19.01.2004 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATI BILAN QUVAYT DAVLATI HUKUMATI OʻRTASIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Havo qatnovi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Quvayt Davlati Hukumati, bundan keyin Ahdlashuvchi Tomonlar deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Quvayt Davlati oʻrtasida havo qatnovining rivojlanishini ragʻbatlantirish va bu sohada mumkin qadar xalqaro hamkorlik chora-tadbirlarini qoʻllab-quvvatlash istagida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur havo qatnovlariga 1944-yil 7-dekabrda Chikago shahrida imzolash uchun ochilgan Xalqaro fuqaro aviatsiyasi toʻgʻrisida Konvensiya va Xalqaro tranzit havo qatnovlari toʻgʻrisida Bitimning tamoyil va qoidalarini qoʻllash istagida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Atamalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Bitim matni oʻzga maʼnoni talab qilmasa, ushbu Bitim maqsadlarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “KONVENSIYA” atamasi 1944-yilning 7-dekabrida Chikago shahrida imzolash uchun ochilgan Xalqaro fuqaro aviatsiyasi toʻgʻrisida Konvensiyani anglatadi va Ahdlashuvchi Tomonlar qay darajada eʼtirof etishiga qarab, Konvensiyaning 90-moddasiga muvofiq qabul qilingan har qanday ilovani, shuningdek Konvensiyaning 90-va 94-moddalariga binoan Konvensiyaga yoki uning Ilovalariga kiritilgan har qanday tuzatishni oʻz ichiga oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “AVIATSIYA MAʼMURLARI”— Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan — Fuqaro Aviatsiyasi Bosh Direktorini va Quvayt Davlatiga nisbatan — Fuqaro aviatsiyasi Bosh Direktoratini anglatadi yoki har ikki holda yuqorida qayd etilgan maʼmurlar tomonidan bajarilayotgan vazifalarni amalga oshirish vakolati berilgan boshqa shaxs yoki agentlikni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) “TAYINLANGAN AVIAKORXONA”— ushbu Bitimning 3-moddasiga muvofiq bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonni yozma ravishda xabardor etgan holda mazkur Bitimning 2-moddasiga koʻra kelishilgan havo qatnovlarini amalga oshirish uchun tayinlagan aviatsiya korxonasini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) “HUDUD”, “HAVO QATNOVI”, “XALQARO HAVO QATNOVI” va “NOTIJORIY MAQSADLARDA TOʻXTASh” atamalari ushbu Bitim maqsadlarida Konvensiyaning 2- va 96-moddalarida mazkur atamalarga nisbatan belgilangan maʼnolarni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) “HAJM” atamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I) havo kemasiga nisbatan — mazkur havo kemasining yoʻnalishi boʻylab yoki yoʻnalishning maʼlum bir qismidagi yuk olish quvvatini anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II) belgilangan havo qatnoviga nisbatan— shunday qatnovda foydalanilayotgan havo kemasining hajmini maʼlum bir vaqt mobaynida yoʻnalish boʻylab yoki uning maʼlum bir qismi boʻyicha amalga oshirgan parvozlarning takroriyligiga koʻpaytirish tufayli kelib chiqqan hajmni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) “TARIF” atamasi agentlik xizmati va qoʻshimcha xizmatlar shartlarini oʻz ichiga olgan yoʻlovchilar, yoʻlovchilar yukini va yuklarni tashish uchun toʻlanadigan qiymatni hamda ana shu qiymatlarni qoʻllash shartlarini, biroq pochtani tashish shartlari va unga toʻlanadigan vositachilik haqlari bundan mustasnodir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) “PARVOZLAR JADVALI” atamasi mazkur Bitim ilovasiga kiritilgan yoʻnalishlar jadvali yoki ushbu Bitimning 15-moddasi 3-bandi shartlariga muvofiq kiritilgan ilovani anglatadi. Parvozlar jadvali mazkur Bitimning ajralmas qismini tashkil etadi va agar boshqa biron-bir kelishuvga erishilmagan boʻlsa, Bitimga murojaat qilingan har qanday vaziyatda parvozlar jadvali ham nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2- modda
Huquqlar va imtiyozlarni berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri boshqa Ahdlashuvchi Tomonga uning tayinlangan aviakorxonasi ushbu Bitimda keltirilgan Parvozlar jadvalining tegishli qismida belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha xalqaro havo qatnovlarini oʻrnatish va amalga oshirish maqsadida ushbu Bitimda koʻrsatib oʻtilgan huquqlarni beradi (bundan keyin tegishli ravishda “KELIShILGAN QATNOVLAR” va “BELGILANGAN YOʻNALIShLAR” deb yuritiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Ushbu Bitimning shartlariga muvofiq har bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha kelishilgan havo qatnovlarini amalga oshirish chogʻida quyida keltirilgan imtiyozlardan foydalanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlatining hududidan qoʻnmasdan uchib oʻtish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) koʻrsatib oʻtilgan hududda notijoriy maqsadlarda toʻxtash; va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) koʻrsatib oʻtilgan hududda Parvozlar jadvalida belgilangan yoʻnalishdagi manzil yoki manzillarda xalqaro yoʻlovchilar, pochta va yukni olish hamda tushirish maqsadida toʻxtash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Ushbu moddaning 2-bandida keltirilgan hech qaysi qoida bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonalariga haq evaziga yoki yollanish yoʻli bilan havo kemasiga boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududidagi bir manzildan ikkinchi manzilgacha boruvchi yoʻlovchilar, yuk va pochta olish huquqini beradi deb qaralmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Tayinlash va ruxsatnoma berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha kelishilgan qatnovlarini istalgan vaqtda amalga oshirishni boshlash mumkin, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2-moddada koʻrsatib oʻtilgan huquqlar berilgan Ahdlashuvchi Tomon yozma ravishda aviakorxonani tayinlagan boʻlsa, va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mazkur huquqlarni beruvchi Ahdlashuvchi Tomon tayinlangan aviakorxonaga havo qatnovlarini amalga oshirish uchun ruxsatnomalarni bergan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Mazkur huquqlarni beruvchi Ahdlashuvchi Tomon ushbu moddaning 3- va 4-bandlari qoidalariga muvofiq kelishilgan qatnovlarini amalga oshirish uchun koʻrsatib oʻtilgan ruxsatnomani kechiktirmasdan beradi, basharti, mazkur Bitimning 13-moddasi qoidalariga muvofiq kelishilgan qatnovlar uchun tarif belgilangan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasidan shu Ahdlashuvchi Tomon xalqaro havo qatnovlarini amalga oshirish chogʻida Konvensiya qoidalariga muvofiq odatda va oqilona qoʻllaydigan qonunlar va qoidalardan kelib chiqqan shartlarni bajarishga qodir ekanligini isbotlashni talab qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasidan aviakorxonaga ustunlik bilan egalik qilish va uning faoliyati ustidan haqiqiy nazoratni olib borish huquqi aviakorxonani tayinlagan Ahdlashuvchi Tomonga yoki uning fuqarolariga yoxud tashkilotlariga tegishli ekanligini isbotlovchi dalillarga ega boʻlmagan har qanday holda ushbu Bitimning 2-moddasida koʻrsatilgan huquqlardan foydalanishni rad etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Bekor qilish, cheklash va shartlarni qoʻyish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga ushbu Bitimning 2-moddasida keltirilgan huquqlardan foydalanishni toʻxtatib qoʻyish yoki, basharti, aviakorxona mazkur huquqlarni bergan Ahdlashuvchi Tomonning qonun va qoidalariga rioya qilmayotgan boʻlsa, yoxud mazkur Bitim qoidalariga muvofiq havo qatnovlarini amalga oshirmayotgan boʻlsa, mazkur aviakorxona huquqlardan foydalanish jarayonida oʻzi zarur deb bilgan shartlarning bajarilishini talab qilish huquqiga ega boʻladi. Agar ruxsatnomadan foydalanishni darhol bekor qilish yoki shartlarning bajarilishini talab qilish bundan buyon qonunlar va qoidalar buzilishining oldini olish uchun zarur deb topilsa, yoki aviatsiya xavfsizligi manfaatida boʻlsa, mazkur huquqdan foydalanish faqat boshqa Ahdlashuvchi Tomon bilan maslahatlashuv oʻtkazilgandan soʻng amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Bir Ahdlashuvchi Tomon ushbu moddaga muvofiq chora-tadbir koʻrgan taqdirda, ikkala Ahdlashuvchi Tomonning boshqa huquqlariga ziyon yetkazilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Aeroport va xizmatlar uchun toʻlovlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir Ahdlashuvchi Tomonning hududida boshqa Ahdlashuvchi Tomon tayinlangan aviakorxonasining havo kemalariga aeroportlar va boshqa aviatsiya xizmatlaridan foydalanganlik uchun toʻlovlar mazkur Ahdlashuvchi Tomon milliy aviakorxonasining shu kabi xalqaro havo qatnovlarida mashgʻul boʻlgan milliy aviakorxona havo kemasiga belgilanadigan toʻlovlar qiymatidan yuqori boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Bojxona bojlari va boshqa toʻlovlardan ozod qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Ahdlashuvchi Tomonlardan birining tayinlangan aviakorxonasining xalqaro havo qatnovlarini amalga oshirayotgan havo kemalari, shuningdek havo kemasining sahnida boʻlgan ularning mol-mulki, ehtiyot qismlari, yoqilgʻi va moylash ashyolari hamda kema zaxiralari (oziq-ovqat, ichimliklar va tamaki mahsulotlarini oʻz ichiga olgan holda) boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududiga kirgan chogʻida barcha bojxona bojlari, nazorat yigʻimlari va boshqa soliqlar hamda toʻlovlardan ozod qilinadi, basharti, bunday mol-mulk va zaxiralar ularni olib chiqib ketilgunga qadar havo kemasining sahnida saqlanib tursa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Har bir Ahdlashuvchi Tomoning hududiga boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi tomonidan olib kirilgan yoki shunday tayinlangan aviakorxona havo kemasi sahnidagi faqat xalqaro havo qatnovini amalga oshirish chogʻida ishlatish uchun moʻljallangan yoqilgʻi zaxiralari, moylash ashyolari, ehtiyot qismlar, roʻyxatdagi mol-mulk va kema zaxiralari boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida, basharti, mazkur zaxiralar Ahdlashuvchi Tomonning hududi ustidan amalga oshiriladigan havo qatnovi vaqtida ishlatish uchun moʻljallangan taqdirda ham, bojxona bojlari va nazorat yigʻimlarini oʻz ichiga olgan holda, barcha davlat soliqlari va toʻlovlaridan ozod qilinadi. Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan ashyolar bojxona nazorati yoki kuzatuvi ostiga olinishi talab qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Har bir Ahdlashuvchi Tomonning havo kemasi sahnida saqlanayotgan roʻyxatdagi doimiy moslamalar, ehtiyot qismlar, kema zaxiralari va yoqilgʻi hamda moylash ashyolari boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududida faqat shu boshqa Ahdlashuvchi Tomon bojxona maʼmurlarining ruxsati bilangina tushirilishi mumkin, mazkur maʼmurlar bu ashyolarni ular qaytadan olib chiqib ketilgunga yoki bojxona qoidalariga muvofiq boshqa qarorini topguniga qadar nazorat yoki kuzatuv ostiga olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Oʻzaro teng huquqlilik asosida bir Ahdlashuvchi Tomon tayinlangan aviakorxonasi tomonidan yoki uning agentlari tomonidan faqat havo kemalari va uning yoʻlovchilariga xizmat koʻrsatish maqsadida boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududiga olib kirgan aviachiptalar, reklama mahsulotlari, aviakorxona hujjatlari va bagaj birkalari ham bojxona bojlari va soliqlaridan ozod qilinadi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Moliyaviy shartlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga Ahdlashuvchi Tomonlar qoʻllaydigan valyuta ayirboshlash qoidalariga muvofiq, rasmiy almashuv kursida shu boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi birinchi Ahdlashuvchi Tomon hududida yoʻlovchilar, ularning yuklari, pochta va yuk tashishdan tushgan daromadlarning xarajatlardan ortgan foyda qismini erkin muomaladagi valyutada oʻtkazish huquqini beradi. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida toʻlovlar tizimini tartibga keltiradigan maxsus bitim boʻlgan taqdirda, ushbu maxsus bitim qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Har bir Ahdlashuvchi Tomon mazkur modda qoidalarining qoʻllanilishi uchun oʻz qonunlari doirasida zaruriy boʻlgan barcha tegishli chora-tadbirlarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Texnik va tijoriy vakolatxona
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi boshqa Ahdlashuvchi Tomonning kirish, yashash va ishlash huquqiga oid qonun va qoidalari asosida boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududiga havo qatnovini amalga oshirish uchun zaruriy boʻlgan oʻzining boshqaruv, texnik, ishchi xodimlari va boshqa maxsus xodimlarini olib kelish va ushlab turish huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Har bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududida havo tashuvlarini bevosita yoki agentlar orqali sotish huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Kirish va rasmiylashtirish qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Bir Ahdlashuvchi Tomonning uning havo kemasidagi yoʻlovchilar, ekipaj aʼzolari yoki yukiga nisbatan qoʻllanadigan (kirish, rasmiylashtirish, immigratsiya, pasport, bojxona va karantin singari) amaldagi qonun va qoidalari boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasining havo kemalaridagi yoʻlovchilar, ekipaj aʼzolari va yukka nisbatan ular oʻsha Ahdlashuvchi Tomonning hududida boʻlganida qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Ahdlashuvchi Tomon hududidan tranzit orqali oʻtuvchi yoʻlovchilar soddalashtirilgan bojxona va immigratsiya nazoratidan oʻtadilar. Bagaj va yuk toʻgʻri tranzit bilan olib oʻtilayotgan boʻlsa, ular bojxona bojlari, nazorat yigʻimlari va boshqa davlat soliq hamda toʻlovlaridan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Hajm qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Har bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga ushbu Bitimning 2-moddasiga muvofiq ularning tegishli hududlari orqali belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha kelishilgan qatnovlarini amalga oshirish uchun adolatli va teng huquqli shart-sharoitlar yaratib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Ushbu Bitimning 2-moddasiga muvofiq belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha kelishilgan havo qatnovlarini amalga oshirishda Ahdlashuvchi Tomonlardan birining tayinlangan aviakorxonasi aynan shu yoʻnalish boʻyicha yoki uning bir qismida havo qatnovini amalga oshirayotgan boshqa Ahdlashuvchi Tomon tayinlangan aviakorxonasining tashish ishlariga oʻrinsiz ziyon yetkazmaslik nuqtai nazaridan uning manfaatlarini eʼtiborga olishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Tayinlangan aviakorxona tomonidan amalga oshirilayotgan kelishilgan havo qatnovlari aviakorxonani tayinlagan Ahdlashuvchi Tomonning hududiga borayotgan yoki undan joʻnab ketayotgan yoʻlovchilar, pochta va yukni tashishning doimiy va oqilona meʼyordagi talablariga mos keladigan hajmga. javob berish qoidasini oʻzining birinchi oʻrindagi maqsadi qilib belgilab olishi lozim. Har bir Ahdlashuvchi Tomon tayinlangan aviakorxonasining boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududidagi manzillarda uchinchi mamlakatlar hududiga borish uchun moʻljallangan yoki undan kelayotgan xalqaro yoʻlovchilarni havo kemasi sahniga olish yoki tushirish shunday qoʻshimcha shartnomalar qoidalari asosida amalga oshirilishi lozim-ki, bunda hajm:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) aviakorxonani tayinlagan Ahdlashuvchi Tomon hududi va belgilangan yoʻnalishlardagi manzillar oraligʻidagi tashuv talablari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) aviakorxona parvozlari oʻtadigan oʻlkalardagi tashuvga boʻlgan talablar, bunda shu oʻlkalar qamrab oladigan hududida boshqa davlatlar aviakorxonalari amalga oshiradigan havo qatnovlarini inobatga olishi; va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) tranzit havo qatnovlari talablariga bogʻliq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Parvoz jadvalini tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Tayinlangan aviakorxona ushbu Bitimning 2-moddasiga muvofiq belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha kelishilgan havo qatnovlarini amalga oshirishni boshlashdan kamida oʻttiz kun oldin havo qatnovi turini, foydalanish moʻljallangan havo kemasi turi va parvozlar jadvalini tasdiqlash uchun boshqa Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlariga taqdim etishi lozim. Bu qoida, shuningdek parvozlar jadvaliga kiritiladigan oxirgi oʻzgarishlar va yozgi hamda qishki mavsum jadvalidan oldin ham qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Bunday parvozlar jadvalini olgan aviatsiya maʼmurlari odatda mazkur parvozlar jadvalini tasdiqlashi yoki unga oʻzgartirishlar kiritishi mumkin. Biroq, har qanday holda ham, tegishli aviatsiya maʼmurlari parvozlar jadvalini tasdiqlamasdan oldin havo qatnovini boshlamasligi lozim. Mazkur qoida parvozlar jadvaliga kiritiladigan oxirgi oʻzgarishlarga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Axborot va statistika
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari boshqa Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlariga, ularning iltimosiga koʻra, ushbu Bitimning 2-moddasida belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi amalga oshirgan tashuv hajmini koʻzdan kechirish maqsadida soʻragan davriy va boshqa statistik maʼlumotlarni taqdim etadi. Bunday davriy maʼlumot amalga oshirilgan tashuv hajmini aniqlash uchun kerakli boʻlgan barcha maʼlumotni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Tariflarni belgilash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Kelishilgan har qanday havo qatnovlarini amalga oshirish uchun tariflar barcha tegishli omillarni, qatnovni amalga oshirishga ketadigan xarajatlar, foydaning oqilona miqdori, turli yoʻnalishlardagi qatnovlar xarakteristikasi (tezlik va joylashish) hamda boshqa aviakorxonalarning belgilangan yoʻnalishning har qanday qismi uchun belgilagan tariflarni inobatga olib belgilanadi, bu tariflar ushbu moddaning quyidagi qoidalariga muvofiq meʼyorlar darajasida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatib oʻtilgan tariflar, mumkin qadar, tegishli tayinlangan aviakorxonalar oʻrtasida kelishuv asosida belgilangan har qaysi yoʻnalish uchun alohida belgilanadi, lozim boʻlgan taqdirda mazkur yoʻnalishning maʼlum bir qismida yoki yoʻnalish boʻylab qatnovni amalga oshirayotgan boshqa aviakorxonalar bilan maslahatlashuv yoʻli bilan belgilanadi va bunday kelishuvga har qachon Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi (IATA) tariflarni belgilash mexanizmi orqali erishish lozim. Shu yoʻl bilan kelishilgan tariflar aviatsiya maʼmurlariga ularni joriy qilish moʻljallangan kundan kamida 90 kun oldin tasdiqlash uchun taqdim qilinadi. Mazkur muddat ayrim hollarda tegishli aviatsiya maʼmurlarining maxsus kelishuvi asosida qisqartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Agar tayinlangan aviakorxonalar mazkur tariflardan istalgan biriga rozi boʻlmasalar yoki biron-bir sababga koʻra mazkur moddaning 2-bandida koʻrsatib oʻtilgan qoidalarga muvofiq kelishuvga erisha olmasalar, Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari oʻzaro kelishuvga koʻra tariflarni belgilashga harakat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Agar Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari mazkur moddaning 2-bandiga muvofiq taqdim qilingan tariflarni tasdiqlash borasida yoki 3-moddaning qoidalariga muvofiq tarifni belgilash borasida biror kelishuvga erisha olmasalar, masala hal qilish uchun ushbu Bitimning 15-modda qoidalariga muvofiq Ahdlashuvchi Tomonlarga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) Ushbu modda qoidalariga muvofiq tarif belgilanguniga qadar amalda boʻlgan tariflar ustuvor hisoblanadi, biroq, amal qilish muddati tugaganidan soʻng mazkur bandga muvofiq tarifning amal qilish muddati 12 oydan uzoq boʻlgan muddatga choʻzilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Aviatsiya xavfsizligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Ahdlashuvchi Tomonlar xalqaro huquqdan kelib chiqadigan oʻz huquq va majburiyatlariga muvofiq gʻayriqonuniy aralashuv xatti-harakatlaridan fuqaro aviatsiyasining xavfsizligini taʼminlashga doir oʻz zimmasiga oladigan oʻzaro majburiyatlari ushbu Bitimning ajralmas qismi ekanligini qaytadan tasdiqlaydilar. Xalqaro huquqqa muvofiq oʻz huquqlari va majburiyatlarining umumiyligini cheklamagan holda, Ahdlashuvchi Tomonlar, chunonchi, 1963-yil 14-sentabrda Tokioda imzolangan havo kemalarida sodir etiladigan jinoyatchilik va boshqa harakatlar toʻgʻrisida Konvensiya, 1970-yil 16-dekabrda Gaagada imzolangan havo kemalarini gʻayriqonuniy ravishda egallab olishga qarshi kurash toʻgʻrisida Konvensiya, 1971-yil 23-sentabrda Monrealda imzolangan Fuqaro aviatsiyasi xavfsizligiga qarshi noqonuniy harakatlarga qarshi kurash toʻgʻrisida Konvensiya hamda har ikki Ahdlashuvchi Tomon aʼzolari boʻlgan aviatsiya xavfsizligi toʻgʻrisida har qanday bitim qoidalariga asosan ish olib boradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Ahdlashuvchi Tomonlar bir-birlarining iltimosiga koʻra havo kemasini gʻayriqonuniy egallab olishning hamda havo kemasiga, undagi yoʻlovchilar va ekipaj aʼzolariga, aeroportlar va qatnovni taʼminlash vositalariga, shuningdek fuqaro aviatsiyasi xavfsizligiga tahdid soluvchi har qanday boshqa gʻayri- qonuniy xatti-harakatlarning oldini olishda bir-birlariga barcha zaruriy yordamni koʻrsatadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Ahdlashuvchi Tomonlar, qoʻllanish darajasiga qarab, oʻzaro munosabatlarida Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti tomonidan belgilangan va Konvensiyaga Ilova qilib kiritilgan aviatsiya xavfsizligi mezonlariga muvofiq ish koʻradilar. Ular asosiy faoliyat joyi yoki doimiy turar joyi oʻz hududlarida joylashgan havo kemalarining foydalanuvchilaridan, boshqaruvchilaridan, oʻz hududlarida joylashgan aeroportlarning maʼmurlaridan bunday aviatsiya xavfsizligining qoidalariga muvofiq ish koʻrishlarini talab qiladilar. Mazkur moddadagi aviatsiya xavfsizligiga murojaat qilingan hol tegishli Ahdlashuvchi Tomon xabar bergan har qanday tafovutni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz hududida havo kemalari, yoʻlovchilar va ularning bagajlari, ekipaj aʼzolari, yuk (qoʻl yuklarini oʻz ichiga olgan holda) va havo kemasi zaxiralari joʻnashidan oldin, rasmiylashtirish va yuklash vaqtida koʻrilayotgan chora-tadbirlar xavf-xatarning oldini olish uchun koʻrilgan chora-tadbir ekanligiga ishontiradilar. Har bir Ahdlashuvchi Tomon ularning tayinlangan aviakorxonasidan boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududiga kirish, chiqish va mazkur hududda boʻlish davrida ushbu moddaning 3-bandida koʻrsatib oʻtilgan aviatsiya xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishini talab qilishga rozilik beradilar. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonning, agar aniq tahdid mavjud boʻlsa, oqilona meʼyorda xavfsizlikni taʼminlash yuzasidan maxsus chora-tadbirlar koʻrishga doir iltimoslariga binoan xayrixohlik bilan harakat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) Agar fuqaro aviatsiyasi havo kemasini egallab olish hodisasi yoki uni tutqunlikda ushlab turish tahdidi mavjud boʻlsa, yoki havo kemasi, undagi yoʻlovchilar va ekipaj aʼzolariga, aeroportlar va qatnovni taʼminlash vositalariga boshqa gʻayriqonuniy xatti-harakatlar bilan tahdid qilinsa, Ahdlashuvchi Tomonlar aloqani yengillashtirish orqali bir-birlariga koʻmak va bunday hodisa yoki tahdidga jadal hamda beshikast barham berish uchun barcha zarur chora-tadbirlarini koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) Agar Ahdlashuvchi Tomonlardan biri boshqa Ahdlashuvchi Tomonning ushbu moddadagi aviatsiya xavfsizligi qoidalariga rioya qilmayotganligi toʻgʻrisida yetarli asosga ega boʻlsa, ushbu Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari boshqa Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlaridan kechiktirib boʻlmaydigan maslahatlashuvlar oʻtkazilishini talab qilishlari mumkin. Bunday maslahatlashuvlar xatarning bosh sabablarini zudlik bilan bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan kelishuvga erishish va xavfsizlik mezonlarini, tegishli xavfsizlik qoidalarini belgilash uchun zaruriy chora-tadbirlarni IKAO doirasida tasdiqlash maqsadida amalga oshirilishiga qaratilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻzi amaliy deb hisoblagan shunday chora-tadbirlarni koʻrishi lozim-ki, bunda gʻayriqonuniy egallab olingan yoki boshqa noqonuniy aralashuv harakatiga sabab boʻlib oʻz hududiga qoʻngan havo kemasi, agar havo kemasining joʻnab ketishi inson hayotini himoya qilish maqsadida zaruriy boʻlmasa, uni ushlab turishi lozim. Mumkin qadar, bunday chora-tadbirlar oʻzaro maslahatlashuvlar asosida amalga oshirilishi lozim,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Aviatsiya parvozlari xavfsizligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Har bir Ahdlashuvchi Tomon istagan vaqtda aeronavigatsiya vositalari, ekipaj aʼzolari, havo kemasini va havo kemasidan foydalanishga taalluqli sohalarda boshqa Ahdlashuvchi Tomon bajaradigan parvozlar xavfsizligi boʻyicha standartlarga tegishli boʻlgan masalalar yuzasidan maslahatlashuvlar oʻtkazishni talab qilishi mumkin. Bunday maslahatlashuvlar murojaat etilgan kundan boshlab oʻttiz kun davomida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Agar bunday maslahatlashuvlar oʻtkazilganidan soʻng bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa bir Ahdlashuvchi Tomonni birinchi bandda koʻrsatilgan Konvensiyaga muvofiq belgilangan standartlarga parvozlar xavfsizligi meʼyorlariga samarali rioya qilmayapti va ularni boshqara olmayapti deb hisoblagan taqdirda, boshqa Ahdlashuvchi Tomon bunday kamchiliklar va IKAO standartlariga muvofiq chora-tadbirlarni koʻrishi toʻgʻrisida xabardor etilishi lozim. Bundan soʻng boshqa Ahdlashuvchi Tomon kelishilgan vaqt davomida xatolarni toʻgʻrilovchi tegishli chora-tadbirlarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Konvensiyaning 16-moddasiga muvofiq yana shunday kelishuvga erishildikim, bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi tomonidan yoki uning nomidan boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududidan yoki uning hududiga parvozni amalga oshirayotgan havo kemasi, boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida boʻlgan vaqtida parvozni sababsiz kechiktirishga yoʻl qoʻymaslik sharti bilan, boshqa Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli vakillari tekshiruvidan oʻtkazilishi mumkin. Konvensiyaning 33-moddasida koʻrsatilgan majburiyatlarga qaramay, ushbu tekshiruv maqsadi havo kemasining hujjatlari va ekipaj aʼzolari guvohnomalarining amal qilish muddati, shuningdek havo kemasi moslamalari va holati oʻsha vaqtda Konvensiyaga muvofiq holatda boʻlishi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Agar aviakorxona parvozlari xavfsizligini taʼminlash uchun kechiktirib boʻlmaydigan choralar koʻrilishi lozim boʻlsa, har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi yoki aviakorxonalariga berilgan parvozlarni amalga oshirish ruxsatnomasini vaqtincha toʻxtatishi yoki oʻzgartirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) Bir Ahdlashuvchi Tomonning yuqoridagi 4-bandga muvofiq amalga oshiradigan har qanday xatti-harakati, mazkur chora-tadbirlarni koʻrishga asos yoʻq qilingan vaqtdan eʼtiboran davom ettirilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) Yuqoridagi 2-bandga asos tariqasida bundan buyon belgilangankim, bir Ahdlashuvchi Tomon IKAO standartlariga rioya etmaslikni davom ettirsa, kelishilgan vaqt muddati oʻtib ketganidan soʻng bu haqda IKAO Bosh kotibi xabardor etilishi lozim. Shuningdek, Bosh kotib mazkur holatga masalaning bundan keyingi qoniqarli barham berilishi toʻgʻrisida ham xabardor etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda
Maslahatlashuvlar va oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari oʻrtasida barcha zaruriy hollarda ushbu Bitimni qoʻllashga oid barcha masalalar yuzasidan kelishuvga erishish va yaqindan hamkorlik qilish nuqtai nazardan fikr almashishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Har bir Ahdlashuvchi Tomon ushbu Bitim qoidalarini yoki Parvozlar jadvalini oʻzgartirish borasida istalgan vaqtda boshqa Ahdlashuvchi Tomondan maslahatlashuvlar oʻtkazishni soʻrashi mumkin. Bunday maslahatlashuvlar ularni oʻtkazish toʻgʻrisida xabarnoma olingan kundan eʼtiboran 60 kun ichida boshlanishi lozim. Bunday maslahatlashuvlar natijasida erishilgan natija sifatida Bitimga kiritilgan har qanday oʻzgartirishni har bir Ahdlashuvchi Tomon mazkur Bitimning kuchga kirishi uchun lozim boʻlgan tegishli jarayonlarga muvofiq tasdiqlashi lozim va mazkur tasdiqni oʻz ichiga olgan holda, diplomatik notalar almashingan kundan boshlab kuchga kirishi lozim, shuningdek mazkur oʻzgartirish kelishuvga erishilgan kundan eʼtiboran shartli ravishda qoʻllanilishi ham mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Agar oʻzgartirish Parvozlar jadvaliga tegishli boʻlsa, maslahatlashuvlar Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari oʻrtasida oʻtkazilishi lozim. Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari yangi yoki oʻzgartirilgan Parvozlar jadvali yuzasidan kelishuvga erishganlaridan soʻng, kelishilgan oʻzgarishlar diplomatik notalar almashingan kundan eʼtiboran kuchga kirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda
Bahslarni hal qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Ushbu Bitimni talqin qilish yoki qoʻllash, yoxud mazkur Bitim qoidalarini bajarish yuzasidan Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida biron-bir nizo kelib chiqsa, Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari birinchi oʻrinda uni bevosita muzokaralar orqali hal qilishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Agar Ahdlashuvchi Tomonlar 60 kun ichida muzokaralar orqali oʻzaro murosaga kela olmasalar, bu bahs Ahdlashuvchi Tomonlardan istalgan birining talabiga binoan hakamlar hayʼatiga topshirilishi mumkin. Arbitraj sudi quyidagilardan tashkil topadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) har bir Ahdlashuvchi Tomon bittadan hakamni tayinlaydi; agar biron-bir Ahdlashuvchi Tomon 60 kun ichida oʻz hakamini tayinlay olmasa, Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti Kengashining Prezidenti boshqa Ahdlashuvchi Tomonning talabiga koʻra bunday hakamni tayinlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Uchinchi hakam uchinchi bir davlatning fuqarosi boʻlishi va hakamlar hayʼatining raisi boʻlishi lozim va quyidagi yoʻllardan birini tanlagan holda tayinlanishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning kelishuviga koʻra; yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar 60 kun ichida Ahdlashuvchi Tomonlar Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti Kengashining Prezidenti boshqa Ahdlashuvchi Tomonning talabiga koʻra bunday tayinlovni amalga oshirganligi yuzasidan oʻzaro kelishuvga erisha olmasalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Hakamlar hayʼati qarorni koʻpchilik ovoz bilan qabul qilishi lozim. Bunday qarorlar har ikki Ahdlashuvchi Tomon uchun majburiy hisoblanishi lozim, Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz aʼzosining, shuningdek hakamlik jarayonidagi oʻz vakilligining xarajatlarini oʻzi qoplaydi; hakamlar hayʼati Raisi va boshqa har qanday xarajat Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida teng taqsimlanishi lozim. Boshqa har qanday sohada hakamlar hayʼati oʻzining jarayonini oʻzi belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda
Koʻp tomonlama konvensiyalarga muvofiqlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida havo transportiga oid qabul qilingan umumiy koʻp tomonlama konvensiya kuchga kirsa, ushbu konvensiya qoidalari ustuvor hisoblanadi. Mazkur Bitim koʻp tomonlama konvensiya qoidalari bilan toʻxtatilishi, almashtirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki oʻzgartirilishi yuzasidan maslahatlashuvlar mazkur Bitimning 15-modda 2-bandiga muvofiq oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda
Bitimning amal qilishini toʻxtatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir Ahdlashuvchi Tomon mazkur Bitimning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarorini boshqa bir Ahdlashuvchi Tomonga diplomatik kanallar orqali yozma ravishda bildirishi mumkin. Mazkur xabarnomaning bir nusxasi bir paytning oʻzida Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining Bosh kotibiga ham joʻnatilishi lozim. Agar bunday xabarnoma joʻnatilsa, uni boshqa Ahdlashuvchi Tomon olgan kundan eʼtiboran oʻn ikki oydan soʻng ushbu Bitim amal qilishni toʻxtatadi, agar Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzaro kelishuvga muvofiq mazkur xabarnomani shu muddat ichida orqaga qaytarib olmasalar. Agar boshqa Ahdlashuvchi Tomon mazkur xabarnomani olmasa, bu xabarnoma Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining Bosh kotibi uni olgan kundan eʼtiboran oʻn toʻrt kundan keyin olingan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda
Roʻyxatdan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim, Parvozlar jadvali va keyinchalik ularga kiritiladigan barcha oʻzgarishlar Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkilotida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda
Nomlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimning har bir moddasi boshidagi nomlar unga murojaat qilish va qulaylik nuqtai nazardan keltirilgan, biroq hech qaysi holda mazkur Bitimning maqsadlari yoki xohish-irodasini belgilash, cheklash yoxud izohlab berish uchun xizmat qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda
Bitimning kuchga kirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim shartli ravishda imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi. Ushbu Bitim Ahdlashuvchi Tomonlar bir-birlarini mazkur Bitim kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki tartibotlarni bajarib boʻlganliklari toʻgʻrisida notalar almashingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbuni tasdiqlab, tegishli tartibda Ahdlashuvchi Tomonlarning oʻz hukumatlaridan vakolat olgan quyida imzo chekuvchilar mazkur Bitimni imzoladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Al-Quvayt shahrida 2004-yil 19-yanvarda, hijriy 1424 yil 27 zulqidada, ikki nusxada, oʻzbek, arab va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimni talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, ingliz tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)