14.06.2000 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BILAN AVSTRIYA RESPUBLIKASI OʻRTASIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konvensiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IKKI YoQLAMA SOLIQQA TORTIShNING OLDINI OLISh HAMDA DAROMAD VA MOL-MULK SOLIQLARINI TOʻLAShDAN BOSh TORTIShNI BARTARAF QILISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Avstriya Respublikasi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki yoqlama soliqqa tortishning oldini olish hamda daromad va mol-mulk soliqlarini toʻlashdan bosh tortishni bartaraf qilish toʻgʻrisida Konvensiya tuzish istagini bildirib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Shaxslarga nisbatan qoʻllash sohasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Konvensiya Ahdlashuvchi Davlatlarning biri yoki har ikkalasining rezidenti boʻlgan shaxslarga nisbatan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Tatbiq etiladigan soliqlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) Ushbu Konvensiya Ahdlashuvchi Davlat yoki uning mahalliy hokimiyatlari nomidan olinadigan daromad, foyda va mol-mulk soliqlariga nisbatan, ularni undirish uslubidan qatʼi nazar, qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) Umumiy daromaddan, umumiy mol-mulkdan yoxud daromadning bir qismidan yoxud mol-mulkning bir qismidan olinadigan barcha soliqlar, shu jumladan koʻchar va koʻchmas mulkni begonalashtirishdan olinadigan daromadlardan hamda korxonalar tomonidan toʻlanadigan ish haqi yoki maoshning umumiy miqdoridan olinadigan soliqlar, shuningdek mol-mulk qiymatining oʻsishidan olinadigan barcha soliqlar daromad, foyda va mol-mulk soliqlari deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(3) Ushbu Konvensiya qoʻllanadigan amaldagi soliqlar xususan quyidagilardir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Avstriyaga nisbatan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Daromad soligʻi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Korporativ soliq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Er soligʻi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi korxonalaridan olinadigan soliq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Foydalanilmaydigan yer uchastkalari qiymatidan olinadigan soliq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(bundan keyin “Avstriya soliqlari” deb ataladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) soligʻi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliq; va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mol-mulk soligʻi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(bundan keyin “Oʻzbekiston soliqlari” deb ataladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(4) Konvensiya imzolangan sanadan soʻng undiriladigan soliqlarga qoʻshimcha yoki mavjudlari oʻrniga kiritilgan har qanday bir xil yoki mohiyati boʻyicha oʻxshash soliqlarga nisbatan ham ushbu Konvensiya qoʻllaniladi. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari oʻzlarining tegishli soliq qonunchiligiga kiritilgan barcha muhim oʻzgarishlar toʻgʻrisida bir-birlarini xabardor qilib turadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Umumiy taʼriflar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) Ushbu Konvensiyada, agar matn mazmunidan oʻzga maʼno chiqmasa:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Avstriya” atamasi Avstriya Respublikasini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Oʻzbekiston” atamasi Oʻzbekiston Respublikasini anglatadi: geografik maʼnoda ishlatilganda bu Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi va xalqaro huquqqa muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududini, jumladan hududiy suvlari va osmon kyengliklari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi suveren huquqlari va yurisdiksiyasini, shu jumladan yer osti va tabiiy resurslardan foydalanish huquqini amalga oshiradigan hududni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) “Ahdlashuvchi Davlat” va “boshqa Ahdlashuvchi Davlat” atamalari matnga bogʻliq ravishda Avstriyani yoki Oʻzbekistonni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) “shaxs” atamasi jismoniy shaxsni, kompaniyani yoki shaxslarning boshqa har qanday birlashmasini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) “kompaniya” atamasi har qanday korporativ birlashmani va soliqqa tortish maqsadlarida korporativ birlashma sifatida qaraladigan har qanday tashkilotni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) “bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasi” va “boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasi” atamalari tegishlicha bir Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boshqaruvida ish yuritayotgan korxonani va boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boshqaruvida ish yuritayotgan korxonani anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) “xalqaro tashish” atamasi Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasi tomonidan foydalaniladigan dengiz yoki havo kemasida har qanday tashishni anglatadi, dengiz va havo kemalarining faqat boshqa Ahdlashuvchi Davlatdagi punktlar oʻrtasida foydalanilishi bundan mustasnodir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
h) “vakolatli organ” atamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) Avstriyaga nisbatan — Federal Moliya vazirini yoki uning vakolatli vakilini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) Oʻzbekistonga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisini yoki uning vakolatli vakilini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) “milliy shaxs” atamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) Ahdlashuvchi Davlat fuqaroligiga ega boʻlgan har qanday jismoniy shaxsni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) Davlatning amaldagi qonunlariga muvofiq oʻz maqomini olgan har qanday yuridik shaxsni, hamjamiyat yoki assotsiatsiyani anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) Ushbu Konvensiya Ahdlashuvchi Davlat tomonidan qoʻllanganida unda belgilanmagan har qanday atama, agar matn mazmunidan oʻzga maʼno kelib chiqmasa, ushbu Konvensiya tatbiq etiladigan mavjud soliqlarga nisbatan shu Davlatning qonunchiligi boʻyicha belgilangan maʼnoga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Rezident
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) Ushbu Konvensiyada “Ahdlashuvchi Davlat rezidenti” atamasi shu Davlatning qonunchiligi boʻyicha oʻzining yashash joyi, doimiy boʻlib turish joyi, boshqaruv joyi yoki boshqa har qanday shunga oʻxshash mezonlar asosida shu yerda soliqqa tortiladigan har qanday shaxsni anglatadi. Biroq bu atama ana shu Davlatda faqat shu Davlatda joylashgan manbalardan yoki mol-mulkdan daromad olayotgani uchun soliqqa tortiladigan har qanday shaxsni oʻz ichiga qamramaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) Agar 1-band qoidalariga muvofiq jismoniy shaxs har ikkala Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, bunda uning maqomi quyidagi tarzda belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) u toʻsiqsiz yashashi mumkin boʻlgan doimiy uyi joylashgan Davlatning rezidenti hisoblanadi; agar u har ikkala Davlatda ham toʻsiqsiz yashashi mumkin boʻlgan doimiy uyiga ega boʻlsa, shaxsiy va iqtisodiy aloqalari chuqurroq boʻlgan (hayotiy manfaatlar markazi) Davlatning rezidenti hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) agar uning hayotiy manfaatlari markazi joylashgan Davlatni aniqlab boʻlmasa yoki Davlatlardan hech birida toʻsiqsiz yashashi mumkin boʻlgan doimiy uyi boʻlmasa, u odatda yashab turgan Davlatining rezidenti hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) agar shaxs odatda har ikkala Ahdlashuvchi Davlatda yashasa yoki u ularning hech birida yashamasa, u milliy shaxsi boʻlgan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) agar u har ikkala Davlatning milliy shaxsi boʻlsa yoki hech biriniki boʻlmasa, unda Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari masalani oʻzaro kelishuvga binoan hal qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Agar 1-band qoidalariga muvofiq jismoniy shaxs boʻlmagan shaxs har ikkala Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, u uning amaldagi rahbar organi joylashgan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Doimiy muassasa
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) Ushbu Konvensiyada “doimiy muassasa” atamasi korxona tadbirkorlik faoliyatini toʻliq yoki qisman amalga oshiradigan doimiy faoliyat joyini bildiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) “Doimiy muassasa” atamasi, xususan quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) boshqaruv joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) boʻlim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) ofis;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) fabrika;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) ustaxona, va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) kon, neft yoki gaz qudugʻi, karyer yoki tabiiy resurslar qazib olinadigan har qanday boshqa joy.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(3) qurilish maydonchasi yoki qurilish yoxud yigʻma obyekt, agar bunday ishlar 12 oydan koʻproq mavjud boʻlsa, doimiy muassasa hosil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(4) Ushbu moddaning avvalgi qoidalariga qaramay, “doimiy muassasa” atamasi quyidagilarni oʻz ichiga olmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) inshootlardan shu korxonaga tegishli boʻlgan tovar yoki buyumlarni faqat saqlash, namoyish qilish yoki yetkazib berish maqsadlaridagina foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) shu korxonaga tegishli boʻlgan tovar yoki buyumlar zaxirasini faqat saqlash, namoyish qilish yoki yetkazib berish maqsadlaridagina ushlab turilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) shu korxonaga tegishli boʻlgan tovar yoki buyumlar zaxirasini boshqa korxona tomonidan qayta ishlov berilishi maqsadlaridagina ushlab turilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) doimiy faoliyat joyining faqat tovar yoki buyumlar sotib olish yoki ushbu korxona uchun axborot yigʻish maqsadlarida ushlab turilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) doimiy faoliyat joyining ushbu korxona uchun faqat boshqa har qanday tayyorgarlik yoki yordamchi tusdagi faoliyatni amalga oshirish maqsadlarida ushlab turilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) doimiy faoliyat joyining (a)-(e) kichik bandlarida eslatib oʻtilgan faoliyat turlarining har qanday uygʻunlashuvi uchungina bunday doimiy faoliyat joyining faoliyati ana shu uygʻunlashuv natijasi tayyorgarlik hamda yordamchi tusda boʻlgan taqdirda saqlab turilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(5) 1 va 2-bandlarning qoidalariga qaramay, agar 6-band tatbiq etiladigan mustaqil maqomli agentdan oʻzga boʻlgan shaxs Ahdlashuvchi Davlatda korxona nomidan ish yuritsa va odatda korxona nomidan shartnomalar tuzish vakolati foydalansa, unda bu korxona ana shu Davlatda shu korxona uchun ushbu shaxs tomonidan koʻrsatilgan har qanday faoliyatga nisbatan doimiy muassasaga ega, deb hisoblanadi, agar ushbu shaxsning faoliyati 4-bandda koʻrsatib oʻtilgan faoliyat turlari bilan cheklanib qolmasa, agar faoliyat doimiy faoliyat joyi orqali amalga oshirilsa, shu bandning qoidalariga binoan bu doimiy faoliyat joyidan doimiy muassasa hosil qilmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(6) Korxona, Ahdlashuvchi Davlatda broker, komissioner yoki boshqa har qanday mustaqil maqomli agent orqali ana shu Davlatda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirsagina, shu shaxslar oʻzlarining odatdagi faoliyati doirasida harakat qilishlari sharti bilan doimiy muassasaga ega deb qaralmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(7) Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlgan kompaniya boshqa Davlatning rezidenti boʻlgan kompaniyani nazorat qilsa yoki nazorat qilinsa yoki ana shu boshqa Davlatda tijorat faoliyatini (doimiy muassasa orqali yoki boshqa tarzda) amalga oshirayotgan boʻlsa, bu hol oʻz-oʻzidan bu kompaniyalardan hech birini boshqasi uchun doimiy muassasaga aylantirmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Koʻchmas mulkdan olinadigan daromad
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) Davlatlardan birining rezidenti tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan koʻchmas mulkdan (jumladan, qishloq yoki oʻrmon xoʻjaligidan olinadigan daromadlar) oladigan daromadi ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) “Koʻchmas mulk” atamasi koʻrib chiqilayotgan mulk joylashgan oʻsha Davlat qonunchiligi boʻyicha belgilangan maʼnoga egadir. Har qanday holda ham atama huquqi yer ustidagi mulkchilikka taalluqli umumiy qonunchilikning qoidalari bilan belgilangan koʻchmas mulkka tegishli boʻlgan mulkni, chorva, qishloq va oʻrmon xoʻjaligida ishlatiladigan vositalarni, koʻchmas mulk uzufruktini va minerallar, manbalar va boshqa tabiiy resurslarning qatlamlarini qazish uchun tovon sifatida toʻlanadigan oʻzgaruvchan yoki qayd etilgan toʻlovlar huquqini yoki minerallar, manbalar va boshqa tabiiy resurslar qatlamlarini qazish huquqini oʻz ichiga oladi. Dengiz, daryo va havo kemalari koʻchmas mulk sifatida qaralmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(3) 1-band qoidalari koʻchmas mulkdan toʻgʻridan toʻgʻrifoydalanish, ijaraga berish yoki boshqa har qanday shaklda foydalanishdan olingan daromadga nisbatan qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(4) 1- va 3-band qoidalari korxonaning koʻchmas mulkdan olgan daromadiga va mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan koʻchmas mulkdan olgan daromadlariga ham qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan foyda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) Korxona oʻz tadbirkorlik faoliyatini boshqa Ahdlashuvchi Davlatda u yerda joylashgan doimiy muassasa orqali amalga oshirmayotgan boʻlsa, bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasining foydasi faqat ana shu Davlatda soliqqa tortiladi. Agar korxona oʻz faoliyatini yuqorida aytilganidek amalga oshirayotgan boʻlsa, korxonaning foydasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin, faqat doimiy muassasaga tegishli boʻlgan qismidagina soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) 3-band qoidalariga muvofiq agar bir Ahdlashuvchi Davlatning korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda u yerda joylashgan doimiy muassasa orqali tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan boʻlsa, har bir Ahdlashuvchi Davlatda bunday doimiy muassasaga foyda u alohida va mustaqil korxona sifatida xuddi shunday yoki shunga oʻxshash faoliyatni xuddi shunday yoki shunga oʻxshash shartlar asosida amalga oshirib doimiy muassasa hisoblangan korxonadan mutlaqo mustaqil ravishda ish koʻrib olishi mumkin boʻlgan foyda kabi oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(3) Doimiy muassasa foydasini aniqlashda, ushbu doimiy muassasa faoliyati maqsadlari uchun sarflangan, jumladan doimiy muassasa joylashgan Davlatda yoki har qanday boshqa yerdagi faoliyat maqsadlari uchun sarflangan boshqaruv va umumiy maʼmuriy xarajatlarni chegirib tashlashga yoʻl qoʻyiladi. Biroq doimiy muassasa tomonidan korxonaning bosh ofisiga yoki uning istalgan boshqa ofislaridan biriga royalti, gonorarlar yoki boshqa shunga oʻxshash toʻlovlar tarzida patentlardan yoki boshqa huquqlardan foydalanganlik oʻrniga yoki muayyan xizmatlar uchun yoki menejmentlik uchun komission toʻlovlar tarzida, yoxud bank korxonasidan tashqari, doimiy muassasaga berilgan qarz uchun foizlar tarzida toʻlangan summalarga nisbatan hech qanday chegirmalarga yoʻl qoʻyilmaydi. Doimiy muassasasi tomonidan korxonaning bosh ofisiga yoki ofislaridan biriga royalti, gonorarlar yoki shunga oʻxshash boshqa toʻlovlar tarzida patentlardan yoki boshqa huquqlardan foydalanganlik oʻrniga yoki muayyan xizmatlarni bajarganlik uchun yoki menejment uchun komission toʻlovlar tarzida, yoki bank muassasasi xollaridan tashqari, pul foizlari tarzida oʻtkazilgan summalar ham (haqiqiy xarajatlarni qoplashdan tashqari) hisobga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(4) Davlatda doimiy muassasaga tegishli boʻlgan foydani korxona oladigan umumiy foyda miqdorini uning turli boʻlinmalariga mutanosib taqsimlash asosida aniqlash odatdagi amaliyot ekanligiga qaramay, 2-banddagi hech bir narsa amaliyotda taʼkidlanganidek, bu Davlatga shunday taqsimlash asosida soliq solinadigan foydani aniqlashga xalaqit bermaydi; taqsimlashning tanlangan usuli mana shu moddada mavjud boʻlgan tamoyillarga muvofiq keladigan natijalarni berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(5) Korxona uchun ushbu doimiy muassasa tomonidan tovar yoki buyumlarning xarid qilinishigagina asoslanib doimiy muassasaga biron-bir foyda yozilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(6) Avvalgi bandlar maqsadlari uchun doimiy muassasaga taalluqli boʻlgan foyda, agar boshqasi uchun salmoqli va yetarli sabablar boʻlmasa, har yili bir xil uslubda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(7) Agar foyda ushbu Konvensiyaning boshqa moddalarida alohida aytib oʻtilgan daromad turlarini qamrab oladigan boʻlsa, unda bu moddalarning qoidalariga ushbu modda qoidalari taʼsir etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(8) “Foyda” atamasi ushbu moddada qoʻllanganida, shuningdek, har qanday sherik tomonidan sheriklikda ishtirok etishdan oladigan foydasini va Avstriyaga nisbatan, Avstriya qonunlariga muvofiq tashkil etilgan erkin kompaniyada (Stille Geselschaft) ishtirok etishdan olingan foydani ham oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Xalqaro transport
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) Ahdlashuvchi Davlat korxonasining kema va samolyotlardan xalqaro tashishlarda foydalanishdan olgan daromadlari faqat shu Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) 1-band qoidalari, shuningdek pulda, qoʻshma faoliyatda yoki xalqaro tashkilotda ishtirok etishdan olinadigan foydaga ham tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Birlashgan korxonalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Ahdlashuvchi Davlatning korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasini boshqarishda, nazorat qilishda yoki uning kapitalida bevosita yoki bilvosita ishtirok etsa,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ayni shaxslar bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasini va boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasini boshqarishda, nazorat qilishda yoki uning mol-mulkida bevosita yoki bilvosita qatnashsa,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
va har qanday holatda ikki korxona oʻrtasida ularning tijorat yoki moliyaviy munosabatlarida mutlaqo mustaqil boʻlgan korxonalar oʻrtasida boʻladigandan farqli sharoitlar vujudga keltirilsa yoki belgilansa, unda shunday munosabatlar natijasida korxonalarning birida toʻplangan, biroq shunday munosabatlarga binoan oʻsha hajmda hisoblanmagan har qanday foyda ushbu korxona foydasiga kiritilish va tegishli tarzda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) Bir Ahdlashuvchi Davlat shu Davlat korxonasi foydasiga boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasi boʻyicha ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortiladigan foydani, shuningdek soliqlarni tegishli tarzda kiritsa va shu tariqa kiritilgan foyda, agar ikkala korxona oʻrtasida vujudga keltirilgan munosabatlar ikki mustaqil korxona oʻrtasidagi munosabatlar kabi boʻlganida birinchi eslatilgan Davlat korxonasiga hisoblanadigan foyda boʻlsa, u holda ana shu boshqa Davlat shu Davlatga tegishli foydadan olinadigan soliq miqdoriga zarur tuzatishlar kiritadi. Bunday tuzatishlarni belgilashda ushbu Konvensiyaning boshqa qoidalariga tegishlicha eʼtiborni qaratishi kerak va Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari, zarur boʻlsa, oʻzaro maslahatlashishlarni boshlashlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Dividendlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlgan kompaniya tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga toʻlanadigan dividendlar ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) Biroq, bunday dividendlar, shuningdek ularni toʻlayotgan kompaniya rezident boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatda shu Davlatning qonunlariga muvofiq ham soliqqa tortilishi mumkin, ammo, agar oluvchi dividendlarni haqiqiy egasi boʻlsa, bunda shunday tarzda olinadigan soliq miqdori quyidagilardan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) dividendlar yalpi miqdorining 15 foizidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) dividendlarni toʻlayotgan kompaniya mol-mulkining kamida 10 foizi bevosita tegishli boʻlgan kompaniya (sheriklikdan boshqacha tarzdagi) dividendlarning haqiqiy egasi boʻlsa, dividendlar yalpi miqdorining 5 foizidan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu band dividendlar toʻlaydigan kompaniya foydasini soliqqa tortishga taalluqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(3) “Dividendlar” atamasi, ushbu moddada qoʻllanganida, aksiyalardan, aksiyalardan foydalanish yoki huquqlardan foydalanish, togʻ-kon sanoati aksiyalaridan foydalanish huquqi, taʼsischilar aksiyalaridan yoki qarz talablaridan olinadigan daromad kabi foydada ishtirok etishdagi boshqa huquqlardan foydalanishdan olinadigan daromadlarni, shuningdek foydani taqsimlovchi kompaniya rezidenti boʻlgan Davlatning qonunlariga muvofiq, aksiyalardan olinadigan daromad kabi xuddi shunday soliq boshqaruviga taalluqli boʻlgan boshqa korporativ huquqlardan olinadigan daromadlarni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(4) Agar dividendlarning haqiqiy egasi Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlgani holda, dividendlar toʻlayotgan kompaniya rezidenti boʻlgan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda unda joylashgan doimiy muassasa orqali faoliyatini amalga oshirsa yoki ushbu boshqa Davlatda u yerda joylashgan doimiy bazadan mustaqil shaxsiy xizmatlar koʻrsatsa va dividendlar toʻlanadigan xolding aslida shu doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan bogʻliq boʻlsa, ushbu moddaning 1- va 2-bandlari qoidalari qoʻllanilmaydi. Bunday holda, sharoitga qarab 7- yoki 14-moddalarning qoidalari qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(5) Agar Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlgan kompaniya boshqa Ahdlashuvchi Davlatda foyda yoki daromad olayotgan boʻlsa, shu boshqa Davlat kompaniya toʻlayotgan dividendlarni soliqqa tortmasligi mumkin, dividendlar ana shu boshqa Davlat rezidentiga toʻlanadigan yoki dividendlar toʻlanadigan xolding shu boshqa Davlatda joylashgan doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan haqiqatda bogʻliq boʻlgan hollar bundan mustasnodir, shuningdek kompaniyaning taqsimlanmagan foydasi hatto toʻlanayotgan dividendlar yoki taqsimlanmagan foyda ana shu boshqa Davlatda toʻla yoki qisman hosil boʻlgan foyda yoki daromaddan tashkil topgan boʻlsa ham kompaniyaning taqsimlanmagan foydasi soliqqa tortishga duchor qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Foizlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) Ahdlashuvchi Davlatlarning birida hosil boʻlgan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidentiga toʻlanadigan foizlar ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin, bunda rezident foizlarning haqiqiy egasi boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) Biroq bunday foizlar ular hosil boʻlayotgan Ahdlashuvchi Davlatda shu Davlatning qonunlariga binoan ham soliqqa tortilishi mumkin, ammo, foizlarning haqiqiy egasi Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, unda shu tariqa undiriladigan soliq foizlar yalpi miqdorining 10 foizidan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(3) 2-bandning qoidalariga qaramay, foizlar ular hosil boʻladigan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda soliqdan ozod etilishi mumkin, agar bu:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) boshqa Ahdlashuvchi Davlat yoki uning mahalliy hokimiyat organlariga toʻlanayotgan foizlar boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tijorat qarz talablariga, jumladan korxona tomonidan taqdim etiladigan tovarlar, buyumlar yoki xizmatlar uchun muddati uzaytirilgan toʻlovlardan kelib chiqadigan qarz talablariga taalluqli foizlar boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) barpo etilgan, kafolatlangan yoki sugʻurta qilingan qarzga nisbatan yoki maqsadi eksportga yordamlashishdan iborat boʻlgan jamoat tashkilotlari tomonidan muddati uzaytirilgan, kafolatlangan yoki sugʻurta qilingan zayomga nisbatan toʻlanadigan foizlar boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(4) “Foizlar” atamasi ushbu moddada qoʻllanganda ipoteka taʼminotidan va qarzdorning foydalarida ishtirok etish huquqidan qatʼi nazar har qanday turdagi qarz majburiyatlaridan olinadigan daromadni va xususan hukumat qimmatbaho qogʻozlaridan olinadigan daromad va obligatsiya yoki qarz majburiyatlaridan olinadigan daromaddan, jumladan ana shu qimmatbaho qogʻozlar, obligatsiya yoki qarz majburiyatlari boʻyicha olinadigan mukofot va yutuqlarni anglatadi. Toʻlov muddati choʻzib yuborilganligi uchun qoʻllaniladigan jarimalar ushbu modda maqsadlari uchun foizlar sifatida qaralmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(5) Agar foizlarning haqiqiy egasi Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻla turib foizlar hosil boʻlayotgan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda u yerda joylashgan doimiy muassasa orqali tijorat faoliyati olib borayotgan boʻlsa yoki ushbu boshqa Davlatda joylashgan doimiy baza orqali mustaqil shaxsiy xizmatlar koʻrsatayotgan boʻlsa va foizlar toʻlanayotgan qarz majburiyatlari shunday doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan haqiqatan ham bogʻliq boʻlsa, 1-, 2- va 3-band qoidalari qoʻllanmaydi. Bunday holda, vaziyatga qarab 7- yoki 14-moddalarning qoidalari qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(6) Agar toʻlovchi bilan amalda foizlar olish huquqiga ega boʻlgan shaxs oʻrtasidagi, yoki ular ikkalasi va qandaydir boshqa shaxs oʻrtasidagi alohida munosabatlar oqibatida qarz talablariga nisbatan toʻlanadigan foizlar miqdori toʻlovchi bilan amalda foizlar olish huquqiga ega boʻlgan shaxs oʻrtasida, bunday munosabatlar yoʻq boʻlgan taqdirdagidek kelishilishi mumkin boʻlgan miqdordan ortiq boʻlsa, ushbu modda qoidalari faqat oxirgi eslatilgan miqdorga nisbatan qoʻllaniladi. Bunday holda toʻlovning ortiqcha qismi ushbu Konvensiyaning boshqa qoidalarini inobatga olgan holda, har bir Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligiga muvofiq avvalgidek soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Royalti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) Ahdlashuvchi Davlatlarning birida hosil boʻladigan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidentiga toʻlanadigan royaltilar, agar bu rezident royaltining haqiqiy egasi boʻlsa, ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) Biroq, bunday royaltilar, shuningdek ular hosil boʻlgan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda va shu Davlat qonunlariga muvofiq ham soliqqa tortilishi mumkin, ammo agar royaltining haqiqiy egasi boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlsa, soliq royaltilar yalpi miqdorining 5 foizidan oshib ketmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(3) “Royalti” atamasidan ushbu moddada foydalanilganda adabiyot, sanʼat yoki fan asarlariga, shu jumladan kinofilmlarga har qanday patent, savdo belgisi, dizayn yoki andoza, reja, maxfiy formula yoki jarayonga, yoxud sanoat, tijorat yoki ilmiy tajribaga nisbatan axborotga boʻlgan har qanday mualliflik huquqidan foydalanishi yoki foydalanish huquqi uchun taqdirlash haqi sifatida olinadigan har qanday turdagi toʻlovlarni bildiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(4) Agar royaltining haqiqiy egasi Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻla turib, royalti hosil boʻlayotgan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda u yerda joylashgan doimiy muassasa orqali tijorat faoliyati olib borayotgan boʻlsa, yoki ushbu boshqa Davlatda joylashgan doimiy baza orqali mustaqil shaxsiy xizmatlar koʻrsatayotgan boʻlsa va royalti toʻlanayotgan huquq yoki mulk amalda shunday doimiy muassasa yoki doimiy bazaga haqiqatan bogʻliq boʻlsa, 1- va 2-bandlarning qoidalari qoʻllanmaydi. Bunday holda, 7-modda yoki 14-moddalarning qoidalari vaziyatga qarab qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(5) Agar toʻlovchi bilan amalda royalti olish huquqiga ega shaxs oʻrtasidagi yoki ularning ikkalasi va boshqa biron-bir shaxs oʻrtasidagi alohida munosabatlar oqibatida royaltidan foydalanishga, foydalanish huquqiga yoki axborot uchun toʻlanadigan royaltining miqdori, toʻlovchi va amalda shu daromadlar huquqiga ega shaxs oʻrtasida kelishilishi mumkin boʻlgan miqdordan oshiq boʻlsa, bunday munosabatlar yoʻq boʻlgan taqdirda, ushbu modda qoidalari faqat oxirgi eslatilgan miqdorga nisbatan qoʻllanadi. Bunday holda, toʻlovning ortiqcha qismi ushbu Konvensiyaning boshqa qoidalarini inobatga olib, har bir Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligiga muvofiq avvalgidek soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Mol-mulkni begonalashtirishdan olinadigan daromadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) Davlatlardan biri rezidentining 6-moddada eslatib oʻtilgan va boshqa Davlatda joylashgan koʻchmas mol-mulkni begonalashtirishdan oladigan daromadlari ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) Davlat korxonasining boshqa Davlatda ega boʻlgan doimiy muassasasi tijorat mulkining bir qismini tashkil etuvchi koʻchar mol-mulkni begonalashtirishdan olgan yoki Davlat rezidentining boshqa Davlatda mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirishida bemalol foydalanishi mumkin boʻlgan doimiy bazaga taalluqli koʻchar mol-mulkni begonalashtirishdan olgan, unga shu doimiy muassasani (alohida yoki korxona bilan birgalikda) yoki shunday doimiy bazani begonalashtirishdan olgan daromadini qoʻshgan holda, ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(3) Davlat korxonasi tomonidan xalqaro tashishlarda foydalaniladigan kema yoki samolyotlarni yoki shunday kema yoki samolyotlardan foydalanishga taalluqli koʻchar mol-mulkni begonalashtirishdan olingan daromadlar faqat shu Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(4) 1-, 2- va 3-bandlarda sanab oʻtilmagan boshqa har qanday mol-mulkni begonalashtirishdan olingan daromadlar faqat mulkni begonalashtiruvchi shaxs rezident boʻlgan oʻsha Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Mustaqil shaxsiy xizmatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) Ahdlashuvchi Davlatlardan biri rezidentining kasbiy xizmatlarni koʻrsatish yoki mustaqil tusdagi boshqa shunga oʻxshash xizmatlarni koʻrsatishdan olgan daromadi faqat shu Davlatda soliqqa tortiladi. Bunday daromadni boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin boʻlgan ushbu daromadga boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ham soliqqa tortilishi mumkin boʻlgan quyidagi hollar bundan mustasnodir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) agar u oʻz faoliyatini amalga oshirishda boshqa Ahdlashuvchi Davlatda oʻzi uchun muntazam qulay boʻlgan doimiy bazaga ega boʻlsa; bunday holda daromad ana shu boshqa Davlatda faqat ana shu doimiy bazaga taalluqli boʻlgan qismigina soliqqa tortilishi mumkin; yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) agar uning boshqa Ahdlashuvchi Davlatda boʻlishi koʻrib chiqilayotgan taqvimiy yilda boshlanadigan yoki tugallanadigan har qanday 12 oylik davr doirasida jami 183 kundan iborat boʻlgan yoki oshadigan davr yoki davrlar mobaynida davom etsa; bunday holda ushbu boshqa Davlatda koʻrib chiqilayotgan yilda uning amalga oshirilgan faoliyatdan olinadigan daromad qismigina soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) “Kasbiy xizmatlar” atamasi, xususan mustaqil ilmiy, adabiy, artistlik, maʼrifiy yoki oʻqituvchilik faoliyatlarini, shuningdek vrachlar, yuristlar, muhandislar, meʼmorlar, stomatologlar va buxgalterlarning mustaqil faoliyatini oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Yollanma shaxsiy xizmatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) Ushbu Konvensiyaning 16-, 18-, va 19- va 20-moddalari qoidalariga muvofiq, Davlat rezidentining yollanma ish boʻyicha oladigan maoshi, ish haqi va shunga oʻxshash boshqa taqdirlash haqlari, agar yollanma ish boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshirilmayotgan boʻlsa, faqat mana shu Davlatda soliqqa tortiladi. Agar yollanma ish shu tariqa bajarilayotgan boʻlsa, unda shu munosabat bilan olingan taqdirlash haqlari ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) 1-band qoidalariga qaramay, bir Davlat rezidentining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshiradigan yollanma ish boʻyicha oladigan taqdirlash haqlari faqat birinchi eslatilgan Davlatda soliqqa tortiladi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) oluvchi, boshqa Davlatda koʻrib chiqilayotgan soliq yilda boshlanadigan yoki tugaydigan har qanday 12 oylik davr doirasida jami 183 kundan oshmaydigan davr yoki davrlar mobaynida boʻlib tursa; va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) taqdirlash haqlari boshqa Davlat rezidenti boʻlmagan yollovchi tomonidan yoki yollovchi nomidan toʻlansa, va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) taqdirlash haqlarini yollovchi boshqa Davlatda ega boʻlgan muassasa yoki doimiy baza oʻz zimmasiga olmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(3) 1- va 2-bandlarning qoidalariga qaramay, Davlat korxonasi tomonidan xalqaro yuk tashishlarda foydalaniladigan dengiz yoki havo kemasi bortida amalga oshiriladigan yollash boʻyicha ish uchun olinadigan taqdirlash haqlari shu Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda
Direktorlarning gonorarlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir Ahdlashuvchi Davlat rezidenti tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlgan kompaniya Direktorlar Kengashining aʼzosi sifatida olinadigan Direktorlar gonorarlari va boshqa shu kabi toʻlovlar ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda
Sanʼat xodimlari va sportchilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) 7-, 14- va 15-moddalarning qoidalariga qaramay, bir Ahdlashuvchi Davlat rezidenti tomonidan boshqa Davlatda teatr, kino, radio yoki televideniye artisti yoki musiqachi kabi sanʼat xodimi sifatida yoki sportchi sifatida uning shaxsiy faoliyatidan olinadigan daromadlar ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) Sanʼat xodimi yoki sportchi tomonidan amalga oshirilayotgan Shaxsiy faoliyatga nisbatan boʻlgan sanʼat xodimi yoki sportchining oʻziga emas, boshqa shaxsga yozilsa, ushbu daromad 7-, 14- va 15-moddalarning qoidalariga qaramay, sanʼat xodimi yoki sportchining shunday faoliyati amalga oshirilayotgan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(3) Agar sanʼat xodimi yoki sportchining Davlatlarning birida amalga oshiradigan faoliyati asosan bir yoki har ikkala Davlatning davlat jamgʻarmalari, yoki ularning mahalliy hokimiyatlari hisobidan amalga oshirilsa, 1- va 2-bandlarning qoidalari qoʻllanmaydi. Bunday holda, daromad faqat sanʼat xodimi yoki sportchi rezident boʻlgan oʻsha Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda
Nafaqalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-moddaning 2-bandi qoidalariga muvofiq, Ahdlashuvchi Davlatning rezidentiga uning ilgarigi yollanma ishi uchun tovon sifatida toʻlanadigan nafaqalar va boshqa shu singari ragʻbatlantirish pullariga faqat shu Davlatda soliq solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda
Hukumat xizmati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) a) Bir Davlat yoki uning mahalliy hokimiyati tomonidan jismoniy shaxsga ana shu Davlat yoki mahalliy hokimiyat uchun koʻrsatgan xizmatiga nisbatan toʻlanadigan maosh, ish haqi va shunga oʻxshash taqdirlash haqlari (nafaqadan tashqari) faqat ana shu Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Biroq bunday maosh, ish haqi va boshqa shu kabi taqdirlash haqlari faqat boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi, agar xizmatlar ana shu Davlatda amalga oshirilsa va jismoniy shaxs shu Davlatning rezidenti boʻlib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) ana shu Davlatning milliy shaxsi boʻlsa
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) faqat xizmatlarni amalga oshirish maqsadida shu Davlatning rezidenti boʻlgan boʻlmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) a) Ahdlashuvchi Davlat yoki mahalliy hokimiyat organi yoki ular tomonidan tashkil etilgan jamgʻarmalar tomonidan ana shu Davlatga yoki mahalliy hokimiyat organlariga koʻrsatgan xizmatlariga nisbatan har qanday jismoniy shaxsga toʻlanadigan har qanday nafaqa faqat ana shu Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Biroq, agar jismoniy shaxs shu Davlatning rezidenti va milliy shaxsi boʻlsa, bunday nafaqa faqat boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(3) 15-, 16-, 17- va 18-moddalarning qoidalari Davlat yoki uning mahalliy hokimiyatlari amalga oshiradigan tadbirkorlik faoliyati munosabati bilan koʻrsatiladigan xizmatlarga nisbatan toʻlanadigan maosh, ish haqi va boshqa shu kabi taqdirlash haqlari va nafaqalarga nisbatan qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda
Talabalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) Ahdlashuvchi Davlatlardan biriga kelgunga qadar bevosita boshqa Davlatning rezidenti hisoblanib turgan yoki boʻlgan va birinchi eslatilgan Davlatda faqatgina oʻqish yoki maʼlumot olish maqsadidagina yashab turgan talaba yoki stajyorning yashashi, oʻqishi va maʼlumot olishi uchun moʻljallangan toʻlovlar, bunday toʻlovlar shu Davlat hududidan tashqaridagi manbalardan paydo boʻlgan hollarda mana shu Davlatda soliqqa tortilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlib turgan va avval boʻlgan talaba yoki amaliyotchining boshqa Davlatda koʻrib chiqilayotgan moliya yili mobaynida jami 183 kundan oshmaydigan davr yoki davrlar mobaynida u tomonidan amalga oshirilgan yollash boʻyicha ishga nisbatan oladigan taqdirlash haqlari ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilmasligi lozim, agar yollash boʻyicha ish birinchi eslatib oʻtilgan oʻqish yoki amaliyot bilan toʻgʻridan toʻgʻribogʻliq boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda
Boshqa daromadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) Ahdlashuvchi Davlat rezidentining ushbu Konvensiyaning oldingi moddalarida aytib oʻtilmagan daromad turlari daromadlarning qayerda paydo boʻlishidan qatʼi nazar, faqat ana shu Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) 6-moddaning 2-bandida belgilangan koʻchmas mulkdan olingan daromad hisoblanmaydigan daromadga nisbatan 1-bandining qoidalari qoʻllanilmaydi, agarda bunday daromadni oluvchi Davlat rezidenti boʻla turib boshqa Davlatda joylashgan doimiy muassasa orqali faoliyatini amalga oshirayotgan boʻlsa yoki u yerda joylashgan doimiy bazadan mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirayotgan boʻlsa va daromad toʻlanadigan huquq yoki mulk haqiqatan ham bunday doimiy muassasa yoki baza bilan bogʻlangan boʻlsa. Bu holatda, vaziyatga qarab 7-modda yoki 14-moddalarning qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda
Mol-mulk
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) 6-moddada eslatib oʻtilgan koʻchmas mulkdan iborat boʻlgan, Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidentiga tegishli boʻlgan va boshqa Davlatda joylashgan mulk ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) Koʻchar mulkdan iborat boʻlib bir Davlat korxonasining boshqa Davlatda ega boʻlgan doimiy muassasasi tijorat mulkining bir qismini tashkil etgan yoki Davlatlardan birining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda mustaqil shaxsiy xizmatlar koʻrsatish maqsadida unga qulay boʻlgan doimiy baza bilan bogʻliq boʻlgan koʻchar mulkdan iborat boʻlgan mulk ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(3) Davlat korxonasi tomonidan xalqaro yuk tashishlarda foydalaniladigan kema yoki samolyotlardan iborat boʻlgan, yoki shunday kema yoki samolyotlardan foydalanishga taalluqli boʻlgan koʻchar mulkdan iborat mulk faqat ana shu Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(4) Davlat rezidenti mol-mulkining boshqa barcha elementlari faqat shu Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda
Soliqdan ozod qilish metodi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) Davlatlardan birining rezidenti ushbu Konvensiya qoidalariga muvofiq boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin boʻlgan daromad olsa yoki mol-mulkka egalik qilsa, ushbu moddaning 2-, 3- va 4-bandlari qoidalariga muvofiq, birinchi eslatib oʻtilgan Davlat bunday daromad yoki mol-mulkni soliqqa tortishdan ozod qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) Davlatlardan birining rezidenti 10-, 11- va 12-moddalarning qoidalariga muvofiq, boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin boʻlgan daromad turlarini olsa, unda birinchi eslatib oʻtilgan Davlat ana shu rezidentning daromad soligʻidan shu boshqa Davlatda toʻlangan soliqqa teng miqdorni chegirib tashlashga imkon berishi kerak. Biroq bunday chegirib tashlash ana shu boshqa Davlatda olinadigan shunday daromad turlariga kiritilishi mumkin boʻlgan soliqning chegirib tashlangunga qadar hisoblangan qismidan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(3) 10-modda 2-bandining (b) kichik bandida eslatib oʻtilgan va Davlatlardan birining rezidenti boʻlgan kompaniyaning boshqa Davlat rezidenti boʻlgan kompaniyaga toʻlaydigan dividendlari ana shu boshqa Davlatda shu Davlatning ichki qonunchilikning tegishli qoidalariga muvofiq, biroq eng kam xoldingdan har qanday ogʻishlarga nisbatan ana shu qonun talablaridan qatʼi nazar, soliqqa tortishdan ozod qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(4) Qachonki, ushbu Konvensiyaning biron-bir qoidasiga muvofiq, Davlat rezidenti ega boʻlgan daromad yoki mol-mulk ana shu Davlatda soliqqa tortishdan ozod qilinadi, bu Davlat ana shu rezidentning daromadi yoki mol-mulkining qolgan qismiga soliq miqdorini hisoblashda daromad yoki mol-mulkka solingan soliqdan chiqarib tashlangan hisobga olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(5) Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti oladigan va shu Davlat tomonidan ushbu Konvensiyaga koʻra boshqa Davlatda soliq solinishi kerak deb hisoblanadigan daromad birinchi eslatilgan Davlatda soliqqa tortilishi mumkin, agar ikki tomonlama kelishuv tadbirlari oʻtkazilganidan keyin boshqa Davlat bu daromadni ushbu Konvensiyaga muvofiq soliqqa tortishdan ozod qilsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda
Kamsitmaslik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) Ahdlashuvchi Davlatlardan birining milliy shaxslari, boshqa Ahdlashuvchi Davlatda, ana shu boshqa Davlat milliy shaxslariga nisbatan ayni bir xil sharoitlarda solinadigan yoki solinishi mumkin boʻlgandan ortiq har qanday soliq yoki unga aloqador majburiyatlarga, soliq solishdan koʻra mushkulroq yoki unga aloqador holatlarga duchor qilinmaydilar. Bu qoida, 1-modda qoidalaridan qatʼi nazar, bir yoki har ikkala Ahdlashuvchi Davlatning rezidentlari boʻlmagan jismoniy shaxslarga nisbatan ham qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) Ahdlashuvchi Davlatlardan biri korxonasining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ega boʻlgan doimiy muassasasini soliqqa tortish ushbu boshqa Davlatda aynan shunday faoliyatni amalga oshiruvchi ana shu boshqa Davlat korxonalarini soliqqa tortishdan koʻra yomonroq boʻlmaydi. Ushbu qoida bir Ahdlashuvchi Davlatni boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga soliq solish maqsadlarida Oʻz rezidentlariga ularning fuqarolik mavqei yoki oilaviy majburiyatlari asosida beradigan har qanday xususiy imtiyozlar, ozod qilish yoki chegirmalar berishga majburlovchi tarzda talqin qilinmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(3) Qachonki, ushbu Konvensiya 9-moddasining 1-bandi, 11-moddasining 6-bandi yoki 12-moddasining 5-bandi qoidalari qoʻllanganidan tashqari hollarda, Davlat korxonasi tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga toʻlanadigan foizlar, royaltilar va boshqa qarz toʻlovlari shunday korxonaning soliqqa tortiladigan daromadini aniqlashda, agar ular birinchi eslatilgan Davlat rezidentiga toʻlanishi mumkin boʻlganida qoʻllaniladigan shunday sharoitlarda chegirib tashlanadi. Shunga oʻxshash, Ahdlashuvchi Davlatlardan biri korxonasining boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga boʻlgan har qanday qarzlari, shu korxonaning soliqqa tortiladigan mol-mulkini aniqlash maqsadida agar ular ushbu Bitim boʻyicha birinchi eslatilgan Davlat rezidentiga tegishli boʻlishi mumkin boʻlganida qoʻllanadigan shartlar asosida chegirib tashlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(4) Bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasining mol-mulki toʻliq yoki qisman boshqa Ahdlashuvchi Davlatning bir yoki bir necha rezidentlariga tegishli boʻlsa, yoki ular tomonidan bevosita yoki bilvosita nazorat qilinsa, birinchi eslatilgan Ahdlashuvchi Davlatda, birinchi eslatilgan Davlatning shunday korxonalariga solinadigan har qanday soliq yoki unga aloqador holatlarga, boshqa yoki soliqqa tortishdan koʻra mushkulroq holatlarga duchor qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(5) Ushbu moddaning qoidalari 2-modda qoidalariga qaramay, turli xil va taʼrifdagi soliqlarga nisbatan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda
Oʻzaro kelishuv protseduralari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) Agar shaxs Ahdlashuvchi Davlatlardan biri yoki har ikkalasining harakati unga ushbu Konvensiya qoidalariga muvofiq kelmaydigan soliq solinishiga olib keladi yoki olib kelishi mumkin, deb hisoblasa, u ushbu Davlatlarning ichki qonunchiligida nazarda tutilgan himoya vositalaridan qatʼi nazar, oʻz arizasini oʻzi rezident boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organiga, yoki agarda uning holati ushbu Konvensiyaning 24-moddasi 1-bandiga muvofiq kelsa, oʻzi milliy shaxsi boʻlgan Davlatga taqdim etishi mumkin. Bu ariza ushbu Konvensiya qoidalariga nomuvofiq soliqqa tortilishiga olib keluvchi harakatlar toʻgʻrisida birinchi bor bildirilgan vaqtdan boshlab uch yil mobaynida berilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) Vakolatli organ uning arizasini asosli deb topsa va uning oʻzi qoniqtiradigan qarorga kela olmasa, masalani ushbu Konvensiyaga muvofiq kelmaydigan soliqqa tortilishdan qochish maqsadlarida boshqa Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organi bilan oʻzaro kelishib hal etishga harakat qiladi. Erishilgan har qanday kelishuv Ahdlashuvchi Davlatlar ichki qonunlaridagi har qanday vaqtincha cheklashlarga qaramay bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(3) Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari Konvensiyani talqin qilish yoki qoʻllashda yuzaga keladigan har qanday qiyinchilik va ikkilanishlarni oʻzaro kelishuv asosida hal qilishga harakat qiladilar. Ular Konvensiya koʻzda tutilmagan hollarda ikki yoqlama soliqqa tortishni bartaraf etish maqsadida ham bir-birlari bilan maslahatlashishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(4) Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari avvalgi qoidalari maʼnosi xususida kelishuvga erishish maqsadida bir-birlari bilan bevosita muloqotga kirishishlari mumkin. Agar kelishuvga erishish uchun ogʻzaki fikr almashuv maqsadga muvofiq boʻlsa, bunday fikr almashuv Ahdlashuvchi Davlatlar vakolatli organlari vakillaridan iborat komissiya majlislari doirasida oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda
Axborot almashish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari ushbu Konvensiya qoidalarining qoʻllanishi uchun ushbu Konvensiya tatbiq etiladigan Ahdlashuvchi Davlatlarning soliqlarga tegishli ichki qonunlarini, bu qonunlardan ushbu Konvensiyaga zid kelmaydigan darajada foydalanish uchun zarur axborotlar almashib turadilar. Axborot almashish 1-modda bilan cheklanmaydi. Ahdlashuvchi Davlat tomonidan olinayotgan har qanday axborot, ushbu Davlatning ichki qonunlariga muvofiq olingan axborot kabi maxfiy hisoblanadi hamda faqat aniqlash, undirish, majburiy undirish, sud orqali taʼqib etish bilan bogʻliq yoki Konvensiya taalluqli boʻlgan soliqlarga nisbatan appelyatsiyalarni koʻrib chiquvchi shaxslar va organlargagina (sudlar va maʼmuriy organlarga ham) ochiladi. Bu shaxslar yoki organlar axborotdan faqat shunday maqsadlarda foydalanadilar. Ular ushbu axborotni ochiq sud majlisida yoki yuridik qarorlar qabul qilish chogʻida ochishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) Hech qanday holatda ham 1-band qoidalari har bir Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organlarini quyidagilarga majburlovchi tarzda talqin qilinmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) u yoki bu Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligi yoki maʼmuriy amaliyotiga zid maʼmuriy choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) u yoki bu Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligiga binoan yoki odatdagi maʼmuriy amaliyotga muvofiq olinishi mumkin boʻlmagan axborotni taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) savdo, sanoat, tijorat yoki xizmat siri yoki savdo jarayonini fosh etuvchi axborotni yoki ochilishi davlat siyosatiga zid keluvchi axborotni taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda
Diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari aʼzolari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Konvensiyaning hech bir qoidasi diplomatik vakolatxona xodimlari yoki konsullik muassasalari xodimlarining xalqaro huquqning umumiy meʼyorlariga yoki maxsus bitimlar qoidalariga muvofiq belgilab qoʻyilgan soliq imtiyozlariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda
Kuchga kirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) Ushbu Konvensiya ratifikatsiya qilinadi va ratifikatsiya qilingan hujjatlar iloji boricha qisqa muddatda Venada oʻzaro almashinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) Konvensiya ratifikatsiya qilingan hujjatlar almashingan kundan keyingi uchinchi oyning birinchi kunida kuchga kiradi va uning qoidalari ratifikatsiya qilingan hujjatlar almashingan taqvimiy yilning 31-dekabridan keyin boshlanadigan har qanday moliya yilidagi soliqlarga nisbatan amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda
Amal qilishini toʻxtatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Konvensiya Ahdlashuvchi Davlatlardan biri uning amal qilishini toʻxtatgunigacha oʻz kuchida qoladi. Davlatlardan har biri boshqa Ahdlashuvchi Davlatga diplomatik kanallar orqali Konvensiyaning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida Konvensiya kuchga kirgan kundan boshlab besh yil oʻtgandan keyingi har qanday taqvimiy yilning 30-iyunida yoki oʻsha kungacha xabarnoma yuborish orqali toʻxtatishi mumkin. Bunday holda uning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi xabarnoma berilgan oʻsha taqvimiy yilning 31-dekabridan keyin boshlanadigan har qanday moliya yilidagi soliqlarga nisbatan toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzlarining tegishli hukumatlari tomonidan lozim tartibda vakolat berilgan quyidagi imzo chekuvchilar shunga guvohlik berib, ushbu Konvensiyani imzoladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida 2000-yil 14-iyunda ikki nusxada, har biri oʻzbek, olmon va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega, Ushbu Konvensiyani talqin qilishda tafovutlar yuzaga chiqsa, ingliz tilidagi matn ustun kuchga ega deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)