Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTIShLAR VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:
I. Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 4, 76-modda; 1992-yil, № 9, 363-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda):
1) 1-moddasining ikkinchi qismidagi “fondlar” degan soʻz chiqarib tashlansin;
2). 5-moddasining beshinchi qismi chiqarib tashlansin;
3) 18-moddasi:
toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Siyosiy partiyalar va siyosiy maqsadlarni koʻzlovchi ommaviy harakatlarning chet davlatlardan, xalqaro tashkilotlar hamda chet davlatlarning yuridik shaxslari, ularning vakolatxonalari va filiallaridan, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalardan, chet el fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, diniy tashkilotlardan, nomi yashirilgan yoki faqat taxallusi koʻrsatilgan shaxslardan moliyaviy va oʻzgacha moddiy yordam olishi man etiladi. Bunday yordam olingan taqdirda mazkur mablagʻlar qaytarilishi, qaytarish imkoniyati boʻlmagan taqdirda esa, davlat daromadiga oʻtkazilishi lozim”.
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi”;
beshinchi—yettinchi qismlari tegishincha oltinchi—sakkizinchi qismlar deb hisoblansin;
4) 19-moddasining ikkinchi qismi chiqarib tashlansin.
II. Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 14-iyunda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 2000-yil 26-maydagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan tahriri (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 148-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda):
1) 6-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oldi-sotdi yoki ayirboshlash obyekti boʻlgan tovarlar, ishlar (xizmatlar), har qanday mol-mulkka, shu jumladan qimmatbaho qogʻozlar, valyuta qimmatliklariga, elektr, issiqlik energiyasi va boshqa turdagi energiyaga, transport vositalariga, intellektual mulk obyektlariga nisbatan, tashqi iqtisodiy faoliyatda foydalanilishi qonun hujjatlari bilan taqiqlanganlarini istisno etganda, tashqi iqtisodiy faoliyat amalga oshirilishi mumkin”;
2) 11-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11-modda. Tashqi savdo faoliyati
Tashqi savdo faoliyati xalqaro tovarlar, ishlar (xizmatlar) savdosi sohasidagi tadbirkorlik faoliyatidir.
Tashqi savdo faoliyati tovarlarni, ishlarni (xizmatlarni) eksport va import qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Tovarlarning Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan ularni qayta olib kirish toʻgʻrisidagi majburiyatni olmasdan olib chiqib ketilishi, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, tovarlar eksportidir.
Tovarlarning Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga ularni qayta olib chiqib ketish toʻgʻrisidagi majburiyatni olmasdan olib kirilishi tovarlar importidir.
Oʻzbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsi tomonidan xorijiy davlatning yuridik yoki jismoniy shaxsi uchun ishlar bajarish (xizmatlar koʻrsatish), ularning bajarilish (koʻrsatilish) joyidan qatʼi nazar, ishlar (xizmatlar) eksportidir.
Xorijiy davlatning yuridik yoki jismoniy shaxsi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsi uchun ishlar bajarish (xizmatlar koʻrsatish), ularning bajarilish (koʻrsatilish) joyidan qatʼi nazar, ishlar (xizmatlar) importidir”;
“24-modda. Muhofaza choralari
Tovar importining koʻpayganligiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan muhofaza choralari qoʻllanilishi mumkin.
Muhofaza choralarining qoʻllanilish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
25-modda. Antidemping bojlari
Demping narxlaridagi tovar importiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan antidemping bojlari qoʻllanilishi mumkin.
Antidemping bojlarining qoʻllanilish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
26-modda. Kompensatsiya bojlari
Subsidiya bilan taʼminlangan tovar importiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan kompensatsiya bojlari qoʻllanilishi mumkin.
Kompensatsiya bojlarining qoʻllanilish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi”.
III. Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 20-noyabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 2, 80-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 102-modda) 9-moddasining matnidagi “davlat va jamoat tashkilotlari” degan soʻzlar “davlat tashkilotlari hamda jamoat birlashmalari” degan, “jamoat tashkilotlari, komissiyalari” degan soʻzlar “jamoat birlashmalari va komissiyalar” degan, “jamoat fondlari va boshqa” degan soʻzlar esa “hamda boshqa” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 13-yanvarda qabul qilingan “Yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 3, 157-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 121-modda) 4-bandidagi “20” raqami “oʻn” degan soʻz bilan almashtirilsin.
V. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 38-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda) 35-moddasining uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tabiatni muhofaza qilish jamoat fondlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladi va oʻz faoliyatini amalga oshiradi”.
VI. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida”gi qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 332-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 120-modda):
2-bandidagi “2005-yil” degan soʻzlar “2010-yilning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10-bandidagi “2005-yilning” degan soʻzlar “2010-yilning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
VII. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar, 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda) oʻzbekcha matnining 36-moddasi ikkinchi qismidagi “ishi toʻxtatilgan”, “ishini toʻxtatish” degan soʻzlar tegishincha “ishi tugatilgan”, “ishini tugatish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
VIII. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonunining yangi tahririni amalga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 258-modda) 2-bandidagi “lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga toʻliq oʻtilgan paytdan, yaʼni” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
IX. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda) 75-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“75-modda. Jamoat fondlari
Fuqarolar va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriy mulkiy badallar qoʻshish asosida tashkil etilgan, xayriya, ijtimoiy, madaniy, maʼrifiy yoki boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarni koʻzlaydigan, aʼzoligi boʻlmagan nodavlat notijorat tashkiloti jamoat fondi deb eʼtirof etiladi.
Jamoat fondiga uning muassislari (muassisi) yoki vasiyat qiluvchi tomonidan oʻtkazilgan mol-mulk fondning mulkidir. Fond muassislari (muassisi) yoki fond vasiyatnoma boʻyicha tashkil etilganida vasiyatnomani ijro etuvchi fondning majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi, fond esa muassislarning (muassisning) yoki vasiyatnomani ijro etuvchining majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.
Jamoat fondining mol-mulkidan fond ustavida belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirish hamda maʼmuriy xarajatlarni qoplash uchun foydalaniladi. Fond qonun hujjatlariga muvofiq tadbirkorlik faoliyati bilan oʻz ustavida belgilangan maqsadlarga toʻgʻri keladigan doirada shugʻullanishi mumkin. Fondning tijorat tashkilotlari ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ishtiroki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Jamoat fondi har yili oʻz faoliyati toʻgʻrisida hisobot eʼlon qilib borishi shart.
Jamoat fondini boshqarish tartibi va uning organlarini shakllantirish tartibi uning ustavida belgilanadi.
Jamoat fondining ustavida ushbu Kodeks 43-moddasining toʻrtinchi qismida koʻrsatilganidan tashqari quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak: fond organlarining tuzilishi, vakolatlari va shakllantirilish tartibi; fond organlarining mansabdor shaxslarini tayinlash (saylash) va lavozimidan ozod qilish tartibi; fondning mol-mulkini shakllantirish manbalari; fondning, uning vakolatxonalari hamda filiallarining mol-mulkni boshqarish borasidagi huquq va majburiyatlari; fond vakolatxonalarini ochish va filiallarini tashkil etish tartibi; fondni qayta tashkil etish va tugatish tartibi; fond tugatilgan taqdirda uning mol-mulkidan foydalanish tartibi; fond ustaviga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish tartibi.
Jamoat fondining ustavida fondning belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan ramziy belgisining tavsifi, shuningdek qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa qoidalar ham boʻlishi mumkin.
Jamoat fondlari huquqiy holatining xususiyatlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi”.
X. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 36-modda; 1999-yil, № 9, 299-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda):
1) 13-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari oʻz partiyalarining siyosatini uyushqoqlik bilan oʻtkazish uchun, siyosiy partiyalardan koʻrsatilgan deputatlarning taʼsis yigʻilishlarida tuziladi. Fraksiyalar fraksiyaning rahbari bergan tegishli ariza va taʼsis hujjatlariga asosan Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi tomonidan roʻyxatga olinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiya fraksiyasi quyidagi huquqlarga ega:
Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibini tuzishda ishtirok etish;
Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibidagi har bir masala boʻyicha muzokaralarda fraksiya vakiliga kafolatlangan soʻz berilishi;
tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeriga va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga, vazirlarga, shuningdek boshqa davlat organlarining rahbarlariga soʻrov bilan murojaat etish;
Qonunchilik palatasining qoʻmitalari va komissiyalari raisligiga nomzodlar boʻyicha takliflar kiritish;
Qonunchilik palatasining majlisida muhokama qilinayotgan masala boʻyicha fraksiya fikrini deputatlar orasida tarqatish;
Qonunchilik palatasi deputatlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni amalga oshirish.
Siyosiy partiya fraksiyasining rahbari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Kengashi tarkibiga kiradi.
Fraksiyalarning faoliyatiga tashkiliy, texnikaviy jihatdan va boshqa xizmatlar koʻrsatish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining devoni tomonidan taʼminlanadi”;
2) 15-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15-modda. Siyosiy partiyalar mulki
Binolar, inshootlar, asbob-uskunalar, nashriyotlar, transport vositalari, shuningdek ustavida nazarda tutilgan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur boshqa mol-mulk siyosiy partiyalarning mulki boʻlishi mumkin.
Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
Siyosiy partiyalar faqat ustavda nazarda tutilgan vazifalarni bajarish maqsadida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradi. Siyosiy partiyaning tadbirkorlik faoliyati natijalari uning moliyaviy hisobotida aks ettirilishi kerak.
Siyosiy partiyalarning tadbirkorlik faoliyatidan olgan daromadlari partiya aʼzolari oʻrtasida taqsimlanishi mumkin emas va ulardan faqat ustavda nazarda tutilgan vazifalarni bajarish uchun foydalaniladi.
Siyosiy partiyalar har yili barchaning eʼtibori uchun oʻz budjetlarini eʼlon qilib boradi va oʻz faoliyatini moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga yoki u vakolat bergan organga belgilangan tartibda hisobot taqdim etadi.
Siyosiy partiyalarning mulki qonun bilan muhofaza qilinadi”;
3) 16-moddasi chiqarib tashlansin.
XI. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan “Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatalari toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 112-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda) 3-moddasi ikkinchi qismining oʻn beshinchi xatboshisidagi “Biznes-fond” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
XII. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 4-5-songa ilova, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 4-5, 74-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda):
1) 12-moddasi birinchi qismining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1) belgilangan tartibda va muddatlarda soliq organlarida roʻyxatdan oʻtish, pochta manzili oʻzgargan taqdirda esa (notijorat tashkilotlar qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan taqdirda ham), bu haqda soliq organlarini oʻn kunlik muddat ichida yozma ravishda xabardor etish”;
2) 58-moddasi quyidagi mazmundagi “ts” band bilan toʻldirilsin:
“ts) xususiy korxona tomonidan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlanganidan keyin xususiy korxona mulkdori ixtiyoriga kelib tushadigan foyda summasi”;
3) 67-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oboroti, tovarlarning importi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida bajariladigan ishlarning (koʻrsatiladigan xizmatlarning) importi qoʻshilgan qiymat soligʻi solinadigan obyekt hisoblanadi”;
4) 72-moddasi:
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, tovarlarning, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida bajariladigan ishlarning (koʻrsatiladigan xizmatlarning) erkin konvertatsiya qilinadigan valyutadagi eksportiga, shu jumladan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlariga yetkazib berilishiga”;
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni qayta ishlash boʻyicha erkin konvertatsiya qilinadigan valyutada bajariladigan ishlarga (koʻrsatiladigan xizmatlarga)”;
birinchi qismi quyidagi mazmundagi birinchi—uchinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan tijorat tashkilotlari va jismoniy shaxslar davlat roʻyxatidan oʻtkazilayotganda ularga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda identifikatsiya raqami beriladi.
Davlat roʻyxatiga olingan notijorat tashkilotlari roʻyxatdan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran oʻn kun ichida soliq organlariga identifikatsiya raqami olish uchun murojaat qiladi.
Norezidentlar (shu jumladan tegishli davlat organlarida akkreditatsiya qilingan norezidentlar) Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat boshlaganidan eʼtiboran oʻn kun ichida soliq organlariga hisobga turish va identifikatsiya raqami olish uchun murojaat qiladi”;
ikkinchi—toʻrtinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi—oltinchi qismlar deb hisoblansin;
6) 135-moddasining birinchi qismi:
1-bandining birinchi xatboshisi “(shu jumladan norezidentlarning)” degan soʻzlardan keyin “rezident tijorat tashkilotlarini istisno etganda,” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
2-bandi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
XIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Boj tarifi toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 228-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda):
1) 3-moddasining ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi qismlar bilan almashtirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasida import boji, eksport boji, mavsumiy va alohida (maxsus, antidemping, kompensatsiya) boj qoʻllaniladi.
Alohida bojlarning qoʻllanilish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi”;
Keyingi tahrirga qarang.
XIV. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 82-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda) 35-moddasining uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarini davlat roʻyxatiga olish yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar toʻgʻrisidagi zarur hujjatlar ham ilova etilgan ariza kelib tushgan paytdan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda tegishli vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno”.
XV. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 28-avgustda qabul qilingan “Davlat yer kadastri toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda) 13-moddasining beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarini davlat roʻyxatiga olish yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar toʻgʻrisidagi zarur hujjatlar ham ilova etilgan ariza kelib tushgan paytdan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda tegishli vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno”.
XVI. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 4-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda) 15-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yashash uchun yaroqli boʻlgan turar joyni yashash uchun moʻljallanmagan joyga oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi. Alohida hollarda, turar joyni yashash uchun moʻljallanmagan joyga oʻtkazish mulkdorning yoki u vakolat bergan organning (shaxsning) arizasiga koʻra tumanlar va shaharlar hokimlarining qaroriga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi”.
XVII. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 8-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda) 10-moddasi:
birinchi qismi “amalga oshirilishi mumkin” degan soʻzlardan keyin “xususiy korxonalar bundan mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Xususiy korxonalar faoliyatini tekshirish nazorat qiluvchi organlar tomonidan koʻpi bilan ikki yilda bir marta, belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno”.
XVIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 14-aprelda qabul qilingan “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 115-modda):
1) 1-moddasining matni “chet el” degan soʻzlardan oldin “xalqaro hamda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
2) 8-moddasi birinchi qismining beshinchi xatboshisi “soliq” degan soʻzdan oldin “roʻyxatdan oʻtkazuvchi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
3) 9-moddasi quyidagi mazmundagi qism bilan toʻldirilsin:
“Xalqaro hamda chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallari yuridik shaxslardir”;
4) 12-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12-modda. Jamoat fondi
Jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriy mulkiy badallar qoʻshish asosida tashkil etilgan, xayriya, ijtimoiy, madaniy, maʼrifiy yoki boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarni koʻzlaydigan, aʼzoligi boʻlmagan nodavlat notijorat tashkiloti jamoat fondi deb eʼtirof etiladi.
Jamoat fondiga uning muassislari (muassisi) yoki vasiyat qiluvchi tomonidan oʻtkazilgan mol-mulk fondning mulkidir. Fond muassislari (muassisi) yoki fond vasiyatnoma boʻyicha tashkil etilganida vasiyatnomani ijro etuvchi fondning majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi, fond esa muassislarning (muassisning) yoki vasiyatnomani ijro etuvchining majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.
Jamoat fondining mol-mulkidan fond ustavida belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirish hamda maʼmuriy xarajatlarni qoplash uchun foydalaniladi.
Jamoat fondi har yili oʻz faoliyati toʻgʻrisida hisobot eʼlon qilib borishi shart”;
5) 21-moddasi:
ikkinchi qismi “chet el” degan soʻzlardan oldin “xalqaro hamda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xalqaro hamda chet el nodavlat notijorat tashkilotlari vakolatxonalari va filiallarining chet el fuqarolari boʻlgan xodimlarini, shuningdek ularning qaramogʻidagi oila aʼzolarini belgilangan tartibda akkreditatsiya qilishni amalga oshiradi”;
toʻrtinchi qismi beshinchi qism deb hisoblansin va undagi “ustav maqsadlariga” degan soʻzlar “ustavda belgilangan maqsadlarga hamda Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 22-moddasining beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xalqaro hamda chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun vakolatxona yoki filialning asosiy maqsadlari hamda faoliyat koʻrsatish muddati, shuningdek xodimlarining soni chegarasi ham koʻrsatilgan ariza roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga taqdim etiladi. Arizaga asosiy tashkilotning rahbarlik qiluvchi markaziy organi tomonidan tasdiqlangan quyidagi hujjatlar ikki nusxada ilova qilinadi:
asosiy tashkilotni tuzish maqsadlari va vazifalari koʻrsatilgan holda ustavning hamda roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning belgilangan tartibda legallashtirilgan nusxalari;
asosiy tashkilotning Oʻzbekiston Respublikasida vakolatxona ochish yoki filial tashkil etish toʻgʻrisidagi qarori (bayonnomasi), unda vakolatxona ochishga (filial tashkil etishga), uning nizomini tasdiqlashga, rahbarini (rahbarlarini) tayinlashga oid belgilangan tartibda legallashtirilgan maʼlumotlar boʻlishi kerak;
vakolatxona yoki filial toʻgʻrisidagi notarial tartibda tasdiqlangan, uni ochishdan (tashkil etishdan) koʻzlangan maqsadlar va vazifalar ham koʻrsatilgan, oʻzbek va rus tillaridagi nizom (ustav);
asosiy tashkilot tomonidan vakolatxona yoki filial rahbariga berilgan belgilangan tartibda legallashtirilgan ishonchnoma;
asosiy tashkilot faoliyati toʻgʻrisida belgilangan tartibda legallashtirilgan axborot;
ijaraga beruvchining tegishli binolarni vakolatxona yoki filialga berish toʻgʻrisidagi rozilik xati;
roʻyxatga olganlik uchun yigʻim toʻlanganligi toʻgʻrisida bank toʻlov hujjati;
vakolatxona yoki filialning rahbari hamda xodimlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, ularning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi va joyi, fuqaroligi, kasbi, yashash joyi hamda telefon raqami koʻrsatilgan holda;
vakolatxona yoki filial faoliyatini moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisida belgilangan shakldagi deklaratsiya”;
7) 30-moddasi:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Xalqaro hamda chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallari hamda bunday vakolatxonalarning (filiallarning) xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi hududida biron bir siyosiy faoliyatda va vakolatxona yoki filialning ustavda belgilangan maqsadlariga toʻgʻri kelmaydigan boshqa faoliyatda ishtirok etishga haqli emas. Ularning siyosiy partiyalar hamda ommaviy harakatlar tomonidan oʻtkaziladigan amaliy harakatlar va tadbirlarni moliyalashtirishiga, shuningdek bunday tashkilotlarni tuzish tashabbusi bilan chiqishiga hamda shunday tashkilotlar tuzishni qoʻllab-quvvatlashiga yoʻl qoʻyilmaydi”;
ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;
8) 33-moddasida “statistika va soliq” degan soʻzlar “roʻyxatdan oʻtkazuvchi, soliq va statistika” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
XIX. Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 15-aprelda qabul qilingan “Arxivlar toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 120-modda):
1) 4-moddasining oltinchi qismidagi, 7-moddasining ikkinchi qismidagi, 8-moddasining ikkinchi qismidagi, 14-moddasining toʻrtinchi qismidagi, 15-moddasining uchinchi qismidagi, 16-moddasining matnidagi va 19-moddasining ikkinchi qismidagi “Bosh arxiv boshqarmasi”, “Bosh arxiv boshqarmasining” degan soʻzlar tegishli kelishikdagi “Oʻzarxiv” agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi “ular tuzadigan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Arxiv ishini boshqarish vakolatli davlat organlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmalaridir”.
Keyingi tahrirga qarang.
XX. Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 217-modda):
1) 9-moddasining ikkinchi qismidagi va 17-moddasining birinchi qismidagi “Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitaning” degan soʻzlar “Milliy xavfsizlik xizmatining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 25-moddasining ikkinchi qismidagi “Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 26-moddasining matni “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlardan oldin “Oʻzbekiston Respublikasi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
4) 28-moddasining toʻrtinchi xatboshisi “vazirliklar” degan soʻzdan keyin “davlat qoʻmitalari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
5) 29-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“29-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat chegarasini himoya qilish va qoʻriqlash sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati:
Davlat chegarasini himoya qilish va qoʻriqlash sohasidagi davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Davlat chegarasi himoya qilinishi va qoʻriqlanishini taʼminlaydi;
chegara qoʻshinlarini boshqarishni amalga oshiradi;
davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning Davlat chegarasini himoya qilish va qoʻriqlash sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib turadi;
Davlat chegarasi xavfsizligiga tahdidlar toʻgʻrisida belgilangan tartibda axborot taqdim etadi;
razvedka, kontrrazvedka va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiradi;
belgilangan tartibda kontrabandaga qarshi kurash choralarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Davlat chegarasini himoya qilish va qoʻriqlash sohasida boshqa davlatlarning tegishli chegara idoralari, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
Davlat chegarasi chizigʻining oʻtishini belgilashda ishtirok etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining Davlat chegarasini himoya qilish va qoʻriqlashga doir qismini shakllantirish yuzasidan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi muhokamasiga kiritadi;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi”;
6) 31-moddasi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
XXI. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 140-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda):
1) 11-moddasining birinchi qismidagi ikkinchi jumla chiqarib tashlansin;
2) 12-moddasi chiqarib tashlansin;
3) 39-moddasi:
birinchi qismi “amalga oshirilishi mumkin” degan soʻzlardan keyin “xususiy korxonalar bundan mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Xususiy korxonalar faoliyatini tekshirish nazorat qiluvchi organlar tomonidan koʻpi bilan ikki yilda bir marta, belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno”;
uchinchi—sakkizinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi—toʻqqizinchi qismlar deb hisoblansin.
XXII. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrda qabul qilingan “Terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 15-modda):
1) 8-moddasining birinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
2) 9-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati:
terrorchilik faoliyatining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qoʻyish yoʻli bilan terrorizmga, shu jumladan xalqaro terrorizmga qarshi kurashni amalga oshiradi;
terrorchilar, terrorchilik guruhlari va terrorchilik tashkilotlari faoliyati toʻgʻrisidagi axborotlarni toʻplaydi hamda tahlil qiladi, ulardan kelib chiqayotgan tahdidning milliy xavfsizlikka qay darajada xavfli ekanligini baholaydi, tegishli vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarga zarur axborotlar taqdim etadi;
terrorchilarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishidan Davlat chegarasining himoya qilinishi va qoʻriqlanishini taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali qurol, oʻq-dorilar, portlovchi, radioaktiv, biologik, shuningdek kimyoviy yoki boshqa zaharlovchi moddalarning, terrorchilik harakatini sodir etish maqsadida ishlatilishi mumkin boʻlgan predmet yoki materiallarning noqonuniy olib oʻtilishi oldini olish, uni aniqlash va unga chek qoʻyish choralarini koʻradi;
chegara oldi mintaqasida va chegara oldi zonasida terrorchilarni, terrorchilik guruhlarini aniqlaydi, zararsizlantiradi, qarshilik koʻrsatilgan taqdirda esa ularni yoʻq qilish choralarini koʻradi;
Oʻzbekiston Respublikasining alohida muhim va kategoriyalangan obyektlarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan davlat muassasalarini, ushbu muassasalarning xodimlari hamda ularning oila aʼzolarini himoya qilishni taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, shuningdek chet el davlatlari, hukumatlari boshliqlari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan davrda mazkur davlat (hukumat) boshliqlari va xalqaro tashkilot rahbarlarining xavfsizligi hamda qoʻriqlanishini taʼminlaydi;
xalqaro terrorizmga qarshi kurash sohasida chet el davlatlarining tegishli organlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;
terrorchilikka qarshi kurashuvchi boʻlinmalarning terrorchilarni, terrorchilik guruhlarini aniqlash, zararsizlantirish va yoʻq qilish hamda terrorchilik tashkilotlarini tugatish ishlari tashkil etilishini taʼminlaydi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi”;
3) 11-moddasi chiqarib tashlansin.
XXIII. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrda qabul qilingan “Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarning javobgarligi toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 21-modda):
1) 2-moddasining matnidagi “qurilish va binokorlik materiallari sanoati sohasidagi” degan soʻzlar “loyihalash va qurilish, shuningdek binokorlik materiallari ishlab chiqarish sohasidagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 3-moddasining birinchi qismidagi “hududida joylashgan loyihalash, qurilish-montaj ishlarini bajaruvchi” degan soʻzlar “hududida loyihalash, qurilish-montaj ishlarini amalga oshiruvchi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 7-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Obyektlarni davlat ekspertizasi tomonidan loyiha-smeta hujjatlari, jumladan ish hujjatlari xususida berilgan ijobiy xulosasiz, shuningdek davlat arxitektura-qurilish nazorati organlari roʻyxatidan oʻtkazmasdan va ularning ruxsatnomasisiz qurish —
eng kam ish haqining yetmish baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
XXIV. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 11-mayda qabul qilingan “Maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranziti toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 5, 82-modda) 12-moddasining ikkinchi qismidagi “Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita bilan” degan soʻzlar “Milliy xavfsizlik xizmati bilan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
XXV. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustda qabul qilingan “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 180-modda) 5- va 8-moddalaridagi “Bosh arxiv boshqarmasi”, “Bosh arxiv boshqarmasining” degan soʻzlar tegishli kelishikdagi “Oʻzarxiv” agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
XXVI. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 7-dekabrda qabul qilingan “Qimmatbaho metallardan yasalgan buyumlarning asillik darajasi va tamgʻalanishi toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 1, 17-modda) 7-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7-modda. Vakolatli davlat organi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligining Davlat asillik darajasini belgilash palatasi (bundan buyon matnda Asillik darajasini belgilash palatasi deb yuritiladi) qimmatbaho metallardan yasalgan buyumlarning asillik darajasini aniqlash va tamgʻalash sohasidagi vakolatli davlat organidir.
Asillik darajasini belgilash palatasi toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlanadi”.
Keyingi tahrirga qarang.
XXVII. Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 4-aprelda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 4-5, 63-modda):
1) 14-moddasi uchinchi qismining beshinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“shaharsozlik hujjatlari amalga oshirilishi boʻyicha mualliflik nazorati olib borilishini taʼminlashlari;
asos boʻluvchi va ruxsat beruvchi hujjatlar oʻz vaqtida tayyorlanishini va shaharsozlik hujjatlari tasdiqlanishini taʼminlashlari shart”;
2) 15-moddasining uchinchi qismi quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar:
qonun hujjatlariga muvofiq shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilishini taʼminlashlari;
oʻzlari ishlab chiqqan shaharsozlik hujjatlarini barcha manfaatdor organlar va tashkilotlar bilan belgilangan tartibda kelishib olishlari shart.
Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin”;
3) 25-moddasining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yuridik va jismoniy shaxslar shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga, belgilangan shaharsozlik normalari va qoidalariga, davlat standartlariga, qurilish ishlari, binokorlik materiallari va buyumlari sifati hamda texnologiyalariga rioya etishlari ustidan nazoratni amalga oshiradi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 30-aprel,
621-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 25-son, 287-modda, 2005-y., 1-son, 4-modda; 2007-y., 52-son, 533-modda; 2010-y., 24-25-son, 192-modda; 2013-y., 41-son, 543-modda; 2016-y., 3(I)-son, 32-modda, 37-son, 426-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 03/21/676/0142-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 03/21/710/0815-son; 13.09.2023-y., 03/23/868/0699-son)