OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PARVOZLAR XAVFSIZLIGINI NAZORAT QILISh DAVLAT INSPEKSIYASI BOShLIGʻINING
BUYRUGʻI
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING “FUQARO VA EKSPERIMENTAL AVIATSIYA AERODROMLARINI EKSPLUATATSIYAGA YaROQLILIK MEʼYORLARI” AVIATSIYA QOIDALARI”GA (OʻZR AQ-153) OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan. 03.08.2012-yil, 6-24/23-8845/6-son]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-son “Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 29-son, 327-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2010-yil 28-iyundagi 70-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqaro va eksperimental aviatsiya aerodromlarini ekspluatatsiyaga yaroqlilik meʼyorlari” aviatsiya qoidalari”ga (OʻzR AQ-153) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida huquqiy ekspertiza va kelishilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Boshliq T. OʻLJAYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 2-avgust,
8 n-son