Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
XALQARO SHARTNOMALARNI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Tasdiqlansin:
2004-yil 19-yanvar kuni Al-Kuvayt shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Kuvayt Davlati Hukumati oʻrtasida savdo, iqtisodiy, ilmiy va texnikaviy hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim;
2004-yil 19-yanvar kuni Al-Kuvayt shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Kuvayt Davlati Hukumati oʻrtasida investitsiyalarni ragʻbatlantirish va oʻzaro himoya qilish toʻgʻrisidagi Bitim;
2004-yil 19-yanvar kuni Al-Kuvayt shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Kuvayt Davlati Hukumati oʻrtasida ikki yoqlama soliqqa tortishning oldini olish hamda daromad va kapital soliqlarini toʻlashdan bosh tortishni bartaraf etish toʻgʻrisidagi Bitim;
2004-yil 19-yanvar kuni Al-Kuvayt shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Kuvayt Davlati Hukumati oʻrtasida havo qatnovi toʻgʻrisidagi Bitim;
2004-yil 19-yanvar kuni Al-Kuvayt shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Kuvayt Davlati Hukumati oʻrtasida jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim.
2. Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi toʻgʻrisida tegishli bildirishnoma yuborsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari va tegishli vazirliklar va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 19-fevral,
78-son