O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZIRINING
buyrug‘i
Telefon va telegraf stansiyalari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 2-noyabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2398]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami, 2000-y., 7-son, 39-modda) va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Telefon va telegraf stansiyalari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir A. XAITOV
Toshkent sh.,
2012-yil 30-iyul,
36-B-son
O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2012-yil 30-iyuldagi 36-B-son buyrug‘iga
ILOVA
ILOVA
Telefon va telegraf stansiyalari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalar telefon va telegraf stansiyalari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
I bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalar telefon va telegraf stansiyalarini montaj hamda ekspluatatsiya qilish bo‘yicha ishlarni amalga oshiruvchi barcha telefon va telegraf stansiyalarida (keyingi o‘rinlarda tashkilotlar deb yuritiladi) qo‘llaniladi.
2. Mazkur Qoidalar ishlab chiqarish binolarini va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish va ishlab chiqarish bo‘yicha xavfsizlikka oid normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
II bob. Xavfsizlikka qo‘yiladigan umumiy talablar
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
5. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
6. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqiladi (tasdiqlanadi) va yuritiladi:
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha bo‘limni o‘z ichiga olgan jamoaviy shartnoma;
tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish o‘rinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish o‘rinlarini attestatsiya qilish kartalari;
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
xodimlar va muhandis-texnik xodimlarni o‘qitish, yo‘l-yo‘riq berish va bilimlarini sinovdan o‘tkazish dasturlari;
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ma’muriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
xodimlarga yong‘inga qarshi yo‘l-yo‘riq berish va yong‘in-texnikaviy minimum mashg‘ulotlarini o‘tkazish dasturi;
har bir kasb va ish turlari bo‘yicha mehnatni muhofaza qilish yo‘riqnomalari.
Oldingi tahrirga qarang.
7. O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq bo‘lgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini ta’minlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud bo‘lgan tashkilotda yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam bo‘lgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassis lavozimini joriy etish to‘g‘risidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining o‘ziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy bo‘linmalari bo‘lib, ular bevosita tashkilot rahbariga bo‘ysunadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
9. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yo‘riqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb etilishlari mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
2-§. Xodimlarni o‘qitish, ularning bilimlarini sinovdan o‘tkazish va ularga yo‘l-yo‘riq berishni tashkil etish
11. Tashkilot xodimlari o‘z kasblari va ish turlari bo‘yicha belgilangan tartibda o‘qishlari, ularning bilimlari sinovdan o‘tkazilishi va ularga yo‘l-yo‘riqlar berilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlarini tekshirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqdan o‘tkazish, o‘qitish va bilimlarni tekshirish, malaka oshirish hamda qayta tayyorlash to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Ishlarni texnologik reglament bo‘yicha xavfsiz yuritish yo‘riqnomalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yo‘riqnomalar bilan ta’minlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
3-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari
14. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02 bo‘yicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga ta’sir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari to‘g‘risida to‘liq va xolisona ma’lumotga ega bo‘lishi lozim.
15. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda mehnat jarayonining xavfli va zararli omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim o‘lchovi natijalari, shuningdek mehnatning og‘ir sharoitlarini attestatsiya qilish orqali belgilanishi lozim.
16. Yangi zararli moddalar paydo bo‘lishiga yoki xavfli va zararli omillar yo‘qolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar o‘zgarishlarida yoki yangi ishlab chiqarish uskunalarini joriy qilishda xavfli va zararli omillar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi lozim.
4-§. O‘ta xavfli kasblar va ishlar ro‘yxati
17. Tashkilot o‘ta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar ro‘yxatiga ega bo‘lishi lozim. Ro‘yxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bug‘ va suv isitish qozonlari, yuk ko‘tarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sig‘imlar, elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlar va amaldagi tarmoq ro‘yxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.
18. Barcha xodimlar o‘ta xavfli ishlarni bajarish topshirig‘ini olishdan oldin, mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq olishi va ishlarni bajarish usullarini o‘zlashtirib olishi shart.
19. O‘ta xavfli ishlarni bajarish, faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan naryad-ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
20. Tashkilot rahbariyati o‘ta xavfli ishlarni rejalashtirish, tashkillashtirish va xavfsiz bajarish belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishiga to‘la javobgardir.
5-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qo‘llash
21. Xodimlarni xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan himoya qilish jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanish orqali ta’minlanishi lozim.
22. Jamoaviy himoya qilish vositalariga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini me’yorlashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil me’yorda saqlash va boshqalar);
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorug‘ligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorug‘likdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda uskunalar yuzasini yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
mexanik va kimyoviy omillarning ta’siridan himoya qilish vositalari.
23. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari bo‘lgan xonadagi barcha xodimlarga ta’sir qilganda qo‘llanishi shart va tashkilotni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
24. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda yakka tartibdagi himoya vositalari qo‘llanilishi lozim. Bunday hollarda yakka tartibdagi himoya vositalarisiz xodimlarning ishga jalb qilinishi taqiqlanadi.
25. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularni qo‘llashi, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lishi lozim.
26. Tashkilotda quyidagilar ta’minlanishi shart:
yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;
himoya vositalarini qo‘llash va to‘g‘ri foydalanish ustidan doimiy nazorat amalga oshirilishi;
himoya vositalarining samaradorligi va sozligi tekshirilishi;
yakka tartibdagi himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularni dezinfeksiya qilinishi (bir marta qo‘llaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
27. Turli agressiv moddalar bilan ishlayotganda teri kasalliklarini oldini olish uchun profilaktik pasta va mazlardan foydalanish lozim.
28. Xodimlar Pochta va telekommunikatsiya xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy me’yorlariga (ro‘yxat raqami 1965, 2009-yil 11-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 24-son, 277-modda) muvofiq yakka tartibdagi himoya vositalari bilan ta’minlanishi lozim.
6-§. Kasbiy tanlov
29. Tashkilotlarda tanlov o‘tkazilishi lozim bo‘lgan kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxati bo‘lishi lozim.
30. Xodimlar, ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli ma’lumotga va ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak.
31. Bosim ostida ishlovchi asbob-uskunalar va xavfi yuqori bo‘lgan ishlarda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan o‘tgan va tegishli guvohnomaga ega bo‘lishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
32. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan og‘ir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning ro‘yxatiga muvofiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar og‘ir ishlarga hamda zararli va xavfli mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
7-§. Xodimlarning salomatligini nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
34. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
35. Tashkilot rahbariyati kasaba uyushmasi qo‘mitasi va sog‘liqni saqlash organlari bilan birgalikda har-yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatini tuzishi hamda xodimlarning ko‘rikka kelishini ta’minlashi lozim.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
36. Majburiy tibbiy ko‘riklar tashkilotga tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, ular bo‘lmagan taqdirda esa korxona joylashgan yerdagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan o‘tkaziladi. Majburiy tibbiy ko‘riklar davolash-sog‘lomlashtirish tadbirlari belgilangan tekshirish dalolatnomasi bilan yakunlanishi lozim.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
37. Ish beruvchi majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan yoxud majburiy tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan bo‘yin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
38. Davriy majburiy tibbiy ko‘riklar o‘z vaqtida, sifatli o‘tkazilishi va ularning natijalariga ko‘ra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklanadi.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
39. Xodimlarni sog‘lig‘i tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
8-§. Sanitariya va gigiyenaga qo‘yiladigan talablar
40. Tashkilot xonalari ish hududidagi harorat, nisbiy namlik, havoning harakatlanish tezligi va boshqalar GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari” ga muvofiq bo‘lishi kerak.
41. Tashkilotning ishlab chiqarish xonalari quyidagi sanitariya qoidalariga muvofiq saqlanishi lozim:
xonalarda ruxsat etilgan harorat, nisbiy namlik va havoning harakatlanish tezligi, ish joylaridagi ortiqcha issiqlik, bajarilayotgan ishning og‘irlik darajasiga ko‘ra toifasi, yil mavsumi hisobga olingan holda belgilanishi;
Oldingi tahrirga qarang.
ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy xonalarning, xom ashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarining yorug‘ligi SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sun’iy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq bo‘lishi hamda mehnat sharoitlarini yaratish uchun yetarli yorug‘lik kuchini ta’minlashi;
(41-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
xonalarda yoritish asboblari chang to‘planishiga imkoniyat bermaydigan konstruksiyaga ega bo‘lishi, shuningdek singan taqdirda uning parchalari sochilib ketmasligi uchun yopiq bo‘lishi.
Oldingi tahrirga qarang.
42. Noqulay omillar ta’siriga qarshi himoya tadbirlarini tuzishda samarali havo almashinuvi tizimini SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq tashkil qilish lozim.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
43. Ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy xonalarni, xom ashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarini gigiyenik jihatdan toza saqlash va xodimlarning shaxsiy gigiyenasiga qo‘yiladigan talablar qonunchilik hujjatlarida belgilangan qoidalarga muvofiq bo‘lishi lozim.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
9-§. Tashkilot maydonlariga bo‘lgan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
44. Tashkilot maydonlari va binolarining joylashuvi SHNQ 2.09.17-21 “Sanoat korxonalarining bosh rejalarini loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos bo‘lishi kerak.
(44-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
45. Tashkilotda transport vositalarining va piyodalarning tashkilot hududida harakatlanishi chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
46. Transport vositalari va tashkilot hududida piyodalarning harakati chizmasi tashkilotga kirish va chiqish hamda ish uchastkalari va sexlarning ko‘rinarli joylariga osib qo‘yilishi kerak.
47. Tashkilot maydonlari ko‘kalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
48. Tashkilot maydonidagi o‘tish joylari mustahkam yopqichlar, suvlar oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
49. Yilning yoz vaqtida yo‘laklar va o‘tish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum sepilgan bo‘lishi lozim.
50. Yo‘lovchilar uchun yo‘lak va tashkilotga kirish joyi tekis, kengligi kamida 1,5 m. yon tomonlarida devorcha va to‘siqlar bo‘lishi lozim.
51. Binolarning tomlarini qishki mavsumda qordan, karnizlarni qotgan muzlardan tozalab turish zarur.
52. Tashkilot hududida har kuni tozalab va dezinfeksiya qilib turiladigan axlat tashlanadigan idishlar bo‘lishi shart.
53. Hovlidagi hojatxonalarni ozoda saqlash, muntazam dezinfeksiya qilish, sutkaning qorong‘i paytida esa yoritilishi kerak.
54. Tashkilot joylashgan maydon butun chegara bo‘ylab to‘silgan bo‘lishi, uning hududiga begonalarning kirishi cheklangan va nazorat ostiga olingan bo‘lishi lozim.
10-§. Bino va inshootlarga bo‘lgan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
55. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda ma’muriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
(55-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
56. Yordamchi binolar va xonalar SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda ma’muriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
(56-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
57. Ishlab chiqarish va yordamchi xonalarning (harorati, nisbiy namligi, havoni harakatlanish tezligi va boshqalar) mikroiqlimi GOST 12.1.005-88 talablariga javob berishi kerak.
58. Nam xonalarda hamda issiq o‘tkazuvchi pollarda (betonli, g‘ishtli, plitali va boshqalar) muntazam ishlashga mo‘ljallangan ish joylarida yog‘och to‘shamalar va panjaralar yotqizilgan bo‘lishi kerak.
59. Pol to‘shamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi kirlar va changlardan yengil tozalanadigan bo‘lishi kerak.
60. Binoga transport vositalarining kirish joylari darvozalar va signal asbob-uskunalari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
61. Darvoza tavaqalari yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar mustahkam o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
62. Transport vositalarining binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan transport vositalari eni miqdoridan oshiq bo‘lishi kerak.
63. Darvozalarning balandligi transport vositasining balandligidan kamida 0,2 m dan oshiq bo‘lishi kerak.
64. Tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan bo‘lishi kerak.
65. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda ikki martadan (bahor va kuzda) kam bo‘lmagan holda tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan komissiya tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim. Texnik ko‘rik xulosalari ularda topilgan nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar va muddati ko‘rsatilgan dalolatnomalar orqali rasmiylashtirilishi kerak.
66. Xodimlar uchun xavf tug‘diruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Xavfli hududlarda ishlab chiqarish jarayonlari halokat bartaraf etilgunga qadar to‘xtatib turilishi lozim, shuningdek xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar xavfsiz joyga ko‘chirilishi kerak.
67. Kirish va chiqish yo‘llari, koridor, tambur, narvonlar turli jismlar va asbob-uskunalar bilan to‘sib qo‘yilmasligi lozim. Evakuatsiya chiqish yo‘llarining barcha eshiklari binodan chiqish yo‘nalishi bo‘yicha ochilishi lozim.
68. Tashkilotning ishlab chiqarish xonalari va omborxonalar avtomatik yong‘indan xabar beruvchi va yong‘inlarni bartaraf etuvchi qurilmalari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
11-§. Shamollatish va isitish tizimiga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
69. Shamollatish va isitish tizimi SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
(69-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
70. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m. balandlikda bajarilishi lozim.
71. O‘tish joylarida joylashgan isitish jihozlari ruxsat etilgan o‘tish yo‘laklarining enini kamaytirmasligi lozim.
72. Ish joylarida havo harorati yengil jismoniy ishda 21° C, o‘rtacha og‘ir ishda 17° C va og‘ir ishda 16° C dan past bo‘lmasligi kerak.
73. Xodimlarining isinishi uchun xonalarda harorat 22° C dan kam bo‘lmasligi kerak.
74. Isinish xonalarigacha bo‘lgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 m dan, bino tashqarisidagi ish joylaridan esa 150 m. dan ko‘p bo‘lmasligi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
12-§. Suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga qo‘yiladigan talablar
(12-paragrafning nomi O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
75. Suv bilan ta’minlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” talabiga mos kelishi kerak.
(75-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
76. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar bo‘lishi kerak. Suv quvurlari yo‘q bo‘lganda baklarda qaynatilgan suv bo‘lishi lozim.
77. Ichimlik suvining harorati 8° C dan 20° C gacha bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
78. Tashkilot hududidagi hojatxonalar issiq suv va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga ulangan bo‘lishi lozim.
(78-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
79. Tashkilotda oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi yo‘q bo‘lganda davlat sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda tashkilotda yer qatlamini ifloslantirmagan holda dushxonalardan va yuz-qo‘l yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat o‘ralarining mavjud bo‘lishiga ruxsat etiladi.
(79-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
13-§. Yoritishga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
80. Ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sun’iy yoritish SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sun’iy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos bo‘lishi lozim. Yoritish vositalari toza va soz holatda bo‘lishi kerak.
(80-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
81. Yoritish vositalari toza va soz holatda bo‘lishi kerak. Yorug‘lik tushuvchi oynalarni yilida kamida ikki marotaba tozalash lozim.
82. Yorug‘lik tushadigan deraza va eshiklarni turli predmetlar (uskuna, tayyor mahsulot va boshqalar) bilan to‘sib qo‘yishga ruxsat etilmaydi.
83. Sun’iy yoritish umumiy va birlashgan (umumiy mahalliy bilan birgalikda) tizim orqali amalga oshiriladi. Birgina mahalliy yoritishni qo‘llash taqiqlanadi.
84. Uchastka va xonalarda portlash bo‘yicha xavfli gaz va changlar konsentratsiyasi yig‘ilib qolishi ehtimoli bo‘lsa, elektr yoritish tizimi portlashdan alohida bajarilishi kerak.
85. Xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori bo‘lmagan ko‘chma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Uskunalar va inshootlar (bunkerlar, quduqlar, bug‘lantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ning ichki sirtini yoritish uchun ishlatiladigan ko‘chma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak.
86. Ko‘chirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qopqoqlari va metall to‘r bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa ko‘chirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan kabel va elektr o‘tkazgichlar qo‘llanishi lozim.
87. Evakuatsiya yo‘laklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari bo‘lishi lozim.
88. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, o‘lchamlari va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalanib turilishi lozim.
89. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya iste’molchilarining ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritilishlarining sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi lozim.
14-§. Maishiy imoratlarga qo‘yiladigan talablar
90. Tashkilot maishiy xonalar, ovqatlanish xonalari, tibbiy punktlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
91. Kiyim almashtirish xonalari, dushxonalarning o‘lchamlari, dush setkalari, oyoq vannalari, bet-qo‘l yuvgichlari, iste’mol suv ta’minoti qurilmalari, hojatxonalar va shu kabi qurilmalarning soni, smenadagi eng ko‘p xodimlar soni hisobga olingan holda belgilanishi lozim.
92. Dushxonalar va hojatxonalardagi tarnovlar, kanallar, traplar, pissuarlar va unitazlar muntazam ravishda tozalanishi, yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi lozim.
15-§. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishga bo‘lgan talablar
93. Tashkilot atrof muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli normalardan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi lozim.
94. Tashkilotlarda ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda atrof muhitni chiqindilar (oqova suvlar, shamollatish tizimi chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar ta’minlanishi lozim.
95. Tashkilotlarda chiqindilarni yig‘ish uchun atrofi o‘ralgan maxsus joy ajratilishi va konteynerlar bilan ta’minlanishi, konteynerlar chiqindilardan bo‘shatilgandan so‘ng xlorli ohak eritmasi bilan dezinfeksiya qilinishi va yuvilishi kerak.
16-§. Mehnat va dam olishga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
96. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti tashkilotlar tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(96-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
III bob. Tashkilotlarda ish jarayonlariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
1-§. Umumiy talablar
97. Ishlab chiqarish texnologik jarayonlari GOST 12.3.002 “Ishlab chiqarish jarayonlari. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq bo‘lishi lozim.
98. Ishlab chiqarish jarayonlarining xavfsizligi quyidagi talablarni amalga oshirish orqali ta’minlanadi:
ishlab chiqarish uskunalariga xizmat ko‘rsatish tartibidagi texnologik jarayonlarni (ish turlarini), ish usullari va rejimlarini qo‘llash;
shikastlanish va kasb kasalliklari manbai bo‘lmagan ishlab chiqarish uskunalarini qo‘llash;
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining tarqalishini cheklovchi vositalarni qo‘llash;
ishlab chiqarish uskunalarini to‘g‘ri joylashtirish va ish joylarini to‘g‘ri tashkil etish;
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining xususiyatiga mos keluvchi himoyalash vositalarini qo‘llash;
ish bajarilayotgan paytdagi xavfli hududlarni belgilash.
99. Texnologik jarayonlarda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari paydo bo‘lganda xodimlarga oldindan o‘zini bexatar tutish qoidalari haqida ma’lum qilinishi va ular tegishli tartibda o‘qitilishi va himoya vositalari bilan ta’minlanishi lozim.
100. Ishlab chiqarish jarayonlarining kechishi atrof muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga, xavfli va zararli omillarning tegishli standart va normativ-huquqiy hujjatlarda belgilab qo‘yilgan chegaraviy yo‘l qo‘yiluvchi me’yorlardan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi shart.
101. Ishlab chiqarish texnologik jarayonlari soz asbob-uskunalar va nazorat-o‘lchash asboblari, himoya to‘siqlari, blokirovkalar hamda ishga tushiruvchi apparatlari mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshirilishi lozim.
2-§. Yong‘in va portlashga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
102. Ishlab chiqarish jarayonlari yong‘in va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda GOST 12.1.004-91 “Yong‘in xavfsizligi. Umumiy talablari” va GOST 12.1.010-90 “Portlash xavfi. Umumiy talablari”ga va ushbu Qoidalarga muvofiq ta’minlanishi lozim.
103. Ishlab chiqarishda sinalmagan yong‘in va portlash xavfi mavjud hamda toksik xususiyatlarga ega bo‘lgan moddalar va materiallarni qo‘llash taqiqlanadi.
104. Ishlab chiqarish binolari va xonalarining portlash jihatdan xavflilik toifalari loyiha tashkiloti tomonidan TLTM 24-86 “Texnologik loyihalashtirish tarmoq me’yorlari”ga muvofiq har holat uchun alohida aniqlanishi lozim.
105. Ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda yong‘inlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir bo‘lishi hamda atrof muhit uning chiqindilari (oqova suvlari, shamollatish chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar ta’minlanishi lozim.
106. Ishlab chiqarish binolari va xonalari dastlabki yong‘inni o‘chirish vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi shart.
107. Shamollatish tizimi yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan bo‘lishi kerak.
108. Bino va yong‘in suv manbai yo‘laklari hamda yong‘inni o‘chirish vositalariga boradigan yo‘laklar doimo bo‘sh bo‘lishi kerak.
109. Portlashning oldini olish uchun mashina va agregatlarining ishqalanuvchi qismlarini qizib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
110. Aralashganda portlovchi modda hosil qilishi lozim bo‘lgan gazlarni umumiy kollektorga chiqarish taqiqlanadi.
111. Ishlab chiqarish binolari va xonalari uchun hududiy yong‘in xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqilishi va ko‘rinadigan joyga osib qo‘yilishi lozim.
112. Xodimlar bilan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilishi va yong‘inning oldini olish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berilishi kerak.
113. Ishlab chiqarish binolarining barcha xonalari, ishlab chiqarish, omborxona va yordamchi binolarning ko‘rinarli joylarida yong‘in xavfsizligi xizmatining telefon raqamlari yozilgan eslatma yozuvlari bo‘lishi kerak.
114. Arxiv, omborxona va havo almashtirish uskunalari o‘rnatilgan xonalarining eshiklari yong‘inga chidamli qilib ishlangan bo‘lishi kerak.
115. Tashkilot binolarining har bir qavatida yong‘in sodir bo‘lganida xodimlarni va moddiy boyliklarni qutqarish chizmasi o‘rnatilishi shart. Chizmada xonalar, yo‘laklar, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari, telefon joylashuvi, xodimlarning favqulodda holatda zaxira chiqish yo‘llaridan harakat qilish yo‘nalishlari ko‘rsatilishi lozim.
116. Bino va inshootlarda kuyidagilar taqiqlanadi:
yerto‘lada yonuvchi suyuqliklar, gaz sig‘imlari, portlash xavfi bo‘lgan mollarni saqlash;
chordoqlarda, texnik qavatlarda, ventkameralar va boshqa texnik xonalarda asbob-uskunalarni saqlash;
zaxira chiqish yo‘llari devorlariga, shift va pollariga yengil yonuvchi materiallar bilan ishlov berish, bo‘yash, shuningdek zinapoyalar va ular oldidagi xonalarga yonuvchi qurilish materiallaridan ishlov berish, yog‘och panellar bilan bezash, turli qo‘shimcha xizmat xonalarini qurish;
xonalardagi elektr isitkich asboblar, kompyuter va yordamchi asbob-uskunalarni elektr tarmog‘iga ulangan holda qoldirish;
elektr asbob-uskunalar va jihozlardan foydalanishdan avval ularni ishlab chiqargan tashkilot tomonidan berilgan tavsiya va yo‘riqnomada keltirilgan foydalanish qoidalari bilan tanishib chiqmasdan ishlatish;
117. Yong‘in o‘chirish vositalaridan xo‘jalik ishlarini bajarish maqsadlarida foydalanish taqiqlanadi.
118. Tashkilot bino va inshootlarida o‘rnatilgan ichki yong‘in o‘chirish jo‘mraklari suv tarmog‘iga ulangan bo‘lib, ular yong‘in o‘chirish yeng va dastaklar maxsus yong‘in qutilari ichida joylashtirilishi kerak. Yeng va dastaklar yong‘in o‘chirish ichki jo‘mragiga ulab qo‘yilgan bo‘lishi kerak
119. Yong‘inga qarshi suv havzalari doimo soz holatda bo‘lishi, ichidagi suv hajmi yong‘inni o‘chirish uchun yetarli bo‘lishi kerak. Suv havzalarining ishga yaroqliligi yiliga kamida ikki marotaba, bahor va kuz mavsumlarida tekshirilishi lozim.
3-§. Elektr qurilmalariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
120. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini o‘rnatish va ulardan foydalanishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga rioya qilinishi kerak.
(120-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
121. Elektr energiyasidan foydalanishda tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan muhandis-texnik xodimlardan elektr xo‘jaligi uchun javobgar xodim tayinlangan bo‘lishi va bu xodim elektr xavfsizligi bo‘yicha tegishli malaka guruhiga ega bo‘lishi shart.
122. Kuchlanishi 1000 V va undan yuqori bo‘lgan elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatishda elektr xo‘jaligi uchun mas’ul xodim elektr xavfsizligi bo‘yicha V malaka guruhiga va kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatishda IV malaka guruhiga ega bo‘lish talab etiladi. Mas’ul xodim davriy ravishda va o‘rnatilgan tartibda elektr xavfsizligi bo‘yicha tashkilotda tuzilgan komissiyada bilim sinovidan o‘tishi shart.
123. Elektr tok o‘tkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va o‘lchash asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi apparatlar va moslamalar faqat yonmaydigan asoslarda montaj qilinishi lozim.
124. Yuqori namlik va issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritqichlar namlikdan, elektr dvigatellari esa suyuqlik sachrashidan himoyalangan bo‘lishi shart.
125. Taqsimlovchi qurilmalar izolyatsiyasining qarshiligi va chidamliligi tekshirib turilishi lozim.
126. Ishlab chiqarish binolari va maishiy xonalarda qo‘llanuvchi lyuminessent yoritqichlar yopiq holda, namlik va chang o‘tkazmaydigan maxsus armaturada bajarilishi lozim.
127. Ko‘chirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qalpoqlari va metall to‘r bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa ko‘chirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan kabel va elektr o‘tkazgichlar qo‘llanilishi lozim.
128. Kabellar va elektr o‘tkazgichlarning izolyatsiyasi, tashqi birikmalar, elektr tokdan himoyalovchi yerga ulangan simlar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi ko‘rikdan o‘tkazilishi va asboblar bilan o‘lchash orqali tekshirilib turilishi lozim.
129. Tok uzatilmagani sababli uskuna to‘xtatilgan hollarda elektr dvigatellar o‘chirilishi kerak.
130. Elektr apparatlari va agregatlarining nolga va yerga ulash simlarining butunligi kamida 6 oyda bir marta tekshirilishi lozim. Tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
131. Kam quvvatli elektr lampalari va asboblarini kattaroq quvvatlilariga almashtirish tarmoq uchun yo‘l qo‘yiluvchi yuklanishni hisobga olgan holda elektr xo‘jaligi uchun mas’ul xodimning ruxsati bilan amalga oshirilishi lozim.
132. Bitta elektr shtepseliga bir nechta iste’molchilarni ulash taqiqlanadi.
133. Changlarning statik elektr razryadlaridan alangalanib ketmasligi uchun mashinalarning g‘iloflari, uning asosiy vallari va havo quvurlari yerga ulangan bo‘lishi lozim.
134. Havo quvurlarining filtrlari mayda katakli metall to‘rlar bilan o‘ralgan va to‘r yerga ulangan bo‘lishi lozim.
135. Tashkilotning barcha turdagi bino va inshootlari yashin qaytargichlar o‘rnatilgan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yashin urishidan himoyalangan bo‘lishi lozim. Yashin qaytargichlar har yili bahorda tekshirilib turilishi va nosozliklari bartaraf etilishi lozim.
136. Momaqaldiroq vaqtida elektr o‘lchashlarni amalga oshirish taqiqlanadi.
4-§. Hisoblash markazlarida ishlashda xavfsizlik talablari
137. Kommutatsiya javonlari va boshqa tashqi qurilmalar, shuningdek o‘lchash, sinash va tekshirish asboblari, telegraf apparatlari, nazorat-chaqiruv asboblarining barcha korpuslari yerga ulangan bo‘lishi kerak.
138. Qurilmalardan kommutatsiya javonlarining eshiklari va g‘iloflari yopiq bo‘lgandagina foydalanishga ruxsat etiladi.
139. Elektr ta’minot javonlarining eshiklarini ochiladigan tomonida va taqsimlovchi shchit yonida dielektrik gilamchalar to‘shalgan bo‘lishi kerak.
140. Uskunani montaj qilish ishlari, yacheyka va bloklarni almashtirish kuchlanishdan to‘liq uzib qo‘yilgan holda bajarilishi kerak.
141. Ulovchi kabellar ajratkichlarini kuchlanish ostida ulash va ajratish taqiqlanadi. Kuchlanish uzib qo‘yilganidan so‘ng tarmoq avtomatida “Ulanmasin! Odamlar ishlamoqda” yozuvli taqiqlovchi plakat osib qo‘yilishi kerak. Ishlar bajarilgandan so‘ng ushbu plakatni osib qo‘ygan (yoki uning o‘rnidagi) xodim plakatni olib qo‘yishi va kuchlanishni ulashi mumkin.
142. Taqsimlash shchitining saqlagichlarini shchitning ulab-uzgichi ulanmagan va yuklama olib qo‘yilgan holatda almashtirish zarur.
143. Uskunalarda kuchlanishni uzib qo‘ymasdan ishlashga faqat ayrim hollarda sex (uchastka) boshlig‘ining buyrug‘i yoki profilaktika ishlarining tasdiqlangan jadvali bo‘yicha yo‘l qo‘yiladi. Ushbu ishlarning bajarilishi to‘g‘risida tegishli yozuv qayd qilish daftarida yozib qo‘yilishi kerak.
144. Yuklanishsiz (salt) ishlashning yo‘l qo‘yilgan vaqti ekspluatatsiya qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarda ko‘rsatib o‘tilmagan bo‘lsa, ishdagi tanaffus (30 daqiqa va undan ortiq bo‘lgan vaqt)larda hisoblash mashinalari elektr tarmoqdan uzib qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
145. Perforatsiya mashinalarida ishlaganda takrorlash qurilmasining cho‘tkalari to‘silgan bo‘lishi kerak.
146. Perforatsiya mashinalarida ishlash jarayonida quyidagilar taqiqlanadi:
qurilma yoqilgan vaqtda perforatorni tozalash va moylash;
ishlayotgan vaqtda tasmani taqish va olib tashlash hamda ulab-uzgichlarning holatini o‘zgartirish.
147. Perfokartalarni o‘rnatish va chiqarib olish, perfokartalarning qiyqimlari olib tashlanishiga kuchlanish uzib qo‘yilgan holdagina ruxsat beriladi.
148. Quyidagilar taqiqlanadi:
dvigatel aylanayotganida alfavit raqamli bosma qurilma (bundan buyon matnda ARBQ deb yuritiladi)ni tozalash;
magnit tasmalardagi to‘plagichlarda (bundan buyon matnda MTT deb yuritiladi) ishlaganda aylanayotgan kassetalarni qo‘l bilan to‘xtatish, shuningdek MTT eshikchasi ochiq va muhofazalovchi oynasi tushirilgan holatida foydalanish;
manba ulangan holatda ARBQ da qog‘oz almashtirishni amalga oshirish;
kommutatsiya taxtalarini maydonda mahkamlamasdan qoldirish;
149. ARBQ da ishlar uning ustki qopqog‘i yopiq holatdaligida amalga oshiriladi.
5-§. Kompyuterda ishlashda xavfsizlik talablari
150. Kompyuterni yoqishda operator uskunani ulashni quyidagi ketma-ketlikda amalga oshirishi lozim:
ta’minot blokini yoqishi;
periferiya qurilmalarini (printer, monitor, skaner va boshqalar) yoqishi;
tizim blokini (protsessor) yoqishi.
151. Quyidagi holatlarda operatorning ish boshlashi taqiqlanadi:
uskunada nosozlik aniqlanganida;
shaxsiy kompyuterida himoyaviy yerga ulashning yo‘qligida.
152. Operator ish vaqtida quyidagilarga majbur:
faqat unga topshirilgan va yo‘l-yo‘riq olingan ishni bajarishga;
ish joyini ozoda saqlashga;
qurilmaning barcha shamollatish tuynuklarini ochiq holatda saqlashga;
“sichqoncha” tashqi qurilmasini maxsus gilamchaning mavjudligida qo‘llash;
muayyan vaqtga ishlarni to‘xtatish zarurati tug‘ilsa, barcha aktiv topshiriqlarni tartib bilan yopishga;
agar operator kompyuterda ishlash davomidagi tanaffus vaqtida bevosita monitor yaqinida (2 m. dan kam bo‘lgan masofada) turishga majbur bo‘lsa, manbani uzishga;
SanMvaQ 0224 “Shaxsiy kompyuterlar, videodispleyli terminallar va orgtexnikada ishlashda sanitariya qoidalari va normalari” talablarini bajarish hamda ish va dam olish tartibiga rioya qilishga;
hisoblash texnikasi bilan ishlaganda ekspluatatsiya qilish yo‘riqnomalariga amal qilishga;
matnli axborotlar bilan ishlaganda qora belgilarni oq fonda ko‘rsatishning fiziologik rejimini tanlashga;
ish vaqtida belgilangan tanaffuslarga amal qilish va jismoniy tarbiya tanaffuslarida ko‘z, bo‘yin, qo‘l, gavda va oyoq uchun tavsiya etilgan mashqlarni bajarishga.
153. Operatorga ish vaqtida quyidagilar taqiqlanadi:
bir vaqtning o‘zida monitor ekrani va klaviaturaga tegish;
ta’minot ulangan vaqtda tizim bloki (protsessor)ning orqa paneliga tegish;
qurilmalarning ustki panellarini qog‘oz va boshqa buyumlar bilan to‘ldirib tashlash;
ishlash vaqtida ta’minotni uzib qo‘yish;
ta’minotni tez-tez o‘chirib yoqish; tizim bloki (protsessor), monitor yuzasiga, klaviatura, diskovod, printer va boshqa qurilmalarning ish yuzasiga nam tushishiga yo‘l qo‘yish; sovuqda qolgan (qish paytida tashqaridan olib kirilgan) uskunani ulash;
o‘zboshimchalik bilan uskunani ochish va ta’mirlash.
154. Operator avariya holatlarda quyidagilarni amalga oshirishi lozim:
ta’minot simlarining uzilishi, yerga ulashning nosozligi aniqlangan barcha holatlarda va elektr uskunaning boshqa shikastlanishlarida, kuyindi hidi paydo bo‘lganda zudlik bilan ta’minotni uzib qo‘yish hamda avariya holati to‘g‘risida rahbar va navbatchi elektrik xodimga xabar berishi;
xodimlarning kuchlanish ostiga tushib qolish holati aniqlanganda, zudlik bilan elektr ta’minotini uzib qo‘yish yo‘li bilan uni tok ta’siridan xalos etish va shifokor kelguniga qadar jabrlanuvchiga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishi;
dasturiy ta’minot texnik uskunasining ishidagi har qanday shikastlanish holatlarida zudlik bilan rahbar yoki mas’ul xodimga xabar berishi;
nigohni bir nuqtaga jamlaganda yoki uni o‘ta ravshanlikka qaratganda - ko‘zda og‘riq paydo bo‘lib, ko‘rish qobiliyatining birdan yomonlashishi, barmoqlarda va qo‘l panjalarida og‘riq paydo bo‘lishida, yurak urishi tezlashish holatlarida zudlik bilan ish joyini tark etish, bo‘lib o‘tgan hodisa to‘g‘risida ish rahbariga xabar berish va shifokorga murojaat qilishi;
uskuna yonayotganida ta’minotni uzib qo‘yishi hamda uglekislota va kukunli yong‘inni o‘chirish vositalari yordamida yong‘in o‘chog‘ini o‘chirish choralarini ko‘rish, yong‘in xavfsizligi xizmatini chaqirish va hodisa to‘g‘risida rahbarga xabar berishi.
6-§. Ishlarni balandlikda bajarishda xavfsizlik talablari
155. Ishlarni balandlikda bajarish Balandlikda ishlaganda mehnatni muhofaza qilish qoidalari (ro‘yxat raqami 1890, 2009-yil 24-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 5-son, 46-modda) talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
156. Balandlikda bajariladigan ishlar uchun maxsus qurilmalar (havoza, qo‘sh oyoqli narvon, ko‘chma narvon va boshqalar)dan foydalaniladi. U yoki bu qurilmalar bajariladigan ishlarning shart-sharoitlari va xususiyatlariga bog‘liq holda qo‘llaniladi. Tasodifiy tayanchlar (qutilar, g‘ishtlar va boshqalar)da vaqtinchalik to‘shamalarni o‘rnatish man etiladi.
157. Yog‘och havozalar yaproqli va igna bargli daraxt turining tolalari qiyshiq bo‘lmagan, yorilmagan va ko‘zsiz quruq yog‘ochdan tayyorlanishi kerak. Qo‘llaniladigan taxtalarning yo‘g‘onligi 4 sm. dan kam bo‘lmasligi kerak.
158. Mix bilan qoqilgan, ustunlari boltlar bilan mahkamlanmagan va pog‘onalari ustunlarga o‘yib kiritilmagan yog‘och narvon va qo‘sh oyoqli narvonlardan foydalanish taqiqlanadi.
159. Yog‘och narvonlarni shaffof lok bo‘yoqlar bilan bo‘yash lozim.
160. Ko‘chma narvonlarning yerga o‘rnatiladigan pastki uchlari o‘tkir uchliklarga ega temir qoplamalar bilan qoplangan bo‘lishi kerak, ulardan tekis va g‘adir-budurli (parket, plita, beton va boshqalar) pollarda foydalanilganda esa, rezina va boshqa turdagi sirpanmaydigan materialdan ishlangan boshmoqlar bo‘lishi kerak. Zarurat bo‘lganda narvonning yuqori uchlarida maxsus ilgaklar bo‘lishi kerak.
161. Ikki tomonga ochiladigan qo‘sh oyoqli narvonlar ishlash vaqtida o‘z-o‘zidan surilib ketish ehtimolidan holi bo‘lishi lozim.
162. To‘siqlari yoki tayanchlari bo‘lmagan qo‘sh oyoqli narvonlarning hamda tirab qo‘yiladigan narvonlarning yuqoridagi ikkita pog‘onalarida ishlash, shuningdek pog‘onalarda bittadan ko‘p odam turishi man etiladi.
Balandlikda tirab qo‘yiladigan narvondan yoki qo‘sh narvondan boshqasiga o‘tish taqiqlanadi.
163. Quyidagi holatlarda narvonlarda ishlash taqiqlanadi:
ishlab turgan mashinalar, vallar hamda shkivlar, transportyorlar va boshqalarning oldida va ustida;
mexanizatsiyalashtirilgan asbob-uskunalardan foydalangan holda (pnevmatik yoki elektr bolg‘a bilan teshik ochish) simlarni tortishda hamda yuqorida og‘ir detallarni ko‘tarib turishda.
Bunday ishlarni bajarish uchun maxsus havozalar yoki to‘siqli qo‘shnarvonlardan foydalanish kerak.
164. Narvonda ish boshlashdan oldin, uning mustahkamligini ta’minlash, so‘ngra ko‘zdan kechirish va sinab ko‘rish yo‘li bilan uning joyidan sirpanmasligiga yoki tasodifan qo‘zg‘almasligiga ishonch hosil qilish kerak.
165. Agar narvonning yuqori qismini mustahkam qilib mahkamlashning iloji bo‘lmasa, shuningdek odamlar serqatnov bo‘lgan joylarda narvonning tasodifiy turtkilardan yiqilishini oldini olish uchun, uning pastki uchlaridagi metall uchliklar yoki rezinali boshmoqlarning mavjudligidan qat’i nazar, narvonni boshqa xodim ushlab turishi kerak.
166. Balandlikda ishlash uchun pog‘onaning ikki qavat o‘rtasidagi zinapoyalariga maxsus to‘shamalar to‘shalishi kerak.
7-§. Kuchlanishni pasaytiruvchi transformatorlarda ishlashda xavfsizlik talablari
167. Kuchlanishni pasaytiruvchi transformatorlarning (bundan buyon matnda transformator deb yuritiladi) birlamchi chulg‘amlari rezina shlangga joylangan va tegishli shtepsel vilkasi (ulagich) bilan ta’minlangan, uzunligi ikki metrdan ortiq bo‘lmagan shnur yordamida 127 va 220 B tarmoqqa ulanishi kerak. Rezina shlang transformator korpusiga kiritilishi va mustahkam qilib mahkamlanishi kerak. Chulg‘amning chiqishlari hamda shnurning ulanishlari kavsharlangan bo‘lishi kerak. Kuchlanishi 42 V gacha bo‘lgan transformator chulg‘amlarining chiqishlari transformator korpusiga mahkamlangan shtepsel rozetkasiga ulangan bo‘lishi kerak.
168. Ko‘chma transformatorlar korpuslari yerga ulanishi lozim. Transformatorning ikkilamchi chulg‘amlari har bir chiqishlaridan biri transformatorning yerga ulovchi qisqichlariga ulanishi orqali yerga ulangan bo‘lishi kerak. Transformatorlar elektr asbob-uskunalar bilan birgalikda quruq joyda saqlanishi kerak.
169. Ko‘chma transformatorlarni foydalanishga qabul qilishda va kamida 12 oyda bir marta yuqori kuchlanish bilan tekshirilishi kerak. Ko‘chma transformatorlar – 3 oyda bir marta, statsionar transformatorlar – 12 oyda bir marta izolyatsiya qarshiligiga tekshiriladi.
Transformatorlar korpusida navbatdagi sinov sanasi ko‘rsatiladi.
170. Transformatorlarning izolyatsiya qarshiligi bo‘yicha sinash sinalayotgan transformatordan birlamchi chulg‘amga 1 daqiqa davomida 50 Gs chastotali kuchlanishni uzatish orqali amalga oshirilishi kerak. Bunda ikkilamchi chulg‘am qisqartirilgan va yerga ulangan korpusga ulangan bo‘lishi kerak.
171. Transformatorlar izolyatsiyasining sinov kuchlanishining kattaligi quyidagicha bo‘lishi kerak:
birlamchi chulg‘am 127 va 220 V kuchlanishida – 1350 V, 380 va 500 V kuchlanishda – 1800 V;
sanoat chastotasidagi elektr energiya manbai bo‘lmaganda sinov 2500 V kuchlanishga mo‘ljallangan megommetr bilan amalga oshiriladi.
172. Sinov natijalari maxsus daftarlarda yoki o‘lchov bayonnomalarida qayd etilishi kerak.
8-§. Distansion ta’minot kuchlanishini uzish va ulashda xavfsizlik talablari
173. Distansion ta’minot kuchlanishini o‘z vaqtida uzib qo‘yish va ulash uchun ta’minlovchi kuchaytirish punktining boshlig‘i (yoki uning o‘rnidagi xodim) javobgardir.
174. Barcha farmoyishlar, distansion ta’minot kuchlanishini uzib qo‘yish va ulash vaqtlari ta’minlovchi kuchaytirish punkti yoki stansiyaning qayd qilish daftariga yozilgan bo‘lishi kerak.
175. Ta’minlovchi xizmat ko‘rsatiladigan kuchaytirish punkti (bundan buyon matnda XKKP deb yuritiladi) yoki oxirgi stansiyadagi distansion ta’minot texnik boshliqning farmoyishiga ko‘ra uzib qo‘yiladi. Kabeldagi avariya holatida distansion ta’minot kuchlanishi XKKP yoki stansiya bo‘yicha mas’ul navbatchi xodim tomonidan uzib qo‘yiladi.
176. XKKP yoki stansiyada distansion ta’minot kuchlanishini uskunadan va koaksial kabelning simmetrik signalli juftlaridan ishonchli uzib qo‘yilishini ta’minlash uchun distansion ta’minotning uzatish zanjirida tegishli yoylar yoki saqlagichlarni olib qo‘yish orqali ko‘rinadigan qo‘shimcha uzilishlarni amalga oshirish zarur.
177. Distansion ta’minot kuchlanishi uzib qo‘yilgan kalit va tugmalarda “Ulanmasin! Tarmoqda ish bajarilmoqda” plakatlari osib qo‘yilgan bo‘lishi kerak. Osib qo‘yilgan plakatlar soni bir vaqtning o‘zida liniyada ishlayotgan brigadalarning soniga mos kelishi kerak. Qayd qilish daftarida osib qo‘yilgan plakatlar soni to‘g‘risida belgi qo‘yilishi kerak.
178. Kabeldan distansion ta’minot kuchlanishini uzishda bir vaqtning o‘zida teleboshqarish va signalizatsiya kuchlanishlari ham uzib qo‘yiladi. Shuningdek, teleboshqarish va signalizatsiya platalariga “Ulanmasin! Tarmoqda ish bajarilmoqda” plakati osib qo‘yiladi.
179. Xizmat ko‘rsatishning ikki kabelli tizimida ta’minlovchi XKKP yoki stansiya xodimlari distansion ta’minot kerakli kabeldan uzib qo‘yilganligini alohida sinchiklab nazorat qilishlari kerak.
180. Distansion ta’minot kuchlanishi uzib qo‘yilganidan keyin kabel yerga ulangan holda zaryadsizlantirilishi lozim. Ushbu ish dielektrik qo‘lqoplar, dielektrik kalishlarda va himoyalovchi ko‘zoynaklarni qo‘llagan holda olib boriladi. Kabel kuchaytirish uchastkasining ikki tomoni zaryadsizlantirilishi zarur.
181. Yuqori voltli kommutatsiya uskunasidagi qayta ulashlarni dielektrik qo‘lqoplarda, dielektrik gilamchada turgan holda yoki dielektrik kalishlarda amalga oshirish zarur.
182. Ko‘chma voltmetr yoki indikator yordamida tok eltuvchi qismlarda kuchlanish yo‘qligiga ishonch hosil qilish zarur.
183. Impuls-kodli modulyatsiya apparaturasi bilan zichlangan shahar telefon stansiyasi (bundan buyon matnda SHTS deb yuritiladi) ulash liniyalari past chastotali kabellarining distansion ta’minot kuchlanishi ta’minlovchi avtomatlashtirilgan telefon stansiyalarida (bundan buyon matnda ATS deb yuritiladi), distansion ta’minotning tegishli ustunlari (bloklari va platalari)da uzib qo‘yiladi. Qo‘shimcha uzilish distansion ta’minot kuchlanishining stansion juftlardan liniya juftlariga kommutatsiyalanishiga yordam beruvchi yoylarning olib qo‘yilishi bilan amalga oshiriladi.
184. Kabel oxirgi stansiyada va ish bajarilayotgan joyda yerga ulanadi.
185. Distansion ta’minotni ulash uchun ishlarni bajaruvchi kabeldagi ishlar tugaganligi to‘g‘risida XKKP yoki stansiyaga xabar yuborishi lozim. Distansion ta’minot kuchlanishini ulovchi XKKP yoki stansiya xodimi ish tugaganligi va distansion ta’minotni qabul qilishga tayyorligi to‘g‘risidagi xabarni qayta tekshirib ko‘rishi, qayta tekshirilganligini va distansion ta’minot ulangan vaqtni qayd qilish daftariga yozib qo‘yishi kerak.
186. Plakatni osib qo‘ygan (yoki uning o‘rnidagi) xodim liniyadagi ishlarning tugaganligi to‘g‘risidagi xabar olinganidan va qayta tekshirilganidan so‘ng plakatni olib qo‘yishi va kuchlanishni ulashi mumkin.
9-§. Liniya-batareya kommutatorlariga bo‘lgan xavfsizlik talablari
187. Liniya-batareya kommutatorlari, konsentratorlarning metall karkaslari, shuningdek buzilishlarni o‘lchash asboblarining korpuslari yerga ulangan bo‘lishi kerak.
188. Batareya va telegraf bokslari, ochiq tok eltuvchi qismlarga ega taqsimlash qutilari va shchitlar maxsus qopqoqlar bilan yopilishi kerak.
189. Batareya kuchlanishi ostida bo‘lgan uyaga bitta shtepsel bilan ulangan shnur juftlarini kommutatorlar va konsentratorlarda qoldirish taqiqlanadi.
190. Liniya-batareya kommutatorida kuchlanish shnurlar yordamida ulanganda, avval shnurning bitta shtepselini liniya uyasi (yoki asbobi)ga, boshqasini esa kuchlanishli uya (yoki asbobi)ga ulash zarur. Shnurlar yordamida kuchlanishni uzib qo‘yish oldin kuchlanish uyasidagi shtepselni keyin esa liniya uyasidagi shtepselni chiqarib olish bilan amalga oshiriladi.
191. Shnurlar yordamida qayta ulashlarda sim shtepselining faqat izolyatsiyalangan qismidan ushlash kerak. Shtepsellarning izolyatsiyalangan qismini mahkamlovchi vintlarning kallaklari yashirin bo‘lishi va izolyatsiyalovchi modda bilan qoplangan bo‘lishi kerak.
192. Kommutatorlar va konsentratorlarning tok eltuvchi qismlarida kuchlanishning mavjudligi voltmetr yoki kuchlanish borligini ko‘rsatadigan asbob bilan aniqlanadi.
193. Kuchlanish ostidagi kommutatorlar va konsentratorlarning tok eltuvchi qismlarida (taroqlar stripslarida, uyalar prujinalarida va boshqalarda) ishlar izolyatsiyalangan dastali asbob bilan amalga oshirilishi kerak.
194. Apparat bokslaridan apparat stollariga apparat qatorlari bo‘ylab o‘tkazilgan simlar shunday yopilgan bo‘lishi kerakki, bunda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar ularga tegib ketmasligi inobatga olingan bo‘lishi kerak.
195. Pol ostidagi statsionar montaj tekshirilganda va shikastlanishlar tuzatilganda ochiq lyuklar vaqtincha to‘silgan bo‘lishi kerak.
10-§. Kanallarni kommutatsiya qilish sexi (uchastkasi)ga bo‘lgan xavfsizlik talablari
196. Stativ (apparatlar o‘rnatiladigan metall konstruksiya) uskuna, kommutatorlar, ko‘chma sinov asboblari, nazorat-o‘lchash asbob-uskunalari, telegraf apparatlari va chaqiruv asboblari yerga ulangan bo‘lishi kerak.
197. Apparatlar ishlayotganida barcha g‘iloflar va qopqoqlar yopilgan bo‘lishi kerak.
198. Stativlar, ustunlar va kommutatorlarning tok o‘tkazuvchi qismlarida bajariladigan ishlar kuchlanish uzib qo‘yilganda amalga oshirilishi kerak. Kuchlanishni uzib qo‘yish imkoniyati bo‘lmasa, ishlar izolyatsiyalangan dastali asbob va dielektrik himoya vositalari yordamida bajariladi.
199. Uskunada ishlayotganda shtepsel va vilka, rele, taroqlar, chiroq tutqich kalitlari va boshqa detallarning tok eltuvchi qismlariga tegish mumkin emas.
200. Kommutatsiya qilish uchun shnurli juftliklar va o‘lchash simlari to‘liq soz holatda bo‘lishi kerak. Shtepsellarning izolyatsiyali vtulkalarida yoriqlar bo‘lmasligi, shnurlarda esa – izolyatsiyasi ochilib qolgan joylar bo‘lmasligi kerak.
201. Shnur va simlarni ularning izolyatsiyalangan vtulkalaridan ushlab ulash mumkin.
202. Telegraf relelarini uyalardan chiqarish va uyalarga kiritishga faqat maxsus qisqichlar yordamida ruxsat beriladi.
203. Stativlar, ustunlar va kommutatorlardagi uzib qo‘yadigan saqlagichlar maxsus qisqichlar yordamida almashtirilishi lozim.
204. Stansiya stativlaridagi reostat va signal lampalarini almashtirganda yerga ulangan stativga ochiq qo‘l bilan tegish taqiqlanadi.
11-§. Telegraf kanallari sexi (uchastkasi)ga bo‘lgan xavfsizlik talablari
205. Sexning ustunli uskunasi, telegraf apparatlari, pultlarning korpuslari, shuningdek sinash va o‘lchash asboblarining korpuslari yerga ulangan bo‘lishi kerak.
206. Ta’minotning taqsimlovchi shchiti, kabel kiritish ustuni va kanallarni kommutatsiya qilish ustuni oldida dielektrik gilamchalar to‘shalgan bo‘lishi kerak. Telegraf kanallari apparatining ustunlari beton polga o‘rnatilganda, ularning oldida ham dielektrik gilamchalar to‘shalgan bo‘lishi kerak.
207. Saqlagichlar, reostat va signal lampalarini, shuningdek elektr yoritish chiroqlarini almashtirish vaqtida asbob-uskunalarning yerga ulangan qismlariga qo‘l bilan tegish taqiqlanadi.
208. Saqlagichlar o‘rniga vaqtinchalik tutashtirgichlardan foydalanish taqiqlanadi.
209. Tonal telegraf uskunasi va apparatlarini tozalashda izolyatsiyalangan oboymali cho‘tkalardan foydalanish kerak.
210. Shnur juftliklari bilan ishlaganda shtepselning izolyatsiyalanmagan qismidan ushlash taqiqlanadi.
211. Ustunlardagi telegraf relelarining almashtirilishi maxsus izolyatsiyalangan ajratkich yoki dielektrik qo‘lqoplar yordamida amalga oshirilishi kerak.
12-§. Xabarlarni kommutatsiya qilish markazlarida xavfsizlik talablari
212. Xabarlarni kommutatsiya qilish markazlaridagi hisoblash kompleksi, aloqa kanallari bilan tutashish, magnit tasmalardagi to‘plagichlarning uchastkalarida ishlaganda ushbu Qoidalarni III bobining 2-§ talablariga rioya qilish kerak.
213. To‘plagich va magnitli disklarda disklar paketi bo‘shlig‘i qopqog‘i ochiq turganida ishlash, uning to‘liq to‘xtaguniga qadar disk paketlarini olish taqiqlanadi.
214. To‘plagich va magnitli disklar ustki qopqoqlarining ochiq holatida karetkani joyiga keltirish vaqtida mexanik uzellarni sozlash va rostlash bo‘yicha har qanday ishlarni amalga oshirish taqiqlanadi.
215. Yozib olish va eshittirish kanallarining elektron qismlarini rostlash bo‘yicha ishlarni bajarishda karetkani joyiga keltiradigan harakatlanuvchi elementlarga tasodifan tegib ketmaslik uchun ehtiyot choralariga rioya qilish kerak.
216. O‘lchash asbobini to‘plagich va magnitli disklar boshqarish qurilmasining ta’minot bloki elementlariga ulashda ta’minot kabelini uzish va kondensatorlarni zaryadsizlantirish zarur.
217. Sinov stendida ishlaganda quyidagi talablarga rioya qilish zarur:
stend oldida (ish joyida) dielektrik gilamchalar to‘shalgan bo‘lishi kerak;
prinsipial sxemani yig‘ish, elementlarni almashtirish, ularning sozligini tekshirish stenddan kuchlanish uzib qo‘yilganda amalga oshiriladi.
218. Kuchlanish mavjudligini qo‘l bilan ushlab tekshirish, prinsipial sxema elementlarining chiqishlariga tegish taqiqlanadi.
13-§. Elektr tokini o‘zgartiruvchi (generator) xonalarga bo‘lgan xavfsizlik talablari
219. Elektr tokini o‘zgartiruvchi (generator) xonalarga xizmat ko‘rsatishga ushbu uskunalarni ekspluatatsiya qilish qoidalariga o‘rgatilgan va elektr xavfsizligi bo‘yicha III dan past bo‘lmagan malaka guruhiga ega bo‘lgan xodimlarga yo‘l qo‘yiladi. Elektr tokini o‘zgartiruvchi (generator) xonadan elektr xavfsizligi bo‘yicha II dan past bo‘lgan malaka guruhiga ega xodimlarning foydalanishiga faqat ushbu uskunaga xizmat ko‘rsatuvchi mas’ul xodim kuzatuvi ostida ruxsat beriladi.
220. Elektr tokini o‘zgartiruvchi uskunalarga xizmat ko‘rsatishda quyidagi ehtiyot choralariga rioya qilish zarur:
elektr tokini o‘zgartiruvchi uskunalarga xizmat ko‘rsatishga aloqasi bo‘lmagan xodimlarni ularning yaqiniga kelishlariga yo‘l qo‘ymaslik;
elektr tokini o‘zgartiruvchi uskunalarni qutisidagi barcha ta’mirlash ishlarini o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok kuchlanishlari o‘zgartirishda uzib qo‘yilganidan yoki ta’mirlash rubilnigi o‘chirib qo‘yilganidan keyin amalga oshirish;
ishlayotgan elektr tokini o‘zgartiruvchi uskuna javonini yopiq holda saqlash.
221. Profilaktika yoki joriy ta’mirlash uchun elektr tokini o‘zgartiruvchi uskuna o‘chirib qo‘yilganidan keyin ta’minot shchitida ta’mirlash rubilnigi yordamida kuchlanish olib qo‘yilishi kerak, uzgich uzatmasida “Ulanmasin! Odamlar ishlamoqda” plakati osib qo‘yilishi kerak.
222. Uskunani ta’minlovchi tarmoqda kuchlanish yo‘qolishida avtomatik tarzda yoqilishi mumkin bo‘lgan dizel qurilmasidan ham uzib qo‘yish kerak.
223. Kompensatsiyalovchi kondensator qurilmada ish bajarishdan oldin kondensatorlarni zaryadsizlash shtangasi bilan zaryadsizlantirish zarur.
224. Elektr tokini o‘zgartiruvchi (generator) xonalarda ishlaganda metall narvonlardan foydalanish taqiqlanadi.
225. Ko‘chma asbob-uskunalar va tok o‘lchaydigan qisqichlar bilan o‘lchash ishlari ikkita xodim tomonidan bajarilishi kerak, ulardan biri elektr xavfsizligi bo‘yicha IV dan past bo‘lmagan malaka guruhiga, ikkinchisi esa III dan past bo‘lmagan malaka guruhiga ega bo‘lishi kerak.
226. Batareyali kichik shchitlar, elektr tokini o‘zgartiruvchi (generator) qurilmalar va tok taqsimlovchi shchitlar oldida elektr uskuna uzunligiga mos bo‘lgan dielektrik gilamchalar to‘shalgan bo‘lishi kerak.
227. Elektr tokini o‘zgartiruvchi (generator) xonalarning shamollatish tizimi ortiqcha issiqlikning assimilyatsiya qilinishiga mo‘ljallanishi kerak. Oqib kelayotgan havoning miqdori so‘rib olinadigan havo miqdoriga nisbatan 1,1 koeffitsiyent bilan qabul qilinishi kerak.
228. Elektr tokini o‘zgartiruvchi (generator) xonalar ishchi va avariya yoritqichlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
14-§. Akkumulyator qurilmalariga bo‘lgan xavfsizlik talablari
229. Statsionar akkumulyator batareyalar (kislotali va ishqorli) ular uchun maxsus mo‘ljallangan xonalarda o‘rnatilishi kerak.
Kislotali va ishqorli akkumulyator batareyalarini bitta xonada joylashtirish taqiqlanadi.
230. Akkumulyator xonasi quyidagicha bo‘lishi lozim:
imkon qadar zaryadlovchi qurilmalarga va o‘zgarmas tokning taqsimlash shchitiga yaqin joylashishi;
unga chang, bug‘ va gazlar kirishidan, shuningdek to‘siq orqali suv kirishidan izolyatsiyalangan bo‘lishi;
xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar uchun qulay bo‘lishi.
231. Akkumulyator xonasiga kirish tambur orqali amalga oshirilishi kerak.
Tambur shunday o‘lchamlarga ega bo‘lishi kerakki, bunda tamburdan qo‘shni xonaga kiradigan eshik yopiq turganda, akkumulyator xonasidan tamburga chiqiladigan eshik bemalol ochilib yopilishi kerak. Tambur maydoni 1,5 m.² dan kam bo‘lmasligi kerak.
Tambur, akkumulyatorli va kislotali xonaning eshiklari tashqariga ochilishi va ular ichki tomondan kalitsiz ochish mumkin bo‘lgan o‘zi qulflanadigan qulflar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
Eshiklarda “Akkumulyator xonasi”, “Yong‘indan xavfli”, “Olov bilan kirilmasin”, “Chekish taqiqlanadi” yozuvlari bo‘lishi kerak. Tamburning tashqi eshigi temir bilan qoplangan bo‘lishi kerak.
232. Akkumulyator xonasining yonida kislotani, separatorlarni va elektrolitni tayyorlashga kerak bo‘lgan anjomlarni saqlash uchun maydoni 4 m.² dan kichik bo‘lmagan alohida xona bo‘lishi kerak.
233. Akkumulyator xonasi shiftlari, odatda gorizontal va silliq bo‘lishi kerak.
234. Akkumulyator xonasining pollari gorizontal, beton asosda, kislotaga chidamli (ishqorga chidamli) qoplamali (choklari kislotaga chidamli materiallar bilan to‘ldirilgan kislotaga chidamli keramik plitkalar, asfalt va boshqalar) bo‘lishi kerak.
Stellajlar asfalt qoplamada o‘rnatilganda kislotaga chidamli (ishqorga chidamli) mustahkam materialdan ishlangan tayanch maydonchalardan foydalanish kerak. Stellajlarni bevosita asfalt qoplamaga o‘rnatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
235. Akkumulyator xonasining devorlari, shiftlari, eshik va oyna romlari, shamollatish tizimi qutilari (tashqi va ichki tomondan), stellajlar, metall konstruksiyalar va boshqalar kislotaga chidamli (ishqorga chidamli) bo‘yoq bilan bo‘yalishi kerak.
236. Statsionar elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatish uchun qo‘llaniladigan yopiq turdagi ko‘chma akkumulyatorlar, shuningdek, nominal kuchlanishi 60 V dan, sig‘imi 72 A/soat dan ko‘p bo‘lmagan akkumulyator batareyalari aloqa apparaturalari bilan umumiy xonalarda tortib oluvchi shamollatish tizimli maxsus javonlarda o‘rnatilishi mumkin.
237. Akkumulyatorlarni tortib oluvchi shamollatish tizimli javonlarda joylashtirganda javonlarning ichki yuzasi kislotaga chidamli (ishqorga chidamli) bo‘yoqlar bilan bo‘yalishi kerak.
238. Akkumlyatorlarni o‘rnatish uchun stellajlar belgilangan talablarga muvofiq bajarilishi va sinalishi kerak.
Stellajlar orasidagi vertikal bo‘yicha masofa akkumulyator batareyasiga xizmat ko‘rsatish qulayligini ta’minlashi kerak.
239. Ishqorli akkumulyatorlar stellajlardan, stellajlar esa yerdan elektrolit va uning bug‘lari ta’siriga chidamli bo‘lgan izolyatsiyalovchi qistirmalar yordamida izolyatsiyalangan bo‘lishi kerak.
Kuchlanishi 48 V dan yuqori bo‘lmagan akkumulyator batareyalari uchun stellajlar izolyatsiyalovchi qistirmalarsiz o‘rnatilishi mumkin.
240. Akkumulyator batareyalariga xizmat ko‘rsatish uchun o‘tish yo‘laklarining kengligi ikki taraflama joylashtirilishida 1 m. dan kam bo‘lmasligi, bir taraflama joylashtirilishida 0,8 m. bo‘lishi kerak.
241. Akkumulyatorlardan isitish uskunalarigacha bo‘lgan masofa kislotali akkumulyatorlar uchun – 0,75 m. dan kam bo‘lmasligi, ishqorli akkumulyatorlar uchun – 1 m. bo‘lishi kerak.
242. Akkumulyatorlarning tok o‘tkazuvchi qismlari o‘rtasidagi masofa quyidagilardan kam bo‘lmasligi kerak:
65 V dan yuqori hamda 250 V gacha bo‘lgan kuchlanishda – 0,8 m.;
250 V dan yuqori bo‘lgan kuchlanishda – 1 m.
Akkumulyatorlarni ikki qator qilib, qatorlar o‘rtasida o‘tish yo‘lagi qoldirmasdan joylashtirilganda turli qatorlardagi yondosh akkumulyatorlarning tok o‘tkazuvchi qismlari o‘rtasidagi kuchlanish 65 V dan oshmasligi kerak.
243. Izolyatsiyalanmagan yondosh shinalar o‘rtasidagi, shuningdek ulardan bino qismlari va yerga ulangan boshqa qismlargacha bo‘lgan masofa 50 mm. dan kam bo‘lmasligi kerak.
244. Shinalar izolyatorlarda yotqizilishi va ularda shina ushlagichlar bilan mahkamlanishi kerak.
Istalgan profildagi shinalarning tayanch nuqtalari orasidagi masofa 2 m. dan oshmasligi kerak.
245. Akkumulyatorli va kislotali xonalar havo oqimini tortib oluvchi-so‘ruvchi statsionar mexanik qo‘zg‘atgichli shamollatish tizimi bilan jihozlanishi kerak.
Bundan tashqari, akkumulyatorli va kislotali xonalarni shamollatish uchun bir soatda havoni kamida bir karra almashishini ta’minlovchi tabiiy tortib oluvchi shamollatish tizimi bo‘lishi kerak.
246. Shamollatish tizimi kislotali va ishqorli batareyalar uchun alohida jihozlanadi.
Akkumulyator xonasi shamollatish tizimlarining uzib-ulagichlari tashqarida, xonaga kiraverishda joylashgan bo‘lishi kerak.
Zaryadlovchi to‘g‘rilagich bilan akkumulyator xonasining havo oqimini tortib oluvchi shamollatish tizimi bilan blokirovkalangan ulanishi va shamollatish tizimi ishlamaganda uning avtomatik tarzda o‘chirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak.
247. Sig‘imi 500 raqamgacha bo‘lgan ATSlarda, jumladan yopiq akkumulyatorlar bilan jihozlangan akkumulyator xonalarida havo almashish hajmi soatiga ikki karrali bo‘lgan tabiiy shamollatishga ruxsat etiladi.
248. Akkumulyatorli va kislotali xonalar shamollatish tizimini mo‘rilarga yoki binoning umumiy shamollatish tizimiga ulash taqiqlanadi.
Gazlarning chiqarilishi bino tomidan kamida 1,5 m. balandlikka ko‘tarilgan shaxta orqali amalga oshirilishi kerak. Shaxta atmosfera yog‘inlari tushishidan himoyalangan bo‘lishi kerak.
249. Tortib oluvchi shamollatish tizimlarining uskunasi izolyatsiyalangan xonada joylashgan va portlashdan xavfsiz qilib bajarilishi ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak.
250. Gazlarning tortib olinishi binoning yuqori qismidagi kabi, pastki qismidan ham toza havo oqimiga teskari bo‘lgan tomondan amalga oshirilishi kerak.
Agar shift turtib chiquvchi konstruksiyaga ega yoki nishab bo‘lsa, bu holda har bir bo‘lmadan yoki ship ostidagi bo‘shliqning yuqori qismidan mos ravishda havoning so‘rib olinishi ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak.
Ushbu shamollatish tizimi teshiklarining yuqori qirralaridan shipgacha bo‘lgan masofa 100 mm. dan ko‘p bo‘lmasligi, pastki shamollatish teshiklarining pastki qirralaridan polgacha bo‘lgan masofa esa 300 mm. dan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Ventilyatsiya kanallaridan kelayotgan havo oqimi bevosita akkumulyatorlarning elektroliti yuzasiga yo‘naltirilgan bo‘lmasligi kerak.
Metall ventilyatsion qutilar akkumulyatorlar tepasida joylashtirilmasligi kerak.
251. Akkumulyator xonasining shamollatish tizimi 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratni, pol sathidan 1,5 m. balandlikda sulfat kislota aerozolining yo‘l qo‘yilgan chegaraviy konsentratsiyasi 1 mg/m.³ bo‘lishini, tarkibidagi vodorod hajmga ko‘ra 0,7 foizdan ko‘p bo‘lmasligini ta’minlashi kerak.
252. Akkumulyator xonasini isitishni ushbu xonadan tashqarida joylashtirilgan shamollatish kanali orqali issiq havo uzatuvchi kalorifer qurilmasi yordamida amalga oshirish tavsiya etiladi, elektr isitishdan foydalanilganda kanal orqali uchqunlar kirishiga qarshi choralar ko‘rilishi kerak.
Bug‘ yoki suv bilan isitish tizimi o‘rnatilganda, u akkumulyator xonasi doirasida payvandlab biriktirilgan silliq quvurlardan bajarilgan bo‘lishi kerak. Flanetsli tutashishlar va ventillarning o‘rnatilishi taqiqlanadi.
253. Akkumulyatorli va kislotali xonalardagi barcha quvurlar va isitish asboblariga kislotaga chidamli (ishqorga chidamli) qoplama bilan ishlov berilishi kerak.
254. Akkumulyator batareyalarini tabiiy yoritilgan xonalarga o‘rnatish lozim. Akkumulyatorli va kislotali xonalarning derazalariga yaltiramaydigan yoki oq bo‘yoq bilan qoplangan shisha qo‘llanilishi kerak.
255. Akkumulyatorli va kislotali xonalar portlashdan himoyalab ishlangan yoritqichlar qo‘llanilgan ishchi va avariyaviy yoritishlarga ega bo‘lishi kerak.
Yoritish simlari o‘rnatilgan akkumulyatorlarning turiga bog‘liq holda kislotaga yoki ishqorga chidamli qobiqdagi simlar bo‘lishi kerak.
256. Yoritqichlarni akkumulyator batareyalarining tepasiga joylashtirish taqiqlanadi.
Ulab-uzgichlar, shtepsel rozetkalari va saqlagichlar akkumulyator xonasidan tashqarida o‘rnatilishi kerak.
257. Akkumulyatorlarni ko‘zdan kechirish uchun kuchlanishi 42 V dan yuqori bo‘lmagan, himoyalovchi setkali ko‘chma germetik lampadan yoki akkumulyatorli fonardan foydalaniladi. Lampa shnuri rezinali shlang ichiga joylangan bo‘lishi kerak.
258. Kislota, ishqor yoki elektrolit bilan faqat rezinali qo‘lqop va kalishlarda, rezinalangan fartuk va kislotaga chidamli modda shimdirilgan ip-gazlama kostum (kislotali akkumulyatorlar uchun) hamda himoyalovchi ko‘zoynaklarda ishlashi lozim.
259. Akkumulyatorlar xonasida sovun, paxta va sochiq, kislotali batareyalar ekspluatatsiya qilinganda yopiq idishda ichimlik sodasining 5–10 foizli neytrallashtiruvchi eritmasi (bir stakan suvga bir choy qoshiq ichimlik sodasi), ishqorli batareyalar ekspluatatsiya qilinganda yopiq idishda bor kislotasining 5–10 foizli eritmasi (bir stakan suvga bir choy qoshiq bor kislotasi) bo‘lishi kerak.
Ko‘zlarni yuvish uchun kuchsizroq 2–3 foizli neytrallashtiruvchi eritmalardan foydalanish kerak.
260. Elektrolitli, distillangan suvli, sodali eritma yoki bor kislotali eritma solingan barcha idishlarda aniq yozuvlar (nomlar) bo‘lishi kerak.
Yopiq qutida yetarli miqdorda lattalar va qirindilar saqlanishi kerak.
261. Kislota yoki ishqorlar tananing ochiq joylariga tushganda tananing zararlangan qismini darhol 10–15 daqiqa ichida tez oqar suv oqimi bilan yaxshilab yuvish zarur. Bundan so‘ng tananing zararlangan qismiga neytrallashtiruvchi (soda yoki bor kislotasi) eritma bilan ho‘llangan paxta qo‘yish kerak.
262. Stellajlarga to‘kilgan elektrolitni neytrallashtiruvchi eritmada ho‘llangan latta bilan artib olish kerak. Polga to‘kilgan elektrolit avval qirindilar yordamida to‘plab olinadi, keyin polning ushbu joyi neytrallashtiruvchi eritma (soda yoki bor kislota) bilan ho‘llanishi va quruq lattalar bilan artib olinishi kerak.
263. Kislota maxsus savatlarda (obreshyotka) joylashgan butilkalarda saqlanishi kerak. Kislotali butilkalar polda bir qator qilib joylashtirilishi kerak. Kislotalardan bo‘shagan butilkalar ham shu tarzda saqlanishi kerak.
264. Kislotali butilkalar o‘rtasida teshigi bo‘lgan, butilka savat (yoki quti) bilan birga o‘z balandligining uchdan ikki qismi baravarida sig‘ishi kerak bo‘lgan maxsus savatlar o‘rnatilgan zambillarda, ikki kishi tomonidan yoki maxsus aravachalarda tashilishi kerak.
Kislotali butilkalarni qo‘lda yoki orqalab tashish taqiqlanadi.
265. Kislotali elektrolitlarni tayyorlash uchun ebonit idishlar (baklar)dan yoki ichi qo‘rg‘oshin bilan qoplangan yog‘och idishlardan foydalanish kerak.
Shuningdek, ishqorli elektrolitni tayyorlash uchun temir yoki cho‘yandan ishlangan idishlardan foydalanish mumkin. Elektrolitlarni shisha idishlarda tayyorlash taqiqlanadi.
266. Kislotali elektrolitlarni tayyorlashda kislota 1-2 l. hajmli shisha yoki chinni krujkadan ingichka oqimda sekin-asta (elektrolitning tez qizib ketishini oldini olish maqsadida) distillangan suvli idishga quyilishi kerak. Bunda elektrolitni doim aralashtirib turish kerak.
Elektrolitni kislotaga suv quyish yo‘li bilan tayyorlash taqiqlanadi. Elektrolitning harorati 50°C dan oshishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Harorat 50°C dan oshib ketganda elektrolitli idishni sovutish, polni ho‘llash va xonani tezlik bilan shamollatish kerak.
267. Ishqorni qattiq holatda va suvli eritma ko‘rinishida tashish lozim.
Qattiq ishqor (o‘yuvchi kaliy yoki o‘yuvchi natriy)ni faqat qisqich yoki pinset bilan olishga ruxsat etiladi. Ishqorni qo‘l bilan olish taqiqlanadi.
268. Qattiq ishqor bo‘laklarini parchalaganda mayda siniqlarining ko‘zga va teriga tegishini oldini olish uchun ularni toza mato bilan qoplash va ularni to‘plash uchun maxsus kurakchadan foydalanish zarur.
269. Ishqorli elektrolitni hosil qilishda qattiq ishqor suvli idishga solinadi yoki tayyor eritma metall yoki shisha tayoqcha bilan quyiladi.
270. Shikastlanishlarning oldini olish uchun tayyor ishqor tarkibli flakonlarni kuch sarflamasdan ehtiyotkorlik bilan ochish kerak. Bunda flakonlarning og‘zini issiq suvda ho‘llangan latta bilan isitib ochish lozim.
271. Elektrolit yoki distillangan suvni akkumulyatorga rezina sharli sifon, rezinali grusha, shisha yoki chinnidan ishlangan krujka yordamida quyish kerak.
Akkumulyator 10°– 30° C haroratli elektrolit bilan to‘ldirilishi zarur.
Oldingi tahrirga qarang.
Akkumulyatordagi elektrolitni rezinali grusha yordamida almashtirish kerak. Ifloslangan elektrolitni maxsus oldindan tayyorlab qo‘yilgan idishga to‘kish kerak. Ifloslangan elektrolitni oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga to‘kish taqiqlanadi.
(271-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
272. Akkumulyator xonasining shamollatish tizimi har safar akkumulyator xonasiga kirishdan oldin, shuningdek akkumulyatorlarni zaryadlashdan oldin yoqilishi va barcha gazlar chiqarib yuborilganidan keyin o‘chirilishi kerak, biroq zaryad tugaganidan keyin 90 daqiqadan oldin o‘chirilmasligi kerak. Akkumulyator batareyalari doimiy zaryadlash usulida ekspluatatsiya qilinganida xonani shamollatish vaqti-vaqti bilan (mahalliy sharoitlarga bog‘liq holda) amalga oshirilishi kerak.
273. Akkumulyator xonasida ishlaganda, batareyalar zaryadlanayotganda yoki yig‘ilayotganda respiratorlardan foydalanish zarur.
Zaryadlash vaqtida elektrolitning harorati 40°C ga yetganda zaryadlashni to‘xtatish zarur, shuningdek zaryadlash tok kuchini harorat ko‘tarilishiga yo‘l qo‘ymagan holda kamaytirish lozim.
274. Akkumulyator xonasida plastinalarni kavsharlash ishlariga quyidagi sharoitlarda yo‘l qo‘yiladi:
zaryadlash tugaganidan so‘ng kamida ikki soatdan keyin kavsharlash;
kavsharlash vaqtida qo‘rg‘oshin bug‘larining 0,01 mg/m.³ dan yuqori bo‘lmagan konsentratsiyasini ta’minlaydigan uzluksiz shamollatish;
kavsharlash joyi qolgan batareyalardan o‘tga chidamli shchitlar bilan to‘silgan bo‘lishi kerak.
Plastinalarni kavsharlash ishlarini faqat respiratorlarda bajarishga ruxsat beriladi.
275. Xonadagi havoning sulfat kislota bug‘lari bilan ifloslanish darajasini kamaytirish uchun akkumulyatorlarning elektrolit oynasi tegishli o‘lchamlardagi oynalar bilan berkitilgan bo‘lishi kerak.
276. Akkumulyatorlar joylashgan stellajlar orasidagi o‘tish yo‘laklarida buyum va materiallar bo‘lmasligi kerak (ta’mirlash ishlari bajariladigan davr bundan mustasno).
277. Elektrolitning gazlari akkumulyator xonasidan ishlab chiqarish xonalariga kirmasligi uchun tambur va akkumulyator xonalarining eshiklari zich yopilgan bo‘lishi kerak.
278. Akkumulyator xonasida chekish, unga ochiq olov bilan kirish, uchqun chiqarishi mumkin bo‘lgan asbob-uskunalardan foydalanish taqiqlanadi (plastinalarni kavsharlash bundan mustasno).
279. Akkumulyator xonasida oziq-ovqat mahsulotlarini va ichimlik suvini saqlash hamda iste’mol qilish taqiqlanadi.
280. Akkumulyator xonasida ish tugaganidan so‘ng yuz va qo‘llar sovun bilan tozalab yuvilishi, so‘ngra qo‘llar uksus kislotasining 1 foizli eritmasi bilan chayilishi, shuningdek og‘iz bo‘shliqlari suv bilan chayilishi zarur.
IV bob. Ishlab chiqarish uskunalariga va boshqalarga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
1-§. Umumiy talablar
281. Telefon va telegraf stansiyalarida o‘rnatiladigan ishlab chiqarish uskunalari xavfsizlik bo‘yicha GOST 12.2.003 talablari, uskunalarga qo‘yiladigan texnik shartlar talablariga muvofiq kelishi kerak.
282. Ish joylari qulay joylashuvi, texnik estetika va ergonomika talablariga mos ravishda ta’minlashi lozim. Shuningdek, xodimlar tomonidan harakat qilishda va ishlarni bajarishda qulayliklarni hisobga olgan holda GOST 12.2.032 va GOST 12.2.033 talablariga mos ravishda bo‘lishi kerak.
2-§. Kirish-kommutatsiya uskunasiga bo‘lgan xavfsizlik talablari
283. Kross karkasining o‘tkir burchaklari xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar jarohatlanishining oldini olish uchun uning burchaklari yopilgan bo‘lishi kerak.
284. Distansion ta’minotli kabelning past chastotali va yuqori chastotali juftliklari kavsharlanadigan kirish-kommutatsiya uskunasi (bundan buyon matnda KKU deb yuritiladi) ramkalari (past chastotali zanjirlar uchun kross ramkalari, IKM va boshqa uskunalarning yuqori chastotali zanjirlari uchun liniyali uzatish shchiti ramkalari) ikki tomonidan qizil bo‘yoq bilan bo‘yalgan bo‘lishi kerak.
285. Distansion ta’minotli kabellar kiritiladigan KKUning yuza va montaj qilinadigan tomonlari (kross yacheykalari, liniyali uzatish shchiti va boshqalar) oldiga dielektrik gilamchalar qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
286. Elektr uzatish liniyalari (EUL) bilan kesishgan joylari bo‘lgan abonentlik havo aloqa liniyalarining varaqchalari (TSH-2/2 shakl)da bu haqda tegishli belgi qo‘yilishi kerak.
287. KKU ramkalarida krosslash, o‘lchash va boshqa ishlar bajarilganda, dastlab voltmetr yoki kuchlanishni ko‘rsatadigan izolyatsiyalangan dastali asbob yordamida boshqa kuchlanish yo‘qligini tekshirish lozim.
288. Ulovchi va abonent liniyalariga boshqa kuchlanish tushib qolgan hollarda ularni stansiya uskunasidan ajratkich (fibrali qistirma yoki izolyatsiya materialidan tayyorlangan vilka) yordamida uzib qo‘yish zarur.
289. Krossga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar telefon liniyasida boshqa kuchlanish mavjudligi to‘g‘risida liniya elektromontyorini ogohlantirishga majburdirlar. Shikastlanish bartaraf etilgandan so‘ng aloqa liniyalarida boshqa kuchlanishning yo‘qligini voltmetr yoki kuchlanishni ko‘rsatadigan izolyatsiyalangan dastali asbob bilan tekshirish kerak.
290. Kross va kirish kommutatsion qurilmadagi termik g‘altaklar, ATS-50/200M kirish kommutatsion qurilmadagi PS-0,25 saqlagichlar va boshqalar telefon liniyasi simlarining elektr tarmog‘i simlari bilan aloqasi bartaraf etilganidan so‘ng almashtiriladi. Termik g‘altaklar va saqlagichlar almashtirilguniga qadar telefon liniyasini stansiya uskunasidan uzib qo‘yuvchi ajratkichni olish taqiqlanadi.
291. KKUda krosslash ishlarini bajarishda izolyatsiyalangan dastali asboblardan foydalanish zarur.
3-§. Shaharlararo telefon stansiyalari, liniyali-apparat sexlari va kuchaytirish punktlariga bo‘lgan xavfsizlik talablari
292. Kirish-kommutatsiya uskunasi, distansion ta’minot kuchlanishi uzatiladigan ustunlar, kuchlanishning avtomat rostlagichlarida ishga tushirilgan anodli rostlagich mavjud bo‘lgan ustunlari, tok taqsimlovchi ustunlarning oldiga dielektrik gilamchalar to‘shalgan bo‘lishi kerak.
293. Ta’minot zanjirlaridagi kommutatsiya qilish uchun qo‘l bilan ushlanadigan qismi izolyatsiyalangan qoplamali yoylar yoki izolyatsiyalovchi korpusda ikki juftli vilkalar qo‘llanilishi kerak.
Distansion ta’minot kuchlanishi ostidagi kirish-kommutatsiya uskunasining shtivlari izolyatsiyalangan trubkalarga kiritilgan bo‘lishi, uyalari esa himoyalovchi izolyatsiyalangan qopqoqlar bilan yopilgan bo‘lishi kerak.
294. Xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni elektr toki urish xavfi mavjudligi to‘g‘risida ogohlantirish uchun KKUning qopqoqlarida, shuningdek distansion ta’minot kuchlanishi o‘tkazilgan uskunaning g‘iloflariga elektr kuchlanish belgisi tushirilgan bo‘lishi kerak.
295. Shikastlanishlarni bartaraf etish yoki tekshirish uchun ish joylaridan ta’minlash bloklari yechib olinayotganida ushbu bloklarning filtr kondensatorlari oldindan zaryadsizlantirilgan bo‘lishi kerak.
296. Distansion ta’minot zanjirlaridagi yoylarni olib tashlash va o‘rnini almashtirishni dielektrik qo‘lqoplarda, dielektrik gilamchada turgan holda yoki dielektrik kalishlarda amalga oshirish kerak.
297. Uzatish tizimi apparaturasining ta’minot tarmog‘i zanjirlaridagi saqlagichlarni almashtirish va ularning eruvchan qo‘yilmalarini almashtirishda ehtiyot choralariga rioya qilish, tok o‘tkazuvchi qismlarga va ochiq holdagi apparatiga tegmaslik kerak.
298. Elektr uzatish liniyalarining xavfli ta’siri ostida bo‘lgan havo aloqa liniyalari zanjirlarining elektr tokini o‘lchash va shikastlangan joylarini aniqlash ishlari kamida ikkita xodim ishtirokida amalga oshirilishi kerak. Induksiyalangan xavfli kuchlanish ostidagi kabel simlariga o‘lchash asbobini ulash va uzish dielektrik qo‘lqoplar va kalishlarda (yoki izolyatsiyalovchi asosda turgan holda) bajarilishi zarur.
299. Havo aloqa liniyalarining simlarida boshqa yuqori kuchlanish aniqlanganda aloqani uzatishni kuchaytirish punkti yoki shaharlararo telefon stansiyasining xodimlari bu to‘g‘risida aloqani uzatishni kuchaytirish uchastkasining boshqa tomonidagi dispetcherini va xodimlarini ogohlantirish hamda yuqori voltli liniyadan kuchlanishni uzib qo‘yish uchun tegishli energiya tizimlarining dispetcherlari orqali choralar ko‘rishi, aloqa liniyalaridagi shikastlanishlarni bartaraf etish vaqtida esa “Yuqori kuchlanish. Hayot uchun xavfli” plakatini osib qo‘yishi lozim.
4-§. Kommutator, avtomatik va yarim avtomatik aloqa sexlarida xavfsizlik talablari
300. Profilaktika ishlarini o‘tkazishda asbob-uskunalarni elektr tokidan uzib qo‘yish zarur.
301. Elektr toki ta’minot ustunlarining oldida dielektrik gilamchalar to‘shalgan bo‘lishi kerak.
302. Uskunadan plata yechib olinayotganida ishga tushiruvchi kolodkalarni yuqoridagisidan boshlab birma-bir uzish lozim. Ulash esa teskari tartibda amalga oshiriladi.
303. Asbob-uskunalarning tok o‘tkazuvchi qismlaridagi kuchlanishning mavjudligini voltmetr yoki kuchlanishni ko‘rsatadigan izolyatsiyalangan dastali asbob bilan tekshirish zarur.
304. Kommutatsion ko‘chma shnurlar bilan ishlaganda shnur shtepselining izolyatsiyalangan qismlaridan ushlash zarur.
305. Kommutatorlar va stativlardagi signal lampalarini almashtirishda uskunaning yerga ulangan metall qismiga bo‘sh qo‘l bilan tegish taqiqlanadi.
306. Xodimlarni akustik zarbalardan himoya qilish uchun mikrotelefon garnituralari telefoniga parallel ravishda akustik zarba cheklagichlari (fritterlari) ulanishi kerak. Shuningdek, telefon aloqasi so‘zlashuv punktlarining telefon apparatlari akustik zarba cheklagichlariga ega bo‘lishi kerak.
5-§. Mahalliy telefon stansiyalarida xavfsizlik talablari
307. ATS zallaridagi ta’minlovchi shinalar yaqinida qo‘sh narvonlarda ishlaganda ta’minlash shinalari va boshqa tok o‘tkazuvchi qismlarga tegish taqiqlanadi.
308. Stativdan asbob-uskuna uzib qo‘yilganda uning kontakt maydonini tozalash amalga oshiriladi.
309. Uskunalarni tozalashda spirtdan foydalanish zarur.
Ushbu maqsadlar uchun benzindan foydalanish qat’iyan man etiladi.
310. Koordinatali tizimning ATS avtomat zalida elektr boshqaruv mashinasining (EBM) yozib oluvchi qurilmasi oldida dielektrik gilamcha to‘shalgan bo‘lishi kerak.
311. ATSdagi ko‘p karrali koordinatali ulagich qopqoqlarini yondosh ulagichlardan xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga tegishini oldini olgan holda ehtiyotkorlik bilan olib qo‘yish kerak.
312. Shchitlar koordinatali uskuna stativlarining montaj qilinadigan tomonidan o‘rnatilganda shchit pazga zich kirganligi va unga mahkamlanganligiga ishonch hosil qilish kerak. Shchitni yechib olishda tushib ketmasligi uchun uni ikkita qo‘l bilan ushlash kerak.
313. ATSdagi oddiy saqlagichlarni 63 A va 25 A saqlagichlarga almashtirishni barcha ehtiyotkorlik choralariga rioya qilgan holda amalga oshirish zarur.
6-§. Raqamli kommutatsiya va uzatish tizimlari hamda modullar bilan ishlashda xavfsizlik talablari
314. Tarkibida elektr statik kuchlanish ta’sirchan bo‘lgan komponentlari bor modullar bilan ishlaganda ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish lozim.
315. Xodimlar sintetik kiyim va plastik tagcharmli poyabzaldan foydalanmasliklari kerak, chunki bu elektrostatik zaryad yig‘ilishini kuchaytiradi.
316. Modullar bilan ishlashdan oldin xodimlar elektr statik kuchlanishni zaryadsizlashi kerak.
317. Modullarning quyma o‘tkazgichlari va komponentlariga tegish taqiqlanadi. Modullarni faqat chetlaridan ushlash kerak.
318. Uzib qo‘yilgan modullar bilan kontaktlanadigan barcha asbob-uskunalardan, o‘lchov asboblari va metall buyumlardan foydalanishdan oldin ularni zaryadsizlantirish kerak.
319. Saqlagichlar faqat xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar tomonidan almashtiriladi. Foydalanishda ruxsat etilgan saqlagichlargina qo‘llaniladi.
320. Uzatish tizimlari apparaturalariga xizmat ko‘rsatishda ularning texnik hujjatlarida bayon qilingan xavfsizlik talablariga amal qilish zarur.
321. Ish joylaridan ta’minot bloklari yechib olinayotganida shikastlanishlarni bartaraf etish yoki tekshirish uchun ushbu bloklar filtrlarining kondensatorlari oldindan zaryadsizlantirilishi kerak.
322. Distansion ta’minot zanjirlaridagi yoylarni olish va o‘rnini almashtirishni dielektrik qo‘lqoplarda, dielektrik gilamcha ustida turgan holda yoki dielektrik kalishlarda bajarish zarur.
7-§. Telegraf stansiyalari va telegraf apparatlariga bo‘lgan xavfsizlik talablari
323. Telegraf apparatlarining korpuslari yerga ulangan bo‘lishi kerak.
324. Apparat shnurlari rezinali shlanglarda bo‘lishi kerak.
325. Telegraf apparatini o‘chirayotganda ta’minot shnurining vilkasidan ushlash kerak.
326. Elektr dvigatelning cho‘tkasini yoki apparat rostlagichini almashtirishda uning motor va liniya zanjirlari uzib qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
327. Apparat qabul qilgichni klaviatura platasidan yechib olishga va uni plataga o‘rnatishga kuchlanish uzib qo‘yilgandagina ruxsat beriladi.
328. Ish vaqtida apparatlardan g‘iloflarni yechish va apparatning kuzatish oynasiga ega apparat g‘ilofining qopqog‘ini ko‘tarilgan holda qoldirish taqiqlanadi.
329. Motorli batareyaning saqlagichlarini, chaqiruv asboblari va signal lampalarini (apparat stollarida o‘rnatilgan) almashtirishda apparat stolining metall (yerga ulangan) karkasiga qo‘l bilan tegish taqiqlanadi.
330. Uzatkichning, shuningdek apparatlar avtomatik to‘xtatish tugmachasining kontaktli prujinalarini izolyatsiyalangan dastali asboblar yordamida rostlash zarur.
331. O‘ramli tasma va perfotasma, qog‘ozli tasmaning yoritish lampasi hamda belgilar hisoblagichi signal lampasining almashtirilishi kuchlanish uzib qo‘yilganda amalga oshiriladi.
332. Apparat shchitlarining liniya-batareyali va motorli klemmalari apparatlarning ish joylarida izolyatsiyalovchi materialdan ishlangan gaykalarga ega bo‘lishi kerak.
333. Apparatlarni apparat sexlari bo‘ylab va rostlash ustaxonasiga tashish uchun maxsus aravachalardan foydalanish zarur.
334. Telegraf apparatini aravachaga yuklash va uni tushirish ikki kishi tomonidan amalga oshirilishi zarur.
8-§. Telegraf stansiyalarining kodli kommutatsiya apparatiga bo‘lgan xavfsizlik talablari
335. Tasmani o‘rash uchun mo‘ljallangan avtokonsolni stolning chetidan tashqariga surib chiqarish taqiqlanadi.
336. Stollarning surib chiqarilgan qopqoqlaridagi telegraf apparatlari va transmitterlarida ishlash taqiqlanadi.
337. Stolning ikkinchi qavatida joylashgan telegraf apparatlari va transmitterlar bilan ishlaganda maxsus skameykalardan foydalanish kerak.
338. Tashish vaqtida T-50 transmitterining kontakt prujinali kolodkasidan ushlash taqiqlanadi.
339. Elektromexanik taqsimlagich va T-50 transmitterining cho‘tkalarini faqat ulardan kuchlanish uzib qo‘yilgandan so‘ng almashtirish zarur.
340. Kirish-kommutatsiya shchitidagi saqlagichlarni almashtirishni tok o‘tkazuvchi qismlarga tegmasdan amalga oshirish kerak.
341. Kodli registr stoli, uzatishni nazorat qilish stoli va yuklanishni to‘g‘rilovchi stollarida mahkamlangan klemmali paneldagi o‘tkazgichlarni mahkamlovchi gaykalarni burab chiqarishda izolyatsiyalangan dastali maxsus kalitni qo‘llash zarur.
342. Kommutatsiya maydonlarida shnurli juftliklar bilan ishlaganda shtepselning izolyatsiyalanmagan qismidan ushlash taqiqlanadi.
343. Saqlagichlarni, reostat va signal lampalarini, shuningdek elektr yoritish lampalarini almashtirishda asbob-uskunalarning va apparaturaning yerga ulangan qismlariga qo‘l bilan tegish taqiqlanadi.
344. Kuchlanish ostidagi stativlar, ustunlar va kommutatorlarning tok o‘tkazuvchi qismlarida ishlarni bajarish zarur bo‘lgan hollarda izolyatsiyalangan dastali asboblar va dielektrik himoya vositalari qo‘llanilishi kerak.
9-§. Izolyatsiyalangan dastali asboblar bilan bajariladigan ishlarda xavfsizlik talablari
345. Izolyatsiyalangan dastali asboblar bilan ishni boshlashdan avval uning to‘liq sozligiga (bolg‘a, bosqon, bolta va boshqalar) to‘liq ishonch hosil qilish zarur. Lomlar to‘g‘ri uchlari cho‘zilgan va charxlangan bo‘lishi kerak.
346. Bosqon va bolg‘alar uriladigan qismining yuzasi tekis, qiyshaymagan, sinmagan, o‘yiqlar, yoriqlar va g‘adir-budurlarsiz ozgina qavariq bo‘lishi kerak.
347. Bolg‘a, bosqon va boshqa zarb beriladigan asboblarning dastalari qattiq va qayishqoq (qizil, qora qayin, yong‘oq, grab, qayin va boshqalar), ko‘z va buralmalarsiz, silliq yuzali quruq yog‘ochdan yasalgan va po‘lat ponalar bilan ponalangan bo‘lishi kerak. Yumshoq va yirik qatlamli daraxt turlari (archa, qarag‘ay va boshqalar)dan yasalgan dastalardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Dastalar to‘g‘ri bo‘lishi ko‘ndalang kesimida esa oval shaklga ega bo‘lishi kerak.
348. Asbobni siltaganda hamda zarbalarda dastasi qo‘ldan sirg‘anib chiqib ketmasligi uchun dastaning bo‘sh uchi bir muncha yo‘g‘onroq bo‘lishi kerak (bosqonlar bundan mustasno). Bosqon dastasi bo‘sh uchiga qarab bir muncha toraygan bo‘lishi kerak. Asbobni dastaga mahkamlash uchun ponalar yumshoq po‘latdan tayyorlangan bo‘lishi kerak.
349. Asbobning uchli dum qismiga o‘rnatilgan dastalar bandajli xalqalarga ega bo‘lishi kerak.
350. Zarb beriladigan asboblar (zubilo, teshib o‘tgich, kern va boshqalar) yoriqlarsiz, g‘adir-budurlarsiz, parchinlab ulangan joylarisiz tekis qismga ega va qiyshaymagan bo‘lishi kerak. Ularning ishlatiladigan uchlari shikastlangan bo‘lmasligi kerak.
351. Zubilo 150 mm. dan kalta bo‘lmasligi, uning tortilgan qismi uzunligi 60 —70 mm. bo‘lishi kerak. Zubiloning o‘tkir uchi 65° — 70° burchak ostida charxlangan bo‘lishi, kesuvchi qirrasi to‘g‘ri yoki salgina do‘ngroq chiziq ko‘rinishida bo‘lishi, shuningdek qo‘l bilan ushlanadigan joydagi yon chekkalarida o‘tkir qirralar bo‘lmasligi kerak.
352. Zubilo va boshqa izolyatsiyalangan dastali asboblar bilan ishlashda ishchilar metallarni qirqish vaqtida shishalari sinmaydigan saqlovchi ko‘zoynaklar va ip-gazlamali qo‘lqoplar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Bosqonlar yordamida ponalar va zubilolar bilan ishlashda uzunligi 0,7 m. dan kam bo‘lmagan dastali pona ushlagichlar qo‘llanilishi kerak.
353. Otvyortkalarning tig‘i vint kallagi kesimiga oraliq qoldirmay kirishi kerak.
354. Gayka kalitlari gayka va bolt kallaklarining o‘lchamiga qat’iy mos kelishi kerak. Ularning ishchi yuzalari qiyshiq, charxlanmagan, dastalari esa g‘adir-budur bo‘lmasligi kerak. Boltlar yoki gaykalarning tishlari va kallaklarining yuzalari orasida oraliq mavjud bo‘lganda qistirmalardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Gayka kalitlarini ikkinchi kalit yoki trubalar bilan uzaytirish yo‘li bilan gayka va boltlarni burab chiqarish va burab qotirish taqiqlanadi.
355. Ish joyidagi asbob-uskunaning holati uning dumalab yoki tushib ketishini oldini olishi kerak. Asbob-uskunani to‘siq suyanchiqlari, maydoncha, havozalar va taxta to‘shamalarning to‘silmagan chetlariga qo‘yish taqiqlanadi.
356. Izolyatsiyalangan dastali asboblardan foydalanganda barmoqlarning metall qismlar yo‘nalishiga qarab sirpanib ketishining oldini oluvchi tirgak va do‘nglikdan ushlash taqiqlanadi.
357. Dielektrik g‘ilof yoki qoplamalari dastalarga zich yopishmagan, g‘ovaklar, qatlamlarga ajralishlar, yoriqlar, kavaklar va boshqa shikastlanishlari bo‘lgan izolyatsiyalangan dastali asboblardan foydalanish taqiqlanadi.
358. Izolyatsiyalangan dastali asboblar yopiq xonalarda tokcha yoki stellajlarda saqlanishi, isitish asbob-uskunalariga tegmasligi va quyosh nuri hamda namlikdan himoyalangan bo‘lishi kerak. Atrof-muhitda kislota, ishqor va boshqa agressiv modda bug‘lari bo‘lmasligi kerak.
359. Izolyatsiyalangan dastali asbob uning sozligi va qo‘llashga yaroqliligini ta’minlovchi shartlarga rioya qilgan holda ish joylariga tashilishi va olib borilishi kerak, ya’ni u ifloslanish, namlanish va mexanik shikastlanishdan himoyalangan bo‘lishi kerak.
360. 0,7 kg-kuch/sm.² dan yuqori bosim ostida ishlovchi idishlar (gidrostatik bosimni hisobga olmagan holda) va siqilgan, suyultirilgan va eritilgan gazlarni 0,7 kg-kuch/sm.² dan yuqori bosim ostida tashish va saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus ballonlar bosim ostida ishlaydigan idishlarni o‘rnatish va ulardan xavfsiz foydalanish qoidalariga muvofiq ishlab chiqarilishi va ekspluatatsiya qilinishi kerak.
361. Tashkilot rahbariyati idishlarni xizmat ko‘rsatish xavfsizligini, soz holatini va ularning ishonchli ishlashini ta’minlagan holda bosim ostida ishlaydigan idishlarni o‘rnatish va ulardan xavfsiz foydalanish qoidalariga muvofiq saqlashga majburdir.
362. Ish paytida idish va uning elementlarini ta’mirlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
10-§. Kompressorlar va yuqori bosimli ballonlar
363. Bosim ostida ishlaydigan barcha apparat va idishlar manometr, saqlovchi klapanlar va reduktorlar bilan ta’minlanadi.
364. Havo kompressorlari havo to‘plagichda plombalangan manometrlar va saqlovchi klapanlar bilan hamda siqishning ikkala bosqichlarida so‘ruvchi patrubokda moy ajratkichlar va havo filtrlari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
365. Kompressor ishlayotganida bosimni har bir manometrning shkalasidagi qizil chiziq bilan belgilangan chegaraviy qiymatdan oshirish taqiqlanadi.
366. Manometrlarni tekshirish bilan birga ularni plombalash yoki tamg‘alash ishlari kamida 12 oyda bir marta amalga oshirilishi kerak. Bundan tashqari, ishchi manometrlarni nazorat manometri bilan kamida olti oyda bir marta qo‘shimcha tekshirib, tekshirish natijalarini nazorat tekshiruvlarini qayd etish daftariga qayd etish lozim.
Nazorat manometri yo‘qligida qo‘shimcha tekshiruvni tekshirilgan ishchi manometr bilan amalga oshirishga yo‘l qo‘yiladi.
367. Ekspluatatsiyada bo‘lgan ballonlar kamida besh yildan keyin davriy tekshiruvdan o‘tkazilishi kerak.
Statsionar, shuningdek doimiy ko‘chma vositalarda o‘rnatilgan, siqilgan havo, kislorod, argon, azot va geliy saqlanadigan ballonlar va ballon-idishlar 150 kg-kuch/sm.² va undan yuqori bosimda o‘lchangan, shabnam nuqtasidagi harorati 35oS va undan past bo‘lgan, shuningdek, suvsizlantirilgan uglekislotali balonlar 10 yildan keyin texnik tekshiruvdan o‘tkaziladi.
368. Ballonlarning davriy tekshirilishi to‘ldiruvchi zavodlarda yoki to‘ldiruvchi stansiyalarda (sinov punktlarida) tashkilot bo‘yicha buyruq bilan ajratilgan, ushbu zavod (to‘ldiruvchi stansiya)larning xodimlari tomonidan amalga oshirilishi kerak.
369. Xonalarda o‘rnatiladigan gazli ballonlar isitish radiatorlari va boshqa isitish asboblari hamda pechlardan 1 m. dan kam bo‘lmagan masofada, ochiq alangali isitish manbalaridan esa – 5 m. dan kam bo‘lmagan masofada joylashtirilishi kerak.
370. Payvandlash ustaxonasida 10 tadan ko‘p bo‘lmagan payvandlash joylari mavjudligida, har bir joyda bittadan kislorodli va atsetilenli zaxira ballonlari bo‘lishi lozim. Zaxira ballonlari po‘lat shchitlar bilan to‘silgan yoki ustaxonaga qo‘shimcha qurilgan maxsus xonalarda saqlanishi kerak. Ustaxonalarda 10 tadan ortiq payvandlash joylari mavjud bo‘lganda markazlashgan gaz ta’minoti tashkil etilgan bo‘lishi kerak.
371. Ballonlardan gazning kam bosimli sig‘imlarga chiqarilishi faqatgina ushbu gaz uchun mo‘ljallangan va muvofiq rangga bo‘yalgan reduktor orqali amalga oshirilishi kerak.
Reduktorning past bosimli kamerasi manometr hamda gaz qayta kiritiladigan sig‘imning ruxsat etilgan tegishli bosimiga rostlangan prujinali saqlovchi klapanga ega bo‘lishi kerak.
372. Ventillarning nosozligi tufayli ballonlardagi gazni iste’mol qilish joyiga chiqarish imkoni bo‘lmaganda ular to‘ldiruvchi stansiyaga qaytarilishi kerak.
373. Ballonlar (boshmoqlar va qopqoq halqalarini qayta o‘rnatish) va ventillarning ta’mirlanishi to‘ldiruvchi zavodlarda amalga oshirilishi kerak.
374. Kislorodli va yonuvchi gazli ballonlarni omborxonaning bitta xonasida saqlash man etiladi.
375. Boshmoqlarga o‘tkazilgan, to‘ldirilgan ballonlar vertikal holatda saqlanishi kerak. Ballonlarni yiqilishdan saqlash uchun maxsus jihozlangan joylarga o‘rnatilishi yoki to‘siqlar bilan to‘silishi kerak.
376. Boshmoqlari bo‘lmagan ballonlar gorizontal holatda yog‘och rom yoki stellajlarda saqlanishi mumkin. Ochiq maydonchada saqlaganda boshmoqli ballonlarni gorizontal qatorlar orasiga arqon, yog‘och to‘sinlar yoki rezina qistirmalar qo‘ygan holda taxlab joylashtirishga ruxsat etiladi.
377. Ballonlarni taxlab joylashtirganda ularning balandligi 1,5 m. dan oshmasligi kerak. Ballonlarning ventillari bir tomonga qaratilgan bo‘lishi kerak.
378. Ballonlarning bir joydan boshqa joyga ko‘chirilishi buning uchun maxsus moslashtirilgan aravachalar va boshqa qurilmalar yordamida amalga oshiriladi.
379. Gaz bilan to‘ldirilgan ballonlarni tashish ressorli transportda yoki avtokranlarda gorizontal holatda amalga oshirilishi kerak, ballonlar orasiga qistirmalar qo‘yilishi shart. Qistirmalar sifatida ballonlar uchun kesilgan yog‘och to‘sinlar, shuningdek qalinligi 25 mm dan kam bo‘lmagan arqonli yoki rezinali halqalar (bitta ballonga ikkitadan halqa) yoki ballonlarni o‘zaro urilishidan saqlovchi boshqa qistirmalar qo‘llanilishi mumkin. Tashish vaqtida barcha ballonlar ventillari bir tomonga qaratib joylashtirilishi kerak.
380. Ballonlarni maxsus konteynerlarda, shuningdek konteynerlarsiz vertikal holatda tashishga ruxsat etiladi, ularning orasiga qistirmalar hamda ag‘darilish ehtimolining oldini oluvchi to‘siqlar qo‘yilishi shart.
381. Ballonlarni yuklash, tushirish, tashish va saqlashda ballonlarning ag‘darilishi, shikastlanishi va ifloslanishining oldini olish choralari ko‘rilishi kerak.
382. Sig‘imi 12 l. dan ortiq bo‘lgan standart ballonlarni tashish va saqlash burab qo‘yiladigan qopqoqlar bilan amalga oshirilishi kerak.
V bob. Ta’mirlash ishlarini bajarishda xavfsizlik qoidalari
383. Tashkilotning ta’mirlash xizmati uskunalarning, ularning pasportlari, texnik yo‘riqnomalari va ishlab chiqaruvchi tashkilotning boshqa hujjatlarining mehnat xavfsizligi standartlari tizimi talablariga mosligini ta’minlashi lozim.
384. Asbob-uskunalarni zarur texnik holatda tutib turish uchun tashkilotda unga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, rejaviy-oldini oluvchi ta’mirlashning qat’iy bajarilishi va ta’mirlash ishlarining sifatini yaxshilash bo‘yicha choralar ko‘rilishi lozim.
385. Asosiy asbob-uskunalarni kapital va joriy ta’mirlash, o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan ishlarni tashkil etish loyihasiga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Ishlarni tashkil etish loyihalarida ta’mirlashni o‘tkazishga javobgar xodimlar, shuningdek ta’mirlash ishlarining tartibi va xodimlarning xavfsizligini ta’minlovchi choralar ko‘rilishi lozim.
386. Ta’mirlash ishlarini o‘tkazish muddati tashkilot bosh muhandisi tomonidan tasdiqlagan yillik rejali-ta’mirlash jadvaliga asosan belgilanadi.
387. Ta’mirlash ishlarini o‘tkazishda bajarilishi zarur bo‘lgan ishlarning bajarilishi texnologik ketma-ketlikda ko‘rsatilishi kerak.
Bunda quyidagilarni ko‘rsatish zarur:
ishlarni bajarish usullari va uslublarini;
ta’mirlash uchun zarur bo‘lgan asbob-uskuna va anjomlarning turlarini;
ta’mirlangan asbob-uskuna va anjomlar va ularning qismlarini texnik talablarga javob berishini.
388. Bajarilishi xavfsizlik choralari bilan bog‘liq va maxsus texnologik ta’mirlash jarayonlarini amalga oshirilishi ko‘rsatmalari berilgan ishlar ta’mirlash hujjatlarida ko‘rsatilishi kerak.
389. Tashkilotlarda pudratchi tashkilotlar tomonidan bajariladigan ta’mirlash, qurilish va montaj ishlari naryad-ruxsatnoma bilan rasmiylashtirilishi lozim.
390. Barcha hollarda ta’mirlash ishlarining bajarilish tartibi va usullari bosh muhandis yoki uning o‘rinbosari bilan kelishilishi kerak.
391. Ta’mirlash ishlari bajariladigan hudud to‘silgan holatda bo‘lishi va u yerda xavfsizlik belgilari o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
392. Ta’mirlash ishlari boshlanishidan avval, ta’mirlashda band bo‘lgan barcha xodimlar ishlarni tashkil etish loyihasi bilan tanishtirilishi va ta’mirlash ishlarini bajarish paytida xavfsizlik choralariga rioya qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqdan o‘tkazilishi lozim.
393. Yechib olingan agregatlar, detallar va metall konstruksiyalar yig‘ishtirib qo‘yilishi lozim.
394. Ta’mirlash paytida ish joylarini, yo‘llarni, yo‘laklarni va zinapoyalarni turli narsalar bilan to‘sib qo‘yish taqiqlanadi.
395. Suyuq yonilg‘ini saqlash uchun sig‘imlarda va boshqa sig‘imlarda ishlaganda, sig‘imni ulardan bo‘shatish zarur.
396. Kompressorni qismlarga ajratish va ichini ochish bilan bog‘liq ta’mirlash ishlarini o‘tkazish uchun uni boshqa barcha texnologik jihozlardan uzib qo‘yish lozim.
397. Ta’mirlash ishlari balandlikda bajarilganda, havoza va taxta to‘shamalar o‘rnatilishi lozim.
398. Havoza va taglik o‘rnatishning imkoni bo‘lmasa, xodimlar balandlikda ishlash uchun ehtiyot kamarlari va arqonlardan foydalanishlari shart. Ehtiyot kamarlari va arqonlarning mahkamlanish joyi konstruksiyalarda avvaldan belgilab qo‘yilgan bo‘lishi lozim.
399. Balandlikda ta’mirlash ishlarini bajarganda, asbob-uskuna va materiallarni maydoncha qirg‘og‘iga qo‘yish yoki yerga tashlash taqiqlanadi.
Asbob-uskunalarni maxsus sumka yoki qutida saqlash zarur.
400. Xodimlarning quduqlarning ichiga kirgan holda ta’mirlash ishlarini olib borishida ularni shamollatib, ichidagi gazlar butunlay chiqarib yuborilgandan so‘ng ruxsat etiladi.
401. Barcha ta’mirlash ishlari, tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan mas’ul xodim rahbarligi va nazorati ostida bajarilishi lozim.
402. Yoritish chiroqlarini ta’mirlash ishlarida faqat 12 V kuchlanishdagi ko‘chma lampalar, portlashdan himoyalab yasalgan akkumulyatorli chiroqlardan foydalanish kerak.
Yoritish maqsadida mash’ala, gugurt, kerosinli fonarlar, shamchiroqlardan foydalanish taqiqlanadi.
403. Kapital ta’mirlashdan so‘ng asbob-uskunani ishga tushirish, tashkilot bosh mexanigi (bosh energetik), mehnat muhofazasi xizmati xodimi, kasaba uyushmasi vakili va bosh muhandis tasdiqlaydigan tegishli dalolatnoma tuzilib, qabul qilingandan so‘ng ruxsat beriladi.
404. Ta’mirlash ishlari tugagach, barcha keraksiz konstruksiyalar, asbob-uskunalar, materiallar va chiqindilar sexdan olib ketilishi, to‘siqlar, saqlovchi blokirovka moslamalari o‘z joyiga o‘rnatilishi kerak.
405. Barcha asbob-uskuna va apparaturalarni sozlash ulardan elektr toki uzib qo‘yilganda amalga oshirilishi lozim.
VI bob. Mehnat muhofazasi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
406. Mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
407. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(407-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
VII bob. Yakuniy qoida
408. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan.
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori X. MIRZAXIDOV
2012-yil 10-iyul
Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi B. ZAKIROV
2012-yil 10-iyul
Sog‘liqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
2012-yil 10-iyul
“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi boshlig‘i A. NIMATULLAYEV
2012-yil 18-iyul
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NORBOYEVA
2012-yil 18-iyul
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘i B. GULYAMOV
2012-yil 18-iyul
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori A. ABDUVALIYEV
2012-yil 25-iyul
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
2012-yil 28-sentabr
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 45-son, 517-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son; 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son; 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)