19.01.2004 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATI BILAN QUVAYT DAVLATI HUKUMATI OʻRTASIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikki yoqlama soliqqa tortishning oldini olish hamda daromad va kapital soliqlarini toʻlashdan bosh tortishni bartaraf etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Quvayt Davlati Hukumati,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki yoqlama soliqqa tortishning oldini olish hamda daromad va kapital soliqlarini toʻlashdan bosh tortishni bartaraf etish toʻgʻrisida Bitim tuzish orqali ular oʻrtasida iqtisodiy hamkorlikka koʻllab-quvvatlash istagida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Qoʻllash doirasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim Ahdlashuvchi Davlatlarning biri yoki har ikkalasining rezidenti boʻlgan shaxslarga nisbatan qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Tatbiq etiladigan soliqlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitim Ahdlashuvchi Davlat yoki uning mahalliy hokimiyat organlari yohud mahalliy hokimiyat idoralari nomidan undiriladigan daromad va kapital soliqlariga nisbatan, ularni undirish uslubidan qatʼi nazar tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Daromad va kapital soliqlariga, umumiy daromaddan, umumiy kapitaldan yoki daromad yohud kapitalning bir qismidan, shu jumladan koʻchar va koʻchmas mulkni begonalashtirishdan olingan daromadlardan hamda korxonalar tomonidan toʻlanadigan ish haqi va mukofotlarning umumiy miqdoridan, shuningdek kapital qiymatining oʻsishidan olinadigan barcha soliqlar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Bitim qoʻllaniladigan amaldagi soliqlar, xususan quyidagilardir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Quvaytga nisbatan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) daromaddan olinadigan korporativ soliq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) Quvaytning aksionerlik kompaniyalari sof foydalaridan olinadigan, fanga koʻmaklashish boʻyicha Quvayt Jamgʻarmasiga (KFAS) toʻlanadigan soliq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(3) zakot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(4) milliy ishchilarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qonunchilikka muvofiq olinadigan soliq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(bundan keyin “Quvayt” soligʻi deb ataladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(3) mol-mulk soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(bundan keyin “Oʻzbekiston soligʻi” deb ataladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur Bitim u imzolangan sanadan soʻng undiriladigan soliqlarga qoʻshimcha yoki mavjudlari oʻrniga kiritilgan mohiyati boʻyicha oʻxshash har qanday soliqlarga nisbatan ham qoʻllaniladi. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari oʻzlarining tegishli soliq qonunchiliklariga kiritilgan barcha mavjud oʻzgarishlar toʻgʻrisida bir-birlarini xabardor qilib turadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Umumiy taʼriflar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitim maqsadlari uchun, agar matndan oʻzga maʼno chiqmasa:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “bir Ahdlashuvchi Davlat” va “boshqa Ahdlashuvchi Davlat” atamalari matnga bogʻliq ravishda Oʻzbekistonni yoki Quvaytni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Quvayt” atamasi Quvayt Davlati hududini anglatadi, jumladan xalqaro huquqqa muvofiq aniqlangan hududiy dengizlariga taalluqli boʻlgan har qanday hududni yoki Quvayt qonunchiligi boʻyicha keyinchalik Quvayt oʻz suveren huquqi va yurisdiksiyasini amalga oshirishi mumkin boʻlgan hudud kabi aniqlanishi mumkin boʻlgan hududni oʻz ichiga oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) “Oʻzbekiston” atamasi Oʻzbekiston Respublikasini va geografik maʼnoda qoʻllanilganda Oʻzbekiston Respublikasi hududini anglatadi, jumladan Oʻzbekiston Respublikasi oʻz suveren huquqi va yurisdiksiyasini amalga oshirishi mumkin boʻlgan hududiy suvlari va osmon kengliklarini, shu jumladan xalqaro huquq va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan yer osti va tabiiy resurslardan foydalanish huquqini amalga oshirishi mumkin boʻlgan hududni oʻz ichiga oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) “shaxs” atamasi jismoniy shaxsni, kompaniya yoki shaxslarning har qanday boshqa birlashmasini oʻz ichiga oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) “fuqaro” atamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) Ahdlashuvchi Davlat fuqaroligiga ega boʻlgan har qanday jismoniy shaxsni va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) Ahdlashuvchi Davlatning amaldagi qonunlariga muvofiq oʻz maqomini olgan har qanday yuridik shaxsni, shirkat va assotsiatsiyani anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) “kompaniya” atamasi har qanday korporativ birlashmani yoki soliqqa tortish maqsadlarida korporatsiya sifatida qaraladigan har qanday tashkilotni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) “bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasi” va “boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasi” atamalari tegishlicha bir Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boshqaruvi ostida ish yuritayotgan korxonani va boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boshqaruvi ostida ish yuritayotgan korxonani anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
h) “xalqaro tashish” atamasi Ahdlashuvchi Davlat korxonasi tomonidan foydalaniladigan dengiz, havo kemalari yoki yoʻl transportida har qanday tashishni anglatadi, dengiz, havo kemalari yoki yoʻl transporti vositalarining boshqa Ahdlashuvchi Davlat hududida joylashgan nuqtalar oʻrtasida foydalanish hollari bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) “soliq” atamasi matnga bogʻliq ravishda Oʻzbekiston soligʻi yoki Quvayt soligʻini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) “vakolatli organ” atamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) Quvaytga nisbatan — Moliya vaziri yoki uning vakolatli vakilini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) Oʻzbekistonga nisbatan - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisini yoki uning vakolatli vakilini anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Bitim Ahdlashuvchi Davlat tomonidan har qanday paytda qoʻllanilganda, unda belgilanmagan har qanday atama, agar matn mazmunidan boshqa maʼno kelib chiqmasa, u ushbu Bitim tatbiq etiladigan soliqlarga nisbatan shu Ahdlashuvchi Davlatning ana shu davrdagi qonunchiligi boʻyicha belgilangan maʼnoga ega boʻladi, ana shu Ahdlashuvchi Davlatning tegishli soliq qonunchiligiga binoan atamaning har qanday maʼnosi shu Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligining boshqa sohalarida ushbu atama uchun belgilangan maʼnodan koʻra ustun kuchga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Rezident
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitim maqsadlari uchun “Ahdlashuvchi Davlat rezidenti” atamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Quvaytga nisbatan: Quvaytda oʻzining yashash joyiga ega boʻlgan va Quvaytning fuqaroligiga ega boʻlgan jismoniy shaxsni hamda Quvaytda korporatsiya sifatida roʻyxatdan oʻtgan kompaniyani anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekistonga nisbatan: Oʻzbekiston qonunchiligi boʻyicha oʻzining yashash joyi, doimiy boʻlib turish joyi, boshqaruv joyi yoki boshqa har qanday shunga oʻxshash mezonlar asosida soliqqa tortiladigan har qanday shaxsni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 1-band maqsadlari uchun Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti quyidagi belgilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) shu Ahdlashuvchi Davlatning Hukumati va har qanday maʼmuriy-hududiy boʻlinmalarni va tegishli tartibda mahalliy hokimiyat idoralarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) korporatsiya, Markaziy bank, jamgʻarma, hokimiyat idorasi, agentlik yoki shunga oʻxshash muassasa kabi shu Ahdlashuvchi Davlatda umumiy qonunchilik asosida tashkil etilgan har qanday hukumat muassasasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) barcha kapitali shu Ahdlashuvchi Davlat yoki maʼmuriy hududiy boʻlinma yohud mahalliy hokimiyat idorasi yoki b) kichik bandda boshqa Ahdlashuvchi Davlat bilan birga aniqlanganidek har qanday hukumat muassasasi tomonidan taʼminlanib, shu Ahdlashuvchi Davlatda tashkil etilgan har qanday tashkilot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agar 1-band qoidalariga muvofiq, jismoniy shaxs har ikkala Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, uning maqomi quyidagi tarzda aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) u qaysi Davlatda oʻzi uchun toʻsiqsiz yashashi mumkin boʻlgan doimiy uyga ega boʻlsa, faqat shu Davlatning rezidenti hisoblanadi; agar u har ikkala Ahdlashuvchi Davlatda toʻsiqsiz yashashi mumkin boʻlgan doimiy uyga ega boʻlsa, faqat shaxsiy va iqtisodiy aloqalari yaqinroq boʻlgan (hayotiy manfaatlar markazi) Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) agar uning hayotiy manfaatlar markazi joylashgan Ahdlashuvchi Davlatni aniqlab boʻlmasa yoki u Ahdlashuvchi Davlatlarning hech birida toʻsiqsiz yashashi mumkin boʻlgan doimiy uyga ega boʻlmasa, u odatda yashaydigan Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) agar shaxs odatda har ikkala Ahdlashuvchi Davlatda yashasa yoki odatda ularning hech birida yashamasa, u faqatgina fuqarosi boʻlgan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) agar uning maqomini a)-s) bandlarga asosan aniqlab boʻlmasa, Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari ushbu masalani oʻzaro kelishuv asosida hal etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar 1-band qoidalariga asosan, jismoniy shaxsdan tashqari shaxs har ikkala Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, unda u faqatgina korporatsiya sifatida tashkil etilgan joy joylashgan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Doimiy muassasa
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitim maqsadlari uchun “doimiy muassasa” atamasi korxonaning tadbirkorlik faoliyatini toʻliq yoki qisman amalga oshiradigan doimiy faoliyat joyini anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Doimiy muassasa” atamasi, xususan quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) boshqaruv joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) boʻlim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) ofis;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) fabrika;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) ustaxona;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) shaxta, neft yoki gaz qudugʻi, karyer yoki tabiiy resurslar qazib olinadigan har qanday boshqa joyni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qurilish maydoni, qurilish, montaj yoki yigʻuv obyekti yoki ular bilan bogʻliq Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshiriladigan nazorat faoliyati faqatgina shunday maydon, obyekt yoki faoliyatning davomiyligi uch oydan koʻproq davom etsa, doimiy muassasani tashkil etadi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4, Ahdlashuvchi Davlat korxonasi tomonidan xizmatlar koʻrsatish, jumladan konsalting yoki boshqaruv xizmatlari korxonaning shu maqsadlar uchun yollagan xizmatchilar yoki boshqa xodimlar orqali amalga oshirilishi, agar shu mazmundagi faoliyat har qanday oʻn ikki oylik davr doirasida jami uch oydan oshadigan davr yoki davrlar mobaynida davom etsa, boshqa Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasani tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ahdlashuvchi Davlatning korxonasi, agar har qanday oʻn ikki oylik davr doirasida uch oydan koʻproq davr mobaynida asosiy texnik, mexanik yoki ilmiy uskuna yohud instrumentlardan foydalansa, yoki boshqa Ahdlashuvchi Davlatda shu korxona bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq yoki shartnomani bajarish uchun yohud shu shartnoma boʻyicha installatsiya qilsa, boshqa Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasaga ega deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu moddaning avvalgi qoidalariga qaramay “doimiy”muassasa” atamasi quyidagilarni oʻz ichiga olmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) inshoatlardan shu korxonaga tegishli boʻlgan tovar yoki buyumlarni saqlash yoki namoyish qilish maqsadlarida foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) shu korxonaga tegishli boʻlgan tovar yoki buyumlar zaxirasini faqatgina saqlash yoki namoyish qilish maqsadlarida ushlab turilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) shu korxonaga tegishli tovar yoki buyumlar zaxirasini boshqa korxona tomonidan faqatgina qayta ishlash maqsadlarida ushlab turilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) doimiy faoliyat joyining faqatgina tovar yoki buyumlar sotib olish yoki ushbu korxona uchun axborot yigʻish maqsadlarida ushlab turilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) doimiy faoliyat joyining ana shu korxona maqsadlari uchungina boshqa har qanday tayyorgarlik yoki yordamchi tusdagi faoliyatni amalga oshirish maqsadlari yoʻlida ushlab turilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) doimiy faoliyat joyini a) - e) kichik bandlarida eslatib oʻtilgan faoliyat turlarining har qanday kombinatsiyalashuvi uchungina bunday doimiy faoliyat joyining faoliyati ana shu kombinatsiyalashuvdan yuzaga keladigan umumiy faoliyat tayyorgarlik yoki yordamchi tusda boʻlgan taqdirda saqlab turilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu moddaning 1- va 2-bandlari qoidalariga qaramay, ushbu moddaning 8-bandi qoʻllaniladigan mustaqil maqomli agentdan boshqa shaxs, Ahdlashuvchi Davlatning birida boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasi nomidan ish yuritsa, unda bu korxona birinchi eslatib oʻtilgan Ahdlashuvchi Davlatda ana shu shaxs tomonidan korxona uchun amalga oshiriladigan har qanday faoliyatga nisbatan doimiy muassasaga ega deb qaraladi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) u birinchi eslatib oʻtilgan Ahdlashuvchi Davlatda shunday korxona uchun yoki uni nomidan shartnomalar tuzish vakolatiga ega boʻlsa va odatda undan foydalansa, shunday shaxsning faoliyati 6-bandda eslatib oʻtilgan faoliyat bilan cheklanib qolmasdan doimiy faoliyat joyi orqali amalga oshirilsa, ushbu bandga asosan ana shu doimiy faoliyat joyidan doimiy muassasani tashkil etmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) u bunday vakolatga ega emas, ammo birinchi eslatib oʻtilgan Ahdlashuvchi Davlatda korxonaga tegishli boʻlgan tovar va buyumlar zaxirasini ushlab tursa va undan ana shunday korxona uchun yoki uning nomidan tovar va buyumlar sotsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) u birinchi eslatib oʻtilgan Ahdlashuvchi Davlatda korxonaning oʻzi yoki shunga oʻxshash korxona yohud nazorat qiladigan yoki unda nazorat paketiga ega boʻlgan korxona uchun toʻliq yoki deyarli toʻliq koʻrsatmalarni bajarsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) oʻzining shunday vakolati doirasida Ahdlashuvchi Davlatda shu korxona uchun korxonaga tegishli boʻlgan tovar yoki buyumlarni ishlab chiqarsa yoki qayta ishlasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ahdlashuvchi Davlatning korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda broker, komissioner yoki har qanday boshqa mustaqil maqomli agent orqali tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirsa, bunda bu shaxslarning harakati oʻzlarining odatdagi faoliyati doirasida boʻlishi sharti bilan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasaga ega deb qaralmaydi. Agar, bunday shaxsning faoliyati ana shu korxona yohud nazorat qiladigan yoki unda nazorat paketiga ega boʻlgan korxona uchun toʻliq yoki deyarli toʻliq taalluqli boʻlsa, u ushbu band maʼnosi doirasida mustaqil maqomli shaxs sifatida qaralmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Bir Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlgan kompaniya boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlgan kompaniyani nazorat qilsa yoki nazorat qilinsa yohud ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda tijorat faoliyatini (doimiy muassasa orqali yoki boshqa tarzda) amalga oshirayotgan boʻlsa, bu hol oʻz-oʻzidan bu kompaniyalardan birini boshqasi uchun doimiy muassasaga aylantirmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Koʻchmas mulkdan olinadigan daromadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan koʻchmas mulkdan oladigan daromadlari (jumladan, qishloq va oʻrmon xoʻjaligidan olinadigan daromadlar) ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin, ammo shu tarzda undiriladigan soliq shu soliqning ellik (50%) foiziga teng boʻlgan summaga kamaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Koʻchmas mulk” atamasi koʻrib chiqilayotgan mulk joylashgan Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligi boʻyicha ega boʻlgan maʼnoga egadir. Har qanday holda ham ushbu atama yer ustidagi mulkchilikka taalluqli boʻlgan umumiy qonunchilik qoidalari bilan huquqi belgilab berilgan koʻchmas mulkka tegishli boʻlgan mulkni, qishloq va oʻrmon xoʻjaligida ishlatiladigan chorva va vositalarni hamda koʻchmas mulk uzufruktini, minerallar, manbalar va boshqa tabiiy resurslarning qatlamlarini qazish uchun tovon sifatida toʻlanadigan oʻzgarmas toʻlovlar huquqini yoki minerallar, manbalar va boshqa tabiiy resurslar qatlamlarini qazish huquqini oʻz ichiga oladi; dengiz va havo kemalari hamda yoʻl transporti vositalari koʻchmas mulk sifatida qaralmaydi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 1 -band qoidalari koʻchmas mulkdan toʻgʻridan toʻgʻri foydalanish, ijaraga berish yoki boshqa har qanday shaklda foydalanishdan olinadigan daromadga nisbatan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 1- va 3-band qoidalari korxonaning koʻchmas mulkdan olgan daromadlariga va mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirish uchun foydalanadigan koʻchmas mulkdan olgan daromadlariga ham qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan foyda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasining foydasi, agar korxona oʻz tadbirkorlik faoliyatini boshqa Ahdlashuvchi Davlatda u yerda joylashgan doimiy muassasa orqali amalga oshirmayotgan boʻlsa, faqat ana shu Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi. Agar korxona oʻz faoliyatini yuqorida aytilganidek amalga oshirayotgan yoki amalga oshirgan boʻlsa, korxonaning foydasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda faqat doimiy muassasaga tegishli boʻlgan qismigina soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 3-band qoidalariga muvofiq agar bir Ahdlashuvchi Davlatning korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda u yerda joylashgan doimiy muassasa orqali tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan boʻlsa, har bir Ahdlashuvchi Davlatda bunday doimiy muassasaga hisoblanadigan foyda u alohida va mustaqil korxona sifatida xuddi shunday yoki shunga oʻxshash faoliyatni xuddi shunday yoki shunga oʻxshash shartlar asosida amalga oshirib, doimiy muassasa hisoblangan korxonadan mutlaqo mustaqil ravishda ish koʻrib olishi mumkin boʻlgan foyda kabi oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Doimiy muassasa foydasini aniqlashda ushbu doimiy muassasa faoliyati maqsadlari uchun sarflangan xarajatlarni, jumladan doimiy muassasa joylashgan Davlatdagi hamda uning hududidan tashqaridagi kabi faoliyati maqsadlari uchun sarflangan ijrochilik va umumiy maʼmuriy xarajatlarni qoʻllanadigan har qanday qonunchilik aktlari va meʼyoriy hujjatlarni hisobga olgan holda chegirib tashlashga yoʻl qoʻyiladi. Biroq, doimiy muassasa tomonidan uning bosh muassasasiga yoki rezidentning boshqa muassasalaridan istalgan biriga royalti toʻlovlari, yigʻimlar yoki patentlardan yohud boshqa huquqlardan foydalanganlik uchun boshqa shunga oʻxshash toʻlovlar yoʻli bilan yoki koʻrsatilgan aniq xizmatlar yoki menedjmentlik uchun komissiya toʻlovlarini toʻlash yoʻli bilan yoki korxonaning bosh idorasiga doimiy muassasaga berilgan qarz miqdoriga nisbatan foizlarni toʻlash yoʻli bilan toʻlangan summalarni, agarda ular haqiqatda mavjud boʻlsa (haqiqiy xarajatlarni qoplashdan tashqari) chegirib tashlashga yoʻl qoʻyilmaydi. Shu tarzda doimiy muassasa foydasini aniqlashda doimiy muassasa tomonidan uning bosh muassasasiga yoki rezidentning boshqa muassasalaridan istalgan biriga royalti toʻlovlari, yigʻimlar yohud patentlardan yoki boshqa huquqlardan foydalanganlik uchun boshqa shunga oʻxshash toʻlovlar yoʻli bilan yoki koʻrsatilgan aniq xizmatlar yoki menedjmentlik uchun komission toʻlovlar toʻlash yoʻli bilan yohud korxonaning bosh idorasiga yoki uning boshqa idorasiga berilgan qarz miqdoriga nisbatan foizlarni toʻlash yoʻli bilan toʻlangan summalar (haqiqiy xarajatlarni qoplashdan tashqari) inobatga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Doimiy muassasa tomonidan korxona uchun tovar yoki buyumlarning xarid qilinishigagina asoslanib, doimiy muassasaga biron-bir foyda hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasaga tegishli boʻlgan foydani korxona oladigan umumiy foyda miqdorini uning turli boʻlinmalariga proporsional taqsimlash asosida aniqlash odatdagi amaliyot ekanligiga qaramay, 2-banddagi hech bir narsa, odatda qabul qilinganidek, bu Ahdlashuvchi Davlatga shunday taqsimlash asosida soliqqa tortiladigan foydani aniqlashga xalaqit bermaydi; taqsimlashning tanlangan usuli shunday boʻlishi lozimki, natija ushbu moddada mavjud boʻlgan tamoyillarga muvofiq kelishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Agar Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organida biron-bir shaxsning doimiy muassasasiga tegishli boʻlgan foydasini aniqlash uchun yetarli maʼlumot boʻlmasa, ushbu moddadagi hech bir narsa ana shu Ahdlashuvchi Davlatning shu Ahdlashuvchi Davlat vakolatli organi tomonidan ushbu doimiy muassasaning soliqqa tortiladigan foydasini hisoblab chiqish yoʻli bilan shu doimiy muassasaning soliq javobgarligini aniqlashga taalluqli boʻlgan har qanday qonunchilik aktini, bunday qonunchilik vakolatli organda mavjud boʻlgan maʼlumotlarni inobatga olgan holda, ushbu modda tamoyillariga rioya etish sharti bilan qoʻllanishiga xalaqit bermaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Avvalgi bandlar maqsadlari uchun doimiy muassasaga taalluqli boʻlgan foyda, agar uning oʻzgarishi uchun salmoqli va yetarli sabablar boʻlmasa, har yili bir xil uslubda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qachonki, foyda ushbu Bitimning boshqa moddalarida alohida aytib oʻtilgan daromad turlarini qamrab oladigan boʻlsa, unda bu moddalarning qoidalariga ushbu modda qoidalari taʼsir etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Xalqaro transport
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasining xalqaro tashishlarda dengiz, havo kemalari yoki yoʻl transporti vositalaridan foydalanishdan olgan foydasi faqat shu Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 1-band qoidalari quyidagilarga ham qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xalqaro tashishlarda foydalaniladigan ekipajsiz kemalar, samolyotlar yoki yoʻl transporti vositalarini ijaraga berishdan, shu jumladan fraxtlash asosida olinadigan tasodifiy foydalarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) konteynyerlardan foydalanish, saqlash, ijaraga berish (jumladan treylyerlar va konteynyerlarni tashish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa uskunalar) boʻyicha olinadigan foydalarga, agar bunday foydalar 1-band tatbiq etiladigan foydalarga nisbatan qoʻshimcha yoki tasodifiy boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 1- va 2-band qoidalari pulda, qoʻshma faoliyatda yoki transport vositalaridan foydalanish boʻyicha xalqaro tashkilotda ishtirok etishdan olinadigan foydalarga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Birlashgan korxonalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Ahdlashuvchi Davlat korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasini boshqarishda, nazorat qilishda yoki uning kapitalida bevosita yoki bilvosita qatnashsa,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) oʻsha shaxslar bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasini va boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasini boshqarishda, nazorat qilishda yoki kapitalida bevosita yoki bilvosita qatnashsa va har qanday holatda ikki korxona oʻrtasida ularning tijorat va moliyaviy munosabatlarida mustaqil korxonalar oʻrtasida yaratiladigandan farqli boʻlgan sharoitlar vujudga keltirilsa yoki belgilansa, bunda ulardan biriga hisoblanishi mumkin boʻlgan, ammo shunday sharoitlar natijasida unga hisoblanmagan har qanday foyda ana shu korxonaning daromadi yoki foydasiga hisoblanishi va muvofiq ravishda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qachonki, Ahdlashuvchi Davlat shu Davlat korxonasi foydasiga boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasi boʻyicha ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladigan foydani kiritsa, tegishli tarzda soliqqa tortsa va shu tariqa kiritilgan foyda, agar ikkala korxona oʻrtasidagi munosabatlar ikki mustaqil korxona oʻrtasidagi munosabatlar kabi boʻlganida birinchi eslatilgan Ahdlashuvchi Davlat korxonasiga hisoblanadigan foyda boʻlsa, u holda ana shu boshqa Ahdlashuvchi - Davlat shu Ahdlashuvchi Davlatga tegishli foydadan olinadigan soliq miqdoriga zarur tuzatishlar kiritadi. Bunday tuzatishlarni belgilashda ushbu Bitimning boshqa qoidalariga tegishlicha eʼtiborni qaratishi kerak va zarur boʻlsa Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari oʻzaro maslahatlashuvlarni boshlashlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Dividendlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlgan kompaniya tomonidan dividendlarning haqiqiy egasi hisoblangan boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga toʻlanadigan dividendlar ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Biroq, bunday dividendlar, shuningdek dividendlarni toʻlayotgan kompaniya rezidenti boʻlgan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda, ana shu Davlatning qonunlariga asosan ham soliqqa tortilishi mumkin, agar oluvchi dividendlarning haqiqiy egasi boʻlsa, unda shu tarzda undiriladigan soliq quyidagilardan oshmasligi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) agar dividendlarning haqiqiy egasi (shirkatdan boshqa) dividend toʻlayotgan kompaniya kapitalining kamida 25 foiziga bevosita yoki bilvosita ega boʻlgan kompaniya boʻlsa, dividendlar yalpi summasining 5 foizidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) boshqa barcha hollarda dividendlar yalpi summasining 10 foizidan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu band kompaniyaning dividendlar toʻlanadigan foydasini soliqqa tortishga taalluqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 1- va 2-band qoidalariga qaramay, Ahdlashuvchi Davlat rezidenti tomonidan toʻlanadigan dividendlar, agarda dividendlarning haqiqiy egasi 4-moddaning 2- bandida belgilanganidek, boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, ana shu Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Dividendlar” atamasi, ushbu moddada qoʻllanilganda aksiyalardan, aksiyalardan foydalanish yoki huquqlardan foydalanish, togʻ-kon sanoati aksiyalari, taʼsischilar aksiyalaridan yoki qarz talablaridan olinadigan daromad kabi foydada ishtirok etishdagi boshqa huquqlardan foydalanishdan olinadigan daromadlarni, shuningdek foydani taqsimlovchi kompaniya rezidenti boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatning qonunlariga muvofiq aksiyalardan olinadigan daromad kabi xuddi shunday soliq boshqaruviga taalluqli boʻlgan boshqa huquqlardan olinadigan daromadlarni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agar dividendlarning haqiqiy egasi bir Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlgan holda shu dividendlarni toʻlayotgan kompaniya rezident boʻlgan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda oʻz faoliyatini u yerda joylashgan doimiy muassasa orqali amalga oshirsa yoki ushbu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda mustaqil shaxsiy xizmatlarni u yerda joylashgan doimiy baza orqali koʻrsatsa va dividendlar toʻlanadigan xolding aslida shu doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan bogʻliq boʻlsa, 1-band qoidalari qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holda, vaziyatga qarab, 7-modda yoki 14-moddaning qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Agar bir Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlgan kompaniya boshqa Ahdlashuvchi Davlatdan foyda yoki daromad olayotgan boʻlsa, ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlat kompaniya toʻlayotgan dividendlarni soliqqa tortmasligi mumkin, bunda dividendlar ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga toʻlanadigan yoki dividendlar toʻlanadigan xolding shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan haqiqatda bogʻliq boʻlgan hollar bundan mustasno, shuningdek kompaniyaning taqsimlanmagan foydasi hatto toʻlanayotgan dividendlar yoki taqsimlanmagan foyda ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda toʻla yoki qisman hosil boʻlgan foyda yoki daromaddan tashkil topgan boʻlsa ham kompaniyaning taqsimlanmagan foydasidan soliqlar olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Foizlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlatlarning birida hosil boʻlgan va boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga toʻlanadigan foizlar ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Biroq, bunday foizlar, shuningdek dividendlarni toʻlayotgan kompaniya rezidenti boʻlgan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda ana shu Davlatning qonunlariga asosan ham soliqqa tortilishi mumkin, agar oluvchi foizlarning haqiqiy egasi boʻlsa, unda shu tarzda undiriladigan soliq foizlar yalpi miqdorining 8 foizdan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 1- va 2-band qoidalariga qaramay, Ahdlashuvchi Davlat rezidenti tomonidan toʻlanadigan foizlar, agarda foizning haqiqiy egasi 4-moddaning 2-bandida belgilanganidek boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti tomonidan olingan boʻlsa, soliqdan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Foizlar” atamasi ushbu moddada qoʻllanilganda ipoteka taʼminotidan qatʼi nazar va qarzdorning foydalarida ishtirok etish huquqidan va xususan, hukumat qimmatbaho qogʻozlaridan olinadigan daromad va obligatsiya yoki qarz majburiyatlaridan olinadigan daromaddan, jumladan, ana shu qimmatbaho qogʻozlar, obligatsiya yoki qarz majburiyatlari boʻyicha olinadigan mukofot va yutuqlardan qatʼi nazar har qanday turdagi qarz majburiyatlaridan olinadigan daromadni, shuningdek daromad vujudga keladigan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatning qonunchiligi boʻyicha pullik ssudadan olinadigan daromad kabi soliq boshqaruviga taalluqli boʻlgan daromadni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agar foizlarning haqiqiy egasi Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻla turib, foizlar hosil boʻlayotgan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda u yerda joylashgan doimiy muassasa orqali tijorat faoliyatini olib borayotgan boʻlsa yoki ushbu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan doimiy baza orqali mustaqil shaxsiy xizmatlar koʻrsatayotgan boʻlsa va foizlar toʻlanayotgan qarz talablari shunday doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan haqiqatda bogʻliq boʻlsa, 1 - band qoidalari qoʻllanilmaydi. Bunday holda, vaziyatga qarab, 7-modda yoki 14-modda qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qachonki, foizlarni toʻlovchi Ahdlashuvchi Davlatning oʻzi, shu Davlatning mahalliy hokimiyati yoki rezidenti boʻlsa, foizlar Ahdlashuvchi Davlatda hosil boʻlgan, deb hisoblanadi. Biroq, foizlarni toʻlovchi shaxs Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlish yoki boʻlmasligidan qatʼi nazar Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasa yoki doimiy bazaga ega boʻlsa, shu tufayli qarz boʻyicha foizlar toʻlash majburiyati vujudga kelgan boʻlsa va shunday foizlar toʻlash boʻyicha xarajatlarni doimiy muassasa yoki doimiy baza amalga oshirsa, bunda foizlar doimiy muassasa yoki doimiy baza joylashgan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda vujudga kelgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agar toʻlovchi bilan amalda foizlar olish huquqiga ega boʻlgan shaxs oʻrtasidagi yoki ular ikkalasi va har qanday boshqa shaxs oʻrtasidagi alohida munosabatlar oqibatida foizlar miqdori toʻlovchi bilan amalda foizlar olish huquqiga ega boʻlgan shaxs oʻrtasida kelishib olinishi mumkin boʻlgan miqdordan ortiq boʻlsa, bunday munosabatlar yoʻq boʻlgan taqdirda, ushbu modda qoidalari faqat oxirgi eslatilgan miqdorga nisbatan qoʻllaniladi. Bunday holda, toʻlovning ortiqcha qismidan ushbu Bitimning boshqa qoidalarini inobatga olgan holda, har bir Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligiga muvofiq, avvalgidek soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Royalti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Davlatda hosil boʻladigan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidentiga toʻlanadigan royaltilar ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Biroq, bu royaltilar, shuningdek ular hosil boʻladigan Ahdlashuvchi Davlatda ana shu Ahdlashuvchi Davlatning qonunlariga muvofiq soliqqa tortilishi mumkin, agar royaltilarning haqiqiy egasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, bunday holda, shu tarzda undiriladigan soliq royaltilar yalpi miqdorining 20% (yigirma foiz)dan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Royalti” atamasi ushbu moddada qoʻllanilganda har qanday adabiyot, sanʼat va ilmiy asarlarni, shu jumladan kinofilm va yozuvlar yoki radio va televideniye uchun boshqa sahna yoki ovozli asarlar, har qanday patent, tovar belgisi, chizma yoki modellar, reja, maxfiy formula yoki jarayonlar uchun mualliflik huquqidan foydalanganlik yoki shu huquqdan foydalanish huquqi uchun yoki sanoat, tijorat, ilmiy asbob-uskunalardan foydalanish huquqidan foydalanganlik yoki foydalanish huquqi uchun yoki sanoat, tijorat yohud ilmiy tajribaga mansub axborot (nou-xau) uchun mukofot tarzida olinadigan har qanday koʻrinishdagi toʻlovlarni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar royaltilarning haqiqiy egasi bir Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻla turib, royalti hosil boʻlayotgan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda u yerda joylashgan doimiy muassasa orqali tijorat faoliyatini amalga oshirayotgan boʻlsa, yoki ushbu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda u yerda joylashgan doimiy baza orqali mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirayotgan boʻlsa, va royalti toʻlanayotgan huquq yoki mulk shunday doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan haqiqatdan bogʻliq boʻlsa, 1- va 2-bandlar qoidalari qoʻllanilmaydi. Bu holda vaziyatga qarab, 7-modda yoki 14-moddaning qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agar toʻlovchi shu Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, royalti Ahdlashuvchi Davlatda hosil boʻlgan deb hisoblanadi. Biroq, royaltini toʻlovchi shaxs Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlish yoki boʻlmasligidan qatʼi nazar, Ahdlashuvchi Davlatda royaltini toʻlash majburiyati zimmasiga tushgan doimiy muassasaga yoki doimiy bazaga ega boʻlsa, va bu doimiy muassasa yoki baza toʻlov xarajatlarini toʻlasa, bunday royaltilar doimiy muassasa yoki doimiy baza joylashgan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda vujudga kelgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Agar toʻlovchi bilan amalda royalti huquqiga ega shaxs oʻrtasidagi yoki ularning ikkalasi va har qanday boshqa shaxs oʻrtasidagi alohida munosabatlar oqibatida royaltidan foydalanishga, foydalanish huquqiga yoki axborot uchun toʻlanadigan royaltining miqdori toʻlovchi va amalda shu daromadlar huquqiga ega shaxs oʻrtasida kelishib olinishi mumkin boʻlgan miqdordan ortiq boʻlsa, bunday munosabatlar yoʻq boʻlgan taqdirda, ushbu modda qoidalari faqat oxirgi eslatilgan miqdorga nisbatan qoʻllaniladi. Bunday holda, toʻlovning ortiqcha qismi ushbu Bitimning boshqa qoidalarini inobatga olgan holda har bir Ahdlashuvchi Davlatning qonunchiligiga muvofiq avvalgidek soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Kapital qiymatining oʻsishidan olinadigan daromadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentining 6-moddada koʻrsatilgan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan koʻchmas mulkni begonalashtirishdan oladigan daromadlari ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin, ammo bunday soliq 50 % (ellik foiz) ga kamaytirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ega boʻlgan doimiy muassasasi tijorat mulkining bir qismini tashkil etuvchi koʻchar mulkni begonalashtirishdan olgan yoki bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirishida bemalol foydalanishi mumkin boʻlgan doimiy bazaga taalluqli koʻchar mulkni begonalashtirishdan olgan daromadlari, jumladan ana shu doimiy muassasani (alohida yoki korxona bilan birgalikda) yoki shunday doimiy bazani begonalashtirishdan olgan daromadlari ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin, ammo bunday soliq (50%ga) ellik foizga kamaytirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Davlat korxonasining xalqaro tashishlarda foydalanadigan dengiz, havo kemalari yoki yoʻl transporti vositalarini begonalashtirishdan yoki shunday dengiz, havo kemalari yoki yoʻl transporti vositalaridan foydalanishga taalluqli boʻlgan koʻchar mulkni begonalashtirishdan oladigan daromadlari faqat ana shu Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 1-, 2- va 3-bandlarda sanab oʻtilmagan har qanday boshqa mulkni begonalashtirishdan olinadigan daromadlar faqat mulkni begonalashtiruvchi shaxs rezidenti boʻlgan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Mustaqil shaxsiy xizmatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentining kasbiy xizmatlar yoki mustaqil tarzdagi boshqa faoliyatdan olgan daromadlari faqat shu Davlatda soliqqa tortiladi, qachonki bunday daromadning agar u oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun boshqa Ahdlashuvchi Davlatda muntazam qulay boʻlgan doimiy bazaga ega boʻlib, shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi hollari bundan mustasno; bunday holatda boshqa Davlatda faqatgina ana shu doimiy bazaga taalluqli boʻlgan qismigina soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Kasbiy xizmatlar” atamasi, xususan mustaqil ilmiy, adabiy, badiiy, taʼlim va oʻqituvchilik faoliyatlarini, shuningdek shifokorlar, yuristlar, muhandislar, meʼmorlar, stomatologlar va buxgaltyerlarning mustaqil faoliyatini qamrab oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Yollanma shaxsiy xizmatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 16-, 18- va 19-moddalarning qoidalarini hisobga olgan holda, bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentining yollanma ishga nisbatan oladigan ish haqi va shunga oʻxshash boshqa taqdirlash haqlari, agar yollanma ish boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshirilmayotgan boʻlsa, faqat ana shu Davlatda soliqqa tortiladi. Agar shaxsiy xizmatlar shu tarzda bajariladigan boʻlsa, unda shu munosabat bilan olingan taqdirlash haqlari ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 1-band qoidalariga qaramay, bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshiradigan yollanma ishga nisbatan oladigan taqdirlash haqlari faqat birinchi eslatilgan Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) oluvchi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda koʻrib chiqilayotgan moliya yilida boshlanadigan yoki tugaydigan har qanday koʻrib chiqilayotgan oʻn ikki oylik davr doirasida jami 183 kundan oshmaydigan davr yoki davrlar mobaynida boʻlib tursa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) taqdirlash haqlari boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlmagan yollovchi tomonidan yoki yollovchi nomidan toʻlanadigan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) taqdirlash haqlari boʻyicha xarajatlarni yollovchi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ega boʻlgan doimiy muassasa yoki doimiy baza oʻz zimmasiga olmasa,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu moddaning yuqoridagi qoidalariga qaramay, Ahdlashuvchi Davlat korxonasi tomonidan xalqaro tashishlarda foydalaniladigan dengiz, havo kemalari bortida yoki yoʻl transporti vositalarida amalga oshiriladigan yollanma ishga nisbatan oladigan taqdirlash haqlari faqat ana shu Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ahdlashuvchi Davlatning fuqarosi boʻlgan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatning bosh milliy aviatashuvchi idorasi tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda tayinlangan jismoniy shaxs ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda uning taqdirlash haqlaridan undiriladigan soliqdan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda
Direktorlar gonorarlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direktorlarning gonorarlari va bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentining boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlgan kompaniya Direktorlar kengashi yoki uning shunga oʻxshash boshqa idoralarning aʼzosi sifatida oladigan shu kabi boshqa toʻlovlari faqat ana shu birinchi eslatib oʻtilgan Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda
Sanʼat xodimlari va sportchilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 14- va 15-moddalarning qoidalariga qaramay, bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentining teatr, kino, radio yoki televideniye artisti yoki musiqachi kabi sanʼat xodimi sifatida yoki sportchi sifatida boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshirayotgan shaxsiy faoliyatidan oladigan daromadlari ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qachonki, sanʼat xodimi yoki sportchining amalga oshiradigan shaxsiy faoliyatidan olinadigan daromadi sanʼat xodimi yoki sportchining oʻziga emas, balki boshqa shaxsga yozilgan holatda, bu daromad 7-, 14- va 15-moddalarning qoidalariga qaramay, sanʼat xodimi yoki sportchi faoliyat koʻrsatayotgan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 1- va 2-bandlarning qoidalari sanʼat xodimi yoki sportchi tomonidan Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshiriladigan faoliyatdan olingan daromadlarga, agarda bu Davlatga boʻladigan tashrif boshqa Ahdlashuvchi Davlatning jamoat jamgʻarmalari, jumladan maʼmuriy-hududiy boʻlinma, mahalliy hokimiyat idorasi tomonidan toʻliq mablagʻ bilan taʼminlansa, taalluqli boʻlmaydi. Bunday holatda bunday daromad faqatgina sanʼat xodimi yoki sportchi rezident boʻlgan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda
Nafaqa va annuitetlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 19-moddaning 2-bandi qoidalarini hisobga olib, Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga avvalgi yollanma ish uchun tovon sifatida toʻlanadigan nafaqa va boshqa shunga oʻxshash taqdirlash haqlari hamda annuitetlar faqat ana shu Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu moddada qoʻllanilganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “nafaqa va boshqa shunga oʻxshash taqdirlash haqlari” atamasi boʻshagandan soʻng yollash boʻyicha avvalgi ishni qoplab berish uchun qilingan yoki oxirgi yollash boʻyicha ish sababli olingan jarohat uchun tovon sifatidagi toʻlov yoʻli bilan olinadigan davriy toʻlovlarni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “annuitet” atamasi belgilangan muddatda davriy ravishda toʻlanadigan davriy toʻlovlarni yoki shunday toʻlovlarni toʻlash majburiyatiga muvofiq, maʼlum yoki belgilangan davr mobaynida pul yoki pul qiymatida qoplab berish evaziga jismoniy shaxsga hayoti mobaynida toʻlanadigan belgilangan summani anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda
Hukumat xizmati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. a) Ahdlashuvchi Davlat yoki uning maʼmuriy-hududiy boʻlinmasi yohud mahalliy hokimiyat organlari tomonidan shu Ahdlashuvchi Davlatga yoki uning maʼmuriy-hududiy boʻlinmasi yohud mahalliy hokimiyat organlariga koʻrsatgan xizmatlariga nisbatan jismoniy shaxsga toʻlanadigan ish haqi, maosh va shunga oʻxshash taqdirlash haqlari, nafaqa bundan mustasno, faqat ana shu Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) biroq, bunday ish haqi, maosh va shunga oʻxshash taqdirlash haqlari faqat boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi, agar xizmatlar ana shu Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshirilsa va jismoniy shaxs shu Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) ana shu Ahdlashuvchi Davlatning fuqarosi boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) faqat shunday xizmat koʻrsatish uchungina shu Davlatning rezidenti boʻlgan boʻlmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. a) Ahdlashuvchi Davlat yoki maʼmuriy-hududiy boʻlinmasi yohud mahalliy hokimiyat idoralari tomonidan yoki ular tuzgan jamgʻarmalar tomonidan shu Ahdlashuvchi Davlatga yoki maʼmuriy-hududiy boʻlinmasi yohud uning mahalliy hokimiyat idorasiga koʻrsatilgan xizmatlarga nisbatan toʻlanadigan har qanday nafaqa faqat ana shu Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) biroq, agar jismoniy shaxs ana shu Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti va fuqarosi boʻlsa, bunday nafaqa boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 15-, 16- va 18-moddalarning qoidalari Ahdlashuvchi Davlat yoki maʼmuriy-hududiy boʻlinmasi yohud uning mahalliy hokimiyat idoralari tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati munosabati bilan koʻrsatiladigan xizmatlarga nisbatan toʻlanadigan maosh, ish haqi va shunga oʻxshash taqdirlash haqlari va nafaqalarga nisbatan qoʻllaniladi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda
Talaba va stajorlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Davlatlardan biriga kelgunga qadar bevosita boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti hisoblanib turgan yoki boʻlgan va birinchi - eslatilgan Davlatda faqatgina oʻqish yoki maʼlumot olish maqsadidagina yashab turgan talaba yoki stajorning yashashi, oʻqishi va maʼlumot olishi uchun moʻljallangan toʻlovlar ana shu Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda
Boshqa daromadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Davlat rezidentining ushbu Bitimning oldingi moddalarida aytib oʻtilmagan daromad turlari, daromadning qayerda paydo boʻlishidan qatʼi nazar, faqat ana shu Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22- modda
Kapital
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuv Davlatlardan birining rezidentiga tegishli boʻlgan, 6-moddada eslatib oʻtilgan koʻchmas mulkdan iborat boʻlgan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan kapital ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Koʻchar mulkdan iborat boʻlib, bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ega boʻlgan doimiy muassasasi tijorat mulkining bir qismini tashkil etuvchi yoki bir Ahdlashuvchi Davlatning boshqa Ahdlashuvchi Davlatda mustaqil shaxsiy xizmatlar koʻrsatish maqsadida foydalanishi mumkin boʻlgan doimiy bazaga tegishli koʻchar mulkdan iborat boʻlgan kapitali ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Davlat korxonasi tomonidan xalqaro tashishlarda foydalaniladigan kema, samolyot va yoʻl transporti vositalari tarzidagi va shunday kema, samolyot va yoʻl transporti vositalaridan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan koʻchar mulk tarzidagi kapital faqat shu Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ahdlashuvchi Davlat rezidenti kapitalining boshqa barcha elementlari faqat shu Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda
Ikki yoqlama soliqqa tortishni bartaraf etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har qaysi Ahdlashuvchi Davlatning amaldagi qonunchiligi Ahdlashuvchi Davlatda amalda boʻlgan soliqqa tortishga nisbatan qoʻllanishda davom etadi, qachonki, qoidalari ushbu Bitimda koʻzda tutilganga nisbatan qarama- qarshi kelgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kelishib olindiki, ikki yoqlama soliqqa tortish ushbu moddaning quyidagi bandlariga asosan bartaraf etilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) a) Quvaytga nisbatan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qachonki, Quvayt rezidenti ushbu Bitimning qoidalariga muvofiq Oʻzbekistonda va Quvaytda soliqqa tortilishi mumkin boʻlgan daromad olsa, yoki mulkka ega boʻlsa, Quvayt rezidentning Oʻzbekistonda soliqqa tortiladigan daromad soligʻiga teng miqdorni daromad soligʻi summasidan va shu rezidentning shunday kapital soligʻidan chegirma sifatida Oʻzbekistonda toʻlangan kapital soligʻiga teng miqdorni chegirib tashlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har qanday holatda ham bunday chegirmalar, ushbu holatdagi daromadga yoki mulkka taalluqli chegirmagacha hisoblab chiqilgan, vaziyatga bogʻliq ravishda Oʻzbekistonda soliqqa tortilishi mumkin boʻlgan daromad yoki kapital soligʻi qismidan oshib ketmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekistonga nisbatan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qachonki, Oʻzbekiston rezidenti ushbu Bitimning qoidalariga muvofiq, Quvaytda soliqqa tortilishi mumkin boʻlgan daromad olsa yoki mulkka ega boʻlsa, Oʻzbekiston:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ushbu rezidentning daromad soligʻidan Quvaytda toʻlangan daromad soligʻiga teng miqdorni chegirib tashlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ushbu rezidentning mol-mulk soligʻidan Quvaytda toʻlangan mol-mulk soligʻiga teng miqdorni chegirib tashlashga ruxsat berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har qanday holatda ham bunday chegirmalar, ushbu holatdagi daromadga yoki mulkka taalluqli chegirmagacha hisoblab chiqilgan, vaziyatga bogʻliq ravishda Quvaytda soliqqa tortilishi mumkin boʻlgan daromad yoki mol-mulk soligʻi qismidan oshib ketmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) Ushbu kichik bandning 1 bandi maqsadlari uchun 2-moddaning 3-bandi a) kichik bandida eslatib oʻtilgan Zakot daromad soligʻi sifatida qaraladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qachonki, soliq miqdori Ahdlashuvchi Davlatning ichki qonunchiligi bilan taqdim etiladigan belgilangan maxsus imtiyozli tadbirlarga muvofiq, soliqqa tortishdan ozod etilsa yoki kamaytirilsa, bunda u Ahdlashuvchi Davlatda toʻlangan deb hisoblanadi va u boshqa Ahdlashuvchi Davlat soligʻidan chegirib tashlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda
Kamsitmaslik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Jismoniy shaxs — bir Ahdlashuvchi Davlatning fuqarosi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda jismoniy shaxs — boshqa Ahdlashuvchi Davlat fuqarolariga ayni bir xil sharoitlarda solinishi mumkin boʻlganidan ortiq har qanday soliq yoki unga aloqador majburiyatlarga, soliqqa tortishdan koʻra mushkulroq yoki unga aloqador holatlarga duchor qilinmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ega boʻlgan doimiy muassasasini soliqqa tortish ushbu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda aynan shunday faoliyatni bunday vaziyatda amalga oshiruvchi uchinchi davlat korxonalarini soliqqa tortishdan koʻra yomonroq boʻlmaydi. Ushbu qoida bir Ahdlashuvchi Davlatni boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentini soliqqa tortish maqsadlarida oʻz rezidentlariga ularning fuqarolik mavqeyi yoki oilaviy sharoiti asosida beradigan har qanday shaxsiy soliq imtiyozlari, kamaytirish va chegirmalar berishga majburlovchi tarzda talqin qilinmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. a) Oʻzbekistonga nisbatan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kapitali toʻliq yoki qisman yohud bevosita yoki bilvosita boshqa Ahdlashuvchi Davlatning bir yoki bir necha rezidentlariga tegishli boʻlib, nazorat qilinayotgan Ahdlashuvchi Davlat korxonasi birinchi eslatilgan Davlatning shunday korxonalariga solinadigan yoki solinishi mumkin boʻlgan har qanday soliq solish yoki unga aloqador majburiyatlarga, boshqa yoki soliq solishdan koʻra mushkulroq va u bilan bogʻliq boʻlgan majburiyatlarga duchor qilinmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Quvaytga nisbatan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kapitali toʻliq yoki qisman yohud bevosita yoki bilvosita boshqa Ahdlashuvchi Davlatning bir yoki bir necha rezidentlariga tegishli boʻlib nazorat qilinayotgan Ahdlashuvchi Davlat korxonasi birinchi eslatilgan Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortish obyekti hisoblangan, kapitali toʻliq yoki qisman yohud bevosita yoki bilvosita har qanday uchinchi tomonning bir yoki ber necha rezidentlariga tegishli boʻlgan yoki nazorat qilinayotgan shu kabi korxonalariga solinadigan yoki solinishi mumkin boʻlgan har qanday soliq solish yoki unga aloqador majburiyatlarga, boshqa yoki soliq solishdan koʻra mushkulroq va u bilan bogʻliq boʻlgan majburiyatlarga duchor qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu moddadagi hech bir narsa Ahdlashuvchi Davlatga boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentlariga birinchi eslatib oʻtilgan Ahdlashuvchi Davlat tomonlardan biri boʻlishi mumkin boʻlgan bojxona ittifoqlari, iqtisodiy ittifoqlar, erkin savdo zonasi yoki har qanday mintaqaviy yohud ichki mintaqaviy tuzilmalar tashkil etish orqali toʻliq yoki asosan soliqqa tortish yohud kapital harakati bilan bogʻliq boʻlgan va uchinchi davlatga yoki uning rezidentlariga berilishi mumkin boʻlgan har qanday shartnomaning foydasi, pereferensiya yoki imtiyozlarni berish boʻyicha yuridik majburiyatlarni yuklash tarzida talqin qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu moddadagi “soliqqa tortish” atamasi ushbu Bitimda qoʻllaniladigan soliqlarni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda
Oʻzaro kelishuv protsedurasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar shaxs Ahdlashuvchi Davlatlardan biri yoki har ikkalasining faoliyati unga ushbu Bitimda nazarda tutilganiga muvofiq kelmaydigan soliqqa tortishga olib keladi yoki olib kelishi mumkin deb hisoblasa, u ushbu davlatlarning ichki qonunchiligida nazarda tutilgan himoya vositalaridan qatʼiy nazar, oʻz arizasini oʻzi rezident boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organiga yoki, agarda uning holati Bitimning 25-moddasi 1-bandiga muvofiq kelsa, oʻzi fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organiga taqdim etishi mumkin. Bu ariza ushbu Bitim qoidalariga nomuvofiq soliqqa tortishga olib keluvchi xatti-harakatlar toʻgʻrisida birinchi bor bildirilgan vaqtdan boshlab uch yil mobaynida berilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vakolatli organ eʼtirozini asosli deb topsa, va uning oʻzi qoniqtiradigan qarorga kela olmasa, masalani ushbu Konvensiyaga muvofiq kelmaydigan soliqqa tortishni bartaraf etish maqsadida, boshqa Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organi bilan oʻzaro kelishib hal etishga harakat qiladi. Erishilgan har qanday kelishuv Ahdlashuvchi Davlatlar ichki qonunchiligidagi har qanday vaqtincha cheklashlarga qaramay bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari ushbu Bitimni talqin qilish yoki qoʻllashda yuzaga keladigan har qanday qiyinchilik va ikkilanishlarni oʻzaro kelishuv boʻyicha hal qilishga harakat qiladilar. Ular shuningdek Bitimda koʻzda tutilmagan hollarda ikki yoqlama soliqqa tortishni bartaraf etish uchun bir-birlari bilan maslahatlashishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari oldingi bandlar maʼnosida hamfikrlikka erishish maqsadida, bir-birlari bilan bevosita aloqada boʻlib turishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda
Axborot almashish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari ushbu Bitim qoidalarini yoki Ahdlashuvchi Davlatlarning ushbu Bitim qamrab oladigan soliqlariga tegishli boʻlgan ichki qonunchiligini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan axborot bilan bu qonunchilik boʻyicha soliqqa tortish Bitimga zid tushmaydigan darajada almashib turadilar. Ahdlashuvchi Davlat olgan har qanday axborot, ushbu Ahdlashuvchi Davlatning ichki qonunlariga muvofiq olingan maʼlumot kabi maxfiy hisoblanadi, va faqat aniqlash yoki undirish, majburiy undirish yoki sud orqali taʼqib etish bilan yoki ushbu Bitim tatbiq etiladigan soliqlarga nisbatan apellatsiyalarni koʻrib chiquvchi shaxslar yoki organlargagina, jumladan sudlar va maʼmuriy idoralarga ham ochiladi. Bu shaxslar yoki organlar axborotdan faqat shunday maqsadlarda foydalanadilar. Ular ushbu axborotni ochiq sud majlisida yoki yuridik qarorlar qabul qilish chogʻida ochishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Hech qanday holatda ushbu moddaning 1 -bandi qoidalari Ahdlashuvchi Davlatlardan birini quyidagilarga majburlovchi tarzda talqin qilinmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) u yoki bu Ahdlashuvchi Davlatlar qonunchiligi yoki odatdagi maʼmuriy amaliyotiga zid maʼmuriy choralar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) u yoki bu Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligiga koʻra yoki odatdagi maʼmuriy amaliyoti davomida olinishi mumkin boʻlmagan axborotni taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) savdo, tadbirkorlik, sanoat, tijorat yoki kasb siri yohud savdo jarayonini ochib tashlovchi axborotni yoki ochilishi davlat siyosatiga (jamoat tartibiga) zid keluvchi axborotni taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda
Har xil qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitimning qoidalari hozirgi paytda yohud kelgusida har qanday koʻrinishdagi istisno tariqasida ozod etish, chegirmalar, hisobga olish yoki boshqa imtiyozlarni cheklovchi sifatida qaralmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Davlat qonunchiligi bilan shu Davlat tomonidan undiriladigan soliqlarni aniqlashda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Ahdlashuvchi Davlatlar oʻrtasida iqtisodiy yoki texnik hamkorlik munosabati bilan soliqqa tortish boʻyicha boshqa har qanday maxsus qoidalar bilan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlatlarning vakolatli organlari ushbu Bitimning qoidalarini ijro etish tartiblarini belgilashlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda
Diplomatik missiya va konsullik muassasalari aʼzolari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimning hech bir qoidasi diplomatik missiya va konsullik muassasalari yoki xalqaro tashkilotlar aʼzolarining xalqaro huquqning umumiy meʼyorlariga yoki maxsus bitimlarning qoidalariga muvofiq belgilab qoʻyilgan soliq imtiyozlariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda
Kuchga kirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlatlarning har biri ushbu Bitimning kuchga kirishi uchun konstitutsiyaviy protseduralar toʻgʻrisida bir-birlariga diplomatik kanallar orqali xabar beradilar. Ushbu Bitim bunday soʻnggi xabarnoma berilgan sanadan boshlab kuchga kiradi va uning qoidalari har ikki Ahdlashuvchi Davlatda quyidagilarga nisbatan qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ushbu Bitim kuchga kiradigan yildan bevosita keyingi taqvimiy yilning birinchi yanvaridan boshlab yoki shu sanadan keyin olingan daromad manbalaridan undiriladigan soliqlarga nisbatan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ushbu Bitim kuchga kiradigan yildan keyingi taqvimiy yilning birinchi yanvaridan boshlab yoki shu sanadan keyingi har bir soliq yili uchun undiriladigan boshqa soliqlarga nisbatan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda
Davomiyligi va amal qilishning toʻxtatilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim besh yil muddat mobaynida amal qiladi va Ahdlashuvchi Davlatlardan biri ushbu Bitimning amal qilishini toʻxtatish niyati toʻgʻrisida oldingi yoki keyingi muddatning tutashiga olti oy qolgunga qadar diplomatik kanallar orqali yozma ravishda boshqa Davlatni xabardor etmasa, keyingi xuddi shunday davr yoki davrlarda amal qilishni davom etadi. Bunday holatda Bitim har ikkala Davlatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) amal qilishni toʻxtatish toʻgʻrisida xabarnoma berilgan yildan keyingi taqvimiy yilning birinchi yanvaridan boshlab yoki shu sanadan keyin olinadigan daromad manbalaridan undiriladigan soliqlarga nisbatan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) amal qilishni toʻxtatish toʻgʻrisida xabarnoma berilgan yildan keyingi taqvimiy yilning birinchi yanvaridan boshlab yoki shu sanadan keyingi soliq yillari uchun undiriladigan boshqa soliqlarga nisbatan amal qilishni toʻxtatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbuni tasdiqlagan holda, ikkala Davlatning vakolatlanganlari ushbu Bitimni imzoladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Al-Quvayt shahrida 2004-yil 19-yanvarda, hijriy 1424 yil 27 zulqidada, ikki asl nusxada, oʻzbek, arab va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Kelishmovchiliklar yuzaga kelgan hollarda ingliz tilidagi matn asosiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)