OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BILAN AVSTRIYA RESPUBLIKASI OʻRTASIDA IKKI YOQLAMA SOLIQQA TORTISHNING OLDINI OLISH HAMDA DAROMAD VA MOL-MULK SOLIQLARINI TOʻLASHDAN BOSH TORTISHNI BARTARAF QILISH TOʻGʻRISIDAGI KONVENSIYANI RATIFIKATSIYA QILISH HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Avstriya Respublikasi oʻrtasida ikki yoqlama soliqqa tortishning oldini olish hamda daromad va mol-mulk soliqlarini toʻlashdan bosh tortishni bartaraf qilish toʻgʻrisidagi Konvensiya ratifikatsiya qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2000-yil 31-avgust,
129-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 7-8-son, 221-modda)