Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2012-yil 29-fevralda qabul qilingan Senat tomonidan 2012-yil 23-martda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi 69-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 140-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda, № 9, 494-modda, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 472-modda; 2010-yil, № 9, 336-modda, № 12, 465-modda; 2011-yil, № 4, 104-modda, № 9, 248-modda) oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2012-yil 3-maydagi 86 (5506)-sonida eʼlon qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 2-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-328-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(yangi tahriri)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.08.00 Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyati kafolatlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatida erkin ishtirok etishi va undan manfaatdor boʻlishi uchun kafolatlar hamda sharoitlar yaratishdan, ularning ishchanlik faolligini oshirishdan, shuningdek tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.01.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari maqomining umumiy masalalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notijorat tashkilotlarga nisbatan ushbu Qonun ular faoliyatining oʻz xususiyatiga koʻra tadbirkorlikdan iborat boʻlgan qismiga tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar boʻlgan tadbirkorlik faoliyati subyektlari huquqlarining kafolatlari va ushbu huquqlarni himoya qilish choralari bilan bogʻliq munosabatlar chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ushbu huquqlarni himoya qilish choralari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Tadbirkorlik faoliyati tushunchasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, oʻzi tavakkal qilib va oʻz mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskorlik faoliyatidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.08.00 Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyati kafolatlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari (tadbirkorlik subyektlari) belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), ularning mansabdor shaxslari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi qonun hujjatlarida man etilgan boshqa shaxslar tadbirkorlik faoliyati subyektlari boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Kichik tadbirkorlik subyektlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik tadbirkorlik subyektlari quyidagilardir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) yakka tartibdagi tadbirkorlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ishlab chiqarish tarmoqlaridagi, band boʻlgan xodimlarining oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan yigirma kishi, xizmat koʻrsatish sohasidagi va ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa tarmoqlardagi, band boʻlgan xodimlarining oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan oʻn kishi, ulgurji, chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish tarmoqlaridagi, band boʻlgan xodimlarining oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan besh kishi boʻlgan mikrofirmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan yengil, oziq-ovqat sanoatidagi va qurilish materiallari sanoatidagi, band boʻlgan xodimlarining oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan ikki yuz kishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
metallga ishlov berish va asbobsozlik, yogʻochsozlik, mebel sanoatidagi, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalaridagi, band boʻlgan xodimlarining oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan yuz kishi;
(5-modda birinchi qismi 3-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi OʻRQ-381-sonli Qonuniga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mashinasozlik, metallurgiya, yoqilgʻi-energetika va kimyo sanoati, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish va ularni qayta ishlash, qurilish hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalaridagi, band boʻlgan xodimlarining oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan ellik kishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fan, ilmiy xizmat koʻrsatish, transport, aloqa, xizmat koʻrsatish sohalari (sugʻurta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa sohalardagi, band boʻlgan xodimlarining oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan yigirma besh kishi boʻlgan kichik korxonalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik tadbirkorlik subyektlari xodimlarining oʻrtacha yillik soni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda belgilanadi. Bunda oʻrindoshlik, pudrat shartnomalari va fuqarolik-huquqiy xarakterdagi boshqa shartnomalar boʻyicha ishga qabul qilingan xodimlarning, shuningdek unitar korxonalarda, vakolatxonalar va filiallarda ishlayotganlarning soni ham hisobga olinadi.
(5-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-417-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 598-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faoliyatning bir necha turini amalga oshiruvchi (koʻp tarmoqli) yuridik va jismoniy shaxslar yillik aylanma hajmida ulushi eng koʻp boʻlgan faoliyat turi mezonlari boʻyicha kichik tadbirkorlik subyektlariga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik tadbirkorlik subyektlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar va preferensiyalar, kafolatlar va huquqlar ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan vakolatli organlarga va tashkilotlarga (davlat soliq, bojxona xizmati organlariga, davlat statistika organlariga, banklarga va boshqalarga) yozma ravishdagi murojaatlarsiz qoʻllaniladi.
(5-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik tadbirkorlik subyektlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar va preferensiyalarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasining interaktiv davlat xizmatlari yagona portalidagi Tadbirkorlik subyektlari uchun imtiyozlar va preferensiyalarning yagona reyestrida eʼlon qilinadi hamda doimiy ravishda yangilab boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining interaktiv davlat xizmatlari yagona portalidagi Tadbirkorlik subyektlari uchun imtiyozlar va preferensiyalarning yagona reyestrini shakllantirish hamda doimiy ravishda yangilab borish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(5-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuniga asosan beshinchi va oltinchi qismlar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mikrofirma va kichik korxona xodimlarning belgilangan oʻrtacha yillik sonini oshirib yuborgan taqdirda, xodimlar sonini oshirib yuborishga yoʻl qoʻyilgan davr uchun ular qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar, preferensiyalar, kafolatlar va huquqlardan mahrum etiladi. Ushbu qoida quyidagi hollarda tatbiq etilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikrofirma va kichik korxona Oʻzbekiston Respublikasi kasb-hunar kollejlarining, akademik litseylarining hamda oliy taʼlim muassasalarining bitiruvchilari bilan mehnat shartnomalari tuzgan taqdirda, band boʻlgan xodimlarning belgilangan oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan 50 foiz oshadigan boʻlsa. Xodimlar sonining oshirilishiga Oʻzbekiston Respublikasi kasb-hunar kollejlarining, akademik litseylarining va oliy taʼlim muassasalarining bitiruvchilari oʻqishni tugallagan kunidan boshlab koʻpi bilan uch yil oʻtgan boʻlsa, yoʻl qoʻyiladi;
(5-moddaning beshinchi qismi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi OʻRQ-379-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik korxona uyda ishlayotgan fuqarolar (kasanachilar) bilan mehnat shartnomalari tuzgan taqdirda, band boʻlgan xodimlarning belgilangan oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan 30 foiz oshadigan boʻlsa.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 24-avgustdagi 275-sonli “Iqtisodiy faoliyat turlarini tasniflashning xalqaro tizimiga oʻtish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Yakka tartibdagi tadbirkorlik
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.03.00 Yakka tartibdagi tadbirkorlik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.08.00 Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyati kafolatlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi tadbirkorlik jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmagan holda amalga oshirishdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi tadbirkorlik yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan mustaqil, mulk huquqi asosida oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulk negizida, shuningdek mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yoʻl qoʻyadigan oʻzga ashyoviy huquq asosida amalga oshiriladi.
(6-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi tadbirkor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda xodimlarni yollashga haqli.
(6-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tovarlar tayyorlash (ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish) uchun koʻpi bilan besh nafar shogirdni ularga tegishlicha haq toʻlagan holda jalb etishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi tadbirkor oʻz nomidan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanadi, huquq va majburiyatlarni oladi hamda amalga oshiradi. Jismoniy shaxs oʻz tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq bitimlar tuzayotganida, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida harakat qilayotganligini, agar bu bitimlarni tuzish vaziyatining oʻzidan aniq anglashilmasa, koʻrsatishi kerak. Bunday eslatmaning mavjud emasligi yakka tartibdagi tadbirkorni oʻz majburiyatlari boʻyicha zimmasidagi javobgarlikdan ozod etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi tadbirkor oʻz faoliyatini amalga oshirayotganda shaxsiy ish hujjatlari blankalaridan, muhr, shtamplardan foydalanishga haqli, ularning matnlari mazkur shaxs yakka tartibdagi tadbirkor ekanligi haqida dalolat berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi tadbirkorlikni amalga oshirish uchun er-xotindan biri er-xotinning umumiy birgalikdagi mol-mulkidan foydalanadigan hollarda, agar qonunda, nikoh shartnomasida yoxud er-xotin oʻrtasidagi oʻzga kelishuvda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, erning (xotinning) roziligi talab qilinadi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 225-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 24-moddasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Jismoniy shaxslarning yuridik shaxs tashkil etmagan holda birgalikdagi tadbirkorlik faoliyati
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.08.00 Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyati kafolatlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslar yuridik shaxs tashkil etmagan holda birgalikdagi tadbirkorlik faoliyatini oilaviy tadbirkorlik, oddiy shirkat va dehqon xoʻjaligi shakllarida amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslar yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida davlat roʻyxatidan oʻtganidan keyingina birgalikdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tuziladigan oddiy shirkat shartnomasining taraflari boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaviy tadbirkorlikning amalga oshirilishi, oddiy shirkat va dehqon xoʻjaligi tuzilishi, faoliyat koʻrsatishi hamda faoliyatining tugatilishi bilan bogʻliq munosabatlar qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.08.00 Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyati kafolatlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs boʻlgan boshqa tadbirkorlik subyektlarining muassislari (ishtirokchilari) boʻlishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulk huquqi asosida oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulkka egalik qilishga, undan foydalanish va uni tasarruf etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyati yoʻnalishlarini, tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilarni va oʻz tovarlarining (ishlarining, xizmatlarining) isteʼmolchilarini mustaqil ravishda tanlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlikdan cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olishga, bundan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bozorida ustun mavqeni egallab turgan tadbirkorlik faoliyati subyektlari mustasno;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 256-son “Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash tugʻrisida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz tovarlarini (ishlarini, xizmatlarini), ishlab chiqarish chiqindilarini bozor konyunkturasidan kelib chiqib, mustaqil ravishda belgilanadigan narxlar va tariflar boʻyicha yoki shartnoma asosida realizatsiya qilishga, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha ishlab chiqarish xarajatlarining oʻrni qoplanib, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlanganidan keyin qolgan daromadni (foydani) erkin tasarruf etishga, sud tartibidagi majburiy undiruv hollari bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditlar olishga, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablagʻlarini hamda oʻzga mol-mulkini shartnoma shartlari asosida jalb etishga, shu jumladan binolarni, inshootlarni, uskunalarni va oʻzga mol-mulkni olishga va (yoki) tekin, ijaraga (lizingga) olishga hamda ularni tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga yoʻnaltirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishga haqli.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Tashqi iqtisodiy faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining majburiyatlari
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.07.00 Mehnat shartnomasi (kontrakt);
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.01.00 Umumiy masalalar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.08.00 Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyati kafolatlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzlari tuzgan shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat shartnomasi (kontrakt) boʻyicha ishlayotgan shaxslarning mehnat haqini qonun hujjatlarida Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasining birinchi razryadi boʻyicha belgilangan miqdordan oz boʻlmagan miqdorda belgilashi, ular bilan oʻz vaqtida hisob-kitob qilishi, shuningdek ish beruvchi sifatida oʻz fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilishi;
(9-moddaning birinchi qismi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish hamda xavfsizlik texnikasi, ekologiya, sanitariya va gigiyena sohasidagi qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablariga rioya etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobat toʻgʻrisidagi va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish haqidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
realizatsiya qilinadigan mahsulot va xizmatlar uchun sertifikatlarga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylashgan yeri (pochta manzili) va boshqa rekvizitlari oʻzgarganligi toʻgʻrisida tegishli davlat organlarini oʻz vaqtida xabardor qilishi;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomga 7-ilova – “Roʻyxatdan oʻtkazish maʼlumotlarining davlat roʻyxatidan oʻtkazish (qayta roʻyxatdan oʻtkazish) shart boʻlgan oʻzgartirishlari va qoʻshimchalarining roʻyxati”ning 5-satri.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buxgalteriya, tezkor va statistika hisobini qonun hujjatlari talablariga muvofiq yuritishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining birlashmalari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.08.00 Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyati kafolatlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.10.00 Tadbirkorlar birlashmalari (uyushmalar, assotsiatsiyalar va b.) / 09.01.10.02 Tadbirkorlarning boshqa birlashmalari (uyushmalar, assotsiatsiyalar, jamgʻarmalar va b.)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari oʻz faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek oʻz huquqlari va manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilish maqsadida notijorat tashkilotlar boʻlgan uyushmalarga (ittifoqlarga) va boshqa birlashmalarga birlashishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi toʻgʻrisida” (yangi tahriri)gi Qonuni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari birlashmalarining tashkil etilishi, faoliyat koʻrsatishi, qayta tashkil etilishi va tugatilishi bilan bogʻliq munosabatlar qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyekti huquqlarining ustuvorligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek banklar bilan oʻzaro munosabatlarida tadbirkorlik faoliyati subyekti huquqlarining ustuvorligi prinsipi amal qilib, unga muvofiq qonun hujjatlarida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq holda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib boʻlmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar tadbirkorlik faoliyati subyektining foydasiga talqin etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Insofsiz raqobatga yoʻl qoʻyilmasligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarining tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda afzalliklar olishga qaratilgan, qonun hujjatlariga, ish muomalasi odatlariga zid boʻlgan va boshqa tadbirkorlik subyektlari boʻlgan raqobatchilarga zarar yetkazadigan yoki zarar yetkazishi mumkin boʻlgan yoxud ularning ishchanlik obroʻsiga putur yetkazadigan yoki putur yetkazishi mumkin boʻlgan harakatlariga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tegishli davlat organi tomonidan “bir darcha” prinsipi boʻyicha va, qoida tariqasida, xabardor qilish asosida, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar ariza beruvchini tadbirkorlik faoliyati subyekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazishni uni tashkil etish maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan rad etishga yoki unga qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan qoʻshimcha talablarni belgilashga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchini tadbirkorlik faoliyati subyekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etganlik, shuningdek davlat roʻyxatidan oʻtkazish muddatlarini buzganlik ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning qarori, shuningdek mazkur organ mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) sud tomonidan qonunga xilof deb topilgan taqdirda, ular ariza beruvchiga roʻyxatdan oʻtkazishni rad etganlik yoki roʻyxatdan oʻtkazish muddatini buzganlik tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplaydi va maʼnaviy zarar uchun kompensatsiya toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlarini litsenziyalash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyatining litsenziyalanishi lozim boʻlgan turlari qonunlar bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlarini litsenziyalash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunining 11-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida yagona nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Tadbirkorlik faoliyatining mulkiy asosi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.08.00 Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyati kafolatlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati tadbirkorlik subyektlarining oʻz mol-mulki va (yoki) jalb etilgan mol-mulk asosida amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarining tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishiga asos va vosita boʻlgan mol-mulk, shu jumladan mulkiy huquqlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda huquqlarning belgilanishi, oʻzgartirilishi va bekor boʻlishi bilan bogʻliq oldi-sotdi, garov, ijara va boshqa bitimlar obyekti boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini kreditlash va sugʻurta qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini kreditlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektiga kreditlar berilayotganda banklar, boshqa kredit yoki sugʻurta tashkilotlari kafolat beruvchi boʻlishi mumkin. Toʻlovga qobiliyatli yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kafil boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyekti kredit shartnomalari boʻyicha majburiyatlar bajarilishini taʼminlash vositasi sifatida oʻz mol-mulkidan, shu jumladan ashyolari va mulkiy huquqlaridan, qonunda belgilangan hollar bundan mustasno, shuningdek oʻzi olgan kreditni toʻlay olmaslik xavfini sugʻurta qilish polisidan foydalanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda imtiyozli kreditlanish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini sugʻurta qilish qonun hujjatlarida va shartnomada belgilangan tartibda sugʻurta tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Hisob va hisobot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari hisob va hisobotni qonun hujjatlariga muvofiq yuritadi. Hisobot tadbirkorlik subyektining xohishiga koʻra qogʻozda va (yoki) elektron shaklda tayyorlanishi mumkin. Tadbirkorlik subyektlarining elektron shaklda taqdim etilgan hisoboti tadbirkorlik subyektining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. Davlat tadbirkorlik subyektlari tomonidan elektron shaklda hisob yuritilishini dasturiy taʼminotni imtiyozli shartlarda yoki bepul tarqatish orqali ragʻbatlantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik tadbirkorlik subyektlari faqat davlat statistika organlari va davlat soliq xizmati organlariga, yakka tartibdagi tadbirkorlar esa, davlat soliq xizmati organlariga belgilangan shakllarda hisobot taqdim etadi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining (yangi tahriri) 8-bobi (“Soliq hisoboti”), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 23-fevraldagi 65-sonli “Kichik biznes korxonalarining hisobot berishini qisqartirish va tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori, Buxgalteriya hisobining milliy standarti (20-sonli BHMS) “Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan buxgalteriya hisobini yuritishning soddalashtirilgan tartibi” (roʻyxat raqami 2501, 14.08.2013-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlarining tadbirkorlik subyektlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan qoʻshimcha hisobot turlarini belgilashi man etiladi.
Shuningdek, qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-sonli “Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari huquqlarining kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Tadbirkorlik faoliyati erkinligining konstitutsiyaviy kafolatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.08.00 Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyati kafolatlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligi va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy mulk boshqa mulk shakllari qatori daxlsizdir va davlat tomonidan himoya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyekti mulk huquqi asosida oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulkka oʻz xohishiga koʻra egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarining oʻz huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilishi, davlat organlarining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, boshqa tashkilotlarning qonunga xilof qarorlari, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
181-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari uchun noqulay boʻlgan qonun hujjatlaridagi oʻzgartishlardan kafolatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartib-taomilining murakkablashtirilishini va tadbirkorlik faoliyati subyektlari zimmasiga yangi majburiyatlar yuklatilishini nazarda tutadigan, shuningdek ularning javobgarligiga oid yangi choralarni belgilaydigan qonun hujjatlari rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kamida uch oydan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qonun hujjatlarida ularning (yoki ular qismlarining) kuchga kirish muddati koʻrsatilishi kerak.
(181-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi OʻRQ-381-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik faoliyati subyektlarining muassislari taʼsis hujjatlarida faoliyatning faqat asosiy turlarini sanab oʻtishga haqli. Yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik faoliyati subyektlari taʼsis hujjatlarida koʻrsatilmagan faoliyat turi bilan ham shugʻullanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi tadbirkorlar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-sonli qarori bilan tasdiqlangan Yakka tartibdagi tadbirkorlar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Tadbirkorlik subyektlarining oʻz tovarlari (ishlari, xizmatlari) va daromadlarini (foydasini) tasarruf etish erkinligi kafolatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.08.00 Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyati kafolatlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari oʻzlari ishlab chiqaradigan tovarlarning (bajaradigan ishlarning, koʻrsatadigan xizmatlarning) va ularni realizatsiya qilishdan olingan daromadlarning (foydaning) mulkdoridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari barcha ishlab chiqarish xarajatlarining oʻrni qoplanib, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlanganidan keyin qolgan daromadni (foydani) oʻz xohishiga koʻra tasarruf etadi, bundan sud tartibidagi majburiy undiruv hollari mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Pul mablagʻlarini tasarruf etish kafolatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.08.00 Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyati kafolatlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari oʻz pul mablagʻlarini mustaqil ravishda tasarruf etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank yoki boshqa kredit tashkiloti tadbirkorlik faoliyati subyektlarining bank hisobvaragʻida (hisobvaraqda) mavjud boʻlgan pul mablagʻlaridan, hisobvaraqqa talablar qoʻyilganda mablagʻlarning mavjud boʻlishini hamda tadbirkorlik faoliyati subyektlarining ushbu mablagʻlarni hisobvaraqda turgan summalar doirasida moneliksiz tasarruf etish huquqini kafolatlagan holda foydalanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qonunda yoki shartnomada boshqacha muddatlar nazarda tutilgan boʻlmasa, bank yoki boshqa kredit tashkiloti tadbirkorlik faoliyati subyektining hisobvaragʻiga kelib tushgan pul mablagʻlarini tegishli toʻlov hujjati bankka kelib tushgan kunning ertasidan kechiktirmasdan mazkur hisobvaraqqa kiritib qoʻyishi, tadbirkorlik faoliyati subyektining topshirigʻiga koʻra hisobvaraqdan pul mablagʻlarini berishi yoki oʻtkazishi shart. Hisobvaraq boʻyicha operatsiyalarning belgilangan muddatlari buzilgan taqdirda, bank yoki boshqa kredit tashkiloti tadbirkorlik faoliyati subyektiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda foizlar toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, bank yoki boshqa kredit tashkiloti hisobvaraqda turgan pul mablagʻlaridan foydalanganligi uchun tadbirkorlik faoliyati subyektiga foizlar toʻlaydi, foizlarning summasi uning hisobvaragʻiga kiritib qoʻyiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 781-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari, banklar yoki boshqa kredit tashkilotlari tadbirkorlik faoliyati subyektlarining pul mablagʻlaridan foydalanish yoʻnalishlarini belgilab berish va nazorat qilishga hamda pul mablagʻlarini oʻz xohishiga koʻra tasarruf etish huquqlariga nisbatan qonunda yoki shartnomada nazarda tutilmagan boshqa cheklovlar belgilashga haqli emas.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 773-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining ularga xizmat koʻrsatayotgan banklardagi hisobvaraqlarida turgan mablagʻlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda naqd pul mablagʻlari tarzida olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining bank hisobvaraqlarida pul mablagʻlari bor-yoʻqligi haqida maʼlumot talab qilib olish, shuningdek bunday maʼlumotlarning banklar tomonidan taqdim etilishi taqiqlanadi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Bank siri toʻgʻrisida”gi Qonunining 8 — 11 moddalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining tashqi iqtisodiy faoliyat erkinligi kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari qonun hujjatlariga muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyatni mustaqil amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi valyuta hisobvaraqlarini ochish va tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun asos boʻladi. Tovarlar import qiluvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ularning tashqi iqtisodiy aloqalar ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilganligi ham tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishga asos boʻladi.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlari kafolatlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.03.00 Xususiy mulk;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.08.00 Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyati kafolatlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining mulki daxlsizdir va qonun bilan muhofaza qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida”gi Qonunining 32, 33-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 166-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 60, 61-moddalari va Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 170 — 173-moddalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyekti mulk huquqi asosida oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulkka nisbatan qonunga zid boʻlmagan har qanday harakatlarni bajarishga haqli. Bunda tadbirkorlik faoliyati subyektining oʻz mulkdorlik huquqlarini amalga oshirishi boshqa shaxslarning huquqlarini buzmasligi va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga putur yetkazmasligi kerak. Tadbirkorlik faoliyati subyekti qonunda nazarda tutilgan hollarda, shartlarda va doirada boshqa shaxslar uning mol-mulkidan cheklangan tarzda foydalanishiga yoʻl qoʻyishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 172-173-moddalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektidan mulkni olib qoʻyishga, uning boshqa ashyoviy huquqlarini bekor qilishga, shuningdek ularni cheklashga yoʻl qoʻyilmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida”gi Qonunining 34-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 199-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 29, 36, 42-moddalari va Oʻzbekiston Respublikasi “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunining 25, 26-moddalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyekti boshqa shaxsning qonunga xilof egaligida boʻlgan oʻz mol-mulkini talab qilib olishga, shuningdek oʻz mulk huquqining har qanday buzilishi, garchi bunday huquqbuzarlik egalik qilishdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmasa ham, bartaraf etilishini talab qilishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 228 va 231-moddalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulk huquqini bekor qiladigan qonun hujjati qabul qilingan taqdirda, ushbu hujjatni qabul qilish natijasida mol-mulkning mulkdori boʻlgan tadbirkorlik subyektiga yetkazilgan zararning oʻrni, shu jumladan mol-mulkning qiymati davlat tomonidan qoplanadi. Zararning oʻrnini qoplash bilan bogʻliq nizolar sud tomonidan hal qilinadi. Mulk huquqi bekor qilinganda olib qoʻyilayotgan mol- mulkning qiymati, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa, mulk huquqi bekor qilingan paytdagi holatga koʻra baholovchi tashkilot tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Fermer xoʻjaliklari tomonidan yer uchastkalaridan foydalanish huquqi kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalari fermer xoʻjaligi yuritish uchun ellik yilgacha boʻlgan, lekin oʻttiz yildan kam boʻlmagan muddatga ochiq tanlov asosida ijaraga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fermer xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkasini olishda fermer xoʻjaligi tashkil etilayotgan joyda yashovchi shaxslar ustun huquqdan foydalanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 53-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasining oʻlchamlari va chegaralari faqat fermer xoʻjaligi boshligʻining roziligi bilan oʻzgartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasini yoki uning bir qismini olib qoʻyishga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda yoʻl qoʻyiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 37 va 38-moddalari.
(24-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasining ijara shartnomasi taraflarning kelishuviga binoan, taraflar kelishuvga erishmagan taqdirda esa, sud tomonidan oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Fermer xoʻjaliklari bilan tuzilgan yer uchastkalarining ijara shartnomalarini oʻzgartirish yoki bekor qilish asoslari qonun hujjatlarida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fermer xoʻjaligi tugatilgan taqdirda, uni yuritish uchun berilgan yer uchastkasining ijara shartnomasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligiga berilgan yer uchastkasi boʻlinishi mumkin emas.
(25-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 21-dekabrdagi OʻRQ-506-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2018-y., 03/18/506/2356-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasining oʻlchamlari va chegaralari faqat dehqon xoʻjaligi boshligʻining roziligi bilan oʻzgartirilishi mumkin.
(25-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 21-dekabrdagi OʻRQ-506-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2018-y., 03/18/506/2356-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligining yer uchastkasini davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun olib qoʻyishga faqat boshqa teng qimmatli yer uchastkasi berilib, dov-daraxtlarning, buzilayotgan binolar va inshootlarning bozor qiymati qoplangandan keyin yoxud ular boshqa joyga koʻchirilgandan yoki oʻzga binolar va inshootlar qurilgandan keyin hamda boshqa barcha zararlarning (boy berilgan foydani qoʻshgan holda) oʻrni qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda toʻla hajmda qoplangandan keyin yoʻl qoʻyiladi.
(25-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Tadbirkorlik subyektlarining qimmatli qogʻozlar bozoriga, xom ashyo, tovarlar va xizmatlar bozorlariga erkin kirish kafolatlari
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.08.00 Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyati kafolatlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari qimmatli qogʻozlar bozoriga, xom ashyo, tovarlar va xizmatlar bozorlariga erkin kirishda, shuningdek davlat ehtiyojlari uchun tovarlarning ayrim turlarini yetkazib berishda qatnashishda, ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatishda teng imkoniyatlarga ega. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining qimmatli qogʻozlar bozoriga, xom ashyo, tovarlar va xizmatlar bozorlariga kirishi davlat organlari, shuningdek ularning mansabdor shaxslari tomonidan biron-bir tarzda cheklanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari davlat ehtiyojlari uchun tovarlarni ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, xizmatlarni koʻrsatish) va yetkazib berishga doir buyurtmalarni tadbirkorlik faoliyati subyektlari oʻrtasida joylashtirish choralarini koʻradi. Davlat xaridlari boʻyicha tanlovlar oʻtkazishda boshqa teng sharoitlarda kichik tadbirkorlik subyektlariga afzallik beriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tadbirkorlik faoliyati subyektlarining qimmatli qogʻozlar bozoriga, xom ashyo, ayrim tovarlar va xizmatlar bozorlariga kirishiga doir boshqa alohida shartlar belgilanishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Fermer va dehqon xoʻjaliklarining moddiy-texnika resurslaridan, urugʻlik materiallardan, koʻchatlardan va zotdor chorvadan erkin foydalanish kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fermer va dehqon xoʻjaliklari moddiy-texnika resurslari, shu jumladan yonilgʻi-moylash materiallari, omixta yem, organik va mineral oʻgʻitlar bozorlariga erkin kirishda boshqa tadbirkorlik subyektlari bilan teng huquqlarga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari fermer va dehqon xoʻjaliklarining urugʻlik materiallarga, koʻchatlarga, qishloq xoʻjaligi ekinlarini zararkunandalar va kasalliklardan himoya qilish vositalariga, zotdor chorvaga boʻlgan ehtiyojlarini taʼminlash borasida sharoitlar yaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Fermer va dehqon xoʻjaliklarining suv isteʼmolini amalga oshirish kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fermer va dehqon xoʻjaliklari suv isteʼmolini ularga xizmat koʻrsatuvchi suv isteʼmolchilari uyushmalari tomonidan belgilanadigan suv obyektlaridan har yilgi suv olish limitlari asosida boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari bilan teng huquqlarda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fermer va dehqon xoʻjaliklari uchun suv obyektlaridan suv olish limitlari ularning roziligisiz oʻzgartirilishi mumkin emas, manbalarning suvi kamaygan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fermer va dehqon xoʻjaliklarining suv isteʼmoli huquqini davlat organlari tomonidan cheklashga faqat qonun hujjatlarida belgilangan hollarda yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Tadbirkorlik subyektlarining kredit resurslaridan foydalanish kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari kredit resurslaridan foydalanishda teng huquqlarga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlaridan tadbirkorlik faoliyatining ustuvor yoʻnalishlarini rivojlantirishga, shu jumladan kichik tadbirkorlik subyektlarining, fermer va dehqon xoʻjaliklarining dastlabki (boshlangʻich) kapitalini shakllantirishga ajratiladigan kreditlardan foydalanganlik uchun davlat tomonidan imtiyozli foiz stavkalari belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tadbirkorlik faoliyati subyektlarini imtiyozli kreditlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi banklar va boshqa kredit tashkilotlariga qulay sharoitlar yaratishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Banklar kichik tadbirkorlik subyektlariga kredit berishda kreditning umumiy summasida qarz oluvchining garov taʼminotini rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlarini hisobga olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Tadbirkorlik subyektlarining axborotdan foydalanish kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari tadbirkorlik faoliyati subyektlariga mazkur subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor qonun hujjatlari, hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishish imkoniyatini taʼminlashi shart. Axborotdan foydalanish qonun hujjatlarini va tegishli materiallarni ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻi orqali davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilish va tarqatish yoʻli bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilingan, tadbirkorlik faoliyati subyektlari bilan oʻzaro munosabatlar masalalarini tartibga soladigan, ularning rasmiy veb-saytlarida Internet jahon axborot tarmogʻi orqali eʼlon qilinmagan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarning talablarini buzganlik uchun tadbirkorlik faoliyati subyektlariga nisbatan javobgarlik choralari qoʻllanilmaydi.
(30-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi OʻRQ-381-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor axborot bepul taqdim etiladi, boshqa axborotni taqdim etganlik uchun esa belgilangan tartibda haq undirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat statistika organlari hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan statistika axboroti muntazam eʼlon qilib borilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlariga yangi korxonalar qurish uchun berilayotgan yer uchastkalarining, shuningdek realizatsiya qilish hamda ijaraga berish uchun taklif etilayotgan qurilishi tugallanmagan obyektlarning, boʻsh yotgan va samarasiz foydalanilayotgan binolar va inshootlarning roʻyxati tegishli davlat organlari tomonidan ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻi orqali oʻz rasmiy veb-saytlarida muntazam ravishda eʼlon qilib borilishi taʼminlanadi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qaroribilan tasdiqlangan“Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali toʻgʻrisida nizom” va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 23-avgustdagi 181-sonli “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan oʻzaro hamkorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
301-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlariga berilgan imtiyozlar va preferensiyalarni qoʻllashning kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari qonun hujjatlarida berilgan imtiyozlar va preferensiyalarni qoʻllash tartibini oʻz vakolatlari doirasida tushuntirishi, shuningdek ularning qoʻllanilishini taʼminlashi shart.
(301-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining murojaatlarini koʻrib chiqish kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari davlat organlariga yoki xoʻjalik boshqaruvi organlariga arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan murojaat etish huquqiga ega. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining arizalari, takliflari va shikoyatlari ularda qoʻyilgan masalalarni hal etishga vakolatli boʻlgan davlat organiga yoki xoʻjalik boshqaruvi organiga bevosita yoxud boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatlarda yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyektining toʻliq firma nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) yoki jismoniy shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyektining familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi (manzili) koʻrsatilishi, shuningdek arizaning, taklifning yoki shikoyatning mohiyati bayon etilishi kerak. Yozma murojaatlar yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyekti vakolatli shaxsining imzosi bilan yoki jismoniy shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyektining imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak. Tadbirkorlik subyektlarining elektron shaklda taqdim etilgan murojaatlari tadbirkorlik subyektining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarining murojaatlari albatta qabul qilinishi va koʻrib chiqilishi kerak, ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan talablarga javob bermaydigan murojaatlar bundan mustasno. Tadbirkorlik subyektlarining ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan talablarga javob bermaydigan murojaatlari anonim deb hisoblanadi va koʻrib chiqilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining takliflari davlat organiga yoki xoʻjalik boshqaruvi organiga kelib tushgan kundan eʼtiboran bir oygacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqiladi, qoʻshimcha oʻrganishni talab etadigan takliflar bundan mustasno boʻlib, bu haqda taklif kiritgan tadbirkorlik faoliyati subyektiga oʻn kunlik muddat ichida maʼlum qilinadi. Arizalar yoki shikoyatlar masalani mohiyatiga koʻra hal etishi shart boʻlgan davlat organiga yoki xoʻjalik boshqaruvi organiga kelib tushgan kundan eʼtiboran bir oygacha boʻlgan muddatda, qoʻshimcha oʻrganishni va tekshirishni talab etmaydiganlari esa, oʻn besh kundan kechiktirmay koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizani yoki shikoyatni koʻrib chiqish uchun tekshirish oʻtkazish, qoʻshimcha materiallarni talab qilib olish yoxud boshqa chora-tadbirlar koʻrish zarur boʻlgan hollarda, arizani yoki shikoyatni koʻrib chiqish muddatlari tegishli davlat organi yoki xoʻjalik boshqaruvi organi rahbari tomonidan istisno tariqasida koʻpi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin boʻlib, bu haqda ariza yoki shikoyat bergan tadbirkorlik faoliyati subyektiga maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan Internet jahon axborot tarmogʻida tadbirkorlik subyektlariga davlat organlarining yoki xoʻjalik boshqaruvi organlarining gʻayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor shaxslarining gʻayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat berish imkoniyatini beruvchi doimiy ravishda yangilab boriladigan sahifa yaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari mol-mulki natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilinmasligining kafolatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.08.00 Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyati kafolatlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining mol-mulki natsionalizatsiya va musodara qilinmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining mol-mulki rekvizitsiya qilinmaydi, bundan tabiiy ofatlar, avariyalar, epidemiyalar, epizootiyalar va favqulodda xususiyatdagi boshqa holatlar mustasno boʻlib, bunda mulkdorga rekvizitsiya qilinayotgan mol-mulkning qiymati toʻlanadi. Rekvizitsiya qilish toʻgʻrisidagi qaror qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda davlat organlari tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilish toʻgʻrisidagi qaror ustidan sud tartibida shikoyat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Firma nomidan, tovar belgisidan (xizmat koʻrsatish belgisidan) foydalanish kafolatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.08.00 Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyati kafolatlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik faoliyati subyekti firma nomiga boʻlgan huquqqa ega, bu nomni uning oʻzi mustaqil ravishda belgilaydi va oʻz taʼsis hujjatlarida koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼsis hujjatlarida koʻrsatilgan firma nomiga boʻlgan huquq tadbirkorlik faoliyati subyekti davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran yuzaga keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining ilgari roʻyxatdan oʻtkazilgan firma nomi bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki oʻxshash boʻlgan, tegishli tadbirkorlik subyektlarini aynan bir deb hisoblashga olib kelishi mumkin boʻlgan firma nomi roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin emas.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1098–1101-moddalari va Oʻzbekiston Respublikasining “Firma nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar belgisidan (xizmat koʻrsatish belgisidan) foydalanish huquqi uning roʻyxatdan oʻtkazilganligiga asoslanib beriladi. Tovar belgisi (xizmat koʻrsatish belgisi) yuridik yoki jismoniy shaxs boʻlgan tadbirkorlik faoliyati subyekti nomiga roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1102—1111-moddalari va Oʻzbekiston Respublikasining “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Firma nomidan, tovar belgisidan (xizmat koʻrsatish belgisidan) foydalanish, ularga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritishga boʻlgan mutlaq huquq ushbu nomning (belgining) egasiga tegishli boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Firma nomi, tovar belgisi (xizmat koʻrsatish belgisi) nashr etilganda, omma oldida ijro etilganda yoki ulardan oʻzgacha tarzda foydalanilganda firma nomining, tovar belgisining (xizmat koʻrsatish belgisining) oʻziga ham, ularning belgilariga ham biror-bir oʻzgartishlar kiritishga faqat ular egasining roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Firma nomi, tovar belgisi (xizmat koʻrsatish belgisi) daxlsizligiga boʻlgan huquq firma nomining, tovar belgisining (xizmat koʻrsatish belgisining) egasiga tegishlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Firma nomidan, tovar belgisidan (xizmat koʻrsatish belgisidan) foydalanish huquqi ularning egasi tomonidan boshqa shaxsga qonun hujjatlariga muvofiq ular oʻrtasida tuzilgan litsenziya shartnomasi yoki kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi asosida berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda. Tadbirkorlik faoliyatiga aralashmaslik kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari, boshqa tashkilotlar hamda ularning mansabdor shaxslari tadbirkorlik faoliyati subyektlarining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyatida qonun hujjatlari buzilganligini aniqlasa, ular oʻz vakolatlari doirasida va muayyan qoidabuzarlikni bartaraf etish bilan bevosita bogʻliq chora-tadbirlarni koʻrishi mumkin. Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari qoidabuzarlik mavjudligi faktidan tadbirkorlik faoliyati subyektlarining oʻzga qonuniy faoliyatiga aralashish yoki bunday faoliyatni cheklash uchun asos sifatida foydalanishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlariga, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga va boshqa tashkilotlarga, shuningdek ularning mansabdor shaxslariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimlar tuzish, foydani taqsimlash, ijroiya organi rahbarini va uning aʼzolarini saylash (tayinlash) masalalari boʻyicha hamda tadbirkorlik faoliyati subyektlarining boshqaruv organlari vakolatiga taalluqli boʻlgan boshqa masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilish, tadbirkorlik faoliyati subyektlariga koʻrsatmalar va boshqa farmoyishlar berish, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlaridan hujjatlarga muhr bosishni talab qilish yoki hujjatlarni muhr bilan tasdiqlash toʻgʻrisida talab qoʻyish;
(34-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi OʻRQ-531-sonli Qonuniga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik faoliyati subyektlarining oʻz vakolatlari doirasida tadbirkorlik tavakkalchiligi sharoitlarida qabul qilingan, zarar koʻrilishiga olib kelgan qarorlar uchun ularning boshqaruv organlari aʼzolariga nisbatan javobgarlik choralarini koʻrish taqiqlanadi.
(34-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlarining, boshqa tashkilotlarning va ular mansabdor shaxslarining banklar faoliyatiga, shu jumladan banklarning filiallari rahbar xodimlarini tayinlashga aralashishi, bank mablagʻlari hisobidan turli xil toʻlovlar va badallar talab qilishi taqiqlanadi. Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning banklar kredit portfeli va aktivlarini shakllantirish bilan bogʻliq tadbirkorlik tavakkalchiliklarini boshqarish yuzasidan banklar faoliyatiga aralashishi taqiqlanadi.
LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 21-martdagi PF-2564-sonli “Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonining 10-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari dehqon va fermer xoʻjaliklarining tadbirkorlik faoliyatiga, shu jumladan ushbu xoʻjaliklarning agrotexnika usullarini, yetishtiriladigan mahsulot turini tanlashiga, bu mahsulotning bahosini hamda realizatsiya qilish yoʻnalishini belgilashiga aralashishga haqli emas, davlat ehtiyojlari uchun moʻljallangan xaridlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlarini himoya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektining ishchanlik obroʻsini himoya qilish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.08.00 Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyati kafolatlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyekti oʻz ishchanlik obroʻsiga putur yetkazadigan maʼlumotlarga, agar bunday maʼlumotlarni tarqatgan shaxs ularning haqiqatga toʻgʻri kelishini isbotlay olmasa, raddiya berilishini sud tartibida talab qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tadbirkorlik faoliyati subyektining ishchanlik obroʻsiga putur yetkazadigan maʼlumotlar ommaviy axborot vositalarida tarqatilgan boʻlsa, bu maʼlumotlarga raddiya ayni shu ommaviy axborot vositalarida berilishi lozim. Agar bunday maʼlumotlar tashkilotdan olingan hujjatda mavjud boʻlsa, bunday hujjat almashtirilishi yoki chaqirib olinishi kerak. Boshqa hollarda raddiya berish tartibi sud tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyekti oʻz ishchanlik obroʻsiga putur yetkazadigan maʼlumotlar tarqatilganda, bunday maʼlumotlarga raddiya berilishi bilan bir qatorda ularning tarqatilishi oqibatida yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishini va maʼnaviy zarar kompensatsiya qilinishini talab etishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 100-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-modda. Intellektual faoliyat natijalarini himoya qilish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.08.00 Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyati kafolatlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektining intellektual faoliyatning obyektiv ifodalangan natijalariga hamda uni individuallashtirish vositalariga (firma nomi, tovar belgisi, xizmat koʻrsatish belgisi va hokazoga) boʻlgan mutlaq huquqi qonun bilan muhofaza etiladi va davlat tomonidan himoya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mutlaq huquqlar obyektlari boʻlgan intellektual faoliyat natijalaridan va individuallashtirish vositalaridan uchinchi shaxslar faqat huquq egasining roziligi bilan foydalanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining tijorat sirini va oshkor etilmagan axborotini muhofaza qilish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.08.00 Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyati kafolatlari;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.02 Xizmat va tijorat siri]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat siri boʻlgan, uchinchi shaxslarga maʼlum boʻlmagan axborot (oshkor etilmagan axborot) uchinchi shaxslarga maʼlum boʻlmaganligi sababli haqiqiy yoki potensial tijorat qiymatiga ega boʻlgan, qonun yoʻli bilan undan erkin foydalanish mumkin boʻlmagan hamda axborot egasi uning maxfiyligini saqlashga doir choralar koʻrgan taqdirda, muhofaza qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oshkor etilmagan axborotni undan qonunga xilof ravishda foydalanishdan muhofaza qilish huquqi ushbu axborotga nisbatan biron-bir rasmiyatchilikni bajarishdan (uni davlat roʻyxatidan oʻtkazishdan, guvohnomalar olishdan va hokazodan) qatʼi nazar vujudga keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oshkor etilmagan axborotni muhofaza qilish qoidalari qonunga muvofiq xizmat yoki tijorat siri boʻla olmaydigan maʼlumotlarga (yuridik shaxslar toʻgʻrisidagi, mol- mulkka boʻlgan huquqlar hamda mol-mulk xususida tuzilib, davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak boʻlgan bitimlar haqidagi maʼlumotlarga, davlat statistika hisoboti tariqasida taqdim etilishi kerak boʻlgan maʼlumotlarga va boshqalarga) nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oshkor etilmagan axborotni qonuniy asoslarsiz olgan yoki tarqatgan yoxud undan foydalanayotgan shaxs axborotdan qonunga xilof ravishda foydalanganlik oqibatida bu axborotning qonuniy egasiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oshkor etilmagan axborot mazmunini tashkil etuvchi maʼlumotlarni mustaqil ravishda va qonuniy tarzda olgan shaxs bu maʼlumotlardan, tegishli oshkor etilmagan axborot egasining huquqlaridan qatʼi nazar, foydalanishga haqli va bunday foydalanganlik uchun uning oldida javob bermaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 64-bobi (“Oshkor etilmagan axborotni noqonuniy foydalanishdan muhofaza qilish”).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.08.00 Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyati kafolatlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektiga yetkazilgan zararning oʻrni, shu jumladan boy berilgan foyda bu zararni yetkazgan shaxs tomonidan toʻla hajmda qoplanishi kerak. Zarar yetkazuvchi boʻlmagan shaxs zimmasiga qonunga binoan zararning oʻrnini qoplash majburiyati yuklatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlarining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining qonunga xilof qarorlari yoki ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi), shu jumladan davlat organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq boʻlmagan hujjat qabul qilinishi natijasida tadbirkorlik faoliyati subyektiga yetkazilgan zararlarning oʻrni davlat tomonidan yoxud fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan sudning qarori asosida qoplanishi kerak. Davlat organlarining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining mansabdor shaxslari aybi bilan yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplash sud qarori bilan mazkur mansabdor shaxslar zimmasiga yuklatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik tadbirkorlik subyektlari va fermer xoʻjaliklarining faoliyatini tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan rejali tartibda koʻpi bilan toʻrt yilda bir marta, boshqa tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlar esa koʻpi bilan uch yilda bir marta, faqat nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus vakolatli organning qaroriga binoan oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy bank va boshqa xususiy moliya institutlarining moliya-xoʻjalik faoliyatini rejali tekshirishlar koʻpi bilan besh yilda bir marta amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari va fermer xoʻjaliklarining moliya-xoʻjalik faoliyati ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran dastlabki uch yil mobaynida rejali tekshiruvlardan oʻtkazilmaydi, ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiz toʻlanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari va fermer xoʻjaliklarining moliya-xoʻjalik faoliyati, shuningdek kichik tadbirkorlik subyektlari va fermer xoʻjaliklarining budjet mablagʻlaridan hamda markazlashtirilgan mablagʻlar va resurslardan belgilangan maqsadda foydalanilishi bilan bogʻliq moliya-xoʻjalik faoliyati ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran dastlabki ikki yil mobaynida rejali tekshiruvlardan oʻtkazilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi — toʻrtinchi qismlarida koʻrsatilgan tadbirkorlik subyektlarining moliya-xoʻjalik faoliyati soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar moliya yili mobaynida muntazam ravishda toʻlanmagan taqdirda, rejali tekshirishlardan oʻtkazilishi mumkin.
(39-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-418-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 1-son, 1-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshiruvlardan oʻtkazish muddatlari oʻttiz kalendar kundan oshmasligi lozim. Alohida hollarda bu muddat nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus vakolatli organning qaroriga binoan uzaytirilishi mumkin, bunda ushbu qoida kichik tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tatbiq etilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarining moliya-xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan rejali tekshiruvlarni oʻtkazish muddatlari oʻn kalendar kundan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qiluvchi organ rejali tekshiruv oʻtkazishning boshlanishi haqida tekshiruvni oʻtkazish boshlanishidan kamida oʻttiz kalendar kun oldin tadbirkorlik subyektini tekshiruv oʻtkazish muddatlari va predmetini koʻrsatgan holda yozma shaklda xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarining moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirishlar belgilangan tartibda faqat davlat soliq xizmati organlari tomonidan, mazkur organlar tekshirishlar davomida budjet, soliq va valyutaga oid qonun hujjatlari buzilishi bilan bogʻliq jinoyatlar alomatlarini aniqlaganda esa, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan amalga oshiriladi.
(39-moddaning toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi OʻRQ-516-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyekti belgilangan tartibda taqdim etgan moliya va soliq hisobotini, shuningdek tadbirkorlik subyektining faoliyati toʻgʻrisida davlat soliq xizmati organida mavjud boʻlgan boshqa hujjatlarni oʻrganish hamda tahlil etish asosida oʻtkaziladigan kameral nazorat natijalari boʻyicha qoidabuzarliklar aniqlangan hollardagina davlat soliq xizmati organlari tadbirkorlik subyektlarining moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish tashabbusi bilan chiqishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining (yangi tahriri) V boʻlimi (“Soliq nazorati”).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatining oʻtkazilayotgan tekshiruvlari ularning toʻlaqonli faoliyat koʻrsatishi uchun toʻsiqlarni yuzaga keltirmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari birlashmalarining aʼzosi boʻlgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishlar tadbirkorlik faoliyati subyektlarining soʻroviga koʻra mazkur birlashmalar vakillarining ishtirokida amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻzgʻatilgan jinoyat ishlari boʻyicha tekshiruvlar ularni oʻtkazishning barcha bosqichlarida yuridik xizmat vakillari va (yoki) tadbirkorlik subyektlari tomonidan jalb etilgan advokatlar albatta ishtirok etgan holda (tadbirkorlik subyektlari tomonidan ushbu huquqning rad etilishi hollari bundan mustasno) amalga oshiriladi.
(39-moddaning oʻn uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-418-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 1-son, 1-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirish boshlanishidan oldin, tekshiruvni amalga oshiruvchi mansabdor shaxs tomonidan tadbirkorlik subyektining vakolatli vakiliga uning tekshirishda ishtirok etish uchun yuridik xizmat vakillarini va (yoki) advokatni jalb etish yoki ularning ishtirokini rad etish huquqi yozma shaklda tushuntiriladi, bu haqda bayonnoma tuziladi. Bunda advokat xizmatlaridan foydalanish huquqining rad etilishi tadbirkorlik subyekti tomonidan advokatni tekshiruvning keyingi bosqichlariga jalb etish uchun monelik qilmaydi.
(39-moddaning oʻn toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-418-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 1-son, 1-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: “Qoʻzgʻatilgan jinoyat ishlari boʻyicha tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishlarda advokatlarning majburiy ishtirokini taʼminlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2757, 28.01.2016-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bozorlar, savdo majmualari hududlaridagi va ularga tutash, avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylaridagi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini bir martalik yigʻim, ijara haqining toʻliq tushishi hamda ularning topshirilishi hisobga olinishi, fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalaridan, toʻlovlarni plastik kartochkalar asosida qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminallaridan foydalanilishi, shuningdek savdo va xizmat koʻrsatish qoidalariga rioya etilishi yuzasidan qisqa muddatli tekshiruvlar nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus vakolatli organning jismoniy va yuridik shaxslarning qonun hujjatlari buzilganligi faktlari toʻgʻrisidagi murojaatlari asosida qabul qilingan qaroriga binoan davlat soliq xizmati organlarining faqat qonun hujjatlarida vakolat berilgan boʻlinmalari tomonidan oʻtkaziladi.
(39-moddaning oʻn beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-418-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 1-son, 1-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 8-yanvardagi PQ-1257-sonli “Respublika soliq organlari tizimini yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻzgʻatilgan jinoyat ishining mavjudligi Oʻzbekiston Respublikasining prokuratura, ichki ishlar va Davlat xavfsizlik xizmati organlari tomonidan tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyatini tekshiruvlardan oʻtkazish uchun asos boʻladi. Bunda tadbirkorlik faoliyati subyektining faqat qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi bilan bogʻliq faoliyatigina tekshiruv bilan qamrab olinishi mumkin, bu haqda tekshiruv tayinlanganligi toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
(39-moddaning oʻn oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi OʻRQ-522-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari tekshiruv oʻtkazish uchun asosga ega boʻlmagan shaxslarning tekshiruv oʻtkazishiga yoʻl qoʻymaslik, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning oʻz vakolatiga kirmaydigan masalalar boʻyicha qoʻygan talablarini bajarmaslik hamda tekshiruv predmetiga taalluqli boʻlmagan materiallar bilan ularni tanishtirmaslik huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshiruvlar natijalari dalolatnoma (maʼlumotnoma) bilan rasmiylashtirilib, tekshirish tugagan kuni uning bir nusxasi tekshirilayotgan tadbirkorlik faoliyati subyektida qoldiriladi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
(39-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari nazorat qiluvchi organlarning tekshirishlar natijalari boʻyicha koʻrsatmalarini bajargan, shuningdek yetkazilgan zararning oʻrnini belgilangan muddatlarda va toʻla hajmda ixtiyoriy ravishda qoplagan, shu jumladan penya toʻlagan taqdirda, ularga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilmaydi. Mazkur norma tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumni yashirish (kamaytirish) va kirim qilinmagan tovarlarni saqlash, fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarining qoʻllanilish tartibini buzish hollariga tatbiq etilmaydi.
(40-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-417-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 598-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-modda. Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlarni amalga oshirayotgan mansabdor shaxslarga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlar huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishga kirishishiga mazkur shaxslarda nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan tekshiruvlar oʻtkazish rejasidan koʻchirma yoki qisqa muddatli tekshiruv oʻtkazish toʻgʻrisida ushbu organ tomonidan qabul qilingan qarorning koʻchirma nusxasi, shuningdek nazorat qiluvchi organning tekshirish maqsadlari, tekshiruvchi mansabdor shaxslar tarkibi va tekshiruv oʻtkazish muddatlari koʻrsatilgan buyrugʻining koʻchirma nusxasi, tekshiruvchi mansabdor shaxslarning tekshiruvlar oʻtkazishga ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi maxsus guvohnomasi hamda shaxsiy guvohnomasi boʻlgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
(41-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-418-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 1-son, 1-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshiruvdan oʻtkazayotganda tekshirishlarni roʻyxatdan oʻtkazish kitobiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli yozuv kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirish chogʻida tadbirkorlik subyektlarining tijorat siri, xizmat siri va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirlari, shuningdek oshkor etilmagan axboroti sir saqlanishini taʼminlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-modda. Tadbirkorlik subyektlariga nisbatan huquqiy taʼsir choralarini qoʻllash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda tadbirkorlik subyektlariga nisbatan huquqiy taʼsir choralari qoʻllaniladi. Bunda tadbirkorlik subyektlariga nisbatan quyidagi huquqiy taʼsir choralari faqat sud tartibida qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyatni tugatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof tabiiy muhitga zararli taʼsir koʻrsatayotgan obyektlar faoliyatini tugatish va (yoki) qayta ixtisoslashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyatni cheklash, toʻxtatib turish va taqiqlash, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sogʻligʻi uchun boshqa haqiqiy xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʻliq holda faoliyatni oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga cheklash, toʻxtatib turish hollari mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banklardagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib qoʻyish, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni 5-moddasi birinchi qismining 8-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunining 14, 15-moddalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy sanksiyalarni qoʻllash, bundan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlash muddatini oʻtkazib yuborganlik uchun penya hisoblab chiqarish, shuningdek tashkilotning yoki fuqaroning sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror boʻlganligi va moliyaviy sanksiya summalarini ixtiyoriy ravishda toʻlaganligi hollari mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqbuzarlik predmetlarini davlat daromadiga oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shugʻullanish uchun berilgan litsenziyalarning (ruxsatnomalarning) amal qilishini oʻn ish kunidan koʻp boʻlgan muddatga toʻxtatib turish yoki ularning amal qilishini tugatish va litsenziyalarni (ruxsatnomalarni) bekor qilish, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan beriladigan litsenziyalar (ruxsatnomalar) mustasno.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 27-bobi (“Huquqiy taʼsir choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish”).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 5-oktabrdagi PF-4848-sonli “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini taʼminlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43-modda. Davlat boshqaruvi organlarining tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash sohasidagi vakolatlari
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.08.00 Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyati kafolatlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruvi organlari oʻz vakolatlari doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi va tadbirkorlik faoliyatining rivojlantirilishi ustidan monitoringni amalga oshiradi, mavjud muammolarni oʻrganadi hamda tadbirkorlikning huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik faoliyati subyektlariga moliyaviy, moddiy-texnik va axborot resurslaridan foydalanishda koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik faoliyati subyektlariga oʻz tovarlarini (ishlarini, xizmatlarini) tashqi va ichki bozorlarda realizatsiya qilishda, shu jumladan tadbirkorlik faoliyati subyektlarini davlat xaridlarini amalga oshirish jarayoniga faol jalb etish hamda ularning mahsulotini oʻtkazish boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tashkil etish yoʻli bilan koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik faoliyati subyektlari oʻrtasida axborot va tushuntirish ishlarini, konsalting, lizing, sugʻurta va boshqa xizmatlar tizimi rivojlantirilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda tadbirkorlik faoliyati subyektlariga koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruvi organlari qonun hujjatlariga muvofiq tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonun hujjatlariga muvofiq tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45-modda. Tadbirkorlikni rivojlantirishning davlat tomonidan ragʻbatlantirilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan ragʻbatlantirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik sohasiga investitsiyalarni (shu jumladan chet el investitsiyalarini), zamonaviy texnologiyalar va uskunalarni jalb etish, shuningdek bozor infratuzilmasi institutlarini rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport-import operatsiyalari, xalqaro koʻrgazmalar va yarmarkalarda, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi dasturlar va loyihalarni amalga oshirishda tadbirkorlik faoliyati subyektlarining ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik faoliyati subyektlarini ularning samarali faoliyat koʻrsatishi uchun zarur boʻlgan huquqiy, iqtisodiy, statistik, ishlab chiqarish-texnologik, ilmiy-texnik va boshqa axborot bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqlar, boshqa majburiy toʻlovlar va tariflar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar belgilash orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan ragʻbatlantirish qonun hujjatlariga muvofiq boshqa yoʻllar bilan ham amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47-modda. Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlariga energiya manbalari isteʼmoli borasidagi imtiyozlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjalik tovarlari ishlab chiqaruvchilar uchun energiya manbalari boʻyicha belgilangan imtiyozli tariflar qishloq joylarda joylashgan hamda faoliyatni amalga oshirayotgan kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlariga tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48-modda. Tadbirkorlik faoliyati uchun kadrlar tayyorlashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.08.00 Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyati kafolatlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tadbirkorlik faoliyati subyektlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi rivojlantirilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq joylardagi tadbirkorlik faoliyati subyektlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi tashkilotlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyozlardan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.08.00 Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyati kafolatlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik faoliyati subyektini tugatish uning muassislarining (ishtirokchilarining) yoki taʼsis hujjatlari bilan tegishli vakolat berilgan yuridik shaxs organining qaroriga yoxud sudning yoki roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
(49-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 11-dekabrdagi OʻRQ-592-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.12.2019-y., 03/19/592/4144-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyekti tugatilayotganida boʻshatilayotgan xodimlarga qonun hujjatlariga muvofiq ularning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi kafolatlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyekti uning tugatilishi (faoliyati tugatilishi) haqidagi yozuv roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning tegishli davlat reyestriga kiritilganidan keyin tugatilgan (faoliyati tugatilgan) hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektini tugatish (uning faoliyatini tugatish) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50-modda. Davlat organlari va boshqa organlarning qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.08.00 Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyati kafolatlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari davlat organlari va boshqa organlarning qonunga xilof qarorlari, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) ustidan oʻz xohishiga koʻra boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki mansabdor shaxsga yoxud bevosita sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki mansabdor shaxsga shikoyat berilganligi shunday shikoyatni sudga berish huquqini istisno etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari davlat organlari va boshqa organlarning qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisida sudga murojaat qilganida davlat boji toʻlashdan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51-modda. Nizolarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarining faoliyati sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda hal etiladi.