14.09.2012 yildagi 12/239-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 27.12.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY SUDI PLENUMI VA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY XOʻJALIK SUDI PLENUMINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI FAOLIYATI BILAN BOGʻLIQ QONUN HUJJATLARINI SUD AMALIYOTIDA QOʻLLASHNING AYRIM MASALALARI HAQIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini kuchaytirish, ular faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini umumiy yurisdiksiya sudlari va xoʻjalik sudlari tomonidan toʻgʻri va bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17 va 47-moddalariga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarning eʼtibori tadbirkorlik subyektlari ishtirokidagi ishlarni koʻrish jarayonida qonun hujjatlari talablariga toʻliq va ogʻishmay amal qilish zarurligiga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tadbirkorlik subyektlari ishtirokidagi nizolarni hal etishda sudlar mazkur subyektlarga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan soliqqa oid va boshqa imtiyozlar, preferensiyalarni qoʻllamaslik, ular faoliyatini cheklash sabablarini sinchkovlik bilan oʻrganishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (keyingi matnlarda — Qonun) 13-moddasiga koʻra tadbirkorlik faoliyati subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tegishli davlat organi tomonidan “bir darcha” prinsipi boʻyicha va qoida tariqasida, xabardor qilish asosida, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar ariza beruvchini tadbirkorlik faoliyati subyekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazishni uni tashkil etish maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan rad etishga yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan qoʻshimcha talablarni belgilashga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarga tushuntirilsinki, tashkil etilayotgan yuridik shaxs taʼsischilaridan loaqal bittasi fuqaro boʻlgan taqdirda, tadbirkorlik faoliyati subyekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etganlik, shuningdek roʻyxatdan oʻtkazish muddatini buzganlik ustidan berilgan shikoyat umumiy yurisdiksiya sudlariga taalluqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxsni qayta tashkil etishni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etganlik, shuningdek roʻyxatdan oʻtkazish muddatini buzganlik ustidan ushbu yuridik shaxs tomonidan berilgan ariza (shikoyat)lar xoʻjalik sudlariga taalluqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etganlik yoki roʻyxatdan oʻtkazish muddatlarini buzganlik sud tomonidan qonunga xilof deb topilgan taqdirda, sud aybdor mansabdor shaxsning harakati (harakatsizligi)ga huquqiy baho berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining (keyingi matnlarda — FPK) 57-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining (keyingi matnlarda — XPK) 55-moddasi mazmunidan kelib chiqib, inobatga olish kerakki, yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etishning qonuniyligini isbotlash majburiyati roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ zimmasiga yuklatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2016-yil 27-dekabrdagi 25/309-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. FPK 31-moddasi va XPK 23-moddasi mazmunidan kelib chiqib sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, yakka tartibdagi tadbirkor maqomiga ega boʻlmagan fuqaro ishtirokidagi nizolar umumiy yurisdiksiya sudlariga taalluqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati daʼvo taqdim etilgunga qadar tugatilgan va tegishli talablar uning avvalgi tadbirkorlik faoliyatidan kelib chiqqan taqdirda ham, shuningdek uning maqomi daʼvo taqdim etilgandan soʻng yoʻqotilgan taqdirda ham, ular ishtirokidagi nizolar xoʻjalik sudiga taalluqlidir.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 3-oktabrdagi 18/267-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyatining toʻxtatilishi xoʻjalik sudida ish boʻyicha ish yuritishni tugatish uchun asos boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar fuqaro qonunda belgilangan tartibda yakka tartibdagi tadbirkor maqomini olgan boʻlib, ammo nizo uning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi bilan emas, balki uy-joy, oila-nikoh va boshqa huquqiy munosabatlardan kelib chiqqan boʻlsa, bunday nizo umumiy yurisdiksiya sudlarida koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sudlar shuni inobatga olishlari kerakki, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishlarni oʻtkazish tartibi qonun hujjatlari bilan qatʼiy belgilangan. Xususan, “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida boshqa masalalar bilan bir qatorda tekshirishlarni oʻtkazish asoslari, davriyligi va muddatlari tartibga solingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirish qonunda belgilangan asoslar mavjud boʻlmasdan oʻtkazilgan holda, u noqonuniy hisoblanadi va FPK 56-moddasining ikkinchi qismi, XPK 54-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq tekshirish natijasida olingan maʼlumotlar dalil sifatida qabul qilinmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2006-yil 6-mayda 1573-son bilan roʻyxatga olingan “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan oʻtkaziladigan tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom 6-bandining ikkinchi xatboshisiga koʻra tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishlarga belgilangan tartibda ruxsat berilgan bitta nazorat qiluvchi organga boshqa nazorat qiluvchi organlar, rejadan tashqari tekshirish oʻtkazish uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar boʻlgan taqdirda, ular tomonidan berilgan buyurtmanoma asosida Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengash qarori bilan qoʻshilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari faoliyati bir nechta nazorat qiluvchi organ tomonidan tekshirilganligi bilan bogʻliq nizolar koʻrilayotganda, sudlar ularning har birida Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengashning tekshirish uchun ruxsati bor yoki yoʻqligini aniqlashlari lozim. Bunda ruxsat borligini isbotlash majburiyati nazorat qiluvchi organ zimmasida boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 9-moddasining beshinchi qismiga muvofiq bozorlar, savdo komplekslari hududlarida va ularga tutash boʻlgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida bir martalik yigʻimlar, ijara haqi toʻliq tushishi va ularning topshirilishi hisobga olinishiga, fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalaridan, toʻlovlarni plastik kartochkalar asosida qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminallaridan foydalanilishiga, shuningdek savdo va xizmat koʻrsatish qoidalariga rioya etilishiga oid qisqa muddatli tekshiruvlar davlat soliq xizmati organlarining faqat qonun hujjatlarida vakolat berilgan boʻlinmalari tomonidan mazkur boʻlinmalar boshliqlarining buyruqlari asosida oʻtkazilib, keyinchalik bu haqda maxsus vakolatli organ yoki uning tegishli hududiy boʻlinmasi qisqa muddatli tekshiruv oʻtkazilgan kundan eʼtiboran bir ish kuni ichida xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar inobatga olishlari kerakki, bunday qisqa muddatli tekshirishlar oʻtkazish uchun nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi hududiy Kengashning ruxsatnomasi talab etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qonun 39-moddasining oʻn birinchi qismiga koʻra, tadbirkorlik faoliyati subyektlari birlashmalarining aʼzosi boʻlgan tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlar tadbirkorlik faoliyati subyektlari soʻroviga koʻra mazkur birlashmalar vakillarining ishtirokida amalga oshirilishi mumkin.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2016-yil 27-dekabrdagi 25/309-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyekti tomonidan tekshirishda birlashma vakilining ishtirok etishi istagi bildirilgan taqdirda, unga birlashma vakilini taklif etish uchun imkoniyat berilishi shart. Sudlarga tushuntirilsinki, bunday imkoniyatning berilmaganligi tekshirishni noqonuniy deb topish uchun asos boʻlmaydi. Shu bilan birga, sudlar bunday holatga yoʻl qoʻygan aybdor shaxslarning harakatlariga tegishli huquqiy baho berishlari zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Sudlar inobatga olishlari lozimki, Qonunning 11-moddasiga muvofiq, tadbirkorlik faoliyati subyektlarining davlat organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek banklar bilan oʻzaro munosabatlarida tadbirkorlik faoliyati subyekti huquqlarining ustuvorligi prinsipi amal qilib, unga muvofiq qonun hujjatlarida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq holda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib boʻlmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar tadbirkorlik faoliyati subyektining foydasiga talqin etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tadbirkorlik subyektlariga nisbatan moliyaviy sanksiyalarni qoʻllash bilan bogʻliq nizolarni hal etishda, agar qonunda moliyaviy sanksiya miqdori belgilanmagan boʻlsa, sudlar sanksiyaning miqdorini javobgarning mulkiy ahvoli, aybini ogʻirlashtiruvchi va yengillashtiruvchi holatlarni hisobga olgan holda belgilashlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 329-moddasining 13-bandiga va 330-moddasining 3-bandiga koʻra tadbirkorlik subyektlari tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan davlat organlari hamda boshqa organlarning qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga murojaat qilganda davlat bojini toʻlashdan ozod qilinadi. Ushbu qoida mazkur toifadagi ishlar boʻyicha sud hujjatlari ustidan shikoyat qilinganda ham tatbiq etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarga tushuntirilsinki, bunday toifadagi ishlar boʻyicha arizalar berilganda arizachidan davlat bojidan ozod qilish haqidagi iltimosnoma yoki moliyaviy ahvoli toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma talab qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2009-yil 27-aprelda 1948-son bilan roʻyxatga olingan “Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnomaning 3-bandiga koʻra yuridik va jismoniy shaxslar oʻzlariga hisob-kitob va kassa xizmatlarini koʻrsatish uchun banklarni mustaqil ravishda tanlaydilar hamda bir yoki bir necha banklarda milliy va chet el valyutasidagi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari, shuningdek jamgʻarma, muddatli, ssuda va boshqa depozit hisobvaraqlarini ochish huquqiga egalar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2001-yil 10-iyunda 1044-son bilan roʻyxatga olingan “Hisobvaraqlar ochish, mijozlar hisobvaraqlariga mablagʻ oʻtkazish va hisoblab chiqarish, ish haqi va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa ehtiyojlar uchun naqd pul berish tartibi boʻyicha belgilangan talablarni buzganlik uchun tijorat banklariga nisbatan jarima jazo choralarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 4-bandiga koʻra Markaziy bank meʼyoriy hujjatlarda nazarda tutilgan barcha zaruriy hujjatlar taqdim etilganidan keyin banklar tomonidan hisobvaraqlar ochishda sababsiz kechiktirilganlik yoki ochishdan bosh tortganlik, shuningdek mazkur turdagi hisobvaraq ochish uchun ortiqcha hujjatlarni talab qilganligi uchun bank ustav sarmoyasi belgilangan eng kam miqdorining 0,02 foizi miqdorida jarima toʻlaydi.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2016-yil 27-dekabrdagi 25/309-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar nazarda tutishlari kerakki, bankning hisobvaraqni boshqa bankda yoki bank filiallarida ochish haqidagi taklifi ham bankning hisobvaraqni ochishdan bosh tortishi deb baholanishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, tadbirkorlik subyektlariga qonuniy faoliyatni amalga oshirishda, jumladan, soliq, moliya va statistika organlariga hisobotlar topshirishda, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarga oid qonuniy imtiyozlar, preferensiyalar qoʻllashda, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari (energiya, gaz, suv, kanalizatsiya, issiqlik taʼminoti va boshqa)ga ulanishga ruxsat olinishida, pul mablagʻlari yoki moddiy boyliklardan erkin foydalanishida davlat organlari yoki mansabdor shaxslar tomonidan noqonuniy aralashuvlar, cheklovlar, sansalorliklar va boshqa shu kabi toʻsqinliklarga yoʻl qoʻyilganligi holatlari aniqlansa, sud ularga nisbatan tegishli choralar qoʻllash haqida xususiy ajrim chiqarishi yoki shaxslarning xatti-harakatlarida jinoyat alomatlarini aniqlasa, u jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqda prokurorga xabar qilishi lozim.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2016-yil 27-dekabrdagi 25/309-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Sudlarning eʼtibori tadbirkorlik subyektlari ishtirokidagi ishlar boʻyicha sud amaliyotini muntazam ravishda oʻrganib va umumlashtirib, aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻrishlari, mazkur sohaga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan tegishli takliflar berib borishlari lozimligiga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi B. MUSTAFAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi A. USMANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining raisi D. MIRZAKARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Plenum kotibi, Oliy xoʻjalik sudining sudyasi M. IZRAILBEKOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 14-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12/239-son