Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshliGʻining
Buyrugʻi
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQARO VA EKSPERIMENTAL AVIATSIYA AERODROMLARINI EKSPLUATATSIYAGA YaROQLILIK MEʼYoRLARI” (OʻZR AQ-153) OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI AVIATSIYA QOIDALARINING TASDIQLANIShI TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan. 21.07.2010-yil, 6-24/23-6084/6-son]
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni IKAO standartlari va tavsiyalarini inobatga olgan holda takomillashtirish maqsadida buyuraman:
1. “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiya aerodromlarini ekspluatatsiyaga yaroqlilik meʼyorlari” (OʻzR AQ-153) Oʻzbekiston Respublikasi Aviatsiya qoidalari ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. “Davavianazorat” inspeksiyasi boshligʻining 2004-yil 27-dekabrdagi 178-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Fuqaro va eksperimental aviatsiya aerodromlarini ekspluatatsiyaga yaroqlilik meʼyorlari (OʻzR AQ-153)” Oʻzbekiston Respublikasi Aviatsiya qoidalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida huquqiy ekspertizadan oʻtkazilgan va kelishilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Boshliq T. OʻLJAYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 28-iyun,
70-son