Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Koreya Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Bitim
IJTIMOIY TAʼMINOT TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Koreya Respublikasi Hukumati, (bundan keyin “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataluvchilar),
ikki mamlakat oʻrtasida pensiya taʼminoti sohasida munosabatlarni tartibga solish istagida,
tegishli hududlarda ishlayotgan ikkala mamlakat fuqarolarining pensiya tizimlarida ikkiyoqlama toʻlashning oldini olish istagida,
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
1-qism
Umumiy qoidalar
Umumiy qoidalar
1-modda
Taʼriflar
Taʼriflar
1. Ushbu Bitim maqsadida:
a) “fuqaro” atamasi, Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan, “Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolik toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston fuqarosini, va Koreya Respublikasining (bundan keyin “Koreya” deb ataluvchi), oʻzgarishlar bilan Fuqarolik qonuniga muvofiq Koreya fuqarosini anglatadi;
b) “qonun hujjatlari” atamasi, ushbu Bitimning 2-moddasida qayd etilgan qonun va qarorlarni anglatadi;
s) “Vakolatli organ” atamasi, Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirini, va Koreyaga nisbatan, Sogʻliqni saqlash va farovonlik vazirini anglatadi;
d) “Agentlik” atamasi, Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan, Moliya vazirligining Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasini, va Koreyaga nisbatan, Milliy pensiya korporatsiyasini anglatadi;
2. Ushbu moddada belgilanmagan har qanday taʼrif, tatbiq etiladigan qonun hujjatlarida ega boʻlgan maʼnoni anglatadi.
2-modda
Qoʻllaniladigan qonun hujjatlari
Qoʻllaniladigan qonun hujjatlari
1. Ushbu Bitim quyidagi qonun hujjatlariga nisbatan qoʻllaniladi:
a) Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan,
(I) “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuni;
(II) “Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida”gi Qonuni;
Oldingi tahrirga qarang.
(III) Soliq kodeksi (Agentlikka majburiy toʻlovlar boʻyicha qismi).
(2-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Koreya Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2015-yil 28-maydagi notaga asosan “iii” kichik band bilan toʻldirilgan)
b) Koreyaga nisbatan, Milliy Pensiya Akti.
2. Agar ushbu Bitimda boshqa holatlar nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu moddaning 1-bandida qayd etilgan qonun hujjatlari, bir Ahdlashuvchi Tomon va uchinchi tomon oʻrtasida Bitim tuzilishi mumkin boʻlgan yoki aniq bajarilishi maqsadida qabul qilingan qonun hujjatlari ijtimoiy taʼminot boʻyicha shartnoma yoki boshqa xalqaro bitimlarni oʻz ichiga olmaydi.
3. Agar kelgusi qonun hujjatlari ushbu moddaning 1-bandida qayd etilgan qonun hujjatlarini oʻzgartirgan, toʻldirgan, mustahkamlagan yoki almashtirgan hollarda ham ushbu Bitim qoʻllaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. 2-moddaning 1 (a) Koreya Respublikasi uchun 1 (b)-bandini qoʻllash maqsadida, ish beruvchidan undiriladigan va Oʻzbekiston Respublikasi Agentligiga oʻtkaziladigan yagona ijtimoiy toʻlovlar Koreya Respublikasi fuqarolari mehnat faoliyatidan olinadigan daromadlariga nisbatan belgilanmaydi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Koreya Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2015-yil 28-maydagi notaga asosan 4-band bilan toʻldirilgan)
II-qism
Qoʻllash toʻgʻrisida qoidalar
Qoʻllash toʻgʻrisida qoidalar
3- modda
Umumiy qoidalar
Umumiy qoidalar
1. Boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida mehnat qilayotgan fuqaroga nisbatan ushbu Ahdlashuvchi Tomon qonun hujjatlari qoʻllanilgan holda, xuddi ushbu shaxs haligacha birinchi Ahdlashuvchi Tomon hududida mehnat qilayotgandek oltmish kalendar oydan oshib ketmaydigan davr mobaynida bu shaxsga nisbatan faqat birinchi Ahdlashuvchi Tomon qonun hujjatlari qoʻllaniladi.
2. Agar ish davri ushbu moddaning 1-bandida qayd etilgan muddatdan oshsa, ikkala Ahdlashuvchi Tomonning Vakolatli organlari yoki ular tomonidan tayinlangan Agentliklar ishchining iltimosiga rozi boʻlish sharti bilan birinchi Ahdlashuvchi Tomon qonun hujjatlari qoʻllanilishi davom etadi.
4- modda
Diplomatik missiya aʼzolari va davlat xizmatchilari
Diplomatik missiya aʼzolari va davlat xizmatchilari
1. Ushbu Bitimdagi hech nima Diplomatik aloqalar toʻgʻrisida 1961-yil 18-apreldagi Vena Konvensiyasi va Konsullik aloqalari toʻgʻrisida 1963-yil 24-apreldagi Vena Konvensiyasi qoidalariga daxl qilmaydi.
2. 1-bandga muvofiq davlat xizmati yoki joylardagi davlat xizmati ishiga qabul qilingan yoki bir Ahdlashuvchi Tomonning shunday maqomiga ega boʻlgan shaxs boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududiga ishga yuborilsa, xuddi u birinchi Ahdlashuvchi Tomon hududida ishga qabul qilingandek bu shaxsga nisbatan uning qonun hujjatlari qoʻllaniladi.
5- modda
Istisnolar toʻgʻrisida qoidalar
Istisnolar toʻgʻrisida qoidalar
Ikkala Ahdlashuvchi Tomonning Vakolatli organlari yoki ular tomonidan tayinlangan Agentliklar bunday alohida shaxslarga va alohida toifadagi shaxslarga, ularga boshqa Ahdlashuvchi Tomon qonun hujjatlariga rioya qilish sharti asosida ushbu qism qoidalariga istisno qilishi uchun kelishishi mumkin.
III-qism
Boshqa qoidalar
Boshqa qoidalar
6- modda
Ijro etish toʻgʻrisida shartnoma
Ijro etish toʻgʻrisida shartnoma
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning Vakolatli organlari ushbu Bitimni bajarish uchun zarur choralar nazarda tutiladigan Shartnoma tuzadilar.
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli Agentliklari Shartnomada koʻrsatib oʻtiladi.
7-modda
Axborot almashish va oʻzaro koʻmak
Axborot almashish va oʻzaro koʻmak
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning Vakolatli organ va Agentliklari oʻz vakolatlari doirasida:
(a) ushbu Bitimni qoʻllash uchun ular amal qiladigan qonun hujjatlari belgilangan hajmda bir-biriga har qanday zarur axborotni taqdim etadi;
(b) ushbu Bitim qoʻllanilishida taʼsir qiladigan ushbu choralar Bitimni qoʻllash uchun koʻrilgan va tegishli qonun hujjatlarida qabul qilinayotgan har qanday oʻzgarish toʻgʻrisida bir-biriga qisqa vaqt ichida axborot taqdim qiladi.
2. Ushbu moddaning 1(a) kichik bandida qayd etilgan koʻmak 6-moddaning 1-bandiga koʻra tuzilgan Shartnomada ifodalangan Ahdlashuvchi Tomonlarning Vakolatli organlari bilan kelishish lozim boʻlgan har qanday istisnolarga muvofiq bepul taqdim etiladi.
8-modda
Axborotning maxfiyligi
Axborotning maxfiyligi
Agar Ahdlashuvchi Tomonlarning milliy qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, ushbu Bitimga muvofiq Ahdlashuvchi Tomon Vakolatli organi yoki Agentligi tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Tomon Vakolatli organi yoki Agentligiga shaxslar toʻgʻrisida taqdim qilinayotgan axborot bevosita ushbu Bitimni va u qoʻllanilayotgan qonun hujjatlarini bajarish maqsadida qoʻllaniladi. Ahdlashuvchi Tomonning Vakolatli organi yoki Agentligidan olingan bunday axborot, ushbu Ahdlashuvchi Tomon milliy qonun hujjatlariga muvofiq shaxsiy axborotning maxfiyligi va sir saqlanishi uchun qoʻllaniladi.
9- modda
Muloqot tili
Muloqot tili
1. Agar ushbu Bitim yoki qonun hujjatining qoʻllanilishi uchun zarur boʻlsa, Ahdlashuvchi Tomonlarning Vakolatli organlari va Agentliklari bir-birlari bilan bevosita va boshqa har qanday shaxs bilan, uning yashash joyidan qatʼi nazar, aloqa bogʻlashi mumkin. Xat yozishmalari Ahdlashuvchi Tomonlardan birining har qanday rasmiy tilida amalga oshirilishi mumkin.
2. Sertifikat yoki hujjat Ahdlashuvchi Tomonlarning Vakolatli organi yoxud Agentligi tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Tomonning rasmiy tilida tuzilganligi sababli rad qilinishi mumkin emas.
10- modda
Nizolarni hal qilish
Nizolarni hal qilish
Ushbu Bitimni talqin qilish yoki qoʻllashga doir har qanday kelishmovchiliklar Ahdlashuvchi Tomonlarning Vakolatli organlari oʻrtasida maslahatlashuvlar orqali hal qilinadi.
IV-qism
Oraliq va yakunlovchi qoidalar
Oraliq va yakunlovchi qoidalar
11-modda
Oraliq qoidalar
Oraliq qoidalar
3-modda qoʻllanilayotganda Ahdlashuvchi Tomonlarning fuqarolari ushbu Bitim kuchga kirish sanasiga qadar boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida mehnat qilayotgan boʻlsa, oʻsha moddada koʻrsatib oʻtilgan ish staji ushbu Bitim kuchga kirgan kundan boshlab hisoblanadi.
12-modda
Kuchga kirish
Kuchga kirish
Ushbu Bitim Ahdlashuvchi Tomonlardan biri boshqa Ahdlashuvchi Tomondan ushbu Bitimning kuchga kirishi uchun barcha talablarni bajarganligi toʻgʻrisida yozma xabarnoma olgan oydan boshlab uchinchi oyning birinchi kunida kuchga kiradi.
13-modda
Bitimning amal qilish muddati va toʻxtatilishi
Bitimning amal qilish muddati va toʻxtatilishi
Ushbu Bitim, Ahdlashuvchi Tomonlardan birining boshqa Ahdlashuvchi Tomonga Bitimning amal qilish muddatini toʻxtatish toʻgʻrisida yozma ravishda xabarnoma yuborgan oydan keyingi oʻn ikki oyning oxirgi kunigacha oʻz kuchini saqlab qoladi.
Ushbuni tasdiqlab, tegishli ravishda vakolatlangan quyida imzo chekuvchilar ushbu Bitimni imzoladilar.
Toshkent shahrida 2005-yil 10-mayda ikki nusxada, har biri oʻzbek, koreys va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xilda autentikdir. Talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan holda ingliz tilidagi matn ustuvor kuchga ega.
(imzolar)