18.10.2012 yildagi 297-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻRINDOSHLIK ASOSIDA HAMDA BIR NECHA KASBDA VA LAVOZIMDA ISHLASH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Fuqarolarning oʻrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda (lavozimda) ishlashini yanada tartibga solish, shuningdek aholi daromadlarini koʻpaytirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki:
oʻrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibiga rioya etilishi uchun masʼuliyat oʻrindoshlar ishlaydigan yoki bir necha kasbda va lavozimda oʻrindoshlik asosida ishlash qoʻllanadigan tashkilotlarning rahbarlari zimmasiga yuklanadi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-oktabrdagi 362-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 504-modda)
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, shu jumladan oʻrindoshlik asosida bir vaqtning oʻzida ikkita rahbarlik lavozimini egallashga yoʻl qoʻyilmaydi, qonunchilikda belgilangan hollar bundan mustasno.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-noyabrdagi 758-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2024-y., 09/24/758/0926-son)
oʻrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibiga rioya etilishi yuzasidan qatʼiy nazoratni taʼminlasin;
ommaviy axborot vositalarida hamda mehnat hududiy organlari orqali oʻrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi toʻgʻrisida zarur tushuntirish ishlarini tashkil etsin;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-oktabrdagi 362-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 504-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishgan holda, mehnat bozorining tahlilini hisobga olib, zaruriyat boʻlganda oʻrindoshlik asosida ishlash hisoblanmaydigan ishlar roʻyxatini qayta koʻrib chiqish hamda unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
4. Manfaatdor davlat boshqaruvi organlari budjet tashkilotlarining bir necha kasbda (lavozimda) ishlaganligi, xizmat koʻrsatish doirasi kengayganligi yoki bajariladigan ishlar hajmi ortganligi uchun qoʻshimcha haq belgilanishi mumkin boʻlgan xodimlari kasblari (lavozimlari) roʻyxatini ikki oy muddatda ishlab chiqsinlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlasinlar.
5. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bir oy muddatda:
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 18-oktabr,
297-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktabrdagi 297-son qaroriga
ILOVA
Oʻrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda (keyingi oʻrinlarda tashkilot deb ataladi) mehnat shartnomasiga (kontraktga) (keyingi oʻrinlarda mehnat shartnomasi deb ataladi) muvofiq oʻrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlovchi jismoniy shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning mehnat munosabatlarini tartibga solish qoidalarini belgilaydi.
Ish beruvchi bilan oʻrindoshlik asosida ishlovchi oʻrtasidagi munosabatlar, ushbu Nizomda belgilangan xususiyatlar hisobga olingan holda, Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi bilan tartibga solinadi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
asosiy ish joyi — qonunchilikka muvofiq ish beruvchi tomonidan xodimning mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarcha) yuritiladigan tashkilot;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-noyabrdagi 758-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2024-y., 09/24/758/0926-son)
oʻrindoshlik asosida ishlash — xodimning oʻzining asosiy ishini bajarishidan tashqari asosiy ishidan boʻsh vaqtida mehnat shartnomasi asosida boshqa haq toʻlanadigan ishni bajarishi.
3. Ushbu Nizomga ilova qilinayotgan roʻyxatda koʻrsatilgan ish turlari oʻrindoshlik asosidagi ishlar hisoblanmaydi.
4. Quyidagilarning oʻrindoshlik asosida ishlashi taqiqlanadi:
oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar;
agar oʻrindoshlik asosida ishlovchining asosiy ishi mehnatning noqulay shart-sharoitlari bilan bogʻliq boʻlsa, shunday shart-sharoitdagi ishlarda ishlash (sogʻliqni saqlash tizimi tashkilotlari xodimlari bundan mustasno);
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-noyabrdagi 920-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2017-y., 09/17/920/0281-son)
avtomobil tashuvlari xavfsizligini taʼminlash xizmatining ishchisi (mutaxassisi) sifatida;
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati va Bosh vazir oʻrinbosarlari kotibiyatlari xodimlari (texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari), davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, ularning oʻrinbosarlari va tarkibiy boʻlinmalar boshliqlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va aʼzolari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-apreldagi 147-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2023-y., 09/23/147/0203-son)
viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlari va ularning oʻrinbosarlari;
bir-biriga boʻysunuvchi yoki bir-birining nazoratidagi tashkilotlarda davlat boshqaruvi organlari mutaxassislari - sogʻliqni saqlashni boshqarish organlarida band boʻlgan vrachlar va taʼlimni boshqarish organlarida band boʻlgan oʻqituvchilar bundan mustasno;
qonunchilikka muvofiq oʻrindoshlik asosida ishlashi taqiqlangan boshqa shaxslar (xodimlar).
(4-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
5. Oʻrindoshlik asosida ishlashga, agar ushbu Nizomda oʻzgacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, asosiy ish joyida (ichki oʻrindoshlik) yoxud boshqa tashkilotda (tashqi oʻrindoshlik) ishlashga yoʻl qoʻyiladi.
Xodimning asosiy ish joyi hisoblangan tashkilotda oʻrindoshlik asosida ishlashga vaqtincha boʻlmagan xodimning ishini bajarishda yoki boʻsh lavozimdagi ishni bajarishda yoʻl qoʻyiladi.
6. Oʻrindoshlik asosida boshqa tashkilotga ishga kirayotgan shaxslar:
pasportni (identifikatsiyalovchi ID-karta) yoxud uning oʻrnini bosadigan hujjatni;
mehnat sharoitlari zararli va (yoki) xavfli boʻlgan ishga qabul qilish chogʻida asosiy ish joyidan mehnatning xususiyati va shartlari toʻgʻrisidagi olingan maʼlumotnomani taqdim etishi shart.
Davlat organlari va tashkilotlari ishga qabul qilish chogʻida mehnat staji, amaldagi ish joyi va boshqa maʼlumotlarni “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integrasiyalashuv platformasi orqali elektron hamkorlik asosida oladi.
Maxsus bilimlarni yoki maxsus tayyorgarlikni talab etadigan oʻrindoshlik asosida ishga qabul qilishda ish beruvchi malaka toʻgʻrisidagi sertifikat yoki taʼlim toʻgʻrisidagi yoki kasbiy tayyorgarlik haqidagi boshqa hujjatni talab qilish huquqiga ega.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
7. Oʻrindoshlik asosida ishlashda oʻrindoshlik asosida ishlashning davomiyligi xodimlarning ushbu toifasi uchun belgilangan ish vaqti normasining yarmidan ortiq boʻlishi mumkin emas (sogʻliqni saqlash tizimi vrach xodimlari bundan mustasno). Xodim asosiy ish joyidagi mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod boʻlgan kunlarda u oʻrindoshlik asosida toʻliq ish kunida ishlashi mumkin.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-noyabrdagi 920-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2017-y., 09/17/920/0281-son)
Agar tashkilotda oʻrindoshlar uchun ish vaqti davomiyligining har kungi yarim normasiga rioya etilishi mumkin boʻlmagan taqdirda ish vaqtini jamlangan holda hisoblab yuritishga yoʻl qoʻyiladi. Ish vaqti jamlangan holda hisoblab yuritilganda oʻrindoshlik asosida ish vaqtining umumiy davomiyligi hisobga olinadigan davr uchun oʻrindoshlik asosidagi lavozim boʻyicha ish vaqti normasining yarmidan ortiq boʻlmasligi kerak. Bunda hisobga olinadigan davr bir oydan ortiq boʻlmasligi, kunlik ishning (smenaning) davomiyligi esa — oʻn ikki soatdan ortiq boʻlmasligi kerak.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-oktabrdagi 362-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 504-modda)
Ichki oʻrindoshlik asosida ishlashda ish vaqtini hisobga olish asosiy ish boʻyicha va oʻrindoshlik asosidagi ish boʻyicha alohida-alohida yuritiladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-oktabrdagi 362-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 504-modda)
8. Xodim bilan oʻrindoshlik asosida ishlash uchun tuziladigan mehnat shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida belgilangan talablar bilan birgalikda ish vaqtining davomiyligi majburiy tartibda koʻrsatiladi.
9. Xodimning yozma arizasiga koʻra, oʻrindoshlik asosidagi ish joyidan berilgan maʼlumotnoma asosida ish beruvchi tomonidan xodimning asosiy ish joyidagi mehnat daftarchasiga ish davri koʻrsatilgan holda oʻrindoshlik asosidagi ish toʻgʻrisidagi yozuv kiritiladi. Oʻrindoshlik asosidagi ish joyidan beriladigan maʼlumotnoma shakli Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-noyabrdagi 758-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2024-y., 09/24/758/0926-son)
Oʻrindoshlik asosidagi ish joyidan berilgan maʼlumotnoma asosiy ish joyida saqlanadi.
10. Agar xodimning iltimosiga koʻra uning mehnat daftarchasiga oʻrindoshlik asosidagi ish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritilgan boʻlsa, u holda oʻrindoshlik asosidagi ish joyidan berilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi buyruqning nusxasiga muvofiq asosiy ish joyida mehnat daftarchasiga bu haqda yozuv kiritiladi. Mehnat shartnomasi bekor qilinishining asoslari (sabablari) mehnat daftarchasiga yozilmaydi.
II. Mehnatga haq toʻlash
11. Oʻrindoshlar mehnatiga haq toʻlash mehnat shartnomasiga muvofiq:
mehnatga haq toʻlashning ishbay shaklida – haqiqatda bajarilgan ish uchun;
mehnatga haq toʻlashning vaqtbay shaklida – ishlangan vaqtga mutanosib tarzda amalga oshiriladi.
12. Mehnatga haq toʻlashning ishbay tizimida ish haqi ishning qiymati boʻyicha hisoblanadi.
Agar mehnatga haq toʻlashning vaqtbay shaklida oʻrindoshga normalangan topshiriq belgilansa, u holda mehnatga haq toʻlash xodim tomonidan amalda bajarilgan ish uchun ishning pirovard natijasi boʻyicha toʻlanadi.
Tuman koeffitsiyentlari va ish haqiga ustamalar belgilangan tumanlarda oʻrindoshlik asosida ishlovchi shaxslarga mehnatga haq toʻlash koeffitsiyentlar va ustamalar hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
13. Oʻrindoshlik asosidagi ish uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori mehnat unumdorligiga yoki mehnat shartnomasida nazarda tutilgan boshqa shartlarga qarab, ishlangan vaqtga proporsional ravishda, qonunchilikda belgilangan Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasi boʻyicha birinchi razryad tarif koeffitsiyenti asosida hisoblab chiqilgan miqdordan past boʻlishi mumkin emas.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
14. Xodimning oʻrtacha ish haqini hisoblab chiqishda, ushbu hisoblab chiqish maqsadlaridan qatʼi nazar, asosiy ish joyi boʻyicha va oʻrindoshlik boʻyicha ish uchun ish haqi alohida hisoblab chiqiladi.
15. Agar jamoaviy shartnomada yoxud ish beruvchi tomonidan kasaba uyushma qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishgan holda qabul qilingan boshqa mahalliy hujjatda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, oʻrindoshlik asosida ishlovchilarga mehnat haqi, mukofot, qoʻshimcha haq, ustama, ragʻbatlantirish toʻlovlari shakli va tizimi tashkilotning barcha xodimlari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-oktabrdagi 362-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 504-modda)
III. Oʻrindoshlarga haqi toʻlanadigan har yilgi mehnat taʼtillari, davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqalar berish
16. Oʻrindoshlik asosida ishlovchi shaxslarga har yilgi asosiy, shuningdek oʻrindoshlar haqli boʻlgan qoʻshimcha taʼtillar asosiy ish joyidagi har yilgi mehnat taʼtili bilan bir vaqtda beriladi.
Agar oʻrindoshlik asosida ishlashning birinchi ish yilida xodim olti oydan kam ishlagan boʻlsa, u holda oʻrindoshlik asosidagi ishda taʼtil uchun ishlangan vaqtga proporsional haq toʻlanadi.
Birinchi ish yilida olti oy ishlagan oʻrindoshlarning mehnat taʼtiliga, shuningdek ishning keyingi yillari uchun mehnat taʼtiliga oʻrindoshlik asosidagi ishning oʻrtacha ish haqidan kelib chiqqan holda odatdagi tartibda haq toʻlanadi.
17. Asosiy ish joyi boʻyicha haq toʻlanadigan mehnat taʼtilining davomiyligi oʻrindoshlik asosidagi ish haqi toʻlanadigan mehnat taʼtilining davomiyligidan ortiq boʻlsa, u holda ish beruvchi oʻrindoshning iltimosiga koʻra unga oʻrindoshlik asosidagi ish haqi toʻlanadigan taʼtildan tashqari asosiy ish boʻyicha haq toʻlanadigan taʼtilning qancha davom etishi bilan oʻrindoshlik asosidagi ish haqi toʻlanadigan taʼtilning tafovutini tashkil etuvchi kunlar uchun ish haqi saqlanmaydigan taʼtil berishga majburdir.
18. Oʻrindoshlar oʻrindoshlik asosidagi ish joyi boʻyicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi olish, ayollar esa, bundan tashqari, homiladorlik va tugʻish nafaqalari olish huquqiga egadir.
19. Sogʻliqni saqlash muassasasi tomonidan berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi ushbu Nizomning 18-bandida nazarda tutilgan oʻrindoshlik asosidagi ish joyidan nafaqa olish uchun asos hisoblanadi.
IV. Bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi
20. Xodim tomonidan mehnat shartnomasida koʻrsatilgan oʻzining asosiy ishi bilan bir qatorda ayni shu tashkilotda asosiy kasb va lavozim boʻyicha qonunchilikda belgilangan ish vaqti davomida boshqa kasb va lavozimdagi qoʻshimcha ishni bajarish bir necha kasbda va lavozimda ishlash hisoblanadi.
Xodim tomonidan mehnat shartnomasida koʻrsatilgan oʻzining asosiy ishi bilan bir qatorda ayni shu tashkilotda asosiy kasb va lavozim boʻyicha qonunchilikda belgilangan ish vaqti davomida oʻsha kasb va lavozimdagi qoʻshimcha ishlarni bajarish xizmat koʻrsatish zonasini kengaytirish, ishlar hajmini koʻpaytirish hisoblanadi.
Bir necha kasbda va lavozimda ishlashga, xizmat koʻrsatish zonasini kengaytirishga, ishlar hajmini koʻpaytirishga shunday kasb va lavozim boʻyicha boʻsh ish oʻrni mavjud boʻlganda yoxud qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda xodim tomonidan vaqtinchalik yoʻq boʻlgan xodimning vazifalarini bajarishda yoʻl qoʻyiladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
21. Kasblar va lavozimlarda bir necha kasb va lavozim asosida ishlashga, xizmat koʻrsatish zonasini kengaytirishga, ishlar hajmini koʻpaytirishga, qoidaga koʻra, jumlasiga ushbu xodim kiradigan xodimlarning ana shu toifasi doirasida ruxsat etiladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-noyabrdagi 920-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2017-y., 09/17/920/0281-son)
Kasblar va lavozimlarda bir necha kasb va lavozim asosida ishlash, xizmat koʻrsatish zonasini kengaytirish, budjet tashkiloti xodimlarining ish hajmini koʻpaytirish Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan kelishgan holda vazirliklar va idoralar tomonidan tasdiqlangan kasblar va lavozimlarda bir necha kasb va lavozim asosida ishlaganlik, xizmat koʻrsatish zonasini kengaytirganlik, ishlar hajmini koʻpaytirganlik uchun qoʻshimcha haq belgilanishi mumkin boʻlgan kasblar va lavozimlar roʻyxatiga muvofiq amalga oshiriladi.
(21-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-noyabrdagi 758-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2024-y., 09/24/758/0926-son)
22. Tashkilotning xodimi ushbu Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan qoʻshimcha ishni bajaradigan muddat, uning mazmuni va hajmi ish beruvchi tomonidan, xodimning yozma roziligi boʻyicha belgilanadi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-oktabrdagi 362-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 504-modda)
23. Kasblar va lavozimlarda bir necha kasb va lavozim asosida ishlaganlik, xizmat koʻrsatish zonasini kengaytirganlik, ishlar hajmini koʻpaytirganlik uchun qoʻshimcha haq toʻlanadi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-noyabrdagi 920-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2017-y., 09/17/920/0281-son)
24. Kasblar va lavozimlarda bir necha kasb va lavozim asosida ishlaganlik, xizmat koʻrsatish zonasini kengaytirganlik, ishlar hajmini koʻpaytirganlik uchun xodimlarga qoʻshimcha haq toʻlash miqdori, agar jamoaviy shartnomada yoxud ish beruvchi tomonidan kasaba uyushma qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishgan holda qabul qilingan boshqa ichki hujjatda oʻzgacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, tomonlarning kelishuvi boʻyicha belgilanadi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-noyabrdagi 920-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2017-y., 09/17/920/0281-son)
25. Budjet tashkilotlarida bir necha kasb va lavozimda ishlaganlik, xizmat koʻrsatish zonasini kengaytirganlik, ishlar hajmini koʻpaytirganlik uchun qoʻshimcha haq toʻlash miqdori bir necha kasb va lavozimda ishlanayotgan lavozim boʻyicha maoshning (tarif stavkasining) 50 foizidan ortiq boʻlishi mumkin emas (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan holatlar bundan mustasno) va budjet tashkilotlarining mehnatga haq toʻlash fondida nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida toʻlanadi:
(25-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-noyabrdagi 920-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2017-y., 09/17/920/0281-son)
Budjet tashkilotlarida bir necha kasbda va lavozimda ishlayotganlik uchun qoʻshimcha haq shunday kasb va lavozimdagi ish asosiy ish boʻyicha mehnat majburiyatlariga kiritilgan hollarda belgilanmaydi.
(25-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-noyabrdagi 920-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2017-y., 09/17/920/0281-son)
Kasb (lavozim) boʻyicha bir necha kasb va lavozim asosida bajariladigan ishlarni bir necha xodim oʻrtasida taqsimlashga yoʻl qoʻyiladi.
(25-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-noyabrdagi 920-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2017-y., 09/17/920/0281-son)
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
V. Yakunlovchi qoidalar
27. Oʻrindoshlar bilan mehnat shartnomasi Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi asosida toʻxtatiladi.
28. Oʻrindoshlik asosida hamda bir necha kasb va lavozimda ishlash tartibiga rioya qilinishi yuzasidan javobgarlik xodimni oʻrindoshlik asosida ishga qabul qiluvchi tashkilotning rahbari zimmasiga yuklanadi.
29. Ushbu Nizomga rioya etilishini nazorat qilish mehnat organlari, kasaba uyushmalari, shuningdek ish beruvchilar tomonidan ularning vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-oktabrdagi 362-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 504-modda)
Oʻrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
ILOVA
Oʻrindoshlik asosida ishlash hisoblanmaydigan ishlar
roʻyxati
1. Ilmiy faoliyatni yoki oʻqituvchilik faoliyatini amalga oshirish, agar bunday faoliyat asosiy ish joyi boʻyicha bajariladigan ish hisoblanmasa.
2. Ular uchun mualliflik gonorari sifatida haq toʻlanadigan fan, adabiyot va sanʼat asarlari yaratish.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-oktabrdagi 362-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 504-modda)
3. Xodim tomonidan, asosiy ishdan tashqari, oʻsha tashkilotning oʻzida shtat lavozimini egallamasdan boshqa ishni bajarish, shu jumladan:
umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilari hamda kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar oʻqituvchilari tomonidan kabinetlarga, laboratoriyalarga mudirlik qilish boʻyicha vazifalarni bajarish, toʻgaraklarga rahbarlik qilish, shuningdek ular tomonidan belgilangan yuklamadan ortiq oʻquv-tarbiyaviy ishlarni bajarish;
ishning ushbu turi boʻyicha ish vaqti normal davom etishining 50 foizidan ortiq boʻlmagan hajmda mehnatga soatbay haq toʻlanadigan pedagogik ish;
taʼlim muassasalari rahbarlarining oʻqituvchi lavozimi boʻyicha yillik ish rejasida (ish vaqti normasi bilan) nazarda tutilgan jami ish vaqtining 50 foizidan ortiq boʻlmagan hajmda oʻqituvchilik ishi;
tashkilotlar muhandis-texnik xodimlarining talabalar va oʻquvchilarning ishlab chiqarish taʼlimi va amaliyotiga rahbarlik qilish boʻyicha ishi;
tibbiyot xodimlarining belgilangan vaqt normasidan ortiqcha navbatchilik qilishi;
Hukumat qarorlari bilan xodimning ish haqiga ustamalar belgilangan vazifalarni bajarish.
4. Mualliflik gonorari shaklida haq toʻlanadigan adabiy ish, shu jumladan alohida asarlarni tahrir, tarjima qilish va ularga taqriz yozish boʻyicha ishlar.
5. Mehnatga bir marta haq toʻlangan holda texnik, tibbiy, buxgalteriya, huquqiy va boshqa ekspertiza (maslahat berish).
6. Umumtaʼlim maktablari, ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalari, qoʻshimcha taʼlim muassasalari oʻqituvchilari va boshqa pedagog xodimlari (rahbarlaridan tashqari) oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari hamda mehnat haqi toʻlash boʻyicha ularga tenglashtirilgan boshqa taʼlim muassasalarining oʻqituvchilari va masterlari, taʼlim muassasalaridagi konsertmeysterlar va akkompaniatorlar, maktabgacha taʼlim tashkilotlari va “Mehribonlik” uylari pedagog xodimlarining (rahbarlaridan tashqari) aynan shu muassasada belgilangan mehnat normasidan ortiq boʻlgan, lekin ushbu ish turi boʻyicha ish vaqti normal davomiyligining 50 foizidan koʻp boʻlmagan ishi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 776-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son)
“Kelajak” markazlari toʻgarak rahbarlarining aynan shu muassasada belgilangan mehnat normasidan ortiq boʻlgan, lekin ushbu ish turi boʻyicha ish vaqti normal davomiyligining 100 foizidan koʻp boʻlmagan ishi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 776-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son)
7. Sogʻliqni saqlash muassasalarida oyiga 24 soatdan ortiq boʻlmagan hajmda, mehnatga bir marta yoki soatbay haq toʻlangan holda, tibbiyot maslahatchilari vazifalarini bajarish.
8. Ilmiy-tadqiqot muassasalarida va oliy taʼlim muassasalarida ushbu taʼlim muassasalari shtatida turmagan ilmiy xodimlar tomonidan katta ilmiy xodimlarga — izlanuvchilarga rahbarlik qilish.
9. Xodim tomonidan siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari va jamoat birlashmalari markaziy va hududiy organlarining saylab qoʻyiladigan lavozimlarida rahbar xodim, Kuzatuvchi kengash yoki Direktorlar (boshqaruvchilar) kengashi raisi yoki aʼzosi, Mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida qoʻmitani boshqaruvchi, ishonchli boshqaruvchi sifatida bajariladigan ish.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
10. Jamoatchilik asosida bajariladigan ishlar.
Izoh: 2-bandda, 3-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarda, 4-5-bandlarda, 6-bandning uchinchi xatboshida, 7, 9 va 10-bandlarda koʻrsatilgan ishlarni asosiy ish vaqtida bajarishga yoʻl qoʻyilmaydi. Ishlarning boshqa turlari, ishning xarakteriga koʻra, asosiy ish vaqtida ham, undan tashqari vaqtda ham amalga oshiriladi;
1 va 8-bandlarda koʻrsatilgan ishlarni amalga oshirish joyi va rejimi, ilmiy va oʻqituvchilik faoliyati xarakterini hisobga olgan holda, shu jumladan masofadan ish olib borish shaklida, xodim va ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuv boʻyicha mehnat shartnomasiga muvofiq belgilanadi.
(izoh Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-oktabrdagi 362-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 504-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 41-42-son, 485-modda; 2016-y., 43-son, 504-modda; 2017-y., 37-son, 990-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2017-y., 09/17/920/0281-son; 01.06.2018-y., 09/18/400/1289-son, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son; 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son; 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 10.04.2023-y., 09/23/147/0203-son; 15.11.2024-y., 09/24/758/0926-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son; 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son)
Постановление
Кабинета Министров Республики Узбекистан
ОБ УТВЕРЖДЕНИИ ПОЛОЖЕНИЯ О ПОРЯДКЕ РАБОТЫ ПО СОВМЕСТИТЕЛЬСТВУ И СОВМЕЩЕНИЯ ПРОФЕССИЙ И ДОЛЖНОСТЕЙ
В целях дальнейшего упорядочения работы граждан по совместительству и совмещения профессий (должностей), а также создания условий для увеличения доходов населения Кабинет Министров постановляет:
1. Утвердить Положение о порядке работы по совместительству и совмещения профессий и должностей согласно приложению.
2. Установить, что:
ответственность за соблюдение порядка работы по совместительству и совмещения профессий и должностей возлагается на руководителей организаций, в которых работают совместители или применяется совмещение профессий и должностей;
(абзац второй пункта 2 в редакции постановления Кабинета Министров Республики Узбекистан от 26 октября 2016 года № 362 — СЗ РУ, 2016 г., № 43, ст. 504)
не допускается занятие одновременно двух руководящих должностей в органах государственного и хозяйственного управления, в том числе по совместительству, за исключением случаев, установленных законодательством.
3. Министерству занятости и сокращения бедности Республики Узбекистан:
обеспечить строгий контроль за соблюдением порядка работы по совместительству и совмещения профессий и должностей;
организовать в средствах массовой информации и через территориальные органы по труду необходимую разъяснительную работу о порядке работы по совместительству и совмещения профессий и должностей;
(абзац третий пункта 3 в редакции постановления Кабинета Министров Республики Узбекистан от 26 октября 2016 года № 362 — СЗ РУ, 2016 г., № 43, ст. 504)
по согласованию с Министерством финансов и Министерством экономики Республики Узбекистан, с учетом анализа рынка труда, при необходимости вносить в Кабинет Министров предложения по пересмотру и внесению изменений и дополнений в перечень работ, которые не считаются работами по совместительству.
4. Заинтересованным органам государственного управления в двухмесячный срок разработать и утвердить по согласованию с Министерством финансов и Министерством труда и социальной защиты населения Республики Узбекистан перечни профессий (должностей) работников бюджетных организаций, которым могут устанавливаться доплаты за совмещение профессий (должностей), расширение зоны обслуживания или увеличение объема выполняемых работ.
5. Министерству труда и социальной защиты населения в месячный срок:
совместно с заинтересованными министерствами и ведомствами внести в Кабинет Министров предложения об изменениях и дополнениях в законодательство, вытекающих из настоящего постановления;
привести ведомственные нормативно-правовые акты в соответствие с настоящим постановлением.
6. Контроль за исполнением настоящего постановления возложить на первого заместителя Премьер-министра Республики Узбекистан Р.С. Азимова.
Премьер-министр Республики Узбекистан Ш. МИРЗИЁЕВ
г. Ташкент,
18 октября 2012 г.,
№ 297
ПРИЛОЖЕНИЕ
к постановлению Кабинета Министров от 18 октября 2012 г. № 297
Положение
о порядке работы по совместительству и совмещения профессий и должностей
I. Общие положения
1. Настоящее Положение определяет порядок регулирования трудовых отношений физических лиц—граждан Республики Узбекистан, а также иностранных граждан и лиц без гражданства, работающих по совместительству, и при совмещении ими профессий и должностей в соответствии с трудовым договором (контрактом) (далее — трудовой договор) на предприятиях, в учреждениях, организациях всех форм собственности (далее — организация).
Отношения между работодателем и совместителем регулируются Трудовым кодексом Республики Узбекистан, с учетом особенностей, предусмотренных в настоящем Положении.
2. В целях настоящего Положения используются следующие понятия:
основное место работы — организация, в которой работодателем в соответствии с законодательством ведется трудовая книжка (электронная трудовая книжка) работника;
работа по совместительству — выполняемая работником, помимо своей основной работы, другая оплачиваемая работа на условиях трудового договора, в свободное от основной работы время.
3. Не считаются работами по совместительству виды работ, указанные в перечне, прилагаемом к настоящему Положению.
4. Запрещается работа по совместительству:
лицам, не достигшим восемнадцатилетнего возраста;
на работах с неблагоприятными условиями труда, если основная работа совместителя связана с такими же условиями (за исключением работников организаций системы здравоохранения);
(абзац третий пункта 4 в редакции постановления Кабинета Министров Республики Узбекистан от 20 ноября 2017 года № 920 — Национальная база данных законодательства, 21.11.2017 г., № 09/17/920/0281)
в качестве работника (специалиста) службы обеспечения безопасности автомобильных перевозок;
(пункт 4 дополнен абзацем четвертым постановлением Кабинета Министров Республики Узбекистан от 9 июня 2018 года № 434 — Национальная база данных законодательства, 11.06.2018 г., № 09/18/434/1339)
работникам (кроме технического и обслуживающего персонала) Администрации Президента и Секретариата Премьер-министра Республики Узбекистан и Секретариатов заместителей Премьер-министра Республики Узбекистан, руководителям органов государственного управления, их заместителям и начальникам структурных подразделений, Председателю и членам Совета Министров Республики Каракалпакстан, кроме случаев, предусмотренных решениями Президента Республики Узбекистан и Кабинета Министров Республики Узбекистан;
хокимам областей, районов и городов и их заместителям;
специалистам органов государственного управления в организациях, подчиненных или подконтрольных одно другому, за исключением врачей, занятых в органах управления здравоохранением, и учителей, занятых в органах управления образованием;
другим лицам (работникам), которым в соответствии с законодательством запрещается работать по совместительству.
5. Работа по совместительству допускается по основному месту работы (внутреннее совместительство) либо в другой организации (внешнее совместительство), если иное не предусмотрено настоящим Положением.
Работа по совместительству в организации, которая является основным местом работы работника, допускается при выполнении работы за временно отсутствующего работника или по вакантной должности.
6. Лица, поступающие на работу в другую организацию по совместительству, обязаны представить:
паспорт (идентифицирующую ID-карту) либо документ, его заменяющий;
при приеме на работу с вредными и (или) опасными условиями труда — справку с основного места работы о характере и условиях труда.
Государственные органы и организации при приеме на работу получают сведения о трудовом стаже, текущем месте работы и другие сведения на основе электронного взаимодействия через межведомственную интеграционную платформу системы «Электронное правительство».
При приеме на работу по совместительству, требующем специальных знаний или специальной подготовки, работодатель имеет право требовать сертификат о квалификации, либо иной документ об образовании или профессиональной подготовке.
7. Продолжительность работы по совместительству не может превышать половину нормы рабочего времени, установленной для данной категории работников на работе по совместительству (за исключением врачебного персонала организаций системы здравоохранения). В дни, когда по основному месту работы работник свободен от выполнения трудовых обязанностей, он может работать по совместительству полный рабочий день.
(абзац первый пункта 7 в редакции постановления Кабинета Министров Республики Узбекистан от 20 ноября 2017 года № 920 — Национальная база данных законодательства, 21.11.2017 г., № 09/17/920/0281)
В случае, если в организации для совместителей не может быть соблюдена ежедневная половинная норма продолжительности рабочего времени, допускается ведение суммированного учета рабочего времени. При ведении суммированного учета рабочего времени общая продолжительность рабочего времени работы (смены) по совместительству не должна превышать половину нормы рабочего времени по совмещаемой должности за учетный период. При этом учетный период не должен быть более одного месяца, а продолжительность ежедневной работы (смены) — свыше двенадцати часов.
(абзац второй пункта 7 в редакции постановления Кабинета Министров Республики Узбекистан от 26 октября 2016 года № 362 — СЗ РУ, 2016 г., № 43, ст. 504)
При внутреннем совместительстве учет рабочего времени ведется раздельно по основной работе и работе по совместительству.
(пункт 7 дополнен абзацем постановлением Кабинета Министров Республики Узбекистан от 26 октября 2016 года № 362 — СЗ РУ, 2016 г., № 43, ст. 504)
8. В трудовом договоре, заключаемом с работником на работу по совместительству, наряду с требованиями, установленными Трудовым кодексом Республики Узбекистан, в обязательном порядке указывается продолжительность рабочего времени.
9. По письменному заявлению работника, на основании справки с места работы по совместительству, в трудовую книжку работника работодателем по основному месту работы вносится запись о работе по совместительству с указанием периода работы. Форма справки с места работы по совместительству утверждается Министерством занятости и сокращения бедности Республики Узбекистан.
Справка с места работы по совместительству хранится по основному месту работы.
10. Если по просьбе работника в его трудовую книжку внесены сведения о работе по совместительству, то согласно копии приказа о прекращении трудового договора с места работы по совместительству, на основном месте работы вносится об этом запись в трудовую книжку. Основания (причины) прекращения трудового договора в трудовую книжку не записываются.
II. Оплата труда
11. Оплата труда совместителей производится в соответствии с трудовым договором за:
фактически выполненную работу — при сдельной форме оплаты труда;
пропорционально отработанному времени — при повременной форме оплаты труда.
12. При сдельной системе оплаты труда заработная плата начисляется по сдельным расценкам.
Если при повременной форме оплаты труда совместителю устанавливается нормированное задание, то оплата труда производится по конечному результату работы за фактически выполненную им работу.
Лицам, работающим по совместительству в районах, где установлены районные коэффициенты и надбавки к заработной плате, оплата труда производится с учетом этих коэффициентов и надбавок.
13. Минимальный размер оплаты труда за работу по совместительству не может быть ниже размера, рассчитанного на основе тарифного коэффициента первого разряда по Единой тарифной сетке по оплате труда, установленного законодательством, пропорционально отработанному времени в зависимости от выработки или иных условий, предусмотренных трудовым договором.
14. При исчислении среднего заработка работника, независимо от целей данного исчисления, заработная плата за работу по основному месту работы и по совместительству рассчитывается раздельно.
15. Если иное не предусмотрено в коллективном договоре, либо в ином локальном акте, принятым работодателем по согласованию с профсоюзным комитетом или иным представительным органом работников, формы и системы оплаты труда, премии, доплаты, надбавки, поощрительные выплаты совместителям осуществляются в порядке, установленном для всех работников организации.
(пункт 15 в редакции постановления Кабинета Министров Республики Узбекистан от 26 октября 2016 года № 362 — СЗ РУ, 2016 г., № 43, ст. 504)
III. Предоставление совместителям ежегодных оплачиваемых трудовых отпусков, пособий по государственному социальному страхованию
16. Лицам, работающим по совместительству, ежегодные основные, а также дополнительные отпуска, на которые совместители имеют право, предоставляются одновременно с ежегодным трудовым отпуском по основному месту работы.
Если в первый рабочий год на работе по совместительству работник проработал менее шести месяцев, то отпуск на работе по совместительству оплачивается пропорционально отработанному времени.
Трудовой отпуск совместителям, проработавшим в первый рабочий год шесть месяцев, а также трудовой отпуск за последующие годы работы оплачивается в обычном порядке, исходя из среднего заработка на работе по совместительству.
17. В случаях, когда продолжительность трудового оплачиваемого отпуска по основной работе превышает продолжительность трудового оплачиваемого отпуска на работе по совместительству, то работодатель обязан по просьбе совместителя предоставить ему, кроме оплачиваемого отпуска на работе по совместительству, также отпуск без сохранения заработной платы на дни, составляющие разницу в продолжительности оплачиваемого отпуска по основной работе и оплачиваемого отпуска на работе по совместительству.
18. Совместители имеют право на получение по месту работы по совместительству пособия по временной нетрудоспособности, а женщины, кроме того, пособия по беременности и родам.
19. Основанием для получения с места работы по совместительству пособий, предусмотренных пунктом 18 настоящего Положения, является заверенная в установленном порядке копия листка нетрудоспособности, выданного учреждением здравоохранения.
IV. Порядок совмещения профессий и должностей
20. Совмещением профессий и должностей является выполнение работником наряду со своей основной работой, обусловленной трудовым договором, дополнительной работы по другой профессии и должности в одной и той же организации в течение установленной законодательством продолжительности рабочего времени по основной профессии и должности.
Расширением зоны обслуживания, увеличением объема работ является выполнение наряду со своей основной работой, обусловленной трудовым договором, дополнительной работы по той же профессии и должности в одной и той же организации в течение установленной законодательством продолжительности рабочего времени по основной профессии и должности.
Совмещение профессий и должностей, расширение зоны обслуживания, увеличение объема работ допускается при наличии вакансии по совмещаемой профессии и должности либо в случаях, предусмотренных законодательством, при выполнении работником обязанностей временно отсутствующего работника.
(пункт 20 в редакции постановления Кабинета Министров Республики Узбекистан от 26 октября 2016 года № 362 — СЗ РУ, 2016 г., № 43, ст. 504)
21. Совмещение профессий и должностей, расширение зоны обслуживания, увеличение объема работ разрешается, как правило, в пределах той категории персонала, к которой относится данный работник.
Совмещение профессий и должностей, расширение зоны обслуживания, увеличение объема работ работников бюджетных организаций производится в соответствии с перечнями профессий и должностей, которым могут устанавливаться доплаты за совмещение профессий и должностей, расширение зоны обслуживания, увеличение объема работ, утвержденных министерствами и ведомствами по согласованию с Министерством экономики и финансов и Министерством занятости и сокращения бедности Республики Узбекистан.
22. Срок, в течение которого работник организации будет выполнять дополнительную работу предусмотренную пунктом 20 настоящего Положения, ее содержание и объем устанавливаются работодателем с письменного согласия работника.
(пункт 22 в редакции постановления Кабинета Министров Республики Узбекистан от 26 октября 2016 года № 362 — СЗ РУ, 2016 г., № 43, ст. 504)
23. За совмещение профессий и должностей, расширение зоны обслуживания, увеличение объема работ производится доплата.
(пункт 23 в редакции постановления Кабинета Министров Республики Узбекистан от 26 октября 2016 года № 362 — СЗ РУ, 2016 г., № 43, ст. 504)
24. Размер доплаты работникам за совмещение профессий и должностей, расширение зон обслуживания, увеличение объема работ определяется по соглашению сторон, если иное не предусмотрено в коллективном договоре, либо в ином локальном акте, принятым работодателем по согласованию с профсоюзным комитетом или иным представительным органом работников.
(пункт 24 в редакции постановления Кабинета Министров Республики Узбекистан от 26 октября 2016 года № 362 — СЗ РУ, 2016 г., № 43, ст. 504)
25. Размер доплаты за совмещение профессий и должностей, расширение зон обслуживания, увеличение объема работ в бюджетных организациях не может превышать 50 процентов от должностного оклада (тарифной ставки) по совмещаемой профессии и должности, за исключением случаев, установленных Кабинетом Министров Республики Узбекистан, и выплачивается в пределах средств, предусмотренных в фонде оплаты труда бюджетных организаций.
(абзац первый пункта 25 в редакции постановления Кабинета Министров Республики Узбекистан от 20 ноября 2017 года № 920 — Национальная база данных законодательства, 21.11.2017 г., № 09/17/920/0281)
Доплаты за совмещение профессий и должностей в бюджетных организациях не устанавливаются в тех случаях, когда совмещаемая работа входит в трудовые обязанности по основной работе.
Допускается распределение работы по совмещаемой профессии (должности) между несколькими работниками.
(пункт 25 в редакции постановления Кабинета Министров Республики Узбекистан от 26 октября 2016 года № 362 — СЗ РУ, 2016 г., № 43, ст. 504)
(пункт 26 утратил силу постановлением Кабинета Министров Республики Узбекистан от 7 ноября 2025 года № 709)
V. Заключительные положения
27. Трудовой договор с совместителями прекращается на основании Трудового кодекса Республики Узбекистан.
28. Ответственность за соблюдение порядка работы по совместительству и совмещения профессий и должностей возлагается на руководителя организации, принимающей работника на работу по совместительству.
29. Контроль за соблюдением настоящего Положения осуществляется в пределах своих полномочий органами по труду, профсоюзами, а также работодателями.
(пункт 29 в редакции постановления Кабинета Министров Республики Узбекистан от 26 октября 2016 года № 362 — СЗ РУ, 2016 г., № 43, ст. 504)
ПРИЛОЖЕНИЕ
к Положению о порядке работы по совместительству и совмещения профессий и должностей
ПЕРЕЧЕНЬ
работ, которые не считаются работами по совместительству
1. Осуществление научной или преподавательской деятельности, если такая деятельность не является работой, выполняемой по основному месту работы.
2. Создание произведений науки, литературы и искусства оплата за которые производится в виде авторского гонорара.
(пункт 2 в редакции постановления Кабинета Министров Республики Узбекистан от 26 октября 2016 года № 362 — СЗ РУ, 2016 г., № 43, ст. 504)
3. Выполнение работником, помимо основной работы другой работы, без занятия штатной должности в той же организации, в том числе:
выполнение учителями общеобразовательных школ и преподавателями профессиональных колледжей и академических лицеев обязанностей по заведованию кабинетами, лабораториями, руководству кружками, а также выполнение ими учебно-воспитательной работы сверх установленной нагрузки;
педагогическая работа с почасовой оплатой труда в объеме не более 50 процентов от нормальной продолжительности рабочего времени по данному виду работы;
преподавательская работа руководителей образовательных учреждений в объеме не более 50 процентов суммарного рабочего времени, предусмотренного годовым планом работы (нормой рабочего времени) по преподавательской должности;
работа инженерно-технических работников организаций по руководству производственным обучением и практикой студентов и учащихся;
дежурства медицинских работников сверх установленной нормы времени;
выполнение обязанностей, за которые решениями Правительства установлены надбавки к заработной плате работника.
4. Литературная работа, в том числе работа по редактированию, переводу и рецензированию отдельных произведений, оплата за которую производится в виде авторского гонорара.
5. Техническая, медицинская, бухгалтерская, правовая и иная экспертиза (консультация) с разовой оплатой труда.
6. Работа учителей и других педагогических работников (кроме руководителей) общеобразовательных школ, специализированных учебно-воспитательных учреждений, учреждений дополнительного образования, преподавателей и мастеров средних специальных, профессиональных образовательных учреждений и других образовательных учреждений, приравненных к ним по оплате труда работников, концертмейстеров и аккомпаниаторов в образовательных учреждениях, педагогических работников (кроме руководителей) дошкольных образовательных организаций и домов «Меҳрибонлик» сверх установленной нормы труда в том же учреждении, но не более 50 процентов от нормальной продолжительности рабочего времени по данному виду работы.
Работа руководителей кружков центров «Келажак», превышающая установленную в данном учреждении норму труда, но не более чем на 100 процентов нормальной продолжительности рабочего времени по данному виду работы.
7. Выполнение обязанностей медицинских консультантов в учреждениях здравоохранения в объеме не более 24 часов в месяц с разовой или почасовой оплатой труда.
8. Руководство старшими научными сотрудниками-соискателями в научно-исследовательских учреждениях и в высших образовательных учреждениях, осуществляемое научными работниками, не состоящими в штате этих учреждений.
9. Работа, выполняемая работником в качестве руководящего работника на выборных должностях центральных и территориальных органов политических партий, профессиональных союзов и общественных объединений, председателя или члена Наблюдательного совета или Совета директоров (управляющих), управляющего комитетом в рамках Соглашений о разделе продукции, доверительного управляющего в организации.
(пункт 9 в редакции постановления Кабинета Министров Республики Узбекистан от 14 апреля 2020 года № 217 — Национальная база данных законодательства, 15.04.2020 г., № 09/20/217/0426)
10. Работы, которые выполняются на общественных началах.
Примечания:
Выполнение работ, указанных в пункте 2, в абзацах втором и третьем пункта 3, в пунктах 4 и 5, в абзаце третьем пункта 6, в пунктах 7, 9 и 10, в рабочее время по основной работе не допускается. Другие виды работ осуществляются в зависимости от характера работы, как в основное рабочее время, так и за его пределами.
Место и режим осуществления работ, указанных в пунктах 1 и 8, определяется в соответствии с трудовым договором по соглашению между работником и работодателем, с учетом характера научной и преподавательской деятельности, в том числе в форме дистанционной работы.
(примечания в редакции постановления Кабинета Министров Республики Узбекистан от 26 октября 2016 года № 362 — СЗ РУ, 2016 г., № 43, ст. 504)
(Собрание законодательства Республики Узбекистан, 2012 г., № 41-42, ст. 485; 2016 г., № 43, ст. 504; 2017 г., № 37, ст. 990; Национальная база данных законодательства, 21.11.2017 г., № 09/17/920/0281; 01.06.2018 г., № 09/18/400/1289, 11.06.2018 г., № 09/18/434/1339; 14.05.2019 г., № 09/19/397/3123; 15.04.2020 г., № 09/20/217/0426)