Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.12.2017 11.07.2012 yildagi 209-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.12.2017
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘ZMELIOMAShLIZING” DAVLAT LIZING KOMPANIYASI TUZILMASINI VA FAOLIYATINI YANADA TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 969-sonli ““O‘zmeliomashlizing” davlat unitar korxonasining ustavini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi faoliyatini takomillashtirish maqsadida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tuzilmasini takomillashtirish va xodimlari sonini maqbullashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 12-yanvardagi PQ-1260-son hamda “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tuzilmasini yanada takomillashtirish va xodimlari sonini maqbullashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 20-dekabrdagi PQ-1444-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi ijro etuvchi apparatining xodimlarning cheklangan umumiy soni (xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari) 15 nafar bo‘lgan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 28-iyundagi 185-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 26-son, 338-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi tomonidan melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalarini xarid qilish va lizingga berish, shuningdek “O‘zmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasining “Meliomashlizingservis” shu’ba korxonasi tomonidan melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalariga texnik va servis xizmati ko‘rsatish uchun tovarlar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar xarid qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 28-iyundagi 185-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 26-son, 338-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 11-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
209-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 11-iyuldagi 209-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi ijro etuvchi apparatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilmasi

Xodimlarning cheklangan umumiy soni — 15 nafar (xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari).
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 28-iyundagi 185-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 26-son, 338-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 11-iyuldagi 209-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi tomonidan melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalarini xarid qilish va lizingga berish, shuningdek “O‘zmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasining “Meliomashlizingservis” shu’ba korxonasi tomonidan melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalariga texnik va servis xizmati ko‘rsatish uchun tovarlar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar xarid qilish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizom
(2-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 28-iyundagi 185-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 26-son, 338-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom “O‘zmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi (keyingi o‘rinlarda Lizingga beruvchi deb ataladi) tomonidan melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalarini (keyingi o‘rinlarda melioratsiya texnikasi deb ataladi) xarid qilish va lizingga berish, shuningdek “O‘zmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasining “Meliomashlizingservis” shu’ba korxonasi (keyingi o‘rinlarda shu’ba korxona deb ataladi) tomonidan melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalariga texnik va servis xizmati ko‘rsatish uchun tovarlar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar xarid qilish mexanizmini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 28-iyundagi 185-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 26-son, 338-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Lizingga beriladigan melioratsiya texnikasi ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida” 2007-yil 31-oktabrdagi PQ-718-son qarori bilan tashkil etilgan Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi Kengashining qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Melioratsiya texnikasiga texnik va servis xizmati ko‘rsatish uchun O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan tovarlar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar shu’ba korxona tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan ro‘yxatlar bo‘yicha, mahalliy tovarlar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar esa – Lizingga beruvchi tasdiqlaydigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kiriladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 28-iyundagi 185-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 26-son, 338-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Melioratsiya texnikasini lizingga berish Lizingga beruvchi tomonidan unga qarz asosida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) tomonidan beriladigan mablag‘lar, shuningdek o‘z mablag‘lari, boshqa jalb etilgan mablag‘lar yoki boshqa manbalar mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Melioratsiya texnikasiga texnik va servis xizmati ko‘rsatish uchun tovarlar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar xarid qilish shu’ba korxona tomonidan o‘z mablag‘lari, Lizingga beruvchining qarz asosida beriladigan mablag‘lari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa jalb etilgan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 28-iyundagi 185-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 26-son, 338-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Melioratsiya texnikasi sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash faoliyatini va boshqa suv xo‘jaligi ishlarini amalga oshiruvchi suv xo‘jaligi qurilish va foydalanish tashkilotlariga, shuningdek suv iste’molchilari uyushmalariga va fermer xo‘jaliklariga (keyingi o‘rinlarda Lizingga oluvchilar deb ataladi) 10 yil muddatga lizingga quyidagi shartlar bilan beriladi:
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 28-iyundagi 185-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 26-son, 338-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashni amalga oshiruvchi suv xo‘jaligi qurilishi tashkilotlari, shuningdek suv iste’molchilari uyushmalari va fermer xo‘jaliklari uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lizingga berilayotgan melioratsiya texnikasi qiymatining 15 foizi avans shaklida ularning o‘z mablag‘lari hisobiga to‘lanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lizingga berilayotgan melioratsiya texnikasi qiymatining 85 foizi Lizingga beruvchi tomonidan, unga qarz asosida Jamg‘arma tomonidan beriladigan mablag‘lar hisobiga moliyalashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash faoliyatini amalga oshiruvchi suv xo‘jaligi foydalanish tashkilotlari uchun lizingga berilayotgan melioratsiya texnikasi qiymatining 100 foizi Lizingga beruvchi tomonidan, unga qarz asosida Jamg‘arma tomonidan beriladigan mablag‘lar hisobiga moliyalashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) melioratsiya texnikasi Lizingga oluvchilarga faqat olinayotgan texnikaning mulkiy tavakkalchiliklarini lizingning butun davri uchun sug‘urta qilish bo‘yicha “O‘zagrosug‘urta” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining sug‘urta polisi mavjud bo‘lganda beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Lizingga beruvchining daromad stavkasi (marjasi) lizing shartnomalari tuzilishi sanasidagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizidan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Melioratsiya texnikasi Lizingga beruvchi tomonidan o‘z mablag‘lari, boshqa jalb etilgan mablag‘lar (unga qarz asosida Jamg‘arma tomonidan beriladigan mablag‘lardan tashqari) yoki boshqa manbalar mablag‘lari hisobiga lizingga berilganda lizing muddati va Lizingga beruvchi daromadi stavkasi (marjasi) lizing shartnomasida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Lizingga beruvchi har yili 1-avgustdan kechikmay, Lizingga oluvchilardan olingan buyurtmanomalar asosida lizing bo‘yicha yetkazib beriladigan melioratsiya texnikasiga kelgusi yildagi ehtiyoj prognozini shakllantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga xarid qilish mo‘ljallanayotgan melioratsiya texnikasiga bo‘lgan ehtiyoj prognozidan kelib chiqib Lizingga beruvchi va “Agrobank” aksiyadorlik-tijorat banki (keyingi o‘rinlarda Bank deb ataladi) Jamg‘armaga melioratsiya texnikasi xarid qilishning prognoz hajmlarini, shuningdek Lizingga oluvchilar tomonidan to‘lovlar amalga oshirilishini hisobga oluvchi kelgusi yilda mablag‘larga bo‘lgan ehtiyoj prognozini (yil choraklari bo‘yicha) taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Jamg‘arma mavjud moliyaviy resurslarni hisobga olgan holda Lizingga beruvchiga lizing operatsiyalarini amalga oshirish uchun kelgusi davrga ajratiladigan pul mablag‘lari miqdori yuzasidan kafolat xatlari taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lizingga beruvchi Jamg‘arma tomonidan ajratiladigan pul mablag‘lari to‘g‘risidagi tasdiqlangan kafolat xatlari asosida, mamlakatimiz va chet el korxonalarida ishlab chiqariladigan melioratsiya texnikasini sotib oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Melioratsiya texnikasini o‘z mablag‘lari, shuningdek boshqa jalb etilgan mablag‘lar (Lizingga beruvchiga qarz asosida Jamg‘arma tomonidan beriladigan mablag‘lardan tashqari) yoki boshqa manbalar mablag‘lari hisobiga sotib olish ham Lizingga beruvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Lizingga beriladigan melioratsiya texnikasini, shuningdek melioratsiya texnikasiga texnik va servis xizmati ko‘rsatish uchun tovarlar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlarni yetkazib beruvchilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan tarkibdagi Idoralararo tender komissiyasi tomonidan tender asosida aniqlanadi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 28-iyundagi 185-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 26-son, 338-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Lizingga beruvchi kelgusi yilga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma bilan (melioratsiya texnikasi Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga sotib olingan taqdirda) – melioratsiya texnikasi sotib olish uchun moliyaviy resurslar ajratish yuzasidan shartnoma tuzadi. Bunda lizing bo‘yicha daromad (marja) miqdori, shuningdek Lizingga oluvchilar tomonidan to‘lanadigan lizing to‘lovlaridan ushlab qolinishi kerak bo‘lgan Lizingga beruvchining xizmatlariga haq to‘lash miqdori belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetkazib beruvchilar bilan — Lizingga oluvchining buyurtmasiga muvofiq melioratsiya texnikasini yetkazib berish yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank bilan — uning tomonidan moliyaviy agent funksiyalari bajarilishi yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zagrosug‘urta” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan – sug‘urta agenti funksiyalarini bajarish yuzasidan shartnomalar tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Lizingga beruvchi Lizingga oluvchilar bilan melioratsiya texnikasi lizingi shartnomalarini tuzadi. Har bir shartnomaga lizing to‘lovlari (asosiy summa plyus lizing bo‘yicha foizlar) jadvali ilova qilinadi. Bunda shartnomaning bitta asl nusxasi Bankka jo‘natiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Melioratsiya texnikasi uchun haq to‘lash tartibi Lizingga beruvchi bilan yetkazib beruvchi o‘rtasida tuzilgan lizing obyektining oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu’ba korxona tomonidan melioratsiya texnikasiga texnik va servis xizmati ko‘rsatish shartnoma asosida amalga oshiriladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 28-iyundagi 185-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 26-son, 338-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Melioratsiya texnikasi Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga sotib olingan taqdirda Lizingga beruvchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul mablag‘lari ajratish yuzasidan Jamg‘armaga buyurtmanomalar taqdim etadi. Ushbu buyurtmanomalar asosida Jamg‘arma uch bank kuni mobaynida kelgusi davr uchun pul mablag‘larini Jamg‘arma mablag‘lari bilan operatsiyalar uchun mo‘ljallangan Lizingga beruvchining Bankdagi maxsus hisob raqamiga (keyingi o‘rinlarda Operatsiya hisob raqami deb ataladi) o‘tkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lizing bo‘yicha olingan foizlardan tijorat agenti funksiyalarini bajarish uchun shartnomada belgilangan miqdorda o‘zining xizmatlariga to‘lanadigan to‘lov hisobiga mablag‘larni ushlab qoladi, Lizingga oluvchilardan tushgan summaning qolgan qismini uch kun muddatda Jamg‘armaning bankdagi hisob raqamiga o‘tkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir kalendar yil choragi tamom bo‘lgandan keyin 20 kundan kechikmay Jamg‘armaga o‘tgan yil choragi uchun Operatsiya hisob raqamidagi pul mablag‘larining harakati to‘g‘risida Bank tomonidan tasdiqlangan hisobotni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Lizingga oluvchi (sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash faoliyatini amalga oshiruvchi suv xo‘jaligi foydalanish tashkilotlaridan tashqari):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lizingga beruvchiga lizingga olinadigan melioratsiya texnikasi qiymatining 15 foizini avans to‘lovi tarzida to‘laydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lizing to‘lovlari jadvaliga muvofiq melioratsiya texnikasi qiymatining qolgan 85 foizini va lizing bo‘yicha foizlarni lizing muddati mobaynida Lizingga beruvchiga to‘laydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash faoliyatini amalga oshiruvchi suv xo‘jaligi foydalanish tashkilotlari lizing muddati mobaynida melioratsiya texnikasi qiymatining 100 foizini va lizing bo‘yicha foizlarni lizing to‘lovlari jadvaliga muvofiq to‘laydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha Lizingga oluvchilar lizingga olinadigan melioratsiya texnikasini Lizingga beruvchi foydasiga o‘z mablag‘lari hisobiga sug‘urta qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Lizingga oluvchilar lizing to‘lovlarini lizing shartnomalarida belgilangan muddatlarda va miqdorlarda Lizingga beruvchiga to‘laydilar. Ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘lar to‘liq miqdorda Lizingga beruvchining Operatsiya hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Lizingga beruvchi, Bank va ularning bo‘linmalari rahbarlari Jamg‘arma mablag‘laridan, o‘z mablag‘laridan yoki boshqa mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Lizingga oluvchi tomonidan jadvalda nazarda tutilgan lizing to‘lovlari o‘z vaqtida amalga oshirilmagan taqdirda, Lizingga beruvchi moliya agenti orqali Lizingga oluvchining bank hisob raqamiga belgilangan tartibda bajarilishi kerak bo‘lgan to‘lov talabnomalarini taqdim etadi. Lizingga oluvchilardan to‘lov talabnomalari bo‘yicha undirilgan pul mablag‘lari Lizingga beruvchining Operatsiya hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 11-iyuldagi 209-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risida” 2007-yil 21-dekabrdagi 266-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 12-son, 73-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘rtinchi xatboshidagi “melioratsiya texnikasi” so‘zlaridan keyin “mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalari” so‘zlari qo‘shilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi xatboshidagi “melioratsiya texnikasi” so‘zlaridan keyin “mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalari” so‘zlari qo‘shilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi va uchinchi xatboshilar tegishli ravishda birinchi va ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshidan “va uning o‘rinbosari” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“6. Belgilab qo‘yilsinki, melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalari sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash faoliyatini amalga oshiradigan suv xo‘jaligi qurilish va foydalanish tashkilotlariga, shuningdek suv iste’molchilari uyushmalariga va fermer xo‘jaliklariga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi Kengashining qarori asosida 10 yil muddatga lizingga quyidagi shartlar bilan beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash faoliyatini amalga oshiradigan suv xo‘jaligi qurilish tashkilotlari uchun, shuningdek suv iste’molchilari uyushmalariga va fermer xo‘jaliklari uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lizingga berilayotgan melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalari qiymatining 15 foizi avans shaklida ularning o‘z mablag‘lari hisobidan to‘lanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lizingga berilayotgan melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalari qiymatining 85 foizi “O‘zmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi tomonidan, unga qarz asosida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi tomonidan beriladigan mablag‘lar hisobiga moliyalashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash faoliyatini amalga oshiradigan suv xo‘jaligidan foydalanish tashkilotlari uchun lizingga berilayotgan melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalari qiymatining 100 foizi “O‘zmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi tomonidan, unga qarz asosida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi tomonidan beriladigan mablag‘lar hisobiga moliyalashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalarini lizingga berish faqat olinayotgan texnikaning mulkiy tavakkalchiligini lizingning butun davri uchun “O‘zagrosug‘urta” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi sug‘urta polisi mavjud bo‘lganda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Lizingga beruvchining daromad stavkasi (marjasi) lizing shartnomalari tuzilishi sanasidagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizidan ortiq bo‘lmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) quyidagi mazmundagi 6-1-band qo‘shilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“6-1. Belgilansinki, “O‘zmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi tomonidan o‘z mablag‘lari, boshqa jalb qilingan mablag‘lar (unga qarz asosida Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi tomonidan beriladigan mablag‘lardan tashqari) yoki boshqa manbalar mablag‘lari hisobiga melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalarini lizingga berishda lizing muddati va “O‘zmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasining daromad stavkasi (marjasi) lizing shartnomasida belgilanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 7-bandning ikkinchi xatboshidagi “melioratsiya texnikasini” so‘zlaridan keyin “mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalarini” so‘zlari qo‘shilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) 9-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) 11-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“11. “O‘zmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi “Ma’muriy bino maxsus servis” davlat shu’ba korxonasining Toshkent shahri, Mustaqillik maydoni, 5-uy manzilidagi binosiga joylashtirilsin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) 1 va 2-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 5-fevraldagi 54-f-son farmoyishi bilan tasdiqlangan “O‘zmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi Ustavida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“4. Kompaniyaning joylashgan joyi (pochta manzili): O‘zbekiston Respublikasi, 100008, Toshkent shahri, Mustaqillik maydoni, 5-uy”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 11-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“11. Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash faoliyatini oshiradigan suv xo‘jaligi qurilish va foydalanish tashkilotlariga, shuningdek suv iste’molchilari uyushmalariga va fermer xo‘jaliklariga ularning buyurtmanomalari asosida melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalarini xarid qilish va berish “O‘zmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasining faoliyat sohasi va asosiy vazifalari hisoblanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 12-bandda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi va beshinchi xatboshidagi “suvdan foydalanuvchilar” so‘zlari “suv iste’molchilari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshidagi “hamda” so‘zi “shuningdek lizing Kompaniyasining o‘z mablag‘lari, jalb qilingan yoki boshqa mablag‘lar hisobiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 31-bandning ikkinchi xatboshidagi “va uning o‘rinbosari” so‘zlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 34-bandning uchinchi xatboshidagi “ijro etuvchi direktor o‘rinbosari va” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risida” 2009-yil 30-martdagi PQ-1083-son va “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risida” 2009-yil 30-martdagi PQ-1084-son qarorlari)” 2009-yil 20-maydagi 142-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 5-son, 37-modda) 1-ilova 23-bandining “b” kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (“Qishloq va suv xo‘jaligida iqtisodiy islohotlar chuqurlashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-son Qonuni)” 2011-yil 18-fevraldagi 40-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 2-son, 12-modda) ilova 7-bandining “g” kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 28-son, 322-modda; 2013-y., 26-son, 338-modda)