Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“OʻZMELIOMAShLIZING” DAVLAT LIZING KOMPANIYASINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 29-oktabrdagi PF-3932-son Farmonini bajarish yuzasidan, shuningdek meliorativ texnikaning koʻp profilli mavjud parkini yangilash va shakllantirishni ragʻbatlantirish, sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash faoliyati bilan shugʻullanuvchi suv xoʻjaligi qurilish va foydalanish tashkilotlariga zamonaviy melioratsiya texnikasi va asbob-uskunalari yetkazib berilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda Iqtisodiyot vazirligining davlat unitar korxonasi shaklidagi ixtisoslashtirilgan “Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki foydasining respublika budjeti daromadiga yoʻnaltiriladigan qismi hisobiga “Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasiga ustav fondini shakllantirish uchun 5 mlrd soʻm mablagʻ ajratsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 969-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2017-y., 09/17/969/0405-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 969-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2017-y., 09/17/969/0405-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 969-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2017-y., 09/17/969/0405-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 969-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2017-y., 09/17/969/0405-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 969-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2017-y., 09/17/969/0405-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 969-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2017-y., 09/17/969/0405-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 969-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2017-y., 09/17/969/0405-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 969-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2017-y., 09/17/969/0405-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 11-iyuldagi 209-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 28-son, 322-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 969-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2017-y., 09/17/969/0405-son)
11. “Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi “Maʼmuriy bino maxsus servis” davlat shuʼba korxonasining Toshkent shahri, Mustaqillik maydoni, 5-uy manzilidagi binosiga joylashtirilsin.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 11-iyuldagi 209-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 28-son, 322-modda)
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi “Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasini zarur aloqa vositalari, shu jumladan hukumat aloqasi bilan taʼminlasin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 28-iyundagi 185-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 26-son, 338-modda)
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.MIRZIYOEV
Toshkent sh.,
2007-yil 21-dekabr,
266-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 11-iyuldagi 209-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 28-son, 322-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 11-iyuldagi 209-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 28-son, 322-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-dekabrdagi 266-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
“Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi tomonidan xarid qilinadigan melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalarini, shuningdek “Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasining “Meliomashlizingservis” shuʼba korxonasi tomonidan xarid qilinadigan melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalariga texnik va servis xizmati koʻrsatish uchun tovarlar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlarni yetkazib beruvchilarni tanlash boʻyicha Idoralararo tender komissiyasi
TARKIBI
| Kamolov A.S. | — | Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari, komissiya rahbari |
| | | |
| Xamrayev Sh.R. | — | Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari, komissiya rahbarining oʻrinbosari |
| | | |
| Abdullayev M.R. | — | Moliya vazirining oʻrinbosari |
| | | |
| Shermatov S.B. | — | Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari |
| | | |
| Amonov I.S. | — | “Agrobank” ochiq aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisining oʻrinbosari |
| | | |
| Yusupov A.A. | — | Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻoriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasini boshqarish departamenti direktori |
| | | |
| Sulaymonov A.I. | — | “Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasining ijrochi direktori |
| | | |
| Qodirov S.Y. | — | “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari |
| | | |
| Karimov B.R. | — | Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bosh mutaxassisi |
Izoh:
Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtganlari taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
(3-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 28-iyundagi 185-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 26-son, 338-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52-son, 539-modda; 2009-y., 21-son, 252-modda; 2011-y., 7-8-son, 62-modda; 2012-y., 28-son, 322-modda; 2013-y., 26-son, 338-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2017-y., 09/17/969/0405-son)