Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.06.2021 14.06.2012 yildagi 495-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.06.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOShKENT ShAHRIDA JAMOAT TARTIBINI SAQLASh, OBODONLAShTIRISh HAMDA SANITARIYA QOIDALARIGA RIOYA QILINIShINI TARTIBGA SOLISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2021-yil 4-iyundagi 390/41-6-sonli “Toshkent shahar mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika rahbariyatining tashabbusi bilan Vatanimiz poytaxti Toshkent shahar infratuzilmasini yanada rivojlantirish va obodonlashtirish ishlariga katta eʼtibor berilib kelinmoqda. Jumladan, keyingi yillarda Toshkent shahrining qiyofasi tubdan oʻzgarib zamon talablariga mos qator turarjoy binolari, maʼmuriy va madaniy-maishiy binolar, yangi istirohat bogʻlari, xiyobonlar, dam olish joylari hamda tibbiyot-profilaktika muassasalari bunyod etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahar chiroyi, uning obodonlashtirilganligi va yashil libosi oʻziga nisbatan muttasil diqqat, eʼtibor va katta gʻamxoʻrlik bilan qarashni taqozo etmoqda. Poytaxtimizning yanada goʻzal, orasta, koʻkalamzor, maftunkor boʻlishi yoʻlida har bir fuqaro oʻz hissasini qoʻshishga harakat qilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ozodalik va tartibni saqlash, koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish ishlarini yanada yaxshilash, har bir bino, inshoot va uy-joylarni talab darajasida saqlash oldimizda turgan ustuvor vazifalardan biridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholining mehnat, turmush va dam olish sharoitlarini yanada yaxshilash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-apreldagi 76-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan “Respublika hududlarida oilada turmush madaniyatini zamon talablari darajasiga koʻtarish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi”ning 1-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksining 6-moddasiga muvofiq qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash, obodonlashtirish va sanitariya qoidalari” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ichki ishlar bosh boshqarmasi (A.Ibragimov), Obodonlashtirish bosh boshqarmasi (A.Karimov), Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi (D.Alimuhamedov), Davlat veterinariya boshqarmasi (R.Hasanov), Davlat soliq boshqarmasi (Sh.Rahimov), Hududiy kommunal foydalanish birlashmasi (I.Xolmatov), Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uyushmasi (A.Nabiyev),“Mahalla” xayriya jamoat fondining Toshkent shahar boʻlimi (J.Inogʻomov) hamda tuman hokimliklari mazkur qarorning Toshkent shahrida ijrosini toʻliq taʼminlanishi yuzasidan tegishli choralar koʻrilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Toshkent oqshomi” va “Vecherniy Tashkent” gazeta tahririyati (A.Akromov)ga ushbu qarorni matbuotda eʼlon qilish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu qaror xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi sessiyasiga tasdiqlash uchun kiritilsin hamda Kengashda tasdiqlangandan soʻng kuchga kirishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Toshkent shahar hokimining barcha oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimi R. USMONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 14-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
495-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimining 2012-yil 14-iyundagi 495-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOShKENT ShAHRIDA JAMOAT TARTIBINI SAQLASh, OBODONLAShTIRISh VA SANITARIYA QOIDALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. JAMOAT TARTIBINI BUZGANLIGI UChUN JAVOBGARLIK TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toshkent shahrining aholisi oʻrnatilgan jamoat tartibiga rioya qilishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sport va boshqa shovqinli oʻyinlar maxsus ajratilgan maydonchalarda soat 700 dan 2200 gacha oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Madaniy-oqartuv muassasalari, savdo, umumiy ovqatlanish va boshqa korxonalarning xodimlari mahalla vakillari bilan birgalikda jamoat tartibini buzish hollarini oldini olish uchun barcha zarur chora- tadbirlarni koʻrishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar man etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Koʻchalarda, hovlilar va yoʻlaklarda, stadionlarda, xiyobonlarda, istirohat bogʻlari va boshqa jamoat joylarida (spirtli ichimliklarni quyib sotish ruxsat berilgan umumiy ovqatlanish korxonalari bundan mustasno) spirtli ichimlik isteʼmol qilish, insoniy qadr-qimmatga va ijtimoiy axloqqa dogʻ tushirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— haqoratli soʻzlar ishlatish, pul va buyumlar tikib qimorbozlik qilish va hokazolar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— belgilanmagan joylarda choʻmilish, fuqarolarning choʻmilish kiyimlarida plyajdan tashqari joylarda yurishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarini ishdan tashqari vaqtda maxsus jihozlanmagan joylarda, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarini ular uchun ruxsat boʻlmagan joylarda saqlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— jamoat joylarida, xususan belgilanmagan hududda hamda koʻcha va yoʻllarning qatnov qismida transport vositalarini yuvish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— itlarning belgilanmagan joylarda va aholi yashash joylarida tumshuq bandi kiygizilmagan holda sayr ettirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— yirik va mayda shoxli chorva mollari, ot, eshaklar hamda xonaki parrandalarni koʻchalar, maydonlar, istirohat bogʻlari va boshqa jamoat joylariga qoʻyib yuborish yoki boqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— fuqarolar tomonidan avtotransport bekatlari, koʻchalar boʻyida hamda maktabgacha tarbiya muassasalari, maktablar, tibbiyot muassasalari, kollej va litseylarga tutash hududlarda tamaki, saqich, uyda tayyorlangan taomlar, salqin ichimliklar va boshqa mahsulotlar bilan savdo qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— maishiy va qurilish chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash yoki yigʻish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. TOZALIK VA TARTIBGA RIOYA QILISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Fuqarolar barcha jamoat joylarida tozalikka va tartib-intizomga rioya qilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Aholi yashash mavzelari, mahallalar, koʻchalar, maydonlar, ochiq suv havzalarining sohillari, koʻpriklar, yer osti oʻtish yoʻllari, yoʻlkalar, bogʻlar, xiyobonlar, maydonlar hamda boʻsh turgan yer maydonlarini chiqindi va qor uyumlaridan tozalash — ushbu qoidalarda belgilangan tartibda tegishli korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, XUJMShlar, ijarachilar, uy egalari yoki maxsus qaror bilan ushbu hududga biriktirilgan tashkilot zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Hududga biriktirilgan tashkilot, korxona va muassasalar quyidagi shartlarni bajarishga majburlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) zarur boʻlgan miqdorda farroshlarni jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yigʻilgan chiqindilarni maxsus ajratilgan joylarga vaqtida chiqarib tashlashni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qish paytlarida tevarak-atrofni qor uyumlari, muzdan oʻz vaqtida tozalash, balkonlar va bino karnizlarini sumalaklardan tozalash, yoz paytlarda suv sepib, supurish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu qoidaning 6-bandida qayd etilgan tashkilotlar, korxonalar, muassasalar hamda uy egalari ular egallab turgan binolar atrofidagi hududni ozoda tutishlari, qishda esa qor va muzdan tozalashlari shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— binoning asfalt koʻchagacha yoxud asfaltlanmagan koʻchaning oʻrtasigacha, koʻpriklarni, ariqlarni, yoʻlka va yoʻlaklarni, gulzorlarning marzasigacha tozalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— tevarak-atroflarni saranjom-sarishtalash ishlarini bahor va yoz oylarida ertalab soat 700 gacha, kuz-qish mavsumida esa ertalab soat 800 gacha tugallash hamda butun kun davomida ozodalikni taʼminlab turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— korxona binolari va uylarni koʻngildagidek saranjom-sarishta tutish, oʻz vaqtida taʼmirlab turish, binolarning fasad qismini boʻyash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— korxonalarning hududlarida maxsus ajratilgan joylarda chiqindi yigʻish qutilarini oʻrnatish. Chiqindilar soat 2200dan soat 800gacha olib chiqilishi shart, soat 800dan soat 2200ga qadar koʻchaga chiqindilarni chiqarish taqiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— chiqindi yigʻish qutilari qoʻyilgan maydonchalar muntazam ravishda tozalanib, dezinfeksiya tadbirlari amalga oshirilib turilishi shart. Turarjoy mavzelarida, bu ish hududiy “Maxsustrans” korxonalari tomonidan, yakka tartibda qurilgan uylarda — uy egalari tomonidan, korxona va muassasalarda — maʼmuriyat tomonidan bajarilishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— koʻchalarning qatnov qismini, maydonlar va jamoat transporti bekatlarini (soʻnggi bekatdan tashqari) tozalash (yuvish, suv sepish, chiqindi, qor va muzdan tozalash) tuman obodonlashtirish boshqarmalari, tegishli ixtisoslashtirilgan boshqarmalar hamda jamoat transporti bekatini ijaraga olgan tashkilotlar (fuqarolar) tomonidan bajariladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— qurilayotgan binolarni va ularga tutash hududlarni tozalash qurilish tashkilotlari tomonidan bajariladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— shaxsiy uylari boʻlgan fuqarolarga maishiy chiqindilarni olib chiqib tashlash haqi, har bir oila aʼzosiga belgilanadi, yirik va mayda shoxli chorva mollari, choʻchqa va parranda boqqan kishilar tomorqasidan, bogʻidan goʻng, chiqindilar, qurilish chiqindilarini tashib ketganlik uchun belgilangan tartibda haq undirib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. XUJMSh, yotoqxona binobandlari, korxona, muassasa, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining rahbarlari, ijarachilar, quruvchilar binolari va qurilishlari toʻgʻrisida yoʻlkalarning har 50 metr oraliq masofasida maxsus belgilangan mayda chiqindilarni yigʻish qutilarini oʻrnatishlari va ularni oʻz vaqtida tozalab turishni taʼminlashlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ixtiyorlarida uy - joylar, maʼmuriy va ishlab chiqarish binolari boʻlgan korxonalar, tashkilotlar, muassasalar rahbarlari, XUJMSh raislari, shuningdek shaxsiy uylari boʻlgan fuqarolar quyidagi talablarni bajarishlari shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) binolarga koʻrsatgich yorliqlari va uyning tartib raqami yozilgan peshlavhalar ilib qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) hovlilar, koʻp qavatli uylarning yoʻlaklarini, koʻchalarni elektr chiroqlari bilan yoritilishini doimiy ravishda taʼminlash, qorongʻi tushishi bilan ularni yoqib qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) har bir uyning koʻcha tomonida yer ariq yoki betonlangan ariqlar qurib oqova suvlarni toʻsiqsiz oqib oʻtishini, mavjud ariqlarni esa ozoda saqlanishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Savdo, umumiy ovqatlanish va maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari, shu jumladan, dorixonalar oʻz obyektlarining fasad qismini, tevarak-atroflarini toza va tartibli boʻlishini taʼminlash, noqonuniy eʼlon, axborot va reklama vositalarini joylashtirmaslik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tramvay yoʻllari hamda ularga tutash boʻlgan yoʻllarning har ikki tarafidan yarim metr masofada tozalash, tramvay bekatlaridagi kutish maydonchalarini tozalash, taʼmirlash ularni xavfsizlik panjaralari bilan taʼminlash, soyabonlar oʻrnatish va chiqindilarni tashib ketish tramvay yoʻllarini ekspluatatsiyasi bilan shugʻullanuvchi korxonalar tomonidan bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tramvay depolari hamda avtomobil xoʻjaliklari transport vositalarini shahar koʻchalariga toza, benuqson holda chiqarishlari, tramvay va avtobuslarni kundalik ravishda avtokorxona yoki tramvay depolarida maxsus belgilangan joylarda yuvib - tozalanishini taʼminlashlari zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Jamoat transportining soʻnggi bekatlarini tozalash “Toshshahartransxizmat” uyushmasi yoxud shartnomaga binoan tuman obodonlashtirish boshqarmasi va “Maxsustrans” korxonasi tomonidan amalga oshiriladi. Jamoat transporti qatnaydigan koʻchalarda mavjud boʻlgan bekatlar oraligʻiga qoʻshimcha bekat qurish ishlari “Toshkent bosh reja loyiha ilmiy tadqiqot instituti” rejasi hamda Toshkent shahar hokimining koʻrsatmasi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Temir yoʻllar hamda kirish yoʻllari, shahar hududidagi temir yoʻllar, tepaliklar, temir yoʻldan oʻtish joylari, shuningdek “Toshkent vokzali”ning oldi maydonini obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va tozalash ishlarini amalga oshirish, temir yoʻl yoki ular bilan shartnoma tuzgan boshqa korxona tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qurilish va taʼmirlash ishlari olib borilayotgan paytlarda qurilish maydonlari devorlar bilan toʻsilishi, piyodalar yoʻlaklari toʻsilib qolgan taqdirda ushbu devor yoqalab kengligi kamida 1,5 metr boʻlgan panjarali taxta yoʻlak oʻrnatilishi, shuningdek temir-beton yotqizilgan kirish yoʻli uskunalanishi, koʻchalarni ifloslantirmaslik uchun mashinalarni tozalaydigan, qurilish chiqindilari va tuproqni namlaydigan moslama boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish maydonlarini toʻsiqlar bilan oʻrash va tartibga keltirish ishlari Toshkent shahar hokimligining Obodonlashtirish bosh boshqarmasi hamda Ichki ishlar bosh boshqarmasining yoʻl harakati xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi lozim va shundan keyingina qurilish ishlariga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Koʻchalarni iflos qilishi mumkin boʻlgan yuklar, qurilish chiqindilari, qum va tuproq faqat maxsus jihozlangan yukmashinalarda namlangan holda tashilishi shart. Koʻchalarni ifloslantirish hollarining oldini olish maqsadida, bunday yuklar ortilgan yukmashinalar ustini brezent bilan yopish tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Shahar hududini kuzgi - qishki mavsumda tozalash ishlari 1-oktabrdan 1-martgacha belgilanadi. Bunda, koʻchalarni xazondan, qor uyumlari, muz, chiqindi, loydan tozalash, zarur boʻlib qolgan taqdirda koʻchalarning qatnov qismiga hamda yoʻlovchilar uchun yoʻlkalarga qum va tuz sepish ishlarini bajarish koʻzda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Koʻchalar, maydonlar, xiyobonlar va yoʻlovchilar uchun yoʻlkalarni qor uyumi va muzlardan tozalash ishlari qor tushishi bilanoq boshlanadi. Bu ishlar transport hamda yoʻlovchilarning bemalol qatnovini taʼminlash uchun dastavval markaziy koʻchalardan, avtobus va metro stansiyasiga boradigan yoʻllardan boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Koʻchalarni qatnov qismiga, maydonlarga, chorrahalarga qiyaliklarga mexanizatsiyalashgan usulda qum va tuz sepish ishlarini bajarish ixtisoslashtirilgan boshqarmalar hamda tuman obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan rejali ravishda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tashkilotlar, korxonalar, muassasalar, XUJMSh hamda shaxsiy uylari boʻlgan fuqarolar zarur uskunalarga xamda qum zaxirasiga ega boʻlishlari, oʻzlariga tegishli yoʻl va yoʻlkalarni qordan tozalashlari va qum sepib turishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Shaharni hamisha ozoda va saranjom - sarishta tutish maqsadida, har shanba kunlari “Tozalik kunlari” deb belgilash tavsiya etilsin, barcha korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, savdo obyektlari, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat, transport korxonalari, oʻquv yurtlari, XUJMShlar, mahalla faollari, butun aholi oʻz tevarak atrofidagi hududlarni tozalab turishi, sugʻorish tarmoqlarini tozalashlari hamda dov-daraxtlarni parvarish qilib borishlari, shart deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Quyidagilar man etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) koʻchalar, aylanma koʻchalar, yoʻllar, markaziy maydonlar, yoʻlkalar, koʻpriklar, tunnellar, yoʻlovchilar oʻtadigan yer osti yoʻllari, suv havzalarining qirgʻoqlari, aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini va hordiq chiqarishini qondirish uchun foydalaniladigan obyektlar (madaniyat va istirohat bogʻlari, bogʻlar, bulvarlar, xiyobonlar)ga barcha turdagi chiqindilarini va oqova suvlarni tashlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tashqi va alohida qismlari Toshkent shahrining tozaligi va koʻrki talablariga javob bermaydigan darajada ifloslangan yoxud koʻcha va yoʻllarni ifloslantirish ehtimoliga ega transport vositalarining shahar boʻylab harakat qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) uylar hamda jamoat joylarning old tomonlariga yashil toʻsiqdan tashqari har qanday toʻsiqlar oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) koʻcha tomonga qaratilgan balkonlarga har xil roʻzgʻor buyumlarini ilish va qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) kiyim-kechak, gilam, koʻrpa-toʻshak singari buyumlarni ruxsat etilmagan joylarda quritish, tozalash va changini qoqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) belgilanmagan joylarga eʼlon, axborot va reklamalarni yopishtirish, binolar fasadiga noqonuniy axborot va reklama vositalarini joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo) ariqlarga hovuzlar qazish, har xil toʻsiqlar tashlash, ularga suvda yashovchi parrandalarni qoʻyib yuborish, kir yuvish, magʻzava oqizish uy hayvonlarini choʻmiltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) koʻchalar, bogʻlar, maydonlar va hovlilarda supurindi va xazonlarni yoqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) koʻcha va yoʻlkalarni qazish, gʻisht quyish hamda qurilish materiallarini uyib qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) suv sepmasdan koʻcha, trotuar va hovlilarni supurish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
y) shaharning belgilanmagan joylarida, norasmiy ravishda oziq-ovqat va sanoat mollari, uy-roʻzgʻor buyumlari, kiyim-kechak va poyafzal sotish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) fuqarolar tomonidan noqonuniy ravishda oziq-ovqatlari (taomlar, salqin ichimliklarni va hokazo) sotish. Noqonuniy ravishda sotilayotgan mahsulotlar qonunda belgilangan tartibda musodara qilinadi va yoʻq qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo, umumiy ovqatlanish korxonalari va boshqa tashkilotlar tomonidan koʻchalar, maydonlar va yoʻlkalarda sanoat mollari, sabzavot-meva va boshqa turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini sotishni tashkil qilinganda, Toshkent shahar hokimligi tomonidan rasmiylashtirilgan tegishli ruxsatnoma boʻlishi hamda sanitariya-gigiyena va savdo qoidalariga qatʼiy rioya qilishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. YaShIL NIHOLLARNI MUHOFAZA QILISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yashil nihollar kimga qarashli boʻlishidan qatʼi nazar, ular shaharning daxlsiz yashil fondi hisoblansin. Yashil boylikni parvarishlash va saqlash ishiga butun aholi jalb etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yashil boylikni saqlash hamda parvarish qilish masʼuliyati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bogʻlar, xiyobonlar, maydonlar hamda koʻchalarda — shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) madaniyat va istirohat bogʻlarida — ana shu bogʻlarning rahbarlari hamda shahar hokimligining Madaniyat va sport ishlari bosh boshqarmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) uylarda eshik oldidan koʻchaning qatnov qismi va hovlilarda XUJMShning raislari, binobandlar, mahalla raislari, uy egalari hamda ijarachilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) korxona, muassasa, maktab, shifoxona va boshqa tashkilotlar hududlarida — ana shu tashkilotlarning maʼmuriyati zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qurilish, taʼmirlash va boshqa korxona, muassasa, tashkilotlarning rahbarlari, qurilish, yer uchastkasini - rejalashtirish hamda boshqa ishlarni yashil hududlarda olib borish uchun Toshkent shahar hokimligidan rejalashtirilgan ishlarni olib borish toʻgʻrisida tegishli ruxsat olishlari, nihollar atrofini toʻsiqlar bilan oʻrab, muhofaza qilishlari, daraxt ildizlarini ochib tashlamasliklari, nihollarni hamda sugʻorish shoxobchalarini tuproq va har xil qurilish chiqindilari bilan koʻmib yubormasliklari zarur. Qurilish uchun ajratilgan hududlardagi mavjud yashil boylikni boshqa joyga koʻchirish zarurati boʻlganda ehtiyotkorlik bilan ish tutib, barcha zarur choralarni koʻrmoq hamda bu ishni Tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi va obodonlashtirish boshqarmalari bilan kelishilgan holda amalga oshirmoq lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻl va yoʻlkalarning qurilishi paytida daraxtlarning atrofida diametri 1,5 metrdan kam boʻlmagan boʻsh joy (lunka) qoldirish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Obodonlashtirish boshqarmalari daraxtlar va butalarning shox-shabbalarini oʻz vaqtida kesib turishlari, ularga shakl berishlari, shahar elektr transporti qatnaydigan yoʻllarga alohida eʼtibor berishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daraxtlarni kesish, ularga shakl berish, kavlash, gidrotexnika inshootlari va koʻkalamzorlashtirish boʻyicha ixtisoslashtirilgan qurilish-taʼmirlash boshqarmasi tomonidan tashkilotlar, korxonalar, muassasalar buyurtmasiga binoan, ularning hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Zararlantirilgan yoki nobud qilingan har bir tup daraxt uchun aybdor shaxsga, shahar hokimligi tomonidan ajratilgan joyda 10 tup koʻchat oʻtkazish va yil boʻyi parvarish qilish vazifasi joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar man etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) daraxtlarni, butalarni sindirish, ularni tilib, oʻyib yozish, belanchak osish, arqonlar, sim bogʻlash, mixlar qoqish, mevalar, shox-shabbalar, gullarni uzish, daraxtlarning sharbati va yelimini olish, maysazorlar ustidan yurish, daraxtlarga eʼlon, axborot va reklamalarni osish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) aholi yashash mavzelarida, bolalar bogʻchalari va maktab maydonlaridagi oʻtirgichlar, qutilar, chiroqlar, panjaralarni buzish, bogʻlar va xiyobonlardagi shu kabi buyumlar va uskunalarni buzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Tabiatni muhofaza qilish shahar qoʻmitasi, Obodonlashtirish boshqarmalari va tuman hokimliklarining ruxsatisiz daraxt va butalarni, shu jumladan qurib qolgan va kasallangan daraxt koʻchatlarini joyidan qoʻzgʻatish, kavlab tashlash, kesish va shakl berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) turar joy binolari oraligʻi va xususiy xonadonlar atrofidagi hududlarni sabzavot-poliz ekinlari ekish maydonlariga aylantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) kimyoviy moddalar, sanoat chiqindilari bilan ifloslangan suvlar va boshqa zararli moddalar hamda suyuqliklarni koʻchatlar tagiga yoxud uning atroflariga toʻkish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. SUGʻORISh ShOXOBChALARINI MUHOFAZA ETISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Barcha sugʻorish tarmoqlari, jumladan, anhorlar, ariqlar, gidrotexnika inshootlari, sugʻorish hamda sunʼiy yomgʻir tizimlari, drenaj quvurlari, kollektorlar — ular koʻchadami, bogʻdami, xiyobondami, korxona yoxud turar joylarning hovlisidami, qayerda boʻlishidan qatʼi nazar, shahar irrigatsiya xoʻjaligi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sugʻorish tarmoqlarini muhofaza qilish, taʼmirlash va ehtiyot qilib saqlash, tozalash, chiqindilarni tashib ketish javobgarligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) barcha tranzit- magistral va suv taqsimlash kanallarini, gidrotexnika inshootlarini tozalash — Toshkent shahar suv xoʻjaligi hamda irrigatsiya xoʻjaligini va koʻkalamzorlashtirish obyektlarini taʼmirlash ixtisoslashtirilgan boshqarmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sugʻorish hamda sunʼiy yomgʻir tizimlari - Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi tizimidagi ixtisoslashtirilgan boshqarmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) shox koʻchalar, xiyobonlar, maydonlar, koʻchalar va mavzelar oraligʻidagi mayda ariq shoxobchalari — tuman obodonlashtirish boshqarmalari va XUJMShlar ixtiyorida boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) yakka tartibda qurilgan uy-joy mavzelar va mahallalardagi tarmoqlar — mahalla fuqarolar yigʻini, uy egalari hamda ijarachilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) sanoat korxonalari, maktab, shifoxona va boshqa tashkilot hamda muassasalarning hududidagi tarmoqlar — mazkur tashkilotlarning maʼmuriyati zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yangi irrigatsiya tizimlarini qurish. yoxud ishlab turganlarini rekonstruksiya qilish Toshkent shahar suv xoʻjaligi boshqarmasi hamda Obodonlashtirish bosh boshqarmasining Irrigatsiya xoʻjaligini va koʻkalamzorlashtirish obyektlarini taʼmirlash ixtisoslashtirilgan boshqarmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar man etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) irrigatsiya tizimlari hamda gidrotexnika inshootlarini buzish va yoʻq qilib yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ochiq irrigatsiya tizimiga korxonalarning tozalanmagan har xil texnikaviy va maishiy chiqindilari (ishqorli suv, yuvindi va boshqalar)ni chiqarib tashlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ariq va kanallar yonida har xil xoʻjalik inshootlarini qurish (hojatxona, tovuqxona, choʻchqaxona, molxona va hokazolar), quvurlar yotqizish, ariq va kanallarda suv oʻzanlarini toraytirib qoʻyish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. KOʻChALARNI YORITISh, ELEKTR TARMOQLARI, ALOQA VA RADIOEShITTIRISh TARMOQLARINI MUHOFAZA QILISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Koʻchalar, maydonlar, xiyobonlar, turar joy mavzelari hududlaridagi barcha yoritish vositalari (kabel tarmoqlari, ustunlar, chiroqlar, simlar, illyuminatsiyalar, boshqaruv shkaflari, yoritish reklamalari, transformator podstansiyalari) shahar elektr xoʻjaligi hisoblanadi va ularga shahar elektr yoritish idorasi, Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi va idoralar tomonidan xizmat koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yoʻllar, maydonlar, xiyobonlar, bino va inshootlar, turar joy mavzelari barpo etish paytida shu ishga mutasaddi boʻlgan barcha quruvchi tashkilotlar quyidagilarga rioya etishlari shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi hamda shahar elektr yoritish idorasi bilan kelishilgan holda ajratib berilgan hududda yoritish vositalari oʻrnatish hamda uni markazlashgan usulda boshqarishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) kuchlanish kabellari, aloqa kabellari, radiolashtirish liniyasi, chiroqlar, yoritish shkaflari, svetofor kabellari, transpunktlar boʻlgan joy yaqinida barcha turdagi ishlar Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi, shahar telefon tarmoqlari bosh boshqarmasi, Toshkent shahar radio eshittirish tarmoqlari, shahar elektr yoritish idorasi, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining Yoʻl harakat xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan holda bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish boshlanishidan oldin nazorat qilish maqsadida, ushbu tashkilotlarning vakillarini taklif etish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer-tuproq ishlari olib borayotgan korxona va tashkilotlar ana shu ishlarni boshqarish yuzasidan tuzilgan texnikaviy hujjatlarda qayt etilmagan yer osti injenerlik kommunikatsiyalariga duch kelganda, ishni darhol toʻxtatib kommunikatsiyalarga zarar yetkazmaslik uchun barcha choralarni koʻrishlari va bu haqda yuqorida nomlari koʻrsatilgan tashkilotlarga zudlik bilan maʼlum qilishlari zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Elektr uzatish, havo aloqa va radio liniyalari gabaritlari joyini almashtirish yoki oʻzgartirish elektr kabellarini qayta oʻrnatish, yoxud ularni mexanik ravishda zararlanishdan muhofaza etish ishlari almashinuvi ishga manfaatdor boʻlgan tashkilotlar hisobidan ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar bilan kelishilgan holda va ular rahbarligi ostida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kuchlanish kabellari, aloqa va radiolashtirish kabellari, shuningdek, koʻchaga yoritish uskunalari oʻrnatish yoki taʼmirlash bilan shugʻullanadigan korxona yoki tashkilotlar ish olib borilayotgan hududda transport va piyodalar qatnovi xavfsizligini taʼminlashlari, Ichki ishlar bosh boshqarmasining Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari esa, uni nazorat qilib turishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar man etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) sim yogʻoch, transformator punktlari, svetoforlar, yoritishni boshqarish shkaflari yoniga chiqindilarni toʻplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) kabelli elektr liniyalari trassalari, aloqa, radiolashtirish va svetofor liniyalariga qurilish chiqindilarini tashlash, zaharli suyuqliklar (kislota, ishqor suv kabilar) ni toʻkish, qoziq qoqish turli xil narsalarni uyub qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) nur taqsimlagich vositalari hamda koʻcha yoritish va radiolashtirish tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) chiroqlarni, lampalarni, yoʻl belgilari, simyogʻochlarni, shkaflarni, kronshteynlarni svetofor va radio karnaylarni oʻz xolicha olib qoʻyish va oʻrnatilgan holatidan boshqa tomonga burib qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) kuchlanish kabellari trassalarini, avtotransportlarning elektr uzatish ustunlariga, chiroqlarga, transpunktlarga, svetoforlarga, boshqarish shkaflariga, boshqa yoʻl belgilari yoniga kelish yoʻllarini toʻsib qoʻyish, yashil nihollar oʻtkazish, ekin ekish natijasida svetofor qurilmalari va yoʻl belgilarini koʻrinishini cheklash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoidaning ushbu boʻlimining buzilishi yoki koʻcha yoritish va radiolashtirish tizimining ishdan chiqib qolish hollaridan voqib boʻlgan barcha tashkilotlar va fuqarolar bu toʻgʻrida shahar yoritish idorasiga va Toshkent shahar radio eshittirish tarmoqlariga, turar joy va jamoat binolarida elektr quvvati boʻlmay qolgan taqdirda — mazkur tuman elektr tarmoqlarini tuzatish boʻlimiga, svetoforlar ishi buzilgan holda esa, IIBBning Yoʻl harakat xavfsizligi xizmatiga xabar qilishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. YER OSTI KOMMUNIKATSIYALARINI OʻTKAZISh QOIDALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yer osti injenerlik tarmoqlari, transport va gidrotexnika inshootlari, yoʻl, trotuarlarni qurish, qayta qurish va kapital taʼmirlash, geologiya-qidiruv maqsadlarida quduqlar qazishishlarini olib borish, yoritish machtalari, xar xil ustunlar hamda geodeziyaga oid belgilar oʻrnatish boʻyicha ishlarni Toshkent shahar hokimiyatining maxsus komissiyasi ruxsati bilan Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasidan order olgandan keyingina amalga oshiriladi. Bu turdagi ishlar Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi tomonidan nazorat qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qurilish-montaj tashkilotlarining rahbarlari bunday ishga ruxsatnoma olishlari uchun buyurtmachi bilan birgalikda quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yer osti kommunikatsiyalari yotqizish va ishni tashkil etishning arxitektura planlashtirish bosh boshqarmasi tasdiqlagan va mazkur ishdan manfaatdor boʻlgan tashkilotlar bilan kelishib olingan loyiha hujjati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ishlarni bajarish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) bajariladigan ishlar uchun ishchi kuchi, material, mexanizmlardan toʻla taʼminlanganligi, ish jarayonida shahardagi obodonlashtirish elementlari (asfalt, yoʻl yotiq chiziqlari, irrigatsiya, yoritish, koʻkalamzorlashtirish va boshqalar) buzilgan taqdirda, uni qayta tiklash muddati qayd etilgan kafolatnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ishlar maxsus yoʻnalishdagi trassalarda olib borilganda mutasaddi tashkilotlar bilan kelishish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ishni bajaruvchilarda obyektda bevosita ish olib borish huquqi koʻrsatilgan order boʻlishi, qanday ishni kim bajarayotganligi, ishni boshlanishi, tugatish muddati koʻrsatilgan yorliq peshtaxta oʻrnatib qoʻyishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yangidan qurilgan tarmoqni ishlab turgan tarmoqchaga ulash (uzish) boʻyicha ishlarni amalga oshirish uchun orderni yangi liniya qurilishida bosh pudratchi boʻlgan tashkilot qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yer osti ishlarini bajarayotgan qurilish va buyurtmachi tashkilot rahbarlari xavfsizlik elementlarini oʻrnatishda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yoʻl harakat xavfsizligi xizmatining ruxsati bilan ishga tushirishlari, shuningdek obyektda ish boshlanishidan oldin muhandislik kommunikatsiyalarini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar vakillarini chaqirishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kommunikatsiya oʻtkazish paytida yoʻl usti qoplamlarini buzishga toʻgʻri kelgan holda, ana shu qoplamlarni qayta tiklash Toshkent shahrini qurish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Materiallarni va maydondagi ortiqcha tuproqlarni tashib ketish, shuningdek, qatnov yoʻl ustidagi qoplamlarni qayta tiklash ish tugaganidan soʻng 24 soat davomida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ishlab turgan gaz trubalari, vodoprovod, kanalizatsiya, elektr kabel liniyalarida, tramvaylarning ulangan simlarida avariyalarni bartaraf etish ishlarini istisno tarzida ordersiz yozma ravishda IBBning Yoʻl harakat xavfsizligi xizmati bilan shahar yoʻlovchi transportlarining ishini rivojlantirish va koordinatsiya qilish boshqarmasi bilan kelishilgan hamda Obodonlashtirish bosh boshqarmasini oʻrnatilgan tartibda xabardor qilib amalga oshirish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Obyektda ishlar tugagandan soʻng, u mazkur tuman hokimligining komissiyasiga taqdim etiladi. Bu komissiya mazkur obyektda qurilish boshqarmasi tomonidan obodonlashtirish elementlari (yoʻl, trotuar, ariqlar, irrigatsiya shoxobchalari, koʻkalamzorlashtirish va hokazo) bajarilganligini tasdiqlovchi dalolatnoma tuzadi. Bu dalolatnoma bankka va boshqa manfaatdor tashkilotlarga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Avariya bartaraf etilgandan keyin, ana shu joyga asfalt yotqizish yoki obodonlashtirishning boshqa elementlarini bajarish muhandislik kommunikatsiyalaridan foydalanish tashkilotlari bilan 1 yil muddatga tuzilgan shartnomaga muvofiq (obyekt qayerga joylashtirilganligiga qarab) tuman Obodonlashtirish boshqarmasi va maxsus yoʻl ekspluatatsiyasi tresti tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qurilish tashkilotlari, berilgan qaror boʻyicha ishlarini olib borish tartibi va muddatini buzgan taqdirda, komissiya ana shu tashkilotga boshqa yangi ish boshlanishiga ruxsatnoma bermaslikka haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. QABRISTONLARDA JAMOAT TARTIBINI SAQLASh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Barcha qabristonlar Toshkent shahar Fuqarolarga xizmat koʻrsatish boshqarmasi qaramogʻida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qabriston maʼmuriyati quyidagilarni bajarishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qabriston hududini ehtiyotda tutish va ozoda saqlanishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) marhumlarni belgilangan sanitariya normalari va qoidalariga rioya etilgan holda dafn etish, shuningdek, qabr usti yodgorliklarini tayyorlash va oʻrnatish, ularni ozoda saqlash, qabristonda koʻrsatiladigan xizmatlar boʻyicha buyurtma qabul qilish, buyurtmalarni oʻz vaqtida sifatli bajarish va tasdiqlangan preyskurantga koʻra haq olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) fuqarolarga qabrlarga qarashlari uchun tilxat asosida bepul tegishli zaruriy uskunalar (belkurak, supurgi, xaskash va boshqalar)ni berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) qabriston hududida obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va nihollarni parvarish qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) davlat nazoratida boʻlgan qabrlar va yodgorliklarni ozoda saqlash, taʼmirlab turish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar man etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qabristonlar maʼmuriyatining ruxsatisiz qabr usti yodgorliklarini oʻrnatish. Ularni qayta oʻzgartirish yoxud buzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qabr usti yodgorliklarini hamda nihollarni nobud qilish, mevali daraxtlarni ekish, qabriston hududiga chorva mollari va uy hayvonlarini boqish hamda olib kirish va bu joylarni ifloslantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qabriston yopilgandan keyin uning hududiga kirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) qabriston hududiga avtomashinalar, velosipedlar, mototsikllar (avtokatafalk va maxsus maqsaddagi yuk va avtomashinalar bundan mustasno)ning kiritilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) oʻyin va sayllarni tashkil etish, gulxan yoqish, spirtli ichimliklar ichish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) qabristonlar va ularga tutash hududlarda tegishli ruxsatnomasiz gullar, gulchambarlar va boshqa ashyolarni sotish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. XONAKI VA OVLANADIGAN HAYVONLARNI HAMDA PARRANDALARNI SAQLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. It egalari boʻlgan fuqarolar va tashkilotlar (Milliy xavfsizlik xizmati, Mudofaa va Ichki ishlar vazirliklarining muassasalari bundan mustasno) — har yilning yanvar — may oylarida oʻz qaramoqlaridagi itlarni oʻzlari turadigan joydagi (yoki tashkilot joylashgan erda) veterinariya shifoxonalariga olib kelib, qayta roʻyxatdan, shuningdek veterinariya profilaktikasi koʻrigidan oʻtkazishlari shart. Ushbu xizmatlar bepul bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zotidan qatʼi nazar, 3 oyliqdan boshlab itlar vaksinatsiya qilinishi kerak. Yangi sotib olingan itlar, agar ular vaksinatsiya qilingan muddat nomaʼlum boʻlsa, sotib olingandan keyin bir hafta muddatda vaksinatsiya qilinishi va roʻyxatga olinishi kerak (Oʻz.R VM 08.07.2011-yil 202 -son qarori, 4-ilova, 5-bandi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Itlar va mushuklarni sotib olish, sotish, koʻrgazmalarda namoyish etish, Toshkent shahriga olib kirish va shahardan olib chiqish hollari ushbu hayvonlarning roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma va ularning salomatligi toʻgʻrisidagi veterinariya hujjati mavjud boʻlgan, karantin holati yuz bermagan vaqtdagina ruxsat etiladi. Itlar va mushuklarni sotishga faqat maxsus ajratilgan joylardagina ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Har bir oilaga faqat bitta it va mushuk saqlashga ruxsat beriladi. Koʻp xonadonli uylarda esa turar joy organlarining (XUJMSh), shuningdek osoyishtalik va sanitariya-gigiyena qoidalariga albatta rioya qilingan holda qoʻshnilarning roziligi olingan boʻlsa ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahar Davlat veterinariya boshqarmasi shahar boʻyicha itlar roʻyxatini oladi. Itlarning egalariga, ularni saqlash qoidalarini tushuntiradi va roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Itlar va mushuklarning egalari quyidagilarni bajarishga majburdir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— itlarni alohida ajratilgan hududda mahkam bogʻlangan va chiqib ketmaydigan holatda saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— itlarni kalta zanjirga bogʻlangan, tumshuq bandi kiygizilgan holda faqatgina katta yoshdagi shaxslar hovliga yoki koʻchaga olib chiqishlari mumkin. XUJMShalari maxsus ajratib bergan joylardagina itlar bilan sayr qilishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— itlarni savdo, umumiy ovqatlanish obyektlari, maktablar, xiyobonlar, plyajlar, stadionlar, sport va bolalar maydonchalari, bozorlar, liftlarga olib kirmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— xonadonlar, zinapoya maydonchalari, koʻchalar, hovlilar va umumiy foydalaniladigan boshqa joylarni itlar va mushuklarning iflos qilishiga yoʻl qoʻymaslik (bu hayvonlarning egalari har qanday hollarda, ularning chiqindilarini darhol yoʻqotishlari lozim).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— itlar va mushuklar kasal boʻlganda yoxud nobud boʻlganda (ularni jasadlarini) tuman veterinariya boʻlimiga olib bormoq lozim (oʻlgan it va mushuklarni koʻmish yoki chiqarib tashlash man etiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— itlar va mushuklarni qarovsiz qoldirmaslik, ular koʻpayib ketganda shahar veterinariya boshqarmasiga xabar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— tuman veterinariya boʻlimining talabi bilan itlar va mushuklarni koʻrsatish, diagnostika tekshiruviga, emlashga olib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tashkilot, korxona va muassasalarga, tuman veterinariya xizmatiga albatta xabardor qilingan holda qoʻriqlash itlarini saqlashga ruxsat beriladi. Bunday holda itlar mahkam bogʻlangan boʻlishi, bolalar va bu joylarga keluvchilarni yaqin yoʻlatmaslik lozim. Ana shu muassasalarning xodimlariga oʻzlariga tegishli boʻlgan itlarni, shu muassasaning hududida saqlashlari taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Faqat tuman veterinariya xizmatining ijozati bilangina hayvonlarni vivariy, pitomnik va hayvonlar burchaklarida saqlashga ijozat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Itlar va mushuklarni umumiy yashaydigan hovlilarda, umumiy foydalanadigan joylar va ochiq maydonlarda (oshxona, koridor, ayvon, balkon, lodjiya, zinapoya, cherdak va yertoʻlalar)da saqlash man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Itlar qaysi zotga mansub boʻlishidan, kimga tegishli boʻlishi va qanday maqsadda boqilayotganligidan qatʼi nazar, boʻyinbogʻi va tumshuq bandi boʻlsa ham, agar ular koʻchalar, maydonlar, xiyobonlar, hovli va boshqa jamoat joylarida egalarisiz paydo boʻlib qolsa, shuningdek boqilayotgan xonadondan tashqarida yurgan mushuklar daydi sanaladi va ushlab olib ketiladi. Belgilangan muhlatda roʻyxatdan oʻtkazilmagan hamda quturish kasalligiga qarshi emlanmagan itlar veterinariya nazorati xodimlari tomonidan soʻzsiz olib ketiladi va yoʻq qilib yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Daydi itlar va mushuklarni tutish ishlarini Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi va shahar veterinariya boshqarmasi bajaradi. Hayvonlarni yertoʻla, cherdak, zinapoya va boshqa binolar hamda uy-joy hisoblanmagan binolardan, korxonalar, tashkilotlarning yopiq hududidan tutish imkoni boʻlmagan taqdirda, shahar veterinariya boshqarmasiga xabar berilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Odamlar yoki hayvonlarni tishlab olgan it va boshqa hayvonlar oʻz egalari tomonidan zudlik bilan koʻrikdan oʻtkazilishi va karantinlash uchun tuman veterinariya shifoxonasiga olib borilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Karantin (10 kun davom etadi) tugagach, veterinariya kuzatuvlari natijalari hamda tishlab olish sabablarini aniqlanishiga koʻra it va boshqa hayvonlar egalariga qaytarib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Egalari belgilangan qoidaga rioya etmaganligi sababli kishilarni tishlab olgan, oʻz vaqtida roʻyxatdan oʻtkazilmagan itlar va mushuklar tuman veterinariya boʻlimlari tomonidan tutib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Chorva mollari, uy hayvonlari va parrandalarning egalari quyidagi shartlarga rioya qilishlari shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ushbu boʻlimning 1,2,4 - bandlariga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) chorva mollari, parrandalar, uy hayvonlarini alohida jihozlangan binolarda saqlash, bu binolar davolash-profilaktika, oʻquv, madaniy- oqartuv muassasalari, bozorlar, oziq-ovqat doʻkonlari, umumiy ovqatlanish binolaridan kamida 100 metr narida, turar joylardan esa 15 metr narida boʻlishi kerak. Parrandalar boqiladigan joylar erdan 1,5 metr balandlikda sim toʻr bilan oʻralgan boʻlishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) hayvonlar va parrandalarning binolari, shuningdek ularning atrofini ozoda saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) molxonalarni pashshaga qarshi ishlovdan oʻtkazish maqsadida har yili tuman dezinfeksiya boʻlimlari va tuman “Maxsustrans” korxonalari bilan goʻng va boshqa chiqindilarni olib chiqib ketish yuzasidan shartnomalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) chorva mollarini soʻyish faqat oʻrnatilgan tartibda, kushxonalarda amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Quyidagilar man etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) chorva mollari, uy hayvonlari, parrandalar va asalarilarni muassasalar hududida, umumiy yashaladigan hovlilarda (vivariylar bundan mustasno) saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) har bir oilada bitta sigir va bir yoshgacha boʻlgan buzoq yoxud sigir oʻrnida bir yoshgacha uloqlari boʻlgan echki, boʻrdoqiga bir choʻchqa yoki bir yoshgacha qoʻzisi boʻlgan uchtagacha qoʻy donasidan koʻproq hayvon, 20 tagacha uy parrandasidan koʻproq parrandalar va 20 ta asalari oilasidan koʻproq asalarilar oilasini saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) koʻp qavatli uylar va jamoa boʻlib yashaladigan hovlida asalari boqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) yovvoyi, yirtqich hayvonlarni boqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. XUJMShlari, idoralarga qarashli uylarning binobandlari, mahalla fuqarolar yigʻini raislari, shaxsiy uy egalari quyidagilarga amal qilishlari shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) roʻyxatga olish va itlarni qayta roʻyxatdan oʻtkazishdan bosh tortgan shaxslar, shuningdek, xonaki va uy hayvonlarini saqlash qoidalarini buzgan kishilar ustidan dalolatnoma tuzish. Tuzilgan dalolatnomalarni tuman ichki ishlar boʻlimiga taqdim etish va bu haqida veterinariya boʻlimiga maʼlum qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— xonadonlar hududida itlarni sayr ettirib yuriladigan maxsus joy ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— xonadonlar hududida daydi it va mushuklarning paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yertoʻlalar, cherdaklar va boshqa yordamchi xonalarga hayvonlar kirmasligi uchun ularni yopib qoʻyish yoxud toʻr bilan toʻsish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) XUJMSh oʻz hududida va xonadonlarda istiqomat qiluvchi barcha fuqarolarni uy hayvonlari va parrandalarni saqlash qoidalari bilan tanishtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ushbu qoidalarni amalga oshirish uchun oʻtkaziladigan barcha tadbirlarda tuman veterinariya boʻlimi xodimlari hamda daydi it va mushuklarni tutish bilan shugʻullanuvchi tashkilot xodimlarini jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Koʻrgazma va musobaqalar tashkil etish, itlarni jamoa boʻlib oʻrgatish hollari, faqatgina shahar veterinariya boshqarmasining ruxsati bilangina amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. TOShKENT ShAHAR TURAR JOY FONDINI SAQLASh VA YaROQLI HOLDA TUTISh BOʻYIChA JAVOBGARLIK MASʼULIYATI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tuman hokimliklari, vazirlik idoralari va korxonalarga qarashli binolardagi turar joy xonalari fuqarolarga belgilangan tartib boʻyicha doimiy yoki vaqtincha foydalanish uchun beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Istiqomat qiluvchilar uylarning jihozlariga, turar joy va yordamchi binolarga, uylarning uskunalari, podyezdlarga, xonadonlarga, shuningdek bino hovlisining va unga tutash boʻlgan hududlardagi dov daraxtlarga zarar yetkazganliklari uchun qonunga muvofiq javobgar sanaladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Istiqomat qiluvchi yoki uning oila aʼzolari tomonidan turar joy vayron qilinsa yoxud unga shikast yetkazilgan taqdirda, agar ogohlantirish hamda jamoatchilik taʼsiri ham unga kor etmasa, u vaqtda aybdor shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda, boshqa turar joy berilmasdan koʻchirib yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xususiy uylarning egalari, ularni orasta saqlashi, kamida 3 yilda bir marta arxitektura talablariga binoan ularni joriy taʼmirlashi hamda binoning fasad qismini koʻrkam qilishga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Turar joy organlari, istiqomat qiluvchilar va uy egalari quyidagilarga rioya qilishlari shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan “Turar joylarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalari” toʻgʻrisidagi qaroriga qatʼiy rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) koʻp qavatli turar joy binolarining xonadonlaridagi hamma xonalar — bevosita istiqomat qilinadigan xonalar hamda yordamchi xonalar, umum foydalaniladigan joylar va qoʻrgʻon hovlisi hamisha toza va saranjom boʻlishi va ulardan maqsadga muvofiq foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) pashsha va boshqa shu kabi zararkunanda hasharotlarni yoʻqotish boʻyicha muntazam ravishda tadbirlar belgilab borish va profilaktik dezinfeksiya va deratizatsiya tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha tuman dezinfeksiya stansiyasi bilan shartnomalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) turar joylar uchun belgilangan yongʻinga qarshi kurash qoidalariga qatʼiy rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) elektr simlarini uzilmaganligini (turar joy xonalari va umum foydalaniladigan joylarda) kuzatib borish, biron-bir nuqson koʻzga tashlanganda darhol XUJMSh yoki tuman elektr tarmogʻiga xabar qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) gaz jihozlariga toʻgʻri munosabatda boʻlib, ularni ishdan chiqish hamda buzilishidan asrash, gazdan foydalanish qoidalariga qatʼiy rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo) sanitariya-texnika jihozlarining sozligini va vodoprovod hamda kanalizatsiya tizimlarining toʻgʻri ishlayotganini kuzatib borish, suv oqib ketishini, rakovina va unitazlarning ifloslanishining oldini olish boʻyicha shoshilinch tadbirlar belgilash. Markaziy isitish tizimining isitish jihozlarini hamisha soz holda saqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Uylarning hovlilari hamisha ozoda boʻlishi va har kuni kamida ikki marta supurilishi kerak. Qishki paytlarda hovlilarda turar joy binolariga hamda xizmat xonalariga olib kiradigan yoʻlaklar tozalanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Taʼmirdan chiqarilayotgan uylardan, qurilish chiqindilari taʼmirlar-qurilish tashkilotlarining kuchi va mablagʻi bilan har kuni tashib ketilishi kerak. Trotuarlar va yoʻlaklarning oʻtish qismiga qurilish chiqindilarini tashlash va saqlash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. XUJMShning raislari, uy egalari va uylarga bevosita rahbarlik qilish zimmasiga yuklatilgan boshqa shaxslar uylaridagi tartibni doimo saqlashlari, har kuni binoning tashqi koʻrinishi hamda uning ayrim qismlari hisoblangan balkon, karniz, tarnov va yer toʻlalarning texnikaviy holatini kuzatib borishlari kerak. Tomlar va tarnovlarni oʻz vaqtida chiqindilardan, xazondan va qordan tozalashlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. XUJMSh raislari, binobandlar va farroshlar zinapoyalarni va maydonchalarni, uyga tutash boʻlgan hudud, trotuar va koʻchalarni hamisha toza turishini, suv sepib turilishini taʼminlashlari, shuningdek, har bir turar joy binosida hovlining hamda unga tutashgan hududning sanitariya holatiga masʼul boʻlgan kishilarni nomlari yozilgan peshtaxtalarni ilib qoʻyishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Turar joy fondlari va uning jihozlariga zarar yetkazgan xonadonlarning sanitariya holati buzilishida aybdor boʻlgan shaxslarga nisbatan zarur talabchanlik koʻrsatmagan XUJMShlar va turar joy tashkilotlari, vazirlik va idoralarning rahbarlari buning uchun shaxsan javobgar ekanliklarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimliklari, vazirlik va idoralar turar joy tashkilotlari turar joy fondini saqlash, undan foydalanish va obodonlashtirish boʻyicha mutasaddi xodimlarga nisbatan doimo talabchan boʻlishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tuman hokimliklari hamda turar joy idoralari quyidagilarni amalga oshirishlari shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) uy, mavze va mahalla faollari, injener-texnik xodimlar va farroshlar faoliyatini turar joy fondlaridan foydalanishni yaxshilashga hamda shikastlanishida aybdor boʻlgan kishilarni qonun boʻyicha javobgarlikka tortishga qaratishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) XUJMShlari, mahalla faollari hamda aholining turar joy binolar va hovlilarni saqlashni yaxshilashga qaratilgan tashabbuslarni har taraflama qoʻllab-quvvatlash, ilgʻor tajribani keng ommalashtirish, uy xoʻjaliklariga xizmat koʻrsatishning jamoatchilik asosidagi formalarini ragʻbatlantirish (xonadonlardagi mayda nuqsonlarni bartaraf qilish, dov— daraxtlarni parvarish etish, kirish yoʻlaklari va hovlilarda aholining navbatchilik qilishini yoʻlga qoʻyish).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Quyidagilar man etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) turar joy xonalarini va umum foydalaniladigan joylarni oʻzboshimchalik bilan qayta jihozlash yoxud qayta rejalashtirish (panjaralar oʻrnatish, ularni oʻrnidan qoʻzgʻatish va olib tashlash, eshiklarni almashtirish, eshik oʻrnini qaytadan qurish, yashash xonasi va yordamchi binolar qurish, isitish jihozlari, sanitariya-texnika uskunalari, plitalar, elektr hisoblagichlarning oʻrnini almashtirish, balkonlarga va peshayvonlarga deraza oʻrnatish va panjara qilish, koʻchaga qaragan balkonlarga sim tortib kir va boshqa narsa yoyish, balkonlarga har xil idishlarni uyib qoʻyish).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Istiqomat qiluvchilar va uy egalari turar joylarni agar oʻzboshimchalik bilan qayta jihozlasalar va qayta qursalar, u vaqtda ular turar joy organlarining talabiga koʻra oʻz hisoblaridan xonalarni avvalgi holatiga keltirib qoʻyishga majburdirlar. Agar ular bu talabni bajarmasalar, xonalarni avvalgi holiga keltirish ishlari turar joy organlari kuchi bilan bajariladi va xarajatlar qonunga koʻra xonadon egalaridan undirib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) turar joy binolarining hovlilarida, maxsus ajratib qoʻyilgan joydan tashqarida har xil buyumlar va idishlarni qoʻyish hamda saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) nuqsoni boʻlgan elektr simlardan foydalanish, elektr simlarni mixga ilib qoʻyish, ularga gulli qogʻozlar yopishtirish, simlarga arqonlar bogʻlash, roliklarga, elektr simlariga, armaturalarga har xil buyumlarni ilib qoʻyish, qoʻlbola probkalardan foydalanish, elektr chiroqlarini qogʻoz va boshqa materiallar bilan oʻrash, elektr dazmollar, elektr choynaklar, elektr plitalardan va boshqa turdagi elektr buyumlaridan oʻtga chidamli tagliklarsiz foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) gaz plitalaridan xonalarni isitish uchun foydalanish, gaz plitalari ustiga kiyim va boshqa buyumlarni ilish, gaz trubalariga arqonlar bogʻlash, yosh bolalarning gazdan foydalanishiga yoʻl qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) radiator kranlaridan issiq suv olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ushbu boʻlimdagi qoidalarning bajarilishini nazorat qilib borish, tuman hokimliklari, XUJMSh, Ichki ishlar bosh boshqarmasi, obodonlashtirish va yakka tartibda qurilgan uylarni nazorat qilish boʻyicha davlat inspeksiyasi, “Toshkentshahargaz” birlashmasi, Davlat sanitariya - epidemiologiya nazorati xizmati hamda Davlat veterinariya boshqarmasining zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X. DEHQON BOZORLARIDA SAVDO JOYLARINI OZODA HOLDA TUTISh HAMDA AHOLIGA SIFATI KAFOLATLANGAN MAHSULOTLAR YETKAZIB BERISh BOʻYIChA JAVOBGARLIK MASʼULIYATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Dehqon bozorlari va ularning shoxobchalarida veterinariya-sanitariya meʼyori talablariga rioya qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Dehqon bozorlarida haftaning bir kunini “Tozalik kuni” deb belgilash, shu kuni, bozorlar hamda ularning hududida joylashgan barcha obyektlarda tub tozalash va dezinfeksiya tadbirlari amalga oshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Dehqon bozorlari va ularning shoxobchalari hududida har kuni ish boshlanishidan oldin va ish jarayoni davomida muntazam ravishda tozalash ishlari olib borilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Savdo rastalarini sotiladigan mahsulotlarning turiga qarab, jihozlanishi (tez buziladigan mahsulotlarni vaqtinchalik saqlash va sotish uchun muzlatgich va sovutgich uskunalarini oʻrnatish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kundalik yigʻilgan chiqindilarni, har kuni olib chiqib ketilishini tashkil etish hamda chiqindi yigʻish maydonchasida, muntazam ravishda tozalash va zararsizlantirish tadbirlarini oʻtkazilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Bozorga sotish uchun keltirilgan mahsulotlarni veterinariya-sanitariya ekspertizasidan oʻtkazilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Goʻsht, baliq, sut, milliy non, salat, sharq shirinliklari va boshqa turdagi mahsulotlar bilan savdo qiluvchi tadbirkor va fuqarolarni maxsus ish kiyimi, tosh-tarozi hamda savdo qilish anjomlari bilan taʼminlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Goʻsht, sut, milliy non, salat, sharq shirinliklari mahsulotlari bilan savdo qiluvchi tadbirkor va fuqarolarni tibbiy koʻrikdan oʻtganligi toʻgʻrisida daftarchasi boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Bozorlarga sotish uchun keltirilgan mahsulotlarni, faqat shu turdagi mahsulotlar uchun belgilangan rastalar orqali sotilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Bozorlarda savdo qiluvchi tadbirkor va fuqarolar, sotish uchun keltirgan mahsulotlarini vaqtinchalik saqlash va sotish qoidalariga rioya qilishlari hamda ular uchun ajratilgan savdo rastasi va uning tevarak atrofini toza holda tutishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Quyidagilar man etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Bozorlarda savdo qiluvchi tadbirkor va fuqarolar tomonidan veterinariya-sanitariya hamda savdo qilish qoidalariga rioya qilmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— bozorga sotish uchun keltirilgan mahsulotlarni veterinariya-sanitariya ekspertizasidan oʻtkazmagan holda savdoga chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— goʻsht, baliq, sut, milliy non, salat, sharq shirinliklari va boshqa turdagi mahsulotlar bilan savdo qiluvchi tadbirkor va fuqarolarni maxsus ish kiyimini kiymagan holda savdo faoliyatini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— goʻsht, sut, milliy non, salat, sharq shirinliklari mahsulotlari bilan savdo qiluvchi tadbirkor va fuqarolarni tibbiy koʻrikdan oʻtganligi toʻgʻrisida daftarchasi boʻlmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— mahsulotlarni vaqtinchalik saqlash va sotish qoidalariga rioya qilmaslik, savdo rastalarini toza holatda tutmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— submahsulotlar (chorva mollarini ichki aʼzolari, kalla-pocha va h.k.)ni tozalanmagan holda bozor hududiga olib kirilishi, bozor hududida tozalanib, savdoga chiqarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— keltirilgan mahsulotlarni belgilanmagan joylarda sotish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XI.UShBU QOIDALARNI BUZGANLIK UChUN JAVOBGARLIK TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu qoidalarni buzgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 53, 54, 88, 89, 90, 109, 110, 125, 161, 162, 164, 168-moddalariga asosan maʼmuriy javobgarlikka tortiladilar.