Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
HUKUMATLARARO BITIMLARNI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Tasdiqlansin:
2002-yil 21-oktabrda Toshkent shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Polsha Respublikasi Hukumati oʻrtasida uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim;
2002-yil 28-oktabrda Budapesht shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Vengriya Respublikasi Hukumati oʻrtasida investitsiyalarni ragʻbatlantirish va oʻzaro himoya qilish toʻgʻrisidagi Bitim;
2002-yil 28-oktabrda Budapesht shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Vengriya Respublikasi Hukumati oʻrtasida yoʻlovchilar va yuklarni atomobilda xalqaro tashish toʻgʻrisidagi Bitim;
2002-yil 1-noyabrda Toshkent shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Belgiya Qirolligi Hukumati oʻrtasida bojxona ishlarida oʻzaro maʼmuriy yordam koʻmaklashuv toʻgʻrisidagi Bitim;
2002-yil 6-noyabrda Toshkent shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Fransiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida fuqaro xavfsizligi, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov, E.M. Gʻaniyev va Tashqi ishlar vaziri A.X. Kamilov zimmasiga mazkur bitimlarda nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 20-noyabr.,
400-son