan vakolatli organ joʻnatadi yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) qaysi vakolatli organ ushbu masalalar bilan bevosita shugʻullanishini koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Soʻrayotgan organ tomonidan maxsus tayinlangan mansabdor shaxslar yozma soʻrov boʻyicha soʻralayotgan organning ruxsati bilan va uning qoʻyilish mumkin boʻlgan shartlariga rioya qilgan holda, bojxona qonunlarini buzilishini tekshirish maqsadida, quyidagi ishlarni amalga oshirishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) soʻralayotgan organning idoralarida ushbu bojxona qonunlari buzilishiga oid axborotni topish uchun, bu yerda mavjud boʻlgan hujjatlar, hujjatlar toʻplami va boshqa tegishli maʼlumotlarni qiyoslab oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ushbu bojxona qonunbuzarligiga oid hujjatlar, hujjatlar toʻplami va boshqa tegishli axborotlardan nusxa koʻchirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) soʻralayotgan organ tomonidan uning davlati hududida oʻtkaziladigan soʻroqda ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Soʻrayotgan organning mansabdor shaxslari, ushbu moddaning 1-bandida koʻzda tutilgan hollarda, boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlatining hududida boʻlganlarida har doim oʻz rasmiy vakolatlari toʻgʻrisida dalil-isbot keltirishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ular bu yerda boshqa Ahdlashuvchi Tomonning mansabdor shaxslariga nisbatan qoʻllaniladigan himoya va yordamdan uning hududida amaldagi qonun va qoidalariga muvofiq foydalanadilar hamda ular qonunbuzarlik hollarini sodir etsalar javobgarlikka tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborotning maxfiyligi
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitimga muvofiq, maʼmuriy yordam doirasida olingan har qanday axborot yoki maʼlumotlardan faqat bojxona organlari ushbu Bitim maqsadlarida foydalanadilar. Istisno tariqasida, bunday axborotni taqdim etgan Ahdlashuvchi Tomonning roziligi bilan ushbu maʼlumotlardan oʻzga maqsadlarda yoki boshqa organlar tomonidan foydalanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Bitim doirasida olingan har qanday axborot va maʼlumotlarga nisbatan ham ularni taqdim etgan Tomonning milliy qonunlarida koʻzda tutilgan, himoya vositalari va maxfiylik chora-tadbirlari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Istisnolar
12-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitim doirasida koʻrsatiladigan yordam, ikki Tomonlardan birining suvereniteti, xavfsizligi, jamoat tartibiga yoki boshqa muhim milliy manfaatlariga ziyon keltirsa yoxud sanoat, tijorat yoki kasbiy sirlarni inkor boʻlishiga olib kelsa yoki ushbu Tomon qoʻllaydigan huquqiy va maʼmuriy qoidalarga zid kelsa, koʻmaklashuvdan voz kechish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar soʻrayotgan organ soʻralayotgan organdan shunga oʻxshash soʻrov olgan taqdirda ham yordam koʻrsata olmasa, bu tomon oʻz soʻrovida ushbu holga eʼtiborni qaratmogʻi lozim. Bunday soʻrovni qondirish soʻralayotgan organ ixtiyoriga havola etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Soʻralayotgan organ, olib borilayotgan tergov, jazolash ishlari yoki sud jarayoniga toʻsqinlik qilmaslik maqsadida, koʻmaklashuv toʻgʻrisidagi soʻrovni bajarishini kechiktirishi mumkin. Bunday hollarda soʻralayotgan organ soʻrayotgan organ bilan maslahatlashib, soʻralayotgan organ soʻrovi asosida maʼlum bir shartlar va muddatlarda koʻmaklasha olishi mumkinligini bildiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar koʻmaklashuv toʻgʻrisidagi soʻrov bajara olinmasa, Ahdlashuvchi Tomon zudlik bilan ishning keyingi rivoji uchun muhim ahamiyatga ega boʻlishi mumkin boʻlgan buning sabablari va holatlari toʻgʻrisida xabardor etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻmaklashuv toʻgʻrisidagi soʻrovlarning shakli va mazmuni
13-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yordam toʻgʻrisidagi soʻrovlar ushbu Bitimga muvofiq, yozma ravishda yuboriladi hamda ularga boshqa kerakli hujjatlar ilova qilinadi. Zarurat yuzasidan soʻrovlar ogʻzaki tarzda ham qabul qilinishi mumkin. Bunday soʻrovlar eng qisqa muddat ichida yozma ravishda tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu moddaning 1-bandida koʻzda tutilgan soʻrov quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) soʻrov yuborayotgan bojxona organi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ish yuritish xususiyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) soʻrov mavzui va sababi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) agar maʼlum boʻlsa, ishga jalb qilingan tomonlarning nomlari va manzilgohlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) koʻrilayotgan ishning qisqa tavsifi va unga daxldor huquqiy qonun-qoidalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Bitimga muvofiq barcha yozishmalar ingliz tilida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sarf-xarajatlar
14-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bojxona organlari, davlat xizmatchilari boʻlmagan guvohlar, ekspertlar va tarjimonlarning mehnatiga haq toʻlash bilan bogʻliq xarajatlardan tashqari, ushbu Bitim shartlarini bajarishga sarflangan xarajatlarni qoplash toʻgʻrisidagi barcha talablardan voz kechadilar. Shu munosabat bilan, xarajatlar faqat soʻrayotgan tomon bilan dastlabki kelishuvga muvofiq koʻzda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Basharti, soʻrovni bajarish uchun koʻp miqdorda safar-xarajatlar talab etilsa, Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu soʻrovni ijro etish shartlarini belgilab olish hamda xarajatlarning qay yoʻsinda qoplanishi toʻgʻrisida maslahatlashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Bitimning 8-moddasi va 10-moddaning 1-bandini bajarish bilan bogʻliq xarajatlarni soʻrayotgan Tomon qoplaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitimning bajarilishi
15-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bojxona organlari, oʻzaro yordam ushbu maqsadlarni koʻzlab tayinlangan mansabdor shaxslarning bevosita aloqa oʻrnatishlari orqali amalga oshirilishining chora-tadbirlarini koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bojxona organlari, ushbu Bitimning bajarilishiga koʻmak berish maqsadida qoʻllaniladigan chora-tadbirlar yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bojxona organlari, ushbu Bitimning talqin qilinishi va amalga oshirilishi davomida kelib chiqadigan munozarali masalalarni ikki tomonning roziligi bilan hal qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻz yechimini topmagan kelishmovchiliklar diplomatik kanallar orqali hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Bitimga Ahdlashuvchi Tomonlarning oʻzaro kelishuviga koʻra ushbu Bitimning ajralmas qismi hisoblangan alohida Bayonnomalar orqali oʻzgartish va toʻldirishlar kiritilishi mumkin. Bunday oʻzgartish va toʻldirishlar ushbu Bitimda koʻrsatilgan qoidalarga muvofiq kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻllash
16-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitim Tomonlarning ularning milliy huquqiy va maʼmuriy qoidalariga muvofiq belgilangan bojxona hududlarida qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organi tomonidan Belgiya bojxona organiga yuboriladigan, Hamjamiyatni qiziqtiradigan bojxona qonunbuzarliklariga oid har qanday axborot, Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organini oldindan xabardor etgan holda, Evropa Hayʼatiga Belgiya Qirolligi tomonidan tez fursatda yetkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuchga kirishi va toʻxtatilishi
17-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitim, Ahdlashuvchi Tomonlar uning kuchga kirishi uchun ichki huquqiy talablarning bajarilganligi toʻgʻrisida diplomatik vositalar orqali yozma ravishda bir-birlariga xabar berganlaridan soʻng, uchinchi oyning birinchi kunida kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bojxona organlari ushbu Bitimni qayta koʻrib chiqish maqsadida, Ahdlashuvchi Tomonlardan birining soʻroviga binoan yoki u kuchga kirgan sanadan boshlab besh yil muddat oʻtgach uchrashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitim noaniq muddatga tuzilgan, biroq istalgan Ahdlashuvchi Tomon xohlagan vaqtda ushbu Bitim amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi yozma xabarnomasini diplomatik kanallar orqali yuborib, uni amal qilishini toʻxtatishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bitim amal qilinishining toʻxtatilishi, boshqa Ahdlashuvchi Tomonga uning bekor qilinishi toʻgʻrisidagi xabarnoma joʻnatilgach, olti oydan soʻng kuchga kiradi. Ushbu Bitim amal qilishi toʻxtatilgan paytda tugallanmagan ishlar uning shartlariga muvofiq oxiriga yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbuni tasdiqlab, quyida imzo chekuvchilar, oʻz hukumatlari tomonidan tegishli tartibda vakolatlanganlar ushbu Bitimni imzoladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida 2002-yil 1-noyabrda ikki nusxada oʻzbek, fransuz, golland va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha toʻrt matn bir xilda autentikdir. Ushbu Bitim qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, ingliz tilidagi matn ustuvor boʻladi.

(imzolar)