Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining qarori, 28.09.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2394
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.16.00 Pensiyalarni tayinlash va toʻlash;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.01.00 Nafaqalar / 06.07.01.11 Nafaqalarni tayinlash, qayta hisoblash va toʻlash. Boshqa masalalar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.03.00 Pochta aloqasi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“OʻZBEKISTON POChTASI” OAJNING POChTA ALOQASINING MINTAQAVIY (VILOYAT) TAShKILOTLARI VA POChTA ALOQASI OBYEKTLARI ORQALI PENSIYALAR, NAFAQALAR VA BOShQA TOʻLOVLARNI TOʻLAShNI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018-yil 19-yanvardagi 9 va 160-mh-sonli “O`ZBEKISTON POCNTASI” AJning pochta aloqasining mintaqaviy (viloyat) tashkilotlari va pochta aloqasi obyektlari orqali pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarni toʻlashni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2394-3, 01.02.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzbekiston pochtasi” OAJning pochta aloqasining mintaqaviy (viloyat) tashkilotlari va pochta aloqasi obyektlari orqali pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarni toʻlashni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 15-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori X. MIRZAXIDOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 15-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-8/2927-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2012-yil 15-avgustdagi 58, 10-8/2927-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston pochtasi” OAJning pochta aloqasining mintaqaviy (viloyat) tashkilotlari va pochta aloqasi obyektlari orqali pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarni toʻlashni tashkil etish toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi,1993-y., 9-son, 338-modda) va “Pochta aloqasi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-y., 4-son, 138-modda) qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-iyuldagi 339-son “Pochta aloqasi sohasidagi faoliyatni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 7-son, 330-modda) va 2011-yil 8-sentabrdagi 252-son “Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibini yanada takomillashtirishga yoʻnaltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 37-son, 377-modda) qarorlariga muvofiq pensiyalar, nafaqalar, uy-joy-kommunal xizmatlari toʻlovlari boʻyicha hamda avtobenzin sotib olish boʻyicha kompensatsiya pul toʻlovlari, Chernobil halokatidan ziyon koʻrgan fuqarolarga kompensatsiya pul toʻlovlari, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga bir martalik pul mukofotlari, alimentlar, shuningdek pensiyalardan chegirmalarni (keyingi oʻrinlarda – pensiya va nafaqalar deb yuritiladi) “Oʻzbekiston pochtasi” OAJning hududiy (viloyat) pochta aloqasi tashkilotlari va pochta aloqasi obyektlari orqali toʻlanishini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Yoʻriqnomada quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetkazib berish (topshirish) davri — pensiyalar va nafaqalarni yetkazib berish (topshirish) amalga oshiriladigan joriy toʻlov oyining 4-dan 28-sanasigacha boʻlgan davr;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetkazib berish uchastkasi — shaharlar, shaharchalar, qishloqlar yoki ovullar hududining bitta pochtalon tomonidan xizmat koʻrsatilishi moʻljallangan qismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yashash joyi — turar joy, kvartira, xizmat turar joyi, ixtisoslashtirilgan uylar (yotoqxona, pansionat, yolgʻiz keksalar uchun maxsus uy, nogironlar, faxriylar uchun uy-internat va boshqalar), shuningdek pensiya oluvchi mulkdor sifatida, ijaraga olish shartnomasi (ikkilamchi ijara), ijara shartnomasi yoxud qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslar boʻyicha doimiy yashaydigan (doimiy roʻyxatdan oʻtgan) turar joy, doimiy yashash joyi mavjud boʻlmagan (doimiy roʻyxatdan oʻtmagan) holda — vaqtincha yashash (vaqtincha roʻyxatdan oʻtish) joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pochta aloqasi obyektlari — “Oʻzbekiston pochtasi” OAJning alohida boʻlinmalari (pochtamtlar, pochta aloqasi bogʻlamalari, boʻlimlari, punktlari, shuningdek boshqa boʻlinmalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pochta aloqasi boʻlimi (bundan buyon matnda aloqa boʻlimi deb yuritiladi) — foydalanuvchilarga pochta aloqasi xizmatlari, pochtaga ishlov berish va pochta almashinuvini amalga oshiruvchi boshqa xizmat turlarini koʻrsatuvchi pochta aloqasi obyekti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pensiya va nafaqa oluvchi — pensioner, ijtimoiy nafaqa va boshqa toʻlovlarni oluvchi, qonuniy vakil yoki qonun hujjatlariga muvofiq pensiya va nafaqalar summalarini olish huquqiga (vakolatiga) ega boshqa jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmasi (bundan buyon matnda pochta pul oʻtkazmasi deb yuritiladi) — “Oʻzbekiston pochtasi” OAJning pochta aloqasi va telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalangan holda pul mablagʻlarini joʻnatish va yetkazib berish (topshirish) boʻyicha xizmati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pochta aloqasining mintaqaviy tashkiloti — “Oʻzbekiston pochtasi” OAJning, biriktirilgan hududdagi pochtamtlar, pochta aloqasi bogʻlamalari, boʻlimlari va punktlarining, shuningdek boshqa boʻlinmalarning ishlab chiqarish faoliyatini tashkil qiluvchi hududiy tarkibiy boʻlinmasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi (bundan buyon matnda Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi deb yuritiladi) tomonidan belgilangan pensiyalar va nafaqalar pensiya va nafaqa oluvchilarga pochta aloqasining mintaqaviy tashkilotlari va pochta aloqasi obyektlari tomonidan Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi va pochta aloqasining mintaqaviy tashkilotlari oʻrtasida tuziladigan shartnomalar (kelishuvlar) asosida yetkazib beriladi (topshiriladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiyalar va nafaqalarni pochta aloqasining mintaqaviy tashkilotlari va pochta aloqasi obyektlari tomonidan yetkazib berish (topshirish) uchun tariflar miqdorini koʻrib chiqish va tasdiqlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Pensiyalar va nafaqalarni yetkazib berish (topshirish)ni tashkil qilishning umumiy shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Pensiyalar va nafaqalarni yetkazib berish (topshirish) har oyda tuziladigan pensiyalar va nafaqalarni toʻlash qaydnomalari (keyingi oʻrinlarda – qaydnomalar deb yuritiladi) yoki pochta pul oʻtkazmasi boʻyicha mazkur Yoʻriqnomaning 1 va 2-ilovalariga muvofiq shakllar boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qaydnomalar faqat pensiya va nafaqa oluvchilarning yashash joylariga koʻra joylashgan pochta aloqasining mintaqaviy tashkilotlari va pochta aloqasi obyektlari uchun haqiqiy hisoblanadi. Pensiya va nafaqa oluvchi boshqa yashash joyiga koʻchib oʻtsa, pensiya va nafaqa oluvchi qaydnomaga kiritilmaydi. Yangi yashash joyi boʻyicha Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi pensiya va nafaqa oluvchini pensiya va nafaqa avvalgi yashash joyi boʻyicha toʻlangan oydan keyingi oydan boshlab qaydnomaga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya va nafaqa oluvchi doimiy yashash uchun Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga koʻchib ketgan taqdirda pensiya va nafaqani toʻlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar pochta pul oʻtkazmalari bilan yetkazib berilishi (topshirilishi) mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bir martalik beriladigan nafaqalar (dafn etish uchun, bola tugʻilishi munosabati bilan hamda bir martalik beriladigan nafaqalarning boshqa turlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) alimentlar, pensiyalardan chegirmalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Pochta pul oʻtkazmalari uchun hujjatlarni rasmiylashtirish va ularni pochta aloqasining mintaqaviy tashkilotlari va pochta aloqasi obyektlariga taqdim etish Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalariga (roʻyxat raqami 2219, 2011-yil 18-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-yil, 16-son, 167-modda) muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Pensiyalar va nafaqalar qaydnomalar boʻyicha har oyda yetkazib berish (topshirish) davri davomida pensiya va nafaqa oluvchining shaxsan oʻziga (ishonchli vakiliga) yashash joyiga pasport taqdim etilganda naqd pul mablagʻlari bilan yetkazib beriladi (topshiriladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya va nafaqa oluvchilarning Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga beriladigan arizalariga muvofiq pensiyalar va nafaqalarni toʻlash bevosita pochta aloqasining mintaqaviy tashkilotlari va pochta aloqasi obyektlarining operatsiya kassalarida pensiyalar va nafaqalarni toʻlash jadvalida belgilangan kunlarda yoki undan keyin, lekin toʻlov oyining oxirigacha, amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiyalar va nafaqalarni qaydnomada koʻrsatilmagan shaxslarga ishonchnomasiz topshirish, shuningdek pensiya va nafaqalarni oluvchilarga ular yashash joylaridan roʻyxatdan oʻchgandan keyin topshirish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Pochta pul oʻtkazmalari uchun qaydnomalar va hujjatlar Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi tomonidan pensiyalar va nafaqalar turlariga koʻra alohida tuziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat pensiyalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-apreldagi 107-son “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-yil, 14-son, 142-modda) 2-ilovasiga muvofiq belgilangan nafaqalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-apreldagi 107-son “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-yil, 14-son, 142-modda) 1-ilovasiga muvofiq belgilangan nafaqalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bola tugʻilganda toʻlanadigan bir martalik nafaqalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy-kommunal xizmatlari toʻlovlari boʻyicha kompensatsiya pul toʻlovlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dafn etish uchun nafaqalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtobenzin sotib olish boʻyicha kompensatsiya pul toʻlovlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alimentlar va pensiyalardan chegirmalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Pensiyalar va nafaqalar yetkazib berish pochta aloqasining mintaqaviy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi) va Pensiya jamgʻarmasining boʻlimi tomonidan, uchastkalarining joylashgan joylarini hisobga olgan holda, mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha tasdiqlangan jadvalda belgilangan yetkazib berish (topshirish) davri kunlarida yetkazib beriladi (topshiriladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Pensiyalar va nafaqalarni yetkazib berish (topshirish) jadvaliga muvofiq har bir pensiya va nafaqa oluvchiga yetkazib berish (topshirish) sanasi belgilanadi, shu sanada pensiya va nafaqa summasi har oyda pensiya va nafaqa oluvchining yashash joyiga yetkazib beriladi yoki pochta aloqasining mintaqaviy tashkilotlari va pochta aloqasi obyektlarining operatsiya kassalarida topshiriladi, bu haqda pensiya va nafaqa oluvchiga birinchi marta pensiya yetkazib berilganda (topshirilganda) maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiyalar va nafaqalarni yetkazib berish (topshirish) muddatlari dam olish va bayram kunlariga toʻgʻri kelganda, pensiya va nafaqalarni toʻlash muddatidan oldin joriy yetkazib berish (topshirish) davri davomida, lekin pensiyalar va nafaqalarni yetkazib berish (topshirish) jadvali boʻyicha belgilangan yetkazib berish (topshirish) muddati kelishidan oldin ikki kun oshmagan muddatda, amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Etkazib berish uchastkalarining joylashgan joylari oʻzgarganda, pochta aloqasining mintaqaviy tashkilotlari yoki pochta aloqasi obyektlari (pochtamtlar, pochta aloqasi bogʻlamalari) ushbu haqida maʼlumotlarni Pensiya jamgʻarmasining tegishli boʻlimiga yozma ravishda taqdim etadilar. Pensiya jamgʻarmasining boʻlimi koʻrsatilgan maʼlumotlar kelgan kundan boshlab ikki oydan kechiktirmasdan, amaldagi joylashgan joylar va qaydnomalarga tegishli oʻzgartirishlarni kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya jamgʻarmasining boʻlimi tomonidan ikki oy mobaynida uzrli sabablarsiz yetkazib berish uchastkalarining joylashgan joylari va qaydnomalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilmagan boʻlsa, toʻgʻrilanmagan qaydnomalar pochta aloqasining mintaqaviy tashkilotlari yoki pochta aloqasi obyektlari (pochtamtlar, pochta aloqasi bogʻlamalari) tomonidan yetkazib berish (topshirish) uchun qabul qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining ijro etuvchi apparati pensiyalar va nafaqalarni toʻlash uchun mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi hududiy boshqarmalarining tegishli hisobvaraqlariga oʻtkazadi, ular koʻrsatilgan mablagʻlarni talabnomalar asosida qonun hujjatlarida belgilangan tartib va muddatlarda Pensiya jamgʻarmasining tegishli boʻlimlariga oʻtkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya jamgʻarmasi boʻlimlari, oʻz navbatida, kelib tushgan mablagʻlarni pensiyalar va nafaqalarni yetkazib berish (topshirish) boʻyicha xizmatlar uchun belgilangan tariflarni hisobga olgan holda pochta aloqasining mintaqaviy tashkilotlari yoki pochta aloqasi obyektlari (pochtamtlar, pochta aloqasi bogʻlamalari)ning pensiya hisobvaraqlariga oʻtkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Pochta aloqasining mintaqaviy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti bir nechta maʼmuriy tuman hududlariga xizmat koʻrsatgan hollarda pensiya va nafaqalarni yetkazib berish (topshirish) uchun pensiya va nafaqalarni yetkazib berish (topshirish) summasini moliyalashtirgan Pensiya jamgʻarmasining boʻlimi tasarrufidagi tumanda yashaydigan pensiya va nafaqa oluvchilarga yetkazib beriladi (topshiriladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Pensiya va nafaqalarning har bir turi boʻyicha pensiya va nafaqalarni yetkazib berish (topshirish) pochta aloqasining mintaqaviy tashkilotlari yoki pochta aloqasi obyektlari (pochtamtlar, pochta aloqasi bogʻlamalari)ning tegishli pensiya hisobvaraqlariga mablagʻlar kelib tushishiga qarab amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiyalar va nafaqalarning biron bir turi boʻyicha pochta aloqasining mintaqaviy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochtamtlar, pochta aloqasi bogʻlamalari)ning tegishli pensiya hisobvaragʻiga mablagʻlar kelib tushmagan holda, pensiyalar va nafaqalarning ushbu turini yetkazib berish (topshirish) amalga oshirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Pochta aloqasining mintaqaviy tashkilotlari yoki pochta aloqasi obyektlari (pochtamtlar, pochta aloqasi bogʻlamalari) va Pensiya jamgʻarmasining boʻlimlari oʻrtasida qaydnomalar va hisobot hujjatlarini joʻnatish shaxsan qoʻliga topshirish usuli bilan (kuryer orqali) amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Qaydnomalar va pochta pul oʻtkazmalarini rasmiylashtirishda oʻchirishlar va tuzatishlarga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Pensiya jamgʻarmasining boʻlimi va pochta aloqasining mintaqaviy tashkilotlari yoki pochta aloqasi obyektlari (pochtamtlar, pochta aloqasi bogʻlamalari) oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar toʻlov oyidan keyingi oyning yettinchi sanasigacha tugatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining ijro etuvchi apparati va hududiy boshqarmalari “Oʻzbekiston pochtasi” OAJ va uning pochta aloqasining mintaqaviy tashkilotlari bilan birgalikda pochta aloqasining mintaqaviy tashkilotlari va pochta aloqasi obyektlari tomonidan pensiyalar va nafaqalarning oʻz vaqtida va toʻgʻri yetkazib berilishi (topshirilishi)ning doimiy monitoringini, shuningdek nazoratini amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Pensiya va nafaqalarni toʻlash uchun Banklardan pul mablagʻlarini olish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Pochta aloqasining mintaqaviy tashkilotlari yoki pochta aloqasi obyektlari (pochtamtlar, pochta aloqasi bogʻlamalari) chorak boshlanishidan oʻttiz kun oldin xizmat koʻrsatayotgan bankka mazkur Yoʻriqnomaning 4-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha pensiyalar va nafaqalarni yetkazib berish (topshirish), shuningdek pochta pul oʻtkazmalarini toʻlash uchun kerakli naqd pul mablagʻlarini olish uchun talabnoma taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pochta aloqasining mintaqaviy tashkilotlari yoki pochta aloqasi obyektlari (pochtamtlar, pochta aloqasi bogʻlamalari) zarurat boʻlganida xizmat koʻrsatuvchi bankka pensiyalar va nafaqalarni yetkazib berish (topshirish), shuningdek pochta pul oʻtkazmalarini toʻlash uchun kerakli naqd pul mablagʻlarini olish uchun qoʻshimcha talabnoma taqdim etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan pensiyalar va nafaqalarni yetkazib berish (topshirish) uchun pochta aloqasining mintaqaviy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochtamtlar, pochta aloqasi bogʻlamalari)ga naqd pul mablagʻlarini berish pochta aloqasining mintaqaviy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochtamtlar, pochta aloqasi bogʻlamalari)ning joylashgan joyi boʻyicha tasdiqlangan talabnomalarga qatʼiy muvofiq holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Pensiya jamgʻarmasi boʻlimlari tomonidan qaydnomalarni rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Qaydnomalar yetkazib berish uchastkalarini hisobga olgan holda har bir pochta aloqasi boʻlimi boʻyicha tuziladi va pochta aloqasining mintaqaviy tashkilotlari yoki pochta aloqasi obyektlari (pochtamtlar, pochta aloqasi bogʻlamalari)ga toʻlov oyining uchinchi sanasiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaydnomalar zichligi 80 g/kv.m dan kam boʻlmagan yozuv qogʻozga bosib chiqarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Qaydnoma varaqlari qaydnomaning oʻzidan va yirtib olinadigan talondan iborat boʻladi. Qaydnomaning varaqlari har bir yetkazib berish uchastkasi boʻyicha raqamlanadi. Qaydnomaning har bir varagʻiga qaydnoma raqami va kasr chizigʻi orqali ushbu qaydnoma varagʻining tartib raqami yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Qaydnomada quyidagilar yoziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy hisobvaraq (pensiya yigʻmajildi)ning raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pensiya va nafaqa oluvchining familiyasi, ismi, sharifi, manzili va telefon raqami, pasport seriyasi va raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtgan davr uchun summa, joriy toʻlov oyi uchun summa, toʻlanishi kerak boʻlgan umumiy summa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetkazib berish (topshirish) sanasi, pensiya va nafaqa oluvchining imzosi, yetkazib bergan (topshirgan) shaxsning imzosi koʻrsatilgan holda ustunlar, bir operatsiya kunida va toʻlov oyi boshidan yetkazib berilgan (topshirilgan) summa koʻrsatilgan holda hisob setkasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Qaydnomaning har bir varagʻida pensiyalar va nafaqalarni oluvchilarning soni, shuningdek yetkazib berilishi (topshirilishi) kerak boʻlgan umumiy summa koʻrsatiladi. Qaydnomaning har bir varagʻi va yirtib olinadigan taloni Pensiya jamgʻarmasi boʻlimining boshligʻi, pensiyalar va nafaqalarni toʻlash monitoringi guruhining rahbari va xodimlari tomonidan imzolangan hamda muhr bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak. Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi muhrining izi qaydnomadan yirtib olinadigan talonning kesib olish chizigʻiga tushiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Oʻtgan toʻlov oyi uchun pensiya va nafaqa summasi olinmagan hollarda olinmagan pensiya va nafaqa summasi joriy toʻlov oyining qaydnomasiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Qaydnomalar har bir aloqa boʻlimi boʻyicha komplektlarda pochta aloqasining mintaqaviy tashkilotlari yoki pochta aloqasi obyektlari (pochtamtlar, pochta aloqasi bogʻlamalari)ga topshiriladi. Qaydnomalar komplektiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Yoʻriqnomaning 5-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha uch nusxadagi reyestr-hisobot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Yoʻriqnomaning 6-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha ikki nusxadagi kuzatuv roʻyxati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Reyestr-hisobotlar pensiyalar va nafaqalarni toʻlash monitoringi guruhining rahbari va Pensiya jamgʻarmasining boʻlim boshligʻi tomonidan imzolanadi hamda muhr bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Pochta aloqasining mintaqaviy tashkilotlari va pochta aloqasi obyektlari (pochtamtlar, pochta aloqasi bogʻlamalari) tomonidan hujjatlarni qabul qilish hamda pensiyalar va nafaqalarni yetkazib berish (topshirish) nazoratini tashkil qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Pensiyalar va nafaqalar toʻlanishining nazoratini tashkil qilish uchun pochta aloqasining mintaqaviy tashkilotlari va pochta aloqasi obyektlari (pochtamtlar, pochta aloqasi bogʻlamalari)da pensiyalar va nafaqalar toʻlanishini nazorat qilish guruhlari (bundan buyon matnda nazorat qilish guruhi deb yuritiladi) tashkil qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qilish guruhining rahbari Pensiya jamgʻarmasining tegishli boʻlimidan qaydnomalarni va ularga ilova qilingan hujjatlarning toʻgʻri rasmiylashtirilganligini tekshirgan holda qabul qilib oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaydnomalar va ularga ilova qilingan hujjatlar toʻgʻri rasmiylashtirilganda nazorat qilish guruhining rahbari kuzatuv roʻyxatining ikkala nusxasini imzolaydi. Pochta taqvim shtempelining izi tushirilgan kuzatuv roʻyxatining nusxalaridan biri Pensiya jamgʻarmasining boʻlimiga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Qaydnomalar va ularga ilova qilingan hujjatlarni aloqa boʻlimlari boʻyicha joʻnatishdan avval nazorat qilish guruhining rahbari qaydnomaning har bir varagʻini imzolashi va oʻtkazilgan nazorat toʻgʻrisida ularga maxsus shtamp izlarini tushirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pochta aloqasining mintaqaviy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi) tomonidan yetkazib berish (topshirish) amalga oshiriladigan qaydnomalar pochta aloqasining mintaqaviy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi)da qoladi, aloqa boʻlimlari tomonidan yetkazib berilishi (topshirilishi) kerak boʻlgan qaydnomalar esa, uch nusxadagi reyestr-hisobotlar bilan birga sugʻurta qoplarida joʻnatilgan pochta uchun ichki yukxatga (16 sh.) yozilgan holda, Pensiya jamgʻarmasining boʻlimidan olingan kundan keyin keladigan kundan kechiktirmasdan tegishli aloqa boʻlimiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Kuzatuv roʻyxatini reyestr-hisobot bilan, shuningdek reyestr-hisobotni qaydnoma komplektlari bilan solishtirganda farqlar aniqlangan holda, tegishli qaydnomalar komplektlari reyestr-hisobot va kuzatuv roʻyxatining bitta nusxasi bilan birga Pensiya jamgʻarmasining boʻlimiga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda nazorat qilish guruhining rahbari kuzatuv roʻyxati ikkala nusxasining “Eslatmalar” ustunidagi tegishli qatorga qaydnomalarning qaytariladigan komplektlari qarshisiga “Qabul qilinmadi” deb yozadi va qaydnomalar komplektining qaytarilish sababini hamda sanasini koʻrsatadi, shundan soʻng roʻyxat nazorat qilish guruhining rahbari tomonidan imzolanadi va pochta taqvim shtempelining izi tushirilib tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Pensiyalar va nafaqalarni yetkazib berish (topshirish) yetkazib berish uchastkasining joylashgan joyiga, shuningdek pensiyalar va nafaqalarni yetkazib berish (topshirish) jadvaliga muvofiq qaydnomada koʻrsatilgan operatsion kunda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Etkazib berish (topshirish) sanasi kelganda qaydnomalar va varaqlar raqamlari, shuningdek tegishli qaydnomalar boʻyicha pochtalonga naqd pul mablagʻlari bilan beriladigan summa aloqa boʻlimining boshligʻi tomonidan uyga yetkazib berish uchun beriladigan pochta joʻnatmalari va pul oʻtkazmalarini hisobga olish kitobiga (55-sh.) yoziladi. Qaydnomalar va naqd pul mablagʻlari pochtalonga ushbu kitobga imzo qoʻydirilgan holda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pochta aloqasining mintaqaviy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi)da qaydnomalar shunga oʻxshash tartibda nazorat qiluvchi shaxs tomonidan uyga yetkazib berish uchun beriladigan pochta joʻnatmalari va pul oʻtkazmalarini hisobga olish kitobiga (55-sh.) yoziladi. Mazkur kitob operatorga beriladi, operator naqd pul mablagʻlarini pochtalonga kitobdagi yozuvga muvofiq, imzo qoʻydirib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Pensiya va nafaqani yetkazib berish (topshirish)da pochtalon (operator) pensiya yoki nafaqa oluvchining familiyasi, ismi, sharifi, pasport seriyasi va raqamini qaydnomada koʻrsatilgan maʼlumotlar bilan solishtiradi, pulni beradi va shu qatorga imzo qoʻyadi. Pensiya va nafaqa oluvchisining familiyasi, ismi, sharifi, pasport seriyasi va raqami yoki ularning hattoki bittasi ham qaydnomada koʻrsatilgan maʼlumotlar bilan mos kelmagan holda oluvchiga pensiya va nafaqa toʻlanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Agar ushbu Yoʻriqnomaning 32-bandida koʻrsatilgan nomuvofiqlik Pensiya jamgʻarmasining boʻlimi tomonidan qilingan xatolik oqibati boʻlgan boʻlsa, pensiya va nafaqa joriy toʻlov davridan kechiktirmasdan pensiya va nafaqa oluvchiga yetkazib berilishi (topshirilishi) kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya va nafaqa oluvchi pensiya va nafaqani olganda qaydnomada olgan sanasini koʻrsatadi va oʻz familiyasi qarshisidagi qatorga imzo qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya va nafaqa yetkazib berilmagan (topshirilmagan) holda pochtalon yetkazib berilmaganlik (topshirilmaganlik) sababi toʻgʻrisida maʼlumotnoma (20-sh.) tuzadi. Ushbu maʼlumotnomada pensiya va nafaqa oluvchining shaxsiy hisobvaragʻi raqami, familiyasi, pensiya va nafaqa qaysi oy uchun yetkazib berilmaganligi (topshirilmaganligi), shuningdek yetkazib berilmaganlik (topshirilmaganlik) sababi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Pensiya va nafaqa oluvchi boshqa shaxsga notarial tasdiqlangan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 137-moddasida (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 2-songa ilova) koʻrsatilgan tartibda ishonchnoma berilgan holda esa, mazkur Yoʻriqnomaning 7-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda tasdiqlangan ishonchnomani bergan holda pensiya yoki nafaqani olish uchun vakolat berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Ishonchnoma boʻyicha pensiyalar va nafaqalar birinchi marta yetkazib berilgan (topshirilgan)dan keyin, ishonchnomaning asl nusxasi aloqa boʻlimida — aloqa boʻlimining boshligʻida, pochta aloqasining mintaqaviy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi)da esa — nazorat qiluvchi shaxsda qoldiriladi va saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Ishonchnomani bergan pensiya va nafaqa oluvchiga xizmat koʻrsatuvchi Pensiya jamgʻarmasining boʻlimi, pochta aloqasining mintaqaviy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyektining xodimlariga pensiya va nafaqalarni ishonchnoma boʻyicha yetkazib berish (topshirish) qatʼiy taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Pochta aloqasining mintaqaviy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyektida operatsiya kuni oxirida operator qaydnomalarning barcha varaqlarini koʻrib chiqadi, joriy operatsiya kunida yetkazib berilgan (topshirilgan) summalarni hisoblab chiqadi va qaydnoma varaqlarining hisob setkasidagi birinchi jamlama ustunini toʻldiradi. Bunda sana va operatsiya kuni davomida ushbu varaq boʻyicha yetkazib berilgan (topshirilgan) summa, shuningdek ushbu qaydnomaning varagʻi boʻyicha toʻlov oyining boshidan beri yetkazib berilgan (topshirilgan) summa yoziladi. Operatsiya kunida barcha qaydnomalar boʻyicha yetkazib berilgan (topshirilgan) umumiy summa operator tomonidan kassa maʼlumotnomasiga kiritiladi. Qaydnomalar hisob setkasining toʻgʻri rasmiylashtirilganligi, yetkazib berilgan (topshirilgan) summalarning hisobi va ularning kassa maʼlumotnomasidagi yozuvlarga mos kelishi pochta aloqasining mintaqaviy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi)ning nazorat qiluvchi shaxsi yoki aloqa boʻlimining boshligʻi tomonidan har kuni tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shtati faqat aloqa boʻlimi boshligʻidan iborat boʻlgan aloqa boʻlimlarida qaydnomalarning varaqlarini koʻrib chiqish, bir operatsiya kunida yetkazib berilgan (topshirilgan) summalarning hisobi, qaydnoma varaqlarining hisob setkasini toʻldirish aloqa boʻlimi boshligʻi tomonidan amalga oshiriladi. Operatsiya kunida barcha qaydnomalar boʻyicha yetkazib berilgan (topshirilgan) umumiy summa aloqa boʻlimining pul mablagʻlari, shartli va moddiy boyliklarini hisobga olish kundalik daftariga (130-sh.) aloqa boʻlimi boshligʻi tomonidan kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Joriy toʻlov oyi uchun pensiyalar va nafaqalarni yetkazib berish (topshirish) tugaganda, aloqa boʻlimi boshligʻi tomonidan barcha qaydnomalar tekshiriladi va yakun chiqariladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yirtib olinadigan talonning har bir varagʻidagi “Topshirish sanasi yoki topshirilmaganlik sababi” ustunida yetkazib berilgan (topshirilgan) sana (kun, oy) yoki yetkazib berilmagan (topshirilmagan)lik sababi (kodi) raqamlar bilan koʻrsatiladi. Etkazib berilmagan (topshirilmagan)lik sababi (kodi) mazkur nizomning 39-bandida nazarda tutilgan tartibda toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yirtib olinadigan talonning pensiya va nafaqa yetkazib berilmaganligi (topshirilmaganligi) sababi (kodi) qoʻyilgan har bir varagʻida yetkazib berilmagan (topshirilmagan) pensiyalar va nafaqalarning soni va ularning summasi hisoblab chiqiladi va yirtib olinadigan talonning oxirida yozib qoʻyiladi va ular aloqa boʻlimi boshligʻining imzosi va taqvim shtempelining izi bilan tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) reyestr-hisobotning barcha uchta nusxasida 5, 6, 7 va 8-ustunlar toʻldiriladi. Hisobot oyi uchun reyestr-hisobotning yakuniy qatorida yirtib olinadigan talonlarning umumiy soni va bir oy davomida yetkazib berilgan (topshirilgan) hamda yetkazib berilmagan (topshirilmagan) pensiyalar va nafaqalarning soni hamda summasi yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Pensiya va nafaqa yetkazib berilmagan (topshirilmagan) holda yirtib olinadigan talonning “Topshirish sanasi yoki topshirilmaganlik sababi” ustunida yetkazib berilmagan (topshirilmagan) sababi (kodi) pochtalon tomonidan qaydnomaga ilova qilingan yetkazib berilmaganlik (topshirilmaganlik) sababi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma (20-sh.)ga muvofiq koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 — vafot etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2 — tuman (shahar) hududidan tashqariga doimiy yashash uchun ketish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3 — vaqtincha boʻlmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4 — pensioner ishlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5 — boshqa sabablar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Etkazib berilmaganligi (topshirilmaganligi) sababi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma (20-sh.) qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda qaydnoma bilan birga saqlanadi va yoʻq qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Pochta aloqasining mintaqaviy tashkiloti va pochta aloqasi obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi)da yirtib olinadigan talonlar va reyestr-hisobotlarni rasmiylashtirish nazorat qiluvchi shaxs tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Rasmiylashtirilgan yirtib olinadigan talonlar ikki nusxadagi reyestr-hisobot va qaydnomalar bilan birga pensiyalar va nafaqalarni yetkazib berish (topshirish) tugagan vaqtdan boshlab ikki ish kunidan kechiktirmasdan nazorat qilish guruhiga sugʻurta qoplarida joʻnatilgan pochta uchun ichki yukxatga (16-sh.) yozib qoʻyib joʻnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Qaydnomalar joʻnatilgan pochta uchun ichki yukxatga (16-sh.) varaqlar soni hamda pensiyalar va nafaqalarning yetkazib berilgan (topshirilgan) summasi koʻrsatilgan holda, yirtib olinadigan talonlar va reyestr-hisobotlar esa – varaqlar soni koʻrsatilgan holda yozib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunga oʻxshash tartibda, buxgalteriya xodimi tomonidan oy davomida yetkazib berilgan (topshirilgan) pensiyalar va nafaqalar summasi tasdiqlanganidan keyin, pochta aloqasining mintaqaviy tashkiloti va pochta aloqasi obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi)ning nazorat qiluvchi shaxsi tomonidan qaydnomalar, yirtib olinadigan talonlar, reyestr-hisobotlarni yozib qoʻyish hamda ularni pensiyalar va nafaqalarni yetkazib berish (topshirish) tugagan vaqtdan boshlab ikki ish kunidan kechikmagan muddatda nazorat qilish guruhiga topshirish amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Pochta aloqasining mintaqaviy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi)da nazorat qilish guruhining xodimi quyidagilarni tekshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha qator va ustunlarning maʼlumotlarini hisoblash yoʻli bilan reyestr-hisobotning toʻgʻri tuzilganligi, reyestr-hisobotga muvofiq yirtib olinadigan talonlarning mavjudligi, har bir yirtib olinadigan talonning toʻgʻri rasmiylashtirilganligi (yirtib olinadigan talon boʻyicha yetkazib berilmagan (topshirilmagan) pensiyalar va nafaqalar soni hamda summasi toʻgʻri hisoblanganligi, yirtib olinadigan talonlarda aloqa boʻlimi boshligʻining imzosi va taqvim shtempeli izining mavjudligi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reyestr-hisobotda yozilgan yetkazib berilmagan (topshirilmagan) pensiyalar va nafaqalar soni hamda summasining yirtib olinadigan talonlar boʻyicha yetkazib berilmagan (topshirilmagan) pensiyalar va nafaqalar soni hamda summasiga mosligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Har bir aloqa boʻlimining hisoboti tekshirilganidan keyin pensiyalar va nafaqalarni yetkazib berish (topshirish) toʻgʻrisidagi hisobotning tegishli qatorlari mazkur Yoʻriqnomaning 8-ilovasidagi shakl boʻyicha toʻldiriladi. Pensiyalar va nafaqalarni yetkazib berish (topshirish) toʻgʻrisidagi hisobotda 3, 4, 5, 6 va 7-ustunlarni toʻldirish uchun har bir aloqa boʻlimi reyestr-hisobotlarining yakuniy maʼlumotlari mos ravishda 3, 5, 6, 7 va 8-ustunlar boʻyicha hisobga olinadi. Yakuniy qatorda butun pochta aloqasining mintaqaviy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi) boʻyicha bir oy davomida yetkazib berilgan (topshirilgan) va yetkazib berilmagan (topshirilmagan) pensiyalar hamda nafaqalar summasi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Tegishli tekshiruvdan keyin pochta aloqasining mintaqaviy tashkilotlari yoki pochta aloqasi obyektlari (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi) tomonidan pensiyalar va nafaqalarning yetkazib berilishi (topshirilishi) toʻgʻrisidagi hisobot, yirtib olinadigan talonlarning barcha komplektlari bitta nusxadagi reyestr-hisobot bilan birga hisobotlar qabul qilingan vaqtdan boshlab ikki ish kunidan kechiktirmasdan mazkur Yoʻriqnomaning 9-ilovasidagi shakl boʻyicha kuzatuv roʻyxati bilan Pensiya jamgʻarmasining boʻlimiga joʻnatiladi. Pensiyalar va nafaqalarni yetkazib berish (topshirish) toʻgʻrisidagi hisobot, yirtib olinadigan talonlar komplektlarining kuzatuv roʻyxatlari nazorat qilish guruhining rahbari, pochta aloqasining mintaqaviy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi) ning bosh buxgalteri va rahbari tomonidan imzolanadi hamda muhr izi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Har bir aloqa boʻlimining pensiyalar va nafaqalarning yetkazib berilganligi (topshirilganligi) toʻgʻrisidagi hisoboti, yirtib olinadigan talonlar komplektlarining kuzatuv roʻyxati va reyestr-hisobotining bitta nusxasi pochta aloqasining mintaqaviy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi)da nazorat uchun qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Qaydnoma yoki uning ayrim varaqlari yoʻqotilgan hollarda aloqa boʻlimida yoʻqotish sodir boʻlgan holatlar koʻrsatilgan holda ikki nusxadagi dalolatnoma tuziladi. Dalolatnoma pochta aloqasining mintaqaviy tashkiloti va pochta aloqasi obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi)ga yuboriladi (beriladi), ular zudlik bilan Pensiya jamgʻarmasining boʻlimiga yoʻqotish toʻgʻrisidagi dalolatnoma nusxasini ilova qilgan holda yozma ravishda xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Ushbu dalolatnoma asosida Pensiya jamgʻarmasining boʻlimi yoʻqotilgan qaydnoma varagʻi oʻrniga yangi qaydnoma varagʻini beradi, uning old tomonida “dublikat” deb yozib qoʻyiladi. Qaydnoma dublikatida qaydnoma raqami va kasr chizigʻi orqali yoʻqotilgan qaydnoma varagʻining tartib raqami koʻrsatiladi. Dublikat Pensiya jamgʻarmasining boʻlimi boshligʻi, pensiyalar va nafaqalarni toʻlash monitoringi guruhining rahbari va xodimlari tomonidan imzolangan, shuningdek muhr izi bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Etkazib berilgan (topshirilgan) pensiyalar va nafaqalar boʻyicha Pensiya jamgʻarmasining boʻlimida nazoratni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Pochta aloqasining mintaqaviy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi)dan yirtib olinadigan talonlarning komplektlari olinganda Pensiya jamgʻarmasi boʻlimining pensiyalar va nafaqalarni toʻlash monitoringi guruhining rahbari quyidagilarni tekshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pensiyalar va nafaqalarni yetkazib berish (topshirish) toʻgʻrisidagi hisobot va hisobot oyi uchun yirtib olinadigan talonlar komplektlarining kuzatuv roʻyxati (pochta aloqasining mintaqaviy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi)ning rahbari va bosh buxgalteri imzolari hamda muhr izining mavjudligi) toʻgʻri rasmiylashtirilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirtib olinadigan talonlarning kelib tushgan komplektlari sonining kuzatuv roʻyxatida koʻrsatilgan songa muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reyestr-hisobotlar va yirtib olinadigan talonlarning toʻgʻri rasmiylashtirilganligi va ularda aloqa boʻlimi xodimlarining imzolari hamda taqvim shtempelining izlarining mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirtib olinadigan talonlar sonining har bir aloqa boʻlimining reyestr-hisobotlarida koʻrsatilgan soniga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aloqa boʻlimining reyestr-hisobotlarida koʻrsatilgan yetkazib berilmagan (topshirilmagan) pensiyalar va nafaqalar soni va summasining yirtib olinadigan talonlar boʻyicha yetkazib berilmagan (topshirilmagan) pensiyalar va nafaqalar soni hamda summasiga muvofiqligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Mazkur Yoʻriqnomaning 50-bandida nazarda tutilgan tekshiruvdan soʻng Pensiya jamgʻarmasi boʻlimining pensiyalar va nafaqalarni toʻlash monitoringi guruhining rahbari kuzatuv roʻyxatining nusxasiga qabul qilish sanasini koʻrsatgan holda yirtib olinadigan talonlar komplektlarini qabul qilish toʻgʻrisida imzo qoʻyadi, ushbu kuzatuv roʻyxati pochta aloqasining mintaqaviy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi)ning xodimiga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Pochta aloqasining mintaqaviy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi) tomonidan taqdim etilgan pensiyalar va nafaqalarni yetkazib berish (topshirish) boʻyicha hujjatlar (yirtib olinadigan talonlar komplektlarining kuzatuv roʻyxati, yirtib olinadigan talonlar, pensiyalar va nafaqalarni yetkazib berish (topshirish) toʻgʻrisidagi hisobot, reyestr-hisobotlar)da xatolar aniqlanganda, shuningdek aloqa xodimlarining aybiga koʻra notoʻgʻri yetkazib berishlar (topshirishlar) (vafotidan keyin, pensiya va nafaqani ishonchnomasiz boshqa shaxsga yetkazib berish (topshirish), pensiyani pensioner yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻchganidan keyin yetkazib berish (topshirish) va boshq.)da Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi pochta aloqasining mintaqaviy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi)ga aniqlangan xatolar toʻgʻrisida va hisobga qabul qilinmagan summalar toʻgʻrisida yozma ravishda xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Pensiyalar va nafaqalarni toʻlash boʻyicha hisob-kitoblarni solishtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Hisobot oyi uchun pochta aloqasining mintaqaviy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi) tomonidan pensiyalar va nafaqalarni yetkazib berish (topshirish) boʻyicha taqdim etilgan hujjatlar (yirtib olinadigan talonlar komplektlarining kuzatuv roʻyxati, yirtib olinadigan talonlar, pensiyalar va nafaqalarni yetkazib berish (topshirish) toʻgʻrisidagi hisobot, reyestr-hisobotlar) tekshirilganidan keyin Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi har oy hisobot oyidan keyingi oyning yettinchi sanasigacha hisob-kitoblarni solishtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Hisob-kitoblarni solishtirish natijalari mazkur Yoʻriqnomaning 10-ilovasiga muvofiq Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi tomonidan uch nusxada tuziladigan shakl boʻyicha, chorakning oxirgi oyi uchun esa toʻrt nusxada tuziladigan dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Solishtirish dalolatnomalari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimining boshligʻi va bosh buxgalteri, shuningdek pochta aloqasining mintaqaviy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi)ning rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolanadi. Imzolar Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi va pochta aloqasining mintaqaviy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi)ning muhr izlari bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Solishtirish dalolatnomasining ikki nusxasi pochta aloqasining mintaqaviy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi)ga topshiriladi, dalolatnomaning qolgan nusxalari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimida qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi va pochta aloqasi obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi) oʻrtasida tuzilgan hisob-kitoblarni solishtirish dalolatnomasining ikki nusxasidan birini pochta aloqasi obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi) pochta aloqasining mintaqaviy (viloyat) tashkilotiga 1-yanvar, 1-aprel, 1-iyul va 1-oktabr holati boʻyicha asosiy faoliyat hisoboti bilan birga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Hisobot oyining oxirida pochta aloqasining mintaqaviy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi) yetkazib berilmagan (topshirilmagan) pensiyalar va nafaqalar boʻyicha summani Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga qaytarishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Pochta aloqasi obyektlari (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi)dan olingan solishtirish dalolatnomalari pochta aloqasining mintaqaviy tashkilotlarining bosh buxgaltyerlari tomonidan har oyda tahlil qilinadi, shundan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmasi va pochta aloqasining mintaqaviy tashkiloti oʻrtasida toʻrt nusxada mazkur Yoʻriqnomaning 11-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha umumiy solishtirish dalolatnomasi tuziladi. Umumiy solishtirish dalolatnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmasi va pochta aloqasining mintaqaviy tashkilotining rahbarlari hamda bosh buxgaltyerlari tomonidan imzolanadi, shuningdek muhr izlari bilan tasdiqlanadi. Umumiy solishtirish dalolatnomasining bitta nusxasi “Oʻzbekiston pochtasi” OAJga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi, pochta aloqasining mintaqaviy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bogʻlamasi)da qoladigan qaydnomalar, pensiyalar va nafaqalarning yetkazib berilganligi (topshirilganligi) toʻgʻrisidagi hisobotlar, qaydnomalar komplektlarining kuzatuv roʻyxatlari, yirtib olinadigan talonlar komplektlarining kuzatuv roʻyxatlari, reyestr-hisobotlar va yirtib olinadigan talonlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Ushbu Yoʻriqnoma talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Mazkur Yoʻriqnoma “Oʻzbekiston pochtasi” OAJ va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston pochtasi” OAJ Bosh direktori R.QOSIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 15-avgust
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank raisi F.MULLAJONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 15-avgust
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston pochtasi” OAJning pochta aloqasining mintaqaviy (viloyat) tashkilotlari va pochta aloqasi obyektlari orqali pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarni toʻlashni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston pochtasi” OAJning pochta aloqasining mintaqaviy (viloyat) tashkilotlari va pochta aloqasi obyektlari orqali pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarni toʻlashni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
112-shakldagi oddiy pul oʻtkazmasi blanki namunasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston pochtasi” OAJning pochta aloqasining mintaqaviy (viloyat) tashkilotlari va pochta aloqasi obyektlari orqali pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarni toʻlashni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 3-ILOVA
Aloqa boʻlimi boshligʻi (nazorat qiluvchi shaxs) ____________________
(imzo)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“oʻzbekiston pochtasi” OAJning pochta aloqasining mintaqaviy (viloyat) tashkilotlari va pochta aloqasi obyektlari orqali pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarni toʻlashni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KELIShILGAN
KELIShILGAN
TASDIQLAYMAN
Bank boshqaruvchisi ________________ ________________
Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi ___________________ ______________
Pochta aloqasining mintaqaviy (viloyat) tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochta aloqasi bogʻlamasi, pochtamt) rahbari
__________________ ______________
20___yil__________________oy uchun _____________________pochta aloqasi bogʻlamasi boʻyicha pensiyalar, nafaqalar va pul oʻtkazmalarini toʻlash uchun talab qilingan naqd pul summasi uchun ____________________ bank boʻlimiga TALABNOMA
Oy sanalari
Talab qilingan naqd pul summasi
Oy sanalari
Talab qilingan naqd pul summasi
pensiyalar va nafaqalarni toʻlash uchun
pul oʻtkazmalarini toʻlash uchun
pensiyalar va nafaqalarni toʻlash uchun
pul oʻtkazmalarini toʻlash uchun
Jami
Pochta aloqasining mintaqaviy (viloyat) tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochta aloqasi bogʻlamasi, pochtamt) boshligʻi oʻrinbosari
___________________
(imzo)
Bosh buxgalter
___________________
(imzo)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston pochtasi” OAJning pochta aloqasining mintaqaviy (viloyat) tashkilotlari va pochta aloqasi obyektlari orqali pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarni toʻlashni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston pochtasi” OAJning pochta aloqasining mintaqaviy (viloyat) tashkilotlari va pochta aloqasi obyektlari orqali pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarni toʻlashni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
_______________________toʻlov kunlariga ________________________pochta aloqasining mintaqaviy (viloyat) tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochta aloqasi bogʻlamasi, pochtamt) uchun topshirilgan qaydnomalar komplektining ______ - son KUZATUV ROʻYXATI
Tartib raqamlari
Aloqa boʻlimining indeksi
Qaydnomalarning miqdori
Pensiya va nafaqa oluvchilar soni
Pensiyalar va nafaqalar summasi
Eslatma
1
2
3
4
5
6
Qaydnomalar joʻnatilgan ___________________
(sana)
Pensiya va nafaqalar toʻlovining monitoring guruhi rahbari_______________
(imzo)
Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi _____________________
(pochta aloqasining mintaqaviy (viloyat) tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochta aloqasi bogʻlamasi, pochtamt)ning pensiyalar va nafaqalar toʻlovini nazorat qilish guruhi rahbarining imzosi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston pochtasi” OAJning pochta aloqasining mintaqaviy (viloyat) tashkilotlari va pochta aloqasi obyektlari orqali pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarni toʻlashni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 7-ILOVA
(pensiya, nafaqa oluvchining imzosini tasdiqlagan shaxsning lavozimi va imzosi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston pochtasi” OAJning pochta aloqasining mintaqaviy (viloyat) tashkilotlari va pochta aloqasi obyektlari orqali pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarni toʻlashni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 8-ILOVA
Pochta aloqasining mintaqaviy (viloyat) tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochta aloqasi bogʻlamasi, pochtamt)ning pensiyalar va nafaqalar toʻlovini nazorat qilish guruhi rahbari __________________________
(imzo)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston pochtasi” OAJning pochta aloqasining mintaqaviy (viloyat) tashkilotlari va pochta aloqasi obyektlari orqali pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarni toʻlashni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 9-ILOVA
(pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimining nomi)
va nafaqalar toʻlovi boʻyicha talonlar komplektlarining
____- son KUZATUV ROʻYXATI
t/r
Aloqa boʻlimining indeksi
Yirtib olinadigan talonlar komplektlarining miqdori
Pochta aloqasining mintaqaviy (viloyat) tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochta aloqasi bogʻlamasi, pochtamt) rahbari _____________________________
Pensiyalar va nafaqalar toʻlovini nazorat qilish guruhi rahbari ____________________________
(imzo)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston pochtasi” OAJning pochta aloqasining mintaqaviy (viloyat) tashkilotlari va pochta aloqasi obyektlari orqali pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarni toʻlashni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 10-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20__y. _____ oy uchun viloyat (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent sh.) _______ boʻyicha pensiyalar (nafaqalar, kompensatsiyalar, alimentlar va boshq.)ni toʻlash boʻyicha hisob-kitoblarni
SOLIShTIRISh DALOLATNOMASI
20 ___ y. “___”____________ holatiga koʻra
(soʻmlarda)
t/r
Pochta aloqasi boʻlimi
Toʻlovga taqdim etilgan qaydnoma
Toʻlangan
Toʻlanmagan
Ulardan quyidagi sabablarga koʻra:
vafot etishi munosabati bilan
doimiy yashash uchun tuman (shahar) tashqarisiga chiqish munosabati bilan
pensionerning vaqtincha boʻlmasligi munosabati bilan
pensioner (nafaqa oluvchi)ning ishga joylashishi munosabati �ilan
Boshqa sabablar
oluvchilar soni
summa
oluvchilar soni
summa
oluvchilar soni
summa
oluvchilar soni
summa
oluvchilar soni
summa
oluvchilar soni
summa
oluvchilar soni
summa
oluvchilar soni
summa
1.
2.
3.
4.
5.
6.
7.
8.
9.
10.
JAMI
Davr boshi uchun qoldiq
Pensiya jamgʻarmasining boʻlimi tomonidan moliyalashtirilgan summa
Toʻlangan
Toʻlanmagan mablagʻlarni qaytarish
Davr oxiri uchun qoldiq
Pochta aloqasining mintaqaviy tashkiloti (bogʻlama, pochtamt) rahbari
Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi
M.Oʻ
M.Oʻ
Pochta aloqasining mintaqaviy tashkiloti (bogʻlama, pochtamt) bosh buxgalteri
Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi bosh buxgalteri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston pochtasi” OAJning pochta aloqasining mintaqaviy (viloyat) tashkilotlari va pochta aloqasi obyektlari orqali pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarni toʻlashni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 11-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20_y. ______ oy uchun viloyat (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent sh.) _______ boʻyicha pensiyalar (nafaqalar, kompensatsiyalar, alimentlar va boshq.)ni toʻlash boʻyicha hisob-kitoblarni
SOLIShTIRISh DALOLATNOMASI
20 ___ y. “___”__________ holatiga koʻra
(soʻmlarda)
t/r
Tuman (shahar)
Davr boshi uchun pensiyalar va nafaqalarni toʻlash uchun pul mablagʻlari-ning qoldigʻi
Pensiyalar va nafaqalarni yetkazib berish (topshirish) boʻyicha xizmatlar uchun pul mablagʻlari-ning qoldigʻi
Toʻlovga taqdim etilgan qaydnoma
Pensiyalar va nafaqalarni toʻlash uchun pul mablagʻlari moliyalashtirilgan
Pensiyalar va nafaqalarni yetkazib berish (topshirish) boʻyicha xizmatlar uchun moliyalashtirilgan summa
Toʻlangan
Pensiyalar va nafaqalarni �tkazib berish (topshirish) boʻyicha xizmatlar uchun hisoblangan
Toʻlanmagan
Toʻlanmagan mablagʻlarni qaytarish
Davr boshiga pensiyalar va nafaqalarni toʻlash uchun pul mablagʻlarining qoldigʻi
Pensiyalar va nafaqalarni yetkazib berish (topshirish) boʻyicha xizmatlar uchun pul mablagʻlarining qoldigʻi
oluvchilar soni
Summa
oluvchilar soni
Summa
oluvchilar soni
Summa
1.
2.
3.
4.
5.
6.
7.
8.
9.
10.
JAMI
Pochta aloqasining mintaqaviy (viloyat) tashkiloti rahbari
___________________
Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmasi boshligʻi